Жамият ва инновациялар –
Общество и инновации –
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Development of motor skills through gymnastic exercises for
preschoolers
Usmonjon RAJAPOV
1
, Iroda ALIEVA
2
Tashkent State Pedagogical University named after Nizami
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received August 2021
Received in revised form
20 August 2021
Accepted 25 September 2021
Available online
25 October 2021
In the article is informed about physical training in early
stages pre-school education and also importance physical
education, types of physical culture, skills, mastering of balance
and exercises directed into adaptation movement for changing
circumstances.
2181-1415/© 2021 in Science LLC.
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
gymnastics,
action,
sports exercises,
simple tourism,
simple and complex
exercises,
artificial movement,
exercise that develops total,
physical downlands,
coordination of actions,
item gymnastics.
Maktabgacha
ta’lim
muassasalarida
tarbiyalanuvchilarning
gimnastika mashqlari orqali harakat ko‘nikmalarini rivojlantirish
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar:
gimnastika,
harakat,
sport mashqlari,
oddiy turizm,
oddiy va murakkab
mashqlar,
sun’iy harakat,
Maqolada maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyalanuvchi-
larini hamda uzluksiz ta’limning keyingi bosqichida jismoniy
tarbiyaning ahamiyati asosiy mazmuni va jismoniy tarbiyaning
turlari, ularda bolalar uchun chaqqonlik harakatlari, muvozanat
maxorati hamda o‘zgarib turadigan sharoitlarga tez va oson
moslashib ketishga mo‘ljallangan mashqlar haqida ma’lumotlar
keltirilgan.
1
Associate Professor, Department of Physical Culture, Faculty of Early Education, Tashkent State Pedagogical
University named after Nizami. Tashkent, Uzbekistan.
2
Master’s student of Physics and Theory and Methods of Sports Exercises, Tashkent State Pedagogical University
named after Nizami. Tashkent, Uzbekistan. E-mail: iroda2021@gmail.com.
Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations
Issue – 2 № 5 (2021) / ISSN 2181-1415
136
umumiy rivojlantiruvchi
mashqlar,
jismoniy yuklama,
harakatlarni
muvofiqlashtirish,
ertalabki gimnastika.
Развитие движений навыков с помощью гимнастических
упражнений для дошкольников
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
гимнастика,
действие,
спортивные упражнения,
просто туризм,
комплексные упражнения,
искусственные движения,
упражнения,
которые развивает общую,
физических загрузок,
координация действий,
элемент гимнастики.
В статье представлена информация о важности
физического воспитания на ранних этапах дошкольного
образования, а также о важности физического воспитания и
видов физической культуры навыков ловкости, мастерства
равновесия и упражнений, направленных на быструю
адаптацию к меняющимся обстоятельствам.
Muxtaram birinchi Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek, nimani o‘z oldimizga maqsad
qilib qo‘ymaylik, qanday buyuk ishlarni amalga oshirishga intilmaylik, barcha oliyjanob
harakatlarimizning zamirida farzandlarimizning ham jismonan, ham ma’naviy jihatdan
sog‘lom qilib o‘stirish, ularning baxtu-saodati, farovon kelajagini ko‘rish, dunyoda xech
kimdan kam bo‘lmaydigan avlodni tarbiyalash orzusi mujassamdir.
Haqiqatan ham, mamalakatimizda barkamol avlod tarbiyasiga faqat ta’lim, sport
yoki tibbiyot sohasining masalasi deb emas, balki barcha soha va tarmoqlar faoliyatini
majmuali tarzda safarbar etishni taqozo etadigan ko‘p qirrali, keng tarmoqli vazifa sifatida
qaralmoqda.
Jumladan, bugungi kunda birinchi Prezidentimiz g‘oyasi asosida tashkil qilingan,
dunyoda noyob tuzilma sifatida e’tirof etilgan “Bolalar sportini ruivojlantirish jamg‘ar-
masi” faoliyati ham shu maqsadga qaratilgan.
