Жамият ва инновациялар –
Общество и инновации –
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Analysis of the dynamics of the volume and quality of technical
and tactical actions of young football players
Dilshod CHORIYEV
1
Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received February 2021
Received in revised form
20 February 2021
Accepted 15 March 2021
Available online
15 April 2021
This article will be devoted to the analysis of the dynamics of
technical and tactical movements and quality indicators of young
football players, as well as to further improve their physical
qualities, such as strength, speed, endurance, agility and the
all-round development of their physical abilities, highlight the
test results for technical movements based on graphs and
diagrams of the number and effectiveness of technical and
tactical movements performed by players.
2181-1415/© 2021 in Science LLC.
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
young footballer,
fast power,
quality,
technique,
development,
training,
endurance time,
ability to accelerate,
load,
training.
Yosh futbolchilarning texnik-taktik harakatlarini xajm va sifat
ko‘rsatkichlari dinamikasini tahlili
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar:
yosh futbolchi,
tezkor-kuch,
sifat,
usuliyat,
rivojlantirish,
trenirovka,
ta’sir vaqti,
tezkorlik qobiliyati,
yuklama, mashg‘ulot.
Ushbu maqolada yosh futbolchilarning texnik-taktik
harakatlarni xajm va sifat ko‘rsatkichlari dinamikasini tahlili va
jismoniy qobiliyatlarini har tomonlama rivojlantirishga,
kuchlilik, tezkorlik, chidamkorlik, chaqqonlik kabi jismoniy
sifatlarini yana bir qanchasini oshirishga, texnik harakatlari
bo‘yicha test natijalari jadvallar va futbolchilar tomonidan
bajarilgan texnik-taktik harakatlar soni va samaradorligi
diagrammalar asosida yoritib berishga qaratiladi.
1
Teacher of physical education and sports, Department of Social and Human Sciences, Tashkent State Agrarian
University, Samarkand branch.
E-mail: dilshod.choriyev.97@mail.ru.
Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations
Special Issue – 3 (2021) / ISSN 2181-1415
217
Aнализ динамики объема и качества технико-тактических
действий юных футболистов
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
юный футболист,
быстрая мощь,
качество,
техника,
развитие,
тренировка,
время выдержки,
способность ускоряться,
нагрузка,
тренировка.
Данная статья будет посвящена анализу динамики
технико-тактических
движений
и
качественных
показателей юных футболистов, а также дальнейшему
повышению их физических качеств, таких как сила,
быстрота, выносливость, ловкость и всестороннее развитие
их физических способностей, освещению результатов
тестов по техническим движениям на основе графиков и
диаграмм
количества
и
эффективности
технико-
тактических движений, выполняемых игроками.
O‘zbekistonda futbolning ommaviyligi va unga katta qiziqish borligini, uning aholi
sog‘lig‘ini mustahkamlashdagi va jismoniy tarbiyani yaxshilashdagi muhim ahamiyatini,
xalqaro maydondagi sport aloqalarini kengaytirishdagi keng imkoniyatlarini e'tiborga
olish, futbolni rivojlantirish uchun yordam ko‘rsatish va zarur shart-sharoitlar yaratish,
shu jumladan futbol klublarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, stadionlarni
FIFA talablariga muvofiqlashtirish, O‘zbekiston Futbol federatsiyasini va futbol klublarini
o‘zini o‘zi mablag’ bilan ta'minlashga va o‘z xarajatlarini o‘zi qoplashga o‘tkazish, jaxon va
Osiyo qit'asi chempionatlarida, xalqaro musobaqalarda O‘zbekiston sharafini munosib
himoya qilishga qodir bo‘lgan yuqori malakali futbolchilar tayyorlashni ta’minlash,
shuningdek, mamlakatimiz futbolining ommaviylik darajasini oshirish maqsadida qarorlar
qabul qilindi. Xalqimiz e'zozlab kelayotgan futbol Davlatimiz siyosatining ustivor
yo‘nalishi doirasidan joy olgan. 2018-yil 17-martdagi “Futbolni rivojlantirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori va hozirgi
kungacha chiqarilgan qarorlar, O‘zbekistonda futbol stort turini rivojlanishiga katta
ahamiyat berilayotganiga sabab bo‘la oladi [1].
