Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
The procedure of considering citizens' appeals: theory and
practice
Abbos AZAMOV
1
Tashkent City Department of Justice, Ministry of Justice of the Republic of Uzbekistan
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received June 2025
Received in revised form
15 July 2025
Accepted 15 July 2025
Available online
25 August 2025
This article is devoted to the study of theoretical and
practical aspects of the procedure for
considering citizens’
appeals. The research analyzes the constitutional and
international legal foundations of the appeals institution, the
procedures established by national legislation, and their
application in practice. Existing problems in the appeals
handling system are identified, and measures to address them
are proposed. In particular, recommendations are made on the
introduction of digital technologies, improvement of response
quality, ensuring equality between regions, and strengthening
transparency mechanisms.
2181-
1415/©
2025 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
citizens’ appeals,
constitutional right,
appeal review,
international experience,
digital technologies,
transparency,
public administration.
Fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqish tartibi:
nazariya va amaliyot
ANNOTATSIYA
Kalit so
‘
zlar:
fuqarolar murojaati,
konstitutsiyaviy huquq,
murojaatlarni ko‘rib chiqish,
xalqaro tajriba,
raqamli texnologiyalar,
shaffoflik,
davlat boshqaruvi.
Maqolada fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqish
tartibining nazariy va amaliy jihatlarini o‘rganishga
bag‘ishlangan. Ishda murojaat institutining konstitutsiyaviy va
xalqaro-huquqiy asoslari, milliy qonunchilikdagi tartib-
taomillar hamda ularning amaliyotdagi qo‘llanishi tahlil
qilingan. Shuningdek, murojaatlar bilan ishlash tizimidagi
mavjud muammolar aniqlanib, ularni bartaraf etish bo‘yicha
taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Xususan, raqamli
texnologiyalarni joriy etish, javoblar sifatini oshirish, hududlar
o‘rtasidagi
tenglikni
ta’minlash
hamda
shaffoflik
mexanizmlarini kuchaytirish bo‘yicha istiqbolli yondashuvlar
taklif etilgan.
1
Leading Advisor,Tashkent City Department of Justice, Ministry of Justice of the Republic of Uzbekistan.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
6
№
4 (2025) / ISSN 2181-1415
136
Порядок рассмотрения обращений граждан: теория и
практика
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
обращение граждан,
конституционное право,
рассмотрение обращений,
международный опыт,
цифровые технологии,
прозрачность,
государственное
управление.
Данная статья посвящена изучению теоретических и
практических аспектов порядка рассмотрения обращений
граждан. В работе проанализированы конституционные и
международно
-
правовые основы института обращений,
порядок, установленный национальным законодательством,
а также практика его применения. Выявлены существующие
проблемы в системе работы с обращениями и предложены
меры по их устранению. В частности, даны рекомендации по
внедрению цифровых технологий, повышению качества
ответов, обеспечению равенства между регионами и
усилению механизмов прозрачности.
KIRISH
So‘nggi yillarda O‘zbekiston Respublikasida davlat va jamiyat o‘rtasidagi o‘zaro
aloqalarni kuchaytirish, fuqarolarning davlat boshqaruvida ishtirokini kengaytirish
masalalari davlat siyosatining ustuvor
yo‘nalishlaridan biriga aylandi. Bu jarayonda
fuqarolarning murojaat qilish huquqi ularning shaxsiy, ijtimoiy va iqtisodiy manfaatlarini
himoya qilish, shuningdek, davlat organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini
ta’minlashning muhim vositasi sifatida e’tirof etiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 33
-moddasida fuqarolarning davlat
organlariga, muassasalarga va jamoat birlashmalariga ariza, taklif va shikoyat bilan murojaat
qilish huquqi mustahkamlab qo‘yilgan. Ushbu norma nafaqat fuqarolarning o‘z huquqlarini
amalga oshirishini kafolatlaydi, balki davlat organlari va mansabdor shaxslarning
javobgarligini ham oshiradi. Davlat rahbari tomonidan so‘nggi yillarda fuqarolar
murojaatlarini qabul qilish va ko‘rib chiqish tizimini tubdan isl
oh qilish, ochiqlik va
shaffoflikni ta’minlashga qaratilgan qator farmon va qarorlar qabul qilindi. Xususan,
Prezidentning virtual qabulxonalari, Xalq qabulxonalari va Yagona interaktiv davlat
xizmatlari portali ushbu yo‘nalishda samarali mexanizm bo‘lib x
izmat qilmoqda [1-9].
Fuqarolarning davlat organlari va ularning mansabdor shaxslariga murojaat qilish
huquqi har bir demokratik jamiyatning muhim konstitutsiyaviy tamoyillaridan biridir.
