Авторы

  • Каноатхон Абдураимова
    Докторант, Ферганский государственный университет

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss6/S-pp56-64

Ключевые слова:

Эмир Абдуррахман Афганистан Большая игра реалполитик внешняя политика Россия Британия геополитическая стратегия Пандждехский конфликт соглашение Дюранда политический суверенитет дипломатический баланс

Аннотация

В статье рассматривается внешняя политика афганского эмира Абдуррахмана в конце XIX — начале XX века в контексте «Большой игры» между Российской и Британской империями. Основное внимание уделяется его уравновешенному подходу, основанному на принципах реалполитики. Исследование базируется на воспоминаниях эмира и зарубежных исторических источниках. Установлено, что его дипломатия сыграла ключевую роль в сохранении суверенитета Афганистана. Научная новизна статьи заключается в том, что политика эмира впервые анализируется с позиций реалполитики и предлагается как возможная геополитическая модель для современных малых государств.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Amir Abdurrakhmankhon and Afghanistan's Foreign

Policy: A Realpolitik Approach during the Great Game Era

(1880-1901)

Kanoatkhon ABDURAIMOVA

1

Fergana State University

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received May 2025

Received in revised form

15 June 2025

Accepted 25 June 2025

Available online

15 July 2025

The article analyzes the foreign policy of Afghanistan's Emir

Abdurrahman Khan during the "Great Game" between Russia

and Great Britain in the late 19th and early 20th centuries. The

main focus is on the Emir's balanced approach based on

realpolitik. The study, conducted using the Emir's memoirs and

foreign sources, reveals that his policy served to preserve

Afghanistan's sovereignty. The article's novelty lies in examining

the Emir's policy within the framework of realpolitik for the first

time and interpreting it as a geopolitical model for small states.

2181-

1415/©

2025 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss6/S-pp56-64

This is an open access article under the Attribution 4.0 International

(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

Amir Abdurrakhman Khan,

Afghanistan,

Great Game,

realpolitik,

foreign policy,

Russia,

Britain,

geopolitical strategy,

Panjdeh incident,

Durand Agreement,

political sovereignty,

diplomatic balance.

Amir Abdurrahmonxon va

Afg‘onistonning tashqi siyosati:

Buyuk o‘yin davrida realpolitik yondashuv (1880

-1901)

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

Amir Abdurrahmonxon,

Afg‘oniston,

Buyuk o‘yin,

realpolitik,

tashqi siyosat,

Rossiya,

Britaniya,

geosiyosiy strategiya,

Panjdeh mojarosi,

Dyurand bitimi,

Maqolada XIX asr oxiri

XX asr boshlarida Afg‘oniston amiri

Abdurrahmonxonning Rossiya va Buyuk Britaniya o‘rtasidagi

“Buyuk o‘yin” davridagi tashqi siyosati tahlil qilinadi. Asosiy

urg‘u Amirning realpolitik asosidagi muvozanatli yondashuviga

qaratilgan. Tadqiqot Amirning xotiralari va xorijiy manbalar

asosida olib borilib, uning siyosati Afg‘oniston suverenitetini

saqlab qolishga xizmat qilgani aniqlanadi. Maqolaning yangiligi

shundaki, Amir siyosati ilk bor realpolitik doirasida ko‘rib

1

PhD student, Fergana State University.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

06 (2025) / ISSN 2181-1415

57

siyosiy suverenitet,

diplomatik muvozanat.

chiqilib, kichik davlatlar uchun geosiyosiy model sifatida talqin

etiladi.

Эмир

Абдуррахман

-

хан

и

внешняя

политика

Афганистана: реалполитический подход в эпоху
Большой игры (1880

-1901)

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

Эмир Абдуррахман,
Афганистан,

Большая игра,
реалполитик,

внешняя политика,
Россия,

Британия,
геополитическая
стратегия,

Пандждехский конфликт,
соглашение Дюранда,
политический

суверенитет,
дипломатический баланс

.

В статье рассматривается внешняя политика афганского

эмира Абдуррахмана в конце XIX —

начале XX века в

контексте «Большой игры» между Российской и Британской

империями.

Основное

внимание

уделяется

его

уравновешенному подходу, основанному на принципах

реалполитики. Исследование базируется на воспоминаниях

эмира

и

зарубежных

исторических

источниках.

