Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Sounds of doyra
Dilmurad ISLAMOV
1
Uzbekistan state institute of arts and culture
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received April 2022
Received in revised form
20 April 2022
Accepted 15 May 2022
Available online
15 June 2022
Percussion instruments, especially the doyra, have a special
place in the Uzbek national music culture. The only way the
doyra performs is to determine the temp and rhythm of the
melody.
This article describes the importance of the doyra
instrument in the national art and cultural life our people, as
well as historical information about this instrument.
2181-
1415/©
2022 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol3-iss3-pp1
42-145
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
doyra art,
national music,
historical miniatures,
performance styles,
musical heritage,
teacher-student traditions.
Doira sadolari
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
doira
san’ati,
milliy musiqa,
tarixiy miniaturalar,
ijrochilik uslublari,
ustoz doirachilar,
musiqiy meros,
ustoz-
shogird an’analari.
О‘zbek milliy musiqa madaniyatida urma zarbli cholg‘ular,
xususan, doira cholg‘usi о‘ziga xos о‘rin tutadi.
Doirachining ijro
etgan birgina usulidan kuyning tempi, ritmi ma’lum bо‘ladi.
Mazkur maqolada doira cholg‘usining milliy san’atimiz
hamda xalqimiz madaniy hayotidagi ahamiyati, ushbu cholg‘u
bilan bog‘liq tarixiy ma’lumotlar bayon etilgan.
1
Professor, department of instrumental performance, Uzbekistan state institute of arts and culture.
E-mail: qobilqoriyev93@mail.ru.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
3
№
3 (2022) / ISSN 2181-1415
143
Звуки дойры
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
искусство дойры,
народная музыка,
исторические миниатюры,
стили исполнения,
музыкальное наследие,
традиции наставник
-
ученик.
Ударные инструменты, особенно дойра, занимают
особое место в узбекской национальной музыкальной
культуре. Единственный способ удар дойры определить
темп и ритм мелодии.
В данной статье рассказывается
значение исполнения
дойры в национальном искусстве и культурной жизни
нашего народа, а также приводится исторические сведения
об этом инструменте.
Urma zarbli cholg‘ular kuyning o‘ziga xos ritm qatorini tashkil etib, alohida о‘rin
egallaydi. Kо‘plab dunyo xalqlarida kuy
-
qо‘shiqlar urma zarbli cholg‘ular ritmi asosida
ijro etiladi. О‘zbek milliy musiqa madaniyatida keng qо‘llaniluvchi cholg‘ulardan biri
doiradir.
Barchamizga ayonki, kuy-q
о‘shiqqa, san’atga muhabbat, musiqa madaniyati
xalqimizda bolalikdan boshlab, oila sharoitida shakllanadi. Uyida dutor yoki doira
cholg‘usi bо‘lmagan, musiqaning hayotbaxsh ta’sirini о‘z
hayotida sezmasdan
yashaydigan inson yurtimizda b
о‘lmasa kerak.
Doira xalqimizning ma’naviy boyligi, xalq ijodida asrlar –
osha shakllanib,
rivojlanib kelgan, maqomlarda asosiy negiz va usul vazifasini bajaradi.
О‘rta asrlar kitob
bezaklarida (miniaturala
rida) turli cholg‘ularda ijro etayotgan sozandalarga jо‘r bо‘lib,
chalayotgan doirachilarni k
о‘rishimiz mumkin.
Doira
–
aniq tovush balandligiga ega b
о‘lmagan urma zarbli cholg‘ulardan biridir.
