Авторы

  • Мохичехра Балтаева
    старший преподователь, кафедра "Гуманитарных наук", Джиззакский филиал Национального университета Узбекистана имени Мирзо Улугбека, Джиззак, Узбекистан
  • Олим Ортиков
    старший преподователь, кафедра "Гуманитарных наук", Джиззакский филиал Национального университета Узбекистана имени Мирзо Улугбека, Джиззак, Узбекистан

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol2-iss10/S-pp480-487

Ключевые слова:

кризис промышленности капитализм Новая Европа вторая империя металлургическая промышленность

Аннотация

В данной статье рассматриваются изменения в промышленности и финансовых сфере второй империи Франции в конце 19 века. Также рассмотрено переворот промышленности и его влияние на политическое положение Франции в Европе. Одно из основных положений указанных в статье, - это связанность кризиса промышленности  с политическим кризисом французского государства.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Industrial growth and financial development in France during
the Second Empire

Mokhichekhra BOLTAYEVA

1

, Olim ORTIKOV

2


Jizzakh branch of National University of Uzbekistan named after Mirzo Ulugbek

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received September 2021
Received in revised form
15 September 2021
Accepted 20 October 2021
Available online
15 November 2021

This article examines the changes in the industry and financial

sphere of the second Empire of France at the end of the 19th
century. The industrial revolution and its impact on the political
position of France in Europe are also considered. One of the main
provisions mentioned in the article is the connection of the
industrial crisis with the political crisis of the French state.

2181-

1415/© 202

1 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol2-iss10/S-pp

480-487

This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

industrial revolution,
capitalism,
new Europe,
second empire,
metallurgy.

Fransiyada ikkinchi imperiya davrida sanoatning ko‘tarilishi va

moliyaviy rivojlanish

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

sanoat inqilobi,
kapitalizm,
Yangi Yevropa,
ikkinchi imperiya,
metallurgiya sanoati.

Maqolada XIX-asrning ikkinchi yarmida Fransiyada ikkinchi

imperiyaning sanoat o‘zgarishlari va moliyaviy o‘zgarishlar
haqida so‘z boradi. Bu davrning asosiy voqealari sifatida
Yevropada yuz bergan sanoat to‘ntarishlari va ularning
davlatlarning siyosiy hayotga ta’siri kabi voqealarni olish

mum

kin. Maqolada asosiy ko‘rsatilgan yangiliklardan biri bu

Fransiya sanoat inqilobining siyosiy inqilob bilan birgalikdagi

uzviy bog‘liqligidir.

1

senior lecturer at the Department of Social Sciences of the Jizzakh branch of the National University of Uzbekistan

named after Mirzo Ulugbek. Jizzakh, Uzbekistan.

2

senior lecturer at the Department of Social Sciences of the Jizzakh branch of the National University of Uzbekistan

named after Mirzo Ulugbek. Jizzakh, Uzbekistan.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

10 (2021) / ISSN 2181-1415

481

Процветание промышленности и финансовое развитие

в период второй империи во Франции

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

кризис промышленности,
капитализм,

Новая Европа,

вторая империя,
металлургическая
промышленность.

В данной статье рассматриваются изменения в

промышленности и финансовых сфере второй империи
Франции в конце 19 века. Также рассмотрено переворот
промышленности и его влияние на политическое
положение Франции в Европе. Одно из основных положений
указанных

в

статье,

это

связанность

кризиса

промышленности с политическим кризисом французского
государства.


XIX-asrning bu paytigacha Fransiya davlat boshqaruvida bir necha almashinuvlarni,

inqiloblarni va

keskin o‘zgarishlarni boshidan kechirgan edi.

Umumyevropa doirasida

sodir bo‘lgan 1847–

1848-yillardagi inqirozdan keyin barcha Yevropa davlatlarida

sanoatning tez o‘sish davri boshlandi.

Boshqa Yevropa davlatlari qatorida Fransiyada ham

XIX-

asrning o‘rtalariga kelib sanoatning o‘sishi shiddat bilan

borayotgan edi. Sanoatning

barcha asosiy tarmoqlarida texnikaning keng qo‘llanilishi boshlandi. Metallurgiya
zavodlari yog‘och yoqilg‘ilardan mineral yoqilg‘iga o‘tdi.

Po‘lat eritishning ko‘rsatkichlari

oshdi. 1851-

yilda ko‘rgazmada namoyish etilgan 2

ming

kg miqdordagi po‘lat o‘sha davr

uchun katta yutuq edi.

Bunday iqtisodiy o‘sish nimalarning xisobiga yuz berdi?

Xashamatli

Parijning qurilishi kimlarning xalokati evaziga erishildi? Ushbu savollarning javobini
izlash maqsadida sirli Fransiya tarixi zarvaraklariga nazar tashlaymiz.