Shu jumladan “Ta’lim to‘g‘risidagi qonun”, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” ning
maqdsad va vazifalari shular qatorida. Bular qatorida Maktabgacha ta’lim tizimi bosh
bo‘g‘in sifatida har tomonlama sog‘lom va barkamol bola shaxsini tarbiyalash va maktabga
tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Davlatimiz raxbari Sh.Mirziyoyevning ushbu so‘zlari ham bugungi kunda ta’limga,
qolaversa uning bosh bo‘g‘ini bo‘lgan maktabgacha ta’lim sohasiga qaratilayotgan e’tibor-
ning yuksakligidan dalolardir “Maqsadimiz kelgusi 3-4 yil ichida mamlakatimizdagi
bog‘cha yoshiadgi bolalarni maktabgacha ta’lim muassasalariga to‘liq qamrab olishdan
iborat va biz bunga albatta erishamiz”.
Jismonan barkamol, axloqan pok, estetik didli, e’tiqodli, sadoqatli, texnika ilmining
zamonaviy asoslarini puxta egallagan, har taraflama ma’naviy yetuk, jismonan gormonik
rivojlangan kishini tarbiyalash hozirgi kungacha davrimizning asosiy vazifalaridan biri
xisoblanib kelinmoqda. Hozir ham bu dastur o‘z axamiyatini yo‘qotgani yo‘q. U
mamlakatimizda amalga oshirilayotgan “Sog‘lom avlod uchun” dasturining o‘zagini tashkil
etadi.
Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations
Issue – 2 № 5 (2021) / ISSN 2181-1415
137
Shunday ekan maktabgacha ta’lim qolaversa uzluksiz ta’limning keyingi bosqich-
larida ham jismoniy tarbiyaning axamiyati katta.
Bolalar bog‘chasida jismomoniy tarbiyaning asosiy mazmunini ijsmoniy mashqlar
tashkil etadi. Ular quyidagi jismoniy tarbiya turlaridan iborat bo‘ladi:
–
gimnastika;
–
harakatli o‘yinlar;
–
sport mashqlari;
–
oddiy turizm.
Jismoniy tarbiyada oddiy va murakkab mashqlarning g‘oyat xilma-xilligi, tabiiy va
sun’iy harakatlartning qo‘shilib ketishi buyumlarsiz, buyumlar bilan bajariladigan,
jixozlarda bajariladigan mashqlarning mushtarakligi: shug‘ullanuvchilar organizmiga
umumiy, har tomonlama ta’sir o‘tkazish bilan u yoki bu muskul guruhlarining ayrim
joylariga ko‘proq ta’sir ko‘rsata olish imkoniyati: fiziologik yuklamani shug‘ullanuvchilar
organizmiga nisbatan aniq muvofiqlashtirish imkoniyatining mavjudligi gimnastikaning
boshqa jismoniy mashqlardan farq qiladigan xususiyatlaridir. Shu tufayli gimnastika
muvozanat saqlash va davolash axamiyatiga ega bo‘lishi mumnkin. Bolalar bog‘chalarida
asosiy gimnastika bilan uning turlaridan biri bo‘lgan gigiyenik gimnastikadan foyda-
laniladi. Asosan gimnastika sog‘liqni mustaxkamlashga, organizmni rivojlantirish va
chiniqtirishga, ish qobiliyatini oshirishga qaratilgan. Qaddi-qomatning noto‘g‘ri o‘sishi va
yassi oyoqlikni oldini olish gimnastikaning eng muhim vazifasi hisoblanadi.
Asosiy gimnastika vositalari xayotiy zarur harakatlarni bajarish malakasini
shakllantirish va takomillashtirishga, asosiy harakat sifatini rivojlantirishga, shuningdek,
hosil qilingan malakani amaliy faoliyatda: xayotda, o‘yinda, mashg‘ulotlarda qo‘llay bilish
maxoratiga erishiladi.
Bolalar bog‘chasida o‘tkaziladigan gimnastikaning o‘ziga hos hususuyati bolalarni
to‘g‘ri harakatlarga o‘rgatishdan iborat. Bunda bolalar to‘g‘ri yurish maxoratini takomil-
lashtirib boradilar, harakatlarni tarbiyachi talab qilgan sur’at maromda aniq, puxta
bajarishga o‘rganadilar, har bir bolaning harakati butun jamoaning harakati bilan muvofiq-
lashtirib boriladi. Gimnastika bolalarni uyushqoq va intizomli qilib o‘stirishda katta
axamiyatga ega.