Doiraning gardishi, asosan, tut,
о‘rik, yong‘oq, tok daraxtlarining yog‘ochidan aylana
shaklida yoki b
о‘laklarga bо‘lib, tayyorlanadi. Hozirgi kunda akatsiya, klyon daraxtlaridan
ham xomashyo sifatida foydalanilmoqda. Doira gardish
ш
ning diametri avvallari 39 sm.
dan, 42 sm. gacha kattalikda yasalgan b
о‘lsa, hozirda
esa uning diametri 36-38 sm.ni
tashkil etadi. Uning bir tomoniga teri qoplanadi. Gardishning teriga tutashgan ichki
tomoni tovushni b
о‘g‘masligi uchun biroz yo’nilgan bо‘lishi lozim. Doira cholg‘usi uchun,
asosan, buzoq, tuya, toychoq terilaridan foydalaniladi. Bunda avvaldan ishlov berilgan
va ivitilgan teri gardishga maxsus yelim (sirach) yordamida yopishtiriladi. Doira
gardishning ichki tomoniga 50 tadan 75 tagacha maxsus metall halqachalar
(shing‘iroqlar) о‘rnatiladi. Cholg‘u silkitib ijro qilinganda u
shbu halqachalar yoqimli
tovush hosil qiladi. Doirani quruq joyda saqlash tavsiya etiladi. Sababi, unga qoplangan
teri namlik ta’sirida bо‘shashib, о‘zining jarangdor tovushini yо‘qotadi. Bu holatda
doirani oftobda, olovda yoki maxsus prajektorlarda ehtiyotkorlik bilan toblab, quritish
zarur. Ushbu jarayonda avval doiraning gardishi, keyin esa terining gardishga tutashgan
qismi quritilib, asta-sekin toblanadi. S
о‘ngra doiraning teri qoplangan qismi qizdiriladi.
Doira ritmik va dinamik usul imkoniyatlariga j
uda boy cholg‘u bо‘lib, unda ikkala qо‘lning
barmoqlari va shapaloq bilan ijro qilinadi. Doira cholg‘usi yillar mobaynida ayrim
qadimiy tasvirdagilarga nisbatan ba’zi о‘zgarishlarga uchragan. Masalan, hozirgi doira
gardishida kichkina lappaklar
о‘rnatiladi
gan teshiklar y
о‘q. Ularning о‘rnini gardishning
ichki tomonidan osilgan maxsus temir halqachalar, ya’ni “shing‘iroq”lar egallagan.
Mazkur cholg‘u shuningdek, tojik, uyg‘ur xalqlarida ham keng tarqalgan. Doirada
ijrosidagi usullar tizimi qadimdan shakllangan b
о‘lib, ustozlar tomonidan “bum”, “bak”,
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
3
№
3 (2022) / ISSN 2181-1415
144
“bakko” yoki “bakka”, Xorazmda “gup”, “taq”, “taqqa” atamalari bilan yuritilgan. Bunda
“bum” nisbatan past tovush bо‘lib, bunda tо‘rtta barmoqni birgalikda zich juftlab,
membrana (teri)
о‘rtasiga urib ijro etiladi. “Bak” ham membrana о‘rtasiga, faqat
barmoqlarni kergan holda urib, ijro qilinadi. Doira cholg‘usi xalq orasida “childirma”,
“chirmanda” nomlari bilan ham ataladi.
Doira cholg‘usi qadimdan xalqimizning madaniy hayoti bilan chambarchas bog‘liq
b
о‘lgan. Ta
rixga nazar tashlasak, xoh u harbiy yurishlar b
о‘lsin, xoh xonlar saroyidagi
bazmlar, t
о‘y
-tomoshalar, bayramlar, turli tantana va marosimlar b
о‘lsin, ularning hech
biri doira ishtirokisiz
о‘tmagan. Bu davrlarda doiraning asosiy vazifasi raqsga melodik
cho
lg‘ular va ovozga jо‘r bо‘lishdan iborat bо‘lgan. Odatda, ansambllarda bir yoki bir
necha doirachilar qatnashishgan.
Markaziy Osiyo hududida olib borilgan arxeologik qazishmalar natijasida olingan
ma’lumotlarga qaraganda, islom davridan oldingi
zamonlarda doiraga, asosan, ayollar j
о‘r
b
о‘lgan.
