Авторы

  • Мухаббат Маткаримова
    стажер – исследователь, Нукусский государственный педагогический институт имени Аджинияза, Нукус, Узбекистан

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol2-iss8/S-pp315-319

Ключевые слова:

система образования педагогика психология учащиеся младших классов психологические темпераменты интерактивные методы интерактивные уроки

Аннотация

Важно добиться эффективных результатов в системе образования и изучить психологические особенности учащихся в процессе обучения.  Это требует от учителя как педагогических, так и психологических знаний. Исследования в системе среднего образования показывают, что быстрое изменение психологического состояния учащихся одного и того же возраста начальной школы оказывает прямое влияние на их учебный процесс.  Также важно, чтобы специалисты в этой области обладали качествами интеллекта и умением находить положительное решение в этих ситуациях.  То есть в данной статье подробно рассматриваются психологические особенности учащихся младшего школьного возраста в процессе обучения.


background image

Жамият ва инновациялар –

Общество и инновации –

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

In the learning process of small school-age students
psychological characteristics

Muxabbat MATKARIMOVA

1


Nukus State Pedagogical Institute named after Ajiniyaz

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received July 2021
Received in revised form
20 July 2021
Accepted 15 August 2021
Available online
15 September 2021

It is important to achieve effective results in the education

system and to study the psychological characteristics of students
in the learning process. This requires both pedagogical and
psychological knowledge from the teacher. Research in the
secondary education system shows that the rapid change in the
psychological state of students of the same primary school age
has a direct impact on their learning process. It is also important
that experts in the field have the qualities of intelligence and the
ability to find a positive solution to these situations. That is, this
article discusses in detail the psychological characteristics of
students of primary school age in the learning process.

2181-1415/© 2021 in Science LLC.
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

education system,
pedagogy,
psychology,
junior,
school-age students,
psychological
temperaments,
interactive methods,
interactive lessons.

Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning o‘quv jarayonida
psixologik xususiyatlar

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar:

ta’lim tizimi,
pedagogika,
psixologiya,
kichik maktab yoshidagi
o‘quvchilar,
psixologik temperamentlar,
interfaol metodlar,
interaktiv darslar.

Ta’lim tizimida samarali natijalarga erishish va o‘quvchi-

larning o‘quv jarayonida psixologik xususiyatlarini o‘rganish
muhim sanaladi. Bunda, o‘qituvchidan ham pedagogik, ham
psixologik bilimlar talab etiladi. O‘rta ta’lim tizimida olib borilgan
tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, ayni kichik maktab yoshidagi
o‘quvchilar psixologik holatining tez o‘zgaruvchanligi ularning
ta’lim olish jarayoniga bevosita o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Bu esa soha
mutaxassislaridan ziyraklik va ularning bu holatlariga ijobiy
yechim topa olish hislatlariga ham ega bo‘lishlari zarur. Ya’ni
ushbu maqolada, kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning o‘quv
jarayonida psixologik xususiyatlari haqida batafsil fikr yuritiladi.

1

trainee-researcher, Nukus State Pedagogical Institute named after Ajiniyaz, Nukus, Uzbekistan.


background image

Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations

Special Issue – 8 (2021) / ISSN 2181-1415

316

Психологические характеристики в процессе обучения
учащихся младших классов

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

система образования,
педагогика,
психология,
учащиеся младших
классов,
психологические
темпераменты,
интерактивные методы,
интерактивные уроки.

Важно добиться эффективных результатов в системе

образования и изучить психологические особенности
учащихся в процессе обучения. Это требует от учителя как
педагогических,

так

и

психологических

знаний.

Исследования в системе среднего образования показывают,
что быстрое изменение психологического состояния
учащихся одного и того же возраста начальной школы
оказывает прямое влияние на их учебный процесс. Также
важно, чтобы специалисты в этой области обладали
качествами

интеллекта

и

умением

находить

положительное решение в этих ситуациях. То есть в данной
статье

подробно

рассматриваются

психологические

особенности учащихся младшего школьного возраста в
процессе обучения.