Gimnastikaning mazmuni asosiy harakatlar, umumiy rivojlantiruvchi mashqlar,
saflanish va qayta saflanish, raqs mashqlari tashkil etadi.
Mashqlar harakatlarning harakteriga ko‘ra o‘zgaruvchan va turg‘un mashqlarga
bo‘linadi. Joyida harakat qilib bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan mashqlar o‘zgaruvchan
mashqlarga kiradi. O‘zgaruvchan mashqlarda harakatlar va muskullarning ishlashi tez-tez
o‘zgarib, mashqlar goh ko‘p, goh kam kuch sarflangan holda bajariladi. Bu esa bolalarning
harakat qilish apparatlarini rivojlantirish uchun ayniqsa yaxshi ta’sir ko‘rsatadi. Turg‘un
mashgqlar esa muskul guruhlarining bir holatda uzoq vaqt zo‘r berib turishiga asoslangan.
Bu esa qon aylanishini, nafas olish a’zolari faoliyatini qiyinlashtirib qo‘yadi.
Maktabgacha yoshdagi bolaning mushaklarida ish qobiliyati hali kuchsiz bo‘lib,
bolalar hadeb bir xil harakat qilaverishi natijasida tezda toliqib qoladilar. Mashqlarni
tanlab ularning me’yorini belgilash vaqtida mana shularning hammasini hisobga olish
kerak.
Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun chaqqonlikni rivojlantiradigan, harakatlarni
muvofiqlashtirish mahoratini oshiradigan, o‘zgarib turadigan sharoitlarga tez va oson
moslashib ketishga mo‘ljallangan mashqlar ko‘piroq muvofiq keladi. Gimnastika, asosan,
Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations
Issue – 2 № 5 (2021) / ISSN 2181-1415
138
yirik muskul guruhlarining faol ishlashiga asoslangan harakatlar orqali amalga oshiriladi
(uloqtirish, sakrash, tirmashish, cho‘qqayib o‘tirish, engashish va hakozolar). Biroq
bolalarga ko‘proq gavdaning ayrim bir qismiga, ayrim mushak, qon tomir guruhlariga
ko‘proq ta’sir qiluvchi ba’zi mashqlarni, masalan, tovon-to‘piq muskullarini mustah-
kamlovchi mashqlar (oyoq uchlarida yurish, mayda buyumlarni oyoq uchi bilan bir joydan
ikkinchi joyga olish, arqonni oyoq barmoqlari bilan tortish, yoki yig‘ib olish kabi) bo‘yin
muskullarini mustaxkamlovchi mashqlar (boshni burish va engashtirish), qo‘l barmoq-
laridagi muskullarni mustaxkamlovchi (barmoqlarni bukish va yozish, halqa yoki tayoqni
barmoqlar bilan aylantirish) mashqlari ham tavsiya etiladi.
Maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy yuklamadan tez charchab qoladilar, lekin
ulardagi ish qobiliyati nisbatan tez tiklanadi. Shuning uchun mashg‘ulotda jismoniy
yuklama qisqa muddatli tanaffuslar bilan yoki muskullarni bo‘shashtiruvchi mashqlar
bilan tez-tez almashtirib turilishi maqsadga muvofiqdir.
Uch yoshdan yetti yoshgacha bo‘lgan bolalar asosan, o‘zlari kundalik hayotlarida
foydalanadigan harakatlarni(yurish, uloqtirish, sakrash va shunga o‘xshahs harakatlar)
o‘rganib oladilar. Biroq, xatto mana shu oddiy harakatlar ham ularda hali takomil-
lashmagan bo‘ladi: bu harakatlar xali yetarli darajada muvofiqlashmagan bo‘lib, ularni
aniq bajarmaydilar, ularning tezligi ham juda past bo‘ladi. Maktabgacha yoshdagi bolalar
uchun harakatlarning son va sifat jihatdan asta-sekin rivojlanib borishi harakterlidir.
Asosiy harakatlar. Yurish, yugurish, emaklash va tirmashib chiqish, uloqtirish va ilib
olish, muvozanat saqlash mashqlari asosiy harakatlarga kiradi.
Asosiy harakatlarning o‘z vaqtida rivojlanishi bolaning harakat qilish tajribasini
boyitadi, unga o‘z atrofidagi muhitda erkin harakat qilish imkonini beradi, o‘z kuchiga
ishonch hissini, faollik, dovyuraklikni tarbiyalaydi.
