Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Content and priority directions for developing students'
intellectual abilities through social partnership
Avazbek DILBARJONOV
1
Fergana State University
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received June 2024
Received in revised form
15 July 2024
Accepted 15 July 2024
Available online
25 August 2024
This article emphasizes the importance of enhancing the
effectiveness of education through the effective implementation
of social partnership within the content of education, which is
regarded as a driving force of national development. It also
explores the theoretical perspectives on the content and
priority directions for developing intellectual abilities in the
context of modern educational processes.
2181-
1415/©
2024 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
content of education,
social partnership,
development of intellectual
abilities,
effectiveness of education,
pedagogical cooperation,
acquisition of skills,
personality formation.
Talabalarni ijtimoiy sherikchilik asosida intellektual
qobiliyatini
rivojlantirish mazmuni, ustuvor yo‘nalishlari
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
ta’lim mazmuni,
ijtimoiy sherikchilik,
intellektual qobiliyatni
rivojlantirish,
ta’lim samaradorligi,
pedagogik hamkorlik,
ko‘nikmalarni o‘zlashtirish,
shaxsning shakllanishi.
Ushbu maqolada davlat taraqqiyotining harakatlantiruvchi
kuchi bo‘lgan ta’lim mazmunida ijtimoiy sherikchilik samarali
qo‘llash orqali ta’lim samaradorligini ta’minlashga alohida
e’tibor qaratilgan. Zamonaviy ta’lim
-tarbiya jarayonida
intellektual qobiliyatni rivojlantirishning mazmuni ustuvor
yo‘nalishlari haqida fikrlar yoritib berilgan.
1
PhD Student, Fergana State University. E-mail: avazbekdilbarjonov@gmail.com
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
5
№
4 (2024) / ISSN 2181-1415
238
Содержание и приоритетные направления развития
интеллектуальных способностей студентов на основе
социального партнёрства
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
содержание образования,
социальное партнёрство,
развитие
интеллектуальных
способностей,
эффективность
образования,
педагогическое
сотрудничество,
усвоение навыков,
формирование личности.
В данной статье особое внимание уделяется
обеспечению эффективности
образования посредством
эффективного
внедрения
социального
партнёрства
в содержание образования, которое рассматривается как
движущая сила развития государства. Также раскрыты
научные взгляды на содержание и приоритетные
направления развития интеллектуальных способностей
в современном образовательном процессе.
KIRISH
Hozirgi kunda talabalarlarining intellektual tayyorgarligini rivojlantirish va uning
natijasida ta’lim sifatini oshirish masalalari ta’limdagi dolzarb
muammolardan biri bo‘lib
qolmoqda. Talabalarning o‘ziga xos intellektual qonun
-qoidalarini bilishi va ularga amal
qilgan holda faoliyat yuritishini ta’minlash uchun ularni intellektual faoliyatga
tayyorlashga e’tibor qaratilishi lozim.
O‘zbek tilining izohli lug‘atida “ Intellekt
–
kishining fikrlash qobiliyati, aqliy
rivojlanganlik darajasi; zehn.” sifatida ta’riflanadi.
Intellektual qobiliyat o‘z nomidan kelib chiqib “intellekt” atamasiga borib taqaladi.
Lotin tilidan olingan “intellego” yoki “intellectus” –
his etmoq, sezmoq, t
a’sirlanmoq,
anglamoq, bilmoq, tafakkur qilmoq, farqiga bormoq degan ma’nolarni anglatadi.
Pedagogika fanidan izohli lug‘atda “
intellekt
” tushunchasi “Intellekt (lotincha
intellectus
–
aql, idrok, zehn)
–
keng ma’noda: kishining voqea
-hodisa mohiyatini
to‘laligicha bilishiga asoslangan va u orqali namoyon bo‘ladigan faoliyati; tor ma’noda:
insonning tafakkur, fikr yuritish salohiyati. Intellekt kishilarning aql, idrok, zakovat,
ma’naviy jihatdan yetuklik darajasini ham bildiradi; tasavvur, idrok, sinchkovli
k orqali
jamlangan materialni bilish usullari (taqqoslash, abstraksiya, tushuncha, hukm va
hokazo.) orqali asosli bilimga ega bo‘lish yoki mavjud bilimni tanqidiy tahlil etib chiqish
qobiliyatini ham anglatadi.”
–
deb ta’riflangan.
