Жамият ва инновациялар –
Общество и инновации –
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Social factors that increase the productivity of enterprises
Marguba NAZAROVA
1
Almalyk branch of Tashkent State Technical University
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received July 2021
Received in revised form
20 July 2021
Accepted 15 August 2021
Available online
15 September 2021
In today’s developing world, the primary factor in the
development of any country is the economy. In the economy,
social factors play a special role in increasing labor efficiency,
labor accounting and productivity. Social factors include wages,
working hours, vacations, and other conditions. In this article,
the author discusses in detail the social factors that contribute to
the effective increase of labor productivity, provides details and
examples from the views of foreign experts.
2181-1415/© 2021 in Science LLC.
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
economy,
social factors,
manufacturing,
industrial enterprises,
labor costs,
labor force,
working hours,
etc.
Korxonalar ish samaradorligini oshiruvchi ijtimoiy omillar
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar:
iqtisodiyot,
ijtimoiy omillar,
ishlab chiqarish,
sanoat korxonalari,
mehnat sarfi,
ishchi-xodimlar,
mehnat soatlari va h.k.
Bugungi rivojlanayotgan dunyoda har bir mamlakat rivoj-
lanishining birlamchi omili bu – iqtisodiyot hisoblanadi.
Iqtisodiyotda esa mehnat samaradorligi, mehnatni hisoblash va
uning hosildorligini oshirishdagi ijtimoiy omillar alohida
ahamiyat kasb etadi. Ijtimoiy omillar jumlasiga mehnatga haq
to‘lash miqdori, ish vaqtining davomiyligi, ta’tillar va boshqa
shartlar kiradi. Ushbu maqolada muallif ayni mehnat hosildor-
ligini effektiv oshirishni ta’minlovchi ijtimoiy omillar haqida
batafsil to‘xtalib, faktlar-detallar va xorijiy mutaxassislar
fikrlaridan namunalar keltiradi.
1
senior lecturer, department of Social Sciences and Humanities, Almalyk branch of Tashkent State Technical
University, Almalyk, Uzbekistan.
Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations
Special Issue – 8 (2021) / ISSN 2181-1415
321
Социальные факторы, повышающие производительность
предприятий
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
экономика,
социальные факторы,
производство,
промышленные
предприятия,
затраты на рабочую силу,
рабочая сила,
рабочее время и др.
В
сегодняшнем
развивающемся
мире
основным
фактором развития любой страны является экономика. В
экономике социальные факторы играют особую роль в
повышении производительности труда, его учета и
производительности. Социальные факторы включают
заработную плату, рабочее время, отпуск и другие условия.
В статье автор подробно рассматривает социальные
факторы, способствующие эффективному повышению
производительности труда, приводит детали и примеры из
мнений зарубежных экспертов.
Barchamizga ma’lumki, bozor iqtisodiyotini rivojlantirishning bugungi bosqichida,
innovatsiyalarni joriy etish, milliy sanoat korxonalar raqobatdoshligini oshirish, ularning
iqtisodiy tomonlama mustaqilligini vakatta bozordagi mavqeinimustahkamlashning
birlamchi omillaridan biri sanaladi. Mamlakatimiz rivojlanishining zamonaviy bosqichida
innovatsionfaoliyatni rivojlantirishva qo‘llab-quvvatlash insoniyat taraqqiyoti va iqtisodiy
o‘sishningmuhim omiliga aylanmoqda. Innovatsion faoliyatni muntazam ravishda
rivojlanibborishi insoniyat va ijtimoiy hayot o‘zgarishiga katta ta’sir ko‘rsatmoqda.
