Авторы

  • Махмуда Кочкарова
    преподаватель, Ферганский государственный университет, Фергана, Узбекистан

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol2-iss9/S-pp229-238

Ключевые слова:

обратная связь технология цели учебная программа образовательные стандарты начальное образование математика знания и навыки

Аннотация

В этой статье мы обсуждаем научно-методические основы реализации национальной учебной программы по математике в начальной школе, а также обсуждение проекта национальной учебной программы Республиканской инспекцией образования.


background image

Жамият ва инновациялар –

Общество и инновации –

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Content of competences formed in primary education

Mahmuda KUCHKAROVA

1


Fergana State University

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received August 2021
Received in revised form
20 August 2021
Accepted 15 September 2021
Available online
11 October 2021

In this article, we discuss the scientific and methodological

foundations for the implementation of the national curriculum in
mathematics in primary school, as well as the discussion of the
draft national curriculum by the Republican Inspectorate of
Education.

2181-1415/© 2021 in Science LLC.
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

feedback,
technology,
goals,
curriculum,
educational standards,
primary education,
mathematics,
knowledge and skills.

Boshlang‘ich ta’limda shakllanadigan kompetensiyalar mazmuni

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar:

mulohaza,
texnologiya,
maqsad vazifa,
o‘quv dasturi,
ta’lim standarti, boshlang‘ich
ta’lim, matematika,
bilim va ko‘nikma.

Ushbu maqolada boshlang‘ich sinflarda matematikadan milliy

o‘quv dasturini amaliyotga joriy etishning ilmiy-metodik asoslari
haqida mulohazalar suningdek, Resbublka ta’lim inspeksiyasi
tomonidan milliy o‘quv dasturi loyihasi muhokamasi haqida so‘z
yurutamiz.

1

Lecturer at Fergana State University, Fergana, Uzbekistan.

E-mail: kuchkarovamahmuda@gmail.com.


background image

Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations

Special Issue – 9 (2021) / ISSN 2181-1415

230

Содержание компетенций, формируемых в начальном
образовании

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

обратная связь,
технология,
цели,
учебная программа,
образовательные
стандарты,
начальное образование,
математика,
знания и навыки.

В этой статье мы обсуждаем научно-методические

основы реализации национальной учебной программы по
математике в начальной школе, а также обсуждение
проекта

национальной

учебной

программы

Республиканской инспекцией образования.


Matematika darslarini tashkil qilishda nazariyadan ko‘ra ko‘proq amaliyotga

e’tibor berish hamda o‘quvchilarga tayyor o‘quv materiallarini berishga asoslangan
yondashuv-dan ma’lum darajada voz kechish talab qilinadi. Matematika darslarida
ko‘proq keys, tadqiqot, loyiha, kichik o‘quv kashfiyotlari kabi interaktiv metodlardan
foydalanish tavsiya etiladi. O‘quvchilarda kichik tadqiqotchilik ko‘nikmalarini
shakllantirishda kuzatish, tajriba, o‘lchashlar, analiz (tahlil) va sintez, induksiya va
deduksiya, taqqoslash va analogiya kabi ilmiy izlanish metodlaridan o‘rnida
foydalanish talab etiladi. O‘quvchilarda bilim va ko‘nikmalarni shunchaki
shakllantirib

qolmasdan,

ularni

hayotiy

vaziyatlarda

qo‘llay

olish

kompetensiyalarini ham tarkib toptirish muhim ahamiyat kasb etadi.

Umummadaniy kompetentsiyalarga ega boʻlishi lozim:

Shaxsiy oʻsishga intilishni shakllantirish va ob’ektiv baholash, shuningdek,

ta’lim oluvchilarning intellektual rivojlanish darajasini oshirish ko‘nikmalariga
qobiliyatlilik.

Ijtimoiy va kasbiy vazifalarni hhal etishda ijtimoiy, gumanitar va iqtisodiy

fanlar-ning asosiy qoidalari va metodlaridan foydalanishga qobiliyatlilik.

Ona tilida o‘z fikrlarini tizimlia erkin bayon eish, ilmiy matnalar bilan

ishlash, ommaviy nutq so‘zlash uchun ona tili va chet tillaridan birida yozma va
og‘zaki nutq ko‘nikmalarini egallaganlik.

Muloqotga kirishish va maxsus matnlarni tushunish uchun chet tillardagi

bilim-lardan foydalanish.

Axborotni olish, saqlash va qayta ishlashmetod, usl va vositalaridan

foydalanish; global kompyuter tarmoqlar bilan ishlash koʻnikmalariga egalik.

Ijtimoiy o‘zaroharakatga kirishishda ta’lim ishtirokchilarining etnomadaniy

o‘ziga xosliklarini hisobga olish.

Axloqiy meyorlar va ma’naviy madaniyatni o‘zlashtirish.

Ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish, ilmiy bilish yutuqlariga erishish

tamouyillarini anglash;

Gigiyena, mehnat muhofazasi va tashqi ta’sirlardan himoya qilish qoidalari

talablariga muvofiq, sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini shakllantirishga
qobiliyatlilik.