Intellektual qobiliyatni shakllantirishga oid masalalar bir qancha pedagog
olimlarning ilmiy-
tadqiqot ishlarida yoritilgan. Yoshlarning eng ko‘p sonli va faol qismi
bu
–
talaba yoshlar sanaladi. Talaba yoshlar ta’lim olish ehtiyoji balandligi, mehnat
faolligi va dinamik hulq-avtor sohibi sifatida intellektual salohiyatli yoshlarning asosiy
qatlamini hosil qiladi. O.V.Larmin talaba yoshlarga ta’rif berar ekan, ular o‘ziga xos
ijtimoiy-
professional qatlam sifatida ta‟lim va ijtimoiy funksiyalarni bajaruvchi, turmush
tarsi va qadriy
atli mo‘ljallari bilan boshqalardan ajralib turishini ko‘rsatadi. Ta’lim
salohiyati yosh avlod tomonidan o‘zlashtirilgan bilim darajasi bilan o‘lchanadi. Bunda
ta’limning umumiy, kasbiy ixtisoslashuvi, ta‟lim va bandlikning kasbiy
-malakaviy
tuzilmasi sifat
ko‘rsatkichlari muhim ahamiyat kasb etadi.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
5
№
4 (2024) / ISSN 2181-1415
239
ADABIYOTLAR TAHLILI
Fransuz psixologi Piajening fikriga ko‘ra “intellekt bu yangicha sharoitga ruhan
moslashish bo‘lib, u go‘yoki jonli orginazimning tashqi muhitga moslashish ehtiyoji kabi
insonning kognitiv (
aqlan) moslashish imkoniyatlari ko‘lamini anglatadi”. Kishidagi
intellektning bosh xususiyati undaki, tashqi dunyodan qabul qilib olinayotgan har qanday
mazmun mohiyat o‘zlashtirilmaydi, aksincha individning ichki dunyosiga munosib
qismiga olinadi. Piaje intellektning rivojlanish bosqichlari haqida gapirar ekan uning
4 bosqichda kechishini ta’kidlaydi. uningcha intellektning rivojlanish bosqichining
birinchi davri 0 yoshdan 2 yoshgacha davom etadi. keyingi bosqich 2 yoshdan
8 yoshgacha, uchinchi bosqich esa 8 yoshdan 12 yoshgacha va to„rtinchi bosqich
12 yoshdan boshlanib kishining butun umri davomida sodir bo‘ladi. Ko‘rib tuganimizdek,
kishida intellektning rivojlanishi muayyyan yosh davri bilan chambarchas bog‘langan.
Ammo
, ta’lim intellekt rivojini tezlashtirishi mumkin. Ta’limdan chetda qolish esa
intellekt rivojida uzilishlarga sabab bo‘ladi. Piaje uchun intellekt kishi rivojining archa
darajalarida hulq atvorning tartiblovchilik vazifasini o‘tasa, boshqa olimlar A.
Bine va
L.
Veksler intellektni kishining ta’lim olish layoqati, yangi bilim, ko‘nikma hosil qilish
qobiliyati sifatida baholaydi.
“Intellekt, olingan ma’lumotlarni (mehnat predmetini) tartibga solish va oqilona
umumlashtirishni o‘zida ifodalaydigan inson qobiliyati tizimi bo‘lib, u o‘z egasidan
begonalashmagan va intellektual ishlab chiqarishning asosiy omili sifatida namoyon
bo‘ladi”.
Intellektual-
kasbiy salohiyatli kishilar o‘z mohiyatiga ko‘ra jamiyatning ilg‘or
yetakchi qatlami bo‘lib, mamlakat taraqqiyotiga zarur bo‘lgan innovatsion g‘oyalarni
amalga oshiruvchi mas’ul guruh sanaladi. Qaysidir bir davr yoki jarayonda ushbu omilga
nisbatan regress holatida sust munosabat paydo bo‘lsa, ma’lum vaqt o‘tib shu jamiyat
taraqqiyoti inqirozni boshdan kechiradi. Ta’kidlash joizki, ta’lim zamonaviy taraqqiyotni
ta’minlashda bosh omil sanalgan intellektual salohiyatni shakllantiruvchi institut rolini
bajaradi.
Rossiyalik Psixolog M.A.
Xolodning ta’rifiga ko‘ra, “Intellekt
–
bu shaxsni tashkil
qilish shakli inson aqliy
faoliyati tajribas" deb e’tirof etgan. M.A.
Xolod intellektni xayotiy
faoliyat davomidagi aqliy tajriba deb ataydi. Yig'ilgan aqliy tajriba insonga ma'lum
intellektual funktsiyalarni bajarishga imkon beradi.
Intellektual salohiyat rivojlanishi uchun mavjud bilim va ko`nikmalar rivojlanish
holatiga o`tishi kerak bo`ladi. Rivojlanish holatidagi salohiyat esa aniqlangan holatga
o`tishi va realizatsiya bosqichiga o`tishi talab etiladi.