Hozirgi futbolda himoyachilarining vazifalari kengayib ketdi. Ularning vazifasi
endilikda raqib hujumini “buzish” dangina iborat bo‘lmay, balki himoyada ishonchli va
mohirona o‘ynash bilan o‘z jamoasining hujum harakatlariga faol qo‘shilishni
uyg‘unlashtirib olib borishdan iborat bo‘lib qoldi. Ish hajmining juda ortib, harakat
turlarining ko‘payib ketishi himoyachilarning jismoniy tayyorgarlik darajasi ortishini –
kuchi, tezkorligi, chidamliligi, epchilligi, sakrovchanligi, start tezligining yuksakligi rivoj
topishini talab qiladi. Bu o‘yinchilarning harakat muvofiqligi yaxshi bo‘lishi, yerda va
havoda mohirona yakkama-yakka tortisha olishlari kerak. Ular jamiki texnik usullarni
yaxshi bilishlari, raqiblarga mohirona bas kelib, himoya va hujumni uyushtirishda kerak
vaqtida, bilib birgalashib harakat qilishlari kerak [2].
Himoyada o‘ynashning umumjamoa uslubi shaxsiy, zona va aralash bo‘lishi
mumkin. Biroq qisman bo‘lsa ham boshqa uslub elementlaridan foydalanmasdan birgina
uslubda o‘ynayverish xato. Chunki bu hol himoya taktikasini oddiylashtirib qo‘yadi.
Himoyada o‘ynash uslublarini himoyachilarning individual xislatlari va imkoniyatlarini
hisobga olib tanlash kerak.
Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations
Special Issue – 3 (2021) / ISSN 2181-1415
218
Himoyada o‘ynashning taktik san’ati raqibni qachon o‘z holiga qo‘ymasdan ta’qib etishni,
qachon sheriklardan biriga berib yuborish va qachon zonada o‘ynashni bilishdan iborat.
Mudofaa qilayotgan jamoa harakatlarining hammasi hujum qilayotganlar
harakatiga javob tariqasida bo‘lib, raqiblar taktikasining xususiyatlariga qarab
uyushtiriladi. Mudofaaning yaxshi uyushtirilganligi jamoaga hujum harakatlarini ham
muvaffaqiyatli bajarish imkonini beradi [3].
Himoyada o‘ynash xilma-xil va ko‘p planli bo‘lib, darvozani mudofaa qilishga, to‘pni
qo‘lga kiritish uchun faol kurashish va hujum uyushtirishga qaratilgan bo‘ladi. Himoyadagi
o‘yin ham hujumdagi singari individual, guruh va jamoa harakatlaridan iborat. Jahon va
yevropa chempionatlarda himoyachilarning terma jamoa o‘yindagi harakatlari raqibga
qarshilik ko‘rsatishlarida yuqori texnik-taktik harakatlarni, raqibdan to‘pni olib qo‘yishdagi
harakatlari, ikkinchi qavatdagi amalga oshirilgan harakatlari yuqoriligini kuzatamiz.
O‘zbekiston chempionatida ishtirok etayotgan yosh futbolchilarning o‘yin davomida
himoya chizig‘ida bajariladigan harakatlari samarasiz harakatlarini ko‘rishimiz mumkin.
Bundan keyinchalik terma jamoalarimizning o‘yinlarida ham raqibga qarshilik
ko‘rsatishlarida himoya chizig‘ida o‘yin olib boruvchi futbolchilarni kamayib ketishiga olib
kelishi asosiy sabablar bo‘lib kelmoqda. Bu himoyachilarimizdan to‘pni olib qo‘yishda
pozitsiyani to‘g‘ri tanlay bilmaslik, jamoaviy o‘yinda himoyachilarning bir-birini
tushunmasligi, havoda to‘p uchun kurashda ko‘pincha raqibga boy berish, bosh bilan o‘yindagi
xatolar yaqqol ko‘rinib turganligini bildirish mumkindir. Bundan biz o‘sib kelayotgan
yoshlarimizning himoya chizig‘ida o‘yin olib borish harakatlarini kuchaytirishimiz ularni
malakali himoyachilar bo‘lib yetishishida xizmat kilishimiz kerak deb o‘ylaymiz.
