Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Pedagogical preparation of future teachers in upbringing of
independent thinking, creative persons in the process of
continuous education
Yulduz ABDUKHALIMOVA
1
Termez State Pedagogical Institute
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received July 2022
Received in revised form
20 July 2022
Accepted 25 August 2022
Available online
15 September 2022
This article considers pedagogical training of future teachers
in upbringing an independent thinking and creative person in the
process of continuous education. A formation of creative person
can be defined as a development of a person in terms of creative
activities performed in mutually compatible way and creation of
creative products. The pace and scope of this process depends on
biological and social factors, the activity and creative qualities of
a person, as well as existing conditions, important vital and
professional events. It is necessary for a teacher to have creative
qualities in modern conditions.
2181-
1415/©
2022 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol3-iss8/S-pp1
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
continuous, creative,
educational process,
thought, creative person,
future teacher, pedagogic.
Uzluksiz ta’lim jarayonida mustaqil fikrlovchi, kreativ shaxsni
tarbiyalashda
bo‘lajak
o‘qituvchilarning
pedagogik
tayyorgarligi
АННОТАЦИЯ
Калит сўзлар:
uzluksiz, ijodkor, ta’lim,
jarayon, fikr, kreativ, shaxs,
bo‘lajak o‘qituvchi,
pedagogik.
Ushbu maqola uzluksiz ta’lim jarayonida mustaqil fikrlovchi,
kreativ shaxsni tarbiyalashda bo‘lajak o‘qituvchilarning pedagogik
tayyorgarligi haqida yozilgan. Ijodkor shaxsning shakllanishini
shaxsning o‘zaro mos tarzda bajarilgan ijodiy faoliyat va ijodiy
mahsulotlarni yaratish borasidagi rivojlanishi sifatida belgilash
mumkin. Ushbu jarayonning sur’ati va qamrovi biologik va ijtimoiy
omillar, shaxsning faolligi va kreativ sifatlari, shuningdek, mavjud
shart-sharoit, hayotiy muhim va kasbiy shartlangan hodisalarga
bog‘liq.
Hozirgi sharoitda pedagogdan kreativlik sifatlarga ega
bo‘lish talab etiladi.
1
Lecturer, Department of Theory and Practice of Primary Education, Termez State Pedagogical Institute, Uzbekistan
aabduhalimova95@gmail.com
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
08 (2022) / ISSN 2181-1415
104
Педагогическая
подготовка
будущих
учителей
в
воспитании самостоятельно мыслящих, творческих лиц в
процессе непрерывного образования
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
непрерывный,
творческий,
воспитательный процесс,
мысль, творческий
человек, будущий учитель,
педагогический.
В данной статье рассмотрена педагогическая подготовка
будущих учителей к воспитанию самостоятельно мыслящей
и творческой личности в процессе непрерывного
образования. Формирование творческой личности можно
определить, как развитие личности в плане творческой
деятельности,
осуществляемой
взаимосовместимым
образом, и создания творческих продуктов. Темпы и
масштабы этого процесса зависят от биологических и
социальных факторов, активности и творческих качеств
человека, а также существующих условий, важных
жизненных и профессиональных событий. В современных
условиях педагогу необходимо обладать творческими
качествами.
Kirish(Introduction).
Hozirgi kun dunyo ta’lim taraqqiyotining jadal suratlarda rivojlanishi avvalambor ta’lim
jarayoniga innovatsion va kreativ yondashish lozimligini taqozo etmoqda. Chunki jahonda har
qaysi jamiyatning rivojlanishi va yo‘nalishini begilab beruvchi innovatsion
-kreativ ijodkorlik
ta’siri ostida yuz berib, inson faoliyatining har bir sohasida ijodkorlikka bo‘l
gan ehtiyojning
ortishi bilan tavsiflanadi. Xorijiy rivojlangan mamlakatlarda, jumladan, AQSH, Kanada,
Germaniya, Rossiya, Yaponiya, Koreya kabi davlatlarda o‘qitish jarayonlari innovatsion
-kreativ
yondashuv asosida amalga oshirilmoqda.
Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili (Literature review).
So‘nggi yillarda yetakchi xorijiy mamlakatlarning ta’lim tizimida o‘quvchi va talabalarda
kreativlik sifatlarini shakllantirish masalasiga alohida, jiddiy e’tibor qaratilmoqda. Buni
Bronson, Merriyman (2010-y.), Ken Robinson (2007-y.), Fisher, Frey (2008-y.), Begetto,
Kaufman (2013-y.), Ali (2011-y.), Treffinger (2008-y.)lar
tomonidan olib borilgan ko‘plab
tadqiqotlar, ularning natijalarida
ko‘rish mumkin. Qolaversa, o‘qituvchilar kreativlik asoslarini
o‘rganishga jid
diy kirishgan (Begetto, Kaufman, 2013-
y.). O‘qituvchilarda pedagogik faoliyatni
kreativ yondashuv ko‘nikma, malakalarini shakllantirish hamda rivojlantirishga doir
adabiyotlar chop etilyapti.