Установлено, что его дипломатия сыграла ключевую роль в
сохранении суверенитета Афганистана. Научная новизна

статьи заключается в том, что политика эмира впервые

анализируется с позиций реалполитики и предлагается как

возможная геополитическая модель для современных

малых государств

.


KIRISH

XIX asr oxiri Osiyo qit’asida Buyuk Britaniya va Rossiya imperiyalari o‘rtasida

yuzaga kelgan geosiyosiy raqobat

tarixda “Buyuk o‘yin” (The Great Game) nomi bilan

mashhur bo‘ldi. Bu raqobat ayniqsa Afg‘oniston hududida keskin tus oldi, chunki ikki

imperiya ham bu mintaqani o‘z strategik xavfsizlik va siyosiy ta’siri doirasiga kiritishga

intilgan edi. Afg‘oniston o‘sha davrda suveren davlat bo‘lishiga qaramay, har ikki yirik

davlatning diplomatik bosimi, harbiy tahdidlari va iqtisodiy manfaatlari ta’sirida siyosiy

mustaqilligini saqlab qolish yo‘lida murakkab muvozanatni ta’minlashga majbur bo‘ldi.

Mazkur murakkab geosiyosiy sharoitda 1880 yilda taxtga chiqqan Amir

Abdurrahmonxon Afg‘onistonni ichki parokandalikdan qutqarib, markazlashgan

hokimiyatni tiklash, ijtimoiy-

iqtisodiy islohotlar o‘tkazish va ayniqsa, tashqi siyosatda

muvozanatli, ehtiyotkorlik bilan harakat qi

luvchi rahbar sifatida namoyon bo‘ldi. Uning

hukmronlik yillari (1880

–1901) Afg‘oniston tarixida nisbatan siyosiy barqarorlik davri

bo‘lishi bilan birga, xalqaro bosimlar kuchaygan, diplomatik tahdidlar oshgan murakkab

davr sifatida baholanadi. Amir Abdurr

ahmonxon tashqi siyosatining o‘ziga xosligi

shundaki, u Rossiya va Buyuk Britaniya kabi kuchli imperiyalar bilan biror tomon

foydasiga aniq ittifoq tuzmasdan, ularning o‘zaro raqobatidan Afg‘oniston manfaatlari


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

06 (2025) / ISSN 2181-1415

58

yo‘lida foydalanishga harakat qilgan. Bu esa uni “realpolitik” deb nomlanuvchi siyosiy

yondashuvga yaqinlashtiradi. Realpolitik - mavjud geosiyosiy vaziyatda gipotetik idealizm

yoki ideologik tamoyillarga emas, balki pragmatik va manfaatdor pozitsiyaga asoslangan

tashqi siyosat yuritishni nazarda tutadi. Amirning tashqi siyosiy qarorlari, ayniqsa 1885

yildagi Panjdeh inqirozi va 1893 yildagi Dyurand bitimi orqali yanada yaqqol namoyon

bo‘lgan. Shu sababli Amir Abdurrahmonxonning siyosiy faoliyati faqat ichki islohotlar

emas, balki xalqaro siyosatdagi

o‘ziga xos pozitsiyasi bilan ham ilmiy tahlil qilishga

loyiqdir. Ayniqsa, uning o‘z xotiralarida (“The Life of Amir Abdur Rahman”, 1900)

Britaniya va Rossiya siyosatiga bergan baholari, ikki imperiya o‘rtasidagi diplomatik

o‘yinlarni qanday tushungani va Afg‘oniston mustaqilligini qanday himoya qilganini aks

ettiruvchi fikrlar ushbu mavzuning dolzarbligini yanada oshiradi.

Maqolaning asosiy maqsadi - Amir Abdurrahmonxonning tashqi siyosatini Buyuk

o‘yin geosiyosiy konteksti doirasida o‘rganish, uning Rossiya va Buyuk Britaniya bilan olib

borgan diplomatik munosabatlarini tahlil qilish, realpolitik yondashuvining amaliy

ifodasini ko‘rsatishdan iborat. Shuningdek, maqolada Amirning tashqi siyosatiga ta’sir

ko‘rsatgan ichki siyosiy is

lohotlar, xalqaro bosimlar va uning shaxsiy siyosiy qarashlari

ham kompleks

tarzda tahlil etiladi.