Shuningdek, jamiyatning rivojlanishi va uning barcha sohalari hamda a’zolari farovonligi
darajasi mehnat unumdorligi darajasi va uning o‘sishiga bog‘liqdir. Shu bilan bir qatorda,
mehnat unumdorligi darajasi ishlab chiqarish usulini, turini ham, boringki ijtimoiy –
siyosiy tuzumning o‘zini ham belgilab beradi.Mehnat unumdorligi darajasi ijtimoiy ishlab
chiqarish samaradorligini ifodalovchi eng muhim ko‘rsatkich hisoblanadi.Ma’lumot uchun
aytib o‘tish joizki, “Iqtisodiyot” fani mehnat unumdorligi muammolarini o‘rganishni
XIX asr oxirida boshlagan. XX-asrning 70-yillaridan boshlab g‘arb mehnat sotsiologiyasi
doirasida mehnatni gumanizatsiyalash tendesiyasi o‘rganila boshlandi. Mehnat sharoitini
yaxshilashga ko‘proq e’tibor berildi. G‘arb sotsiologlarining fikricha, mehnat insonga azob-
uqubat emas, balki, huzur bag‘ishlashi kerak.Bu tamoyil ayniqsa bizda, kelajagi buyuk
davlat qurish yo‘lida yanada muhim ahamiyat kasb etmog‘i lozim. O‘tish davrining hozirgi
bosqichida asosiy vazifalardan biri “… sermahsul mehnat qilish uchun yaxshiroq rag‘bat
bilan imkoniyatlar yaratishdan, iqtisodiy yo‘l tanlash va faoliyat ko‘rsatish erkinligiga
bo‘lgan kafolatli huquqni qaror toptirishdan, aholining mehnat va ijtimoiy faolligini
oshirishdan ham iboratdir”. Bu yo‘lda, mehnat sotsiologiyasining muhim vazifalaridan biri
mehnat unumdorligini oshiruvchi sotsiologik omillarni va zaxiralarni tahlil qilib
o‘rganishdir. Uning asosiy ijtimoiy vazifalaridan yana biri, jamiyat hayotida, xalq
xo‘jaligidagi iqtisodiy munosabatlarni, mehnat sohasi bilan bog‘liq bo‘lgan barcha ijtimoiy
munosabatlarni o‘rganishni o‘z ichiga oladi.
Mehnat unumdorligini hisoblash bir ishlab chiqarish ishchisiga nisbatan natural
ifodada o‘rtacha mahsulot ishlab chiqarish tarzida amalga oshirila boshladi. Bu
ko‘rsatkichlar sanoatning alohida tarkibi jihatidan bir xil (galogen) tarmoqlarida ishlab
chiqariladigan mahsulotning eng muhim turlari bo‘yicha aniqlandi. So‘ngra iqtisodiyot-
ning boshqa tarmoqlarida mahsulot ko‘rsatkichlari hamda mehnat sarflari hisob-
Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations
Special Issue – 8 (2021) / ISSN 2181-1415
322
kitobining rivojlanishi mehnat unumdorligini faqat natura ifodasida emas, balki pul
ifodasida va faqat sanoatda emas, balki iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida, xizmat
ko‘rsatish sohasini ham qo‘shgan holda hisoblab chiqish imkonini berdi. Hozirgi kunda
iqtisodchilarning aksariyati, unumdorlik ishlab chiqarish va jonli mehnat sarflari
natijalarining nisbatini, iqtisodiy samaradorlik esa ishlab chiqarish natijalarining jonli va
moddiylashgan mehnat sarflariga munosabatini ifodalaydi, deb hisoblaydi. Jonli mehnat
sarflari xodimlarning o‘rtacha ro‘yxatdagi soni yoki ishlangan
●
kishi kunlari
●
kishi soatlari soni
●
ko‘rsatkichlari bilan ifodalanadi.
O‘tgan asrning 50-yillar oxirigacha sotsialistik davlat statistikasida mehnat
unumdorligini hisoblash uchun bunda ishchilarning mehnat sarfigina hisobga olingan. 60-
yillardan boshlab, ishlab chiqarish xodimlarining barcha toifalari (sanoatda ishlab
chiqarish xodimlari; qishloq xo‘jaligida chorvachilik va dehqonchilikda band bo‘lgan
xodimlar; qurilishda qurilish-montaj ishlarida, yordamchi ishlab chiqarishda band
bo‘lganlar va ularning mehnat sarflari) e’tiborga olina boshladi.