Tahlil va natijalar (Analysis and results).
Salmoqli amaliy i
shlar olib borilayotganligiga qaramay, ko‘pchilik o‘qituvchilar hali
hanuz shaxs (o‘zlarida hamda o’quvchilarda) kreativlik sifatlarini qanday qilib samarali
shakllantirish tajribasini o‘zlashtira olmayaptilar.
Ta’lim tizimini boshqarish organlari har yili ta’lim muassasalarida yuqori
samaradorlikka erishishga e’tibor qaratadi. Ana shu maqsadda o‘quv dasturi ishlab chiqiladi,
yangi o‘quv darsliklari yaratiladi. Bu esa ham talabalar, ham o‘qituvchilarni
ng kasbiy
o‘sishlariga yordam beradi. Olib boriladig
an amaliy harakatlar talabalarda yutuqlarga erishish,
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
08 (2022) / ISSN 2181-1415
105
olg‘a intilishga bo‘lgan ehtiyojni muayyan darajada yuzaga keltiradi, ularning o‘quv
-bilish
qobiliyatlarini bir qadar rivojlantirishga yordam beradi.
Mazkur holatni bevosita kuzatib, chuqur tahlil qilg
an O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti Sh. M. Mirziyoyev 2019-yil 23-
avgustda xalq ta’limi, oliy ta’lim xodimlari bilan
bo‘lgan muloqotda uzluksiz ta’lim tizimida olib borilishi talab etiladigan dolzarb vazifalar
haqida fikr yuritib, “... bugungi kunda t
a
’
lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan
o‘qituvchilarning obro‘sini ko‘tarish, shu bilan bir qatorda
,
bugun o‘qituvchilarning o‘zlari ham
ta
’
lim-
tarbiya jarayoniga yangicha ijodiy yondashishi lozim”[1],
- degan bir qator fikrlarni
bildirib
o‘tdi.
Shuningdek, Yurtboshimiz Sh. M. Mirziyoyev 2020-yil 24-yanvarda Oliy majlisga qilgan
murojaatnomasida ham ta
’
lim-
tarbiyaning uzviy bog‘liqligini yanada kuchaytirish maqsadida
“Sharqona qarashlarimizda ta’
limni tarbiyadan, tarbiyani esa ta
’
limdan ajr
atib bo‘lmaydi. Bu
esa bugungi kun o‘qituvchisidan katta mas’uliyatni talab qiladi”[2],
- deb ta
’
kidladilar.
Bugungi kun o‘qituvchilari ta’
lim-
tarbiya ishlarida faol qatnashar ekanlar, ular o‘z
faoliyatlarini zamon bilan hamohang tarzda tashkil etishlari talab etiladi. Shuningdek,
umumta
’lim muassasalarida faoliyat ko‘rsatayotgan boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari hamda
bo‘lajak o‘qituvchilar umumiy va maxsus
bilimlarga (kompetentsiyalarga)
ega bo‘lishi hamda
o‘z faoliyatida ijodkorlik qobiliyatlarini namoyon
eta olishi lozim.
