Авторы

  • Шахзод Ахмедов
    PhD, Институт истории АН Республики Узбекистан

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss3-pp375-379

Ключевые слова:

Национальное информационное агентство Узбекистана УзА УзТАГ РосТА ТАСС информационная политика независимость пресса искусственный интеллект Интернет-сайт государственная информационная политика журналистика аналитические материалы информационные технологии

Аннотация

В данной статье освещается история создания, этапы развития и текущая деятельность Национального информационного агентства Узбекистана (УзА). В ходе исследования было выявлено, что на начальном этапе существовал ряд проблем в предоставлении информации УзА. Также представлена информация о технологических обновлениях последних лет, запуске интернет-сайта и расширении возможностей распространения информации через него. В целом, в статье анализируется путь развития УзА и его роль в современном информационном пространстве.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

The History of the Formation and Development of
Uzbekistan's National News Agency

Shakhzod AKHMEDOV

1


Institute of History of the Academy of Sciences of Uzbekistan

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received April 2025

Received in revised form

15 May 2025
Accepted 15 June 2025

Available online

25 June 2025

This article highlights the history of the establishment,

stages of development, and current activities of the National

Information Agency of Uzbekistan (UzA). In the course of the

study, it was found that there were a number of problems in the

delivery of information by UzA in the initial period. Information
is also provided on technological updates in recent years, the

launch of an internet site, and the expansion of opportunities

for disseminating information through it. Overall, the article

analyzes UzA's development path and its role in today's
information space.

2181-

1415/©

2025 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss3-pp375-379

This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

National Information Agency

of Uzbekistan,

UzA,

UzTAG,

RosTA,

TASS,

information policy,
independence,

press,

artificial intelligence,
website,

state information policy,
journalism,

analytical materials,

information technologies.

O‘zbekiston Milliy axborot agentligining shakllanishi va

rivojlanish tarixidan

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

O‘zbekiston Milliy axborot

agentligi,

UzA,

O‘ZTAG,

RosTA,

TASS,

axborot siyosati,

Mazkur maqolada O‘zbekiston Milliy axborot agentligi (UzA)

ning tashkil topish tarixi, rivojlanish bosqichlari hamda bugungi
kundagi faoliyati yoritilgan. Tadqiqot davomida UzA tomonidan

axborot yetkazishda dastlabki davrda bir qator muammolar

bo‘lganligi aniqlangan. Shuningdek, keyingi yillarda texnologik

yangilanishlar, internet sayti ishga tushirilishi va u orqali

1

PhD, Institute of History of the Academy of Sciences of Uzbekistan. E-mail: axmedovhistorian@mail.ru


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

6

3 (2025) / ISSN 2181-1415

376

mustaqillik,

matbuot,

sun’iy intellekt,

internet sayti,

davlat axborot siyosati,

jurnalistika,

tahliliy materiallar,

axborot texnologiyalari.

axborot tarqatish imkoniyatlari kengayganligi haqidagi

ma’lumotlar keltirilgan. Umuman olganda, maqolada UzAning

taraqqiyot

yo‘li va bugungi kundagi axborot makonidagi o‘rni

tahliliy yoritilgan.

Из истории формирования и развития Национального
информационного агентства Узбекистана

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

Национальное

информационное
агентство Узбекистана,
УзА,

УзТАГ,

РосТА,

ТАСС,

информационная

политика,

независимость,

пресса,

искусственный интеллект,
Интернет

-

сайт,

государственная
информационная

политика,

журналистика,
аналитические

материалы,
информационные
технологии

.

В данной статье освещается история создания, этапы

развития и текущая деятельность Национального

информационного агентства Узбекистана (УзА). В ходе

исследования было выявлено, что на начальном этапе

существовал ряд проблем в предоставлении информации
УзА. Также представлена информация о технологических

обновлениях последних лет, запуске интернет

-

сайта и

расширении возможностей распространения информации

через него. В целом, в статье анализируется путь развития
УзА и его роль в современном информационном

пространстве

.

