Авторы

  • Шохсанам Одилова
    магистрант II курса, Литературоведение: Узбекская литература, Термезский государственный университет, Термез, Узбекистан
  • Одилжон Холматов
    магистрант II курса, Литературоведение: Узбекская литература, Термезский государственный университет, Термез, Узбекистан

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol3-iss4/S-pp379-384

Ключевые слова:

Турецкая литература документальная литература традиции

Аннотация

В этой статье мы освещаем историю жанра нома, факторы, которые привели к его возникновению, его проникновению в турецкую литературу и обретению им определенной традиции. Также говорят о художниках, внесших неоценимый вклад в развитие этого жанра. В частности, в связи с сюжетом больше внимания уделяется искусству композиции, композиционному строю, мотивам написания «Дахномы» Юсуфа Амири. Развитие этого жанра также будет сосредоточено на творчестве Убайди, известного под несколькими именами.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Traditions of non-writing in Turkish literature

Odilova SHOHSANAM

1

Xolmatov OLIMJON

2


Termez state university

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received February 2021
Received in revised form
28 March 2022
Accepted 20 April 2022
Available online
15 May 2022

In this article, we cover the history of the noma genre, the

factors that led to its origin, its entry into Turkish literature, and
its acquisition of a certain tradition. There is also talk of artists
who have made invaluable contributions to the development of
this genre. In particular, in connection with the subject, more
emphasis is placed on the art of composition, compositional
structure, writing reasons of Yusuf Amiri's "Dahnoma". The
development of this genre will also focus on the work of Ubaydi,
known for several of his names.

2181-

1415/©

2022 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol3-iss4/S-pp3

79-384

This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

Turkish literature,
non-fiction,
traditions

Turkiy adabiyotda nomanavislik an’analari

АННОТАЦИЯ

Калит сўзлар:

turkiy adabiyot,
nomanavislik,

an’analar

Biz ushbu maqolamizda noma janri tarixi, uning kelib

chiqishiga asos bo’lgan omillar, turkiy adabiyotga kirib kelishi
hamda ma’lum bir an’anaviylik kasb etishi o’z aksini topgan.
Bundan tashqari, bu janr rivojiga o’zlarining beqiyos hissalarini
qo’shishgan

ijodkorlar to’g’risida ham so’z boradi. Xususan,

mavzu bilan bog’liq ravishda Yusuf Amiriyning “Dahnoma”si
badiiyati, kompozitsion qurilishi, yozilish sabablariga ko’proq
urg’u beriladi. Shuningdek, bu janr takomilida o’zining bir

qancha nomalari bilan mashhur Ubaydiyning ijodi ham
muhokamaga tortiladi.

1

II stage master, Literary studies: Uzbek literature, Termez state university, Termez, Uzbekistan

2

II stage master, Literary studies: Uzbek literature, Termez state university, Termez, Uzbekistan


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

04 (2022) / ISSN 2181-1415

380

Традиции неписьма в турецкой литературе

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

Турецкая литература,

документальная
литература,

традиции

В этой статье мы освещаем историю жанра нома,

факторы, которые привели к его возникновению, его
проникновению в турецкую литературу и обретению им
определенной традиции. Также говорят о художниках,
внесших неоценимый вклад в развитие этого жанра. В
частности, в связи с сюжетом больше внимания уделяется
искусству композиции, композиционному строю, мотивам
написания «Дахномы» Юсуфа Амири. Развитие этого жанра
также будет сосредоточено на творчестве Убайди,
известного под несколькими именами.

KIRISH

O

zbek adabiyoti tarixiga nazar tashlar ekanmiz, uzoq taraqqiyot yo

lini bosib

o

tgan ko

plab janrlar bilan tanishamiz. Xalq og

zaki ijodiyotiga mansub qo

shiqlardan

tortib, qissa va dostonlar, g

azal va ruboiylar, tuyuq va qit

alar shular jumlasidandir.

