Авторы

  • Рахматилла Джураев
    и.о. доцента кафедры гуманитарных наук и информационных технологий, Самаркандский государственный институт иностранных языков, Самарканд, Узбекистан

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol2-iss2-pp209-213

Ключевые слова:

образование экономика будущий педагог профессионализм профессиональная компетенция национальная модель педагогические технологии эффективность мобильность гибкость

Аннотация

В данной статье рассматриваются вопросы связанные с изучением комплексного процесса касающегося профессиональной компетенции будущих учителей в образовательном процессе, применение правил педагогических коммуникационных технологий на основе системного подхода.


background image

Жамият ва инновациялар –

Общество и инновации –

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Theoretical bases of professional development of future
pedagogical personnel

Rakhmatilla JURAEV

1


Samarkand State Institute of Foreign Languages

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received February 2021
Received in revised form
20 February 2021
Accepted 15 March 2021
Available online
5 April 2021

This paper discusses issues related to the study of the

complex process of professional competence of future teachers
in the educational process, the use of the laws of pedagogical
communication technologies on the basis of a systematic
approach.

2181-1415/© 2021 in Science LLC.
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

education,
economics,
future pedagogue,
professionalism,
professional competence,
national model,
mentality,
pedagogical technologies,
efficiency, mobility,
flexibility.

Bo‘lajak pedagog kadrlarni kasbiy kompetentligini oshirishning
nazariy asoslari

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar:

ta’lim-tarbiya,
iqtisod,
bo‘lajak pedagog,
professionalizm,
kasbiy kompetentlik,
milliy model,
tafakkur,
pedagogik texnologiyalar,
samaradorlik,
mobillik,
egiluvchanlik.

Ushbu ishda bo‘lajak pedagog kadrlarning ta’lim-tarbiya

jarayonida

kasbiy

kompetentligi,

pedagogik

muloқot

texnologiyalari qonuniyatlaridan foydalanish bo‘yicha murakkab
jarayonni sistemali yondashuv asosida o‘rganish bilan bog’liq
masalalar muhokama qilinadi.

1

Acting Associate Professor of Humanities and Information Technology, Samarkand State Institute of Foreign

Languages, Samarkand, Uzbekistan.


background image

Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations

Issue – 1 (2021) / ISSN 2181-1415

210

Теоретические основы повышения квалификации будущих
учителей

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

образование,
экономика,
будущий педагог,
профессионализм,
профессиональная
компетенция,
национальная модель,
ментальность,
педагогические
технологии,
эффективность,
мобильность,
гибкость.

В данной статье рассматриваются вопросы, связанные

с

изучением

комплексного

процесса,

касающегося

профессиональной

компетенции

будущих

учителей

в

образовательном

процессе,

применение

правил

педагогических коммуникационных технологий на основе
системного подхода.


Bugungi paytlarda ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy munosabatlarning tizim sifatida bir-

biri bilan bog‘liq holda rivoj topish sharoitida inson omili, uning aql-zakovati, bilim,
malaka, ko‘nikmalari va qadriyatlari asosiy muvofiqlashtiruvchi omil va vosita ekanligi
toboro namoyon bo‘lmoqda.

Yangi tipdagi shaxs, komil insonni yangicha mehnat faoliyatini olib boradigan

mutaxassis – pedagoglar tarbiyalab shakllantiradi. Bu ulkan va mas’uliyatli vazifa
Respublikamizda “Ta’lim haqida”gi Qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da
rejalashtirilgan bo‘lib, uni amaliyotda tatbiq etish pedagog kadr tayyorlaydigan o‘quv
maskanlaridan innovatsion yondoshuv – tizimli yondoshuvni qo‘llab bo‘lajak pedagog
kadrlarning ta’lim-tarbiya jarayonida kasbiy kompetentligini ta’minlashni talab etadi.

Hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida pedagog kadrlarga asosiy qo‘yiladigan talablar

qo‘yidagicha:

yuqori darajadagi kvalitikatsiyaga ega bo‘lish va professionalizim;

bilimlar, malakalar, ko‘nikmalarga va professional kasbga kerakli asosiy sifatlarga

ega bo‘lish;

professional mobillik, egiluvchanlik;

o‘zgaruvchan hayotiy vaziyatlarda tezda moslashish malakasi;

raqobatbardosh mutaxassisga xos xislatlar – mustaqil tanqidiy fikirlashga

qobiliyat, real hayotda qarama-qarshiliklarni payqash va ularni bartaraf etish yo‘llarini
izlab topish malakasi, zamonaviy texnologiyalarni qo‘llay olish malakasi, olingan bilimlarni
qaerda, qaytarizda ishlata bilishi qobiliyati, ijodiy yangi g‘oyalar berishga qobiliyat, ijodiy
tafakkurga egalik, axborotni to‘g‘ri ishlata bilish, guruhda faoliyat olib borish malakasi va
boshqalar.