Kasbiy kompetensiyalar: O‘quv-tarbiya jarayonini modellashtirish va uni ta’lim

amaliyotiga tatbiq etish;


background image

Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations

Special Issue – 9 (2021) / ISSN 2181-1415

231

Turli yosh davrlarida insonning xulq-atvori va faoliyatini boshqarishning

o‘ziga xosliklari, psixik va psixofiziologik rivojlanishning maxsus qonuniyatlari
hamda individual o‘ziga xosliklarini hisobga olish vositalaridan foydlanish
qobiliyatiga egalik;

Psixologik va pedagogik tadqiqotlarning miqdor va sifat metodlarini

egallaganlik.

Turli yosh guruhidagi bolalarning rivojlanishi, muloqoti, faoliyatini tashxis

etish metodlaridan foydalanish qobiliyatiga egalik;

O‘qitish, tarbiya, rivojlanishning turli nazariyalariga doir bilimlar, ta’limning

turli bosqichlarida o‘qitish dasturlaridan foydalanish qobiliyati;

Bolalarning xilma-xil faoliyatini tashkil etish usullarini egallaganlik;
Ta’lim jarayoni subyektlarining birgalikdagi hamkorlikdagi faoliyati va

shaxslararo o‘zaro harakatini tashkil tish usullarini egallaganlik;

Pedagoglik kasbining yuksak ijtimoiy ahamiyat kasb etishini tushunish, kasbiy

etika tamoyillariga rioya qilish;

Jamiyatning ijtimoiy-madaniy tuzilmasining o‘ziga xosliklari, shuningdek,

milliy

tarbiyaning

qonuniyat

va

tamoyillarini

hisobga

olgan

holda,

ko‘pmadaniyatlilik muhitida kasbiy faoliyatni tashkil etish usullarini egallash;

Kasbiy vazifalarni hal etishda fanlararo va vakolatli tuzilmalarning

birgalikdagi faoliyatida ishtirok etishga qobiliyatlilik;

Kasbiy faoliyatda bola huquqlari to‘g‘risidagi asosiy xalqaro va milliy meyoriy-

huquqiy hujjatlardan foydalanish qobiliyati;

Tanqidiy fikrlash metodikasini o‘zlashtirganlik;
Inklyuziv ta’limga qadriyatli munosabatning tarkib topganligi;
Ta’lim

oluvchilarga

o‘zgaruvchan

mehnat

bozori

talablariga

moslashuvchanlikka doir kompetensiyalarni rivojlantirishga yordam beradigan va
faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishga imkon beradigan natijaviylik va
mobillikka yo‘naltirilgan o‘qitishga qobiliyatlilik.

Fanga doir kompetensiyalar.
Boshlang‘ich ta’limning o‘ziga xosliklarini anglash, turli tipdagi ta’lim muassa-

salarida bolalarni o‘qitishda uzviylikni amalga oshirish vositalarini egallaganlik;

Boshlang‘ich ta’limga doir zamonaviy bilimlarni egallaganlik;
Boshlang‘ich ta’limga doir bilim, ko‘nikma va malakalarni qo‘llay olish hamda

egallangan tayanch bilimlarni o‘quvchilarga uzatishga qobiliyatlilik;

Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi fan dasturlarii (ona tili, bolalar adabiyoti,

matematika, geografiya (atrof, olam), texnologiya) doirasida belgilangan vazifalarni
bajarish orqali quyidagi ko‘rsatkichlarga erishish nazarda tutiladi:

Til va adabiyot fanlari ona tili, adabiyot, o‘zbek tili (ta’lim boshqa tillarda olib

boriladigan maktablar uchun), qardosh tillar (qozoq, qirg‘iz, tojik, turkman), rus tili
(ta’lim rus va o‘zbek tilida olib boriladigan maktablar uchun) o‘quv predmetlarini
qamrab oladi hamda ularning o‘zaro aloqadorligini ta’minlaydi.

O‘quvchiga tilni o‘qitish orqali shu til bo‘yicha egallanadigan nutqiy

faoliyatning asosiy to‘rt turi: nutqni tinglab tushunish, gapirish, o‘qish va yozish
amallari bo‘yicha har bir sinfda taqozo etiladigan malaka va ko‘nikmalar me’yorini
rivojlantirish, bunda o‘qish hamda mehnat jarayonida, oila va jamoat joylarida
yuzaga keladigan turli nutqiy vaziyat-larda mustaqil ravishda fikr almasha olish va
fikr bayon eta bilish, eshitilgan materialni idrok etish, shuningdek, yozma


background image

Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations

Special Issue – 9 (2021) / ISSN 2181-1415

232

manbalarni o‘qish orqali axborot olish, voqea-hodisalarga o‘z munosabatini bildirish
tarzida muloqotga kirish malakasini egallab borish dinamikasi nazarda tuti ladi.