O‘quv-tayyorlov guruhlaridagi futbolchilarni har taraflama tayyorgarliklari xali
yaxshi shakllanmagan bo‘ladi. Ularni jismoniy, texnik-taktik harakatlari, funksional
holatlari, psixik jarayonlari hali rivojlanish va takomillashish holati bo‘ladi. Shuning uchun,
bu yoshdagi shug‘ullanuvchilar bilan mashg‘ulotlarni olib borishda juda katta extiyotkorlik
va bilim talab qilinadi. Yosh futbolchilarni o‘quv mashg‘ulotlarini to‘g‘ri tashkil qilish,
yuklamalarni to‘g‘ri taqsimlash, tiklanishni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish kerak bo‘ladi.
Bundan yosh futbolchilarni texnik-taktik harakatlari ham yaxshi shakllanmagan va
hali bu borada ko‘p ishlar qilinishi kerakligini bildiradi. Bunga dalil sifatida bizning
pedagogik kuzatishlar natijasida olingan ma’lumotlardir [4-5].
16–18 yoshli futbolchilarni yillik tayyorgarlik davridagi texnik-taktik harakatlar
samaradorlik dinamikasini aniqlash maqsadida uchrashuvlarida kuzatishlar olib borildi.
Samarqand Olimpiya zaxiralari kolleji 16–18 yoshli futbolchilarni musobaqa
faoliyatlari o‘rganildi. Kuzatishlarda ma’lum bo‘ldiki, 10 ta o‘yin davomidagi o‘rtacha, yosh
futbolchilarda deyarli barcha texnik-taktik harakatlarni musobaqa sharoitida
bajarishlarida ko‘p nuqsonlarga yo‘l qo‘yilishi kuzatildi.
Bunda o‘yin davomida boshqa texnik harakatlarga qaraganda ko‘p foydalaniladigan
to‘p uzatishlarda, to‘pni o‘z sheriklariga yetib bormasliklari ko‘p bora kuzatildi. Biz tajriba
hamda nazorat guruhlaridan to‘rt nafar himoya ampluasida harakat qilayotgan
futbolchilarni tanlab oldik. Bunda, tajriba guruhidan Tolipov Jaxongir (o‘ng qanot
himoyachi), Umarov Davron (chap qanot himoyachi), Shodiev Ilxom (markaziy
himoyachi), Nabiev Zokir (markaziy himoyachi). Nazorat guruhidan Norov Sobirjon
(o‘ng qanot himoyachi), Umirov Rasul (chap qanot himoyachi), Malikov Sarvar (markaziy
himoyachi), Abdullaev Akbar (markaziy himoyachi).
E'tibor qaratsak, tarbiyalanuvchilaridan Tolipov Jaxongir-o‘ng qanot himoyachisi:
tadqiqotdan oldin o‘yin davomida to‘p uzatish harakatlarida jami 18 marotaba (SK-72%)
Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations
Special Issue – 3 (2021) / ISSN 2181-1415
219
bajargan bo‘lsa, tadqiqotdan keyin esa ushbu ko‘rsatkich 19 tani (SK-79%) ko‘rsatdi.
Himoyachilarga xos yana bir texnik harakatlardan biri – raqibdan to‘pni olib qo‘yish
harakatida himoyachi tadqiqotdan oldin o‘yin davomida o‘rtacha 13 marta (SK-69%) ni
tashkil etib, tadqiqotdan keyin esa 13 marta (SK-85%) harakatni bajargan. To‘p uchun havoda
kurashish texnik harakatini futbolchi tadqiqotdan oldin o‘yin davomida o‘rtacha 14 marta
(SK-71%) ni tashkil etib, tadqiqotdan keyin esa 11 marta (SK-82%) harakatni bajargan.
Tarbiyalanuvchilaridan yana biri Umarov Davron chap qanot himoyachisi:
tadqiqotdan oldin o‘yin davomida to‘p uzatish harakatlarida jami 14 marotaba (SK-71%)
bajargan bo‘lsa, tadqiqotdan keyin esa ushbu ko‘rsatkich 16 tani (SK-88%) ko‘rsatdi.
Raqibdan to‘pni olib qo‘yish harakatida himoyachi tadqiqotdan oldin o‘yin davomida
o‘rtacha 12 marta (SK-75%) ni tashkil etib, tadqiqotdan keyin esa 13 marta (SK-92%)
harakatni bajargan. To‘p uchun havoda kurashish texnik harakatini futbolchi tadqiqotdan
oldin o‘yin davomida o‘rtacha 15 marta (SK-73%) ni tashkil etib, tadqiqotdan keyin esa
16 marta (SK-81%) harakatni bajargan.