Ushbu huquq inson huquq va erkinliklarini ro‘yobga chiqarish, davlat
organlari faoliyatining
ochiqligi va fuqarolarga hisobdorligini ta’minlashda muhim vosita hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 33
-
moddasida: “Fuqarolar davlat
organlariga, muassasalarga va jamoat birlashmalariga ariza, taklif va shikoyat bilan murojaat
qilish huquqiga egadirlar. Bunday murojaatlar qonunda belgilangan tartibda ko‘rib chiqilishi
shart”. Bu norma nafaqat davlat organlarining murojaatlarni qabul qilish majburiyatini, balki
ularni belgilangan muddat va tartibda ko‘rib chiq
ish zaruratini ham belgilaydi [1-5]. Shu
orqali fuqarolar davlat boshqaruvida bevosita ishtirok etish, jamiyatdagi muammolarni
yoritish va ularning hal etilishida hissa qo‘shish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Murojaat huquqining konstitutsiyaviy mustahkamlanishi: fuqarolik jamiyatini
rivojlantirish
–
odamlar o‘z fikrini erkin ifoda etadi; davlatning javobgarligini oshirish –
murojaatlar orqali davlat organlari faoliyatiga baho beriladi; huquqiy kafolat
–
har bir
fuqaro murojaati qonun bilan himoyalanadi.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
6
№
4 (2025) / ISSN 2181-1415
137
NATIJALAR VA MUHOKAMA
O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonunida
murojaatlar quyidagi turlarga bo‘linadi:
1. Ariza
–
fuqaroning o‘z huquq va erkinliklarini amalga oshirish, ularni himoya qilish,
shaxsiy yoki jamoaviy manfaatl
arni ta’minlash haqidagi yozma yoki elektron murojaati.
2. Shikoyat
–
fuqaroning buzilgan huquqlari yoki qonuniy manfaatlarini tiklash,
mansabdor shaxslarning noqonuniy qarorlarini bekor qilish haqidagi talabini ifodalovchi
murojaat turi.
3. Taklif (yoki mulohaza)
–
davlat organlari, korxonalar, muassasalar faoliyatini
tako
millashtirish bo‘yicha fikr yoki tavsiya [9].
Bu turlarning har biri ma’lum protsessual tartib asosida ko‘rib chiqiladi va tegishli
javob berilishi shart. Murojaatni ko‘rib chiqish muddati odatda 15 kun (qo‘shimcha
o‘rganish talab etilsa –
30 kun) etib belgilangan.
Xalqaro huquqda murojaat huquqi demokratik boshqaruv tamoyillarining ajralmas
qismi sifatida qaraladi. Asosiy xalqaro hujjatlar quyidagilar:
❖
Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi (1948-yil), 19 va 21-moddalar
–
har
bir inson fikr bildirish va davlat ishlarida ishtirok etish huquqiga ega;
❖
Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt (1966
-yil), 25-moddasi
–
davlat ishlarida bevosita yoki vakillar orqali ishtirok etish imkoniyati;
❖
YXHT (OSCE) majburiyatlari
–
davlat organlarining fuqarolar murojaatlarini
tezkor va xolis ko‘rib chiqish majburiyati.
❖
Xalqaro standartlarga ko‘ra, murojaat huquqi faqat yozma emas, balki og‘zaki,
elektron
shakllarda ham ta’minlanishi, shikoyatni ko‘rib chiqishda fuqaroga javob berish
aniq muddatlarda amalga oshirilishi kerak [7].
O‘zbekistonda fuqarolar murojaatlari bo‘yicha huquqiy tartib konstitutsiyaviy
normalar, maxsus qonunlar va me’yoriy
-huquqiy hujjatlar bilan belgilanadi. Asosiy hujjatlar:
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi (33
-
modda); “Fuqarolarning murojaatlari
to‘g‘risida”gi Qonun (2014
-y., yangi tahriri
–
2020-
y.); Prezidentning “Jismoniy va yuridik
shaxslarning murojaatlari bilan ishlash
tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi
farmoni (2016-
y.); Vazirlar Mahkamasining murojaatlar bilan ishlash tartibi to‘g‘risidagi
qarorlari; Elektron hukumat va raqamli platformalar to‘g‘risidagi me’yorlar [1
-3]. Alohida
e’tiborli jihat –
2016-yil
dan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual
qabulxonasi va xalq qabulxonalari faoliyat yuritib, fuqarolar murojaatlarini tezkor ko‘rib
chiqish tizimi yaratildi. Bu tizim orqali millionlab fuqarolar o‘z muammolarini to‘g‘ridan
-
to‘g‘ri davlat
rahbariyatiga yetkazish imkoniga ega bo‘ldi.
