Авторы

  • Алибек Шомуратов
    заместитель директора, Ургенчский филиал государственной академии хореографии Узбекистана, Ургенч, Узбекистан

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol2-iss6-pp227-231

Ключевые слова:

народный праздник традиция обряд танец сочинение балетмейстер ансамбль режиссер

Аннотация

В данной статье, рассмотрены празднование различных народных праздников. Которые были заложены, в национальных традициях в годы независимости и их роль в межнациональных отношениях. И их роль, в различных аспектах, танцевального искусства. Рассмотрено, влияние различных народных праздников. И их совершенствование  в репертуаре танцевальных ансамблей.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

The role of dance in public celebrations

Alibek SHOMURATOV

1


State Academy of Choreography of Uzbekistan

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received October 2021
Received in revised form
15 October 2021
Accepted 15 November 2021
Available online
25 December 2021

In this article, the celebration of various national holidays is

considered. Which were laid down in national traditions during
the years of independence and their role in interethnic relations.
And their role, in various aspects, of dance art. The influence of
various folk holidays is considered. And their improvement in
the repertoire of dance ensembles.

2181-

1415/© 202

1 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol2-iss11/S-pp

227-231

This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

folk,
holiday,
tradition,
ritual, dance, composition,
ballet-maker, ensemble,
director.

Ommaviy bayramlarda raqs

san’atining o‘

rni

ANNOTATSIYA

Kalit s

o‘

zlar:

xalq,
bayram,

an’ana,

marosim,
raqs,
kompozitsiya,
baletmeyster,
ansambl,
rejissyor.

Maqolada mustaqillik yillarida milliy

an’analarga yо‘g‘

rilgan

ommaviy bayramlarning nishonlanishi va unda raqs san’atining
о‘rni yoritilgan. Shuningdek, raqs ansambllarining takomil

-

lashuvida ommaviy bayramlarning ta’siri ilmiy, tahliliy tarzda

tadqiq etilgan.

1

Deputy Director of Urgench branch, State Academy of Choreography of Uzbekistan. Urgench, Uzbekistan.

E-mail: protektortwo@uzdxauf.uz.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

2

6 (2021) / ISSN 2181-1415

228

Роль танцевального искусства в

государственных праздниках

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

народный,

праздник,

традиция,

обряд,

танец,

сочинение,

балетмейстер,

ансамбль,

режиссер.

В данной статье, рассмотрены празднование различных

народных праздников. Которые были заложены, в
национальных традициях в годы независимости и их роль в
межнациональных отношениях. И их роль, в различных
аспектах, танцевального искусства. Рассмотрено, влияние
различных народных праздников. И их совершенствование
в репертуаре танцевальных ансамблей.

O‘

zbek xalqining paydo b

o‘

lish tarixi qanchalik uzoqqa borib taqalsa, uning milliy

an’analari, urf

-odatlari, marosimlari ham shunchalik teran tarixiy ildizga ega. Ular xalqning

ma’naviy ehtiyojlari zamirida paydo bo‘

lib, shakllanib, sayqallanib,

o‘

z mazmunida shu

xalqning orzu-

o‘

ylari, istaklari, turmush tarzi, axloq me

yorlarini mujassam etadi. Shuning

uchun ham har bir xalq, millat, elat ularni k

o‘

z qorachi

g‘

idek avaylab-asrab, taraqqiy

ettirmo

g‘i, kelgusi avlodlarga ma’naviy qadriy

at sifatida yetkazmo

g‘

i kerak.

An’analar, urf

-

odatlar, marosim va bayramlar xalqning, millatning ma’naviyati, qadriyatlarining ajralmas

qismidir.

Biz ma’naviyatni, xalqning an’anasi, urf

-odatlarini, bayramlarini bejizga tilga

olmadik. Har bir xalqning

o‘

z turmush tarzi, yashash sharoiti, turli xil marosim va

bayramlari va shu bayramlarida ijro etiladigan kuy-u q

o‘

shiqlari va bir-biridan jozibador

raqslari mavjud.

