Авторы

  • Гулноза Рахматуллаева
    базовый докторант, Андижанский государственный университет, Андижан, Узбекистан

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol2-iss9/S-pp191-198

Ключевые слова:

духовно-просветительская деятельность ценностная установка ученик будущий учитель государственный образовательный стандарт общественные науки подход

Аннотация

В статье обсуждается необходимость развития аксиологического подхода к духовно-просветительской деятельности у будущих учителей, содержание и различные подходы к трансляции ценностей через социальные и гуманитарные науки в международной практике, а также духовность у будущих учителей. развития аксиологического подхода к рифовой деятельности.


background image

Жамият ва инновациялар –

Общество и инновации –

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Content and modern approaches for the development of an
axiological approach to spiritual and educational activities in
future teachers

Gulnoza RAKHMATULLAEVA

1


Andijan State university

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received August 2021
Received in revised form
20 August 2021
Accepted 15 September 2021
Available online
11 October 2021

This article discusses the need to develop an axiological

approach to spiritual and enlightenment activities in future
teachers, the content and different approaches to the
transmission of values through social sciences and humanities in
international practice, as well as spirituality in future teachers
the stages of development of the axiological approach to reef
activity are considered.

2181-1415/© 2021 in Science LLC.
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

spiritual-educational
activity,
axiological attitude,
student,
future teacher,
state educational standard,
social sciences,
approach.

Bo‘lajak o‘qituvchilarda ma’naviy-ma’rifiy faoliyatga aksiologik
munosabatni

rivojlantirish

mazmuni

va

zamonaviy

yondashuvlar

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar:

ma’naviy-ma’rifiy faoliyat,
aksiologik munosabat,
talaba,
bo‘lajak o‘qituvchi,
davlat ta’lim standarti,
ijtimoiy-gumanitar fanlar,
yondashuv.

Ushbu maqolada bo‘lajak o‘qituvchilarda ma’naviy-ma’rifiy

faoliyatga aksiologik munosabatni rivojlantirishning zaruriyati,
mazmuni va xalqaro tajribalarda ijtimoiy-gumanitar fanlar orqali
qadriyatlarni yetkazishning turli yondashuvlari, shuningdek
bo‘lg‘usi o‘qituvchilarda ma’naviy-ma’rifiy faoliyatga aksiologik
munosabatni rivojlantirish bosqichlari xususida fikr yuritiladi.

1

Basic doctoral student, Andijan State university, Andijan, Uzbekistan.


background image

Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations

Special Issue – 9 (2021) / ISSN 2181-1415

192

Содержание и современные подходы к развитию
аксиологического отношения к духовно-образовательной
деятельности будущих преподавателей

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

духовно-просветительская
деятельность,
ценностная установка,
ученик,
будущий учитель,
государственный
образовательный
стандарт,
общественные науки,
подход.

В

статье

обсуждается

необходимость

развития

аксиологического подхода к духовно-просветительской
деятельности у будущих учителей, содержание и различные
подходы к трансляции ценностей через социальные и
гуманитарные науки в международной практике, а также
духовность

у

будущих

учителей.

развития

аксиологического подхода к рифовой деятельности.


Ma’naviy-ma’rifiy faoliyat bo‘lajak o‘qituvchi kasbiy faoliyatining tarkibiy qismi

hisoblanadi. Oliy ta’lim muassasalarida o‘qitiladigan ijtimoiy-gumanitar va umumkasbiy
fanlar mazmuniga ma’naviy-ma’rifiy faoliyatning mazmuni, shakl va usullari singdirilgan.
Ijtimoiy-gumanitar fanlar orqali talabalarning intellektual madaniyati rivojlantiriladi,
jamiyat haqida ilmiy-innovatsion fikrlash qobiliyatlari shakllantiriladi. Oliy ta’lim muas-
sasalari Davlat ta’lim standartlariga asosan ijtimoiy-gumanitar fanlarni o‘qitishdan
ko‘zlangan amaliy maqsad – talabalar olgan bilimlarini amalda qo‘llay olishga o‘rgatish,
ya’ni talabalarda kasbiy kompetensiyalar rivojlanishini ta’minlashdan iboratdir.

