Авторы

  • Кахрамон Олимов
    Научный руководитель - профессор, Бухарского государственного университета Бухара, Узбекистан
  • Мохира Турдиева
    Самостоятельный соискатель, преподаватель кафедры дошкольного образования Бухарского государственного университета Бухара, Узбекистан

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol2-iss2/S-pp419-423

Ключевые слова:

дошкольное образование дошкольный возраст реформы образование непрерывное образование педагогический процесс наука интерактив

Аннотация

В статье рассматриваются существующие проблемы в системе дошкольного образования, проводимые реформы, направленные на решение этих проблем, и важность государственной программы «Первый шаг». Показаны преимущества организации занятий на основе интерактивных методов в ДОО.


background image

Жамият ва инновациялар –

Общество и инновации –

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Innovative approach and state training program "First step" in
the implementation of the process of preschool education and

training

Kakhramon OLIMOV

1

Mokhira TURDIEVA

2

Bukhara State University

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received January 2021
Received in revised form

15 January 2021
Accepted 20 February 2021
Available online
7 March 2021

The article examines the existing problems in the preschool

education system, ongoing reforms aimed at solving these

problems and the importance of the state program "First Step".

The advantages of organizing classes based on interactive

methods in PEO are shown.

2181-1415/© 2021 in Science LLC.

This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

Preschool education
Preschool age

Reforms
Education
Continuous education

Pedagogical process
Science
Interactive

Maktabgacha ta’lim va tarbiya jarayonini amalga oshirishda
innovatsion yondashuv va “Ilk qadam” davlat o’quv dasturi

АННОТАЦИЯ

Калит сўзлар:

Maktabgacha taʼlim
Maktabgacha taʼlim yoshi
Islohotlar
Taʼlim-tarbiya

Uzluksiz taʼlim
Pedagogik jarayon
Fan

Interfaol

Ushbu maqolada maktabgacha taʼlim tizimida mavjud

muammolar, bu muammolarni bartaraf etishdagi amalga

oshirilayotgan islohotlar va “Ilk qadam” davlat dasturining

ahamiyati haqida fikr yuritilgan. MTТda mashg‘ulotlarning
interfaol metodlar asosida tashkil etishning afzalliklari ko‘rsatib

berilgan.

1

Supervisor Bukhara State University, Bukhara, Uzbekistan

2

Self-employed applicant, lecturer at the Department of Preschool Education, Bukhara State University, Bukhara,

Uzbekistan


background image

Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations

Special Issue – 2 (2021) / ISSN 2181-1415

420

Инновационный подход и государственная учебная
программа «первый шаг» в реализации процесса
дошкольного образования и подготовки

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

Дошкольное образование
Дошкольный возраст

Реформы
Образование
Непрерывное образование

Педагогический процесс
Наука
Интерактивный

В статье рассматриваются существующие проблемы в

системе дошкольного образования, проводимые реформы,
направленные на решение этих проблем и важность

государственной программы «Первый шаг». Показаны

преимущества

организации

занятий

на

основе

интерактивных методов в ДОО.

Maktabgacha taʼlim tizimi inson shakllanishidagi eng muhim bo‘g‘in, eng muhim davr

hisoblanadi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Chunki mazkur taʼlim yoshi garchi inson hayotining
qisqa fursati bo‘lsada, bu davrda bola butun hayoti davomida o‘rganganining ko‘p foizini
anglab yetadi va o‘rganadi. Bu davr kelajak hayot uchun poydevor bo‘lib xizmat qiladi.

Xo‘sh, bola hayotining muhim davrida unga ta’lim-tarbiya berish bilan shug’ullanuvchi

ushbu tizimda qanday muammolar mavjud va ular qay tariqa hal qilinmoqda? Sohada qanday
yangiliklar kuzatilmoqda? Islohotlardan nimalarni kutish mumkin?

Bola hayotidagi muhim sanalgan ushbu taʼlim bosqichida bir qancha hal etilishi va

yechimini topishi zarur bo‘lgan masalalar mavjud. Jumladan:

• maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabgacha taʼlim muassasalariga to‘la qamrab

olish;

• maktabgacha taʼlim muassasalaridagi taʼlim-tarbiya jarayonini hozirgi zamon

talablariga javob bera oladigan tarzda tashkil etish;

• mashg‘ulotlarni interaktiv tarzda, qiziqarli o‘tishini taʼminlash.
Maktabgacha taʼlim sohasi uzluksiz taʼlim tizimining birlamchi bo‘g‘ini hisoblanib, u

har tomonlama sog‘lom va barkamol shaxsni tarbiyalab, maktabga tayyorlashda g‘oyat
muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois, mamlakatimizda mazkur sohani yana-da taraqqiy
ettirish, farzandlarimiz uchun barcha sharoitlarni yaratish yo‘lida tizimli ishlar amalga
oshirilmoqda. Shu bilan birga, bolalarni maktabgacha taʼlim muassasalariga qamrab olishda
nafaqat davlat, balki nodavlat taʼlim muassasalarining hissasi sezilarli ortmoqda.