O

zbek adabiyotining ana shu xilma-xil janrlari o

rtasida noma ham o

z tarixi, taraqqiyot

yo

li va adabiyot tarixida munosib o

rniga egadir. Bu janr zamonlar o

tib, janrlar

o

zgarishi bilan u ham takomil topdi, mavzu ko

lami ham kengaydi, turli yo

nalishlardagi

namunalari yaratildi. Ayniqsa, Xorazmiyning

Muhabbatnoma

sidan so

ng o

zbek

adabiyotida ishqiy nomalar yozish an

anasi paydo bo

ldi va keyingi ijodkorlar uchun asos

bo

lib xizmat qildi.

MUHOKAMA

Sharq adabiyoti tarixida

Shohnoma

”, “

Qobusnoma

”, “

Iskandarnoma

”,

Boburnoma

”, “

Shayboniynoma

”, “

Sayohatnoma

kabi asarlarni yaxshi bilamiz

. “

Noma

atamasi bilan qo

shilib kelgan bu asarlar bir holatda biror tarixiy yoki afsonaviy

shaxsning sarguzashtlaridan iborat bo

lsa, ikkinchi bir o

rinda ibratli hikoyatlardan

tashkil topadi

. “

Sayohatnoma

larning mundarijasi esa uning atamasidan ham anglashilib

turadi. Sharq adabiyoti, jumladan, o

zbek adabiyoti tarixida noma atamasi bilan keladigan

asarlarning yana bir turi mavjud. Masalan

, “

Muhabbatnoma

yoki

Dahnoma

kabi. Bu

asarlar muhabbat mavzuidagi lirik nomalardan iborat alohida janrni tashkil
etadi.Avhadiyning

Dahnoma

asari oshiq va ma

shuqaning o

zaro sevgi-muhabbat

mavzusidagi yozishmalari

nomalaridan tuzilgan o

ziga xos g

oyaviy-badiiy mundarijaga

egadir. Unda muqaddimadan tashqari o

nta she

riy noma berilgan. Odatda bunday

asarlarda qahramonlarning nomi ko

rsatilmaydi, ular

oshiq

va

ma

shuqa

deb

yuritiladi.

Ular o’rtasidagi nomalarni yetkazishda sabo yoki tong nasimi elchilik qiladi.

Shu tariqa Sharq, xusus

an, o’zbek adabiyotiga “Nomabar”, ya’ni xat, maktub, noma

yetkazuvchi obrazi ham kirib keldi.Avhadiydan keyin “Dahnoma” yozish an’anaga


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

04 (2022) / ISSN 2181-1415

381

aylandi. 1322 yilda Xoja Kirmoniy “Muhabbatnomai sohibdilon” yoki “Dahnoma” asarini
yaratadi. Bu asar Avhadiy an’anasining davomi bo’lib, unda ham muqaddima va o’nta
noma mavjud.XIV asr oxirlarida Xoja Kirmoniyning o’g’li ibn Imod o’zining “Dahnoma”
asarini yaratadi. Bu ham Avhadiy asarining ta’sirida yuzaga kelgan. Asar mazmunidan
anglashilishicha, go’zal bir qizni ko’rib

qolgan yigit unga oshiqona xat-noma yozadi. Qiz

esa yigitni bu yo’ldan qaytarishga urinib, unga ta’na to’la javob yozadi. Ammo yigit o’z
ahdida sobit turib, sevgisidan qaytmaydi. Oqibatda, ma’shuqa oshiq bilan uchrashuvga

rozilik beradi.

Shunday qilib, XIV asrda fors-tojik tilida ketma-

ket uchta “Dahnoma” yaratiladi.

Natijada, noma maxsus adabiy-badiiy janr sifatida shakllanadi.

Fikrimizcha, noma janri o’z xarakteriga ko’ra ikki guruhga ajraladi:

1. Katta epik asarlar tarkibidagi nomalar. (Yuqorida aytganimizdek, Faxriddin

Gurgoniyning “Vis va Romin”, Nizomiyning “Xusrav va Shirin”, Xusrav Dehlaviyning
“Shirin va Xusrav”, Alisher Navoiy asarlari tarkibidagi nomalar shular jumlasiga kiradi).

