Авторы

  • Нилуфар Маматова
    магистр, Узбекский государственный университет мировых языков, Ташкент, Узбекистан
  • Гульсара Хакимова
    кандидат филологических наук, доцент, Узбекский государственный университет мировых языков, Ташкент, Узбекистан

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol2-iss8/S-pp43-48

Ключевые слова:

лексическое значение лингвокультурологические и семантические особенности пословицы

Аннотация

В этой статье исследуется использование и применение частей тела в английских и узбекских пословицах, а также их лингвистическое и лексическое использование, а также различия в значении.


background image

Жамият ва инновациялар –

Общество и инновации –

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Use of div parts in English and Uzbek proverbs

Nilufar MAMATOVA

1

Gulsara KHAKIMOVA

2


Uzbekistan State University of World Languages

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received July 2021
Received in revised form
20 July 2021
Accepted 15 August 2021
Available online
15 September 2021

This article examines the use and application of div parts in

English and Uzbek proverbs, as well as their linguistic and lexical
uses, and the differences in meaning.

2181-1415/© 2021 in Science LLC.
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

lexical meaning,
lingvo culturological and
semantic features,
proverbs

Ingliz vao‘zbek maqollarida tana a’zolarining ishlatilishi

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar:

leksik ma’nosi,
lingvokulturologik va
semantik xususiyatlari,
maqollar.

Ushbu maqola ingliz va o‘zbek maqollarida tana a’zolarining

ishlatilishi va qo‘llanilishi hamda ularning lingvistik, leksik jihat-
dan ishlatilish holatlari o‘rganiladi va o‘zaro ma’no mazmun
jihatdan farqlanadi.

Использование частей тела в английских и узбекских
пословицах

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

лексическое значение,
лингвокультурологические
и семантические
особенности,
пословицы.

В этой статье исследуется использование и применение

частей тела в английских и узбекских пословицах, а также
их лингвистическое и лексическое использование, а также
различия в значении.

1

master, Uzbekistan State World Languages University, Tashkent, Uzbekistan.

2

scientific supervisor, PhD in Philology, Associate Professor, Uzbekistan State World Languages University, Tashkent,

Uzbekistan.


background image

Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations

Special Issue – 8 (2021) / ISSN 2181-1415

44

Bugun O‘zbekiston Respublikasi barcha rivojlangan davlatlar tan olgan va dunyo

hamjamiyatida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan mustaqil davlatlardan biridir. Respublikamizda
bo‘layotgan jamiyatning barcha sohasidagi yangiliklar O‘zbekistonomizning yanada gullab
yashnashiga olib bormoqda. Yurtimizda ayniqsa ta’lim sohasiga katta e’tibor berilayotgani
yoshlar ta’lim-tarbiyasiga o‘zining ijobiy hissasini qo‘shmoqda. Ayni vaqtda, O‘zbekistonda
chet tillariga, ayniqsa ingliz tiliga bo‘lgan qiziqish va talabning ortib borishi natijisida ta’lim
tizimida chet tillarini o‘qitish bo‘yicha yangi qaror va farmonlarning ijrosi davlatimiz
miqyosida olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “O‘zbekiston

Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi
PF–4947-son Farmoni, 2017-yil 20-apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–2909-son Qarori, O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim
to‘g‘risida” gi qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” hamda mazkur faoliyatga
tegishli boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirish
talablari asosida ta’lim oluvchi yoshlarni ma’naviy yetuk va jahon andozalari talablariga
javob bera oladigan, mustaqil bilim olish, o‘rganish va ijodiy ishlash qobiliyatiga ega,
kelajakda kasbiy va hayotiy muammolarni mustaqil hal qiladigan yuksak ma’naviyatli
shaxs qilib tayyorlash oliy ta’lim tizimining asosiy vazifalaridan hisoblanadi.