TADQIQOT METODOLOGIYASI

Ushbu maqolada Amir Abdurrahmonxonning tashqi siyosati tarixiy-geosiyosiy

kontekstda tizimli ravishda tahlil qilindi. Tadqiqotning asosiy metodologik yondashuvi

tarixiy-huquqiy tahlil, manbashunoslik asoslari, siyosiy nazariya (xususan realpolitik

konsepsiyasi) hamda tarixiy-

komparativ yondashuv uyg‘unligiga asoslanadi. Bu

yondashuvlar birgalikda XIX asr oxiri va XX asr boshlaridagi Buy

uk o‘yin sharoitida

Afg‘onistonning siyosiy pozitsiyasini har tomonlama ochib berish imkonini berdi.

Birinchidan, tarixiy-komparativ uslub orqali Buyuk Britaniya va Rossiya

imperiyalari o‘rtasidagi raqobatli munosabatlar va ularning Afg‘onistonga nisbatan siyosiy

bosimi solishtirildi. Masalan, 1885 yilda yuz bergan Panjdeh inqirozi Rossiyaning

Afg‘onistonga bosimi kuchaygan pallani anglatgan bo‘lsa, 1893 yildagi Dyurand bit

imi

Buyuk Britaniyaning o‘z ta’sir zonasi chegarasini aniqlashtirishga urinishi bo‘lgan. Ushbu

voqealarning har ikkisi ham Amir Abdurrahmonxon tomonidan muvozanatli diplomatik

yondashuv orqali nazorat qilingan (Skrine, 1901; Yate, 1887). Ikkinchidan,


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

06 (2025) / ISSN 2181-1415

59

manbashunoslik metodidan foydalanildi. Tadqiqotning eng muhim manbalaridan biri

Amir Abdurrahmonxonning o‘zi tomonidan ingliz tilida yozilgan “The Life of Amir Abdur

Rahman, Amir of Afghanistan” (1900) nomli ikki jildli xotiralaridir. Bu asar nafaqat siyosiy

qarashlar, balki diplomatik strategiyalar va shaxsiy motivatsiyalarni tahlil qilish uchun

asosiy manba sifatida xizmat qildi. Masalan, Amir shunday deydi: “Biz haddan ziyod

ishonmasligimiz va keraksiz ravishda qo‘zg‘almasligimiz kerak; muvozanat —

omon

qolis

hning siri”.

(Amir Abdur Rahman. The Life of Amir Abdur Rahman, Amir of

Afghanistan. Vol. II. London: John Murray, 1900, p. 214). Bu fikr uning realpolitik

tamoyillarini ochiq ifodalaydi. Uchinchidan, tadqiqotda realpolitik konsepsiyasiga

asoslangan siyosiy tahlil ishlatildi. Realpolitik - davlat manfaatlari doirasida mavjud

geosiyosiy vaziyatni inobatga olgan holda, idealistik emas, balki amaliy yondashuvga

asoslanadi. Amir Abdurrahmonxon aynan shu yo‘ldan borgan: u Britaniyadan subsidiyalar

olib, Rossiya

bilan urushga bormadi, lekin biror kuchga to‘liq bo‘ysunmadi. Saikal va Maley

(1991) bu siyosatni "strategic pragmatism"

ya’ni kuchli imperiyalar bilan ochiq qarama

-

qarshilikdan saqlanib, milliy manfaatlarni saqlab qolishga qaratilgan ehtiyotkor siyosat

deb baholaydilar (Saikal & Maley, 1991, p. 112).

To‘rtinchidan, zamonaviy geosiyosiy model va tahliliy xaritalardan foydalanildi.

Afg‘onistonning tampon davlat sifatidagi o‘rni, uning xalqaro huquqiy maqomi va

diplomatik harakatlar maydoni tarixiy kontekstda grafik materiallar va chegara hujjatlari

yordamida yoritildi. Bu yondashuv, ayniqsa Dyurand bitimi kontekstida Afg‘onistonning

xalqaro maydondagi harakat erkinligini aniqlashda muhim rol o‘ynadi

ADABIYOTLAR TAHLILI

Amir Abdurrahmonxonning tashqi siyosat

ini chuqur o‘rganish jarayonida turli davr

va uslubdagi adabiyotlar tahlil qilindi. Tadqiqotning asosiy manbasi sifatida Amirning o‘z