2. Masnaviy yo’lida yozilib, maxsus ishq

-muhabbat mavzusidagi nomalardan

tashkil topgan asarlar. (Avhadiyning “Dahnoma”, Xoja Kirmoniyning “Muhabbatnomai
sohibdilon”, ibn Imodning “Dahnoma” asarlari).

Bu kabi nomalarda umumiy oshiq obrazi bo’lib, uning turlicha

qarashlari,ma’shuqaga bo’lgan hislari,samimiy muhabbati masna

viy tarzida shoir

tomonidan she’riy tarzda ochib beriladi. O’zbek mumtoz adabiyotida noma janrining ilk
namunasi va bu an’anani boshlab bergan eng mashhur asar Xorazmiyning
“Muhabbatnomasi”dir. Undan so’ng yaratilgan eng mashhur asarlardan Shohruh

Sultonni

ng katta o’g’li Boysung’ur mirzoga atab yozilgan Amiriyning “Dahnoma”si,

Xo’jandiyning “Latofatnoma”, Sayyid Ahmadning “Taashshuqnoma” asarlaridir. Noma
janrining nodir namunalari sanalgan bu kabi asarlarda umumiy bir jihatni, ya’ni oshiq va
ma’shuqa,raqib

,sabo kabi obrazlarni uchratamiz.

Nomachilikda lirik tasvir bilan epik ifodaning uyg’unlashib borishida XV asrning

birinchi yarmida yashab ijod etgan Yusuf Amiriy “Dahnoma”sining ahamiyati
alohidadir.“Dahnoma” shoir ijodida muhim o’rin tutadi. Amiriy bu asari orqali o’zbek
nomachiligini yangi bosqichga ko’tardi. Bu asar Shohruh Sultonning katta o’g’li
Boysung’ur mirzoga atab yozilgan. Asar muqaddimasi va xotimasida Boysung’ur mirzoga
qasidalar bag’ishlangan.Amiriy o’z nomasini yaratishda ko’proq Nizomiyga

ergashadi.

Asar oxiridagi ushbu misralar ham buni tasdiqlaydi:

Nizomiydek ishin bedardu ranj et

Aning “Dahnoma”sin “panj ganj” et.

Boshqa nomalar bilan Amiriy “Dahnoma”sini qiyosiy tekshirish shuni ko’rsatadiki,

shoir o’zbek adabiyotida noma janrining an’anasini davom ettirgan bo’lsa ham asar


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

04 (2022) / ISSN 2181-1415

382

kompozitsiyasini tuzishda butunlay yangi yo’l tutgan. U Nizomiyning “Xusrav va Shirin”
va Avhadiyning “Dahnoma” asaridan ta’sirlanib, kompozitsion tuzilishi va mazmuni

jihatdan original, noma janrining ya

ngi pog’onasi bo’lgan nodir liro

-epik asar yaratishga

erishadi.Yusuf Amiriyning “Dahnoma” asari muqaddima, asosiy qism va xotimadan
tashkil topgan. Muqaddimada munojot, naht, Sulton Boysung’ur mirzo madhi, Horun ar

-

Rashid hikoyati, sababi nazmi kitob qismlaridan iboratdir.

Noma janrining mavzu ko’lami juda ham keng. Adabiyotda uning tasavvufona va

irfoniy, pandnoma, didaktik ruhida bitilgan namunalarini ham uchratishimiz mumkin.

Albatta, bunday ruhda yozilgan asarlarni adabiyotda anchaginasini ko’rishimiz m

umkin.