Fransiyada bu davrda 1852-yilda Lui Napeleon III tomonidan asos solingan ikkinchi

imperiya xukm surayotgan edi. Bu davrda Fransiya nafaqat siyosiy jixatdan, balki iqtisodiy
jixatdan xam Yevropada Buyuk Britaniya bilan bir qatorda

edi. Ikkinchi imperiya o‘zining

19 yillik faoliyati davomida tovar ishlab chiqarish xajmi ikki barobar, tashqi savdo esa uch

barobar o‘sdi. Napeleon ShShSh boshqa frantsuz xukmdorlaridan farqli o‘laroq iqtisodiy
o‘sish xukmronligining asosiy tayanchi ekan

ligini tushunar edi. Shuning uchun xam u

o‘zining atrofiga M.Shevale, aka

-uka Emil va Isaak Pereyri va Ferdinad de Lesseps kabi

mashxur iqtisodchilar va sanoatchilarni yig‘adi.

Aynan Ikkinchi imperiya davri Fransiyada

sanoat inqilobi yakunlandi. Fabrikalar mamlakatning barcha iqtisodiy soxalarida paydo

bo‘ldi.

Sanoatdagi keskin o‘zgarishlar asosan mashinasozlikda yuz berdi.Yirik

mashinasozlik zavodlari mamlakatning turli burchaklarida

paydo bo‘lgandi. Bug‘

mashinalarining soni teplovoz va bug‘ paroxodlari s

onini xisobga olmaganda, 4 marotaba

ortdi; shuningdek ularning quvvati ham shuncha marotaba ortdi. Bu misollarning qiska

izoxini quyidagi jadvalda ko‘rish mumkin.

Yillar

Bug‘ mashinalarining soni

Ot kuchiga teng quvvati miqdori

1852

6080

75518

1869

26221

320447

Bug‘ mashinalarining sanoatdagi korxonalarga qo‘llanilishi uch marotaba ortdi. Bu

faktni raqamlarda ko‘radigan bo‘lsak, 1852

-

yil ularning soni 6543 ta bo‘lgan bo‘lsa,

1870-yilga kelib 22851 taga yetdi.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

10 (2021) / ISSN 2181-1415

482

Frantsuz og‘ir sanoatidagi aylanma mablag‘lar Iyul monarxiyasi(1830

-1848)

davriga nisbatan salmoqli muvaffaqiyatlarga erishdi. Ikkinchi imperiya davrida og‘ir
sanoatning o‘sishi engil sanoatning bir qator muhim tarmoqlariga ta`sir qildi.
Jumladan,paxtani qayta ishlash tarmog‘ini misol keltiri

sh mumkin. Buni quyidagi

jadvaldagi raqamlar orqali ko‘rish mumkin.

Yillar

Toshko‘mir va kulrang

ko‘mir qazib olish

(tonnada)

Cho‘yan

ishlab

chiqarish

(tonnada)

Temir ishlab

chiqarish

(tonnada)

Po‘lat ishlab

chiqarish

(tonnada)

Paxta

istemoli

(tonnada)

1851-yil

4485033

(100%)

445808
(100%)

254167

(100%)

14040

(100%)

58484

(100%)

1869-yil

13509745

(301.2%)

1380965

(309%)

903179

(365%)

110225

(790%)

124331

(213%)

Fransiyada sanoatning bunday o‘sishi uning Evropadagi boshqa

davlatlarga

nisbatan solishtirganda ancha oldinda edi. Misol uchun,1860-yilda ham Fransiya

Germaniyadan ko‘proq cho‘yan ishlab chiqarar edi. Ikkinchi imperiya davrida Ko‘proq
etibor temiryo‘l qurilishi soxasiga qaratildi. 1842

-yilda

temiryo‘llar Fransiyada deyarli

yo‘q edi. 1851 yilda temiryo‘llarning uzunligi

bor yo‘g‘i 2100 milya( 1 milya 1,609 km ga

teng) edi. 1851

1869-

yillarda temiryo‘llarning uzunligi 3.7

ming kmdan 18 ming kmgacha

uzaydi. Bu demakdir,temir yo‘l tarmoqlarining u

zunligi shu davr mobaynida besh

marotaba ortdi. Temiryo‘l relslarini ishlab chiqarish 1851

-yilda 27 mingtadan 1869-yilga

kelib 271 mingtaga, lokomotivlar soni besh marotaba(1850-yilda 973 tonnadan
1869-yilda 4822 tonnaga) ortdi.