“Bayram” turkcha so‘

zdan olingan bo

lib, t

o‘

y, marosim, xursandchilik degan

ma’noni bildirad

i. Bayram s

o‘

zining turli talqinlari bor. Bizningcha, falsafiy ensiklo-

pediyada berilgan: “Bayram –

insonlar xursandchiligining yi

g‘indisi”,

- degan talqin eng

t

o‘g‘

risi deb hisoblanadi. Bayram ijtimoiy, mahalliy hayotning eng muhim qismlaridan

b

o‘

lib, shodiyona, xursandchilikni vujudga keltiradigan voqealar nishonlanadi.

Mustaqillik

g‘

oyalarini keng xalq ommasiga singdirish, ulardagi yuksak fuqarolik

tushunchalarini tarbiyalashda ommaviy bayramlarning tutgan

o‘

rni beqiyosdir. Hech

qaysi teatr, hatto, eng

kattasi ham ommaviy bayramlar insonga ta’sir qilganidek, ko‘

plab

xalq ommasiga ta’sir qila olmaydi. Shuning uchun ham ommaviy bayramlar rejissyorining
jamiyat oldidagi mas’uliyati judayam katta.

Bayramlar hayotning eng yaxshi tomonlarini aks ettirgan “ko‘zgu” dir. Bayram

insonlarning estetik kechinmalariga ta’sir qilib, shaxsning ma’naviy dunyosini boyitgan

vositadir. Bayram va tomoshalarning asosini milliy qadriyatlarga b

o‘

lgan hurmat, ehtirom

egallab, insonlarga badiiylik, san’at orqali estetik zavq bag‘

ishlashdek vazifalari ustuvor

turadi. Bayram tashkilotchilari, ayniqsa, ssenariychi, rejissyor ishlatilayotgan material-
larning dolzarbligi, hujjatlar, faktlarning aniqligi va ularni badiiy uslublar yordamida
sintezlash kabi vazifalar ulardan juda ham katta javobgarlikni talab qiladi. Bunday
tadbirlar insonlarning ijtimoiy-psixologik talablariga javob berib, mayda guruhlardan
ommaviylikka

o‘

tib, shaxslarning ommaviy harakatidagi faolliklarini oshirib, bayramona

dam olishdek sharoitni yaratishga turtki b

o‘

ladi.

Katta maydonlarda, bog`larda, k

o‘

chalarda

o‘

tkazilayotgan ommaviy tadbirlar

nafaqat ommaviy xatti-harakatni yuzaga keltiradi, balki karnavallar, sayllar, festivallarda
estetik zavq ba

g‘

ishlab, tomoshalarning tomoshaviyligini oshirib, bayramona kayfiyatni

vujudga keltiradi. Darhaqiqat, bayramlar millatning, jamiyatning moddiy va madaniy
sohalardagi eng yaxshi tomonlarini k

o‘

rsatib beradi.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

2

6 (2021) / ISSN 2181-1415

229

“Shubhasiz, eng katta boyligimiz –

xalq orasida hayotda yashab kelayotgan rango-

rang raqs madaniyatidir. Aksar u zamon t

o‘

fonlarini yengib, bizgacha yetib kelgan. U

hamon ikki y

o‘

nalishda yashab kelmoqda: biri

ijtimoiy va maishiy hayotda xalq marosim-

lari va bayramlari tarkibida namoyon b

o‘

lib kelayotgan chinakam xalq raqslari, ikkinchisi

malakali baletmeysterlar tomonidan yaratilgan yoki qayta ishlangan xalq raqslaridir. Bu

y

o‘

nalishlarni bir-biridan ajratish juda qiyin. Ular muttasil bir-

biriga ta’sir ko‘

rsatib keladi.