Jamiyatning intellektual salohiyati
–
bu uning g‘oyalarni generatsiya qilish
imkoniyati, ijtimoiyiqtisodiy rivojlanish jarayonlariga yangiliklar kiritishi va bu bilan
ilgariga harakat qilish uchun sharoitlar yaratishidir. Texnologik jarayon insonning ta’lim,
ilmiy (yangi bilimlar) va texnik (kashfiyotlar, konstruksiyalash) faoliyati bilan
ta’minlanadigan texnogen sivilizatsiya sharoitida fan va texnologiya sohasida inson
kapitalidan foydalanish, ya‟ni olimlar, muhandislar, konstruktorlar, texniklar, yuqori
malakali ishchilar faoliyati moddiy ishlab chiqarish va ijtimoiy sohani rivojlantirishning
hal qiluvchi omiliga aylanib bormoqda.
Shulardan kelib chiqib, biz intellektual salohiyatga o‘zimizning quyidagi
ta’rifimizni keltirdik: “Intellektual salohiyat ijtimoiy iqtisodiy kategoriya bo‘lib, u o‘zida
ijodkorlik va aqliy qobiliyatni
namoyon qiladi va innovatsion g‘oyalarni amaliyotga joriy
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
5
№
4 (2024) / ISSN 2181-1415
240
etish uchun ijtimoiy tajribani qabul qiladi, voqea-hodisalarni amaliy tajriba asosida
baholab, ilmiy prognoz beradi va mushohada qiladi”. Intellektual salohiyat –
bu inson
tafakkurining qisqa fursat
da va aniq faollashish holati bo‘lib, bu kishining yangi bilim,
intellektual ko‘nikma va malakalarni yuqori tezlikda o‘zlashtirishini ta’minlaydi. Ammo,
intellektual salohiyat maxsus ta’lim yoki kasbiy tajribasi bo‘lmagan ishchi
-xodimlar
faoliyati samaradorligini kafolatlamaydi.
Aynan kognitiv boshqaruv doirasida ilmiy ishlarini olib borgan M.V.Suxarev
individual va sotsial intellektning introsotsialligini o‘rganar ekan, “shaxsning atrof muhit
ta’sirida shakllangan g‘oyalari, individual noyoblik kasb etadi va “olamning kognitiv
modeli”ga aylanadi, deb hisoblaydi. Jamoaviy faoliyat taqsimlangan kognitiv model
tomonidan tartiblansa, individual tafakkur guruhli intellekt bilan intellektual
kommunikatsiya orqali tahrirlanadi”. Vaholanki, intellektual saloh
iyatni kasbiy nuqtai
nazardan rivojlantirish va shakllantirib borishda mavjud manbalar, unga ta’sir qiladigan
sotsial omillar muhim ahamiyat kasb etadi.
TAHLIL VA NATIJALAR
Talabalarning intellektual qobiliyatini takomillashtirishda ularning bilim va
ko‘ni
kmalarini rivojlantirish bilan bir qatorda ijtimoiy-madaniy va kommunikativ
sifatlarini ham o‘stirishga alohida e’tibor qaratish lozim ekanligini inobatga olgan holda
tadqiqotimizda talabalarning intellektual salohiyatni namoyon etish va pedagogik
faoliyat
ida jamoaga tez moslashish ko‘nikmalari, pedagogik faoliyatda o‘z
-
o‘zini baholash
va buni tizimli yo‘lga qo‘yish ko‘nikmalari, o‘z
-
o‘zini rivojlantirish layoqati kabi
indikatorlarni integratsiyalash zarurligi kelib chiqadi. Fikrimizcha, talabaning intellektual
qobiliyati uning bilim va ko‘nikmalaridangina iborat bo‘lib qolmay, ularning ijtimoiy
-
madaniy va kommunikatsiya jarayonidagi sifatlariga ham bog‘liq ekanligi ko‘rsatib
berildi va birgalikda rivojlantirilishi tahlil qilindi.
Pedagog olimlar F.Xaydarov va N.Muslimovlar pedagoglarning intellektual
ko‘nikmalarini rivojlantirishning eng muhim tomoni, uni tanlagan kasb yo‘nalishi ga va
mehnat faoliyatiga bog‘liqligini asoslab, unda quyidagi maqsadlar tizimini, ehtiyojlar va
motivlar bilan uyg‘unlashishini ko‘rsatib berganlar:
1.
Intelektual salohiyat
–
fikrlash turlari (ijodiy, nazariy, amaliy bilim.);
2.
Irodaviy sifatlar
–
(maqsadga intiluvchanlik, qiyinchiliklarni yenga olish);
3.
Hissiy sifatlar
–
(o‘z
-
o‘zini baholash..);
4.
Amaliy ko‘nikmalar –
(o‘zida psixologik, p
edagogik, metodik va texnik,
texnologik qobiliyatlar...)
5.
O‘z
-
o‘zini boshqara olish.
6.
Komponentlik
–
olingan nazariy bilim va ko‘nikmalarning mavjudligi va
pedagogik amaliyot jarayonida qo‘llay olishi.
M.I.