Umuman, mazkur vazirlik tashkil etilgandan buyon, maktabgacha taʼlim muassasalari

5 211 tadan 8 104 taga, bolalarni qamrab olish darajasi 27,7%dan 61.8%ga oshgani diqqatga
molik.

Maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama rivojlanishini taʼminlashga qaratilgan

pedagogik jarayon sodda, yosh guruhlariga mos va rang-barang bo‘lishi lozim. Taʼlim-
tarbiyaviy ishlarni muvaffaqiyatli amalga oshirilishi maktabgacha taʼlim muassasalaridagi
pedagogik jarayonni, har bir faoliyat turini to‘g‘ri tashkil etishga bog‘liq bo‘ladi.
Mashg‘ulotlarda bolalarning dunyoqarashlarini har tomonlama, ham jismoniy, ham maʼnaviy,
ham ruhiy shakllantirish va rivojlantirish masalalarini asosiy maqsad sifatida belgilab olish
hozirgi pedagoglar oldida turgan asosiy vazifalardan sanaladi.


background image

Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations

Special Issue – 2 (2021) / ISSN 2181-1415

421

Ushbu vazifalarni amalga oshirishga pedagog-tarbiyachilarga davlat tashkilotlari

tomonidan yetarli darajada moddiy-texnik va uslubiy-metodik yordamlar ko‘rsatilmoqda.
Masalan, 2018 yildan tatbiq qilinayotgan yangi maktabgacha taʼlim sohasi uchun "Ilk qadam"
dasturi davlat talablariga asoslangan va respublikadagi barcha maktabgacha taʼlim
muassasalari bu dastur bilan tanishtirilgan. Davlat va dastur talablarini o‘zida jamlagan
hujjatlar paketi barcha mintaqalardagi MTTlarga yetkazilgan. Bundan tashqari, O‘zbekistonda
birinchi marta hammaga mavzuiy rejalashtirish dasturlari tarqatilgan.

"Ilk qadam" deya nomlangan ushbu dasturning asosiy tamoyili - taʼlim jarayoniga

qo‘shilayotgan kichik yoshli bolalarning ilk qadamlari hisoblanadi.

“Ilk qadam” dasturining asosiy vazifalari:
- maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishi, taʼlim-tarbiyasi mazmuni va sifatiga

qo‘yiladigan talablarni belgilash;

- milliy, umuminsoniy va maʼnaviy qadriyatlar asosida bolalarga taʼlim-tarbiya berish,

rivojlantirishning samarali shakllari va usullarini joriy etish;

- taʼlim-tarbiya jarayoniga pedagogik va zamonaviy axborot-kommunikatsiya

texnologiyalarini joriy etish;

- kadrlarni maqsadli va sifatli tayyorlash uchun taʼlim, fan va ishlab chiqarishning

samarali integratsiyasini taʼminlashdan iborat.

Umuman olganda, davlat talablarida kichik va maktab yoshigacha bo‘lgan bolalarni

besh yo‘nalishda rivojlantirish kerakligi ko‘rsatilgan.

Bolalarni rivojlantirishning

asosiy sohasi

Kichik rivojlanish sohalari

1. Jismoniy rivojlanish va

sog‘lom turmush tarzining

shakllanishi

yirik motorika

mayda motorika

sensomotorika

sog‘lom turmush tarzi va xavfsizlik

2. Ijtimoiy-hissiy rivojlanish

“Men” konsepsiyasi

hissiyotlar va ularni boshqarish

ijtimoiylashuv,

kattalar

va

tengdoshlar

bilan

muloqot

3. Nutq, muloqot, o‘qish va

yozish malakalari

nutq va til

o‘qish malakalari

qo‘l barmoqlari mayda motorikasi

4. Bilish jarayonining

rivojlanishi

intellektual-anglash malakalari

elementar matematik malakalar

tadqiqiy-bilish va samarali refleksiv

faoliyat

5. Ijodiy rivojlanish

dunyoni badiiy tasavvur etish

badiiy-ijodiy qobiliyatlar


Bu besh yo‘nalishni rivojlantirib, bola 4 kompetensiyaga:
• «Jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish» sohasi