Ushbu maqsadlarga yetish uchun, O‘quv muasassalari, eng avvalo, o‘z

mutaxassislarini kasbiy sifat, xislatlarini ko‘tarishi zarurdir.

Kompetentlikga ega pedagog kadrlarning bilimlari sifati quyidagi talablarga javob

berishi lozim:

to‘laligi – o‘rganadigan ob’ekt, jarayon, hodisalar haqida bilimlarning miqdori;


background image

Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations

Issue – 1 (2021) / ISSN 2181-1415

211

chuqurligi – har xil fanlardan olingan bilimlarning anglanganligi va bir-biri bilan

bog‘langanligi;

tizimliligi – bilimlarning ketma-ketligini tashkil etish, pog‘onama-pog‘ona

o‘zlashtirish;

tezkorligi – bilimlarni tezda, operativ tarzda muayan muammolarni hal etishga

yo‘nalganligi;

mobillik, eguvchanlik – har xil vaziyatda o‘z bilimlarini mustaqil ishlata bilishga

qobiliyat;

realligi, konkretligi – bilimlarni elementlarga bo‘lib alohida vaziyatlarda qo‘llay

olish malakasi;

umumiylik – real bilimlarni tushunchalar yordamida, umumiy tarzda ayta bilish

malakasi.

Professional o‘qitishda bilimlarning qo‘yidagi ko‘rsatgichlari muhim rol o‘ynaydi:

operativlik, mobillik, eguvchanlik, tushunchalik. Bu xarakteristikalar har bir kasb-
egasining funktsional kompetentligini vujudga keltiruvchi asoslardan hisoblanadi.

Ushbu kasb uchun zarur komponentlar Respublikamizdagi kadrlar tayyorlash

dasturida va milliy modelga asosiy sifatlar qatorida kiritilgan. Bugungi uzluksiz ta’limning
mazmuni, tashkillashtirish asoslarini, uni boshqarishni yangi paradigma-ijtimoiyotni
yangilashning sub’ekti, yangicha ijtimoiy hayot tarzini vujudga keltiruvchi kuch sifatida
ko‘rib chiqishni vaqt taqozo etadi.

Hozirgi sharoitda ta’lim jarayonini ma’naviylashtirish ta’lim oluvchining intellektual

ma’naviy imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish metodlari va mexanizimi sifatida o‘z ustida
ish yuritishni, o‘z funktsiyasini bajaradi, talabalarni tushunib, anglab o‘z ustida ish
yuritishini, o‘z imkoniyatlarini mustaqil tarzda rivojlantirish yo‘llarini izlab topishga
undaydi.

Bo‘lajak pedagoning kasbiy kompentligini quyidagi sifatlar tashkil etadi:
1. ijtimoiy sifatlar;
2. mehnat bozori sharoitida moslashuv xususiyatlari;
3. kasbga tegishli kerakli xususiyatlar.
Ushbu sifat-xislatlar har bir pedagogning mehnat bozoriga raqobatbardoshligini

ta’minlashi mumkin. Raqobatbardosh pedagogik kadrlar tayyorlashda ta’limni tashkil
etish muassalarida quyidagi o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin:

Birinchidan, madaniyat va intellektual rivoj toptirish asosida ta’lim jarayoni tashkil

etilmasa, talaba o‘zi uchun kerak bo‘lgan, hayotiy zaruratni aglashga qaratilgan savollariga
javob topadi. U quyidagi savollarga: -nima uchun faoliyat olib borilayapti?, qanday
metodlar, yo‘llar bilan u bajarilmoqda?, qanday qilib maqsadga erishmoda?

Ikkinchidan, talaba o‘quv jarayonida shunday bilimlar oladimi, ular talabaga qyidagi

savollarga javob topishga yordam beradi: bu nima?, bu qanday ish bajaradi?, buni qanday
bajarishi mumkin? va hakazo.

Uchinchidan, talaba o‘zi uchun kerak bo‘lgan, faoliyatni samarali bajarishga yordam

beradigan malakalarni rivoj toptiradi.