Xalq orasidagi raqs ijtimoiy hayot ta’siri va oqimida yangilanib, boyib boradi. Buni

mustaqillik yillaridagi turli po

g‘

onalarda

o‘

tgan Navr

o‘

z va Mustaqillik bayramlarida

namoyish qilingan yuzlab

o‘

yinlar, raqslar, kompozitsiyalarda k

o‘

rish mumkin. Qancha

unutilgan raqslar tiklangan, ne-ne yangi raqslar kashf etilgan. Xalq

o‘

z qalbida, xotirasida

asrab-avaylab kelgan buloqlarning k

o‘zlari ochilgandek”.

Darhaqiqat, mamlakatimiz, g

o‘

zal diyorimiz mustaqillikka erishgandan s

o‘

ng u

yanada gullab-yashnadi va tobora rivojlanib, taraqqiy etib bormoqda. Bunday g

o‘

zal va

jannatmakon

o‘

lkada esa bir-biridan mehribon, mehmond

o‘

st

o‘

zbek xalqi yashaydi.

O‘

zbek xalqi qadimdan

o‘

zining betakror urf-

odatlari, an’analari, qadriyatlari, turli xil

marosim-u bayramlariga ega b

o‘

lib kelgan. Istiqlol ostonasiga qadam q

o‘

ygandan s

o‘

ng esa

ular yanada avj olib, takomillashib bordi. Shular orasida, ayniqsa, xalqning sevimli
bayramlariga aylanib ulgurgan Mustaqillik, Navr

o‘

z bayramlari ham har yili

o‘

zgacha

shukuhda, xushkayfiyatda kutib olinadi va

o‘

tkaziladi.

Mustaqillik bayramida aytiladigan kuy-u q

o‘

shiqlar ham, ijro etiladigan raqslarning

barcha-

barchasi ham mustaqillikning naqadar buyuk ne’mat ekanini, uning ulug‘

vorligini

yanada yuksaklarga k

o‘

tarish necho

g‘

lik muhim omil ekanini eslatib turadi.

O‘

zbekiston Mustaqillikni q

o‘

lga kiritgach, avloddan avlodga

o‘

tib kelgan k

o‘

p

bayramlarning qaytadan xalqimiz hayotiga kirib kelishi uchun zamin yaraldi. Mustaqillik
yillarida xalqimiz hayotida muhim

o‘

rin egallab, taraqqiy topgan bayramlarning eng

nufuzlilari Mustaqillik va Navr

o‘

z umumxalq bayram tantanalaridir. Ommaviy-madaniy

tadbirlar ulkan tarbiyaviy ahamiyatga ega: shunday tantanalar

o‘

sib kelayotgan yosh

avlod qalbida milliy

g‘

urur uy

g‘

otib, ongiga vatanparvarlik tuy

g‘

ularini singdiradi. Inson-

ning ommaviylik ongini shakllantirishda ham shu bayramlarning nishonlanishi muhim
ahamiyat kasb etadi.

Ma’lumki, teatrlashgan tomosha bayramlari azaldan turli millatlar hayotidan o‘

rin

olgan.

O‘

zbekistonda shunday tantana va k

o‘

tarinkilik bilan

o‘

tkazilayotgan bayramlarga

aynan Mustaqillik va Navr

o‘

z umumxalq bayramlari kiradi.

Katta bayram tomoshalari, turli yirik ommaviy tadbirlarning k

o‘

payib borishi

yurtimizda ommaviy bayram tomoshalari rejissyorlari, shuningdek, malakali xoreograf-
baletmeysterlar guruhini voyaga yetkazishga hamda raqs ansambllarini takomillash-
tirishga sabab b

o‘

ldi, desak, mubola

g‘

a b

o‘

lmaydi.