Har qanday yoshdagi bolalarga maktabda yaxshi ta’lim olishlarida va darsga

qiziqishlarida qandaydir motivatsiya kerak bo‘ladi. Balki ular uy vazifasini bajarishda
qiynalishadi, baholari tushib ketadi. Bu esa ularning qiziqishlari va psixologiyasiga qattiq
ta’sir qiladi. Ayniqsa, kichik maktab yoshidagi bolalar a’lo baho olishni yoqtiradilar.
Faktlarga ko‘ra, ushbu yoshdagi o‘quvchilarning 70 foizdan ko‘proq qismi, aynan a’lo baho
olishni xohlaydi va bu ularni darsga qiziqishlariga ham sabab bo‘ladi. Kichik maktab
yoshidagi o‘quvchilar ishtirokida Amerikaning o‘nlab maktablarida o‘tkazilgan psixologik
so‘rovnoma shuni ko‘rsatadiki, bu yoshdagi bolalar erkinlikni va erkalashni (rag‘bat,
maqtov) ni juda yaxshi ko‘radilar. Maktablarda ta’lim sifatini oshirish faqat pedagog-
larning vazifasi emas. Boisi, ta’limda o‘quvchilarning ruhiy holati ham muhim ahamiyatga
ega. Shu boisdan, Yevropa mamlakatlaridagi maktablarda bir emas, o‘nlab bolalar,
o‘smirlar va yoshlar psixologlari o‘z ish faoliyatini olib borishadi. Bu esa ta’lim sifatining
va o‘quchilar bilim saviyasining ortishiga xizmat qilgan. Bu amaliyit joriy etilgan maktablar
rengtingida 7,8 foiz o‘sish holati qayd etilgan.

Mutaxassislar tavsiyasiga ko‘ra, kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning

motivatsiyasi bilan bog‘liq muammolar borligi sezilsa, albatta, bolalar psixologiga
murojaat qilish kerak. Boisi, bu ularning ta’lim olishiga salbiy ta’sir etadi va bu o‘quvchilar
kelajagiga ham ta’sir o‘tkazadi. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda ko‘pincha darsga
qiziqishni sustligi kuzatiladi. Kanadalik olimlarning tadqiqotlariga ko‘ra, buning bir nechta
sabablari aniqlangan. Birinchidan, bu ularning oilaviy muhiti, tashqi muhit, ularning fe’l
atvori va qaysi psixologik tipga ularda dominantlik qilishi bilan aniqlanadi. Ya’ni,
I. Alexandra aytgandek, “Yaxshi pedagog – yaxshi psixologik bo‘lishi kerak”. Shu bosidan
ham yosh kadrlarga ham pedagogik ham psixologik ta’lim berish ijobiy samara beradi.
Avvalo, siz ta’lim berayotgan sinfda qanday temperament psixologik tipga mansub
o‘quvchilar ko‘pligini hisobga oling. Ya’ni kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar
psixologiyasidagi o‘zgachalikni yaxshilab o‘rganib olish, ta’lim sifatini ham, bolalar
qiziqishini ham ortishida eng muhimi hisoblanadi. Ma’lumki, har bir insonda 4 ta
psixologik temperament mavjud bo‘lib, ularning hammasi aslida har birimizda bor, lekin
ulardan bittasi yoki bir nechtasi bizda dominantlik qiladi.


background image

Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations

Special Issue – 8 (2021) / ISSN 2181-1415

317

Misol uchun: Xolerik temperament – hissiyotning tez va kuchli qo‘zg‘aluvchanligi,

barqaror bo‘lishi bilan farq qiladi. Xoleriklar qizg‘inlik va tajanglikka moyil bo‘ladilar.
Bunday temperamentli o‘quvchilar chaqqon, umuman harakatchan, serg‘ayrat va har doim
urinuvchan bo‘ladilar. Ular ko‘pchilik bilan jamoa o‘yinlar o‘tkazishni sevadilar va bunday
o‘yinlarni ko‘pincha o‘zlari boshlab, oxirigacha aktiv qatnashadilar. Xolerik temperamentli
bolalar arazchan, serjahl va tajang bo‘ladilar. Bir narsadan xafa bo‘lsalar, bu xafalik ularda
uzoq saqlanadi. Bu temperamentdagi o‘quvchilar bilan ishlayitganda iloji boricha bosiqlik
bilan munosabatda bo‘lish zarur. Psixologlarning tavsiyasiga ko‘ra esa, ularning g‘ayratlari
va shijoati ta’limga yo‘naltira olinsa, ulardan kelajakda kuchli mutaxassislar yetishib
chiqadi. Buning uchun esa pedagogdan yuqori salohiyat talab etiladi.