Mehnat samaradorligi mehnat unumdorligidan farqli o‘laroq faqat mehnatning
miqdor ko‘rsatkichlarini emas, shu bilan birga sifat natijalarini ham ifodalaydi. Mehnat
samaradorligi ko‘rsatkichining yana bir muhim ustunligi unda mehnat resurslarini
tejashning aks etishidir. Iqtisodiyotning turli tarmoqlaridagi mehnat unumdorligi
darajasini taqqoslash, shuningdek, uning dinamikasini o‘rganish ishlari boshlanib
ketdi.Dastlabki bosqichlarda unumdorlik mehnat unumdorligi sifatida o‘rganildi,
keyinchalik mehnat unumdorligini ishlab chiqarishning boshqa omillari unumdorligiga
o‘xshash xususiy unumdorlik sifatida talqin qiladigan global unumdorlik konsepsiyasi
umumiy qabul qilingan konsepsiyaga aylandi. Ikkinchi jahon urushidan keyingi davrda
milliy hisoblash tizimining paydo bo‘lishi varivojlanishi unumdorlikni o‘rganish sohasidagi
ishlarga yangi turtki bo‘ldi, chunki bu tizim ma’lumotlari mehnat unumdorligini tarmoq va
butun iqtisodiyot darajasida tadqiq qilish imkonini beradi, shuningdek, xalqaro
taqqoslashlar uchun asos yaratadi. Hozirgi vaqtda mehnat unumdorligining o‘sish omillari
faqat xodim malakasini yoki yoki uning mehnatini mexanizatsiyalash darajasini oshirish
bilangina emas, balki inson salomatligining ahvoli, uning kayfiyati, oiladagi, munosabatlar
bilan ham bog‘liqdir. Mehnat munosabatlarining bu ijtimoiy tomoni mehnatning moddiy
rag‘batlantiruvchi omillarini to‘ldiradi va inson hayotida muhim rol o‘ynaydi.
Sir emaski, statistikada mehnat unumdorligi deganda faqat jonli aniq mehnatning
unumdorligi tushuniladi. Stastistikada unumdorlikni faqat jonli emas, balki moddiy-
lashgan mehnat sarfini ham hisobga olib o‘rganadigan qator ishlar bor. Birinchi bunday
yondashuvni S.G. Strumilin o‘zining 1935-yilda nashr etilgan “SSSR qora metallurgiyasi”
asarida asoslab bergan. Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini boshqarish tizimlarini
joriy etish, mahsulotlarning xalqaro standartlarga mosligini ta’minlash masalasi barcha
korxonalarda ham hal etilgan, deb bo‘lmaydi. Bu kamchilik, ayniqsa, biz uchun o‘ta muhim
ahamiyatga ega bo‘lgan yengil sanoat, farmatsevtika va qurilish materiallari sanoati kabi
iste’mol tovarlari ishlab chiqariladigan tarmoqlarga tegishlidir. Mamlakatimizda
yaratilgan ishlab chiqarish salohiyatidan foydalanish borasida ham ishga solinmagan
ulkan imkoniyatlar mavjud. Biz ishlabchiqarishni yangilash va modernizatsiya qilish
uchun katta mablag‘ sarflaymiz, ko‘p miqdordagi xorijiy investitsiyalarni jalb etamiz.Ishlab
chiqarish omillari deganda mehnatning texnikaviy, sanitariya, gigiena, ishlab chiqarish-
Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations
Special Issue – 8 (2021) / ISSN 2181-1415
323
maishiy va boshqa shartlari qonun hujjatlari va mehnat to‘g‘risidagi boshqa normativ
hujjatlar bilan, shuningdek, mehnat shartomasi taraflarining kelishuviga muvofiq
belgilanadi, hamda ularni belgilash tartibiga bog‘liq holda, ikki guruhga bo‘linadi: –
O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan markaz-lashtirilgan tartibda belgi-
lanadigan mehnat shartlari; – lokal hujjatlar bilan (jamoa shartnomasi, ichki mehnat tartibi
qoidalari, mehnatga haq to‘lash to‘g‘risidagi nizom va shu kabilar bilan) yoki mehnat
shartnomasidagi taraflarning kelishuviga muvofiq, belgilanadigan mehnat shartlari. Lokal
tartibda yoki mehnat shartnomasi taraflarining kelishuvi bilan belgilangan mehnat
shartlarini o‘zgartirishga umumiy qoidaga ko‘ra, faqat xodimning roziligi bilangina yo‘l
qo‘yiladi, bu esa uning mehnat huquqlariga rioya etilishining muhim kafolatidir.
