Жамият ва инновациялар –
Общество и инновации –
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Forms and methods of cooperation between the institute and the
community in improving the physical education of the younger
generation
Farrukh VALIYEV
1
Tashkent Pediatric Medical Institute
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received March 2021
Received in revised form
20 March 2021
Accepted 15 April 2021
Available online
20 May 2021
The main direction is to educate the younger generation in
sports, a healthy lifestyle, the pursuit of spiritual and physical
perfection, love for the motherland, pride in their country.
Establishment of local sports facilities to ensure the development
of children's mass sports in Uzbekistan. The establishment of
clubs in new sports, their provision with appropriate equipment
and qualified sports coaches, the basis for the growing number
of children and adolescents engaged in physical culture and
sports from year to year. is coming.
2181-1415/© 2021 in Science LLC.
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
charity,
COVID-19 coronavirus
pandemic,
sanitation,
selection,
primitive period,
doping-control.
Yosh avlodni jismoniy tarbiyasini takomillashtirishda institut va
maxalla xamkorligining shakillari va usullari
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar:
xayriya,
COVID-19 koronavirus
pandemiyasi,
sanitariya-gigiyena,
seleksiya,
ibtidoiy davr,
doping bilan kurashish.
Yosh avlodni sport bilan shug‘ullanish, sog‘lom turmush
tarziga amal qilish, ma’naviy va jismoniy kamolga intilish,
Vatanga mehr-muhabbat, o‘z yurti bilan g‘ururlanish ruhida
tarbiyalash ishlari asosiy yo‘nalish sifatida belgilandi.
O‘zbekistonda bolalar ommaviy sportini rivojlantirishning
ta’minlash maqsadida, joylarda sport muassasalarining barpo
etilishi. Yangi-yangi sport turlaridan to‘garaklar faoliyatining
yo‘lga qo‘yilishi, ularning tegishli jixozlar va malakali sport
murabbiylari bilan ta’minlanishi, jismoniy tarbiya va sport bilan
shug‘ullanayotgan bolalar va o‘smirlar soni yildan-yilga ortib
borishiga asos bo‘lmoqda.
1
Lecturer, Tashkent Pediatric Medical Institute. Tashkent, Uzbekistan.
E-mail: fvaliev1705@gmail.com.
Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations
Special Issue – 4 (2021) / ISSN 2181-1415
362
Формы и методы взаимодействия института и общества в
совершенствовании физического воспитания подрастающего
поколения
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
благотворительность,
пандемия коронавируса
COVID-19, санитария,
отбор,
первобытный период,
допинг-контроль.
Основное направление – воспитание подрастающего
поколения в спорте, здоровом образе жизни, стремлении к
духовному и физическому совершенствованию, любви к
Родине, гордости за свою страну. Создание местных
спортивных сооружений для обеспечения развития
детского массового спорта в Узбекистане. Создание клубов
по новым видам спорта, их оснащение соответствующим
оборудованием и квалифицированными тренерами по
спорту – основа для растущего из года в год числа детей и
подростков, занимающихся физической культурой и
спортом.
Jismoniy tarbiya, badan tarbiya sog‘liqni mustahkamlashga, odam organizmini
uyg‘un ravishda rivojlantirishga qaratilgan umumiy tarbiyaning uzviy qismi. Jamiyatdagi
jismoniy madaniyat ahvolini bildiruvchi ko‘rsatkichlardan biri.
Jismoniy tarbiyaning asosiy vositalari: jismoniy mashg‘ulotlar, organizmni
chiniqtirish, mehnat va turmush gigiyenasi. Jismoniy tarbiya aqliy, axloqiy, mehnat va
estetik tarbiya bilan qo‘shib olib boriladi.
Ibtidoiy davrdan boshlab Jismoniy tarbiyaga alohida e’tibor qaratilgan. Dastlab u
jismoniy mashqlar, turli o‘yinlar, mehnat jarayonlari, ovchilik, harbiy harakatlarga
o‘xshatilgan musobaqalar va sinovlar shaklida mavjud bo‘lgan, turli marosimlarni aks
ettirgan. Keyinchalik yoshlarni qilichbozlik, chavandozlik, kamondan otish, yakkama-
yakka kurash mahoratiga o‘rgatish jamiyatning asosiy vazifalaridan biriga aylana borgan.