background image

Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations

Special Issue – 2 (2021) / ISSN 2181-1415

422

kompetensiyalariga;
• «Ijtimoiy-hissiy rivojlanish» sohasi kompetensiyalariga;
• «Nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari» sohasi kompetensiyalariga;
• «Bilish jarayonining rivojlanishi» sohasi kompetensiyalariga;
• «Ijodiy rivojlanish» sohasi kompetensiyalariga ega bo‘ladi, yaʼni
ular 1-sinfga chiqishga motivatsiya oladilar va maktab taʼlimiga tayyor bo‘ladilar.
Dastur asosida bilim olish jarayonini o‘yinlar orqali rivojlantirish yotadi. Bolalarda

ilm olish, ijod, ijtimoiy yo‘nalish kabi tushunchalar rivojlanadi, sog‘lom hayot tarzi
tarbiyalanadi va ular ijtimoiy muhitda o‘zlarini qanday tutish kerakligini tushuna
boshlashadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarni qiziquvchan, harakatchan, tashabbuskor,
erkin fikrlovchi, kuzatuvchan, sog‘lom qilib tarbiyalash ota-onalar va tarbiyachilar oldida
turgan muhim vazifa sanaladi. Mashg‘ulotlarni ilg‘or pedagogik texnologiyalarga
asoslangan holda zamon talablariga xos, bolalarni har tomonlama faollashtiruvchi usullar-
interfaol metodlar orqali tashkil etish juda yaxshi samara beruvchi omil sanaladi.

Taʼlim jarayonida interfaol metodlar, innovatsion pedagogik va axborot

texnologiyalaridan foydalanib, taʼlimning samaradorligini oshirishga bo‘lgan qiziqish,
eʼtibor hamda talab kundan-kunga kuchayib bormoqda.

Taʼlim-tarbiya jarayonida pedagogik texnologiyalardan foydalanishning ahamiyatli

tomoni, shaxsni rivojlantiruvchi taʼlimni amalga oshirish imkoniyatining kengligidir.

Zamonaviy texnologiyalar qo‘llanilganda pedagoglar tarbiyalanuvchilarga

egallayotgan bilimlarni o‘zlari qidirib topishlariga, mustaqil o‘rganib, tahlil qilishlariga,
hatto xulosalarni ham o‘zlari keltirib chiqarishlariga e’tibor qaratishlari zarur. Pedagog bu
jarayonda shaxs va jamoaning rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga
sharoit yaratadi.

Taʼlim tizimining hozirgi kundagi rivojlanish bosqichida uning birinchi bo‘g‘ini

hisoblangan maktabgacha taʼlimda jadal o‘zgarishlar yuz bermoqda va ular quyidagilarda
namoyon bo‘lmoqda:

maktabgacha taʼlim muassasalari faoliyatining xuquqiy-meʼyoriy asosi

takomillashmoqda;

maktabgacha taʼlim muassasalari moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining yangi turlariga

o‘tmoqda;

nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalari tarmog‘i kengaymoqda; taʼlimning

ilg‘or texnologiyalari joriy etilmoqda;

xodimlar malaka oshirish tizimi takomillashmoqda;

qisqa muddatli guruhlar asosida maktabgacha taʼlim muassasalarining muqobil

shakllari (“Ilm yo’li” variativ dasturi asosida) joriy etilmoqda;

moliya institutlari ishtirokida investitsion loyihalar amalga oshirilmoqda;

maktabgacha taʼlim muassasalarida innovatsion va tajriba-sinov ishlari sezilarli darajada
kuchaymoqda.

Bugungi kunda maktabgacha taʼlimda yangi pedagogik texnologiyalardan oqilona

foydalanish tarbiyani taʼlimga bog‘lash, har ikkisini tuzilishi va mazmuni jihatdan
yaxlitlashtirishga, tarbiyalanuvchi faoliyatini mujassamlashtirishga, mustaqil fikrlashga
yo‘llash uchun qulay sharoit yaratadi. Pedagogik texnologiya asosida o‘tkazilgan
mashg‘ulotlar yosh avlodni mustaqil fikrlaydigan, maʼnan yetuk, barkamol shaxslarga
aylantiradi. Shuning uchun ham taʼlim muassasalaridagi taʼlim-tarbiya jarayonida


background image

Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations

Special Issue – 2 (2021) / ISSN 2181-1415

423

zamonaviy o‘qitish uslublari - interfaol uslublar, innovatsion texnologiyalarning ahamiyati
va o‘rni beqiyosdir.