Ommaviy bayram tomoshalaridagi raqs san’ati, albatta, bayramni boshidan to

oxirigacha

o‘

zining betakror jozibasi bilan bezab turadi. Raqs, avvalo, bayramning

ommaviy kayfiyatini hamda masshtabini aks ettiruvchi kuch sifatida sahnaga jalb etiladi.
Bayramning katta tantanasini tomoshabin uchun vizual ochib berishda rejissyorlar raqs
ansambl va jamoalarini sahnada reja va

g‘

oyaga muvofiq joylashtirib, faollashtiradi.

Tomoshaning orqadagi fon harakati, raqqoslar kiygan rang-barang liboslarning uy

g‘

unligi

quvonchga t

o‘

la yorqin milliy shodiyonani gavdalashga qodir. Bu esa bayram kayfiyatining

muhim jihatidir. Turli xildagi liboslar kiyib olgan raqqos va raqqosalarning

o‘

yin

harakatlari bu jihatlarni yanada t

o‘ldirib, boyitadi. Raqs san’atining ifoda vositalari –

plastik harakatlar, q

o‘

l, oyoq va gavda harakatlari, k

o‘

z qarashlari, mimika va

jestikulyatsiya orqali obraz yaratishda namoyon b

o‘

ladi.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

2

6 (2021) / ISSN 2181-1415

230

Konsert, odatda, b

o‘

lak va kichik nomerlardan tashkil topadi. Asosan, ularni

boshlovchi (konferanse) bo

g‘

lab turadi. Spektaklda ham konsert kabi kichik sahnalar va

k

o‘

rinishlar mavjud b

o‘

lib, ular voqealar ketma-ketligini tashkil etadi. Biroq spektaklda har

bir voqea mantiqiy ravishda keyingi bir voqeaga ulanib ketadi va qahramonlar t

o‘

sqin-

liklarni yenggan holda oliy maqsadlari sari harakat qiladilar. Ammo, k

o‘

pincha, konsert

tomoshalardagi nomerlar spektakl voqealaridek, mantiqiy ravishda bir-birini t

o‘

ldirib

kelmasligi yoki, aksincha, goho bir-biriga tamoman zid b

o‘

lishi ham mumkin. Ustiga-ustak,

bir nomer ikkinchi nomerdan janr doirasida bir-biridan keskin farq qilishi ham mumkin.
Ana shu damda raqs uchun murakkab b

o‘

lgan jarayon boshlanadi.

Sahnada raqslar yordamida kompozitsiya voqeligi aks ettiriladi. Jumladan, keng

masshtabli maydonlarni badiiy jihatlar bilan boyitish nihoyatda mushkul. Ana shu pallada
rejissyorlar raqslarga murojaat qiladilar.

Tomosha nomerlarini bir-biriga ulash, ularni tempo-ritmi doirasida uy

g‘

unlashtirib,

yaxlit bir spektakl holatiga keltirish bosh baletmeysterning mahoratiga bo

g‘

liq b

o‘

ladi.

O‘

zbekiston xalq artisti Qodir M

o‘

minov bu sohada samarali faoliyat k

o‘

rsatib, katta tajriba

orttirgan baletmeysterlardan biridir. Ommaviy bayram tomoshalariga bosh baletmeyster

sifatida mana bir necha yillardan beri jalb etilgan bu ijodkorning yana bir iste’dod qirrasi,

aynan katta masshtabli bayram tadbirlarini muvaffaqiyatli sahnalashtirishda yaqqol
k

o‘

zga tashlandi.

Bayram tomoshalarda raqs yordamida badiiy obraz yaratish, albatta, tadbir mavzusi

va

g‘

oyasiga bo

g‘

liq.

G‘

oya ssenariy muallifi, rejissyor va baletmeyster fikrlarining

uy

g‘

unligida paydo b

o‘

ladi. Konsert

g‘

oyasi va mavzu ssenariysi ishlab chiqilayotgan

paytdayoq ayon b

o‘

lishi lozim.