Ma’naviy-ma’rifiy faoliyatga tayyorgarlik ishlarini bir fan yoki fanlar majmuasiga

bog‘liq ravishda amalga oshirib bo‘lmaydi. Ma’naviy-ma’rifiy faoliyatning ko‘p qirraliligi
uning mazmuniga bir qator talablarni qo‘yadi. Bunday talablarning dastlabkisi bo‘lajak
o‘qituvchining shaxsiy sifatlari hisoblanadi. Talabalarda kasbiy faoliyatga xos shaxsiy
sifatlarning rivojlanishi – pedagogik ta’limning ilk kunlaridanoq boshlanadigan jarayon.
Talabalar dastlab mutaxassislik fanlari orqali davlat va jamiyatning bo‘lajak o‘qituvchi
shaxsiga qo‘yilgan talablarini o‘rganib boradilar. Pedagoglik kasbi bo‘lajak o‘qituvchilarga
shunday talab va vazifalarni qo‘yadiki, birinchi navbatda faoliyat ob’ekti bo‘lgan, oliy
qadriyat hisoblangan o‘quvchi shaxsiga bo‘lgan munosabatda o‘z aksini topishi lozim.
Buning uchun esa talabalarda chinakam insonparvarlik, inson tabiati haqida asosli
bilimlar, ularning hayotga, ijtimoiy muhitga va borliqqa nisbatan pozitsiyalariga baho bera
olish darajasida tajriba orttirishi fanlar, fanlararo va oliy ta’lim muassasidan tashqari
egallanayotgan bilimlar, kuzatishlar, tajriba va xulosalar negizida shakllanadi. Ta’lim
beruvchining shaxsiyati, kelib chiqishi, irqi, dini, mansubligiga qaramasdan Davlat ta’lim
standartlari asosida ta’lim va tarbiya berishi, o‘quvchi shaxsini insoniyatning kelajagi
sifatida hurmat qilishi ijtimoiy talab sifatida qaraladi.

Ma’naviy-ma’rifiy faoliyat o‘sib kelyotgan yoshlar hayotining tuzilishi, ko‘rinishi va

kelgusi bosqichlarini rejalashtirishga ta’sir ko‘rsatadi, hayotiy strategiyalar belgilashda
yordam beradi, “O‘zi anglab yetib, hayotini tashkil etishga”ga yordam beradi. Bu esa
bo‘lajak o‘qituvchidan mas’uliyatlilikni talab etadi. Shuningdek, ma’naviy-ma’rifiy faoliyat
natijasi sifatida o‘quvchilarda komil inson sifatlarining shakllanib borishi hisoblansa,
bo‘lajak o‘qituvchi faoliyatining ta’sirchanligi pedagogik jarayonda sodir bo‘ladigan
muomala odobiga, pedagogik jarayon ishtirokchilarining axloqiy-ruxiy holati, kayfiyatiga


background image

Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations

Special Issue – 9 (2021) / ISSN 2181-1415

193

bog‘liqdir. Muomala odobi o‘z tabiati, mohiyatiga ko‘ra ijtimoiy hodisadir. Ijtimoiy
qonuniyatlar pedagogik jarayondagi muomala odobida namoyon bo‘ladi. Pedagogik odob
jamiyatda qabul qilingan ma’naviy, umuminsoniy va milliy-axloqiy qadriyatlarga
asoslanadi. Ijtimoiy munosabatlar pedagogik jarayonda qatnashuvchilar o‘rtasidagi
muomala odobini tartibga solib, boshqarib boradi.

Ma’naviy-ma’rifiy faoliyatga tayyorgarlik – davlat va jamiyat talablariga mos

keluvchi ma’naviy-ma’rifiy sohaga doir bilimlarni, ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtirish
asosida yuzaga keluvchi shaxs ijtimoiy kompetentligining o‘ziga xos ko‘rinishi sifatida
izohlanadi. Ma’naviy-ma’rifiy faoliyatga tayyorgarlik aniq maqsadlar va rejalashtirilgan
muayyan bosqichlarni qamrab oladi. Talabalarda ma’naviy-ma’rifiy faoliyatga
tayyorgarlikning shakllanishi dastlab faoliyatga doir tasavvur, tushunchalarni tarkib
topganligi bilan belgilansa, keyinchalik mutaxassislikka oid professional bilim, malaka va
ko‘nikmalarning o‘zlashtirilishi, kasbiy sifatlarning qaror topishi hamda kasbiy moslashish
darajasi bilan izohlanadi.

Ma’naviy-ma’rifiy faoliyatni tashkil etishning samaradorligi uchta omilga bog‘liq:

talabaning faoliyat yuzasidan bilim va ko‘nikmalari, faoliyatning turli jarayonlarini tashkil
qila olishi va faoliyat natijalarini baholay olishi. Talabalarda faoliyat yuzasidan bilimlar
shakllanganligining amaliy natijasi sifatida ularda umuminsoniy, milliy darajadagi
ma’naviy-madaniy hayotga oid me’yorlar, qoidalar va qadriyatlarning fikr-mulohaza,
munosabatlarining doirasi kengayishida aks etadi. Talabalarning jamiyatdagi me’yorlar
tizimiga rioya qilishi ularda qadriyatlarga nisbatan ijobiy munosabat shakllanganligining
hosilasidir. Bo‘lajak o‘qituvchilarda ijtimoiy-axloqiy me’yorlarga rioya qilishi va bu
xususidagi mulohazalarining ilmiy asoslangan va namunaviy xarakterga ega bo‘lishi oliy
ta’lim muassasalaridagi ta’lim-tarbiya jarayonining mahsuli, ma’naviy-ma’rifiy faoliyat-
ning ta’sirchanligi sifatida ko‘riladi.