Hozirgi kunda dunyo miqyosida insonlar o‘rtasida muhim aloqa vositasi hisob-

lanmish tilning ahamyati va o‘rni haqida gap ketganda uning duyo hamjamiyatidagi
foydalanish o‘rniga qarab ahamyat kasb etadi. Shu faktorlardan kelib chiqqan holda biz
respublikamiz miqyosida ingliz tiliga bo‘lgan etiborimiz jahon talabi ekanligini chuqur
anglagan holda har bir soha vakili ingliz tilini o‘rganishiga bo‘lgan talabini kundan kunga
ortishini ko‘rishimiz mumkin va albatta ingliz tili kunlik ehtiyojimiz ekanligini allaqachon
anglab ulgurganmiz. Ko‘plab tilshunos olimlar hamda ilmiy tadqiqotchilar ingliz tilining
ahamiyatidan kelib chiqqan holda har bir yo‘nalishda ularning vazifa va mohiyati haqida
so‘z yuritadi va ingliz tili va o‘zbek tilida qiyoslab, o‘rganadi. Shu bilan birgalikdan ingliz
vao‘zbek maqollarida tana a’zolarining ishlatilishi, o‘rni hamda ularning ma’no va
mazmuni to‘g‘risida so‘z yuritamiz.

Qiyosiy tilshunoslik chet tili o‘qitishning lingvodidaktik asosini tashkil etadi. Shu

sababdan yurtimizda xorijiy tillarni ona tili bilan qiyoslab o‘rganish va ularni tahlil qilish
tilshunoslik uchun muhim masalalardan biridir.

Hozirgi zamon tilshunosligida, shu jumladan qiyosiy tilshunoslikda va folklor-

shunoslikda maqollarni chuqurroq o‘rganish bugungi kun qiyosiy tilshunoslikda muhim
ahamiyat kasb etmoqda.Uning muhim xususiyati shundaki, u fanlararo xarakterga ega
bo‘lib, ilm-fanning har bir sohasida tadqiq etilmoqda.

Natijada paremiologiya, ya’ni maqollarnio‘rganish tilshunoslikda alohida soha

sifatida paydo bo‘ldi.

Qiyosiy tilshunoslik chet tili o‘qitishning lingvodidaktik asosini tashkil etadi. Shu

sababdan yurtimizda xorijiy tillarni ona tili bilan qiyoslab o‘rganish va ularni tahlil qilish
tilshunoslik uchun muhim masalalardan biridir.

Hozirgi zamon tilshunosligida, shu jumladan qiyosiy tilshunoslikda va folklor-

shunoslikda maqollarni chuqurroq o‘rganish bugungi kun qiyosiy tilshunoslikda muhim
ahamiyat kasb etmoqda. Uning muhim xususiyati shundaki, u fanlararo xarakterga ega
bo‘lib, ilm-fanning har bir sohasida tadqiq etilmoqda.

Natijada paremiologiya, ya’ni maqollarnio‘rganish tilshunoslikda alohida soha

sifatida paydo bo‘ldi.


background image

Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations

Special Issue – 8 (2021) / ISSN 2181-1415

45

Qiyosiy tilshunoslik chet tili o‘qitishning lingvodidaktik asosini tashkil etadi. Shu

sababdan yurtimizda xorijiy tillarni ona tili bilan qiyoslab o‘rganish va ularni tahlil qilish
tilshunoslik uchun muhim masalalardan biridir.