Sanoatning markazlashuvi v

a sanoatning o‘sishi Fransiyada ishchilar sonining

ortishiga ham sabab bo‘ldi. Ikkinchi imperiyaning so‘nggi kunlarida Shnayderdagi Krezo

metallurgiya zavodida 10,5 mingdan ortiq ishchi ishlar edi. Zavodda parovoz,

temiryo‘l

relslari,lokomotiv,kema va barcha turdagi mashinalar ishlab chiqarar edi. Zavodning

tovarlari nafaqat Fransiyaning o‘zida, balki Evropaning boshqa davlatlariga eksport qilinar
edi. Frantsuz tarixchisi Tyurgen malumotlariga ko‘ra, zavodning yillik daromadi

60-

yillarning o‘rtalarida 30 m

ln frankni tashkil qilgan. Temir mahsulotlari ishlab

chiqaruvchi aka-

uka Japi va Bokure zavodida (yuqori Reyn bo‘yida) 5.5 mingdan ortiq

ishchilar ishlar edi. 60-

yillarning o‘rtalariga kelib

bu korxonaning sanoat uskunalarining

quvvati mingta ot kuchiga teng kelar edi. Shu jumladan, yirik korxonalar sirasiga Elzasdagi

ko‘plab tekstil fabrikalari,

1765-yilda asos solingan Bakkaradagi billur zavod va boshqa

shu kabi korxonalar sanoatning yirik korxonalari sirasiga kirar edi. Bundan tashqari,
mayda sanoat korxonalarida 1 nafardan 10 nafargacha ishchilari mavjud edi. Frantsuz

sanoatining 3 mlndan oshiq ishchilarining yarmidan ko‘pi xuddi shunday mayda sanoat
korxonalari ishchilari edi. Yozma malumotlarga ko‘ra, Parijda 62 mingdan ortiq mulkdorlar

yollanma mehnat

dan yoki bitta ishchiga ega bo‘lgan sanoat korxonasining egasi bo‘lsa,

31 mingdan ortiq mulkdorlar 2 nafardan 10 nafargacha ishchilari bor mayda sanoat
korxonalarining egasi edi. Faqatgina 7500 dan ortiq korxona egalari 10 nafardan ortiq
ishchilari mavjud edi. Ayrim mutaxassislar fikricha, Fransiya sanoati bu davrda mayda

burjuaziya (dehqonlar,do‘kondorlar va mayda kosiblar) ustunligi bilan ajralib turardi.

1869 yilga kelib 15.2 mln tashabbuskor xalqdan 7.2 mlnni xalq xo‘jaligi soxasida, 4.7 mlnni

sanoat

soxasida, 1 mln qismi savdo soxasida va 1.3 mln qismi uy xo‘jaligida band edi.

Mamlakatdagi sanoatning yirik o‘sishiga karamasdan 50

-60- yillarda xam frantsuz sanoati


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

10 (2021) / ISSN 2181-1415

483

mayda va urta korxonalar bilan cheklanib kolmokda edi. Yozma manbalarga karaganda
1866 yilda xam 2938153 ta yollangan ishchi va 1661584 ta korxona egalari mavjud edi.

Ular sanoatda quyidagi obrazda bo‘lingan edi.

Sanoatning etakchi soxalari

Umumiy band

ishchilar soni

Korxonalarning

egalarining soni

1.

Tukimachilik

825829

178117

2.

Kiyim va kiyimning boshka turlari

700754

427961

3.

Qurilish

480388

341991

4.

Ozik-ovkat

159393

410204

5.

Metall maxsulotlari

145846

49198

6.

Kon sanoati

121824

25949

7.

Keramik maxsulotlar

71801

18599

8.

Xashamga doir maxsulotlar

63084

11984

9.

Sanat va fanga xizmat kiluvchi maxsulotlar

59594

8150

10. Metallurgiya

49675

2291

11. Yogochga ishlov berish

48937

56637

12. Mebelsozlik

48684

15185

13. Teri maxsulotlari

34000

8955

14. Xarbiy soxa

22441

272

15. Kimyo maxsulotlari

21841

4733

16. Yoruglik maxsulotlari

13509

6098

17. Boshka soxalar

9839

3239

Jami:

2938153

1661584

Lekin sanoatning rivojlanishi ishchilarning moliyaviy ahvolini o‘zgartirmadi.

Fransiyada erkaklar mehnati va juda kam ish haqi to‘lanadigan ayollar va bolalar
mehnatidan foydalanish, ish kunining uzunligi va kam to‘lanadigan ish haqi ishchilarning
doimiy yo‘ldoshi edi. Birgina Parij shaxridagi ishchilarning 25 % i ayollar va 7 % i voyaga

etmagan bolalar edi. Sanoatchilar ishchilarni turli jarimalarga tortishar, mahsulotlarni

baland narxlarda o‘z do‘konlaridan sotib olishga majbur qilishar edi. Ish kunining uzunligi

11-13 soat xatto bazi joylarda 17-18 soat edi. Oziq-ovqat mahsulotlarining narxi
XIX-asrning 50

60-

yillarida juda tez oshdi.masalan, 1 kg go‘sht narx

i Ikkinchi imperiya

davrida 1.5 barobar oshgan bo‘lsa, 1 kg moy narxi 2 barobar ortdi.