Ushbu jamoa markaziy himoyachisi Shodiev Ilhom: tadqiqotdan oldin o‘yin
davomida to‘p uzatish harakatlarida jami 17 marotaba (SK-82%) bajargan bo‘lsa,
tadqiqotdan keyin esa ushbu ko‘rsatkich 18 tani (SK-89%) ko‘rsatdi. Raqibdan to‘pni olib
qo‘yish harakatida himoyachi tadqiqotdan oldin o‘yin davomida o‘rtacha 5 marta
(SK-60%) ni tashkil etib, tadqiqotdan keyin esa 7 marta (SK-71%) harakatni bajargan.
To‘p uchun havoda kurashish texnik harakatini futbolchi tadqiqotdan oldin o‘yin
davomida o‘rtacha 10 marta (SK-70%) ni tashkil etib, tadqiqotdan keyin esa 10 marta
(SK-80%) harakatni bajargan.
Markaziy himoyachilardan yana biri Nabiev Zokir: tadqiqotdan oldin o‘yin
davomida to‘p uzatish harakatlarida jami 15 marotaba (SK-80%) bajargan bo‘lsa,
tadqiqotdan keyin esa ushbu ko‘rsatkich 15 tani (SK-87%) ko‘rsatdi. Raqibdan to‘pni olib
qo‘yish harakatida himoyachi tadqiqotdan oldin o‘yin davomida o‘rtacha 9 marta
(SK-67%) ni tashkil etib, tadqiqotdan keyin esa 9 marta (SK-78%) harakatni bajargan.
To‘p uchun havoda kurashish texnik harakatini futbolchi tadqiqotdan oldin o‘yin
davomida o‘rtacha 11 marta (SK-73%) ni tashkil etib, tadqiqotdan keyin esa 13 marta
(SK-77%) harakatlarni bajarishga muvaffaq bo‘lgan.
Nazorat guruhi tarbiyalanuvchilarining natijalarini sharhlab chiqadigan bo‘lsak
(2-jadval), jamoa o‘ng qanot himoyachisi Norov Sobirjon: tadqiqotdan oldin o‘yin
davomida jami texnik-taktik harakatlar soni o‘rtacha 42 ta (SK-71%)ni, tadqiqotdan keyin
esa 41 ta (SK-73%)ni ko‘rsatdi. Jamoa chap qanot himoyachisi Umirov Rasul: tadqiqotdan
oldin o‘yin davomida jami texnik-taktik harakatlar soni o‘rtacha 47 ta (SK-72%)ni,
tadqiqotdan keyin esa 43 ta (SK-74%)ni ko‘rsatdi. Malikov Sarvar-markaziy himoyachi
natijalari: tadqiqotdan oldin o‘yin davomida jami texnik-taktik harakatlar soni o‘rtacha
35 ta (SK-71%) ni, tadqiqotdan keyin esa 43 ta (SK-74%)ni ko‘rsatdi. Yana bir markaziy
himoyachi Abdullaev Akbar natijalari: tadqiqotdan oldin o‘yin davomida jami texnik-taktik
harakatlar soni o‘rtacha 42 ta (SK-71%)ni, tadqiqotdan keyin esa 43 ta (SK-70%)ni
ko‘rsatdi.
Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations
Special Issue – 3 (2021) / ISSN 2181-1415
220
1-jadval. Тажриба гуруҳида олиб борилган
техник-тактик ҳаракатлар кўрсаткичлари
(10 та ўйин)
Xarakatlar
Tolipjonov Jaxongir
(o‘ng qanot
himoyachi)
Умаров Даврон
(chap qanot
himoyachi)
Shodiyev Sherzod
(markaziy
himoyachi)
Nabiyev Zokir
(markaziy
himoyachi)
+
-
Jami
SK %
+
-
Jami
SK %
+
-
Jami
SK %
+
-
Jami
SK %
To‘p
uzatishlar
1
13
5
18
72
10
4
14
71
14
3
17
82
12
3
15
80
2
15
4
19
79
14
2
16
88
16
2
18
89
13
2
15
87
Raqibni
aldab
o‘tish
1
1
0
1
100
1
1
2
50
4
1
5
80
3
2
5
60
2
2
1
3
67
1
0
1
100
5
0
5
100
4
1
5
80
Raqibdan
to‘pni olib
qo‘yish
1
9
4
13
69
9
3
12
75
3
2
5
60
6
3
9
67
2
11
2
13
85
12
1
13
92
5
2
7
71
7
2
9
78
To‘p
uchun
havoda
kurash
1
10
4
14
71
11
4
15
73
7
3
10
70
8
3
11
73
2
9
2
11
82
13
3
16
81
8
2
10
80
10
3
13
77
Darvozaga
zarba
berish
1
0
1
1
0
0
1
1
0
1
1
2
50
1
1
2
50
2
1
1
2
50
0
0
0
0
1
0
1
100
1
0
1
100
Jami
TTX
1
33
14
47
70
31
13
44
70
29
10
39
74
30
12
42
71
2
38
10
48
79
40
6
46
87
35
6
41
85
35
8
43
81
Izoh: 1-tadqiqotdan oldin olingan natijalar; 2-tadqiqotdan keyin olingan natijalar.
Bizning kuzatishlarimizda 16-18 yoshli futbolchilarning natijalari keltirilgan bo‘lib,
texnik-taktik harakatlarini qay darajada ekanligini baholashga imkon beradi. Dastlabki
olingan natijalardan biz nazorat va tajriba guruhidagi yosh futbolchilarning barcha texnik-
taktik harakatlarida samaradorlik ko‘rsatkichlari yuqori emasligini aniqladik. Bundan biz
o‘quv-mashg‘ulot jarayoniga e'tibor qaratish kerak deb o‘ylaymiz.
O‘quv-mashg‘ulot jarayonida olib borilgan tadqiqotlar natijasida jadvaldan ko‘rish
mumkinki, tajriba guruhining natijalari birmuncha o‘zgargan.
Biz tadqiqot jarayonida o‘quv - mashg‘ulot jarayonini tarkibidan o‘rin olgan bir
qancha kalendar va o‘rtoqlik uchrashuvlarini tahlil qildik. O‘rtoqlik uchrashuvlarini
kuzatishni tayyorgarlik davridan boshladik. Hammamizga ma'lumki, tayyorgarlik davri
futbolda qish oylarida amalga oshiriladi.Chunki, milliy chempionatimiz ham bu vaqtga
kelib o‘z nihoyasiga yetadi.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, tahlil natijalariga ko‘ra tayyorgarlik davrida o‘tgan
uchrashuvlar saviyasi biroz past darajada bo‘ldi. Bu uchrashuvlarda yosh futbolchilarni
jismoniy va texnik tayyorgarligi past ko‘rinishda bo‘ldi. Musobaqa davrida tahlil qilingan
Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations
Special Issue – 3 (2021) / ISSN 2181-1415
221
o‘yin natijalari yaxshi bo‘ladi. Tayyorgarlik davridagi natijalar bilan solishtiradigan bo‘lsak
anchagina yuqori ko‘rsatkichga erishilganligi yaqqol ko‘zga tashlanadi (1-2-chizma).
2-jadval. Nazorat guruhida olib borilgan
texnik-taktik harakatlar ko‘rsatkichlari (1 tao‘yin)
Ҳаракатлар
Норов Собиржон
(ўнг қанот
ҳимоячи)
Умиров Расул
(чап қанот
ҳимоячи)
Маликов Сарвар
(марказий ҳимоячи)
Абдуллаев Акбар
(марказий
ҳимоячи)
+
-
Жами
СК %
+
-
Жами
СК %
+
-
Жами
СК %
+
-
Жами
СК %
Тўп
узатишл
ар
1
11
4
15
73
12
4
16
75
11
3
14
79
12
3
15
80
2
9
5
14
64
11
2
13
85
13
4
17
76
9
4
13
69
Рақибни
алдаб
ўтиш
1
0
1
1
0
1
1
2
50
3
1
4
75
3
2
5
60
2
1
1
2
50
1
1
2
50
5
1
6
83
3
1
4
75
Рақибдан
тўпни
олиб
қўйиш
1
10
3
13
77
11
3
14
79
3
2
5
60
5
3
8
63
2
8
2
10
80
12
3
15
80
4
2
6
67
7
3
10
70
Тўп учун
ҳавода
курашиш
1
9
3
12
75
10
4
14
71
7
3
10
70
9
3
12
75
2
11
2
13
85
8
5
13
62
9
4
13
69
10
4
14
71
Дарвоза
га зарба
бериш
1
0
1
1
0
0
1
1
0
1
1
2
50
1
1
2
50
2
1
1
2
50
0
0
0
0
1
0
1
100
1
1
2
50
Жами
ТТҲ
1
30
12
42
71
34
13
47
72
25
10
35
71
30
12
42
71
2
30
11
41
73
32
11
43
74
32
11
43
74
30
13
43
70
Izoh: 1-tadqiqotdan oldin olingan natijalar; 2-tadqiqotdan keyin olingan natijalar.
