Жамият ва инновациялар –
Общество и инновации –
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Geodesic work in the design of roads
Murodjon MAMAJONOV
1
, Mirzokhid XOLMIRZAYEV
2
, Ma’rufjon MAMADJONOV
3
Namangan Engineering-Construction Institute
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received August 2021
Received in revised form
20 August 2021
Accepted 15 September 2021
Available online
11 October 2021
This article deals with the role and importance of geodesy in
the design of longitudinal profiles on highways and the use of
geodesy in the design of cross-sections, as well as modern
methods.
2181-1415/© 2021 in Science LLC.
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
red line,
black line,
horizontals,
working height,
interpolation,
automated system,
modulation,
electronic taximeter,
GPS.
Avtomobil yo‘llarini loyihalashda geodezik ishlar
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar:
qizil chiziq,
qora chiziq,
gorizontallar,
ishchi balandlik,
interpolyatsiya,
avtomatlashgan tizim,
modullashtirish,
elektron taksometr,
GPS.
Ushbu maqolada avtomobil yo‘llarida bo‘ylama profilni
loyihalashda uni balandlik belgilarini olish va ko‘ndalang
kesimni loyihalashdagi geodeziyani tutgan o‘rni va ahamiyati
haqidagi masalalar va zamonaviy usullar yoritilgan.
1
Lecturer, Namangan Engineering-Construction Institute, Namangan, Uzbekistan.
E-mail: mamajonovmurodjon7200@gmail.com.
2
Lecturer, Namangan Engineering-Construction Institute, Namangan, Uzbekistan.
E-mail: mxolmirzayevmi6@gmail.com.
3
Senior lecturer, Namangan Engineering-Construction Institute, Namangan, Uzbekistan.
E-mail: ym.nammqi@mail.ru.
Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations
Special Issue – 9 (2021) / ISSN 2181-1415
225
Геодезические работы при проектировании дорог
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
красная линия,
черная линия,
горизонтали,
рабочая высота,
интерполяция,
автоматизированная
система,
модуляция,
электронный таксометр,
GPS.
В статье рассматриваются роль и значение геодезии при
проектировании продольных профилей на автомобильных
дорогах и использование геодезии при проектировании
поперечных сечений, а также современные методы.
KIRISH
Bizga ma’lumki aloqa yo‘llari ichida eng samarali xavfsiz bo‘lgan yo‘llar bu
avtomobil yo‘llaridir. Ammo avtomobil yo‘llarini ham o‘ziga xos nuqsonli tomonlari bor.
Bunday nuqsonlar avtomobil yo‘llarida harakatlanish xavfsizligiga katta ta’sir ko‘rsatib
gina qolmay uning qatnashchilari bo‘lmish transport vositalari, haydovchi, yo‘lovchi va
piyodalarga ham jiddiy xavf tug‘dirishi mumkin. Bilamizki avtomobil yo‘llari doimiy tekis
va ravon joylardan o‘tmaydi. Tog‘li hududlarda dovon, jar, suvli to‘siq, qor va tosh ko‘ch-
kilari kabi muammolarga Shahar joylarda tirbandlik, piyodalar harakati kabi muammo-
larga duch kelinadi. Ushbu muammolarni bartaraf etish va ularga yechim topishda yo‘l
muhandislariga geodezik ishlar katta yordam beradi. Shaharsozlik, bosh rejalar, geodeziya
va kartografiya axborotning keng spektrini qamraydi. Bu sohada va yondosh sohalarda
turli profil mutaxassislari, masalan, shaharsoz muhandislar, kartograflar, bosh rejalar
bo‘yicha muhandislar, geodezistlar, O‘rmonlar muhofazasi va ekologik monitoring
mutaxassislari, yo‘llar muhandislari, transport, suv ta’minoti muhandislari, arxitektorlar
GAT tahlilchilari va ko‘pgina boshqalar ishlashadi.