Darhaqiqat, hozirgi kunda tarbiya jarayoni dunyo miqyosida global muammoga aylanib
bormoqda. O‘tgan asrda yashagan ma’rifatparvar bobomiz Abdulla Avloniy aytgan: “Tarbiya biz
uchun yo hayot-yo mamot, yo najot-yo halokat, yo saodat-yo fal
okat masalasidir” iborasi ayni
kunda ham o‘z
ahamiyatini
yo‘’qotgan emas. Ayniqsa, dunyo bilan bo‘ylashishimiz uchun
avvalambor, yoshlarning ta’lim
- tarbiyasi hamda ularning mustaqil ijodiy fikrga egaliklari
dolzarb ahamiyat kasb etadi. Mustaqillikning ilk yillaridan boshlab,
yurtimizda ta’lim tizimini
isloh qilishga katta e’tibor qaratilib, bugungi kunda buning o‘z samarasini berayotganligining
ham guvohi bo‘lib turibmiz. Biroq shiddat bilan rivojlanayotgan, fan
-texnika va texnologiyalar
asri o‘z navbatida
ta’lim, ilm –
fan oldiga yangi talablarni qo‘ymoqda. Jamiyatimizning yanada
ravnaq topishi, taraqqiyoti va istiqboli amalga oshirilayotgan islohotlar, rejalar samarasi,
taqdiri, avvalambor, zamon talablariga javob beradigan yuqori malakali, ongli mustaqil
fikrlovchi, kreativ mutaxassis kadrlarni tayyorlash muammosi bilan ham bog’liqdir. Kreativ,
faol, mustaqil fikrlovchi shaxsni tarbiyalab voyaga yetkazish hayotiy zarurat bo‘lib xizmat
qilmoqda. Shu boisdan, faol, kreativ, aql-zakovatli, ziyoli yoshlarni tarbiyalash biz
pedagoglarning zimmasidagi ulkan mas’uliyatdir. Buyuk fransuz yozuvchisi A.Barbyus fikricha:
“Maktab voyaga yetayotgan avlod tafakkurini shakllantirish ustaxonasidir, agar kelajakni
qo’ldan chiqarishni istamasang, maktabni qo‘lda mustahkam tutmog‘ing lozim”. Shunday ekan,
mustaqil fikrlovchi, kreativ shaxsni tarbiyalashni tafakkurni shakllantiruvchi ustaxona-maktab,
ya’ni o‘quvchilik davridan ko‘rib chiqaylik. Psixologik olim Engelmeyer o‘quvchi yoshlarda
ijodkorlikni, kreativlikni shakllanti
rish uchun ijodiy faoliyatni birinchi o‘ringa qo‘yadi. Uning
fikricha xohish va qiziqish jarayonlarini rivojlantirish ijodiy faoliyatning asosi bo‘lib xizmat
qiladi. Buning uchun esa dars jarayonlarini yuqori ilmiy
–
pedagogik darajada tashkil etish
kerak.
Shuningdek, ta’lim jarayonida muammoli, qiziqarli, savol
-javob tarzidagi interfaol
metodlardan foydalanish lozim. Bunday mashg‘ulotlar o‘quvchilarni kreativlikka undashi, erkin
muloqot yuritishi, ijodiy fikrlashga o‘rgatishi mumkin. Kreativlik insondan ij
odkorlikni talab
etadigan tushunchadir. Bir masala yuzasidan hamma bir tushunchani tushunishi mumkin,
kreativ shakllangan shaxs esa uning boshqa qirralariga ham e’tibor qaratadi. Biz kreativlik,
kreativ shaxsni tarbiyalash xususida fikr yuritar ekanmiz, sh
u o’rinda, “kreativlik o’zi nima?”
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
08 (2022) / ISSN 2181-1415
106
degan savolga javob beraylik. Kreativlik (lot., ing.
“
create
”
- yaratish,
“
creative
”
yaratuvchi,
ijodkor)
–
shaxsning yangi g‘oyalarni ishlab chiqishga tayyorligini tavsiflovchi hamda mustaqil
omil sifatida iqtidorlilikning tarkibiga kiruvchi ijodiy qobiliyat ma
’
nosini ifodalaydi. Shaxsning
kreativligi uning tafakkurida, muloqotida, his-
tuyg‘ularida, muayyan faoliyat turlarida namoyon
bo‘ladi.
Kreativlik shaxsni yaxlit holda yoki uning muayyan xususiyatlarini, zehni o‘tki
rliligini
tavsiflaydi. Shuningdek, kreativlik iqtidorning muhim omili sifatida aks etadi. Xorijiy
mamlakatlarda barcha sohalarning mutaxassislari kabi o‘qituvchilar ham o‘zlarida kreativlik
sifatlari mavjudligi va uning darajasini aniqlab boradi. Buning uchun ular E.P.Torrens
tomonidan 1987-yilda asoslangan va shaxsning kreativ tafakkurga egaligini aniqlovchi testdan
o‘tadi. Mazkur test shaxs kreativligi va uning darajasini ijodiy faoliyatni tashkil etishdagi faollik,
tezkor fikrlash, o‘ziga xos (orginal)lik va takomillashganlik kabi mezonlar bo‘yicha baholash
imkoniyatini yaratadi. O‘quvchi tomonidan tavsiya etilgan savollarga beriladigan javoblar
aynan mana shu to‘rtta mezonni qanotlantirishi lozim. P.Torrens fikricha, “kreativlik muammo
yoki ilmiy farazla
rni ilgari surish; farazni tekshirish va o‘zgartirish; qaror natijalarini
shakllantirish asosida muammoni aniqlash; muammo yechimini topishda bilim va amaliy
harakatlarning o‘zaro qarama
-
qarshiligiga nisbatan taэsirchanlikni ifodalaydi”
Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarning kreativlik sifatlariga ega bo‘lishi ularning
shaxsiy qobiliyatlari, tabiiy va ijtimoiy quvvatini, kasbiy faoliyatni sifatli, samarali tashkil etishga
yo‘naltiradi. Shuningdek, o‘quv va tarbiya jarayonlarini tashkil etishga an’
anaviy
yondashishdan farqli yangi g‘oyalarni yaratish, bir qolipda fikrlamaslik, o‘ziga xoslik,
tashabbuskorlik, noaniqlikka toqat qilmaslikka yordam beradi. Binobarin, kreativlik sifatlariga
ega pedagog kasbiy faoliyatini tashkil etishda ijodiy yondashish, y
angi, ilg‘or, o‘quvchilarning
o‘quv faoliyatini, shaxsiy sifatlarini rivojlantirishga xizmat qiladigan g‘oyalarni yaratishda
faollik ko‘rsatish, ilg‘or pedagogik yutuq va tajribalarni mustaqil o‘rganish, shuningdek,
hamkasblar bilan pedagogik yutuqlar xususida doimiy, izchil fikr almashish tajribasiga ega
bo‘lishga e’
tibor qaratadi.