Aksiologik munosabat shakllanishi bir necha bosqichli jarayon hisoblanib, o‘z

tarkibiga bilish, anglab yetish, tushunish, tahlil qilish, solishtirish va amalda sinab ko‘rishni
oladi. Bu esa ma’naviy-ma’rifiy faoliyatni tashkil etishda maqsadli guruhlar uchun
ta’sirchan, interfaol, ehtiyoj va qiziqishlarga asoslangan usullarni qo‘llashni talab etadi.
Talabalar shaxslararo munosabatlarni, ijtimoiy-axloqiy me’yorlarni kuzatishi, pedagogik
jihatdan tahlil qilib borishi – pedagogik jarayonning tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu borada
tadqiqot o‘tkazgan shveysariyalik olim Brunold, uni “Inson tabiati haqidagi bilim” deb
ta’riflab, odamlarning xulq-atvorini to‘g‘ri baholash, tan olish va hukm qilish, ular qanday
fikrlashi va qanday harakat qilishini oldindan bilish qobiliyati sifatida tavsiflaydi. Bu
qobiliyatning muhim omillari sifatida hayotiy tajriba, sezgi, aql va donolikni ko‘rsatib
o‘tadi. Inson tabiati haqidagi bilim tug‘ma emas, u odamlar bilan tez-tez muloqot qilish va
turli odamlar bilan tajriba orttirish orqali shakllanishini ta’kidlab o‘tadi. Inson tabiati
haqidagi bilimlardan odamlarni to‘g‘ri hukm qilish, ularni rag‘batlantirish, boshqalarga
yaxshi maslahat berish, chuqurroq munosabatlarga kirish va hokazolarni ishlatish
mumkin. “Inson tabiati haqidagi bilimlar”ni tekshirish uchun bo‘lg‘usi o‘qituvchilar uchun
Big Five, Mers-Briggs-Tipeindikator kabi testlar tavsiya etilgan.

Pedagogika oliy ta’lim muassasalarida talabalarni ma’naviy-ma’rifiy faoliyatga

tayyorlash murakkab jarayon bo‘lib, uni oqilona amalga oshirish bo‘lg‘usi pedagog
kadrning kasbiy yetukligini ta’minlashga xizmat qiladi. Ma’lumki, muayyan yo‘nalish va
mutaxassislik bo‘yicha kadr tayyorlash – to‘plangan tajriba, ilmiy izlanishlar asosida
tartibga tushirilgan ta’lim standartlari, shuningdek, uni huquqiy jihatdan ta’minlovchi
me’yoriy hujjatlar, o‘quv-metodik adabiyotlar tizimi asosida amalga oshiriladi.


background image

Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations

Special Issue – 9 (2021) / ISSN 2181-1415

194

“Uzoqni ko‘zlash” kadrlar tayyorlashning asosiy komponenti, uni faoliyat davomida

maqsadga muvofiq qo‘llash yana bir komponenti hisoblanadi. Bu komponentlar uzviy
bog‘langan jarayonlar bo‘lib, biri

strategik mohiyat

, ikkinchisi esa

taktik mohiyat

kasb

etadi. Talabalarni ma’naviy-ma’rifiy faoliyatga tayyorlashda strategiya va taktika tushun-
chalaridan foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Strategiya so‘zi boshqaruv, istiqbolni rejalashtirish san’ati degan tushunchani o‘zida

aks ettirsa, taktika so‘zi strategiyani amalga oshirish usuli, tarzi ma’nosini bildirib,
ko‘zlangan maqsadni konkret sharoitlarda amalga oshirishda qo‘llanadigan prinsiplar,
yondashuvlar va usullarni qamrab oladi.

Oliy ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy faoliyatni rejalashtirish, uning

mazmunini belgilash va konkret sharoitlarda uni amalga oshirishni ilmiy jihatdan asos-
lashda, jumladan, u bilan bog‘liq ilmiy qarashlarni shakllantirish, asoslash hamda bo‘lajak
o‘qituvchilarni tayyorlash jarayoni modullarida foydalanish maqsadga muvofiq.