Sangvinik temperament – hissiyotning tez, kuchli qo‘zg‘aluvchanligi, lekin beqaror

bo‘lishi bilan farq qiladi. Sang­vinik temperamentli kishilarning kayfiyati tez-tez o‘zgarib,
bir kayfiyat o‘ziga teskari bo‘lgan ikkinchi bir kayfiyat bilan tez almashib turishi mumkin.
Sangvinik temperamentli bolalar juda serharakat, ildam va chaqqon bo‘ladilar. Ular har
qanday ishga qatnashish uchun doim tayyor bo‘ladilar. Ko‘pincha, bir qancha vazifalarni
birdaniga bo‘yinlariga oladilar. Lekin, har bir ishga ishtiyoq bilan tez kirishganliklari
singari, boshlagan ish­dan tez qaytishlari ham mumkin. Ma’lumotlarga ko‘ra, aynan ushbu
temperamentga mansub o‘quvchilarning ko‘pligi darsning qiziqarliroq bo‘lishiga yordam
beradi. Bu tipdagilar bilimga chanqoq bo‘lishadi. Bu temeperamentdagi o‘quvchilar sizga
sinfda eng yaxshi yordamchi bo‘la oladilar. Ularga ta’lim berishda odatda, taxminan 80 foiz
vaziyatlarda pedagoglar qiynalishmas ekanlar.

Melanxolik temperament – hissiyotning sekin, lekin kuchli qo‘zg‘aluvchanligi va

barqaror bo‘lishi bilan farq qiladi. Melanxoliklar barqaror, davomli bir kayfiyatga moyil
bo‘ladilar, lekin hissiyotlarining tashqi ifodasi juda zaif bo‘ladi. Bunday temperamentli
bolalar mo‘min-qobil, yuvosh bo‘ladilar, ko‘pincha, birov savol bilan murojaat qilsa, uyalib,
tortinib javob beradilar. Ko‘pincha, bu temperamentdagi o‘quvchilar bilan ishlashda biroz
qiyinchilik bo‘ladi. Sababi shundaki ularni darsga qatnashtirish, savollarga javob olish yoki
boshqa tashkiliy ishlarda ularning fe’l atvorida biroz sustlik kuzatiladi. Xarakter jihatidan
esa ular odatda kamgap bo‘ladi. O‘z bilganlarini ham aytib berishga qiynaladilar.
Pedagoglardan bu vaziyatda salkam haqiqiy psixolog bo‘lish talab etiladi. Sababi siz har bir
o‘quvchining ertasi, kelajagi uchun mas’ul shaxslardan birisiz. Bu vaziyatda, psixolog-
larning birinchi tavsiyasi ular bilan oz vaqt bo‘lsa-da, individual tarzda ishlash hisoblanadi.
Bu esa ularga o‘z iqtidorlarini namoyon etishlarida qo‘shincha imkoniyatni taqdim etadi.

Flegmatik temperament – hissiyotning juda sekin, kuchsiz qo‘zg‘alishi va uzoq

davom etmasligi bilan farq qiladi. Flegmatik temperamentli bolalar yuvosh, mo‘min qobil
bo‘ladi. Ular ko‘pchilikka ham aralashadigan, tortinchoq va hyech kimga tegmaydigan,
birovni ranjitmaydigan bo‘ladilar. Agar birov ular bilan urish chiqarmoqchi bo‘lsa, o‘zlarini
chetga olishga harakat qiladilar. Ular shovqin-suronli, harakatli o‘yinlarga moyil
bo‘lmaydilar. Bu hil temperamentli bolalar jizzaki bo‘lmaydilar va odatda ular o‘yin-
kulgilarga moyil emaslar. Flegmatik temperamentli kishilar (bolalar) tashabbus
ko‘rsatishga moyil bo‘lmaydilar, lekin ular faoliyatini yo‘lga qo‘yilsa, ancha qunt bilan ish
ko‘radilar, yaxshi o‘qib ketishlari mumkin. Albatta, sinfda bu temperamentdagi bolalar
ham bo‘ladi. Bu bolalarni hech qachon turli tadbirlard qatnashishga qattiq undamang.
Boisi, ular psixologik jihatdan bu kabi ishlarni yoqtirmaydi va bu bilan siz ularning ruhiy
holatuga salbiy ta’sir etishingiz mumkin. Ammo, o‘z navbatida bu temperamentga mansub
bolalar darsni yaxshi o‘zlashtiradilar va ularda xotira ham kuchli bo‘ladi.