Innovatsiya (inglizcha innovatsion - yangilik kiritish) - tizimning ichki tuzilishini

o‘zgartirish demakdir. Innovatsiyalar dolzarb ahamiyatli bo‘lib, bir tizimda shakllangan
yangicha yondashuvlardir.

Pedagogik texnologiya taʼlimga tizimli yondashuv asosida tadbiq etiladi hamda

tarbiyalanuvchining yoshi, ruhiyati, dunyoqarashi, bilimi, faollik darajasi, taʼlim-
tarbiyaning maqsadi, yo‘nalishi, mazmuni, shakllari, usullari eʼtiborga olinadi.
Pedagogning bu jarayon tashkilotchisi, ijodkor sifatidagi faoliyati asosini uning bilimi va
mahoratini, texnik vositalardan foydalanib, bolaning qiziqish va intiluvchanligiga taʼsir
ko‘rsatish, bolani faollashtirishga xizmat qiluvchi usullarni qo‘llab, kafolatlangan
samaralarga erishish qobiliyati tashkil etadi.

Xulosa qilib aytganda, bugungi kunda maktabgacha taʼlim tizimida qator islohotlar

amalga oshirilmoqda, ularning bari bolalar va pedagoglar manfaatlari yo‘lida xizmat
qilishiga, shuningdek maktabgacha taʼlim sifatini yaxshilashga qaratilgan.

“Ilk qadam” davlat o’quv dasturi va “Ilm yo’li” variativ dasturlarida barcha narsaning

asosi ijtimoiy yondashuvdir, yaʼni diqqat markazida - bola va uning manfaatlari turadi.
Pedagog ota-ona, pedagogik tarkib, bolaning o‘zi va albatta, jamiyat hamda davlat kabi
ijtimoiy hamkorlar bilan bir ijtimoiy muhitni tashkil etishi lozim.

Tarbiyachi tomonidan mashg‘ulotlar davomida qo‘llaniladigan interfaol metodlar

bolalarning qiziqishlarini oshirish bilan bir qatorda ularning ehtiyojlarini qondiradigan
darajada tashkil etilishi maktabgacha taʼlimning sifatini oshiruvchi muhim asos bo‘lib
xizmat qiladi.


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.Turdieva M. J. The essence of organizing the process of preschool education and

education on the basis of an individual approach //International Engineering Journal For
Research & Development. – 2021. – Т. 6. – №. SP. – С. 3-3.

2. Turdieva M.J. The Role of the ‘First Step’ State Curriculum in the Preschool

Education System. INTERNATIONAL JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY RESEARCH AND
ANALYSIS. Volume 04 Issue 02 February 2021. Page №.-202-204.

3. Gafurova D. K. Formation of fluid speech in preschoolers //International

Engineering Journal For Research & Development. – Т. 6. – №. 1. – С. 5-5.

4. Ўзбекистон Республикаси мактабгача таълим тизимини 2030 йилгача

ривожлантириш концепцияси.Т:.2019 йил.

5. Mirziyoyev Sh.M. 2017-2020-yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada

takomillashtirish chora-tadbirlari tog’risidagi qaror. T.: 2016 y. 26 dekabr.

6. Maktabgacha ta’lim muassasasining “Ilk qadam” davlat o’quv dasturi. T.: 2018 y.

Библиографические ссылки

Turdieva M. J. The essence of organizing the process of preschool education and education on the basis of an individual approach //International Engineering Journal For Research & Development. – 2021. – Т. 6. – №. SP. – С. 3-3.

Turdieva M.J. The Role of the ‘First Step’ State Curriculum in the Preschool Education Sistem. INTERNATIONAL JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY RESEARCH AND ANALYSIS. Volime 04 Issue 02 February 2021. Page №.-202-204.

Gafurova D. K. Formation of fluid speech in preschoolers //International Engineering Journal For Research & Development. – Т. 6. – №. 1. – С. 5-5.

Ўзбекистон Республикаси мактабгача таълим тизимини 2030 йилгача ривожлантириш концепцияси.Т:.2019 йил.

Mirziyoyev Sh.M. 2017-2020-yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari tog’risidagi qaror. T.: 2016 y. 26 dekabr.

Maktabgacha ta’lim muassasasining “Ilk qadam” davlat o’quv dasturi. T.: 2018 y.