Ma’naviy-ma’rifiy faoliyatda strategiya terminidan bevosita oliy ta’lim muassasasi

istiqbolini ko‘zlab ishlab chiqilgan metodologik, me’yoriy hujjatlar, ta’lim resurslarini
qamrab olinishida qo‘llaniladi. Ma’naviy-ma’rifiy faoliyat strategiyasi oliy ta’lim
muassasalari talabalarining ehtiyojini qondirish maqsadida ishlab chiqiladigan va ta’lim
jarayoniga joriy etiladigan bosh metodologiyadir. Taktika ishlab chiqilgan strategiyani
amalga oshirish usulidir. Oliy ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy faoliyatning
ta’limiy-tashkiliy hujjatlari yaratiladi. Mazkur hujjatlarni konkret sharoitga tatbiq etish,
faqatgina tatbiq etib qolmay, sifatli kadr tayyorlashga qaratilgan innovatsiya va ijodiy
ishlanmalarni o‘quv jarayonida qo‘llash, bunda standart va nostandart metod hamda
texnologiyalardan foydalanish, tashkilotchilikda mualliflik pozitsiyalariga ega bo‘lish,
umumlashtirib aytganda, strategiyaning muvaffaqiyatini ta’minlashga qaratilgan xususiy
yondashuvlarni amalga oshirish taktikadir. Taktika strategiyaning hayotiy mazmuni
hisoblanadi. Bo‘lajak o‘qituvchilarni ma’naviy-ma’rifiy faoliyatga tayyorlashda barcha
qonuniy-me’yoriy hujjatlar, Davlat ta’lim standartlari strategik maqsadni aniqlasa, oliy
ta’lim muassasalarining amalga oshirishga oid bo‘lgan me’yoriy hujjatlari taktik
ahamiyatga egadir.

Talabalarni ma’naviy-ma’rifiy faoliyatga tayyorlash muhim bo‘lgan yana ikki

komponentlar – nazariy bilimlarni egallash va ularni tadbiq etish, amaliyotga joriy
etishdan iborat. Bu strategik reja bo‘lib, har ikki bosqich o‘ziga xos taktikani bildiradi, ya’ni
nazariy bilimlar egallanib bo‘lingach, amaliyotga joriy etadi. Oliy ta’lim muassasasini
yakunlagach, pedagog sifatida yosh avlod ma’naviyati va ma’rifati uchun mas’ul bo‘lib,
faoliyat ko‘rsatish uchun nazariy tayyor bo‘lsa ham, amaliy jihatdan uni to‘laqonli uddalay
olmayotganligi rasmiy va norasmiy ravishda aytib kelinmoqda. Buning uchun esa
ma’naviy-ma’rifiy faoliyatga tayyorlash taktikasini ishlab chiqish lozim bo‘ladi. Bu taktik
reja o‘z navbatida rejani amalga oshirish mexanizmlarini ham o‘z ichiga olishi kerak.
Pedagogika oliy ta’lim muassasalarida talabalarni ma’naviy-ma’rifiy faoliyatga
tayyorlashda aksar talabalar passiv kuzatuvchi bo‘lib qolishi kuzatildi. Shuni ta’kidlash
joizki, ma’naviy-ma’rifiy faoliyatga doir nazariy bilimlar va amaliyotni uyg‘un tashkil etish
maqsadga muvofiq. Bu taktik rejani amalga oshirmaslik pirovard natijada bo‘lg‘usi
o‘qituvchining sifatiga ham salbiy ta’sir o‘tkazadi.

Xalqaro tajribalarda ijtimoiy-gumanitar fanlar orqali qadriyatlarni yetkazishning

quyidagi yondashuvlari mavjud:

1. Qadriyatlarni yetkazishning romantik yondashuvi.


background image

Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations

Special Issue – 9 (2021) / ISSN 2181-1415

195

Romantik yondashuv shaxs tushunchasiga asoslanib, unga ko‘ra “Yaxshilik” har

doim insonga xos bo‘lib, “Yomonlik” faqat ijtimoiy ta’sir orqali qo‘shiladi. Romantik
yondashuvda qadriyatlar – bu shaxsga o‘z-o‘zini rivojlantirishda yordam berish deb
tushunilib, bunda shaxsda “Uxlab yotgan kuchlar” faqat “Qulay sharoitlar”, yaxshi “Ruhiy
oziqlanish” muhiti va g‘amho‘r tarbiya orqali amalga oshirilishi mumkin. Romantik
yondashuvda ta’lim beruvchining ta’lim oluvchilarga qadriyatlarni yetkazishida
cheklovlar mavjud bo‘lib, uning vazifasi faqat ta’lim olish jarayonini ta’lim oluvchilarga
osonlashtirish va ularda qadriyatlar tizimini rivojlanish uchun qulay muhitni
ta’minlashdan iborat bo’ladi.

