Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Experimental validation of the effectiveness of applying
combat action combinations in training sessions to
improve the technical preparedness of taekwondo
athletes
Alisher JUMANOV
1
Institute of Scientific Research in Physical Education and Sports
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received July 2025
Received in revised form
15 July 2025
Accepted 25 July 2025
Available online
15 August 2025
This article elucidates the role of technical training in
taekwondo, its main components, and methods for developing
athletes' technical skills. Effective techniques for utilizing
combat combination movements during the training process to
enhance technical preparation are described.
2181-
1415/©
2025 in Science LLC.
DOI:
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss7/S-pp32-38
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
combination,
technique,
tactics,
movement,
taekwondo,
training,
competition,
combat.
Taekvondochilarning texnik tayyorgarligini yaxshilash
uchun
jangovar
harakat
kombinatsiyalarini
mashg‘ulotlarda qo‘llashning samaradorligini tajribada
asoslash
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
kombinatsiya,
texnika,
taktika,
harakat,
taekvondo,
Ushbu
maqolada
taekvondo
sport
turida
texnik
tayyorgarlikning o‘
rni, uning asosiy tarkibiy qismlari hamda
sportchilarning texnik ko‘nikmalarini rivojlantirish usullari
yoritilgan. Texnik tayyorgarlikni takomillashtirishda mashg‘ulot
jarayonida
jangovar
kombinatsion
harakatlardan
1
Independent Researcher, Institute of Scientific Research in Physical Education and Sports.
E-mail: jumanov_alisher@gmail.com
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
07 (2025) / ISSN 2181-1415
33
mashg‘ulot,
musobaqa,
jangovar.
foydalanishning samarali usullari bayon etilgan.
Экспериментальное
обоснование
эффективности
применения
комбинаций
боевых
приемов
на
тренировках
для
повышения
технической
подготовленности тхэквондистов
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
комбинация,
техника,
тактика,
движение,
тхэквондо,
тренировка,
соревнование,
боевой
.
В данной статье рассматривается роль технической
подготовки в тхэквондо, ее основные составляющие и
методы развития технических навыков спортсменов.
Описаны
эффективные
способы
использования
комбинационных боевых действий в тренировочном
процессе для совершенствования технической подготовки
.
Ko‘p yillik tayyorgarlik bosqichlarida mashg‘ulot jarayonini rejalashtirish,
sportchilarning yoshi va malakasiga mos holda yuklama hajmi va intensivligini
tabaqalashtirish, shuningdek, mashg‘ulot yuklamalari natijasida yuzaga keladigan
toliqish holatlarini oldini olish hamda tiklanish jarayonlarini optimallashtirish
bo‘yicha ko‘plab ilmiy
-uslubiy manbalar yaratilmoqda. Shu bilan birga,
taekvondochilarni tayy
orlashda qo‘llaniladigan me’yoriy talablar, tayyorgarlik
turlarini baholash mezonlari va model ko‘rsatkichlari bo‘yicha ilmiy asoslangan
tavsiyalarni ishlab chiqish dolzarb masala bo‘lib qolmoqda.
Tadqiqotning maqsadi taekvondochilarning mashg‘ulot va muso
baqalarga
tayyorlashda jangovar harakat kombinatsiyalarini takomillashtirish metodikasini
ishlab chiqishdan iborat.
Tadqiqotning vazifalari:
taekvondochilarning mashg‘ulot va musobaqalarga tayyorlashda jangovar
harakat kombinatsiyalarini takomillashtirishga qaratilgan uch bosqichli yillik
mashg‘ulotlar dasturini ishlab chiqish;
taekvondochilarning maxsus jismoniy tayyorgarligini oshirishda harakat
aniqligi bilan bog‘liq zarbalardan foydalanishga yo‘naltirilgan jangovar harakat
kombinatsiyasini takomillashtirish;
Tadqiqotning obyekti sifatida Olimpiya va paralimpiya sport turlariga
tayyorlash markazlarining taekvondo yo‘nalishida tarbiyalanuvchi 14
-15 yoshli
o‘quvchilarning o‘quv mashg‘ulotlari, ularning maxsus jismoniy va texnik
-taktik
tayyorgarligi olingan.
Tadqiqotning predmetini 14-15 yoshli taekvondochilarda maxsus jismoniy va
texnik tayyorgarligini oshirish uchun jangovar harakat kombinatsiyalarga qaratilgan
vosita va usullar tashkil qiladi.