O‘zbekiston Milliy axborot agentligi davlat rasmiy axborot manbai va

O‘zbekistondagi yetakchi axborot agentligidir. Ushbu agentlikning shakllanish tarixi uzoq
va murakkab bosqichlarni bosib o‘tgan bo‘lib, uning ildizlari XX asr boshlariga borib

taqaladi. M

a’lumotlarga ko‘ra, agentlik solnomasi 1918

-yilda Toshkent shahrida Rossiya

Telegraf Agentligi (RosTA) ning bo‘limi ochilganidan boshlangan. Oradan biroz vaqt o‘tib,
u TASS tizimida O‘zbekiston telegraf axborot agentligi —

O‘ZTAG maqomida faoliyat

yuritgan [1]. Ushbu davr mobaynida agentlik markaziy axborot siyosatining tarkibiy
qismi sifatida ish olib borgan.

O‘zbekiston Respublikasining mustaqilligining tiklanishi bilan mamlakatda milliy

axborot siyosatini mustaqil yuritish zarurati yuzaga keldi. Shu aso

sda, O‘zbekiston

Respublikasi Prezidentining 1992-yil 5-fevraldagi PF

327-sonli farmoniga muvofiq,

O‘zbekiston Axborot agentligi (O‘zTAG) O‘zbekiston Milliy axborot agentligi (UzA)

sifatida qayta tashkil etildi [2]. Agentlik faoliyatining asosiy vazifalari

va yo‘nalishlari

sifatida mustaqil O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining hukumat ichki va tashqi

siyosati, davlat hokimiyati va boshqaruv idoralarining faoliyati haqidagi axborot olish

huquqlarini ta’minlash; hukumatning rasmiy bayonotlari va axborotlar

ini tarqatish


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

6

3 (2025) / ISSN 2181-1415

377

kabilar belgilandi. Shu tariqa, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi respublika hayotiga oid
dolzarb masalalar bo‘yicha axborot yetkaza boshladi.

Boshqa tarafdan, agentlikda mamlakatda yuz berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy

sohalardagi islohotlar

borasida yetarlicha axborotlar e’lon qilinmayotganligi tanqid

qilingan. Dastlabki davrda ayrim sohalarni o‘zbek tilida yoritadigan muxbirlar mavjud
bo‘lmaganligi sababli asosan rus tilidagi xabarlar e’lon qilingan. Viloyatlardagi muxbirlar

tomonidan ham t

ayyorlangan yangiliklarda davlat va jamiyat hayotida sodir bo‘layotgan

muhim o‘zgarishlar yetarli darajada yoritilmagan, asosiy e’tibor faqat rasmiy yig‘ilishlar

va tadbirlar haqidagi xabarlarga qaratilgan [3]. Umuman olganda, muxbirlarning faoliyati

o‘sha

davr talablariga javob bermayotganligi qayd etilgan. Shu o‘rinda ularga rahbariyat

tomonidan mustaqillikning ahamiyatini yoritish, odamlar bilan uchrashib ularning bu

boradagi fikrlarini matbuotda olib chiqish bo‘yicha topshiriqlar ham berilganligini ham

alohida qayd etish lozim [4].

Keyingi yillarda ham O‘zbekiston Milliy axborot agentligi asosan mamlakatda ro‘y

berayotgan muhim siyosiy jarayonlarni faol yoritib bordi. Shu bilan birga, tahliliy
materiallar xususan gazetalarga uzatilayotgan xabarlar ham

kamayib ketgan, e’lon

qilinayotgan deyarli xabarda esa islohotlar asosan bir tomonlama yoritilgan [5].

Raqamlarga e’tibor qaratilsa, 1999

-

yil davomida O‘zbekiston Milliy axborot agentligi jami

7488 ta axborot uzatilgan bo‘lib, shundan qariyb 60 foizi rus tilida, qolgani esa o‘zbek
tilida bo‘lgan. Ammo ushbu axborotlar sonining mamlakat miqyosidagi agentlik uchun
kamligi va tezkorlikning yetishmasligi yaqqol ko‘rinib qolgan[6]. Aytish joizki,
O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatib kelgan barcha davriy nashrlar e’l

on qilayotgan

yangiliklarini asosan O‘zbekiston Milliy axborot agentligi orqali olgan.