2. Qadriyatlarni yetkazishning texnologik yondashuvi.
Ijtimoiy qadriyatlar, jamiyatdagi me’yorlar va tartib-qoidalar ta’lim beruvchi

tomonidan ta’lim oluvchiga klassik ta’lim konsepsiyasiga asoslangan holda aniq, uzviy va
uzluksiz tarzda yetkaziladi. Texnologik yondashuv qadriyatlarni “To‘g‘ridan-to‘g‘ri
o‘qitish”ni va shu asosda ta’lim-tarbiya jarayonida qadriyatlarning yetkazilganligini
baholash va kuzatish imkonini beradi. Bu yondashuv, ma’lum bir qadriyatlar yoki
me’yorlarni aniq o‘rgatish borasida, davlat ta’lim standartlarida o‘z aksini topadi. Umuman
olganda, bu yondashuv jahonda keng tarqalgan yondashuv bo‘lib, jamiyat huquqiy tizimi
bilan mutanosiblikka ega. Jamiyatda shaxslarni ijtimoiy qadriyatlar, me’yorlar va tartib-
qoidalarni buzganlik uchun javobgarlik belgilanganligini tushuntirish ham mazkur
yondashuvda o‘z ifodasini topadi.

3. Qadriyatlarni yetkazishning rivojlanishni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan

yondashuv.

Axloqiy tarbiyaning rivojlanishi yoki progressiv yondashuvi L. Kolberg tomonidan

asos solingan. L.Kolbergning axloqiy-psixologik rivojlanish nazariyasida “Aniq axloqiy
nizolarni hal qilishda shaxs keyingi yuqori axloqiy bosqichga olib keladigan o‘quv
jarayonidan o‘tadi” degan taxminga asoslanadi. Shu nuqtai nazardan, adolat prinsipi
axloqiy ziddiyatli vaziyatlarni hal qilishda elementar xususiyat bo‘lib, ular odatda dilemma
deb ataladi. Progressiv axloqiy ta’lim usullari “Realistik nutq” yoki “Alohida modeldan
o‘rganish”ni o‘z ichiga oladi.

4. Qadriyatlarni yetkazishning o‘rnakka asoslangan yondashuvi.
O‘rnakka asoslangan yondashuvga ko‘ra, ta’lim beruvchi ta’lim oluvchiga nafaqat

to‘g‘ridan-to‘g‘ri pedagogik faoliyat orqali, balki ta’lim-tarbiya jarayonida o‘zining xatti-
harakatlari, shaxsiy fazilatlari, ichki madaniyati, pozitsiyalari va munosabatlari orqali
“Namuna, andoza” sifatida ta’sir ko‘rsatadi. Ta’lim oluvchilar “Namuna, andoza”ni talqin
qiladi va idrok etadi

Kuzatish va tahlillarimiz asosida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimida

yuqorida ko‘rsatilgan qadriyatlarni yetkazish yondashuvlaridan birinchi yondashuvdan
tashqari barchasi ahamiyatli va tadbiq etilganligini ko‘rishimiz mumkin. Qadriyatlarni
yetkazishning o‘rnakka asoslangan yondashuvi mazmun-mohiyatidan kelib chiqqan holda
tadqiqotimizda bo‘lajak o‘qituvchilarni ma’naviy-ma’rifiy faoliyatga tayyorlashda
“Namuna, andoza” darajasiga yetkazishda ularning shaxsiy rivojlanganligini pedagogik-
psixologik jihatdan tahlil qilish zarurati, birinchidan ilmiy tadqiqot mazmunining
dolzarbligi, ikkinchidan mazkur yo‘nalishda yetarli ilmiy tahlillar mavjud emasligida
nomoyon bo‘ladi. Ma’naviy-ma’rifiy faoliyatga aksiologik munosabatni rivojlantirish
jarayonida, avvalambor bo‘lg‘usi o‘qituvchining shaxs sifatida kamolotga erishganligi,
pedagog kasbiy identining rivojlanishi maqsadli yo‘naltirilganligi, jamiyatning pedagog
faoliyatiga qo‘ygan talablarini qabul qilishi, mazkur talablarni bajarish uchun shaxs
sifatida “Namuna, andoza” bo‘la olishi katta ahamiyatga ega masala sifatida qaraladi.


background image

Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations

Special Issue – 9 (2021) / ISSN 2181-1415

196

Tadqiqotchilar Blankenburg J., Schersoi talabalardagi qiziqishni ikki guruhga

ajratadi: hozirgi va kelgusi qiziqishlarni tizimlash va kelgusi qiziqishlarning rivojlanishini
ta’limning maqsadi sifatida ko’rish.

1-jadval

Bo‘lajak o‘qituvchilarda ma’naviy-ma’rifiy faoliyatga aksiologik munosabatni rivojlantirish

bosqichlari

Bosqichlari

Mazmuni

Metod va usullari

Motivatsion

Talabalarda

ma’naviy-ma’rifiy

faoliyatga

qiziqish

va

ehtiyojni

rivojlantirish

SWOT tahlili, Aqliy Hujum, Debat,

Klaster, Munozara, Jamoaviy o‘yinlar,
Ekskursiya

Kognitiv

Talabalarda

ma’naviy-ma’rifiy

faoliyatga aksiologik munosabatning
analitik,

prognostik,

texnologik

malakalar majmuini tarkib toptirish

Muzokara, Debat, Fleshmob, Britaniya

Parlamentining debat shakli, Uch bosqichli
intervyu, Qaror qabul qilish, Erotematika,
Zig-Zag, Impuls-referat, Karusel suhbat,
Kelajak konferensiyasi