Uyg‘onish davrida Jismoniy tarbiyaga e’tibor yanada kuchaydi. Gumanistlar Jismoniy
tarbiyani o‘quv dasturiga kiritishga uringanlar. Jismoniy tarbiyaga o‘rta asrlarda
Yevropada oilaviy tarbiya va maktabdagi pedagogik jarayonning muhim qismi sifatida
karala boshlandi. J.J. Russo “Emil, yoki Tarbiya to‘g‘risida” deb atalgan pedagogik risolasida
Jismoniy tarbiyaning bolalarning aqliy kamoloti va mehnat tarbiyasidagi ahamiyatini
ta’kidlagan. 18-asrda asosan Russo g‘oyalari ta’sirida Germaniyada paydo bo‘lgan
“insonparvarlik va yaxshi xulq maktablari” – filantropinlar Jismoniy tarbiyaning shakl va
uslublarining takomillashuviga olib keladi. Gimnastika mashqlari maktab dasturlaridan
mustahkam o‘rin oladi. 19-asr oxiri va 20-asr boshida Fransiya, Buyuk Britaniya va boshqa
mamlakatlarda Jismoniy tarbiyaning milliy tizimlari tarkib topdi.
O‘zbekistonda Jismoniy tarbiyaga juda qadimdan salomatligini mustahkamlashning
asosiy vositasi deb qaralgan. Mahmud Koshgariyning “Devonu lug‘otit turk” asarida 100
dan ziyod xalq o‘yinlari to‘g‘risida ma’lumot berilgan. “Alpomish” o‘zbek xalq qahramonlik
dostoni, Alisher Navoiyning “Farxod va Shirin”, Zayniddin Vosifiyning “Badoye ul-vaqoye”
(“Nodir voqealar”), Boburning “Boburnoma” asari va b.da jismoniy, jangovar mashqlar,
kuchlilik bahsmunozaralarining xilma-xil namunalaridan xikoya qilinadi.
O‘zbekistonda mustaqillik yillariga kelib Jismoniy tarbiya va sport davlat siyosati
darajasiga ko‘tarildi. 1992-yilda (2000 yilda esa yangi tahrirda) “Jismoniy tarbiya va sport
Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations
Special Issue – 4 (2021) / ISSN 2181-1415
363
to‘g‘risida”gi qonunning qabul qilinishi, 1993 yilda Sog‘lom avlod davlat dasturining ishlab
chiqilishi, Vazirlar Mahkamasining sportning alohida turlarini rivojlantirishga oid va
nihoyat 1999-yilda, “O‘zbekistonda jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori Jismoniy tarbiyaning huquqiy asoslarini yaratdi.
Jismoniy
tarbiyaning
keng
tarmoqli
tizimi:
oilaviy-maktabgacha
davr
(chaqaloqlikdan boshlab bog‘cha yoshidagi), maktab yoshi, o‘rta maxsus va oliy ta’lim
davri hamda katta yoshdagi (erkak va ayol) lar Jismoniy tarbiyasini o‘z ichiga oladi.
O‘zbekistonda umumta’lim maktablaridagi Jismoniy tarbiya pedagogik jarayon hisoblanib,
Jismoniy tarbiya darslari, sport seksiyalaridagi mashg‘ulotlar orqali amalga oshiriladi.
“Umumiy o‘rta ta’lim maktablari uchun jismoniy tarbiyadan davlat ta’limi standarta”
bo‘yicha 1–9-sinflarda haftasiga 2 soatdan Jismoniy tarbiya darslari joriy etilgan. O‘quvchi-
yoshlar o‘rtasida Jismoniy tarbiyani yanada ommalashtirish va ularning salomatligini
mustahkamlash maqsadida 1999-yilda maxsus test sinovlari ishlab chiqildi. Mazkur
testlarni muvaffaqiyatli topshirganlar uchun 3 darajali “Alpomish” va “Barchinoy”
nishonlari ta’sis etildi. 1.588.298 nafar o‘quvchi mazkur testlarni muvaffaqiyatli topshirdi
(2002). Shuningdek, maktab o‘quvchilari uchun “Umid nihollari”, litsey-kollej o‘quvchilari
uchun “Barkamol avlod”, oliy o‘quv yurti talabalari uchun “Universiada” ommaviy
musobaqalarini har 2 y.da o‘tkazish yo‘lga qo‘yildi. Xalq o‘yinlari va ommaviy sport turlari
bo‘yicha qar 2 yilda “Alpomish o‘yinlari” festivali hamda “To‘maris o‘yinlari” o‘tkazib
kelinadi.