жами; Толибов Ж.;
48
жами; Умаров Д.; 46
жами; Шодиев И.; 41
жами; Набиев З.; 43
СК; Толибов Ж.; 79
СК; Умаров Д.; 87
СК; Шодиев И.; 85
СК; Набиев З.; 81
жами
СК
Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations
Special Issue – 3 (2021) / ISSN 2181-1415
222
1-chizma. Tajriba guruhi futbolchilari tomonidan bajarilgan tadqiqotdan keyingi
jami texnik-taktik harakatlar soni va samaradorligi.
2-chizm. Nazorat guruhi futbolchilari tomonidan bajarilgan tadqiqotdan keyingi jami
texnik-taktik harakatlar soni va samaradorligi.
Texnik harakatlari bo‘yicha test natijalari.
Bizning o‘quv-mashg‘ulotlarda olingan test natijalar futbolchilarning o‘yin
davomidagi ko‘rsatkichlariga mos kelishini aniqladik. Dastlabki test nazoratini musobaqa
davrining boshidagi o‘quv-mashg‘ulotlarida olingan. Bu yerda texnik harakatlarni aks
ettiruvchi 30 m ga to‘p bilan yugurishda, to‘pni uzoq masofaga tepish, to‘pni o‘ynatish,
to‘pni qo‘lda uzoq masofaga otish va to‘sinlarni oralatib zarba berish nazorat testlarida
foydalanilgan. Nazorat testlarida nazorat va tajriba guruhidagi futbolchilarning
ko‘rsatkichlarida sezilarli darajada farq ko‘rindi.
Olingan texnik harakatlarni belgilab beruvchi nazorat testlarida futbolchilarning
ko‘rsatkichlari bir xil emasligini ko‘rsatadi. O‘yin davomida to‘pni olib yurish harakatlarida
nazorat guruhining ko‘rsatkichlari ko‘zga tashlandi. 30 m to‘p olib yugurish nazorat testida
ham nazorat va tajriba guruhining futbolchilarning bir xil emasligini ko‘rsatdi. Ya’ni,
nazorat guruhi sifatida olingan futbolchilarini natijalari, 5,02 soniya (X) va tajriba guruhi
sifatida olingan futbolchilarining natijalari 5,11 s natijalarni ko‘rsatishgan. Bundan
tashqari, tajriba guruhi futbolchilari tadqiqotdan oldin to‘pni uzoq masofaga tepish texnik
harakatlari natijalari 39,85 m va nazorat guruhida 42,65 m, to‘sinlar oralatib darvozaga
zarba berish harakatlarida nazorat guruhi ko‘rsatkichlari 5,05 s va tajriba guruhida esa
4,52 s, to‘pni yon chiziqdan o‘yinga kiritishda tajriba guruhi natijalari o‘rtacha 20,62 m va
20,45 m ekanligini aniqladik.
жами; Норов С.; 41
жами; Умиров Р.; 43
жами; Маликов С.; 43
жами; Абдуллаев А.;
43
СК; Норов С.; 73
СК; Умиров Р.; 74
СК; Маликов С.; 74
СК; Абдуллаев А.; 70
жами
СК
Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations
Special Issue – 3 (2021) / ISSN 2181-1415
223
Dastlabki olingan natijalardan xulosa qiladigan bo‘lsak, nazorat guruhining
futbolchilari test me'yorlarni topshirishda tajriba guruhining futbolchilar tomonidan
ko‘rsatgan natijalari bilan o‘xshash ekanligini ko‘rsatdi. Bu natijalardan ikkala guruhdagi
futbolchilarning natijalari pastligi o‘yin davomidagi ko‘rsatayotgan texnik-taktik
harakatlarning samaradorligiga salbiy ta'sir ko‘rsatganligi aniqlandi.