Faoliyatga doir

Talabalarda

ma’naviy-ma’rifiy

faoliyatga aksiologik munosabatni
rivojlantirish,

ularning

jamiyat

ijtimoiy-ma’naviy hayoti uchun zarur
bo‘lgan

bilimlar,

ko‘nikma

va

malakalar tizimi hamda shaxsiy-kasbiy
faoliyat doirasini loyihalash

Ma’naviy-ma’rifiy faoliyatga doir o‘quv

loyihalari,

ijtimoiy

tahlil,

ijtimoiy

so‘rovnoma o‘tkazish, ma’naviy-ma’rifiy
faoliyat

yuzasidan

refleksiv

hisobot,

aysberg modeli, “sabab-muammo-oqibat”
tahlili


Yuqoridagi jadvalda keltirilgan bosqichlardan kelib chiqqan holda, talabalarni

ma’naviy-ma’rifiy faoliyatga tayyorlash, ularda mazkur faoliyatga aksiologik munosabatni
rivojlantirish amaliyotga yo‘naltirilgan to‘liq faoliyat shakllarini o‘z ichiga oladi.
Birinchidan, faoliyatga tayyorgarlik jarayonida muloqot san’atining kasbiy va shaxsiy
faoliyatidagi o‘rni, muloqotning shaxs ijtimoiy maqomi belgisi sifatida qaralashini ilmiy
jihatdan anglab yetadi. Bo‘lajak pedagog faoliyatida ham ta’lim oluvchilarga keltirgan
samarali faoliyat sifatida ularda hayotga, voqea-hodisalar, o‘ziga nisbatan o‘zgarayotgan
va rivojlanayotgan munosabat ijobiylashuvi jarayonini keltirib o‘tish mumkin. Mazkur
jarayonlar negizida muloqot asosiy o‘rinni egallaydi. Ikkinchidan, oliy ta’lim muassa-
salarida talabalarni ma’naviy-ma’rifiy faoliyatga tayyorlash jarayonida qo‘llanilayotgan
ta’lim metodlari faqat ta’limiy maqsadda tadbiq etilishi bilan chegaralanmaydi, balki
faoliyat doirasidagi turli vaziyatlar, hodisalar, muammolar, shuningdek faoliyatni tashkil
etish jarayonlarida metodlardan integrativ yoki ularning ba’zi elementlarini qo‘llash
uchun konseptual jihatdan tayyorlanishga yordam beradi. Uchinchidan, faoliyatga
tayyorlash bosqichlarining amalga oshirilishi talabalarning ma’naviy-ma’rifiy faoliyatni
jamiyatdagi mikrotizimdan makro tizimga harakatlantiruvchi, tadbiq etiluvchi loyihalar,
g‘oyalar, amaliy yo‘nalishlar va faoliyatga doir muammolar yechimini topishga bo‘lgan
harakatga aylanishga yo‘naltirish. Misol tariqasida, bo‘lajak o‘qituvchining bir maktabda
o‘tkazgan ma’naviy-marifiy faoliyati doirasidagi loyihasi viloyat, respublika doirasida
yoyilishi, joriy etilishi uning oliy ta’lim muassasasida faoliyatga tayyorgarlik jarayonining
hosilasi sifatida qaraladi.


background image

Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations

Special Issue – 9 (2021) / ISSN 2181-1415

197

Ma’naviy-ma’rifiy faoliyatda xalqaro me’yorlar va umume’tirof etilgan tushun-

chalarni bilish va amaliyotda qo‘llash umuminsoniy qadriyatlarning rivojlanishga asos
bo‘ladi. Bular jumlasiga demokratik tamoyillar, diniy bag‘rikenglik, tolerantlik, turli
madaniyatlarga hurmat va boshqalarni keltirib o‘tish mumkin. YUNESKO Bosh
Assambleyasining 1995-yil 16-noyabrda bo‘lib o‘tgan XXVIII – sessiyasida “Bag‘rikenglik
bo‘lmasa, tinchlik bo‘lmaydi, tinchliksiz esa taraqqiyot va demokratiya bo‘lmaydi” shiori
ostida “Bag‘rikenglik tamoyillari deklaratsiyasi” qabul qilingan edi, 1997-yili BMTning
Bosh Assambliyasida esa mazkur Deklaratsiya qabul qilingan kun “Xalqaro diniy
bag‘rikenglik kuni” deb e’lon qilingan. Ma’naviy-ma’rifiy faoliyat hozirgi globallashuv
jarayonida diniy bag‘rikenglik, dinlararo totuvlik, o‘zaro hamkorlik masalasi rivojlangan
va rivojlanib borayotgan mamlakatlarning tinchligi va taraqqiyoti uchun yo‘nalgan
tamoyillarni tadbiq etadi. Misol tariqasida, bag‘rikenglikka zid tushuncha “Mutaassiblik”ni
keltirish mumkin. Umumiy ma’noda “Mutaassiblik” bu bir g‘oyanint to‘g‘riligiga qattiq
ishonish va undan o‘zgalarini keskin rad etishni anglatadi. Ma’naviy-ma’rifiy faoliyat
mazmunining to‘g‘ri va o‘z vaqtida tashkil etilmasligi fenomenining xavfli jihatlarida
namoyon bo‘ladi va borgan sari kuchayib ksenofobiya, ekstremizm va xatto terrorizmga
aylanadi.