Jismoniy tarbiyaning ilmiy-amaliy asoslari va shu soha mutaxassislari O‘zbekiston
davlat jismoniy tarbiya instituti, oliy o‘quv yurtlarining fakultetlari hamda bo‘limlarida
tayyorlanadi.
Yurtimizda sport va jismoniy tarbiyani yanada rivojlantirishga qaratilgan sa’y
harakatlar zamirida farzandlarimizning ajdodlariga munosib, jismonan sog‘lom va
barkamol bo‘lib yetishishlaridek ulkan maqsad g‘oyasi mavjud.
Madaniyat va sport ishlari vazirligi va uning tizim tashkilotlari, ta’lim
muassasalarida jismoniy tarbiya va sportning ommaviylashuvini yanada yuqori pog‘onaga
ko‘tarish, jismoniy madaniyat harakatini rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini
shakllantirish, zamonaviy sport turlari bo‘yicha iqtidorli sportchilarni tayyorlash va
ularning sport mahoratlarini oshirish maqsadida reja asosida ish olib borilmoqda.
Jumladan, 2015-yil sport tadbirlarini o‘tkazish taqvim rejasiga muvofiq 9 oy
davomida kompleks, xalqaro va respublika musobaqalari, o‘quv-mashg‘ulotlari yig‘inini
yuqori saviyada o‘tishi ta’minlandi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, viloyatlar hamda
Toshkent shahar Madaniyat va sport ishlari boshqarmalari, hududiy bo‘limlar tomonidan
viloyat, shahar va tuman markazlarida, qishloqlarda, mahallalarda, istirohat bog‘larida
aholining keng qatlamlari o‘rtasida joriy yilning 9 oy davomida jami 5120 ta ommaviy
sport tadbirlari o‘tkazilib, ularga 1,3 mln nafardan ortiq ishtirokchilar jalb etildi, shulardan
585,5 ming nafari xotin-qizlarni tashkil etdi.
Voyaga yetmaganlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish maqsadida
joylarda 4043 ta ommaviy sport musobaqalari o‘tkazilib, ularga 867,8 ming nafar voyaga
yetmagan yoshlar jalb etildi, shulardan 386,9 ming nafari qizlarni tashkil etdi.
O‘zbekiston sport delegatsiyasining xalqaro musobaqalar va xalqaro o‘quv mashg‘ulotlar
yig‘inida ishtirok etishini ta’minlash maqsadida 228 ta Vazirlar Mahkamasining farmoyishi qabul
qilingan. Mazkur farmoyishiga muvofiq xalqaro tadbirlarda 1632 nafar (103 %) (shundan 589
Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations
Special Issue – 4 (2021) / ISSN 2181-1415
364
nafari qizlar) sportchilar ishtirok etib, 215 ta oltin (116 %), 232 ta kumush (116 %), 243 ta
bronza (102 %) jami: 690 ta medallarni (111 %) qo‘lga kiritishga musharraf bo‘ldi.
Shuningdek, Respublikada milliy sport turi bilan shug‘ullanuvchi sportchilarning sport
mahorati darajasini oshirish, milliy sport turlari qatorida Kurash, Belbog‘li kurash, Turon yakka
Kurashi, O‘zbek jang san’ati turlari ishtirokchilari orasidan iqtidorli sportchi yoshlarni saralab
olish hamda xalq o‘yinlari (“Uloq-Ko‘pkari”, “Bel olish Kurash”, “Chillak”, “Dastak”, “Qadama
tayoq”, “Happak”, “Uch tosh”, “Besh tosh”, “Qirq tosh”, “Arqon tortish”, “Belbog‘ tortish”, “Otda qiz
quvdi”, “Otda poyga”, “Lanka”, “Belbog‘ ustida Kurash”) turlari ommaviyligini oshirish maqsadida
keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, 2015-yil 25-26 aprel kunlari “Keksalarni e’zozlash yili” davlat dasturida
belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida 60 yoshdan oshgan (Kurash, Turon yakka
Kurash, Belbog‘li Kurash, O‘zbek jang san’ati sport turlari bo‘yicha faxriy polvonlar o‘rtasida
turnir o‘tkazildi. Turnirda barcha viloyatlardan 107 nafar faxriy polvonlar ishtiroki ta’minlandi.