Har qanday xodim yoki ularning guruhi uchun natija samaradorligi, ya’ni vaqt birligi
– soat, kun, yil mobaynida ishlab chiqarilgan mahsulot, ko‘rsatilgan xizmat miqdori muhim
ahamiyatga ega. Binobarin, mehnat unumdorligi yuqori, mahsulot hajmi ko‘proq bo‘lsa,
uning xarajatlari kamroq bo‘ladi. Mehnat samaradorligi mahsuldorligi mehnat ko‘rsatkichi
bilan o‘lchanadi. Har qanday mahsulot, buyum, xizmatda jonli va buyumlashgan mehnat
jamlangan bo‘ladi. Bunday jamiyat mehnat tufayli moddiy boyliklar yaratiladi.Jamiyat
ishlab chiqaruvchi kuchlari rivojlanib borgan sari jonli mehnat moddiylashgan mehnat-
ning tobora ko‘proq massasini qamrab oladi. Natijada jami mehnatda moddiylashgan
mehnatning ulushi ko‘payib borgani sari jonli mehnatning ulushi kamayib boradi. Bu
mehnat unumdorligi oshganligining asosiy belgisidir. Ishlab chiqarishning takomillashib
borishi va fan-texnika taraqqiyoti mehnat unumdorligi oshishining asosiy shartlaridir.
Yangi texnologik jarayonlar, materiallar va avtomatlashtirish vositalarining joriy etilishi
mehnatni mexanizatsiyalash darajasining ortishiga olib keladi.
Mehnat faoliyatining maqsadi biror natijaga erishish, masalan, mahsulot ishlab
chiqarish yoki xizmat ko‘rsatishdan iboratdir. Mehnat unumdorligi – xodimlar mehnat
faoliyatining iqtisodiy samaradorligi ko‘rsatkichidir. U ishlab chiqarilgan mahsulot yoki
ko‘rsatilgan xizmatlar miqdorining mehnat xarajatlariga nisbatan, ya’ni mehnat xarajatlari
birligi hisobiga ishlab chiqarilgan mahsulot bilan belgilanadi. Mehnat unumdorligi
ko‘rsatkichi mehnat samaradorligi va natijadorligining barcha jihatlarini aks ettirmaydi,
masalan, u mehnat sifatini hisobga olmaydi, bundan tashqari, mehnat resurslaridan
oqilona foydalanish zarurligini ifodalamaydi. “Mehnat unumdorligi” tushunchasiga o‘z
ahamiyati jihatidan yaqin, lekin mazmunan yanada kengroq bo‘lgan tushuncha “mehnat
samaradorligi” tushunchasidir. Mehnat samaradorligi eng kam mehnat xarajatlari bilan
yuqori mehnat natijadorligiga erishish darajasini ifodalaydi. Mehnat unumdorligi va
intensivligi mahsulot qiymati o‘lchamiga turlicha ta’sir ko‘rsatadi. Mehnat unumdorligi
ortishi ishlab chiqariladigan mahsulot miqdorini oshiradi va shunga muvofiq bita
mahsulotning qiymatini pasaytiradi, lekin ularning umumiy yangi yaratilgan qiymatini
o‘zgartirmaydi, mehnat intensivligini ortishi esa ishlab chiqariladigan mahsulotlar va
umumiy umumiy yangi yaratilgan qiymatni oshiradi, lekin mahsulot birligining qiymatini
o‘zgartirmaydi. Mehnat unumdorligi qanchalik yuqori bo‘lsa, ish sifati zarur darajada
bo‘lgani holda mehnat xarajatlari qanchalik kam bo‘lsa, mehnat samaradorligi shunchalik
yuqori bo‘ladi. Tadbirkor korxona egasi uchun vaqt birligi ichida qanday ishlab chiqarish
darajasiga erishilgani emas, shu bilan birga u qanday mehnat xarajatlari bilan ta’min
etilgani ham muhimdir. Mehnat xarajatlar xodimlar soni va mehnatga to‘langan haq
xarajatlari bilan o‘lchanadi. Unisi ham, bunisi ham ish vaqti bilan o‘lchanishi mumkin.