Tasavvufiy ruhda yaratilgan asarlaning anchaginasi ramziy-allegorik timsollar asosida
yozilgandir. Bu kabi ruhda yozilgan eng mashhur asarlar Fariduddun Attor hazratlari

tomonidan yaratilgandir. Bu kabi asarlari qatoriga “Bulbulnoma”, “Ushturnoma”,

“Asrornoma”, “Musibatnoma”larini kiritib o’tishimiz mumkin. Bu singari dostonlari

bevosita muhokama-mushohada, fikriy-shuuriy bayonlar tarzida bitilgandir. Bundan

tashqari, “Xusravnoma”ga o’xshab majoziy ishqni kuylagan romantik

-sarguzasht asari

ham bor.

Alloh o’z borlig’ida ham pinhon

-

u ham paydo, barcha ashyolar yolg’iz javhardan

kelib chiqqan. “Asrornoma”da bu fikr yanada aniqroq ifodalangan. Bundan tashqari,
Fariddun Attor “Pandnoma”, “Besarnoma”, “Vuslatnoma” kabi didaktik ruhdagi asarlari

mavjuddir.

Uning “Ilohiynoma”si ham ham masnaviy yo’lida bitilgan ishqiy

-

ma’rifiy,

falsafiy-axloqiy dostondir. Masnaviyda 282 ta rivoyat, hikoyat va qissalar bayon etilgan.

Bu kitobning muqaddima qismi an’anaviy ravishda “Basmala” hamda Allohni ulug’lash,

hamd aytish bilan boshlanadi. Allohga hamd aytish muqaddimaning 110 baytini tashkil
etadi. Ammo bu baytlarning aksariyat qismini pand-

u nasihat, bu dunyoning o’tkinchiligi,

uning hoyu havaslariga uchmaslik ta’kidlanadi.

Shoh hamda shoir Ubaydiy ijodida ham noma janriga oid namunalarni uchratamiz.

Ubaydiy nomalarida yuqoridagi ijodkorlardan farqli ravishda tamomila yangicha

mavzu,g’oya va xususiyatlarni shakl hamda mazmunni ko’rishimiz mumkin.
“Ubaydiy,albatta,noma janrida yaratilgan mazkur asarlardan yaxshi xaba

rdor

bo’lgan,lekin u “G’ayratnoma”, “Shavqnoma”, “Sabrnoma”, “Omonatnoma” deb atalgan
manzumalarni yaratar ekan, nisbatan boshqacha yo’l tutgan. Ubaydiy hajman uncha katta
bo’lmagan bu manzumalarda axloqiy,ta’limiy,diniy xarekterdagi mavzulardan baxs

yuritadi. Ularning birortasida ham biz oshiqona fikr-mulohazalarga duch kelmaymiz.

Ubaydiyning bu nomalarini yozishdan ko’zlagan maqsadi inson kamolatini ta’minlashga
xizmat qiladigan axloqiy masalalarni yoritish bo’lgan”. Masalan, ““Omonatnoma”da
insondagi go’

zal xulqlarni va insonni insonlik sharafiga yuksaltiradigan xususiyatlarni

ham bu dunyoning, ham oxiratning omonati sifatida talqin qiladi va ularni asrab-

avaylashga da’vat etadi”.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

04 (2022) / ISSN 2181-1415

383

Mazmuniy va g’oyaviy yangilanishni ijodkorning har bir nomasida ko’rishimiz

mumkin. Diniy-

ma’rifiy mazmunda yozilgan “Salavotnoma” asarini ham shular

jumlasiga kiritishimiz mumkin. Boshqa ijodkorlarning muqaddima qismida uchratishimiz

mumkin bo’lgan Allohni ulug’lab yozilgan “Hamdnoma”lar, Payg’ambarimiz Muhammad

Mustafo sollallo

hu alayhi vasallam nomiga yo’llangan “Me’rojnoma”larda ko’proq siyrat

hamda tarixiy jarayonlar, me’roj va unga bog’liq hodisotlar, kofir qavmlarga ko’rsatgan
mo’jizalari o’z aksini topgan bo’lsa, “Salavotnoma” esa to’g’ridan to’g’ri o’quvchiga

murojaat va

salavot aytib qolishga chorlov, har bir damni g’animat bilib foydalinib qolish

hamda salavot aytishning foydalari, butun ummatga o’rnak bo’lib o’tib ketgan buyuk