2015-yil 4-5 iyul kunlari, Sirdaryo viloyatining Yangier shahrida, bolalar yozgi dam olish
oromgohlarida. Milliy sport turlari bo‘yicha terma jamoalar a’zolari tomonlaridan mahorat
saboqlari, master-klass ko‘rgazmali chiqishlari o‘tkazildi. Mingdan ortiq yoshlar o‘z mahoratlarini
oshirish uchun ko‘rgazmali chiqishlarni kuzatdilar.
Shu bilan bir qatorda sport sohasini yanada takomillashtirish, sportchi va murabbiylarni
maishiy yashash sharoitlarini yaxshilash ularga qulay shart-sharoitlarni yaratib berish
maqsadida bir qator me’yoriy hujjatlar qabul qilindi.
Ayniqsa, 4 sentyabr kuni “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risidagi”gi O‘zbekiston
Respublikasining Qonuni (yangi tahriri) qabul qilingani yurtimizda jismoniy tarbiya va sportni
rivojlantirishga qaratilayotgan katta e’tibordan dalolat.
“Sog‘lom bola yili” Davlat dasturi ijrosini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan yangi
tahrirdagi “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi qonun avvalambor, o‘zaro bir-biri bilan
chambarchas bog‘liq bo‘lgan va bir-birini to‘ldiruvchi qator maqsadlarga erishishga qaratilgan.
Qonunda aholi, ayniqsa, yoshlar, imkoniyati cheklanganlarni jismoniy tarbiya va sportga
yanada keng jalb qilish, mutaxassislar tayyorlash tizimini takomillashtirish, zamonaviy hamda
samarali sport infratuzilmasini, uning moddiy-texnik bazasini shakllantirish, ta’lim va tibbiyot
ta’minotini tartibga solish, yuqori toifali sportchilar tayyorlash, milliy sport turlarini rivojlantirish,
doping bilan kurashishni kuchaytirish kabi muhim masalalar qamrab olindi.
Shuningdek, ta’lim muassasalari, fuqarolarning ish joyi, yashash joyi va dam olish joylarida
jismoniy tarbiya va sportni tashkil etish masalasiga alohida e’tibor qaratildi.
Milliy sport turlari hamda xalq o‘yinlarini yanada rivojlantirish vazifasi Qonunda alohida
modda sifatida kiritilib, xalqaro maydonda O‘zbekiston milliy sport turlari hamda xalq
o‘yinlarining obro‘sini mustahkamlashga e’tibor qaratishi zarurligi belgilandi.
Ushbu Qonunning qabul qilinishi yurtimizda jismoniy tarbiya va sport bilan
shug‘ullanuvchilar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, sport inshootlarimizni jahon va zamon
talablariga javob berishi, ulardan samarali foydalanishni ta’minlash, yuqori malakali sportchilar
hamda sport zaxiralarini tayyorlash, sohaning ilmiy-uslubiy va texnik ta’minotini rivojlantirishga
xizmat qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Olimpiya o‘yinlarida, jahon chempionatlarida yuqori
natijalarga erishgan mamlakat sportchilarini xar tomonlama qo‘llab-quvvatlash yuzasidan qator
chora-tadbirlarni amalga oshirdi. Jumladan Olimpiya o‘yinlarida birinchi o‘rinni egallagan
sportchiga 100 ming, ikkinchi o‘rin uchun 50 ming va uchinchi o‘rin uchun 25 ming AQSh dollori
miqdorida mukofotlar belgilandi. Mamlakat terma jamoa a’zolariga jahonning nufuzli
Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations
Special Issue – 4 (2021) / ISSN 2181-1415
365
musobaqalariga sifatli tayyorgarlik ko‘rishi uchun istalgan sport inshootlaridan bepul
foydalanish xuquqi, shuningdek, boshqa shart-sharoitlar yaratib berildi. Ana shunday
imkoniyatlar O‘zbekiston sportchilarining Sidney, Afina, Pekin, London olimpiadalarida
muvoffaqiyatli qatnashishini ta’minladi.