Fransiyada bu davrga kelib engil sanoatning rivojlanib,

o‘sib borishi davom

etayotgan edi. Frantsuz engil

sanoati o‘zining tayyor ko‘ylaklari, Lion barxati,ipak,zargarli

k

mahsulotlari, mebellar va boshqa mahsulotlari jahonga mashxur edi. Ushbu mahsulotlar

o‘zining betakrorligi va yuqori did bilan ishlanganligi bilan ajralib turardi. Jahonning eng

boy insonlari Fransiyaning nozik ipak matolari, yuqori sifatdagi gazlamalari, parfyumeriya
mahsulotlari va uzum vinolarining talabgorlari edi. Umuman Fransiya azal-azaldan
modaning vatani edi. Bundan tashqari Ikkinchi Jaxonning eng guzal kiyimlari,jaxon

ayollarining muxabbatiga sazovor bo‘lgan liboslarning vatani Fransiya edi. Jum

ladan

1858-yil Fransiyada yukori moda asoschisi ingliz Charlz Vort Parijda uzining tikish
ustaxonasini ochdi. Xashamatli okshom liboslarining tayorlashi bilan u butun dunyoga
mashxur edi. Uning mijozlari orasida imperator ayoli Evgeniya xam bor edi.

Ikkinchi

imperiya davrida iqtisodiyotning bunday suratdagi ko‘tarilishi mamlakatda

chakana savdoning rivojlanishiga turtki bo‘ldi. Parijda Evropa shaxarlarida keng urf
bo‘layotgan universal do‘konlar ochiladi.1852

-yil ilk bora yirik frantsuz kapitalsti Aristid

Busiko tomonidan “Au Bon Marche” nomli universal do‘kon ochiladi. Keyingi yillar


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

10 (2021) / ISSN 2181-1415

484

davomida Fransiyaning deyarli barcha yirik shaxarlarida universal magazinlar paydo

bo‘ldi. 1855

-yilda

Luvr

,1856-yilda

Bel Jardiner

,1865-

yilda “Printemps” va 1870

-yilda

“Samaritaine” universal do‘konlari ochiladi. Universal do‘konlar bilan raqobatga
qaramasdan “Au Bon Marche”universal do‘koni birinchi jahon urushigacha Fransiyadagi
eng yirik universal do‘kon bo‘lib qolaveradi.

B

unday yirik universal do‘konlarning ochilishi

va viloyatlarda xam tarkay boshlashi mayda va o‘rta do‘konlarning inkiroziga olib keldi.

Iqtisodiyotdagi bunday keskin o‘zgarishlar Fransiyada qurilish ishlari uchun xam

turtki bo‘ldi. XIX asrning o‘rtalarigacha Parij o‘rta asrlar shaxarlaridek tor ko‘chalar va

kichik kichik bir-

biriga tutashib ketgan uylardan iborat edi.Suvoqova sistemasi o‘tajo‘n,

yoritish sistemasi va havo tozaligi esa ancha xarob xolatda edi.1853-yil yanvar oyida Sena
departemantining prefekti etib baron Jorj Osmann (1809

1891) etib tayinlandi.

Osmonnning o‘zi shaxarning loyihasining qayta tuzib chiqilishidan asosiy maqsad xalq
qo‘zg‘olonlari vaqtida barrikadalarning oldini olish uchun edi. Keng ko‘chalarda
barrikaddalar uyushtirib bo‘lmas edi. Imperator Napeleon III ning o‘zininig bu qurilish
ishlaridan ko‘zlangan maqsadi xam shu edi. Chunki 1830,

1848-yillardagi inqiloblar

paytida tor shaxar daxalari barrikada va mushtlashuvlar uyushtirish uchun qulay
ekanligini isbotlagan edi. Qayta qurish paytida Sevastopol xiyoboni shaxarga

qo‘shinlarning kirib kelishini qulay qilish maqsadida buzib tashlandi.