Ularning doira usullariga mos q
о‘shiq aytish va raqsga tushishi о‘sha davrlarda
shakllanib, asrlar -osha rivojlanib, takomillashib kelmoqda.
Bugungi kunda ham Samarqand, Farg‘ona, Buxoro, Namangan va boshq
a bir qator
viloyatlarda doiraga j
о‘r bо‘lib qо‘shiq aytadigan, raqsga tushadigan ayollardan iborat
xalq dastalarini uchratish mumkin.
J
о‘rnavoz va yakka zarbli soz sifatida ommalashgan doira о‘zining rivojlanib
kelayotgan milliy ohanglarga boy zarb va usullari bilan xalqning hurmat-
e’tiborini
qozongan.
Ma’lumki, doira va barcha zarbli cholg‘ular ijrochiligi vujudga kelishi va ravnaqi
jarayonida Markaziy Osiyo miqyosida har bir vohada
о‘ziga xos mahalliy ijrochilik
uslublari shakllangan. Mazkur uslublarda har bir vohaning
о‘ziga xos xususiyatlari,
ahamiyatga molik tomonlari hamon
о‘z mohiyatini saqlab kelmoqda. Bularga Xorazm
doira ijrochiligi, Buxoro
–
Samarqand, Farg‘ona –
Toshkent doira ijrochiligini misol qilib
keltirishimiz mumkin.
Musiqaga oid manba
lardan ma’lum bо‘lishicha, qadimdan barcha vohalar musiqiy
dastalarining ijro faoliyatida doira doim ishtirok etgan. Odatda, bir doirada chalish keng
ommalashgan, lekin ayrim hollarda ikki, uch doira ham chalinganligi ma’lum. Biroq
barcha ma’lumotlarda bir
dek, doira yakkanavozligi t
о‘g‘risida sо‘z yuritilmagan. Ushbu
holat XX-
asrning dastlabki yillariga ham taalluqlidir. Ammo doira cholg‘usining butun
ijroviy xususiyatlari yakkanavozlik, raqsga j
о‘r bо‘lish jarayonida tо‘la namoyon bо‘ladi.
Doira yakkanavoz
ligining tashkil topishida raqs san’atining ta’siri katta
b
о‘lganligini e’tirof etish lozim. Zero, mazkur jarayon raqslarga xos harakat, lutf, joziba,
imo-ishoralar kabi xalqimizning
о‘ziga xos gо‘zal an’analarini doira usullarida tо‘la
ifodalash bilan bog
‘liqdir. Shu bilan birga, bu holat xilma
-xil, rang-barang usullar
majmuasini tuzish va ularni mohirona chalish bilan chegaralanib qolmay, balki milliy
raqs san’ati sirlarini ham tushuntirish, tinglovchilarga yetkazib berish, yurakdan his
etishni talab qiladi.
Ohang va vazn jihatdan tarkib topgan xilma-xil murakkab raqslar majmuasida bir
usuldan ikkinchi usulga
о‘tishning tabiiy va mantiqiy asoslangan yо‘lini topish doira
ijrochisining mahoratiga bevosita bog‘liqdir. Bundan tashqari, yangi
-yangi raqslarni
(doira j
о‘rligida) yaratish, ularni о‘zlashtirish kabi bir qator tadbirlarda doirachi g‘oyat
muhim rol
о‘ynaydi. Zero, raqsni erkin rivojlantirishning asosiy mezonlaridan biri usullar
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
3
№
3 (2022) / ISSN 2181-1415
145
majmuasidir. Buning isbotini biz atoqli sozanda, baletmeyster Usta Olim Komilov va
taniqli raqqosa Tamaraxonim doira raqslarini ilk bora ijro etib, ulkan olqishlarga sazovor
b
о‘lganliklarida kо‘ramiz.