Mamlakatda yosh avlodning jismoniy va ma’naviy barkamolligini ta’minlash sog‘lom
turmush tarziga intilish va sportga mehr-muhabbatni rivojlantirish, joylarda bolalar sportining
moddiy bazasini yaratish, aholi yashaydigan joylarda bolalar sportining moddiy bazasini yaratish,
hamda sport uskunalari va jihozlari bilan ta’minlash ishlarini yanada faollashtirish maqsadida,
2002 yilda “O‘zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi tuzildi”. O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti Jamg‘arma homiylik kengashining raisi etib saylandi. Qoraqalpog‘iston
Respublikasi Jo‘qori Kenges raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari mintaqaviy filiallar
xomiylik kengashlarining raislari etib tayinlandilar.
Yana shuningdek “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risidagi “O‘zbekiston Respublikasi-ning
Qonuni yurtimizda, jismoniy tarbiya va sportni vazirlik, va uning tizim tashkilotlari, hamda quyi
bo‘g‘inlarda jismoniy tarbiya, sog‘lomlashtirish va ommaviy sport tadbirlari samaradorligi
ko‘lamini oshirish borasida olib borilayotgan ishlar atroflicha tahlil qilinmoqda.
Respublikada 6 ta olimpiya o‘rinbosarlari bilim yurti, 8 ta oliy sport mahorati maktabi va
369 ta bolalar-o‘smirlar maktabida ham o‘quvchilarga Jismoniy tarbiyadan saboq beriladi.
“Yoshlik” ko‘ngilli sport tashkiloti, “Vatanparvar” mudofaaga ko‘maklashuvchi tashkiloti,
“Dinamo” sport klubi kabi sport jamiyatlari aholining turli qatlamlarini Jismoniy tarbiya
Mashg‘ulotlariga jalb etishga xizmat qiladi.
Talabalar jismoniy rivojlanishi, jismoniy qobiliyatlari va shaxsiy xususiyatlari xilma-xil
bolganligi uchun oqituvchilardan mashgulotlarni tashkil etish va boshqarishda talabalarga
individual yondashish hamda kasbiy pеdagogik va amaliy tayyorgarlik darajasi yuqori
bolishligini talab etadi.
Jismoniy tarbiya darslariga qoyiladigan talablar: jismoniy tarbiya darslari yoshlarni
tarbiya jarayoni hisoblanib bir qator pеdagogik, psixiologik, tibbiy biologik va amaliy talablarga
rioya qilinishi kеrak. Ta’lim vazifalari tarbiya va soglomlashtirish vazifalari bilan birga olib boradi.
Jismoniy tarbiya darslarida tartib intizom, diqqat, iroda, saranjomlik, dostlik, hamkorlik,
jamoatchilik, tashabbuskorlik, mustaqillik hamda qiyinchiliklarni yеngishda botirlik va
qorqmaslik sifatlarni tarbiyalanadi. Ahloqiy siftlarni tarbiyalash uchun albatta shu fazilatlar talab
etiladigan jismoniy mashqlar, harakatlar yoki oyinlar va musobaqalar tashkil etiladi. Jismoniy
tarbiya darslari jarayonida Vatan tuygusi va vatanparvarlik hissi sifatlarini tarbiyalashda katta
e’tibor qaratiladi. Bu tadbir milliy qahramonlari, ozbеk mashhur sportchilari hayoti,
O‘zbekistonning sport bo‘yicha jahon hamjamiyatida tutgan o‘rni haqida suhbatlar.
Jismoniy tarbiya darslarini otish jarayonlari: jismoniy tarbiya darslari samaradorligi ularni
tashkil etish sharoitlari va talablariga bogliq. Ochiq havoda otkazilganda dars davomida jismoniy
rivojlanish bilan birga tabiat omillari ta’sirida chiniqish muolajalari ham amalga oshadi. Jismoniy
tarbiya darslariga iqlim va fasllarning ham ta’siri katta boladi. Dars otish joylari, sport maydonlari,
sport zallarining holati va jihozlar bilan ta’minlanganlik talabalarni sport kiyimida bolishligi
jismoniy tarbiya darslari jarayoniga oz ta’sirini korsatadi.
Respublikada oxirgi yillarda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, aholi o‘rtasida
sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, imkoniyatlari cheklangan shaxslarning jismoniy
reabilitatsiyasi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish hamda mamlakatning xalqaro sport
maydonlarida munosib ishtirok etishini ta’minlash borasida izchil chora-tadbirlar amalga
oshirilmoqda.
Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations
Special Issue – 4 (2021) / ISSN 2181-1415
366
Shu bilan birga, jismoniy tarbiya va sport sohasida aholi sog‘lig‘ini mustahkamlashga
ko‘maklashadigan aniq dasturlarni amaliyotga joriy etish, yoshlarni sportga keng jalb qilish va
ular orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish, sport turlari bo‘yicha yuqori natijalarni
ta’minlaydigan mahoratli sportchilar bilan milliy terma jamoalarni shakllantirish va trenyerlar
uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish zarurati mavjud.
Mamlakatda yuksak madaniyatga ega bo‘lgan har tomonlama yetuk hamda jismonan
sog‘lom yoshlarni shakllantirish maqsadida, aholining jismoniy tarbiya va sport sohasida malaka
va bilimlarini orttirishga qaratilgan ustuvor yo‘nalishlarni belgilash, iqtidorli sportchilarni tanlab
olish (seleksiya) jarayoniga innovatsion shakllar va usullarni joriy etish maqsadida ko‘plab ishlar
olib borilmoqda.
Mahalla sharoitida bolalarni ommaviy sport turlariga jalb qilish metodikasi va jismoniy
tarbiya mashg‘ulotlarini samarali tashkil etish orqali yoshlarni jismonan sog‘lom etib tarbiyalash
masalasi kun tartibidagi eng dolzarb masalalardan biri bo‘lib qolmoqda. Bu muhim va ustuvor
vazifani talab darajasida ado etish uchun ushbu masalaning ijtimoiy-psixologik jihatlarini
o‘rganishga ehtiyoj seziladi.
Bugungi kunda mahallaning – ijtimoiy hayotni tashkil etish, jamiyatda ustuvor sanalgan
vazifalarni har bir shaxs ongiga singdirish, yoshlarni milliy an’ana va qadriyatlar ruhida
tarbiyalash borasidagi ijtimoiy-psixologik imkoniyatlari va mas’uliyati ortib bormoqda. Chunki,
o‘zbek oilasida har bir yosh avvalo mahalla muhitida tarbiya topadi, unda shakllangan psixologik
me’yorlar, o‘lchamlarni, an’analarni ijobiy tarzda qabul qiladi.
Xalqning milliy madaniyati – milliy harakatli o‘yinlar, raqslar va rang-barang sport turlari
singari bitmas-tuganmas bilim va tajriba sarchashmasiga ega. SHu boisdan milliy harakatli
o‘yinlarni o‘rganish, ularni keng jamoatchilik, ayniqsa yoshlar orasida targ‘ib etish, ushbu
faoliyatning ijtimoiy-psixologik jihatlarini tadqiq qilish, ularni o‘quvchilarning jismoniy
madaniyati jarayoniga keng va faol joriy etish ayni muddaodir.
Milliy sport o‘yinlarini tashkil etish va o‘tkazishning o‘ziga xos ijtimoiy-psixologik
xususiyatlari mavjud. SHuning uchun ham ushbu o‘yinlarning nozik, o‘ziga xos jihatlarini, amalga
oshirilishi texnologiyasini bilishning ahamiyati katta. O‘yinning bolalarni o‘yinga chaqirish va
to‘plash, o‘yinni boshlash uchun qur’a tashlash, o‘yinni tamomlash kabi uning mazmunini to‘liq
ochib beradigan o‘ziga xos xususiyatlarini bilmasdan turib sog‘lomlashtirish, ta’limiy va
tarbiyaviy vazifalarni, jismoniy sifatlarni (tezkorlik, chidamlilik, kuch, chaqqonlik va boshqalarni)
tarbiyalash qiyin.
Shuni alohida ta’kidlash zarurki, ko‘pgina ota-onalar mahallada OSO‘lari borayotgan
paytda bolalarini uydan chiqarishga turli xil munosabatda bo‘ladilar. Ko‘pincha, ota-ona bolaga
javob bermaslikka harakat qiladi. Bolalar buni juda yaxshi bilishadi, shuning uchun o‘rtog‘ini
uydan chaqirib olish yo‘llarini qidiradilar.