Tadqiqotning usullari. Tadqiqotda adabiyotlar tahlili, pedagogik kuzatuv,
so‘rovnoma, videotahlil, jangovar harakat kombinatsiyalar, statoxronometriya
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
07 (2025) / ISSN 2181-1415
34
(muvozanat saqlash vaqti), vestibuloxronometriya (aylanma harakat mashqlari
davomida muvozanat saqlash), pedagogik tajriba, matematik-statistika usullaridan
foydalanilgan.
Musobaqalarga tayyorgarlik ko‘rish darajasi va texnik
-taktik harakatlarni
ishonchli o‘zlashtirish samaradorligi sportchilarning tayyorgarlik jarayonidagi muhim
ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi.
Ushbu bosqichda sportchilarning texnika va
taktikani egallash darajasi, shuningdek, maxsus jismoniy sifatlarining rivojlanish
holati o‘rganildi.
Tayyorgarlikning ikkinchi bosqichi yakunlangach, tajriba va nazorat guruhiga
mansub taekvondochilar nazorat musobaqalarida ishtirok etdilar. Ushbu
musobaqalarda, ayniqsa, tajriba guruhi sportchilarining texnik-taktik tayyorgarlik
darajasi chuqur tahlil qilindi. Tadqiqot davomida tajriba guruhi a’zolari tomonidan
raqibga nisbatan kombinatsion jangovar zarbalarni qo‘llash va ularning
samaradorligin
i ta’minlovchi texnik
-
taktik usullarni amaliyotda qo‘llash holatlari
alohida o‘rganildi.
Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, nazorat guruhiga mansub taekvondo
sportchilari, asosan, tananing turli qismlariga yo‘naltirilgan an’anaviy zarbalardan
foydalanganlar.
Bu holat ularning mashg‘ulot jarayoni faqat o‘quv rejasida belgilangan
standart dastur doirasida olib borilganligi bilan izohlanadi. Natijada, sportchilar
asosan umumiy qabul qilingan texnika uslublaridan foydalanishga moyillik
ko‘rsatganlar.
Aksinc
ha, tajriba guruhidagi yosh taekvondochilar mashg‘ulotlarda zarba
berishning keng arsenaliga ega bo‘lgan, turli xil texnik usullarni qo‘llashga
intilganliklari kuzatildi. Ayniqsa, ular raqibga qarshi harakatlarni amalga oshirishda
hujum va qarshi hujum taktikalaridan faol foydalanishgani bilan ajralib turdilar.
Tadqiqot va kuzatishlar shuni ko‘rsatdiki, tajriba guruhi sportchilari jang vaqtida
raqib hujumlaridan qochish uchun uzoq masofaga chekinishga intilishmagan, balki
mavjud texnik imkoniyatlaridan samarali foydalangan holda, jangovar kombinatsion
zarbalarni to‘liq va izchil qo‘llaganlar.
1-jadval
14-16 yoshli taekvondochi sportchilarni texnik-taktik harakatlarni bajarish
va usullarni samarali amalga oshirish bo‘yicha dinamikasini taqqoslashda ushlab
olish turlarining nisbati
Asosiy zarbalar
Raqibning bosh
qismiga berilgan
zarbalar
Raqibning tanasiga
to‘g‘ridan berilgan
zarbalar
Raqibning
tanasiga
yondan
berilgan
zarbalar
N
G
Bajarilgan zarbalar
62,31
11,8
10,89
Amalga
oshirilgan
usullar
56,73
5,16
6,73
T
G
Bajarilgan zarbalar
74,86
13,71
11,43
Amalga
oshirilgan
usullar
67,52
9,75
9,73
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
07 (2025) / ISSN 2181-1415
35
Bunday yondashuv ularga bellashuv davomida ustunlikni qo‘lga kiritish,
shuningdek, belgilangan vazifalarni yuqori samaradorlik bilan amalga oshirish
imkonini yaratdi.
Tajriba guruhidagi yosh taekvondochilar tomonidan qo‘llanilgan jangovar
kombinatsion zarbalar turlari ancha keng bo‘lib, ular nafaqat an’anaviy zarba
uslublarini, balki raqib tanasining barcha qismlariga yo‘naltirilgan zarbalar orqali
ham yuqori samaradorlikni namoyon etganlari aniqlangan. Bunday natijalar tajriba
guruhi sportchilarining o‘z hujumlarida raqibni ushlash texnikasidan mahorat bilan
foydalanishlari bilan izohlanadi.