Asosiy harakatlar bolalarning jismoniy jihatdan har tomonlama rivojlanishiga ijobiy
ta’sir ko‘rsatadi: muskullarni, paylarni, qon tomirlarni mustaxkamlaydi va rivojlantiradi,
yurak-qon tomir hamda nafas olish sistemalari, ichki organlar va terining ishlashini
yaxshilaydi. Agar asosiy harakatlar ochiq havoda o‘tkazilsa, ularning sog‘lomlashtiruvchi
ta’siri ayniqsa ortadi.
Asosiy harakatlar garchi juda oddiy bo‘lib tuyulsa xam biroq ularning ayrimlari
bolalar uchun murakkab xisoblanadi. Muntazam ravishda mashq qilib, o‘rganib boorish
orqaligina ularni to‘g‘ri bajaradigan bo‘lishi mumkun.
Yurish bolaning tabiiy harakat qilishidir. Yurish uchun harakatlarning siklligi o‘ziga
hos xususiyat kasb etadi. Harakatlarning siklligi bir hildagi sikllarning ko‘p marotaba
takrorlanib turishidan iborat bo‘ladi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning ko‘pchiligi yurgan vaqtda tovon-to‘piqlartini bir
biriga parallel xolda yoki ozgina ichkariga burgan holda bosadilar.
Gavda muvozanatini saqlashda yelka va qo‘l harakatlari katta yordam beradi. Ular
bir maromda harakat qiladilar va bu harakatlar oyoqlarning harakati bilan muvofiq-
lashtirilgan bo‘ladi. Maktabgacha yoshdagi bolalarda harakatlarni muvofiqlashtirishlari
ularning yoshiga qarab muvofiqlashib boradi.
Bolalar guruhlari bilan o‘tkazilgan yurisyh mashqlari jamoada harakatlarni
muvofiqlashtirishga, uyushqoqlikni tarbiyalashga yordam beradi. Mashg‘ulotlarda yurish
usullarini, sur’atini, yo‘nalishini o‘zgartirib turish, turli saflanishlarda yurish mashqlarini
o‘tkazish maqsadga muvofiqdir. Bu boladagi qiziqishni oshiradi, ularda yurishning bir
usulidan ikkinchi usuliga o‘tish qobiliyatini rivojlantirishga yordam beradi.
Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations
Issue – 2 № 5 (2021) / ISSN 2181-1415
139
Yurish vaqtida musiqa chalib turish, sanash, qarsak chalish, turli musiqa sadolari
yuirish mashqlarini rivojlanishiga yordam beradi.
Yugurish. Tuzilishi bo‘yicha yugurishning yuriush bilan ko‘pgina mushtarak
tomonlari bor, lekin yugurishning o‘ziga xos belgilari ham mavjud. Yugurayotgan kishi
yerdan to‘la uzilgan vaqtda (parvoz paytining mavjudligi) ana shunday belgilarga ega
bo‘ladi.
Gavda yerdan uzilganda yugurish uchun katta tezlik olinadi: qadamlarning uzunligi
ortadi, gavda parvoz vaqtida inersiya bilan oldinga harakat qiladi, sur’at ortadi.
Gavdaning yugurish vaqtidagi holati: ko‘krak yugirilayotgan tomonga qarab biroz
oldinga chiqqan, bosh tik tutilgan holda bo‘ladi.
Ko‘tarilgan oyoq son qismining ancha yuqori ko‘tarilib, boldirning old tomoinga
chiqishi, yerga tiralgan oyoqning shaxt bilan qattiq itarilishi yugurish uchun o‘ziga xos
hususiyatdir. Odatda, yugurish vaqtida qo‘llar tirsakdan biroz bukilgan holatda bo‘lib,
panjalar erkin, barmoqlar bukilgan(biroq musht qilib qislmagan) xolda, yelkalar
qisilmagan holda erkin tutiladi. Harakatlarni muvofiqlashtirish yurish harakatlariga
o‘xshash bo‘ladi.