MATERIALLAR VA METODLAR
Maqolani tayyorlashda qiyosiy tahlil, chet davlatlar tajribalarini o‘rganish va milliy-
lashtirish, kompyuter dasturlarining imkoniyatlarini o‘rganish va sohaga yo‘naltirish,
tarixiylik, mantiqiylik va umumlashtirish metodlari qo‘llanildi.
ASOSIY QISM
Avtomobil yo‘llarini loyihalash ancha murakkab hisob kitoblarga asoslangan holda
amalga oshiriladi. Loyihalash jarayoni ikkiga bo‘linadi. Bular dala ishlari va kameral ishlar.
Dala ishlari asosan loyiha qidiruv ishlari bolim, bu ishlar geodezik ishlar hisoblanadi.
Chizma tekisligida yoyib ko‘rsatilgan yo‘l o‘qining vertikal tekislikdagi proyeksiyasi
yo‘lning bo‘ylama profili deb ataladi. Bo‘ylama profil ayrim yo‘l uchastkalarining bo‘ylama
nishab bilan o‘lchanadigan tikligini va uning qatnov qismining yer betiga nisbatan
joylashuvini tavsiflaydi. Bo‘ylama nishablik avtomobil yo‘llarining transportboplik
sifatlarini tavsiflovchi muhim ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi. Joyning tabiiy qiyaliklari
ko‘pincha avtomobillardan samarali foydalanish uchun zarur bo‘lgan joiz qiymatlaridan
ortiq bo‘ladi. Bunday hollarda yo‘lning nishabligi yer sirti nishabligiga nisbatan yotiqroq
qilinadi, buning uchun tepaliklarga ko‘tarilishlarda gruntning bir qismi qirqib olinadi yoki
aksincha relefning past qismlaridan o‘tish joylariga grunt to‘kiladi. Avtomobil yo‘lini
Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations
Special Issue – 9 (2021) / ISSN 2181-1415
226
loyihalashda ularni birinchi navabatda nivelir orqali gorizontallarni aniqlab olish kerak.
Nivelir yordamida sanoq olinayotganda eng uzoq masofa 100 metrdan oshmasligi kerak.
1-rasm. Bo‘ylama profilda yo‘lning joylashishi:
I – yo‘l “nol” belgilarda; II – ko‘tarmada; III – o‘ymada
Gruntni qirqib olish natijasida yo‘l sirti yer sirtiga nisbatan past bo‘lib olgan joylari o‘ymalar deb,
yo‘lning yer sirtidan balandroq sun’iy to‘kilgan grunt ustidan o‘tadigan yo‘l bo‘laklari esa ko‘tarmalar
deb ataladi. Ushbu ko‘tarma va o‘ymalar avtomobil yo‘lining ko‘ndalang kesimini loyihalashda grunt
sarfi va yo‘lning mustahkamligini belgilaydi. Yer sirtining yo‘l o‘q chizig‘i bo‘yicha belgilari bilan yo‘l
ko‘tarmasining balandligi yoki o‘yma chuqurligini aniqlovchi yo‘l qirg‘og‘i belgilari orasidagi farq ishchi
belgi deb ataladi. Bo‘ylama profilning nishablik o‘zgarganda hosil bo‘ladigan siniq joylari harakatlanish
uchun ator noqulayliklarni keltirib chiqaradi: yo‘ldagi qavariq joylar yo‘lning oldinda joylashgan
qismini ko‘rintirmay qo‘yadi, egrilik radiusi nisbatan kichik bo‘lgan siniq joylarda esa katta tezlikda
yurilganida avtomobilning oldingi o‘qi yengillashib, uni boshqarish mumkin bo‘lmay qoladi; botiq siniq
joylarda harakat yo‘nalishi to‘satdan o‘zgarganligi sababli yo‘lovchilarni bezovta qiladigan va avtomobil
osmasini zo‘riq-tiradigan turtki xosil bo‘ladi. Shuning uchun bo‘ylama profilning siniq joylari tutasht-
iruvchi vertikal egriliklar kiritish yo‘li bilan ravonlashtiriladi va bo‘ylama profilning ravonlashtirilgan
siniq joylari punktir chiziq bilan ko‘rsatilgan. Kavslar ichidagi raqamlar vertikal egriliklar yo‘qligida
mavjud bo‘lgan ishchi belgilarni, qavssiz raqamlar esa haqiqiy belgilarni ifodalaydi.