Tadqiqot jarayonida ma’lum bo‘lishicha, tajriba guruhi taekvo
ndochilari
raqibga zarba berishda oddiy hujum, qarshi hujum va kombinatsion zarbalarni
uyg‘unlashtirib qo‘llagan holda, jangda ustunlikni qo‘lga kiritish uchun qulay
vaziyatlar yaratishga muvaffaq bo‘lganlar. Aynan shunday yondashuv ularga texnik
-
taktik us
tunlikni ta’minlagan.
Jangovar kombinatsion zarbalar samaradorligi bo‘yicha tajriba guruhi
ishtirokchilari nazorat guruhi sportchilariga nisbatan sezilarli darajada yuqori
natijalarga erishgan. Bu holat shuni ko‘rsatadiki, jang davomida raqibga yaqin
masof
ada joylashib, qulay boshlang‘ich pozitsiyalarni yaratish orqali tajriba guruhi
sportchilari hujum harakatlarini samarali yakunlash imkoniga ega bo‘lganlar.
Shuningdek, jangovar zarba va kombinatsion harakatlardan oqilona
foydalanish texnik-taktik tayyorgarlik jarayonida zarba texnikasi samaradorligiga
ham ijobiy ta’sir ko‘rsatgan. Natijada tajriba guruhi sportchilari jangovar
harakatlarni yanada aniqlik va ishonch bilan bajarishga erishgan.
Jangovar kombinatsion harakatlar tajriba guruhi taekvondochilarining texnik-
taktik tayyorgarligining umumiy modeliga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi.
Tajriba guruhi taekvondochilari musobaqa faoliyatini nazorat qilish tarkibiga
quyidagilar kiritildi:
1) hujum samaradorligi;
2) himoya samaradorligi;
3) hujum faolligi;
4) umumiy o
‘zgaruvchanlik;
5) natijali o‘zgaruvchanlik;
6) hujum va himoya harakatlarining natijadorligi.
Yuqorida sanab o‘tilgan tavsiflarni aniqlash va dastlabki axborot olish usullari
dissertatsiyaning ikkinchi bobida batafsil bayon etilgan. Ko‘rsatkichlar
taekvondochilar uchun videoyozuvlar tahlili asosida hisoblab chiqilib, keyinchalik
o‘z guruhlari yig‘indisiga birlashtirildi (2
-jadvalga qarang).
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
07 (2025) / ISSN 2181-1415
36
2-jadval
Tajriba va nazorat guruhi taekvondochilarining pedagogik tajribaning
ikkinchi bosqichidan keyingi texnik tayyorgarligi ko‘rsatkichlari (n=64)
Musobaqa
faoliyati
parametrlari
Tadqiqot
davri
NG
(M ±
m)
TG
(M ±
m)
Nisbiy
farqi%
t
P
Hujum
samaradorligi
T/B
26,0± 2,0
32,12±1,6
1,14
2,0
< 0,05
T/O
28,7 ± 1,2
36,9 ± 2,8
31,63
2,58
< 0,05
Himoya
samaradorligi
T/B
77,09 ± 4,4
79,09 ± 4,9
1,05
1,34
> 0,05
T/O
78,7 ± 3,1
89,5 ± 2,8
13,90
2,68
< 0,05
Hujum faolligi
T/B
6,9± 3,5
8.0± 4,0
1,42
0,94
> 0,05
T/O
7,7 ± 0,5
8,4 ± 0,4
27,82
2,18
< 0,05
Natijadorlik
T/B
3,1± 1,51
3,8 ±2,98
1,02
1,09
> 0,05
T/O
3,3 ± 0,3
6,7 ± 0,8
57,81
2,54
< 0,05
Texnika
variativlik
T/B
6,80 ± 2,48
7,89±2,07
1,89
1.89
> 0,05
T/O
7,1± 0,6
11,3 ± 0,8
47,16
2,20
< 0,05
Texnika
samaradorligi
T/B
6,30±2,26
7,09± 1,89
2,0
1.98
> 0,05
T/O
6,4 ± 0,7
8,6 ± 0,8
25,81
2,07
< 0,05
Biz tomonidan taklif etilgan metodika asosida mashg‘ulotlar olib borgan tajriba
guruhi taekvondochilarining texnik
mahorati va musobaqa natijalari, an’anaviy o‘quv
dasturi asosida tayyorlangan nazorat guruhi sportchilarining ko‘rsatkichlariga nisbatan
sezilarli darajada yuqori bo‘lgani kuzatildi. Olib borilgan pedagogik tajriba natijalari
asosida shuni ishonch bilan ta
’kidlash mumkinki, 14–16 yoshli taekvondochilarni o‘quv
-
mashg‘ulot bosqichida texnik tayyorgarlikka yo‘naltirilgan tarzda tayyorlashda jangovar
kombinatsion zarbalar asosida shakllantirilgan jangovar harakatlar tayyorgarlikning
muhim va ajralmas tarkibiy q
ismi sifatida namoyon bo‘lmoqda.