Yugurayotganda har bir bolaning qo‘l harakatlari o‘zining individual hususiyatlariga
ega bo‘ladi. Bolalardagi qo‘l harakatini bir xil qilishga urinish kerak emas. Maktabgacha
yoshdagi bolalarda qo‘l va oyoq harakatlarini muvofiqlashtirish yugurish vaqtida
yurishdagiga qaraganda ancha oldinroq boshlanadi.
Ertalabki gimnastika hamda mashg‘ulotlar mazmunini fiziologik vazifa bilan
to‘ldirish uchun ularga yugurish mashqi ham kiritiladi. Xususan jismoniy tarbiya mashq-
lari yetarli vazifani ta’minlay olmaydigan material asosiga qurilgan bo‘lsa, u holda
bolalarga bir anjomdan ikkinchisiga o‘tayotganda yugurib borishni taklif qilish yoki
topshiriq bo‘yicha mashqni bajarib bo‘lgandan keyin bir necha marta aylanib yugurishni
buyurish mumkin va hokazo. O‘yin vaqtida yugurish o‘ynovchining emotsional holatini
yaxshilaydi.
Tez yugurib turib, jadal harakatlar bilanm bajariladigan mashqlar bilan yoki boshqa
dam beradigan mashqlar bilan almashtirib turilishi kerak.
Sakrashning har hil turlari mavjud. Bolalar bog‘chasida turgan joyda sakrash, yurib
sakrash, turgan joyda oldinga sakrash hamda balandlikka sakrash, tepadan pastga yoki
boshqacha qilib aytganda chuqurlikka sakrash singari turlardan foydalaniladi. Sakrash
turlaridan biri hisoblangan arqoncha bilan o‘ynab sakrash keng tarqalgan.
Oyoqning yerdan uzilishi va parvoz paytining mavjudligi sakrashning barcha turlari
uchun hosdir. Sakrashning har bir turida harakatning 4 ta fazasi bo‘ladi. Bular: Tayyor-
garlik, depsinish, parvoz, yerga tushish.
Uloqtirish va ilib olish maktabgacha yoshdagi bolalarning harakat faoliyatida va
o‘yinlarda keng qo‘llaniladi. Bunday mashqlar buyumlar bilan harakat qilishga asoslangan:
o‘yinda katta va kichik koptoklardan, qum solingan haltachalardan, ichi to‘ldirilgan kichik
to‘plardan va boshqalardan foydalaniladi.
Uloqtirish va ilib olish mashqlari chaqqonlik, to‘g‘ri mo‘ljalga olish singari sifatlarni
tarbiyalaydi, oyoq, gavda va ayniqsa qo‘l hamda yelka muskullarini mustaxkamlashga
yordam beradi. Shuningdek, bu mashqlar harakatlarni uyg‘unlashtirish iqtidorini
takomilolashtirishga ham xizmat qiladi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarga gimnastika katta axamiyatli bo‘lib bolalarga
barcha xayotiy harakatlarni shakilanishini qamrab oladi.
Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations
Issue – 2 № 5 (2021) / ISSN 2181-1415
140
Muxtaram yurtboshimizning O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi
faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi PQ-3305 sonli qarori bo‘yicha Vazirlikka bir qator
vazifalar yuklatilgan bo‘lib bularning asosiylaridan biri Maktabgacha yoshdagi bolalarni
shakillantirishda jismoniy tarbiyaga alohida ko‘rsatmalar berilib, milltimiz kelajaklari
bo‘lgan yoshlarni har tomonlama shakillanishlari uchun asosiy e’tibor qaratilgan. Bolalik
davridan boshlab xayotiy zaruriy harakat ko‘nikma va malakalarini shakillantirishga,
bolalarni sog‘lom turmush tarzi vositalari bilan uyg‘un xolda ulg‘ayishida ahamiyatli.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YHATI:
1.
Mirziyoyev Sh.M. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 26 yilligiga
bag‘shlangan tantanali marosimdagi nutqi. 31-avgust 2017-yil.
2.
Achilov A. Badiiy gimnastika. Toshkent. – 2010. – B. 16, 18.
3.
Niyozev I. Yengil atletika. Farg‘ona. – 2015. – B. 13, 43.
4.
G‘aniboyev I.D., Soliyev I.R., Adbiyev Sh.A., Yengil atletikachilarni yengil atletika
turlari texnikasiga o‘rgatish uslubiyati. Toshkent. – 2014. – B. 67.