Oliy ta’lim muassasalarida talabalarni ma’naviy-ma’rifiy faoliyatga tayyorlashda

o‘quv jarayonida, darsdan tashqari mashg‘ulotlarda, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda
qo‘llaniladigan ta’lim metodlari aksiologik munosabatlarni rivojlantirish bosqichlarida
muhim ahamiyatga ega. Bulardan ba’zi birlarini keltirib o‘tamiz. Suhbat axloqiy
qadriyatlarni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etuvchi ta’lim va tarbiya metod-
laridan biri bo‘lib, suhbatda boshlovchi va tinglovchilarning bir xil tarzda ishtirokini talab
etadi. Suhbat jarayonida ikki tomonlama muloqot kuzatilib, bu jarayonda tinglovchilar
boshlovchi savollariga ham javob berishadi, ham o‘zlari unga o‘z savollari bilan murojaat
ham etishadi, o‘z fikrlarini bildirishadi. Ilmiy-ommabop ma’ruzalarning ilmiy bilim shakli
sifatidagi eng asosiy maqsadi – mavjud ma’naviy-ma’rifiy, ijtimoiy muammolar mohiyatini
ochib berish, ularni hal etish bo‘yicha faoliyatning ehtimoliy usullarini ko‘rsatib berishdan
iboratdir. Shu sababli ilmiy-ommabop ma’ruzalar yetarlicha tayyorgarlik va bilimga ega
auditoriya bo‘lishini nazarda tutadi.

Bo‘lajak pedagog kadrlarni tayyorlashda aynan ma’naviy meros – xalq pedago-

gikasining ta’lim-tarbiyaga oid asosiy g‘oyalari bilan tanishtirish orqali ularda pedagogik
faoliyatda samarali foydalanishga zamin tayyorlaydigan bilim, ko‘nikma va malakalarni
egallashlariga asosiy e’tiborni qaratish zarur.

Ma’lumki, oliy ta’lim muassasalari Davlat ta’lim standartlari kompetensiyaviy

yondashuv asosida tashkil etilgan. Mazkur didaktik yondashuvni ma’naviy-ma’rifiy
faoliyat nuqtai nazaridan tahlil qilishimiz, quyidagi xulosaviy fikrlarni shakllanishiga asos
bo‘ldi:

1. Kompetensiyaviy yondashuv talabaning bilim, ko‘nikmalarini aynan noma’lum

vaziyatlarda qo‘llashi bilan xarakterlansagina ma’lum sohaga oid kompetensiya
rivojlanayotganini kuzata olamiz. Ma’naviy-ma’rifiy faoliyat esa doimiy ravishda yangi
vaziyatlar, loyihalar va davlat ijtimoiy buyurtmalari bilan tavsiflanadi. Bu holatda bo‘lajak
o‘qituvchilarning bilim va ko‘nikmalari yetarli bo‘lmaydi balki mavjud vaziyat, resurs va
imkoniyatlardan foydalangan holda qaror qabul qilish, kompetensiyaviy yondashuvni va
shaxsiy rivojlanganlikni talab etadi.


background image

Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations

Special Issue – 9 (2021) / ISSN 2181-1415

198

2. Ma’naviy-ma’rifiy faoliyat doirasidagi barcha ishlar ixtiyoriylik prinsipiga

asoslanishi, samaradorligi nafaqat ma’lum bir mavzuga yoki muammoga oid bilimlarni
yetkazishni, balki ta’lim oluvchilarda ijobiy munosabatlarni shakllanishi, shu orqali
shaxsiy rivojlanishga erishishga yo‘naltiriladi. Buning uchun bo‘lajak o‘qituvchilar amaliy
xarakterga ega g‘oyalar ishlab chiqishi maqsadga muvofiq.

3. Oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonini modernizatsiyalashning o‘ziga xos

jihati talabalarda kasbiy tayyorgarlikning faqat umumiy parametrlarini shakllantirish
bilan emas, ko‘zlangan maqsad va vazifalarni aniq prognoz qila olish, pedagogik jarayonni
muvaffaqiyatli yo‘lga qo‘yishning maqbul yo‘llarini ishlab chiqish va amalga tatbiq etish
malakalarini rivojlantirishdir.