Zamonaviy Parij

shaxrining xozirgi qiyofasi oddiy parijliklarga ancha qimmatga tushdi. Parijliklarning
ishchi xalqi bu qurilish yillarida anchagina

katta zarar ko‘rdi. O‘

n minglab odamlar

markaziy kvartallardagi buzilgan uylardan shaxar chetiga xaydaldi Bu malumotni

raqamlar bilan oydinilik kiritadigan bo‘lsak qayta qurish yillarida Parijda 57 ta ko‘cha,

2227 ta uy vayron qilindi. 25 mingdan ortiq ax

oli o‘z uyidan ayrildi. Bularning deyarli eng

katta qismi oddiy ishchilar edi. Burjuaziya publitsisti Lazar bu haqida quyidagi so‘zlarni
yozadi:”Parij shaxridagi bunday sanatning

mo‘jizalari,xashamatning

Napeloen III dan Parij

shaxrining rekonstruksiya qil

ish to‘g‘risidagi farmonni oldi. Osmann tez va

qatiy xarakat

boshladi. Shaxarda keng xiyobonlar,parklar,skverlar ,jamoat binolari, cherkov, teatr,

bozorlar paydo bo‘ldi. Tez orada Parij Napelon imperiyasining ramzi va zamonaviy

dunyoning barcha talablariga

javob beradigan shaxarga aylandi”

. Bundan tashqari aynan

shu yillarda Lill, Lion, Bordo va Marsel o‘zining ahamiyati va maydoniga qarab tamirlandi.

Qishloq xo‘jaligida ham o‘sish jarayonini boshdan kechiradi. Ekin maydonlari

kengaydi,tropik ekish ko‘payd

i va chorvachilik yuqori darajada rivojlandi. Mashinalar

qishloq xo‘jaligiga tatbiq qilina boshladi.(yanchish mashinasi, o‘roq mashinasi,seyalka va
xokazolar).Albatta barcha xolatlarda mashinalarni qo‘llab bo‘lmasdi. Barcha er egalari

erga ishlov berishda

mashinalarni qo‘llash uchun katta mablag‘ talab etardi. Qishloqlarda

katta er egalari erlarini chek erlarga bo‘lib,ijarachi dehqonlarga berardi. Napeleon III o‘z

davlatining muxim kismi sifatida dexkonlarni bilardi. Shuning uchun xam agrar soxaga
katta etibor karatdi. Bu soxadagi isloxotlar uzining natijasini bermay kolmadi. 1848-yildan
to 1869-

yilgacha urtacha yillik xosil mikdori 50% ga o‘sdi.

Ikkinchi imperiyaning yagona imperatori bo‘lgan Napelon III ning iqtisod borasidagi

siyosati burjuaziya xarakteri

ga ega edi. Umuman olganda Napelon III erkin savdoni qo‘llab

quvvatladi.Xatto imperiya ayrim mamlakatlar bilan savdo sotiq qilishda bojsiz savdo qilish
yoki bojning pasaytirilishi, kabi yengilliklar berildi. 1860 yilda Fransiya tashki savdosida

katta axamiyatga ega bo‘lgan Angliya bilan savdo shartnomasi imzolandi. Ushbu
shartnoma Fransiyaning import va eksport saloxiyatining o‘sishiga aloxida ahamiyat kasb

etdi. Imperiyaning daromadi 1851-yildagi 82 mlrd frankdan 1869 yilga kelib 162 mlrdga


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

10 (2021) / ISSN 2181-1415

485

ko‘paydi. Shartnoma tufayli Angliya Fransiya tashki

iqtisodiyotida birinchi urinni

egalladi.Shartnoma shartiga kura Angliya Fransiyaning 42 dan ortik asosiy frantsuz
eksport maxsulotlariga nisbatan import bojini bekor kilish majburiyatini oldi. Bu

maxsulotlar sirasiga ipak,vino,tayor ko‘ylaklar, “

Parij shoyisi

, oliy turdagi jun matolar,

gulkogoz kabilar kirardi. Bundan tashqari ushbu shartnomaning xalq ommasi uchun

ahamiyati katta bo‘ldi. Savdo sh

artnomasi sanoatchilar tomodian qattiqa tanqid ostiga

olingan bo‘lsa

-

da, kambag‘al aholining

eng kerakli birlamchi mahsulotlarning narhini

arzonlashuviga sabab bo‘ldi. Shartnoma Lille, Ruane, Elbefe, Rube,

Turkuane

shaxarlaridagi ko‘plab tekstil fabrikalari egalarining qiziqishiga sabab bo‘ldi. Frantsuz va

inliz sanoatidagi raqobat tufayli frantsuz korxonalaridagi eskirib qolgan uskunalarni

yangilashga extiyoj paydo bo‘ldi. Xukumat bu masalaga 1860 yil 1

-may kuni 40 mlndan

ortiq subsidiya ajratish bilan bir vaqtda tekstil xomashyosiga nisbatan import bojini, suv

yo‘llari orqali keladigan yuklarning kiymatini pasaytirdi.