2-rasm. Yo‘l poyining ishchi belgisi: a – o‘ymada; b – ko‘tarmada
Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations
Special Issue – 9 (2021) / ISSN 2181-1415
227
Profil oldin grafa yasagichda bajariladi, keyin gruntlar, sun’iy inshootlar, joy tafsiloti
va boshqalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan qo‘lda to‘ldirib chiqiladi. Bo‘ylama profilning
yaqqol bo‘lishi uchun vertikal masofalar (belgilar) gorizontal belgilarga qaraganda katta
masshtabda qo‘yib chiqiladi. Tekis joylardan o‘tadigan yo‘llar uchun vertikal masshtab
1:500 (1sm da 5m) va gorizontal masshtab 1:5000 (1 sm da 50 m) qabul qilingan.
Bugungi kunda mazkur jarayonni avtomotlashtirish va modullashtirish natijasida
yuqori samaradorlikka erishish mumkin. Buning uchun dala tadqiqot ishlarini GPS
qurilmasi yoki elektron taxeometrlar yordamida bajarilib, ArcGIS dasturida kodlash ish-
larini amalga oshirish talab etiladi. Mexanizm ishga tushgach geoma’lumotlar bazasidan
keng ko‘lamda foydalanish imkoniyati yaratiladi. Bundan tashqari yer xajm ishlari
kartogrammasini tuzish va hududni uch o‘lchamli ko‘rinishda vizuallashtirish imkoniyati
mavjud bo‘ladi. Tadqiqot hududi uchun yaratilgan geoma’lumotlar bazasidagi mavzuli
qatlamlar yordamid avtomobil yo‘llarini uch o‘lchamli domeli ko‘ratildi va yo‘l loyiha
ishlarini amalga oshirishda mutaxassislar tomonidan keng foydalanildi. Jumladan,
avtomobil yo‘lining muxofaza zonasi va avtomobil yo‘liga tegishli bo‘lgan muxofaza zonada
qurilgan turar hamda noturar joylarni aniqlash, davlat geodezik tarmoqlari yoki planli
balandlik tarmoqlariga oriyentirlash kabi masalalarni yechishda keng foydalanilmoqda.
Natijalar
Yo‘llarni loyihalashda ularda ruxsat etilganidan ortib ketmaydigan bo‘ylama
nishabliklar, gruntli asos uchun qulay suv-issiqlik rejimi yaratish uchun yo‘l sirtining
namlantirish manbalari (sizot suvlari va ba’zi joylarda sirti suvlarning ko‘lmaklari) ustidan
balandligi, shuningdek, yo‘l poyining qor qoplami sathidan balandligi (yo‘lni qor bosmas-
ligini ta’minlaydi) ko‘zda tutilishi kerak. Bo‘ylama profilda yo‘l sirtining yer sirtiga
nisbatan vaziyatini belgilash bo‘ylama profilni loyihalash yoki loyiha chizig‘ini o‘tkazish
deb ataladi.
Loyiha chizig‘ini o‘tkazishda quyidagilar ta’minlanishi zarur:
–
bo‘ylama profilning ravonligi, ruxsat etilgan bo‘ylama nishablik, yetarlicha
ko‘rinishlik bular avtomobillarning yuqori tezliklarda yurishiga imkon beradi;
–
yo‘l poyidan suvning chetlatishi;
–
loyiha chizig‘ining arrasimon ko‘rinishda bo‘lmasligi; loyixa chizig‘i arrasimon
ko‘rinishda bo‘lganida “yo‘qotilgan ko‘tarilishlar” – enkayishlarga, keyin esa yo‘l bo‘lagi-
ning ko‘tarilishiga olib keladi, bularni bosib o‘tganida avtomobillarning dvigatellari foyda-
siz ish bajaradi;
–
yo‘llar nazorat nuqtalaridan o‘tayotganida ko‘rsatilgan balandlik belgilari orqali
o‘tishlari kerak, bular mavjud yo‘lga tutashgan trassani boshi va oxiridagi balandlik
belgilari kabilar qo‘yiladi.