Bo‘lajak kadrlarga jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi bo‘yicha atroflicha va
chuqur kasbiy bilimlar berish, kelajakdagi ish faoliyatlarida kasbiy- amaliy ahamiyat kasb etuvchi,
jismoniy madaniyat bo‘yicha kasbiy bilimlar, ko‘nikma va malakalar hamda yangi pedagogik
texnologiyalardan foydalana olish haqida nazariy malumotlarga ega qilish, shuningdek bo‘lajak
jismoniy madaniyat o‘qituvchilariga o‘quv muassasalari maktabgacha talim muassasalari,
umumtalim maktab, akademik litsey hamda kasb-hunar kollej o‘quvchilarini jismoniy madaniyat
mashg‘ulotlarida umumrivojlantiruvchi mashqlardan, umumiy va maxsus mashqlardan
foydalanish hamda sport musobaqalari, sport bayramlarini tashkil qilish va o‘tkazish hamda
sinfdan tashqari to‘garaklarni tashkil qilish kabi bilimlarini shakllanishini haqida nazariy
Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations
Special Issue – 4 (2021) / ISSN 2181-1415
367
malumotlarga ega qilish bugungi kunimizning asosiy masalalaridan biri hisoblanadi. Ushbu
jarayonda mahalla va oilaning va boringki jamiyatning o‘rni katta hisoblanadi.
Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga doir qonun, farmon va qarorlar bu sohaning
tez sur’atlar bilan taraqqiy etishiga, xalqaro maydonda O‘zbskiston nufuzi va obro‘sining
oshishiga, qolaversa, aholining, ayniqsa, o‘quvchi-yoshlarning sportga bo‘lgan munosabatini
o‘zgartirishga olib keldi. Mamlakatda sog‘lomlashtirish ishlari barcha ijtimoiy va ishlab chiqarish
soha muassasalarida jonlandi, boshlang‘ich sport jamoalarining ishlari faollasha boshladi.
Mamlakatda faoliyat yuritayotgan 584 ta bolalar va o‘smirlar sport maktablari va
ihtisoslashgan bolalar va o‘smirlar olimpiya zaxiralari maktablari, 11 ta olimpiya o‘rinbosarlari
bilim yurti hamda 8 ta Respublika oliy sport mahorati maktabida yuqori malakali, iste’dodli
sportchilar tayyorlanmoqda. Malakali sportchilarni tayyorlash bilan birga, ommaviy sportni
rivojlantirishda sport jamoalari, federatsiyalar va boshlang‘ich sport jamoalari, tomonidan
sezilarli ishlar amalga oshirildi. 1991-yilda yurtimizda 52 ta sport turi mavjud bo‘lsa, 2000 yilga
kelib ularning soni 70 taga yetdi. Bugungi kunda amalda bo‘lgan 70 ta sport turidan 25 tadan
ortig‘i barcha hududlarda keng rivoj topib, ularni ommalashtirish uchup tegishli sharoitlar
yaratilmoqda. Mazkur ishlar evaziga sport bilan shug‘ullanayotganlarning soni yildan-yilga ortib
bormoqda.
Jahonda COVID-19 koronavirus pandemiyasining yuzaga kelishi dunyo mamlakatlari
qatori O‘zbekistonda ham aholining sog‘lig‘i, jismonan salomatligi, sog‘lom hayot kechirish
darajasi zaif ekanligini ko‘rsatdi.
Jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shug‘ullanish hamda sog‘lom turmush
tarzi bo‘yicha ,hayotiy ko‘nikmalarni shakllantirish orqali, har bir fuqaroda kasallikka qarshi,
kuchli immun tizimi paydo bo‘lishini ta’minlash, zararli odatlardan voz kechish, to‘g‘ri ovqatlanish
tamoyillariga amal qilish, tiklash va reabilitatsiya ishlari hamda ommaviy jismoniy faollik
tadbirlarini tizimli va samarali tashkil qilish. Bu borada tegishli infratuzilma va boshqa zarur
shart-sharoitlarni yaratish maqsadida quyidagilar Sog‘lom turmush tarzini hayotga keng tatbiq
etish va ommaviy sportni yana-da rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari etib belgilansin:
–
Har bir oila, mahalla va tuman (shahar)da, maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus,
professional va oliy ta’lim muassasalarida hamda boshqa tashkilotlarda jismoniy tarbiya va
ommaviy sport bilan shug‘ullanishga shart-sharoitlar yaratish;