To‘rtinchidan, talaba muloqot va jamoaviy harakat malakalariga ega bo‘ladi.
Beshinchidan, talaba o‘zi uchun kerak, oldindan ko‘ra bilish, bashoratlashtirish

malakasiga ega bo‘ladi.

Oltinchidan, talabada faol hayotiy pozitsiya va mehnatga yuqori motivlar

shakillanadi.


background image

Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations

Issue – 1 (2021) / ISSN 2181-1415

212

Bu shaxsiy sifat, xislat, bilim, malakalar bo‘lajak pedagog kadrning kasbiy

yaroqliligini ta’minlab, ular quyidagi psixologik jarayon, holatlarga tayanadi:

Tafakkur (tafakkur operatsiyalarini bajara olish)

Emotsional-irodaviy sifatlar – emotsiyalar, irodaviy aktlar, ularni namoyon etish yo‘llari;

Kadriyatlar, odamlarga, mehnatga, o‘ziga nisbatan;

Bilimlar, dalillar, qonuniyatlar;

Tajriba umuminsoniy, kasbiy, yangi, maҳalliy;

An’analar, normalar.

Pedagogik kollej va oliygohlardagi faoliyat, umuman olganda, davlat, jamiyat va

shaxs uchun ta’limiy xizmat doirasiga kiradi. Bu uzoq muddatni talab etadigan jarayon.

Rus tadqiqotchisi V.Markovaning

fikriga ko‘ra ta’lim xizmatini tovar (ash’yo) ishlab

chiqarish jarayonidan quyidagi sifatlari, belgilari bilan farqlaydi: ko‘z bilan ko‘rib
bo‘lmaydigan (sezgi organlari uni aks etmaydi), sifatining o‘zgaruvchanligi, ishlab
chiqarishi va iste’moli bardavomligi,

saqlanishga noqulayligi va hakazo. Demak, ta’lim

xizmati natijasini sezib bo‘lmaydi, ushlanmaydi, bir joydan ikkinchi joyga
kG‘chirilmaydigan, saқlanmaydigan sifatlarini aytish mumkin.

Bo‘lajak pedagoglarning kasbiy kompetentligini rivoj toptirishda quyidagi

pedagogik texnologiyalar qo‘llanib kelmoqda.

Tushintirish-ko‘rsatmali ta’lim texnologiyalari;

Shaxsga-qaratilgan ta’lim texnlogiyalari;

Rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyalari.

Hozirgi paytlarda pedagogik kompetentligini rivoj toptirishda pedagogik muloqot

texnologiyalari qonuniyatlaridan foydalanish rejalashtirilgan natija berishi mumkin.
Pedagogik kommunikatsiyalarini pedagog tashkil etadi, unga rahbarlik qiladi. Pedagogik
muloqot –ijodiy jarayon. U quyidagi bosqichlarda o‘tkaziladi:

1. Pedagog tomonidan talabalar bilan bo‘ladigan muloqotni rejalashtirish,

loyihalashtirish;

Unda talabalar individual sifatlarini inobatga olish, optimal metodlarni tanlash;
2. Kommunikativ hujum-bunda talabalar tezda bilish jarayoniga jalb etiladilar va

modellashtirilgan muloqot yanada oydinlashtiriladi;

3. Bu bosqichda talabalar bilan o‘rnatilgan psixologik aloqani mustahkamlash

chora-tadbirlarini boshqaradi, ta’lim-tarbiya maqsadlarini amaliyotga tatbiq etadi.

Pedagog kasbiy kompetentlikni vujudga keltirishga zamonaviy texnologiyalardan,

rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyalari samarali natija beradi. Bu texnologiya bo‘lajak
mutaxassis pedagoglarga quyidagi ijtimoiy ahamiyatga ega sifatlarni rivoj topishiga zamin
yaratadilar, umumiy va kasbiy, professional eruditsiyani

vujudga

kelishga; ijodiy

qobiliyatlarni rivoj topishiga; talabchanlik hamda tizimlilikni o‘sishiga. Bunday
texnologiya bo‘lajak mutaxassis – talabalarning shaxsiy kasbiy ustanovkalarini
korrektsiyalash metodlari bilan qurollantiradi.

Yangi pedagogik texnologiyalar tizimida kasbiy komletentlikni optimal darajada

rivoj toptiruvchi texnologiya – bu mutaxassislarni maqsadli intensiv tayyorlash
texnologiyasi.