O‘zbekiston Milliy axborot agentligi moddiy texnik imkoniyatlarini talabga javob

bermasligi bois, tezkor axborot yetkazishning zamonaviy usullarini qo‘llash maqsadida

2001-

yilda O‘zbekiston Milliy axborot agentligining internetdagi rasmiy veb sayti tashkil

etilgan. Shuningdek, o‘sha yilda agentlik texnik jihatdan qayta jihozlangan [7]. Ko‘p
holatlarda O‘zbekiston matbuot va axborot agentligini O‘zbekiston Milliy axborot

a

gentligi (O‘zA) bilan bir tashkilot sifatida adashtirish uchragan. Aslida esa, bu ikki

tuzilma OAV sohasida bir-biridan mustaqil va turlicha vazifalarni bajarib kelgan

tashkilotlar bo‘lgan .

E’tirof etish joizki, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi xodiml

ari cheklangan

moddiy-texnik imkoniyat va ish sharoitlariga qaramay, axborot tarqatish borasida yuqori

mas’uliyat va kasbiy fidoyilik namunasini ko‘rsatib keldi. Ular yangilik va axborot

materiallarini tezkorlik, aniqlik hamda ishonchlilik tamoyillari asosida ommaga yetkazish

orqali mamlakat axborot makonining barqaror faoliyat yuritishiga munosib hissa qo‘shdi.

2017-

yildan so‘ng O‘zbekistonda ommaviy axborot vositalari, so‘z va axborot

erkinligini ta’minlash, fuqarolarning axborot olishga bo‘lgan konstitu

tsiyaviy huquqlarini

kafolatlash borasida yetarli darajada qonun hujjatlari qabul qilinib, sohaning mustahkam
huquqiy bazasi yaratildi. Shu bilan birga, matbuot, ommaviy axborot vositalari, axborot

tarqatish, aholini xolis va tezkor axborot bilan ta’minlas

h, mamlakatimizda sodir

bo‘layotgan yangiliklarni chet davlatlarga, chet davlatlardagi voqea

-hodisalarni

mamlakatimiz aholisiga tezkorlik bilan yetkazish bo‘yicha amaldagi tizim bugungi kun
talablariga javob bermayotganligi qayd etilgan. Shu bois O‘zbekist

on respublikasi

prezidentining 2019-yil 2-

dekabrdagi “O‘zbekiston Milliy axborot agentligi faoliyatini

yanada takomillashtirish chora-

tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilinib, O‘zA


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

6

3 (2025) / ISSN 2181-1415

378

respublika hayotiga oid ijtimoiy-siyosiy axborotlarni tarqatuvchi rasmiy axborot

agentligi ekani qayd etildi va agentlik faoliyati to‘liq takomillashtirildi [8].

O‘zbekiston Milliy axborot agentligi faoliyatida mamlakat iqtisodiy rivoji va

ma’naviy yuksalishida muhim o‘rin tutuvchi ilmiy yangiliklar, innovatsion g‘oyalar h

amda

ishlanmalarni virtual muhitda targ‘ib etish va dissertatsiya himoyasi to‘g‘risidagi
e’lonlarni e’lon qilish kabi yangi tashabbuslar ham muhim ahamiyat kasb etdi. Bu borada
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy Attestatsiya Komiss

iyasi

Rayosatining 2019-yil 28-martdagi 263/7.1 va 263/7.4-

son qaroriga binoan O‘zbekiston

Milliy axborot agentligining Ilm-

fan boʻlimi (elektron jurnal) tashkil etildi. Hozirda ushbu

jurnalda texnika, tarix, iqtisodiyot, falsafa, filologiya, yuridik va tibbiyot fanlari sohasida
olib borilayotgan tadqiqotlar, ilmiy-nazariy yangiliklar chop etib kelinmoqda.
Shuningdek, 2019-yildan boshlab Ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengashlar tomonidan

taqdim etilayotgan dissertatsiya himoyasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni

tezkorlik bilan e’lon

qilish yo‘lga qo‘yilgan [9]. 2025

-

yil may oyi holatiga ko‘ra, O‘zbekiston Milliy axborot

agentligining ILM-FAN telegram kanali va veb-sayti orqali 17 mingdan ortiq dissertatsiya

ishlarining himoyasi haqida e’lonlar berilgan. Telegram

kanalning a’zolari soni esa 100

mingdan oshgan.