Adabiyot so‘z san’atidir, shu sababli ona tilini puxta o‘zlashtirmasdan turib,

adabiyotning go‘zalligi va qudratini anglab bo‘lmaydi. Ona tili va adabiyot fani
darslarida amalga oshirish lozim bo‘lgan asosiy masala o‘quvchida so‘zga qiziqish va
e’tibor hissini muntazam sur’atda o‘stirib borishdan, ularga so‘zning ahamiyati, turli
matnlarda tutgan o‘rnini tushuntirishdan iborat. Fanlararo bog‘lanishni
tafakkurning rivojlanishiga qiyoslash mumkin. Fanlarni o‘zaro bog‘lab o‘rganish, u
yoki bu fan bo‘yicha o‘rgani-layotgan voqea-hodisa haqida o‘quvchida jonli
mushohada qilish malakasini o‘stiradi. Bu bilan o‘quvchi voqea-hodisa haqida aniq
tasavvurga ega bo‘ladi. O‘qituvchi ona tili, adabiyot hamda o‘zbek tili fanlarini
boshqa fanlar bilan uzviy bog‘lagan holda oʻqitar ekan, yangi materialni bayon qilish,
mustahkamlash jarayonida, shuningdek, takrorlash, umumlashtirish vaqtida u yoki
bu mavzu yuzasidan o‘rni bilan bog‘laydi va o‘quvchini mantiqiy, tahliliy
mushohadaga undovchi turli mazmunga oid matnlardan foydalanadi. Bunday
matnlardan foydalanish o‘quvchini ijodiy fikrlash, matnni tushunishga o‘rgatadi
hamda ularning bilimi va dunyoqarashining boyishiga xizmat qiladi.

Yosh avlod ma’naviyatini rivojlantirish o‘zbek xalqining boy tarixi, milliy

qadriyat-lari, urf-odatlari va ularni o‘zida aks ettirgan adabiy-badiiy meros bilan
yaqindan tanish-tirish, milliy an’ana, bayram, urf-odatlar asosida shakllangan milliy
va umuminsoniy qadriyatlarni singdirishni taqozo etadi. Bunda, jumladan, o‘zbek
adabiyotining ixcham va go‘zal namunalari, xalqning tarixiy, madaniy hayotiga xos
muhim lavhalar, jahon milliy madaniyatiga hissa qo‘shgan o‘zbek xalqi vakillarining
ijodiy merosini o‘rganish ham ko‘zda tutiladi. Bu jarayonda o‘rganilayotgan so‘z va
so‘z shakllarini to‘g‘ri talaffuz qilish hamda yozish, so‘zni grammatik jihatdan to‘g‘ri
shakllantirish, so‘zlarni o‘rinli tanlash va sintaktik-uslubiy jihatdan to‘g‘ri baholay
olish, jumla tuzish va nutq ohangini belgilashda adabiy til imkoniyatlaridan o‘rinli
foydalanish talab etiladi. Til o‘rganishda uzluksiz ta’limning boshlang‘ich va umumiy
o‘rta bosqichlarida til ta’limining lisoniy, lingvo-psixologik, sotsiopsixologik va
paralingvistik va, muhimi, umumdidaktik va o‘ziga xos metodik xususiyatlardan
kelib chiqqan holda hosil qilinadigan nutqiy-kommunikativ, grammatik va
umumtarbiyaviy vazifalar belgilanadi.

“Ona tili” nafaqat leksik va grammatik me’yorlarni o‘rgatuvchi, balki o‘quvchi

nutqiy faoliyatida ixtiyoriy mavzu, fanlar kesimidagi matnlarni tinglab tushunish,
to‘g‘ri

o‘qish,

orfoepik

va

orfografik

me’yorlarni

qoʻllash

salohiyatini

rivojlantirishiga xizmat qiladigan fandir. O‘quvchining mantiqiy, tanqidiy, ijodiy
fikrlashi uchun ona tili darslarida o‘qib tushunishga alohida e’tibor qaratiladi. Ona
tilini puxta o‘zlashtirgan o‘quvchi boshqa fanlarni qoniqarli o‘zlashtiradi. O‘qish
savodxonligi mukammal bo‘lgan o‘quvchi boshqa fanlarda o‘rganayotgan matnlarni
o‘qish orqali mantiqiy, tanqidiy, ijodiy fikrlaydi , olgan bilimlarini hayotda q o‘llay
olish layoqati rivojlantiriladi. Shuningdek, o‘quvchining mantiqiy fikrlashini va
amaliy ko‘nikmalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan xalqaro baholash dasturi (PISA,
PIRLS) talablariga mos keladigan matnlar bilan ishlashga mo‘ljal-langan amaliy
topshiriqlarni matnlarning mazmuniga moslashtirish o‘qituvchi oldidagi asosiy
vazifalardan biri. Bunda matnni tushunish, tahliliy, tanqidiy fikrlash va munosabat
bildirish malakalarini shakllantirish ko‘zda tutiladi.

Ona tili fani o‘quvchi shaxsida fikrlashga, o‘zgalar fikrini anglashga, o‘z fikrini


background image

Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations

Special Issue – 9 (2021) / ISSN 2181-1415

233

og‘zaki hamda yozma shaklda nutq sharoitiga mos ravishda toʻgʻri va ravon bayon
qila olishga qaratilgan nutqiy (kommunikativ) kompetensiyani rivojlantirish;
o‘quvchida til qurili-shiga oid o‘zlashtiriladigan amaliy bilimlarni (fonetika
(orfoepiya), leksika, so‘z tarkibi, morfologiya, sintaksis, yozuv va imlo, tinish
belgilari, nutq uslublari, stilistikaga oid tushunchalarni) rivojlantirish.