Tadqiqot natijalari ushbu yondashuvning amaliy ahamiyatini ilmiy asoslash
imkonini berdi. Jumladan, bellashuv jarayonida ushlash va qarshi hujum ko‘nikmalarini
shakllantirishga qaratilgan metodikaning yuqori samaradorligi tasdiqlandi. Taekvondo
sportida raqibga muvaffaqiyatli zarba yo‘llash sportchining taktik tayyorgarligi
darajasining ifodasi sifatida qaraladi.
Musobaqa faoliyati yuzasidan o‘tkazilgan tahlillar shuni ko‘rsatdiki, nazorat va
tajriba guruhlari o‘rtasida sezilarli farq mavjud. Xususan, natijadorlik darajasi tajriba
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
07 (2025) / ISSN 2181-1415
37
guruhi foydasiga yaqqol ustunlikni ko‘rsatdi. Statik tahlilga ko‘ra, nazorat guruhida
bu
ko‘rsatkich 4,3±0,5 ni tashkil etgan bo‘lsa, tajriba guruhida 6,7±0,8 ni tashkil etdi
(P<0,05). Natijalar orasidagi nisbiy farq esa tajriba guruhi foydasiga 55,81% bo‘ldi.
Ushbu raqamlar shuni ko‘rsatadiki, tajriba guruhi sportchilari texnik usullarni
yuqori samaradorlik bilan, ko‘proq va tez
-tez bajarishga erishganlar. Bu esa
taekvondochilarning
texnik-taktik
tayyorgarligini
takomillashtirishda
tajriba
metodikasining afzalligini aniq ifodalaydi.
Guruhlar o‘rtasidagi ikkinchi asosiy farq hujum samaradorligi ko‘rsatkichida
namoyon bo‘ldi. Bunda nazorat guruhi taekvondochilarining natijalari 28,7±2,2 ni tashkil
qilgan bo‘lsa, tajriba guruhi sportchilarining ko‘rsatkichi 36,9±2,8 ni tashkil etdi (P<0,05).
Ushbu farq 31,63% nisbatda tajriba guruhi foydasiga
bo‘lib, bu natijalar qo‘llanilgan
metodikaning samaradorligini tasdiqlaydi.
Tajriba guruhi sportchilari tomonidan bajarilgan kombinatsion zarbalar, ularni
egallash bo‘yicha vazifalarning muvaffaqiyatli bajarilishi, turli ushlash holatlarida keng
texnik ars
enal asosida amalga oshirilgan harakatlar yuqori samaradorlik ko‘rsatgan. Bu
holat tajriba guruhida joriy etilgan mashg‘ulot metodikasining texnik
-taktik
tayyorgarlikni rivojlantirishda ijobiy natija berganini ko‘rsatadi.
Shuningdek, guruhlar o‘rtasidagi o‘zgaruvchanlik darajasi ham sezilarli farq bilan
ajralib turdi. Nazorat guruhi sportchilarida nisbiy o‘zgaruvchanlik 7,1±0,6 ni tashkil
etgan bo‘lsa, tajriba guruhida bu ko‘rsatkich 11,3±0,8 ga yetdi. Nisbiy farq esa 47,16%
bo‘lib, tajriba guruhi foydasiga
qayd etildi. Samarali o‘zgaruvchanlik ko‘rsatkichlari
nazorat guruhida 6,4±0,7 bo‘lgan bo‘lsa, tajriba guruhida bu raqam 8,6±0,8 ni tashkil etdi
(P<0,05).
Hujum faolligi darajasida ham sezilarli tafovut kuzatildi. Nazorat guruhi
taekvondochilarida hujum f
aolligi 7,7±0,5 bo‘lsa, tajriba guruhida ushbu ko‘rsatkich
8,4±0,4 ni tashkil etdi (P<0,05). Ular orasidagi nisbiy farq 10,87% ni tashkil etdi.
Yuqoridagi natijalar asosida xulosa qilish mumkinki, tajriba guruhi sportchilari
texnik-taktik harakatlarni amal
ga oshirishda o‘zlarini yanada ishonchli his qilganlar.