Texnik tayyorgarlikni aniqlashda foydalanilgan nazorat testlarida, jamoalar orasi
ko‘rsatkichlarida farq borligi aniqlangan. Tajriba guruhi sifatida olingan futbolchilarning
texnik tayyorgarlik bo‘yicha olingan test me'yorlarida kamchiliklar borligini, ayniqsa,
to‘pni olib yurish, darvozaga zarba berish, to‘sinlar oralatib zarba berish ko‘rsatkichlarida
kamchiliklar bor. Bizning o‘quv-mashg‘ulotlarda maxsus ishlab chiqilgan mashqlar orqali
bu kamchiliklarni bartaraf etishga harakat qildik.
Tadqiqotimizning keyingi natijalarini biz musobaqaning ikkinchi davrisida olib bordik.
Bu yerda texnik harakatlarni belgilab beruvchi nazorat testlarida ham futbolchilarning
ko‘rsatkichlari bir xil emasligini ko‘rsatadi. Ya’ni, 30 m ga to‘pni olib yurish nazorat va tajriba
guruhdagi natijalar 5,08 s va 4,55 s, to‘pni uzoq masofaga tepishda 41,55 m va 45,15 m,
to‘sinlarni oralatib darvozaga zarba berish harakatlarida 5,01 s va 4,22 s, to‘pni yon chiziqdan
o‘yinga kiritish (aut) 21,53 m va 22,47 m natijalarni aniqladik.
Olingan natijalardan ko‘rish mumkinki, dastlabki olingan ko‘rsatkichlarga
qaraganda tadqiqot so‘ngida tajriba guruhining texnik harakatlarni belgilab beruvchi test
me'yorlarida farq kuzatildi. Nazorat guruhi sifatida olingan jamoaning futbolchilarining
natijalari o‘z rejasida olib borilgan mashg‘ulotlari asosida o‘sish kuzatilmadi.
Olingan natijalardan xulosa qiladigan bo‘lsak, biz tomonimizdan ishlab chiqilgan va
o‘quv-mashg‘ulotida jalb qilingan usul va vositalar tajriba guruhining futbolchilarining
faoliyatiga ta’sir etganligini aniqladik. Bu natijalarning o‘sish, o‘yin davomidagi texnik-
taktik harakatlarning o‘sishiga ham ta'sir etganligini pedagogik kuzatishlardan ham
ko‘rish mumkin.
3-jadval. Dastlabki va tadqiqotdan so‘ng olingan
texnik tayyorgarlikni aniqlovchi nazorat test ko‘rsatkichlari (X).
№
Test me’yorlari
Nazorat guruhi natijalari
Tadqiqotdan
oldin
Tadqiqotdan
keyin
O‘zgarishi
1.
30 m ga to‘pni olib yurish
5,11
4,55
0,56*
5,02
5,08
0,06**
2.
To‘pni uzoq masofaga
tepish
39,85
45,15
5,3
42,65
41,55
1,1
3.
To‘sinlar oralatib zarba
berish
4,52
4,22
0,3
5,05
5,01
0,04
4.
To‘pni yon chiziqdan
o‘yinga kiritish (aut)
20,62
22,47
1,85
20,45
21,53
1,08
Izoh: **nazorat guruhi; * tajriba guruhi.
Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations
Special Issue – 3 (2021) / ISSN 2181-1415
224
XULOSALAR
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, tahlil natijalariga ko‘ra tayyorgarlik davrida o‘tgan
uchrashuvlar saviyasi biroz past darajada bo‘ldi. Bu uchrashuvlarda yosh futbolchilarni
jismoniy va texnik tayyorgarligi past ko‘rinishda bo‘ldi. Musobaqa davrida tahlil qilingan
o‘yin natijalari yaxshi bo‘ldi. Tayyorgarlik davridagi natijalar bilan solishtiradigan bo‘lsak
anchagina yuqori ko‘rsatkichga erishilganligi yaqqol ko‘zga tashlanadi.