1-
rasm. Murojaat turlari, ularning mazmuni va ko‘rib chiqish muddatlari
keltirilgan
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
6
№
4 (2025) / ISSN 2181-1415
138
Shunday qilib, 1-
rasmdagi diagrammadan ko‘rinib turibdiki, fuqarolarning
murojaatlarini ko‘rib chiqish
muddatlari murojaat turiga qarab farqlanadi. Ariza va
takliflar odatda 15 kun ichida ko‘rib chiqilishi kerak, chunki ular ko‘pincha tezkor javob
talab qiladi. Shikoyatlar esa, ko‘pincha qo‘shimcha tekshiruv va hujjatlarni o‘rganishni
talab qilgani uchun, u
larni ko‘rib chiqish muddati 30 kungacha belgilangan. Bu farqlanish
murojaatlarni mazmuni va ularni hal etish jarayonining murakkabligidan kelib chiqadi.
O‘zbekistonda fuqarolarning murojaatlari maxsus qonunlar va me’yoriy hujjatlar
asosida ko‘rib chiqiladi. Amaldagi tartibga ko‘ra, murojaatlar:
•
bevosita qabulxonalarda;
•
pochta orqali;
•
elektron shaklda (Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali, Prezidentning
virtual qabulxonasi, mobil ilovalar) qabul qilinadi.
Har bir murojaat qabul qilingan kundan e’tiboran 15 kun ichida (qo‘shimcha
o‘rganish talab etilsa –
30 kun ichida) javob berilishi shart. Qonunchilikka ko‘ra,
mansabdor shaxs murojaatni ko‘rib chiqmasdan qoldirishga yoki javobni cho‘zishga haqli
emas, aks holda javobgarlikka tortiladi.
Davlat organla
ri murojaatlar bo‘yicha o‘z faoliyati haqida muntazam ravishda
statistik hisobotlar tayyorlaydi va jamoatchilikka e’lon qiladi. 2016
-
yilda O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash
tizimini tubdan
takomillashtirish to‘g‘risida”gi farmoni asosida Virtual qabulxonalar va
xalq qabulxonalari tashkil etildi. Bu tizimning afzalliklari: fuqarolarning davlat
rahbariyatiga to‘g‘ridan
-
to‘g‘ri murojaat qilish imkoniyati; murojaatlarning onlayn
monitoringi; barcha viloyat va tumanlarda xalq qabulxonalarining ochilishi; murojaatlar
bo‘yicha tahliliy baza shakllantirilishi.
1-jadval.
2018
–
2024-
yillar oralig‘ida Virtual qabulxona orqali kelib tushgan murojaatlar
statistikasi
Yil
Kelib tushgan murojaatlar
soni (mingta)
Qanoatlantirilgan
Rad
etilgan
Ko‘rib chiqish davomida
hal qilingan
2018
870
540
120
210
2019
920
585
125
210
2020
1 150
750
150
250
2021
1 320
880
160
280
2022
1 500
1 020
170
310
2023
1 750
1 210
180
360
2024
1 880
1 300
200
380
O‘zbekiston tajribasida murojaatlar institutining samaradorligi oshgan bo‘lsa
-da,
bir qator muammolar mavjud:
–
Ayrim murojaatlar yuzaki ko‘rib chiqilishi, javoblar rasmiyatchilikka aylanishi.
–
Mansabdor shaxslarning murojaatlarni hal etishda javobgarlik darajasi pastligi.
–
Hududlarda murojaatlarni ko‘rib chiqish sifati markaziy organlarga nisbatan past.
–
Ayrim muammolar bo‘yicha murojaatlarning yillar davomida takrorlanishi
(masalan, kommunal xizmatlar, yer ajratish masalalari).
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
6
№
4 (2025) / ISSN 2181-1415
139
Qiyosiy tahlil: O‘zbekiston va xorijiy davlatlar tajribasi:
AQSH tajribasi: Federal hukumat va shtat darajasida ombudsman institutlari
mavjud bo‘lib, fuqarolar murojaatlari bo‘yicha mustaqil tekshiruvlar o‘tkazadi. Javob
berish muddati qat’iy belgilangan –
odatda 15 ish kuni.
Germaniya tajribasi: “Petitsiya” tizimi
orqali parlamentga bevosita murojaat qilish
mumkin. Har bir petitsiya maxsus qo‘mita tomonidan ko‘rib chiqiladi va natijasi ommaviy
e’lon qilinadi.
O‘zbekiston: Virtual qabulxona va xalq qabulxonalari orqali keng qamrovli tizim
yaratilgan bo‘lsa
-da, musta
qil tekshiruvchi ombudsman vakolatlari amaliyotda to‘liq
ishlatilmayapti.