Mazkur jarayonni avtomotlashtirish va modullashtirish natijasida yuqori samara-
dorlikka erishish mumkin. Buning uchun dala tadqiqot ishlarini GPS qurilmasi yoki
elektron taxeometrlar yordamida bajarilib, ArcGIS dasturida kodlash ishlarini amalga
oshirish talab etiladi.
XULOSA
Avtomobil yo‘llarini loyihalash jarayoni murakkab hisob-kitoblarga asoslangan
bo‘lib, uni bajarishda loyiha chizig‘ini o‘tkazishning ikki usuli: o‘rovchi va kesuvchi
chiziqlar sifatida loyihalash usullari bo‘lishi mumkin. O‘rovchi chiziq bo‘yicha loyihalashda
loyiha chizig‘i iloji boricha yer sirtiga parallel qilib o‘tkaziladi, bu qoidadan faqat relefning
o‘nqir-cho‘nqir pastlik joylarida va yer sirti bo‘ylama profilining keskin burilgan joylari
Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations
Special Issue – 9 (2021) / ISSN 2181-1415
228
yaqin joylashganda chetga chiqiladi. Тekislikli va kam tepalikli relefda o‘rovchi chiziq
sifatida loyihalash yaxshi quritiladigan yo‘l poyi hosil qilishga imkon beradi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Q.M. Inoyatov, M.A. Mamajonov. “Avtomobil yo‘llarida harakatni xavfsiz tashkil
etishda sun’iy inshootlarning roli” uzacademia scientific-methodical journal republican
number 3 on the subject “Increasing the innovative activity of youth, improving the
spirituality and achievements in science” collection of materials august 31, 2020 part 12
pages 539–541. ISSN (E) – 2181–1334.
2.
Mukhammadyusuf Ergashev, Murodjon Mamajonov, Mirzokhid Kholmirzayev
“Automation and modulation of highways in GPS software”, https://www.modern-j.ru/5-
59-2020 журнал “Теория и практика современной науки” № 5(59) 2020.
3.
Anvarjon Dadaxodjayev, Marufjon Mamajonov, Mukhammadyusuf Ergashev,
Murodjon Mamajonov “Creating a road database using GPS software” The present
certificate confirms the publication of the article in the scientific journal “Internauka”
343 (172) 21.11.2020 г. № 43869.
4.
M.A. Mamajonov, M.F. Xolmirzayev. “Geodesic work in the process of design to
ensure traffic safety on roads” электронное научно-практическое периодическое
издание «Экономика и социум» №3(82) (март, 2021). http://www.iupr.ru УДК
004.02:004.5:004.9 ISSN 2225-1545.
5.
Makhmudov Omadjon, Mamajonov Murodjon, Kholmirzayev Mirzohid, Inayatov
Qahramon “Design a smart pedestrian crossing” электронное научно-практическое
периодическое издание, «Экономика и социум» № 6(85) (июня, 2021).
http://www.iupr.ru УДК 004.02:004.5:004.9 ISSN 2225-1545.
6.
M.M.Ergashev, Q.M.Inoyatov, A.N.Inamov “Avtomobil yoʻllarida geoaxborot
tizimlari”, O‘quv qo‘llanma, Namangan-2019, NamMQI, 146 bet.
7.
Mukhammadyusuf Ergashev, Valisher Abdurakhimov “The use of basic GPS
stations, which are situated in Namangan, in the field of automobile roads”,
https://www.iupr.ru/5-72-2020 журнал «Экономика и социум» № 5(72) 2020.
8.
Inamov A.N., Ergashev M.M., Nazirqulova N.B., Saydazimov N.T. “The role of geo
information technologies in management and design of the state cadaster of roads”
https://saarj.com/academicia-current-issue
“ACADEMICIA
(An
International
Multidisciplinary Research Journal)” Vol. 10 Issue 11, November 2020.