Hozirgi zamon tilshunosligida, shu jumladan qiyosiy tilshunoslikda va folklore-

shunoslikda maqollarni chuqurroq o‘rganish bugungi kun tilshunoslikda muhim ahamyat
kasb etmoqda. Uning muhim hususiyati shundaki, u fanlararo harakterga ega bo‘lib, ilm-
fanning har bir sohasida tadqiq etilmoqda. Natijada paramiologiya, ya’ni maqollarni
o‘rganish tilshunoslikda alohida soha sifatida paydo bo‘ldi. Maqollar xalq og‘zaki ijodining
katta ahamiyat kasb etadigan janrlaridan biri bo‘ib, bugungi kunda maqollarni qiyosiy
tilshunoslikda chuqur o‘rganish orqali tilshunoslikning yangi qirralari ochib berilyabdi.
Mavzuning eng muhim dolzarb jihatlaridan biri shundaki, bir tomonda xorijiy tillarga
qizishning o‘sishi bo‘lsa, ikkinchi tomondan ingliz va o‘zbek tillaridagi maqollarning
ligvokuturologik va semantic xususiyatlarini har ikkala tilde qiyosiy o‘rganish asnosida har
ikkala xalqning madaniy va milliy odatlarini tilga qay daraja aks etganini ifodalab, xalqning
mentalitetidagi o‘zaro o‘xshash va farqli tomonlarini isbotlab beradi. Mazkur masalani
o‘rganish uchun ingliz va o‘zbek xalqining milliy madaniyatini ifodalovchi maqollarni
qiyoslash, milliy mentalitet va uni ifodalovchi xususiyatlarini tahlil etish lozim.

Millatni o‘zligini ko‘rsatuvchi milliy qadriyatlarni, xalqning madaniyatini ifodalovchi

omillardan biri bu xalq og‘zaki ijodidir. Xalq o‘g‘zaki ijodining eng muhim janrlaridan biri
bo‘lmish maqollar tilshunoslik va folklorshunoslikda o‘rganilayotgan eng muhim
mavzulardan biridir. Folklorning eng muhim janrlaridan biri bo‘lgan maqollarni, umuman,
xalq ijodiyotini o‘rganish, tadqiq qilish, bugungi kunda juda muhim ahamiyat kasb
etmoqda. Ilmiy ishimizning ushbu bobida o‘zbek va ingliz maqollarining umuminsoniy
xususiyatlari va ularning xalq og‘zaki ijodining boshqa janrlariga nisbatan o‘xshash va
farqli jihatlarini ko‘rib chiqishga qaratilgan. Shuningdek o‘zbek va ingliz xalq maqollari-
ning tilshunoslikda o‘rganilish jihatlarini keltirib, bu soha bo‘yicha faoliyat ko‘rsatgan
olimlarning nazariyalari bilan yaqindan tanishib chiqamiz.

Til, falsafa va badiiy ijodning o‘ziga xos hodisasi sifatida yuzaga kelgan xalq

maqollari folklorning ixcham shakl, ammo teran mazmunga ega bo‘lgan bir janridir. Har
biri tilimiz ko‘rkini, nutqimiz nafosatini, aql-farosat va tafakkurimiz mantiqini hayratomuz
bir qudrat bilan namoyish eta oladigan bunday badiiyat qatralari xalqimizning ko‘p asrlik
hayotiy tajribalari va maishiy turmush tarzining bamisoli bir oynasidir. Bu badiiy oynada
uning hayotga, tabiatga, inson, oila va jamiyatga munosabati, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-
ma’rifiy, axloqiy-estetik va falsafiy qarashlari,qisqasi, O‘zi va O‘zligi to‘la namoyon
bo‘lganidir [1, 2005, B. 508].

Shu sababli maqollar g‘oyatda keng tarqalgan bo‘lib, asrlar davomida jonli

so‘zlashuv va o‘zaro nutqiy munosabatlarda foydalanibgina qolmay balki badiiy, tarixiy va
ilmiy asarlarda, siyosiy va publitsistik adabiyotlarda ham doimiy ravishda qo‘llanilib
kelingan va bugungi kunda ham juda faoldir. Maqollar xalq donishmandligining nodir
namunalari sifatida og‘zaki badiiy ijodning kеng tarqalgan mustaqil janridir. Shartli
ravishda ularni xalqona axloq – 12 odob qoidalari dеb atash mumkin. Zеro,maqollar
xalqning asrlar davomida hayotiy tajribalarida sinalgan ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-
madaniy,axloqiy-falsafiy qarashlarining g‘oyat ixcham, lo‘nda, siqiq va obrazli ifodasidan
tug‘ilgan hodisadir. Maqollar maxsus ijod qilinmaydi, balki ma’lum bir sharoit taqozosi
tufayli sinalgan hayotiy tajribadan tug‘iladigan xulosaning axloqiy bahosi sifatidagi hukm
bo‘lib yuzaga kеladi. Ular insonlarning turli sohalardagi faoliyatlari jarayonida uzoq