xotiralari

The Life of Amir Abdur Rahman, Amir of Afghanistan

(1900) asari olindi. Ushbu

ikki jildlik manba

nafaqat amirning siyosiy qarashlari va qarorlarini bevosita o‘z og‘zidan

yetkazadi, balki u davrda Afg‘oniston ichki va tashqi siyosatining murakkab kontekstini

anglashda muhim ahamiyatga ega. Xotiralar realpolitik yondashuv elementlarini bevosita

ko‘rsatishi bilan ilmiy tahlil uchun qulay asos bo‘lib xizmat qiladi. Amir siyosatining tarixiy

dinamikasini zamonaviy tahlil nuqtai nazaridan ko‘rsatishda Vartan Gregorianning

The

Emergence of Modern Afghanistan

(1969) asari muhim manba bo‘ldi. Ushbu tadqiqot


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

06 (2025) / ISSN 2181-1415

60

Afg

‘onistondagi modernizatsiya jarayonini keng doirada ochib beradi va

Abdurrahmonxonning islohotlari, tashqi bosimlar qarshisidagi siyosiy qarorlari bilan

bog‘liq muhim tafsilotlarni taqdim etadi. Saikal va Maleyning

Regime Change in

Afghanistan

(1991) nomli

asari esa Afg‘onistonda tashqi kuchlar ishtirokidagi siyosiy

o‘zgarishlar va legimitet masalasini muhokama qiladi. Bu asar orqali Amir siyosati xalqaro

qonun, kuch muvozanati va suverenitet nuqtai nazaridan zamonaviy nazariyalar bilan

solishtirildi. G‘arb

manbalari bilan bir qatorda, rus va o‘zbek olimlari tomonidan yozilgan

tarixiy adabiyotlar Amirning tashqi siyosatdagi harakatlarini Markaziy Osiyo mintaqaviy

siyosati doirasida tahlil qilish imkonini berdi. Jumladan,

Хидоятов

(1969) va

Халфин

(1958) asar

larida Rossiya va Britaniya imperiyalari o‘rtasidagi “Buyuk o‘yin” kontekstida

Afg‘onistonning strategik mavqei ochib beriladi. Ushbu manbalar Amirning Rossiyaga

nisbatan ehtiyotkor, lekin pragmatik siyosatini tushunishda katta yordam berdi. R.D.

McChesney va M.M. Khorrami tomonidan nashr etilgan

The History of Afghanistan

(2013)

esa Afg‘oniston tarixiga zamonaviy ilmiy yondashuvni aks ettirib, Amir davrining siyosiy

manzarasini keng va ob’ektiv tarzda yoritadi.

Yakuniy manba sifatida V.A. Romodinning

Афганистан

(1983) asari mintaqaviy

siyosiy jarayonlar va Afg‘oniston–

Rossiya aloqalari tarixini umumlashtiruvchi tavsifga ega

bo‘lib, tadqiqotning tarixiy kontekstini yanada mustahkamlaydi. Umuman olganda, bu

adabiyotlar birgalikda Amir Abdurrahmonxon tashqi siyosatini har tomonlama yoritish,

uni realpolitik konsepsiyasi asosida tahlil qilish hamda zamonaviy geosiyosiy nazariyalar

bilan bog‘lash imkonini berdi. Tarixiy manba va siyosiy nazariy tahlilning uyg‘unligi

maqolaning ilmiy yangiligini ta’minladi.

NATIJALAR

Tadqiqot natijalari Amir Abdurrahmonxonning tashqi siyosati Buyuk o‘yin davrida

Afg‘onistonning nisbatan siyosiy mustaqilligini saqlab qolishda qanday strategik yo‘nalish

tutganini ko‘rsatib berdi. Amir Abdurrahmonxon ikki imperiya —

Rossiya va Buyuk

Britaniya

o‘rtasida muvozanatni saqlashga asoslangan realpolitik siyosatni olib bordi.

U Britaniyadan iqtisodiy yordam (subsidiyalar) olarkan, Rossiya bilan ochiq harbiy

to‘qnashuvdan saqlandi, lekin har ikkala davlatning haddan tashqari aralashuviga yo‘

l

qo‘ymadi. U o‘z xotiralarida ta'kidlaganidek: “Muvozanat —

bu tirik qolishning siri” (The

Life of Amir Abdur Rahman, Vol. II, p. 214).