Prussiya bosh kansleri Bismark

1862 yil Fransiya bilan iqtisodiy shartnoma tuzdi. Ushbu shartnoma nafaqat Frantsiayga
balki Prussiya uchun ham manfaatli savdo shartnomasi edi. Ushbu Shartnoma orqali

Prussiya kansleri Bismark o‘ziga dushman bo‘lgan Avstriyaning Fransiya bilan

yaqinlashuvini barataraf etadi. Bundan tashkari Fransiya 1861-yil Belgiya, 1863-yil Italiya,
1864-yil Shvetsariya, 1865-yil Shvetsiya, Norvegiya, Ispaniya, Gollandiya, 1866-yil
Portugaliya va Avstriya davlatlari bilan shartnoma imzoladi. Bu shartnomalarning
barchasi 10 yil muddatga imzolangandi. Bu shartnomalarga kura xam frantsuz tovarlariga
nisbatan sezilarli darajada boj

to‘lovi pasaytirildi. Ushbu faktni rakamlar asosida

yoritadigan bo‘lsak Belgiyada vinoga nisbatan boj tulovi gektalitrga 35 frankdan

23 frankkacha,Germaniyada 45 frankdan 30 frankka, Shvetsiyada 47 frankdan 23 frankka
tushirdi. Asosiy eksporti markazlaridan vino Bordo, Nantda,ipak Lionda,tayor buyumlar
va xashamat buyumlari Parijda,tikilgan chit va gulkogozlar Elzas shaxarlarida yuborilar
edi.

Fransiyada ikkinchi imperiya davrida iqtisodiyotning asosi bo‘lgan banklarning

yiriklashuvi va ko‘payishi sodir bo‘ldi. Frantsuz bankining mablag‘ aylanmasidagi

amaliyotlari 1851-

1869 yillar oralig‘ida 5 barobar ortgan bo‘lsa, uning filliallari soni

30 tadan 61 taga yetdi.Bundan tashqari, 1852 yil “Maqsadli kredit jamiyati”, “Yer ishlari
bo‘yicha kredit jamiyati”, 1854 yilda “Milliy idora”, 1863

-

yilda “Lion kredit uyushmasi”,

1864-yilda

“Marsel sanoat krediti va jamg‘armasi jamiyati” bankining ochilishi bank ishlari

bo‘yicha yangi bosqichga asos soldi.Keyingi 12 yil davomida esa “Credit Industriel

et

Commercial”, “Credit Lyonnais” va “Societe generale” kabi yirik banklar ochildi. Ushbu

banklarning xar biri iqtisodiyotning malum soxalariga mablag kiritdi. Banklar
Fransiyaning iqtisodiyotidagi barkarorligi va gullab yashnashida

muhim o‘rin egalladi.

Bunday kredit uyushm

alarini ko‘payishini xukumat xam qo‘llab quvvatlaydi. Shunday

kredit uyushmalaridan biri xo‘jalik va siyosiy soxada asosiy rolni o‘ynagan “Societe
generale” kredit uyushmasini ochgan iqtisodchi aka

-uka Pereyralarni shaxsan imperator

Napeleon 3 xomiyligi os

tida bo‘lgan.

Hukumat o‘zining ko‘p sonli korxonalariga mablag‘

topish uchun davlat qarzini ko‘paytirib borgan bo‘lsa

-

da, o‘zining qimmatli qog‘ozlarini

joylashtirishda xech qanday qiyinchiliklarga uchramadi. 1868-yilda 400 mln frank
miqdorida qarz kerak b

o‘ldi. Bu qarzga 830 mingdan ortiq odam rozi bo‘ldi,ular birgalikda

15 mlrd frank mablag‘ taklif qilishdi. Aynan

1852

1870-

yillarda yig‘ilib borgan boyliklar

Fransiyani Prussiya bilan bo‘lgan urushdan ko‘rgan Talofotlaridan tez o‘nglanib olishiga

yordam berdi.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

10 (2021) / ISSN 2181-1415

486

Frantsuz kapitalistlari bu davrda chetga kapital chiqarish bo‘yicha Evropada ilg‘or

o‘rinlarda edi. Kapitalistlarning chetga chiqarayotgan mablag‘lari misli ko‘rilmagan
darajada foyda olib kelar edi. Kapitalistlar o‘z mablag‘larini sanoat va qishloq xo‘jaligi
soxalariga qo‘yar edi. Bunday mablag‘ aylanmasi kafolatlangan foyda edi.

Krim urushidan

keyin Rossiyaning mag‘lubiyati Fransiya kapitalistlari uchun Osiyoga yo‘l ochdi.