Bugungi kunda O‘zA davlatning rasmiy axborot manbai sifatida o‘quvchilar uchun

qulay va qiziqarli tarzda axborot uzatib, respublikamiz va jahonda yuz berayotgan voqea-

hodisalarni o‘zbek, rus, ingliz, fransuz

, nemis, ispan, arab, qozoq va xitoy tillarida tezkor

va haqqoniy yoritib kelmoqda. Shuningdek, jahonning yigirmaga yaqin axborot agentligi

va yetakchi nashrlari bilan aloqa o‘rnatgan [10]. Keyingi yillardan O‘zbekiston Milliy

axborot agentligining uza.uz

sayti TASS va O‘zTAGdan qolib ketgan eski qoliplardan voz

kechib, maqolalarni erkin tarzda bera boshladi, fikr aytuvchilar uchun minbar-platforma
yaratgani, tanqidiy maqolalarni qisqartirmasdan chop etayotgani sababli auditoriyasi
ham kengaydi [11].

O‘zA axborot agentligi faoliyatida alohida e’tirof etish mumkin bo‘lgan yana bir

jarayon bu O‘zbek mediasida ilk bor sun’iy intellekt yordamida yaratilgan robot

-muxbir

ish boshlaganligi hisoblanadi. Ushbu robot-muxbirga Sobira Xoldorova nomi berilgan.

Ma’lumot berilishicha, Sobira Xoldorova Markaziy Osiyo va O‘zbekistondagi birinchi
professional ayol jurnalist bo‘lgan va sovet davrida qatag‘on qilingan. Uning nomini
sun’iy intellektga qo‘yish orqali yorqin xotirasini tiklash maqsad qilingan [12]. O‘zAning

markaz

i Toshkent shahrida joylashgan bo‘lsa

-da, mamlakatning barcha viloyatlarida va

Qoraqalpog‘iston Respublikasida o‘z muxbirlar tarmog‘iga ega.

Agentlik faqat rasmiy xabarlar bilan cheklanib qolmasdan, tahliliy maqola,

intervyu, reportaj va tanqidiy materiall

ar tayyorlashga ham alohida eʼtibor qaratmoqda.

2024-

yil oktyabr oyida “Brand Analytics” tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot natijalariga

ko‘ra, O‘zbekistonda ijtimoiy tarmoqlarda faol auditoriyaga ega foydalanuvchilar soni

tahlil qilingan. Tadqiqot doirasida i

jtimoiy tarmoqlarda eng ko‘p havola qilingan

ommaviy axborot vositalari reytingi ham e’lon qilinib, unga ko‘ra, O‘zbekiston Milliy

axborot agentligi

O‘zA uchinchi o‘rinni egallagan [13].

Xulosa qilib aytganda, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi (O‘zA) davlatning

rasmiy axborot manbai sifatida milliy ommaviy axborot vositalarida yetakchi o‘rin

egallagan. 1992-

yilda Prezident farmoni bilan O‘zTAG asosida tashkil etilgan O‘zA

axborot suverenitetining muhim huquqiy poydevorini yaratdi. Dastlab agentlik texnik

imkoniyatlarning cheklanganligi, o‘zbek tilidagi xabarlarning ozligi va viloyatlardagi