Ssenariy konsertning asosi b

o‘

lib, uni yaratishdan oldin ssenariy muallifi tomosha-

ning baletmeysteri va hattoki, bayram ishtirokchilarining asosiy qismi bilan tanish b

o‘

lishi

lozim. Bundan tashqari, u shu ishtirokchilar (konferanse yoki boshlovchilar, xonandalar,
sozandalar, raqqosalar, qiziqchilar, sirk artistlari va h.z.)ning ijro uslublari, tomosha

konsertiga qanday nomerlarni tayyorlaganliklari haqida ham ma’lumotga ega bo‘

lishi

lozim. Ssenarist ba’zida tayyor nomerni ham ssenariy asosiga kiritishi mumkin bo‘

lgan

cho

g‘

larida ular qanday janrda va mavzuda ekanligi, uning doimiylik vaqti qancha degan

savollarga javob topishlariga ham t

o‘g‘

ri keladi. Ijrochilar bilan tanishib b

o‘

lgan ssenarist

endi ana shu konsert

o‘

tkazilishi lozim b

o‘

lgan sahna va uning bor imkoniyatlari haqida

xabardor b

o‘

lishi ham lozim.

Raqslarni ommaviy bayram tomoshalari uchun sahnalashtirish

birmuncha murak-

kab vazifa. Vokal nomerni bezab turishi uchun unga ozmi-k

o‘

pmi raqs elementlarini

q

o‘

llash kerak b

o‘

ladi. Bitta bayram yoki tomosha uchun bir qancha baletmeysterlarning

ijod mehnati singadi.

Xususan, tabiat bayrami b

o‘

lmish Navr

o‘

z, insoniyatning yuksak tuy

g‘

ularini

ulu

g‘lovchi Mustaqillik shodiyonalarida ushbu san’atning taqlidiy raqs xatti

-harakatlari

(hayvon, qush, baliq va

o‘

simliklar harakatini ifodalash, inson xatti-harakatini k

o‘

rsatish),

tasviriy raqslar (ovchi, baliqchi, temirchi, hunarmand faoliyati jarayonlari yoki biror jangni
aks ettiruvchi harakatlar), lirik raqslar (inson tuy

g‘

ulari, hissiyotlari, kechinmalarini

bevosita yoki timsol orqali ifodalash), estetik raqslar (kuchli hissiyotni aks ettiruvchi
harakatlar), shuningdek, udum va marosim raqslari hamda professional raqs turlarining
keng

o‘rin olishini ta’kidlash lozim.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

2

6 (2021) / ISSN 2181-1415

231

Katta ochiq maydonda sahnalashtirishga m

o‘

ljallangan raqslarda baletmeysterlar,

odatda, raqs matnining musiqiy matn bilan bo

g‘

liq xarakterini aniq k

o‘

rishi darkor

(“musiqani ko‘rish effekti”, matnni terib olish omili va b.). Ommaviy bayram tomoshalarida

raqsning fazoviy masshtab tuzilishi ustida ishlash

murakkab jarayon. Sahnada raqqos-

larning fazoviy joylashuvi, ya’ni mizanstenalar, rakurslar, raqs ijro etayotganlarning
o‘

rnidan siljishi va fazoviy joylashuvi

hammasi

o‘

zining ifodaviylik kuchiga ega. Raqsning

fazoviy yechimi oddiy va murakkab, simmetrik va asimmetrik, bir planli yoki k

o‘

p planli

b

o‘lishi mumkin. Mizanstenalar va sur’atlarning ketma

-ketligi

o‘

zining rivojlanuvchi

manti

g‘

iga ega (sahna harakatining dadillashuvi yoki susayib borishi). Bu mantiq sahna

harakatining

o‘

zaro xarakteriga b

o‘

ysunadi (abstraktli yoki harakat-bayonotli).