XX-asrning birinchi yarmiga kelib, yurtimizda doira ijrochiligining
о‘ziga xos
maktabi yuzaga keldi. Uning asoschisi
О‘
zbekiston xalq artisti, Mehnat qahramoni Usta
Olim Komilovdir. Ustozning buyuk xizmatlari shundan iboratki, tarixi ikki ming yilga
borib taqaluvchi doira cholg‘usining yakka ijro imkoniyatlarini ochib berdi. Shuningdek,
xalq orasida ommalashgan,
о‘z ijodiy
faoliyati davomida ustozlaridan
о‘rgangan doira
usullarini jamlab, bir tizimga keltirdi, yangi usullar ijod qilib, boyitgan holda doira
darsligi sifatida kelajak avlodga qoldirdi. Bu orqali y
о‘qolib ketishi mumkin bо‘lgan
k
о‘plab usullarni saqlab qoldi.
Usta Olim Komilovning boy merosi avlodlar uchun katta maktab vazifasini
о‘tamoqda. Mashhur doirachilar Tо‘ychi Inog‘omov, G‘ofur Azimov, Raxim Isaxо‘jayev,
Anver Barayev, Dadax
о‘ja Sottixо‘jayevlar ustaning an’analarini davom ettirganlar.
Ularning yetuk shogirdlari ham,
о‘z navbatida, bugungi kunda yangi avlodga doira
chalish sirlarini
о‘rgatish bilan bir qatorda ularni yuksak saviyali, nafosatli qilib
tarbiyalash, dunyoqarashini boyitishda xizmat qilishmoqda.
О‘quvchi
-yoshlarning milliy
xalq san’atidan bili
m olishlari uchun respublikamiz tuman, shaharlaridagi maktablar,
ijodiyot markazlarida doira t
о‘garaklari tashkil etilgan.
Doira t
о‘garaklariga о‘quvchilarni qabul qilish jarayoniga alohida e’tiborni qaratish
lozim. Musiqaviy xotira, eshitish va qaytarish, usul eshitish qobiliyati mustahkam
о‘quvchilar tо‘garakka jalb etiladilar. Mashg‘ulotning birinchi kunidan boshlab, har bir
о‘quvchi о‘zining shaxsiy doirasiga ega bо‘lishi shart.
Doira musiqasi ilgari nota yozuviga ega b
о‘lmagan, shu sababli og‘zaki ravi
shda
avlodlardan avlodlarga
о‘tib kelgan.
Mustaqillik yillari
о‘zbek an’anaviy musiqasiga e’tibor yanada kuchaydi. Milliy
qadriyatlar, urf-odatlar va marosimlarning tiklanishi musiqa sohasida ancha
о‘zgarishlarga sabab bо‘ldi. Qadimiy milliy musiqamizdagi
boy badiiy-tasviriy vositalar
bilan bir qatorda, yangi janr va turlarini
о‘zlashtirish natijasida о‘zbek musiqa san’ati
yana ham yuksak darajaga k
о‘tarildi. Shu boisdan respublika miqyosida kо‘plab kо‘rik
-
tanlovlar tashkil qilinmoqda. Bu esa yosh ijrochilarning
о‘z san’atlarini namoyish
etishlarida muhim omil b
о‘lib xizmat qiladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Karimov
I.A. “Yuksak ma’naviyat –
yengilmas kuch” –
Toshkent: “Ma’naviyat”
nashriyoti, 2008-y.
2.
Akbarov
I. “Doiraning zarblari”. О‘
zbekcha usullar t
о‘plami –
Toshkent, 1952-y.
3.
Islomov
D. “Maxsus cholg‘u” –
Toshkent: “Fan va texnologiyalar” nashriyoti,
2015-y.
4.
Islomov
D. “Doira san’ati darg‘alari” –
Toshkent: “Fan va texnologiyalar”
nashriyoti, 2019-y.
5.
Islomov
D. “Moziydan sado” –
Tosh
kent: “Ekstremum press” nashriyoti, 2015
-y.
6.
Vizgo
T.S. “Музыкальние инструменты Средней Азии” –
Moskva, 1980-y.