background image

Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations

Special Issue – 8 (2021) / ISSN 2181-1415

46

muddatli sinovlardan o‘tgan turmush tajribalarining hosilasi, barqaror va o‘zgarmas,
to‘g‘ri va haqqoniy xulosasi tarzida yuzaga kеlganligini ko‘rsatadi. Xalq paremik ijodiyoti
o‘ziga xos qonuniyatlar va rivojlanish tamoyillariga ega. Uning bu xususiyatlarini
folklorshunoslikning paremiologiya sohasi o‘rganadi.Maqollar ustida izlanishlar olib borar
ekanmiz, shu o‘rinda paremiologiya sohasiga murojaat qilishimiz shart. Paremia grekcha
so‘z bo‘lib, hikmat, naql, hikmatomuz obrazli ibora ma’nolarini anglatadi. Xalq parameki
ijodiyoti namunalarini to‘plash va yozib olish hamda kitobat qilish bilan esa
paremiografiya shug‘ullanadi [2, 2014, B. 5].

Maqol xalqning ko‘p asrlar mobaynida ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy

hayotda to‘plagan tajribalari, kuzatishlari asosida yuzaga kelgan ixcham, chuqur
mazmunga ega bo‘lgan og‘zaki ijod janrlaridan biridir. Maqol atamasi arabcha – qavlun –
gapirmoq, aytmoq so‘zidan olingan bo‘lib, aytilib yuriladigan ifoda va iboralarga nisbatan
qo‘llaniladi. Barcha tomonidan deyarli bir xilda aytilib, bir xilda tushuniladigan ibora,
ifodalar,asosan, maqol janrini tashkil qiladi [3, 1990, B. 303].

Ingliz tilida maqol atamasi asosan “proverb” so‘zi orqali ifodalanadi. Ba’zan ko‘plab

adabiyotlarda: adages, dictums, maxims, mottoes, precepts, saws, truisms so‘zlari orqali
ham maqol tushunchasini berishimiz mumkin. O‘zbek xalq maqollari singari ingliz xalq
maqollari ham ingliz folklorning eng keng tarqalgan janrlaridan biridir. Ko‘pincha tuzilishi,
folklorda o‘rganilishi va yana boshqa jihatlari bilan o‘zbek maqollariga o‘xshash holda
umumiy jihatlarni ko‘rsatadi.

Maqollar insoniyatning turmush tajribalari zaminida tug‘ilgan va xalq donoligini

ifodalaydigan qisqa, ko‘pincha she’riy formadagi hikmatli so‘zlar, chuqur ma’noli iboralar
bo‘lib, o‘ta ixcham, pishiq va puxtaligi bilan xalq og‘zaki ijodidagi boshqa janrlardan farq
qiladi.

A.M. Gor’kiy xalq maqollarining roliga yuksak baho bergan edi. “Eng ulug‘ donolik

so‘zining soddaligidir” – deb yozadi u. Maqollar va qo‘shiqlar har vaqt qisqa bo‘ladi. Ularda
butun-butun kitoblar mazmuniga teng keladigan fikr va sezgilar mavjud bo‘ladi [4, 1934,
B. 146]. Bu yerda olim maqol va qo‘shiqlarning shakliy ko‘rinishlariga, sermazmunligiga
baho berib, ularni o‘zaro tenglashtiryapti. Lekin biz bu bilan qo‘shiq va maqol xuddi bir xil
xususiyatga ega janr deb hisoblamasligimiz kerak.