Shuning uchun ham mehnat samaradorligini tahlil qilganda vaqt birligi ichida sarflangan
Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations
Special Issue – 8 (2021) / ISSN 2181-1415
324
mehnat xarajatlari ham, shu bilan birga uning tuzilishi hisobga olingan holda ham qarab
chiqiladi. Mehnat unumdorligini hisoblashda quyidagilarni ta’minlash imkonini beradigan
uslubiyot ideal hisoblanishi mumkin:
●
korxona ishning ijtimoiy qadriyatlar bilan bog‘liqligi;
●
xodimga rag‘batlantiruvchi ta’sir ko‘rsatish:
●
mehnat unumdorligining umumiy va xususiy ko‘rsatkichlari bir o‘lchov
●
bilan o‘lchanishi mumkinligi;
●
mehnat miqdori bilan sifati o‘rtasidagi bog‘liqlik.
Mexanizatsiyalashgan mehnat xodimlari jumlasiga o‘z ishini mashinalar va
mexanizmlar yordamida bajaradigan kishilar kiritiladi. Mehnatni mexanizatsiyalash
(avtomatlashtirish) darajasining ortishi moddiylashgan mehnat ulushining oshganligi va
jonli mehnat sarflashni ko‘paytirmasdan turib mehnat unumdorligini oshirish imkoniyat-
laridan dalolat beradi. Mehnat unumdorligining asosi bo‘lgan mehnatning unumdorlik
kuchi mehnat unumdorligining aynan o‘zi emas: haqiqiy mehnat unumdorligi yana ikkita
muhim omilga – jonli mehnatning eng muhim ko‘rsatkichi bo‘lgan mehnat intensivligiga
(jadalligiga) va ish vaqtining nominal fondidan foydalanishga ham bog‘liq. Mehnat jadalligi
(intensivligi) – bu, jonli mehnatning jiddiyligi yoki murakkabligi darajasi bo‘lib, ish vaqti
birligi ichida inson asab va muskul quvvatining sarflanishi bilan o‘lchanadi. Bunda inson
organizmiga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydigan jadallik ijtimoiy normal jadallik hisoblanadi,
sarflangan quvvat ovqatlanishi, dam olish va hissiy engillanish hisobiga to‘liq tiklanadi.
Hisobga ko‘ra, mehnatning normal jadalligi darajasi tekis yuzada soatiga 4,8 km tezlik
bilan ketayotgan kishining kuch-quvvat sarflashiga tengdir. Nisbatan normal muayyan
mehnat jadalligini oshirish mehnatga haq to‘lashda tegishli darajada hisobga olishni talab
qiladi. Mehnat unumdorligi mehnat jadalligi bilan bir qatorda ish vaqti fondidan
foydalanish darajasi bilan ham bog‘liqdir. Ish vaqtidan foydalanish ishlangan vaqtning, shu
jumladan, ichki smena dam olishga ajratilgan tartibga solingan tanaffus vaqtining mazkur
ishlar turi uchun belgilangan nominal vaqt fondiga (ish kunining ish haftasi, oyi va yilning
soat hisobidagi miqdoriga) nisbati sifatida aniqlanadi.