sahobiylar, Rasullullohning nabiralari nomlari kabilar mavjuddir. Musaddas shaklida
bitilga

n, 30 misradan iborat bu noma o’zida olamlarga rahmat bo’lib kelgan

payg’ambar,ikki olam sarvari,sayyidimiz Muhammad Mustafo sollallohu alayhi
vasallamga salavot yo’llashning foydalari,barokati to’g’risidadir. Asar islomda muqaddas
va mo’tabar hisoblangan

oylar sultoni mohi Ramazonning kirib kelishi va uni qanday

o’tkazish bilan boshlanadi:

Keldi mohi Ramazon,zimnida yuz ming hasanot,
Topqumuzdur hasanotidin oning toza hayot.

Kechalar shavq ila bedor o’lib,aylang toot,

Muttasil g’aflat ila hayfdur o’tgan avqot…

Ushbu misralar orqali Ubaydiy Ramazonning naqadar buyuk oy ekanligi, bu oyda

ko’plab yaxshilik va xayr

-u ehson qilib qolishlik,bu amallar esa hayotimizning yanada

go’zal bo’lishiga sababchi ekanligini ta’kidlab o’tadi. So’ng bu oyni g’animat bilib,

kechalari zavq-

u shavq, iymon bilan g’ofillardan bo’lib qolmasdan vaqtni foydali

o’tkazishga chaqiradi.

Ubaydiyning “Sabrnoma”si tuzilish jihatidan 50 misradan iborat bo’lib, sabrning

xosiyati, insoniyatga foydalari va unga ega bo’lganlarning darajotlari xususida so’z
boradi. Bilamizki Alloh ham O’zining Kalomi bo’lmish Qur’oni Karimda mo’min bandlarini
ko’p bora sabr qilishga chaqirgandir. Ushbu chaqiriqning mazmun

-mohiyatini bu nomada

ham kuzatishimiz mumkin:

Sabrdan hosil o’lur barcha murod,

Sabrdindur bori ishlarga kushod.
Sabrning martabasi oliydur,

Kim bori dag’dag’adin xolidur.

Xulosa o’rnida shuni aytib o’tish mumkinki, noma janri fors adabiyotida paydo

bo’ldi, rivojlandi va xalqlar o’rtasidagi aloqalar tufayli turkiy xalqlar adabiyotiga ham

kirib

keldi. Turkiy qavmlar orasida keng shuhrat topdi va yangi bir pog’onaga ko’tarildi,

an’anaviylik kasb etdi. Vaqtlar o’tib, zamonlar o’zgarishi bilan bu janr ham rivoj topdi,


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

04 (2022) / ISSN 2181-1415

384

yangi mavzu va yo’nalishlari paydo bo’ldi. Hatto hozirgi kunimizga qadar noma jan

rining

zamonaviylarini uchratishimiz fikrimizning yaqqol dalilidir.


Библиографические ссылки

1.

Жамолова М. Ўзбек адабётида нома жанри.

-

Т.: “Фан”,1992.

2.

АБДУЛЛАЕВ М. Убайдий ҳаёти ва адабий фаолияти. Номзодлик
диссертацияси. –

Т.: 2009

3.

AZIMOVA O’. Noma janrining o’zbek mumtoz adabiyotidagi o‘rni. Magistrlik

dissertatsiyasi. -

Farg’ona.:2017

4.

http://ziyouz.com

5.

http://dic.academic.ru

6.

http://natlib.uz

7.

http://slovar.lib.ru

Библиографические ссылки

Жамолова М. Ўзбек адабётида нома жанри. - Т.: “Фан”,1992.

АБДУЛЛАЕВ М. Убайдий ҳаёти ва адабий фаолияти. Номзодлик диссертацияси. – Т.: 2009

AZIMOVA O’. Noma janrining o’zbek mumtoz adabiyotidagi o‘rni. Magistrlik dissertatsiyasi. - Farg’ona.:2017