–
Ommaviy sportni rivojlantirish bo‘yicha oilalar, sinflar, mehnat jamoalari va hududlar
o‘rtasida sport musobaqalarini muntazam ravishda o‘tkazish;
–
Aholi turli guruhlarining sog‘lom ovqatlanishga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirishni
ta’minlaydigan shart-sharoitlar yaratish, tarkibida tuz, qand va yog‘ miqdori ko‘p bo‘lgan hamda
xamirli taom va shirinliklarni, non mahsulotlarini iste’mol qilishni qisqartirish, zararli odatlardan,
xususan, alkogol va tamaki mahsulotlarini iste’mol qilishdan voz kechish yo‘li bilan kasallikka
chalinish, ortiqcha vazn holatlari (semizlik) va bevaqt vafot etishni kamaytirish;
–
Aholi o‘rtasida sog‘lom ovqatlanish madaniyatini keng targ‘ib qilish, shu jumladan,
tartibsiz va kechki uyqu oldidan ovqatlanish odatlaridan voz kechish;
–
Sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya etilishini oilalar, mahallalar, maktabgacha ta’lim va
umumta’lim muassasalari darajasida sog‘lom turmush tarzining ajralmas qismi sifatida targ‘ib
qilish;
–
Maktabgacha ta’lim, umumta’lim, o‘rta maxsus, professional va oliy ta’lim
muassasalarida, korxona, tashkilot va boshqa turdagi barcha muassasalarda jismoniy tarbiya va
sport bilan shug‘ullanish uchun zamonaviy moddiy-texnika bazasini shakllantirish.
Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations
Special Issue – 4 (2021) / ISSN 2181-1415
368
Mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportning moddiy-texnika bazasini rivojlantirish
yuzasidan katta ishlar amalga oshirildi. Xususan, Toshkent, Namangan, Jizzax, Farg‘ona, Buxoro,
Xorazm, Andijon, Samarqand, Guliston va boshqa shaharlarda xalqaro standartlarga javob
beradigan qator sport majmualari qurildi. Toshkent shahridagi “Pahlavon”, Jizzax shahridagi
olimpiya zaxiralari kolleji sport majmualari va boshqalar shular jumlasidandir. 2000-yilga kelib
mamlakatimizda sport inshootlari soni 7407 taga yetdi yoki 1992-yildagiga nisbatan 19 foizga
ko‘paydi. Ularni bunyod etishda, ayniqsa, murakkab sport inshootlari-stadionlar, suzish havzalari
100 taga yoki 87 foizga oshdi. Bundan tashqari, futbol maydonlari soni 2114 taga yoki 37 foizga
ko‘paydi. Asosiysi, yangidan barpo etilgan yoki rekonstruksiya yo‘li bilan qayta tiklangan barcha
sport sog‘lomlashtirish maskanlari zamonaviy loyihalar, sharqona uslub va yuqori samaradorlik
asosida tashkil etilayotgani, barcha sport turlari bo‘yicha texnik malakalarni egallash imkonini
beruvchi vositalar bilan jihozlanayotgani tahsinga loyiqdir.
Jismoniy tarbiya va sport sohasidagi bunday amaliy ishlar yaqin kelajakda yanada natijalar
berishi shubhasiz.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Vaynbaum Ya.S “Jismoniy tarbiya gigiyenasi” Toshkent “O‘qituvchi” – 1988.
2.
Goncharova O.V. “Yоsh sportchilarning jismoniy qobilyatlarini rivojlantirish”
Toshkent. – 2005.
3.
Sh. Xonkeldiev A., Abdullaev Yu., Kasach R., Xamraqulov A., T.”Xasanov,
M. Yuldashev “Sog‘lom turmush tarzining jismoniy madaniyati” Farg‘ona – 2010.
4.
Aminov V. Sog‘lom turmush tarzi-inson omilini kuchaytirish garovi. Toshkent –
1999.
5.
Arzikulov R.U. Solom turmush tarzi asoslari Toshkent – 2005. – 2-tom.
6.
Mahkamov M, Sodiqov Q. “Sog‘lom avlod yarataylik” Toshkent “O‘qituvchi” – 1996.
7.
Safarova D. “Valeologiya asoslari” O‘quv qollanma. – Toshkent. – 2007.
8.
Rassuov A.S., Xalimova D.A. “Sog‘lom turmush tarsi” – Toshkent – Ibn Sino – 2003.
9.
D.J. SHaripova, G.S. Fuzailova, G.A. Shaxmurova, M.T. Toirova, M. Turkmenova,
D. Zufarova “Talabalrda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish” – Farg‘onf – 2010.