O‘zbek tili fani umumiy o‘rta ta’limning ta’lim boshqa tillarda olib boriladigan

maktablarida ikkinchi til sifatida o‘qitiladi. Ushbu fan ta’limi mazmunida asosiy
diqqat-e’tibor nutqiy va lingvistik kompetensiyani shakllantirishga moʻljallangan, bu
o‘quvchining o‘zbek tilidan egallaydigan lingvistik bilimlari vositasida kundalik
turmush, ijtimoiy-madaniy hayot, mutaxassislik sohalarida og‘zaki va yozma shaklda
erkin muloqot yurita olishini ta’minlash asosida amalga oshiriladi. O‘quvchining
kundalik va kasbga oid sohalarda faoliyat olib borishi uchun o‘zbek tili fani bo‘yicha
o‘zlashtirgan bilimlarini muloqot jarayonida qo‘llash malakasini rivojlantiruvchi
nutqiy kompetensiyalar va o‘zbek tilida og‘zaki va yozma savodxonligini
rivojlantirishga

yoʻnaltirilgan

lingvistik

kompeten-siyalar

o‘quvchining

o‘zlashtirgan bilimlari asosida o‘zini o‘zi mustaqil rivojlantirish, egallangan bilim,
ko‘nikma va malakasini turli vaziyatlarda qo‘llay olishga qaratilgan tayanch
kompetensiyalarni shakllantirishini ko‘zda tutadi.

Bolаlar adabiyoti fani milliy hamda jahon bolalar adabiyoti milliy o‘zbek bollar

adabiyotining nodir namunalarini bilish asosida o‘quvchining ma’naviy-axloqiy
dunyosi, adabiy-estetik didini shakllantiradi hamda ularda mustaqil fikrlash, obrazli
tafakkurga oid bilim, ko‘nikma, malakalarni hosil qilish va rivojlantirish, o‘quvchini
badiiy adabiyotga qiziqtirish, asarlarni o‘rgatish jarayonida olam va inson tabiati,
milliy hamda umuminsoniy qadriyatlar, shuningdek, kitobxonlik madaniyatini
shakllantirish orqali

o‘quvchining ma’naviyatini boyitish, dunyoqarashini

kengaytirishga xizmat qiladi.

O‘qish (umumiy o‘rta ta’limning boshlang‘ich sinflari o‘quv rejasidagi

adabiyot) fani og‘zaki va izchil nutqni o‘stirish, so‘z boyligini oshirish, to‘g‘ri va
ifodali o‘qishga o‘rgatish bilan birga ularda kitobxonlik va nutq madaniyati hamda
mustaqil fikrlash qobiliyatini shakllantirishga xizmat qiladi. O‘qish fanini o‘qitish
orqali o‘quvchida to‘g‘ri, tez, ongli, ifodali o‘qish malakalarini shakllantirish;
mutolaaga muhabbat uyg‘otish, ularni oddiy kitob oʻquvchidan chuqur mulohaza
yurituvchi, ijodkor kitobxon darajasiga ko‘tarish; o‘qish orqali tevarak-atrof, borliq
haqidagi bilimlarini kengaytirish, dunyoqarashini boyitish; axloqiy-estetik va
mehnatsevarlik ruhida tarbiyalash; nutqi va tafakkurini o‘stirish; tafakkurida
elementar adabiy tushunchalarni shakllantirish; o‘quvchining fikr-lashini oʻstirish
ko‘zda tutiladi. O‘qish darslari oldiga qo‘yilgan tarbiyaviy vazifaning muvaffaqiyatli
hal etilishi darsda badiiy asar matni ustida ishlash bilangina bog‘liq bo‘lib qolmay,
balki bolani qurshab olgan hayot, tabiatdagi o‘zgarishlar, ekologik vaziyat, ijtimoiy
foydali mehnat bilan ham o‘zaro bog‘liq bo‘lishi lozim. O‘quvchini o‘qishga
o‘rgatishda hayot tajribalariga tayanib ish ko‘riladi. O‘qish darslari bolalarda
go‘zallikka muhabbat uyg‘otadigan, poklik tuyg‘ulariga ozuqa beradigan, hissiyotni
o‘tkirlashtiradigan, aqlni charxlaydigan, tasavvurlarni boyitadigan, estetik didni
o‘stiradigan musiqa va tasviriy san’at fanlari bilan uzviy bog‘langan bo‘lishi kerak.
O‘qish, musiqa va tasviriy san’at darslarini o‘zaro bog‘lab uyushtirish bolalarda
san’at asarlarini to‘g‘ri tushunish va qadrlash ko‘nikmalarini o‘stiradi, o‘quvchining


background image

Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations

Special Issue – 9 (2021) / ISSN 2181-1415

234

shaxs sifatida ma’naviy qiyofasini shakllan-tirishga xizmat qiladi.

Til va adabiyot fanlari blokidagi fanlar o‘zaro ijtimoiy va aniq fanlar bilan uzviy

bog‘lab o‘qitiladi. Agar o‘quvchi matndan tashqari jadval, diagrammalardagi
topshiriqlarni mantiqiy fikrlab, unga tanqidiy yoki ijodiy yondasha olmasligi o‘qish
savodxonligida qusur borligidan dalolat.