Qo‘shiq, yor-yor, o‘lan kabi lirik janrlarda voqelik shaxsning kechinmalari fonida

ifodalansa, xalq maqollarida ana shu kechinmalar haqidagi xulosalar lo‘nda ifodalanadi.
Demak, lirik janrlarda kechinmadan hukmga qarab, maqollarda hukmdan kechinmaga
qarab intilish yetakchilik qiladi. Epik janrlar bo‘lmish xalq dostonlari, ertaklari, afsona va
rivoyatlari, latifalar, rang- barang obrazlarning xattiharakati, kechinmalari orqali aks
ettirilsa, maqollar voqelikning xulosasini hukmlar orqali aks ettiradi. Demak, maqolda
voqealarning kechishi emas,balki ulardagi xulosa va hukm ifodalanadi. Binobarin, epik
janrlarda yo‘nalish harakat va holatdan hukmga tomon yo‘nalgan bo‘lsa, maqollarda
hukmdan harakat va holat tomon yo‘nalganlik boshchilik qiladi [3, 1990, B. 303].

Yuqorida keltirilgan ikki xususiyatdan shu narsa ma’lum bo‘ladiki, hajman ixcham

bo‘lgan maqollarda olam-olam kechinma bayoni ulkan dostonlarga jo bo‘luvchi voqealarni
o‘z ichiga oladi. Boshqacha aytganda, har bir maqolning mazmunidagi real voqelikdagi
faktlar orqali ulkan hajmdagi asarlar yaratilishi mumkin.

Xalq og‘zaki ijodi janrlari sirasida hajmi, tashqi shakliy xossalari hamda voqelikni

aks ettirish tarzi jihatidan maqollarga yaqin turuvchi matal, topishmoq kabi janrlar mavjud
bo‘lib, bu janrlar orasidagi o‘xshash jihatlarning ko‘pligi tufayli,ular orasidagi farqlarni


background image

Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations

Special Issue – 8 (2021) / ISSN 2181-1415

47

anglash biroz muammo tug‘dirishi mumkin [3, 1990, B. 92]. Bugungi kunda barcha xalqlar-
ning folklorida bu muammolarga duch kelishimiz mumkin. Xuddi o‘zbek tilidagi singari
ingliz tilidagi maqollarda ham shu masalaga duch kelamiz. Ya’ni, ingliz tilida maqol
“proverb”, matal “saying”, va topishmoq “riddle”lar bir – biriga yaqin xalq og‘zaki janrlari
hisoblanadi. O‘zbek xalq maqollar singari ingliz xalq maqollari ham matal va
topishmoqlardan quyidagi xususiyatlar orqali keskin farqlanib turadi. Bular quyidagicha:
1. Maqolda fikr aniq, tugal xulosa, lo‘nda hukm tarzida ifodalanadi. Matalda esa tugal fikr
ifodalanmaydi.Topishmoq shaklan maqollarga yaqin tursa ham, biroq voqelikni aks
ettirish tarzi, asosan fikrni jumboqli shaklda yashirib ifodalash bilan maqollardan keskin
farqlanib turadi. [3,1990,92] Bir qarashda maqol va topishmoqlarning yaqqol farqi sezilib
turadi. Ammo maqol va matal o‘rtasidagi farqni darrov anglash biroz qiyinroq. Xalq og‘zaki
ijodida maqol bilan bir qatorda matallar ham qo‘laniladi. Bu ikki terminning farqini bilish
kerak.Matal maqollardan farq qiladi. Matal ko‘chma ma’noda ishlatiluvchi xalq majoziy
iboralarining bir turidir. Matal o‘z ma’nosini boshqa ma’noga ko‘chirgan so‘z
birikmalaridan iborat bo‘ladi [3, 1990, B. 92]. Masalan,Aql -ko‘rga, ko‘z soqovga – til
maqolini tahlil qiladigan bo‘lsak, ko‘r odam aqlli bo‘lsa yo‘lini topadi ya’ni dono kishi har
doim o‘z yo‘lini topa oladi kabi hukm surilgan.