Rejissyor bilan baletmeyster raqslarning kompozitsion yechimi va k

o‘

rinishi, raqs

matni, rivojlanish manti

g‘

i b

o‘

yicha kamchiliklarni bartaraf qilib, fikr-mulohazalarni

tinglab, bir umumiy mulohazaga kelgandan s

o‘

ng nomerlar texnik-mahorat nuqtayi

nazardan “tozalanadi” (ohang va ritmlar, ijro amplitudasi, ijro aksentlari qayta ishlanadi),

aktyorlik tomonidan ham emotsional b

o‘

yoqlar aniqlanadi, ijrochilar bilan muloqot

evolyutsiyasi aniq belgilanadi.

Bayram tomoshalarining k

o‘

rki va jozibasini ochib turuvchi raqs liboslari haqida

alohida t

o‘

xtalib

o‘

tish lozim.

Ma’lumki, raqqosaning libosi raqs obrazlariga aniqlik beradi. Shunga ko‘

ra, har bir

raqs

o‘

z libosi bilan yanada mukammallik kasb etadi va yanada g

o‘

zal k

o‘

rinish beradi.

Liboslarning bayram mavzusi va

g‘

oyasiga monandligi nihoyatda katta ahamiyatga ega.

Liboslar dastlab eskizlar tarzida havola etiladi. Buning uchun raqsning asosiy

mezonlari belgilanadi va ularga asoslanib, libos yaratiladi. Xususan, libosning shakl-
shamoyili, ifodaviyligini aks ettiruvchi komponentlarga (konstruktiv detallar, rang sifati,
matoning ustki fakturasi, sahna chiroqlari nurlanishida matoning rang

o‘

zgarish tabiati)

alohida e’tibor qaratish lozim bo‘

ladi. Chunki ular musiqiy raqs obrazini oshirishga imkon

berishi lozim (personajlar, gavda harakatlari, q

o‘

l xarakteriga mosligi va b.).

Demak, ommaviy tomoshalarning tarkibiga kirgan raqslarni maromiga yetkazib,

tomoshabinlarga badiiy

estetik zavq ulashish sahnada nafaqat yakkaxon va ommaviy

chiqishdagi raqqosalarning iste’dodiga bog‘

liq, balki katta bir ijodiy guruh izlanishlari

(ommaviy tomoshalar rejissyori, sahnalashtiruvchi rejissyorlar, bosh baletmeyster va
baletmeysterlar guruhi, liboslar b

o‘

yicha rassomlar, pardozchilar va b.) samarali mehnati

evaziga amalga oshiriladi.

Bayram tomoshalaridan

o‘

rin olgan yakkaxon, guruhli, ommaviy raqslar, xoreo-

grafiya va

o‘zbek raqs san’atining barcha uslublari, shakl ko‘

rinishlari, janrlari ijrochilik

maktablarining eng sara an’analari

davom etib, kamol topayotganligining isbotidir.


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR R

O‘

YXATI:

1.

Ahmedov F. Ommaviy bayramlar rejissurasi asoslari. T., 2008.

B. 355.

2.

Qodirov M. Tovusdek tovlanar

o‘

zbekning raqsi. Axborotnoma, T., 2001, 1-son.

3.

“Mustaqillik” va “Navro‘z” umumxalq bayram tomoshalarining ssenari muallifi –

Abdulla Oripov, Jumaniyoz Jabborov, Rustam Musurmon (2007 y.), Iqbol Mirzo, Rustam
Hamidov, Baxtiyor Sayfullayev (2008

2012).

Библиографические ссылки

Ahmedov F. Ommaviy bayramlar rejissurasi asoslari. T., 2008, 355-b.

Qodirov M. Tovusdek tovlanar o‘zbekning raqsi. Axborotnoma, T., 2001, 1-son.

“Mustaqillik” va “Navro‘z” umumxalq bayram tomoshalarining ssenari muallifi – Abdulla Oripov, Jumaniyoz Jabborov, Rustam Musurmon (2007 y.), Iqbol Mirzo, Rustam Hamidov, Baxtiyor Sayfullayev (2008-2012).