Rivojlangan davlatlar qatoridan o‘rin olish uchun bilimli, tajribali va

zamonaviy fikrlaydigan yuksak salohiyatli, raqobatbardosh, kompetent kadrlarni
tayyorlanadi;

Dastur umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartlarida belgilangan

talablar uchun asos bo‘ladi;

Dasturda belgilangan maqsad va vazifalarni amaliyotga keng joriy etish

o‘quvchi-yoshlarning intellektual rivojlanishiga samarali ta’sir etadi;

Boshlang‘ich ta’limda fanlarini o‘qitish bosqichlari, o‘quv fani bo‘yicha ta’lim

mazmuni va o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma a kompetensiyalariga qo‘yiladigan
talablar me’yorlari aniqlashtiriladi;

STEAM ta’limini joriy etish orqali o‘quvchilarining fanlar integratsiyasi

asosida savodxonlik darajasini oshiradi;

ta’lim jarayonida elektron resurslar salmog‘ini bosqichma-bosqich oshirib

borish, elektron o‘quv adabiyotlari va majmualarni yaratish hamda ularni yagona
axborot ta’lim platformasiga joylashtirish tizimi yaratiladi;

tayanch o‘quv rejaga muvofiq matematika fanlarining sinflar va mavzular

bo‘yicha hajmi, yangilangan mazmuni, o‘rganish ketma-ketligi va shakllantiriladigan
bilim, ko‘nikma va kompetensiyalar asosida o‘quv dasturlarini ishlab chiqiladi;

matematika fanlarining mazmuni, o‘ziga xos xususiyatlari, davlat ta’lim

standartlari talablaridan kelib chiqqan holda yangi baholash tizimini ishlab c hiqiladi
hamda u asosida matematika fanini bilish darajasini baholash b o‘yicha milliy
sertifikatlash tizimini joriy qilinadi;

o‘quvchilarning matematik savodxonligi, mantiqiy fikrlashi va amaliy

ko‘nikma-larini rivojlantirishga yo‘naltirilgan xalqaro baholash dasturlari (PISA,
TIMSS) talablariga mos keladigan amaliy topshiriqlar bazasini yaratiladi va
mamlakatimiz o‘quvchilarining mazkur xalqaro baholash dasturlariga muosib
qatnashishi ta’minlanadi;

matematika fanlari bo‘yicha sinflar kesimida o‘quv-metodik majmualarni

(darslik, o‘qituvchi uchun metodik qo‘llanma, elektron darsliklar) yangi avlodini
ishlab chiqiladi va ta’lim jarayoniga joriy etladi;

matematika fanini o‘qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llash

bo‘yicha innovatsion metodikalar yaratiladi;

STEAM zamon talablari asosida xalqaro miqyosida o‘quvchilarga ta’lim-

tarbiya berishda umumta’lim fanlari bo‘yicha fanlararo bog‘lanish va amaliy
yondashuvga e’tibor qaratiladi:

o‘quvchilarni o‘quv loyiha va o‘quv-tadqiqotchilik rivojlantiriladi;
umumiy o‘rta ta’lim fanlari bilan o‘zaro integratsiyasi orqali o‘quvchilar
kasb-hunarga yo‘naltirish ishlarini tashkil etiladi;
matematika fani o‘qituvchilarining fan bo‘yichha bilim, ko‘nikma va
mahoratini uzluksiz yangilab borish maqsadida, o‘qituvchining shaxsiy va

kasbiy axborot maydoni yaratiladi hamda malaka oshirish tizimi zamonaviy raqamli
texno-logiyalar asosida tubdan yangilanadi;


background image

Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations

Special Issue – 9 (2021) / ISSN 2181-1415

235

ta’lim jarayoniga raqamli texnologiyalarni joriy etilib, yagona virtual muhit –

axborot ta’lim platformasi ishga tushiriladi, va unga matematika fani bo‘yicha
electron kutubxona, darslarning o‘quv-uslubiy ta’minoti bilan bog‘liq bo‘lgan barcha
electron resurslarni, video darslarni, virtual laboratoriya, multimediali interaktiv
animatsion ilovalar joylanadi.

Zamonaviy o‘quv sinflari va laboratoriyalari, yangi turdagi o‘quv mebellari,

jihozlari va asbob-uskunalari, ko‘rgazmali qurollar, kompyuter texnikasi va boshqa
o‘qitishning texnik vositalari bilan jihozlanadi hamda “Zamonaviy maktab” davlat
dasturi doirasida umumiy o‘rta ta’lim maktablari boshlang‘ich sinflarida, STEAM
mashg‘ulotlarini o‘tkazishga tayyoralanadi

Geografiya (atrof olam va tabiat) faniga oid matnlarni tinglab tushunish, o‘qish

orqali o‘quvchida tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy obyekt, jarayon va hodisalar, vatanimiz
tabiiy sharoiti va boyliklari, aholisi va iqtisodiyoti, jamiyat va tabiatning o‘zaro
aloqadorligi, tabiatdan oqilona foydalanish va ishlab chiqarishni to‘g‘ri tashkil
etishning global va hududiy muammolari haqida ilmiy-amaliy tushunchalar hosil
bo‘ladi, mustaqil fikr-mulohaza yuritish, xaritalardan foydalana olish, geografik
bilimlarni amalda qo‘llash malakalari shakllanadi. O‘quvchilarning tabiat
to‘g‘risidagi ilmiy dunyoqarashlarini shakllantirish, tafakkurini rivojlantirishda
tabiat qonunlarini asoslab berishda biologiya, tabiiyot va geografiya, fizika, kimyo,
iqtisodiy bilim asoslari va tadbirkorlik asoslari o‘quv predmetlari muhim ahamiyat
kasb etadi. Tabiatda ro‘y berayotgan hodisa va jarayonlar, tirik organizmlarning
rivojlanish bosqichlari, tabiat va jamiyat qonunlariga insoniyatning ko‘rsatadigan
ta'sirlari haqida ilmiy va amaliy bilimlar majmuasini yoritish tabiiy va iqtisodiy
fanlar blok-modulining asosiy vazifasini belgilab beradi.