Olingan natijalardan biz quyidagi fikrga kelamizki, dastlabki 16–18 yoshli
futbolchilar orasida o‘tkazilgan pedagogik kuzatishlardan, ularning to‘plarni yetkazib
berishlarida xatoliklari ko‘pligi aniqlandi.Bu esa, o‘z o‘rnida taktik harakatlarni amalga
oshirishda katta kamchiliklardan biridir.
Biz tajriba guruhida jismoniy va texnik harakatlarga to‘xtalib qolmasdan taktik
harakatlarga taalluqli bo‘lgan devor va kesishuv usullarini bo‘lib-bo‘lib hamda oddiydan
murakkabga o‘tish usulblari yordamida vositalarimizni joriy etganimiz ta’sir qildi.
Olingan natijalardan ko‘rish mumkinki, dastlabki olingan ko‘rsatkichlarga
qaraganda tadqiqot so‘ngida tajriba guruhining texnik harakatlarni belgilab beruvchi test
me'yorlarida farq kuzatildi. Nazorat guruhi sifatida olingan jamoaning futbolchilarining
natijalari o‘z rejasida olib borilgan mashg‘ulotlari asosida o‘sish kuzatilmadi.
Olingan natijalardan xulosa qiladigan bo‘lsak, biz tomonimizdan ishlab chiqilgan va
o‘quv-mashg‘ulotida jalb qilingan usul va vositalar tajriba guruhining futbolchilarining
faoliyatiga ta’sir etganligini aniqladik. Bu natijalarning o‘sish, o‘yin davomidagi texnik-
taktik harakatlarning o‘sishiga ham ta’sir etganligini pedagogik kuzatishlardan ham
ko‘rish mumkin.
AMALIY TAVSIYALAR
16–18 yoshli bolalarni futbol texnikasini asoslariga o‘rgatish bir qancha
xususyatlarga ega. Buni avvalambor ularda psixofiziologik funksiyalarni rivojlangan
darajasini yuqori emasligi bilan izohlash mumkin.
Shuning uchun 16–18 yoshli futbolchilarda ko‘proq quyidagi mashqlar qiziqish
uyg‘otishi aniqlangan:
Maydon o‘yinchisi uchun:
–
oyok uchida to‘g’ri chizik buylab to‘pni olib yurish;
–
oyokni o‘rta qismi bilan to‘g’ri chiziq bo‘ylab to‘pni olib yurish;
–
oyoqni ichki yuzasi bilan aylana, sakkiz shaklida to‘pni olib yurish;
–
ilon izi bo‘ylab to‘pni olib yurish va boshqalar;
–
turgan to‘pga, dumalab kelayotgan. sakrab kelayotgan, yondan kelayotgan
to‘plarga zarbalar berish;
–
oyoqni turli qismlari bilan turli traektoriyada kelayotgan to‘plarga zarbalar berish;
–
osilgan to‘plarga boshda kalla kuyishlar va boshqalar;
–
to‘pni turli usulda to‘xtatishlar;
–
aldamchi harakatlarni xar xil ko‘rinishlari;
–
yon chiziqdan to‘pni o‘yinga kiritishlar;
–
to‘pni raqibdan olib kuyishni turli shakllari;
–
to‘pni uynatish va boshqa.
Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations
Special Issue – 3 (2021) / ISSN 2181-1415
225
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Nurimov R.I. Yosh futbolchilarni texnik va taktik tayyorlash. T.: 2005. – B. 104.
2.
Tolipjonov A.I. Yuqori malakali futbolchlar tayyorlashning zamonaviy tizimi.
O‘quv qo‘llanma. Toshkent. O‘ZDJTvaSU. 2012. – B. 164.
3.
Нуримов З.Р. Ооснование эффективных средств совершенствования
групповых тактических действий квалифицированных футболистов. Т.: 2004.
4.
Karimov A.A., To‘laganov A.A. Yuqori malakali futbolchilarni musobaqa
faoliyatida tezlikni aniqlovchi ayrim jihatlari // Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari
nazariyasi va uslubiyatining zamonaviy muommolari. T.: 2015 – B. 250–251.
5.
Nurimov R.I., Davletmuradov S.R. Yuqori malakali futblchilarning guruh taktik
harakatlarni takomillashtirish. O‘quv uslubiy qo‘llanma, T.: 2014. – B. 51.