Birjadagi spekulyatsiya misli ko‘rilmagan darajaga olib keldi. Aynan

shu omil

ikkinchi imoeriya davrida Parij birjaisni dunyoning mashxur birjalarida biriga aylantirdi.
Bank egalari, iqtisodchilar, yirik sanoatchilar bunday spekulyatsiya orqali katta boylikka

ega bo‘ldi. Aynan birja spekulyatsiyasi va kredit tashkilotlari sanoat va savdodan ko‘ra
ko‘proq foyda keltiradi. Birja spekulyatsiyasi butun Yevropa masshtabidagi pul bozoriga
aylandi. Bu haqida o‘sha davrning mashxur jurnallaridan biri “Journal des economists”ning

1868 yil yanvar oyidagi sonida quyidagicha fikr bildiradi:

Xazrati oliylari Napeleon III

hukmronligining dastlabki yillaridan birja speklyutsiyasi chegarasiz ravishda kengayib

bormoqda”

. Frantsuz kapitali kiritilgan eng omadli loyihalardan biri bu Suvaysh kanalining

qurilishi haqidagi konsetsiya edi. Ferdinand Lesseps

“Suvaysh kanali umumiy kompaniya”

nomli aksionerlik jamiyatiga asos soldi. Aksiyalarning umumiy summasi 200 mln frankni

tashkil qilgan bo‘lsa, 44 % ni Misr to‘lagan edi. Kanalning qurilishi 10 yil davom etdi.

1869-yil 10-noyabr kuni kanalning

ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu marosimda

Fransiya imperatorining oilasidan imperiyada kuchli siyosiy ta’sirga ega bo‘lgan

Napeleon

III ning ayoli Yevgeniya qatnashdi. Kanal qurilishida Misr bepul yer va ishchi kuchi bilan
taminladi. 20 mingdan ortiq misrlik falloh(Misr va suriyada dehqonlarga nisbatan falloh

so‘zi ishlatilgan)lar kanal qurilishida xalok bo‘ldi. Lekin kanaldan keladigan asosi foydani

85 yil davomida frantsuz kapitalistlar olishdi.

Agarda Ikkinchi imperiyaga iqtisodiy nuktayi nazardan

karaydigan bo‘lsak,u xalk

tomonidan ijobiy baxolangan. Aynan shu yillardagi iqtisodiy yuksalish yillari Fransiyani
Yevropadagi mavqeini yana bir marotaba mustaxkamladi. Shunga qaramay Ikkinchi
imperiya ikki marotaba inqirozni boshdan kechirdi. Birinchi inqiroz 1857

1858-yillardagi

pul inqirozidan kelib chiqdi. 1857-yil mart aprel oylarida pulning qadri tushib ketdi.
1857-yilning oxiriga kelib kredit operatsiyalari xam keskin tushib ketdi. Parijning shoyi va
boshqa tekstil maxsulotlariga nibatan amerikaliklarning buyurtmasi kamyishi ushbu

soxaning xam inqiroziga olib kildi. Yirik sanoat markazlari bo‘lgan Parij,

Lion, Ruan, Lille,

Rube, Sent-Etenne,

Myuluze shaxarlarining omborxonalrida maxsulotlar to‘lib qola

boshladi. Ishchilarning ko‘pi ishdan bo‘shatildi

yoki aksincha ish xaqi pasaya boshladi.

Inqiroz toshko‘mir va metallurgiya sanoatiga xam katta tasir ko‘rsatdi.Cho‘yan ishlab
chiqarish keskin kamayib,temir yo‘l qurilishi qisqarib ketdi.Inqiroz 1858

- yilgacha davom

etdi. Ushbu inqiroz Ikkinchi imperiyada yangi bosqichni ochib berdi. Aynan shu inqiroz
yillarida bonapartistlarga qarshi chiquvchilar soni keskin ortdi.

Ikkinchi inqiroz 1866

1867-

yillarda bo‘ldi. Bu inqiroz jaxon miqyosida yuz berdi.

U AQShda boshlanib,so‘ngra Angliya,undan o‘tib Fransiyaga etib bordi. Inqiroz ishlab
chiqarish va istemolning kamayishi,savdo va birjadagi axvolning og‘irlashuvi va ish

xaqining kamayishida namoy

on bo‘ldi.

1867-

yilning ikkinchi yarmida inqiroz o‘zining

cho‘qqisiga etdi.

Fransiyaning ekonomik organlarining yirik burjuaziya xarakterdagi

jurnali 1867-

yil dekabr oyidagi sonida inqiroz xaqida quyidagicha malumot beradi. “Bir

necha oydirki, sanoat shiddatli inqirozni boshdan kechirmoqda. Inqiroz oldingilaridan

umumiy xarakterligi ekanligi bilan farqlanadi”

. Eng daxshatlisi 1867-

yil xosilsiz yil bo‘ladi.