O‘quvchining ichki motivatsiyasining qanchalik shakllanganligi tabiiy va

iqtisodiy fanlarga qiziqishi, atrof-muhit muammolarini anglashi vani hal qilishda
muhim qarorlarni qabul qilishni bilishi hamda tabiiy va ijtimoiy muhitga ta'sirini
tahlil qilishda muhim o‘rin egallaydi.

Fanlarning o‘zaro integratsiyasi o‘quvchilarda tabiatni butun bir borliq

sifatida, olamning yagona manzarasini tasavvur etishga yo‘naltirishi lozim. Shu bilan
birga, o‘quvchilar inson faoliyatining tabiatga salbiy va ijobiy ta'siri, zamon va
makon miqyosi-dagi global ekologik muammolarni va tabiat oldida javobgarlik
hissini tushunishi, shuningdek, sog‘lom turmush tarziga amal qilishlari hamda tabiiy
resurslardan oqilona foydalanish ko‘nikmalarini, tabiat va jamiyat taraqqiyotiga o‘z
hissasini qo‘sha oladigan kompetent shaxsni tarbiyalashni ko‘zda tutadi.

Shu bilan birgalikda ixtisoslashtirilgan ta’lim yo‘nalishida ham yoshlarning

iste’dodi va qobiliyatini har tomonlama rivojlantirish, ularning ilm-fanni egallashga
bo‘lgan intilishlarini qo‘llab-quvvatlash hamda ularni barkamol, jismonan va ruhan
sog‘lom shaxs sifatida Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash maqsadida fanlardagi
mavzularni kengaytirib o‘qitish maqsadga muvofiq.

STEAM ta'limi asosida tabiiy va iqtisodiy fanlar yo‘nalishida o‘quvchilarning

egallagan bilim, ko‘nikma va malakalarini kundalik hayot bilan bog‘liqligini
ko‘rsatishda dars va sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda o‘quv tadqiqotlarini o‘tkazish,
tajribalarni bajarish, loyihalashtirishga yo‘naltirilgan ijodkorligini tarbiyalash,
yangiliklar yaratishga bo‘lgan qiziqishlarini rivojlantirishga qaratilgan.

O‘quvchilar mantiqiy fikrlashini va amaliy ko‘nikmalarini shakllantirishga


background image

Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations

Special Issue – 9 (2021) / ISSN 2181-1415

236

yo‘nal-tirilgan xalqaro baholash dasturi (PISA, TIMSS) talablariga mos keladigan
topshiriqlar bilan ishlashga mo‘ljallangan amaliy mashg‘ulotlar, laboratoriya ishlari
hamda mustaqil bajarishga va ijodiy, kreativ fikrlashga undovchi amaliy topshiriqlar
bilan ishlashni yosh avlod ongiga singdirish o‘qituvchi oldidagi asosiy vazifalardan
biri sanaladi.

Texnologiya

(Rabotatexnika)

oʻquv

predmeti

oʻquvchilarda

ijodkorlikni,qobiliyatni, tafakkurni rivojlantirish, dars jarayonida tabiiy, metall va
metallmas materiallarga texnologiya asosida ishlov berish usullarini oʻrgatish orqali
kasb-hunarga yoʻnaltirishni yanada kuchaytirish, hunarmandchilik asoslari, ishlab
chiqarish va roʻzgʻorshunoslik asoslari, elektrotexnika ishlari, elektronika asoslari,
ijodiy loyiha tayyorlash texnologiyasi, kasb-hunarga yoʻllash boʻyicha oʻzlashtirgan
bilim, koʻnikma va malakalarini hayotda qoʻllay olish layoqatini shakllantirishni
koʻzda tutgan. Oʻquv predmetini oʻqitish orqali oʻquvchilarning texnik ijodkorli
taʻlim sohasini rivojlangan xorijiy mamlakatlarning taʻlim sohasida meʻyorlarni
belgilash tajribasidan milliy xususiyatlarni va mamlakatda amalga oshirilayotgan
islohotlarni hisobga olgan holda takomillashtirish;

texnologiya fani davlat taʻlim standarti talablarining taʻlim sifati va kadrlar

tayyorlashga qoʻyiladigan xalqaro talablarga muvofiqligini taʻminlash;

texnologiya fani boʻyicha umumiy oʻrta taʻlim muassasalari bitiruvchilariga

qoʻyiladigan malaka talablarini amaliyotga tatbiq etish;

texnologiya fani mazmunini sifat jihatidan yangilash, shuningdek, oʻqitish

metodikasini takomillashtirish, taʻlim-tarbiya jarayoniga individuallashtirish
tamoyillarini bosqichma-bosqich tatbiq etish;