background image

Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations

Special Issue – 8 (2021) / ISSN 2181-1415

318

O‘quvchilarning kelajagi, taraqqiyoti va ta’limi haqidagi bilimlar tez sur’atlar bilan

o‘sib borar ekan, ta’limning yanada samarali amaliyotini shakllantirish imkoniyati ham
oshdi. Ammo, bu yutuqlardan foydalanish, biologik, psixologik, sotsiologik, rivojlanish va
o‘rganish kabi bilimlarni birlashtirishni va ularni ta’limda paydo bo‘layotgan
muvaffaqiyatli yondashuvlar haqidagi tasavvurlar orqali o‘quvchilarni darsga qiziqtirish
samarali hisoblanadi. Ta’lim imkoniyatlarini qo‘llab-quvvatlaydigan, puxta o‘rganilgan
strategiyalar to‘g‘risidagi ta’lim fanlari va bir qancha ta’lim tadqiqotlari dalillari ya’ni xorij
tarjibasidan olib qarasak o‘quvchilarni zamonaviy texnologiyalar va IT asosida darsga
qiziqtirish mumkin. Bundan tashqari, biz o‘qituvchilarga individual o‘zgaruvchanlikka
javob berishga, qiyinchiliklarni bartaraf etishga va chidamlilikni qo‘llab -quvvatlashga
yordam beradigan amaliyotlar haqidagi tadqiqotlarni ko‘rib chiqamiz, bunda maktablar
barcha bolalarning bilim olishiga ijobiy yo‘llarini topishga imkon beradi.

Xususan “shaxslar va kontekstlar o‘rtasidagi o‘zaro ta’sirchan munosabatlar”ni

nazarda tutadigan, o‘zaro bog‘liq rivojlanish tizimlari asosida kichik maktab yoshidagi
o‘quvchilarning psixologiyasini shakllantirish mumkin. Bu tizim bolaning jismoniy va
psixologik, kognitiv, ijtimoiy va hissiy jarayonlari bilan bir qatorda maktabda ham, undan
tashqarida ham atrof muhit omillari, munosabatlar va o‘qish imkoniyatlarining o‘zaro
ta’siri natijasida qanday shakllanishini aniq ko‘rsatib beradi. boshqasi - ham biologik, ham
funktsional jihatdan - ular o‘rganishga imkon beradi.

Dars paytida kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarni mashg‘ulotlarga jalb qilishda

turli interaktiv darslar va interfaol metodlardan foydalanish kerak bo‘ladi. Ma’lumki,
bolalarning e’tiborlari juda qisqa. Aniq uzunlik borasida fikrlar turlicha, lekin odatda
5 yoshli bolaning diqqatini jamlanganda 10-15 daqiqagacha, 11 yoshli bolada esa
maksimal 25 daqiqani boshqarishi mumkin. Hozirgi vaqtda bolalar tez o‘zgaruvchan va
rag‘batlantiruvchi muhitga o‘rganib qolgan-ba’zi bolalar teleko‘rsatuvlarini ko‘rishga
harakat qiling, shunda siz ular bilan tanish bo‘lgan narsalarni sezasiz. Juda qiyin vazifa
bolani osonlikcha taslim bo‘lishga majbur qilishi mumkin yoki hatto muvaffaqiyatsizlikka
yo‘l qo‘ymaslik uchun noto‘g‘ri yo‘l tutishi mumkin, juda oson ish esa zerikishga olib kelishi
mumkin. Bolalar turli yo‘llar bilan o‘rganadilar - kimdir vizual tarzda yaxshiroq o‘rganishi
mumkin, kimdir eshitish orqali, kimdir amaliy mashg‘ulotlar (kinestetik) orqali. Shu
boisdan bolalarga o‘rganishning turli usullarini taklif qilish va ularga tanlash imkoniyatini
berish zarur.