Ingliz maqollarida tana azolari qatnashgan maqollar ham insoniyat axloqi va ruhiy

tarbiyasini oshirishga xizmat qiladi. Masalan.The hair is long, but the mind is short. Bu
ingliz xalqi maqolida biz soch uzun bo‘lsada aql kaltadir ma’nosida insonlar tarbiyasi
uchun xizmat qiladigan o‘z ma’no kuchiga ega hisoblanadi. Bu maqolda shunday ma’no
anlanadiki. Soching qanchalik uzun bo‘lsa ham aqlning kaltaligini nazarda tutib, har joyda
ham inson o‘z aql doirasida ish yuritishi va kamtarlikni bilag‘onlik qilmaslikka
undaydayabdi. Quyidagi ingliz maqolida “Death is a shadow that always follows the div”
esa biz o‘zbek tiliga tarjima qilganimizda o‘lim tanani kuzatuvchi soyadir ma’nosi hosil
bo‘ladi. Yana bir ingliz maqolida tana a’zolari qatnashgan misolida esa ya’ni “Man consists
of two parts, his mind and his div, only the div has more fun” deyiladi o‘zbek tilida
“Inson ikki qismdan iborat, uning aqli va tanasi, faqat tana ko‘proq zavqlantiradi” tarjimasi
hosil bo‘ladi. Lekin uning inson tarbiyasiga ta’sir qiluvchi omili esa aql va tana orqali
mavjudlik va mavhumlik haqida fikr yuritiladi. “Put your hand in your conscience and see
if it does not come out as black as pitch” ushbu maqolda esa o‘zbek tilida “Qo‘lingizni
vijdoningizga qo‘ying va qarangki, u qora kabi chiqmaydi” tarjima ega bo‘lib, insonga
tarbiyaviy jihatdan inson qalbi va vijdoniga qaralsa qo‘llari bajargan ishlar kabi yomonlikni
emas yaxshilik qila olishga qodir pok tuyg‘ular borligi anglash mumkin ma’nosi hosil
bo‘ladi.

Ko‘rib chiqqanimizdek, o‘zbek va ingliz xalq maqollari juda ko‘p xususiyatlari bilan

folklorning boshqa janrlaridan keskin farqlanib tursalar ham, ko‘pchilikning ijod mahsuli
sifatida, anonim yaratilishi, o‘g‘zaki holda jonli yashashi, keng variantlashishi va o‘ta
ommaviyligi bilan xalq og‘zaki ijodining barcha janrlari bilan umumiylik kasb etadi. Va shu
o‘rinda ularning bir-biridan farqli jihatlarini o‘rganish ham maqollarning boshqa
janrlardan alohida xususiyatlarga ega ekanligini ko‘rsatadi. Bu esa maqollarning xalq
paremik ijodida o‘ziga xos va alohida tadqiq qilinishi kerak bo‘lgan janr sifatida
gavdalantiradi.


background image

Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations

Special Issue – 8 (2021) / ISSN 2181-1415

48

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

Mirzayev T., Musoqulov A., Sarimsoqov B. O‘zbek xalq maqollari. – T.: Sharq,

2005. – B. 508.

2.

Axmedova Ugiljon Kuronboyevna Ingliz va o‘zbek maqollarining lingvokul-

turologik va semantik xususiyatlari – Urganch. 2014. – B. 5.

3.

Imomov K., Mirzayev T., Sarimsoqov B., Safarov O. O‘zbek xalq og‘zaki poetik

ijodi. – T.: O‘qituvchi, 1990. – B. 303.

4.

Горький М. Материалы и исследования. Т., 1934. – C. 146.

5.

http://www.oxfordhouse.com.

6.

http://www.english-zone.com.

7.

http://www.longman.com.

8.

http://www.encarta.com.

Библиографические ссылки

Mirzayev T., Musoqulov A., Sarimsoqov B. O`zbek xalq maqollari . – T.: Sharq, 2005. –508 b.

Axmedova Ugiljon Kuronboyevna Ingliz va o‘zbek maqollarining lingvokulturologik va semantik xususiyatlari - Urganch-2014, b 5

Imomov K., Mirzayev T., Sarimsoqov B., Safarov O. O‘zbek xalq og‘zaki poetik ijodi. -T.: O‘qituvchi, 1990. - 303b.

Горький М. Материалы и исследования. Т.,1934 . –146c.