texnologiya fani maqomi, umumtaʻlim fanlari bilan oʻzaro integratsiyasi
va oʻquvchilarni kasb-hunarga yoʻnaltirish ishlarini tashkil etish;
texnologiya fani mazmuni, mustaqil hayotda qoʻllash imkoniyati boʻlgan

texnologik savodxonlikni, tanqidiy fikrlash va ijodkorlik kompetensiyalarini
shakllantirish;

texnologiya fanini oʻqitishda variativ oʻquv modullarini ishlab chiqish;taʻlim

jarayoniga milliy, umuminsoniy va maʻnaviy qadriyatlar asosida oʻquvchilarni
tarbiyalash-ning samarali shakl, usul va vositalarini keng joriy etish;

oʻquvchi-yoshlarni

tarbiyalash

va

ularning

bandligini

taʻminlashda

texnologiya fani boʻyicha sinfdan va maktabdan tashqari taʻlimning zamonaviy
usullari va yoʻnalishlarini joriy etish;

texnologiya taʻlimi jarayoniga raqamli texnologiyalar va zamonaviy usullarni

joriy etish;

oʻquv-tarbiya jarayoni samaradoriligini va natijaviyligini taʻminlashda

innovatsion pedagogik va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini
tatbiq etish;

texnologiya fani moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va budjetdan

mablagʻ bilan taʻminlashning samaradorligini oshirish;

erkin bozor munosabatlariga va xususiy mulk ustuvorligiga asoslangan

iqtisodiyot-ning rivojlanishi hamda tadbirkorlik, kasanachilik faoliyatini keng joriy
qilishda oʻquvchi shaxsi, uning intilishlari, qobiliyati va qiziqishlarini aniqlash;

davlat taʻlim standartlarida koʻzda tutilgan kompetensiyalarga asoslangan

baholash mezonlarini joriy etish.

Boshlang‘ich sinflarda axborot texnologiyalari faniga oid matnlarni tushunish,


background image

Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations

Special Issue – 9 (2021) / ISSN 2181-1415

237

o‘qish orqali axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va kompyuter texnikasidan
foydalanish malakalari rivojlanadi.

Jumladan, kommunikativ kompetensiyalarni shakllantirishda davlat tili, xorijiy

tillarni o‘zlashtirishda mustaqil, ijodiy fikrlash, yozma va og‘zaki ravon bayon etish,
to‘g‘ri talaffuz qilish, izohlab berish hamda erkin muloqot qilishga o‘rgatish zarur.
Xususan, matematika fanining o‘z ilmiy tili, o‘z tushunchalari, belgi va timsollari ham
mavjud bo‘lib, bu tilda muloqot qilish – kommunikativ kompetensiyalarni
shakllantirish omili sifatida qaralishi lozim bo‘ladi.

Fanlarni o‘qitishda axborot bilan ishlash kompetensiyasini samarali

rivojlantirish

imkoniyatlarini

kengaytiruvchi

zamonaviy

axborot-

telekommunikatsiya

vositalaridan

muntazam

foydalanish

zarur.

Bunda

o‘quvchilarni darslik va turli o‘quv manbalari bilan ishlash, matematika faniga oid
axborotlarni turli manbalardan izlash, tahlil qilish va axborot xavfsizligiga rioya
qilgan holda axborot vositalari bilan ishlash ko‘nikmalarini shakllantirishda turli
amaliy dasturiy paket va ta’minotlardan, mobil qurilma (telefon, planshet va boshqa
gadjetlar) lardan foydalanish tavsiya etiladi.

O‘z-o‘zini rivojlantirish kompetensiyasini shakllantirishda umuminsoniy

qadriyatlar asosiga qurilgan fazilatlarga ega bo‘lish, Vatanni sevish, jamiyat va tabiat
haqidagi bilimlarga ega bo‘lish, yangiliklarga intilish va o‘zlashtirgan nazariy
bilimlari asosida mustaqil qaror qabul qilishga, jamiyatda ro‘y berayotgan
progressiv va innovat-sion o‘zgarishlarga xabardor va daxldor bo‘lish, doimo
zamonaviy bilim va ko‘nik-malarni egallashga intilish, hamda ulardan kundalik
hayotda foydalana olishga o‘rgatish zarur. Shu o‘rinda matematika fanini puxta
o‘rganish orqali o‘quvchilar tartib-intizomga o‘rqanadilar, har bir muammoga
matematik masala sifatida qarab, uni yechishda qat’iyatli bo‘ladilar.

Ijtimoiy-emotsional va fuqarolik kompetensiyasini shakllantirishda fuqarolik

burch, ijtimoiy va siyosiy rivojlanish, favqulodda vaziyatlar, ekologik muammolar
haqida bilimlarga ega bo‘lish hamda badiiy va san’at asarlarini tushunish hamda
ularni asrashda tashkilotchilik xislatlarini rivojlantirishdan iborat. Shuningdek,
matematika ularni haqgo‘y, nohaqlikka befarq bo‘lmaslik va vatanga sadoqatli
bo‘lish ruhida tarbiyalaydi. Matematika fanini puxta o‘rgatish orqali o‘quvchilarni
jamiyatning faol fuqarosi sifatida rivojlantirib borishga zamin yaratiladi va
umumlashgan mazmundagi amaliy tatbiq standatlardan iborat bo‘lib, ular
talabalarnning (o‘quvchilarning) quyidagi aqliy faoliyati sohalarini qamrab oladi
(kelgusida ishlatish qulay bo‘lsin uchun aqliy faoliyat sohalari, mos ravishda M1, M2,
M3, M4 va M5 bilan kodlanadi):