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

6

3 (2025) / ISSN 2181-1415

379

axborotning biryoqlamaligi kabi qiyinchiliklarga duch keldi. Biroq keyingi yillarda u
tezkor va ishonchli axborot yetkazish tizimini shakllantirdi. 2000-yillardan boshlab
texnologik yangilanishlar, rasmiy veb-sayt ishga tushirilishi va internet orqali axborot

tarqatish imkoniyatlari kengaydi. Yangi O‘zbekiston davrida agentlik faoliyati

takomillashtirilib, uni zamonaviy ijtimoiy-siyosiy axborot markaziga aylantirish

borasidagi ishlar boshlandi. Natijada O‘zA faqat rasmiy xabarlar berish bilan

cheklanmasdan, balki tahliliy materiallar, tanqidiy maqolalar va intervyular orqali ham
jamoatchilik bilan samara

li muloqot o‘rnatmoqda. Sun’iy intellekt texnologiyalari,

xususan robot-

muxbirlarning joriy etilishini esa milliy media sohasida o‘ziga xos

innovatsion yangilik sifatida alohida qayd etish lozim.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

https://daryo.uz/2025/02/05/oza-tashkil-etilganiga-33-yil-boldi

2.

O‘zbekiston axborot agentligi (O‘ZTAG) ni —

O‘zbekiston milliy axborot

agentligi

(O‘zA)ga

aylantirish

to‘g‘risida.

05.02.1992

yildagi

PF

-327-son.

https://lex.uz/docs/149116

3.

O‘zbekiston Milliy

arxivi (O‘zMA). M

-55-fond, 1-

ro‘yxat, 8

-

yig‘ma jild, 31

-32-

varaqlar.

4.

O‘zMA. M

-55-fond, 1-

ro‘yxat, 8

-

yig‘ma jild, 55

-varaq.

5.

O‘zMA. M

-55-fond, 1-

ro‘yxat, 50

-

yig‘ma jild, 8

-varaq.

6.

O‘zMA. M

-55-fond, 1-

ro‘yxat, 50

-

yig‘ma jild, 12

-varaq.

7.

O‘zMA. M

-55-fond, 1-

ro‘

yxat, 55-

yig‘ma jild, 47

-52-varaqlar.

8.

O‘zbekiston Milliy axborot agentligi faoliyatini yanada takomillashtirish

chora-

tadbirlari to‘g‘risida. 02.12.2019 yildagi PQ

-4541-son. https://lex.uz/uz/docs/-

4623768

9.

https://uza.uz/oz/pages/ozbekiston-milliy-axborot-agentligi-ozaning-ilm-

fan-bolimi-elektron-jurnal-togrisida-nizom

10.

https://uza.uz/oz/posts/ozbekiston-milliy-axborot-agentligi-oza-33-

yoshda_684929

11.

Ўзбекистонда интернет журналистика. “Ҳуррият” газетаси. 2018

-

йил,

21 февраль. № 8

-

сон.

12.

https://uza.uz/uz/posts/suniy-intellekt-yordamida-yaratilgan-oza-muxbiri-

ish-boshladi_626944?ysclid=mbap94utw222210547

13.

https://daryo.uz/2025/02/05/oza-tashkil-etilganiga-33-yil-boldi

Библиографические ссылки

O‘zbekiston axborot agentligi (O‘ZTAG) ni — O‘zbekiston milliy axborot agentligi (O‘zA)ga aylantirish to‘g‘risida. 05.02.1992 yildagi PF-327-son. https://lex.uz/docs/149116

O‘zbekiston Milliy arxivi (O‘zMA). M-55-fond, 1-ro‘yxat, 8-yig‘ma jild, 31-32-varaqlar.

O‘zMA. M-55-fond, 1-ro‘yxat, 8-yig‘ma jild, 55-varaq.

O‘zMA. M-55-fond, 1-ro‘yxat, 50-yig‘ma jild, 8-varaq.

O‘zMA. M-55-fond, 1-ro‘yxat, 50-yig‘ma jild, 12-varaq.

O‘zMA. M-55-fond, 1-ro‘yxat, 55-yig‘ma jild, 47-52-varaqlar.

O‘zbekiston Milliy axborot agentligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida. 02.12.2019 yildagi PQ-4541-son. https://lex.uz/uz/docs/-4623768

Ўзбекистонда интернет журналистика. “Ҳуррият” газетаси. 2018-йил, 21 февраль. № 8-сон.