Lukyanova o‘qituvchining
psixologik-pedagogik salohiyati asosida pedagogik
faoliyat uchun yuqori darajadagi professional tayyorgarlik va o‘quv jarayonida talabalar
bilan samarali o‘zaro munosabatlarga ega bo‘lgan shaxsning o‘ziga xos xususiyatlarini
tushunadi.
Talabalarning yo‘nal
ish doirasida intellektual qobiliyatini rivojlantirishda ularning
pedagogik qobiliyatlarini ham shakllantirib borish talab etiladi.
Pedagogik qobiliyatda o‘zaro bog‘liq ikkita daraja ko‘zga tashlanadi:
1.
“Refleksiv –
perseptiv qobiliyatlar” o‘z yo‘nalishi bo‘yicha “obyekt
-
subyekt”
munosabatiga qaratilgan bo‘lib, pedagogning shaxsiy his etish tajribasi rivojlanishiga olib
keladi. Ushbu daraja uch xildagi sezishlarni o‘zida mujassamlashtirgan bo‘ladi: “obyektni
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
5
№
4 (2024) / ISSN 2181-1415
241
his etish” (pedagogik talablarga nisbatan o‘quvchi munosabati yo‘nalishini his etish);
“me’yor va istihola hissiyoti” (turli xil pedagogik tarbiya vositalarning o‘quvchi shaxsi
shakllanishiga ta’siri me’yorlarini his etish); “mas’uliyat hissi” (o‘zining va o‘zgalarning
izzat nafsini toptamaslik va unga n
isbatan jiddiy bo‘lish hissiyoti).
2.
“Loyiha qobiliyatlari” yo‘nalishi bo‘yicha “sub’ekt
–
sub’ekt” munosabatlariga
yo‘naltirilgan bo‘ladi. U o‘quvchida tafakkur taraqqiyotiga nisbatan ehtiyoj, o‘z o‘rnini
topa olish istagini shakllantirish bo‘lsa, o‘qit
uvchida intellektual sohadagi mukammalikka
intilishga yordam beradigan jihatlarni o‘zida mujassamlashtirgan bo‘ladi. Bu ta’lim –
tarbiya tizimini loyihalashtirish bilan bog‘liq modulli bilim va ko‘nikmalarning
rivojlanganligi bilan belgilanadi.
Qobiliyatla
r asosida intellektual sifatlar shakllanadi. Ular qandaydir o‘ziga xos
qobiliyatlarga ega o‘qituvchilarda shakllanishi mumkin. Agar shunday bo‘lmasa
pedagogik sifatlar shakllanishi qiyinchiliklar bilan uzoq davom etadi. Pedagogik sifatlar
shakllanishiga o‘qituvchi o‘z faoliyat yo‘nalishini to‘g‘ri belgilaganligi darajasi va unda
o‘zining intellektual imkoniyatlari darajasini to‘g‘ri anglashi bilan bog‘liq shaxsiy jihatlar
ham bevosita ta’sir ko‘rsatadi.
Shuningdek, talabaning intellektual qobiliyatini rivojlantirishda pedagogik
mahoratning shakllanib borishi ham muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlashimiz
lozim. Pedagogik mahoratni biz pedagogda bo‘lishi lozim bo‘lgan ko‘plab shaxsiy sifatlar
majmuasi sifatida tushunamiz. Bu shaxsiy sifatlar intellektual faoliyatni yuqori saviyada
tashkil etishga zamin yaratadi. Bunday muhim sifatlarga
–
o‘qituvchi faoliyatining
insonparvarligi; uning intellektual bilimi; pedagogik qobiliyatlari va pedagogik
texnikasini kiritishimiz mumkin.
XULOSA
Yuqorid
a qayd etilgan muammolarning ijobiy yechimga ega bo‘lishini ta’minlash
oliy ta’lim muassasalarida talabalarning intellektual tayyorgarligini oshirishda
zamonaviy pedagogik texnologiyalarni samarali qo‘llash muvaffaqiyatini kafolatlaydi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
RO‘YXATI
:
1.
Махмудов М. Таълим натижасини лойиҳалаш. «Педагогик маҳорат», 2003,
1-
сон,
-
Б. 8
-10.
2.
Хайдаров Ф.И. Муслимов Н. Педагогик кадрлар тайёрлаш истиқболи.
Педагогик таълим. Тошкент.: 6
-
сон 2009. –Б. 8
-9.
3.
Лукьянова М.И. Психолого
-
педагогическая компетентность учителя. //
Педагогика. –
2001.
–
№10. –
С. 56
-61
4.
Пиаже Ж. Избранные психологические произведения. –
М.: Наука, 1969. –
С. 85.
5.
Олйников А.М. Особенности психолого
-
педагогического процесса в
работах Алфреда Бине. // Северно Кавказский психологический вестник. 2010. Т.8.
№3. –
С. 35.