Sanoatning barcha soxalariga inqiroz keskin tasir ko‘rsatadi. Birgina paxtaga talab


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

10 (2021) / ISSN 2181-1415

487

1866-yilga nisbatan 25,3% ga qisqarib ketadi. Tashqi savdo xam 1866-yilga nisbatan
10,2 % ga qisqaradi. Aynan 1867

1868-yillardagi inqiroz Fransiyada ikkinchi

imperiyaning xalokatiga olib keldi Bu davrda 1860-yildagi Buyuk Britaniya bilan tuzilgan
savdo shartnomasidan norozilar soni ortib bordi. Yuqori burjuaziya doiralar aynan shu
shartnoma tufayli

inqiroz yillarida o‘zining ko‘p miqdordagi

boyliklarini boy berishgan edi.

Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, Fransiya 50–

60-

yillarnig oxirigacha bo‘lgan davr

mobaynida

iqtisodiyotning o‘sishi butun XIX asr davomidagi eng yuqori ko‘rsatkichga

erishildi. Lekin ikkinchi imperiya

iqtisodiyoti o‘z boshidan ikki marotaba inqirozni

boshdan kechirishiga qaramay dunyodagi kuchli sanoat davlatlaridan biriga aylana oldi.

Juda ko‘pl

ab davlatlar bilan urushlarga kirishganiga, qaramay 50

60-

yillarda to‘planga

boyliklar mamlakatning tez tiklanishiga, o‘z ozodligini saqlab qolishga yordam berdi.
Ikkinchi imperiya mavjud bo‘lgan davrda sanoat inqilobi Fransiyada yakunlandi.


FOYDALANILGAN

ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

Люблинская

А.Д. Прицкер

Д.П,

Кузминь

М.Н.

Очерки истории Франции.

ЛЕНИНГРАД.

1957.

2.

А.З.

Манфред.

В.М.

Далин.

В.В.

Загладин.

С.Н.

Павлова.

С.Д.

Сказкин.

Истории

Франции.

2-

том. «Наука» Москва

.

1973.

3.

Люблинская

А.Д. Прицкер

Д.П,

Кузминь

М.Н.

Очерки истории Франции.

ЛЕНИНГРАД.

1957.

4.

Уильям Стирнс Дэвис.История Франции. С древнейших времен до

Версальского договора. Центрполиграф; Москва; 2016.

5.

Литтлвуд,

Йен.

История

Франции

/

Йен

Литтлвуд;

пер.

сангл.

А.А.

Бряндинской.

М.:

АCT:

Астрель,

2008.

6.

Желубовская

Э.А.

Крушение второй империии и возникновение третьей

республики во Франции. М.: изд

-

во АН СССР. 1956.

7.

Э.

Бриггс,

П.

Клэвин

.

Европа нового и новейшего времени с 1789 года и до

наших дней.

ВЕСЬ МИР.ИЗДАТЕЛЬСТВО Москва

.

2006.

8.

Кареев

Н.И. Политическая истории Франции. “Броукгауз

-

Ефрон”.

1902.

9.

Чубарьян

А.О.

Васильев

В.И. Всемирная история.

Мир в ХIX веке: на пути

индустриальной цивилизации.5

-

том.Москва Наука 2014.

Библиографические ссылки

Люблинская,А.Д. Прицкер.Д.П,Кузминь.М.Н.Очерки истории Франции. ЛЕНИНГРАД.1957.

А.З. Манфред.В.М.Далин.В.В.Загладин.С.Н.Павлова.С.Д.Сказкин.Истории Франции.2-том. «Наука» Москва-1973.

Люблинская,А.Д. Прицкер.Д.П,Кузминь.М.Н.Очерки истории Франции. ЛЕНИНГРАД.1957.

Уильям Стирнс Дэвис.История Франции. С древнейших времен до Версальского договора. Центрполиграф; Москва; 2016.

Литтлвуд,Йен.ИсторияФранции/ЙенЛиттлвуд;пер.сангл.А.А.Бряндинской.—М.:АCT:Астрель,2008

Желубовская.Э.А.Крушение второй империии и возникновение третьей республики во Франции. М.: изд-во АН СССР. 1956.

Э.Бриггс,П. КЛЭВИН.Европа нового и новейшего времени с 1789 года и до наших дней.ВЕСЬ МИР.ИЗДАТЕЛЬСТВО Москва-2006.

Кареев.Н.И. Политическая истории Франции. “Броукгауз-Ефрон”.1902.

Чубарьян.А.О.Васильев.В.И. Всемирная история.Мир в ХIX веке: на пути индустриальной цивилизации.5-том.Москва Наука 2014.