2-rasm. 2018
–
2024-yillar davomida Virtual qabulxona orqali kelib tushgan
murojaatlar soni
Shunday qilib, 2-
rasmdagi diagrammadan ko‘rinib turibdiki,
2018
–
2024-yillar
davomida Virtual qabulxona orqali kelib tushgan murojaatlar soni muntazam o‘sib
borgan. Agar 2018-
yilda 870 mingta murojaat qayd etilgan bo‘lsa, 2024
-yilga kelib bu
ko‘rsatkich 1 million 880 mingtagacha yetgan. Bunday o‘sishning bir necha
asosiy
sabablari mavjud:
✓
Raqamli xizmatlar qulaylashganligi
–
fuqarolar onlayn shaklda murojaat qilish
imkoniga ega bo‘ldi.
✓
Davlat organlari ochiqligi va javobgarligi oshgani
–
murojaatlarga tezkor javob
berish tizimi yo‘lga qo‘yildi.
✓
Huquqiy ong va faollikning ortishi
–
fuqarolar o‘z huquqlarini himoya qilishga
intilmoqda.
Shu bilan birga, murojaatlar sonining ortishi tizim oldida tezkorlik va sifat bo‘yicha
yangi talablarni yuzaga keltirmoqda, bu esa kelgusida murojaatlarni ko‘rib chiqish
samaradorligini oshirish mexanizmlarini yanada takomillashtirishni talab qiladi.
XULOSA
Fuqarolarning murojaat qilish huquqi
–
demokratik jamiyatning ajralmas elementi
va fuqarolik institutlarining asosiy ko‘rinishlaridan biridir. O‘zbekiston Respublikasida
so‘nggi yillarda bu sohani tartibga soluvchi mustahkam huquqiy baza yaratildi,
murojaatlarni ko‘rib chiqish tizimi tubdan mo
dernizatsiya qilindi va fuqarolar bilan ochiq
muloqotning yangi mexanizmlari joriy etildi. Tadqiqot davomida aniqlanishicha:
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
6
№
4 (2025) / ISSN 2181-1415
140
Murojaatlar bilan ishlash tizimi huquqiy jihatdan yetarli darajada ta’minlangan
bo‘lsa
-da, amaliyotda javoblarning sifat darajasi va samaradorligi hamon muhim masala
bo‘lib qolmoqda. Virtual qabulxonalar, Xalq qabulxonalari va Yagona interaktiv davlat
xizmatlari portali fuqarolar murojaatlari sonining sezilarli o‘sishiga olib keldi, bu esa
tizimga bo‘lgan ishonchning ortganidan dalolat beradi. Qiyosiy tahlil shuni ko‘rsatadiki,
rivojlangan davlatlarda murojaatlarni mustaqil tekshiruvchi institutlar (ombudsman,
petitsiya qo‘mitalari) faol ishlaydi va bu tajriba O‘zbekiston sharoitida ham kengroq
qo‘llanilishi mumkin.
Tadqiqot natijalari
ga ko‘ra quyidagilarni ta’kidlash mumkin:
1.
Murojaatlarni ko‘rib chiqishda javoblarning aniqligi, asoslanganligi va
shaffofligini oshirish ustuvor yo‘nalish bo‘lishi lozim.
2. Takroriy murojaatlar sonini kamaytirish uchun muammolarni ildizidan hal etish
mexanizmlarini kuchaytirish talab etiladi.
3.
Hududlar o‘rtasidagi tafovutlarni bartaraf etish uchun reyting va monitoring
tizimlari joriy etilishi samarali natija beradi.
4.
Raqamli texnologiyalar, xususan, sun’iy intellekt va blokcheyn asosidagi nazorat
t
izimlari murojaatlarni ko‘rib chiqish sifatini yangi bosqichga olib chiqishi mumkin.
Shunday qilib, fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqish tartibini yanada
takomillashtirish demokratik boshqaruvni rivojlantirish, davlat va jamiyat o‘rtasidagi
ishonchn
i mustahkamlash hamda fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini to‘liq
amalga oshirishga xizmat qiladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. –
Toshkent: “O‘zbekiston”, 2023.
2.
O‘zbekiston Respublikasining “Jismon
iy va yuridik shaxslarning murojaatlari
to‘g‘risida”gi Qonuni. –
Toshkent, 2014 (yangi tahriri 2021).
3.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalq bilan muloqot va inson
manfaatlari yili” Davlat dasturi to‘g‘risida”gi Farmoni, PF–
4947, 7 fevral 2017 yil.
4.
Axmedov, B. “Davlat boshqaruvida ochiqlik va shaffoflik mexanizmlari”. –
Toshkent: TDYuU nashriyoti, 2021.
5.
Jo‘rayev, M. “Fuqarolik jamiyati institutlari va ularning huquqiy asoslari”. –
Toshkent: “Adolat”, 2020.
6.
Saidov, A. “Xalqaro huquq asoslari”. –
Toshkent: TDYuU, 2022.
7.
OECD. “Open Government: The Global Context and the Way Forward”. –
Paris:
OECD Publishing, 2024.
8.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb
-sayti: www.president.uz
9.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi: www.a
dliya.uz