Shuningdek, ularda texnik-taktik faoliyatga nisbatan yuqori motivatsiya va faol ishtirok
kuzatilgan, bu esa ularning yuqori sport natijalariga erishishida muhim omil bo‘lgan.
Xulosa o‘rnida ta’kidlash
lozimki, tajriba guruhining himoya samaradorligi bo‘yicha
ko‘rsatkichlari nazorat guruhiga nisbatan ancha yuqori natijalarni ko‘rsatdi. Nazorat
guruhida bu ko‘rsatkich 78,7±3,1 ni tashkil etgan bo‘lsa, tajriba guruhida 89,5±2,8 ga
teng bo‘ldi (P<0,05). Ul
ar orasidagi nisbiy farq 13,90% ni tashkil etdi. Garchi bu farq
boshqa ko‘rsatkichlarga nisbatan nisbatan past bo‘lsa
-da, statistik jihatdan ishonchli farq
qayd etilgan bo‘lib (P<0,05), bu tajriba guruhi taekvondochilarining texnik
-taktik himoya
harakatlar
i bo‘yicha tayyorgarligi nazorat guruhidagilarga nisbatan ustun ekanligining
dalilidir.
Ekspert hay’ati a’zolari tomonidan bildirilgan fikrlarga ko‘ra, tajriba guruhi
sportchilari tomonidan namoyon etilgan jang uslubi bir necha muhim omillar bilan
ajralib turgan: texnik-
taktik harakatlarning samaradorligi, raqibni o‘z strategik rejasiga
jalb qilish, jangovar kombinatsiyalar orqali uni chalg‘itish, raqibning xatolaridan
foydalanib qarshi hujumga o‘tish, himoyani kuchaytirish hamda raqibning e’tiborini
jamlash imkoniyatini kamaytirish orqali ustunlikka erishish.
Shuningdek, yosh taekvondochilarda kombinatsion zarbalarga asoslangan jang
olib borish ko‘nikmalarini shakllantirish texnik
-taktik tayyorgarlikning asosiy va
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
07 (2025) / ISSN 2181-1415
38
samarali tarkibiy qismi sifatida o‘zini to‘liq oqladi. Ushbu yo‘nalishda olib borilgan
mashg‘ulotlar tajriba guruhida sezilarli natijalar bergani bu yondashuvning
samaradorligini tasdiqlaydi.
Biroq ta’kidlash joizki, taekvondo sport turining uslublari va musobaqa qoidalarida
yuz berayotgan o‘zgarishlarni inobatga olgan holda, mashg‘ulot jarayonlarini doimiy
ravishda takomillashtirish, yangicha yondashuvlarni izlab topish va ijodiy rivojlanishga
intilish zarur bo‘ladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
:
1. Tursunaliyev U.Sh. Modern stages of development of training preparation in the
process of initial taekwondo training // Eurasian Journal of Sport Science. Vol. 1: Iss. 2,
Article 7. 2022.
Р
69-73.
2.
Рахматов
Б
.
Ш. “Ёш
таэквондочиларда
мувозанат
сақлаш
турғунлиги
ва
ҳаракат
аниқлигини
вестибулосоматик
машқлар
ёрдамида
ривожлантириш
самарадорлиги
.
Педагогика
.
фан
. (PhD)...
дисс
.
автореф
.-
Чирчиқ
:
ЎзДЖТСУ
; 2022.
3.
Тажибаев
С
.
С
.
Ўсмир
яккакурашчиларнинг
комплекс
тайёргарлигида
ҳаракатли
ўйинларни
қўллаш
методикасини
илмий
-
педагогик
асослаш
:
Пед
.
фан
.
(DSc)...
дисс
.
автореф
.-
Чирчиқ
:
ЎзДЖТСУ
, 2019.-77
4.
Юсупова
Н
.
Ш
.
Ёш
таеквондочиларнинг
(W
Т
)
махсус
жисмоний
тайёргарлигини
иннов
atsi
он
технологиядан
фойдаланган
ҳолда
назорат
қилиш
методикаси
.
Педагогика
.
фан
. (PhD)...
дисс
.
автореф
.-
Чирчиқ
:
ЎзДЖТСУ
; 2022.
5. K.J.Park. (2023) Comparison of subjective and objective evaluation of back
injuries of elite taekwondo athletes // Science & Sports. Volume- 1-7.
https://doi.org/10.1016/j.scispo.2023.12.001.