Ushbu texnologiya ishlab chiqarish, amaliyot bilan chambarchas boq‘liq holda,

birgalikda o‘z funktsiyasini amalga oshiradi va quyidagi tamoyillarga asoslanadi:

mutaxassis mustaqil tarzda o‘z soҳasida kerakli narsani sifatli, jahon talablari

asosida, қulay vositalar yordamida ishlab chiқishi, va yangi kerak narsalar bo‘yicha
tadqiqotlar olib borish malakasiga ega bo‘lishi;


background image

Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations

Issue – 1 (2021) / ISSN 2181-1415

213

zamonaviy mutaxassis avtomatlash terilgan axborot banki, bilimlar banki va

boshqa informatsion resurslarni yaratishi va qo‘llay olish malakasiga ega bo‘lishi;

zamonaviy mutaxassis ishlab chiqariladigan narsa, ash’yoni avalidan to

oxirigacha, butun texnologik jarayonni to‘la tassavur eta bilishi, bu jarayonni iloji boricha
avtomatlashtirish bilim, malakalariga ega bo‘lishi.

Bunday kasbiy kompetentlikga ega mutaxassisni tayyorlashda quyidagi qoidalrga

rioya etishi lozim:

tayyorgarlikning majmo‘ligi (ta’lim – tarbiya bilan birgalikda amaliyotni olib

borish);

individual yo guruhiy amaliyot bilan bog‘liq, real kurs ishlari va malakaviy bitiruv

ishlarini bajarish;

bitiruvchilar guruhini ishga joylashtirishda modul qonuniyatlardan foydalanish;

talabalarga rahbarlikda oliygoh pedagoglari, soha mutaxassislari, ishlab chiqarish

xodimlarini jalb etish;

Tayyorlov tizimini eguvchanligi, mobilligi, maxsus kurslar, dasturlar, rejalar,

metodikalarning operativ tarzda ijtimoiy, iqtisodiy o‘zgarishlar, talablar asosida qarama-
qarshiliksiz o‘zgartirish, yangilash;

kadr tayyorlash tizimini kompyuterlashtirish, dasturlashtirish, mustaqil bilim,

malaka, ko‘nikma rivoj toptirishga e’tibor berish;

uzluksiz tayyorgarlikni olib borish;

mutaxassislarning tayyorgarlik sifatiga qarab ularni diferentsiyalash.

Yuqorida, kompleks yondoshuv asosida, tahlil etilgan yangicha ta’lim-tarbiyaning

bo‘lajak mutaxassislarni kasbiy kompetentligini rivoj toptirishdagi qonuniyatlari tizim
sifatida o‘z funktsiyasini optimal bajaradi. Mutaxassisning kasbiy kompetentligini oshirish
zamon talabi ekan, bu psixologik, ijtimoiy tuzilma maqsadli ta’lim-tarbiya negizida rivoj
topadi. Bugungi ta’lim ijtimoiy faoliyatning shunday doirasiki, u yangi tipdagi shaxsni rivoj
toptirishda kerakli sharoitlarni yaratishi lozim. Zamonaviy ta’lim individual bilishi va
o‘quv faoliyatining o‘quvchi, talabalarning tarbiyasi va o‘z-o‘zini tarbiyasi, rivojlanishi,
ijtimoiylashuvining sintezi sifatida namoyon bo‘ladi. Uning maqsadi yangicha fikrlaydigan,
mustaqillik va demokratiya uchun kurashadigan, yuqori kasbiy kompetentlikga ega
shaxsni, fuqaroni, o‘z mamlakatining jonkuyarini rivojlanishi uchun shart – sharoitlarni
yaratishdir.


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.

O‘zbekistan Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni 2020-yil 23-sentyabr-

dagi O‘RQ–637-son.

2.

Ломакина Т., Сергиева М. Педагогические технологии в профессиональных

учебных заведениях. Москва 2007 г.

3.

Социально-педагогические основы направленности образовательного

процесса на формирование личности. – Т.: 2011 г.

4.

Хъелл Л, Зеглер Д. Теория личности. СПБ: Питер. 1998 г.

Библиографические ссылки

O‘zbekistan Respublikasi “Ta’lim tug‘risida”gi qonun 2020 yil 23 sentyabrdagi O‘RQ-637-son

Ломакина Т., Сергиева М. Педагогические технологии в профессионалних учебних заведениях. Москва 2007год.

Социалъно-педагогических основы направленности образователъного процесса на формиравание личности. –Т.: 2011год.

Хъелл Л, Зеглер Д. Теори личности. СПБ: Питер. 1998 год

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)