Mulohaza yuritish (M1); matematikaga oid fikrni asoslash, isbotlash yoki

o‘zgalar fikriga munosabat bildirish uchun mantiqan asosli va tushunarli dalillarni
keltirish;

Modellashtirish (M2): o‘quv va hayotiy muammolarni matematika tilida

ifodalash, ularning matematik modelini qurish;

Muammoni yechish (M3): matematikani qo‘llab muammoni hal qilish;

Muloqot qilish (M4): matematik tushuncha, belgi va timsollar asosida

matematika tilida o‘zaro muloqot qilish;

Ma’lumotlar bilan ishlash (M5): ma’lumotlarni yig‘ish, tahlil qilish va turli

shakl-larda tasvirlash.


background image

Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations

Special Issue – 9 (2021) / ISSN 2181-1415

238

Fan sohasidagi yangi ma’lumotlarni tahlil qilish, ta’limda zamonaviy texnolo-

giyalarni qo‘llash, oquv faoliyatining zamonaviy yo‘nalishlari bo‘yicha amalga
tadqiqotlar sifatini tushunishni namoyon qilishga qobiliyatlilik;

Boshlang‘ich ta’lim fan sohasiga doir zamonaviy texnologiya, metod,

vositalarni qo‘llay olishga qobiliyatlilik;

Butun hayot davomida ilmiy-pedagogik va amaliy faoliyat sohasida o‘z-o‘zini

takomillashtirishga qobiliyatlilik.

Matematik ta’limga kompetensiyaviy yondashuv kasbiy, shaxsiy va

jamiyatdagi kundalik hayotda uchraydigan holatlarda samarali harakat qilishga
imkon beradigan turli ko‘rinishdagi malakalarni o‘quvchilar tomonidan egallashni
nazarda tutadi. Shunday qilib, kompetensiyaviy yondashuvda matematik ta’limning
asosini amaliy, tadbiqiy yo‘nalish-larini kuchaytirishga qaratiladi.


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.

Matematika sohasidagi ta’lim sifatini oshirish va ilmiy-tadqiqotlarni

rivojlantirish chora tabirlari to‘g‘risida. Uzbekiston Respublikasi prezidentining PQ–
4708-son 07.05.2020 Qarori.

2.

Стратегия действий по пяти приоритетным направлениям развития

Республики Узбекистан в 2017-2021 годах. К Указу Президента Республики
Узбекистан от 7 февраля 2017 года № УП–4947.

3.

Дрига В.И. Развитие профессиональной карьеры современного

педагога в условиях креативного образования / В.И. Дрига // Стандарты и
мониторинг в образовании. – 2012. – № 4. – С. 48–51

4.

Локтионова Т.Е., Сергеева М.Г. Комфортная образовательная среда в

образовательной организации: современный подход к проектированию.
Профессиональное образование и общество. – 2018. – №3(27). – С. 43–106.

5.

Жумаев М. Методика преподавания математики для начальных

классов. Учебник. Туроникбол. Ташкент, 2016. – С. 426.

6.

Давыдов В.В. Психологическая теория учебной деятельности и

методов начального обучения, основанных на содержательном обобщении. –
Томск, 1992. – С. 112.

7.

Фридман Л.М. Как научиться решать задачи. Москва.: Просвещение

2005. – С. 132.

8.

Петерсон Л.Г.

Моделирование

как

средство

формирования

представлений о понятии функции в 4-6 классах средней школы. Дис. на соиск.
уч. степ. канд. пед. наук. – М., 1984. – С. 201.

Библиографические ссылки

Matematika sohasidagi ta’lim sifatini oshirish va ilmiy-tadqiqotlarni rivojlantirish chora tabirlari to‘g‘risida. Uzbekiston Respublikasi prezidentining PQ-4708-son 07.05.2020 Qarori

Стратегия действий по пяти приоритетным направлениям развития Республики Узбекистан в 2017-2021 годах. к Указу Президента Республики Узбекистан от 7 февралья 2017 года № УП-4947

Дрига, В. И. Развитие профессиональной карьеры современного педагогав условиях креативного образования / В. И. Дрига // Стандарты и мониторинг в образовании.— 2012.— № 4.— С. 48–51

Локтионова Т.Е.,Сергеева М.Г. Комфортная образовательная среда

в образовательной организациитции: современный подход к проектированию. Профессиональное образование и общество . — 2018. — №3(27). — 43-106 с.

Жумаев М. Методика преподавания математики для начальных классов. Учебник.Туроникбол. Ташкент, 2016.426 с.

Давыдов В.В. Психологическая теория учебной деятельности и ме¬тодов начального обучения, основанных на содержательном обобще¬нии. -Томск, 1992. -112с.

ФридманЛ.М. Как научиться решать задачи. Москва.: Просвещение 2005. 132 ст.

Петерсон Л.Г. Моделирование как средство формирования пред¬ставлений о понятии функции в 4-6 классах средней школы. Дис. на соиск. уч. степ. канд. пед. наук. -М., 1984. -201с.