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

06 (2025) / ISSN 2181-1415

61

1885 yilda yuz bergan Panjdeh inqirozi va 1893 yildagi Dyurand chizig‘i haqidagi

kelishuvlar orqali Amir har ikki imperiyaning bosimlarini yumshatishga erishdi. Panjdeh

mojarosida u Rossiya bilan to‘qnashmasdan, Britaniya orqali murosaga erishdi. Romodin

ta’kidlaydi: “Angliya Rossiya bilan to‘qnashuvga yo‘l qo‘ymaslikka intilib, Amirdan harbiy

harakatlarga o‘tmaslikni talab qilgan”

-

ya’ni Britaniya Rossiya bilan to‘qnashuvni

istamagani uchun Amirga harbiy choralarni ko‘rmaslik bosimini o‘tkazgan edi.(Romodin,

1983, s. 91). Dyurand bitimida esa Afg‘onistonning rasmiy mustaqilligini saqlab qolgan

holda, chegara masalasida v

aqtinchalik murosaga bordi. Romodin bu haqida yozadi: “1893

yilda Dyurand bilan bitim imzolanishi Britaniya hukumati tomonidan Hindiston va

Afg‘oniston o‘rtasidagi davlat chegarasining tan olinishi edi, biroq afg‘onlar bu kelishuvni

vaqtinchalik chora deb

hisoblashgan”. (Romodin, 1983, s. 96).

Amir tashqi bosimlar bilan kurashish fonida ichki siyosiy markazlashuvni

kuchaytirdi. Mahalliy hokimlar ustidan nazorat kuchaytirildi, armiyaga zamonaviylashgan

tuzilmalar kiritildi. Bu islohotlar tashqi subsidiyalar va nisbiy tinchlik sharoitida amalga

oshdi, natijada Afg‘oniston ichkarisida siyosiy barqarorlik ta’minlandi (Gregorian, 1969, p.

174).

Tadqiqot davomida aniqlanishicha, Amirning tashqi siyosiy faoliyati Afg‘onistonni

faqat Buyuk o‘yin obyekti emas, balki

subyekti sifatida shakllantirdi. G.A. Hidoyatov qayd

etganidek, 1890 yillarga kelib Afg‘oniston o‘z tashabbusi bilan xalqaro diplomatik

muzokaralarda

qatnashgan

yagona

musulmon

davlat

bo‘lib

chiqdi.

(Hidoyatov,1969,p.112).

Amir Abdurrahmonxon tomonidan oli

b borilgan tashqi siyosat Afg‘onistonning

xalqaro huquqiy maydonda mustaqil siyosiy subyekt sifatida shakllanishida muhim rol

o‘ynadi. U mustamlakachi kuchlar —

Rossiya va Britaniya imperiyalari o‘rtasidagi

geosiyosiy qarama-

qarshilik sharoitida to‘g‘ridan

-

to‘g‘ri to‘qnashuvlardan saqlanib,

ularning manfaatlari orasida mohirona manevr qilish orqali milliy manfaatlarni ilgari

surishga erishdi. Saikal va Maley (1991) bu yondashuvni “strategik pragmatizm” deb

ta’riflab, uni geosiyosiy bosim ostidagi kichik dav

latlar uchun namunaviy strategiya

sifatida ko‘rsatadi. Amirning tashqi siyosati izolyatsionistik yo‘nalishda emas edi. U xorijiy

davlatlar bilan aloqalarni butunlay rad etmagan, balki ularni qat’iy nazorat ostida ushlab

turishga intilgan. Romodin ta’kidlaganidek: “Amir chet el vakillarini Kobulda doimiy


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

06 (2025) / ISSN 2181-1415

62

ravishda joylashtirishga ruxsat bermagan, chunki u bunday holat ichki siyosatga

aralashuvga sabab bo‘lishini yaxshi tushungan”.

MUHOKAMA

Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, Amir

Abdurrahmonxon tashqi siyosatini

“Buyuk o‘yin” davrida kuchli davlatlar o‘rtasidagi geosiyosiy muvozanat tamoyillariga

asoslangan holda olib borgan. U mustamlakachilik bosimi ostidagi davrda Afg‘oniston

suverenitetini saqlab qolishga erishgan kam sonli musulmon hukmdorlardan biri sifatida

ajralib turadi. Amirning yondashuvi, ayniqsa realpolitik doirasida olib borilgan ehtiyotkor,

ammo aniq maqsadga yo‘naltirilgan siyosat edi. Rossiya va Britaniya imperiyalari o‘rtasida

ochiq tarafkashlikdan qochgan holda u manfaatlar muvozanatini saqlashga harakat qilgan,

bu esa Afg‘onistonni kuchli harbiy tayanchsiz bo‘lsa

-da, strategik mustaqillikka erishgan

davlat sifatida saqlab qolgan.