O‘quvchilar miyasiga dam tanaffus berish. Bu g‘alati g‘oya bo‘lib tuyulishi mumkin,

lekin qisqa vaqtdan so‘ng o‘quvchilarning gapini to‘xtatish yaxshi ish. Fokusning qisqa
o‘zgarishi miyaga dam beradi va vazifaga qaytganida bolalar diqqatini jamlaydilar.
Shunday qilib, taxminan 10 daqiqadan so‘ng, tanaffus qilish, 2 daqiqa baquvvat mashqlar
orqali (masalan, joyida yugurish, yuqoriga va pastga sakrash), qisqa qo‘shiq kuylash yoki
shunga o‘xshash narsalar bolalarning qiziqishlarini orttiradi.

Xulosa qilib aytganda, pedagog o‘z o‘quvchilarining psixologik holatini qanchalik

yaxshi bilsa, ta’lim berish ham osonlashadi. O‘quvchilarning dars mashg‘ulotlariga
qiziqishlarini ortishiga esa pedagogning kreativ fikrlashiga bog‘liq. Eng muhimi, odatiylik
va bir xillikdan qochish kerak. Interfaol darslar davomida har bir o‘quvchining psixologik
temperamentini bilgan holatda ular bilan savol javob tarzida dars mashg‘ulotini olib borish
ta’lim sifatiga ijobiy ta’sir etadi. O‘quvchilar bilan ishlashda pedagog o‘zida psixologik
bilimlarni va yaxshi kommunikatsiya qila olish qobiliyatini shakllantira olsa, bilim berish
hamda o‘quvchilarni yaxshi tushunishda ko‘maklashadi. Kichik maktab yoshidagi


background image

Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations

Special Issue – 8 (2021) / ISSN 2181-1415

319

o‘quvchilarning o‘quvga bo‘lgan qiziquvchanligini shakllantirishning psixologik
o‘zgachaligi aynan ularning temperamentlari bilan bog‘liq. Shu boisdan ham pedagog
kuzatuvchan bo‘lishi va har bir o‘quvchining psixologiyasining o‘zgachaligini yaxshilab
o‘rganib olishi zarur.


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.

Azevedo F.S. (2018). An inquiry into the structure of situational interests. Science

Education, 102(1), – PP. 108–119.

2.

Bergin C., & Bergin D. (2009). Attachment in the classroom. Educational

Psychology Review, 21, 141–142-p Retrieved from https://doi.org/10.1007/s10648-009-
9104-0.

3.

Bogart V. (2002). The effects of psychology on the academic achievement of

elementary school students. East Tennessee State University. – PP. 81–82.

4.

Temperament Tiplari va xarakter xususiyatlarining o‘quvchilarda shakllanishi

https://atelim.com/alisher-navoiy-nomidagi-samarqand-davlat-universiteti-
psixolog.html?part=2.

5.

https://bmcpsychology.biomedcentral.com/articles/10.1186/s40359-020-

00428-y.

6.

https://www.routledge.com/Primary-School-Teaching-and-Educational-

Psychology/Galloway-Edwards/p/book/9780582497160.

Библиографические ссылки

Azevedo, F. S. (2018). An inquiry into the structure of situational interests. Science Education, 102(1), 108–119-p

Bergin, C., & Bergin, D. (2009). Attachment in the classroom. Educational Psychology Review, 21, 141–142-p Retrieved from https://doi.org/10.1007/s10648-009-9104-0

Bogart, V. (2002). The effects of psychology on the academic achievement of elementary school students. East Tennessee State University. 81-82-p

Temperament Tiplari va xarakter xususiyatlarining o’quvchilarda shakllanishi https://atelim.com/alisher-navoiy-nomidagi-samarqand-davlat-universiteti-psixolog.html?part=2