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.

Bag‘rikenglik tamoyillari Deklaratsiyasi. Betti Readon. Bag‘rikenglik: tinchlik sari

olg‘a qadam. – YuNESKO, 2005.

2.

Diniy bag‘rikenglik va mutaassiblik: (yuz savolga-yuz javob) / Mas’ul muharrir

O.Yusupov. –T.: Toshkent islom universiteti” nashriyot-matbaa birlashmasi, 2013.

3.

Mutalipova M.J. Xalq pedagogikasi. – T.: Fan va texnologiya, 2015. – B 5-6.

4.

Brunold G. Handbuch der Menschenkenntnis: Mutmaßungen aus 2.500 Jahren.

Galinani, Berlin 2018. – P. 231.

5.

Blankenburg J., Scheersoi A. Interesse und Interessenentwicklung. In: Krüger D.,

Parchmann I., Schecker H. (eds) Theorien in der naturwissenschaftsdidaktischen
Forschung. Springer, Berlin, Heidelberg, 2018. – P. 64.

6.

Mägdefrau J. Erziehung in Schule und Unterricht. In L. Haag S. Rahm H.J. Apel &

W. Sacher (Hrsg.), Studienbuch Schulpädagogik. Bad Heilbrunn: Klinkhardt. 2013. –
PP. 345–265.

7.

Multrus U. Werteerziehung in der Schule – Ein Überblick über aktuelle Konzepte.

In Bayerisches Staatsministerium für Unterricht und Kultus (Hrsg.), Werte machen Stark.
Praxishandbuch zur Werteerziehung (S. 22-36). Augsburg: Brigg., 2008. – PP. 22–36.

8.

Oser F., Scarlett G., Bucher A. Relegious and spiritual development throughout the

lifespan. In W. Domon & R.M. Lerner (Eds.), Handbook of Child Psychology. New York; John
Wiley & Sons, 2014. – PP. 942–948.

9.

Oser F. Acht Strategien der Wert- und Moralerziehung. In W. Edelstein, F. Oser &

P. Schuster (Hrsg.), Moralische Erziehung in der Schule. Entwicklungspsychologie und
pädagogische Praxis (S. 63-89). Weinheim: Beltz, 2001. – PP. 63–89.

10.

Standop J. Werte in der Schule grundlegende Konzepte und Handlungsansätze

(2. Aufl.). Weinheim: Beltz. 2016. – P. 89.

Библиографические ссылки

Bag‘rikenglik tamoyillari Deklaratsiyasi. Betti Readon. Bag‘rikenglik: tinchlik sari olg‘a qadam. – YuNESKO, 2005.

Diniy bag‘rikenglik va mutaassiblik: (yuz savolga-yuz javob) / Mas’ul muharrir O.Yusupov. –T.: Toshkent islom universiteti” nashriyot-matbaa birlashmasi, 2013.

Mutalipova M.J. Xalq pedagogikasi. –T.: Fan va texnologiya, 2015. –B 5-6.

Brunold, G. Handbuch der Menschenkenntnis: Mutmaßungen aus 2.500 Jahren. Galinani, Berlin 2018. – P. 231.

Blankenburg J., Scheersoi A. Interesse und Interessenentwicklung. In: Krüger D., Parchmann I., Schecker H. (eds) Theorien in der naturwissenschaftsdidaktischen Forschung. Springer, Berlin, Heidelberg, 2018. – 64 p.

Mägdefrau, J. Erziehung in Schule und Unterricht. In L. Haag, S. Rahm, H. J. Apel & W. Sacher (Hrsg.), Studienbuch Schulpädagogik. Bad Heilbrunn: Klinkhardt. 2013. – 345-265 p.

Multrus, U. Werteerziehung in der Schule – Ein Überblick über aktuelle Konzepte. In Bayerisches Staatsministerium für Unterricht und Kultus (Hrsg.), Werte machen Stark. Praxishandbuch zur Werteerziehung (S. 22-36). Augsburg: Brigg., 2008. – 22-36 p.

Oser F., Scarlett G., Bucher A. Relegious and spiritual development throughout the lifespan. In W. Domon & R.M. Lerner (Eds.), Handbook of Child Psychology. New York; John Wiley & Sons, 2014. – 942-948 p.

Oser, F. Acht Strategien der Wert- und Moralerziehung. In W. Edelstein, F. Oser & P. Schuster (Hrsg.), Moralische Erziehung in der Schule. Entwicklungspsychologie und pädagogische Praxis (S. 63-89). Weinheim: Beltz, 2001. – 63-89 p.

Standop, J. Werte in der Schule grundlegende Konzepte und Handlungsansätze (2. Aufl.). Weinheim: Beltz. 2016. – 89 p.