Saikal va Maley (1991) ushbu yondashuvni “strategik pragmatizm” deb ta’riflab, uni

mu

stamlakachilik xavfi ostida bo‘lgan millatlar uchun samarali siyosiy model sifatida

ko‘rsatadi. Bu strategiya kuch ishlatish o‘rniga diplomatik noziklik va uzoqni ko‘ra bilish

qobiliyatiga tayangan. Romodin (1983) ta’kidlaganidek, Amir xorijiy kuchlarning

Kobulda

doimiy diplomatik ishtirokiga yo‘l qo‘ymagan, chunki u bunday aralashuv ichki siyosiy

barqarorlikka tahdid solishini yaxshi anglagan. Bu esa Afg‘onistonning tashqi siyosatda

passiv emas, balki hisob-kitobli va ongli subyekt sifatida shakllanishiga xizmat qilgan.

Panjdeh mojarosi va Dyurand bitimi misolida Amirning urush o‘rniga diplomatik murosani

tanlagani, qisqa muddatli yo‘qotishlar evaziga uzoq muddatli suverenitetni ta’minlash

strategiyasini amalda qo‘llaganini ko‘rish mumkin. Bu holatlar, G. A

. Hidoyatov (1969)

qayd etganidek, Afg‘oniston tarixida obyektdan subyektga aylanish —

ya’ni tashqi kuchlar

tomonidan boshqariladigan hudud emas, balki o‘z qarorlarini mustaqil qabul qiluvchi

davlat maqomiga o‘tishning muhim bosqichi bo‘lgan. Amir Abdurrah

monxonning tashqi

siyosiy strategiyasi zamonaviy Markaziy Osiyo davlatlari uchun ham dolzarb model

sifatida qaralishi mumkin. Global kuchlar o‘rtasidagi raqobat kuchayayotgan bir sharoitda

mustaqillikni saqlash, kuchlar o‘rtasida muvozanatni ushlash va suv

eren qarorlar qabul

qilish

bugungi siyosiy amaliyot uchun ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. Bu borada

realpolitik tamoyillariga asoslangan ehtiyotkor va pragmatik diplomatiya hanuz

dolzarbdir.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

06 (2025) / ISSN 2181-1415

63

XULOSA

Xulosa qilib aytganda, Amir Abdurrahmonxon murakkab geosiyosiy sharoitda

Afg‘oniston suverenitetini saqlab qolgan yetuk siyosatchi sifatida ajralib turadi. U

realpolitik yondashuv asosida Rossiya va Britaniya manfaatlari o‘rtasida muvozanatni

ta’minlab, urushsiz yutuqlarga erishdi.

Panjdeh mojarosi va Dyurand bitimi singari

voqealarda mo‘’tadil va izchil pozitsiya tutgan. Amir tashqi bosimlardan foydalanib, ichki

islohotlarni ilgari surdi va davlat institutlarini mustahkamladi. Amirning “ehtiyotkor

strategik yondashuvi” Afg‘onistonni xalqaro siyosiy tizimda bar

qaror subyekt sifatida

shakllantirdi. Uning siyosiy tajribasi ayniqsa Markaziy Osiyodagi kichik davlatlar uchun

muvozanatli tashqi siyosat yuritishda dolzarb model bo‘la oladi. Shu bois, Amir

Abdurrahmonxon faoliyati nafaqat tarixiy, balki zamonaviy siyosiy tahlillar uchun ham

nazariy va amaliy ahamiyat kasb etadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

Abdur Rahman, Amir.

The Life of Amir Abdur Rahman, Amir of Afghanistan

.

Vol. II. London: John Murray, 1900.

396 p.

p. 214.

2.

Gregorian, V.

The Emergence of Modern Afghanistan: Politics of Reform and

Modernization, 1880

1946

. Stanford: Stanford University Press, 1969.

264 p.

p. 174.

3.

Saikal, A.; Maley, W.