Mehnat unumdorlgini o‘lchash muammosi mazkur iqtisodiy kategoriyaning
mohiyatini aniqlashdan birmuncha murakkabroq. Amalda mehnat unumdorligining
o‘sishi va mahsulot ishlab chiqarishni o‘lchashning turli usullaridan foydalaniladi. U yoki
bu usulning qo‘llanishi, birinchidan, mehnat unumdorligini o‘lchash darajasiga,
ikkinchidan esa, hisoblashni amalga oshiradigan iqtisodiy xizmat oldida qanday vazifa
turganligi bilan bog‘liqdir. Mehnat unumdorligini o‘lchash darajasi bo‘yicha bir xildagi
mahsulotni ishlab chiqaradigan alohida ish o‘rinlari (brigada, uchastkalar)ni ko‘rsatib
o‘tish mumkin. Bu o‘rinda ishlab chiqarilgan mahsulot hajmini va ishlab chiqarish
normalarini (dona, tonna, kub yoki kvadrat metr va hokazo) aniqlashning natural (tabiiy)
usulini qo‘llash maqsadga muvofiqdir. Bu usul oddiy, qulay va ishonchli bo‘lsada, u faqat
bir xil mahsulot ishlab chiqariladigan ish joylarida qo‘llaniladi, shuning uchun ham amalda
undan kamroq foydalaniladi. Korxonaning birigada va uchastkalarida butunlay bir xil
mahsulot ishlab chiqarilsa, bunday holatdagina natural usul qo‘llanilishi mumkin:
Natural usulning bir ko‘rinishi shartli-natural usul bo‘lib, bunda ish hajmi bir xil
mahsulotning shartli birligida hisobga olinadi. Masalan, turli hajmdagi vagonlarga, turli
hajmdagi konserva bankalari shartli bankalarga, turli poyabzallar shartli juftga
aylantiriladi. Shartli o‘lchovlarga aylantirish, odatda, o‘tkazish birliklari koeffitsentlari
yordamida amalga oshiriladi. Shartli natural usul qo‘llanish uchun qulaydir, chunki
Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations
Special Issue – 8 (2021) / ISSN 2181-1415
325
ko‘pgina xilma-xil tovarlarning, xizmatlarning aylantirish koeffitsentlari yordamida ishlab
chiqarishni qiyoslanadigan turga keltirish mumkin. Masalan, un, non va makaron
mahsulotlari sotish xarajatlarini non-bulka mahsulotlarini shartli kilogrammiga
aylantirish orqali ifodalash mumkin. Mehnat unumdorligini o‘lchashning yana bir keng
tarqalgan usuli mehnat usulidir.Mehnat usulining afzal tomoni uni barcha ish turlari va
xizmatlarga tatbiq etish mumkinligidir. Biroq bu usuldan keng foydalanishda har bir ish
turi uchun vaqt normativlari zarurdir, ular hamisha ham mavjud bo‘lavermaydi. Bu
usuldan ishbay ishlovchi xodimlar mehnat unumdorligini hisoblash uchun foydalanib
bo‘lmaydi, chunki ular uchun vaqt normalari tatbiq etilmaydi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Abdurahmonov Q., Bozorov N., Volgin N., va boshqalar. “Mehnat iqtisodiyoti va
sotsiologiyasi”. Toshkent: “O‘qituvchi” – 2001-yil. – B. 445–462.
2.
Gasanov M., Sokolov E. “O‘zbekistonning mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari:
savollar va javoblar”. Toshkent: “O‘qituvchi” – 2001-yil. – B. 10–13
3.
Iqtisodiy nazariya. Sokolinskiy V.M. Ed – 2015.
4.
Iqtisodiy nazariya. Nikolaeva I.P. Ed – 2015.
5.
https://ilovs.ru/uz/otnosheniya/sposoby-povysheniya-proizvoditelnosti-truda-
puti-povysheniya-proizvoditelnosti-truda.html.
6.
https://fayllar.org/mehnat-unumdorligi-uni-oshirish-omillari-va-
korsatkichlari-rej.html.