Regime Change in Afghanistan: Foreign Intervention and

the Politics of Legitimacy

. Boulder: Westview Press, 1991.

232 p.

p. 112.

4.

Хидоятов, Г. А.

Из истории англо

-

русских отношений в Средней Азии в

конце XIX века

. Ташкент: Фан, 1969. —

175 с. —

с. 112.

5.

Ромодин, В. А.

Афганистан

. Москва: Наука, 1983. —

192 с. —

с. 91, 96–

97.

6.

Kuropatkin, A. N.

Kaspiyskiy kray i Turkmeniya

. Sankt-Peterburg, 1879.

240 p.

7.

Terentyev, M. A.

Rossiya i Angliya v Sredney Azii

. Sankt-Peterburg:

Tipografiya V. Golovina, 1875.

296 p.

8.

Tikhomirov, M. N.

Prisoedinenie Merva k Rossii

. Tashkent, 1951.

188 p.

9.

McChesney, R. D.; Khorrami, M. M.

The History of Afghanistan

. Leiden: Brill,

2013.

432 p.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

06 (2025) / ISSN 2181-1415

64

10.

Hopkins, B. D.

The Making of Modern Afghanistan

. New York: Palgrave

Macmillan, 2008.

256 p.

11.

Yapp, M. E.

Strategies of British India: Britain, Iran, and Afghanistan, 1798

1850

. Oxford: Clarendon Press, 1980.

412 p.

12.

Dani, A. H.

Central Asia and the Regional Powers

. Islamabad: National Institute

of Historical and Cultural Research, 1992.

208 p.

13.

Noelle-Karimi, C.

“The Durrani Empire and British Diplomacy in

Afghani

stan.”

Journal of Asian Studies

, 2004, Vol. 63(3).

pp. 613

637.

14.

Skrine, F. H.

The Expansion of Russia: Problems of the East and Problems of the

Far East

. London: Cambridge University Press, 1900.

328 p.

15.

Yate, C. E.

Northern Afghanistan or Letters from the Afghan Boundary

Commission

. London: Richard Bentley, 1887.

459 p.

Библиографические ссылки

Abdur Rahman, Amir. The Life of Amir Abdur Rahman, Amir of Afghanistan. Vol. II. London: John Murray, 1900. — 396 p. — p. 214.

Gregorian, V. The Emergence of Modern Afghanistan: Politics of Reform and Modernization, 1880–1946. Stanford: Stanford University Press, 1969. — 264 p. — p. 174.

Saikal, A.; Maley, W. Regime Change in Afghanistan: Foreign Intervention and the Politics of Legitimacy. Boulder: Westview Press, 1991. — 232 p. — p. 112.

Хидоятов, Г. А. Из истории англо-русских отношений в Средней Азии в конце XIX века. Ташкент: Фан, 1969. — 175 с. — с. 112.

Ромодин, В. А. Афганистан. Москва: Наука, 1983. — 192 с. — с. 91, 96–97.

Kuropatkin, A. N. Kaspiyskiy kray i Turkmeniya. Sankt-Peterburg, 1879. — 240 p.

Terentyev, M. A. Rossiya i Angliya v Sredney Azii. Sankt-Peterburg: Tipografiya V. Golovina, 1875. — 296 p.

Tikhomirov, M. N. Prisoedinenie Merva k Rossii. Tashkent, 1951. — 188 p.

McChesney, R. D.; Khorrami, M. M. The History of Afghanistan. Leiden: Brill, 2013. — 432 p.

Hopkins, B. D. The Making of Modern Afghanistan. New York: Palgrave Macmillan, 2008. — 256 p.

Yapp, M. E. Strategies of British India: Britain, Iran, and Afghanistan, 1798–1850. Oxford: Clarendon Press, 1980. — 412 p.

Dani, A. H. Central Asia and the Regional Powers. Islamabad: National Institute of Historical and Cultural Research, 1992. — 208 p.

Noelle-Karimi, C. “The Durrani Empire and British Diplomacy in Afghanistan.” Journal of Asian Studies, 2004, Vol. 63(3). — pp. 613–637.

Skrine, F. H. The Expansion of Russia: Problems of the East and Problems of the Far East. London: Cambridge University Press, 1900. — 328 p.

Yate, C. E. Northern Afghanistan or Letters from the Afghan Boundary Commission. London: Richard Bentley, 1887. — 459 p.