Ayni o‘rinda shuni alohida qayd etib o‘tish joizki, har bir shaxs tabiatan kreativlik
qobiliyatiga ega. Xo‘sh, shaxs o‘zida kreativlik qobiliyati mavjudligini qanday namoyon eta
olishlari mumkin? Bu o‘rinda Patti Drapeau shunday maslahat beradi: “Agarda o‘zingizni
kreativ emasman deb hisoblasangiz, hozirdanoq kreativ tafakkurni rivojlantirishga qaratilgan
mashg‘ulotlarni tashkil eta boshlashingizni maslahat beraman. Aslida, gap s
izning ijodkor
bo‘lganingiz yoki bo‘lmaganingizda emas, balki ijodkorlik faoliyat
ini kreativlik ruhida tashkil
etishingiz va yangi g‘oyalarni amalda sinashga intilishingizdadir” [3, 4 b.].
Patti Drapeau nuqtai nazariga ko‘ra
, kreativ fikrlash, eng avvalo, muayyan masala
yuzasidan har tomonlama fikrlash sanaladi. Har tomonlama fikrlash o‘qituvchilardan o‘quv
topshirig‘i, masalasi va vazifalarini bajarishda ko‘plab g‘oyalarga tayanishni talab etadi. Bundan
farqli ravishda bir tomonlama fikrlash esa bi
rgina to‘g‘ri g‘oyaga asoslanishni ifodalaydi.
Mushohada yuritishda muammo yuzasidan bir va ko‘p tomonlama fikrlashdan birini inkor etib
bo‘lmaydi. Binobarin, bir va har tomonlama fikrlash kreativlikni shakllantirishda birdek
ahamiyat kasb etadi. Ya
’
ni topshiriqni bajarish, masalani yechishda shaxs yechimning bir necha
variantini izlaydi (ko‘p tomonlama fikrlash), keyin esa eng maqbul natijani kafolatlovchi birgina
to‘g‘ri yechimda to‘xtaladi.
Shaxsning kreativligi uning tafakkurida, muloqotida, his-
tuyg‘ul
arida, muayyan faoliyat
turlarida namoyon bo‘ladi. Kreativlik shaxsni yaxlit holda yoki uning muayyan xususiyatlarini
tavsiflaydi. Kreativlik iqtidorning muhim omili sifatida ham aks etadi. Qolaversa, kreativlik
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
08 (2022) / ISSN 2181-1415
107
zehni o‘tkirlikni belgilab beradi, “o‘quvchilar e’tiborini ta’lim jarayoniga faol jalb etishni
ta’minlaydi”.
Hozirgi zamon talabi ham, noan’anaviy, innovatsion texnologiyalardan foydalangan
holda, yaratuvchanlik, ijodkorlik mahoratiga ega kreativ kadrlarni talab qilmoqda. Ijodkor
kreativ shaxsni tar
biyalashda ijodiy faoliyatdan tashqari tasavvur qila olish ko’nikmasini
shakllantirishi
muhim ahamiyat kasb etadi. Tasavvurni oddiygina qilib “ko’zimizning oldiga
keltirmoq”, deb tushunsak ham bo’ladi. Tasavvur nafaqat badiiy san’atda, balki fanda ham
yuksak mavqega loyiq. Bu fikrimning isboti sifatida buyuk nemis matematigi D.Gilbertning bir
shogirdi haqidagi fikrini keltirishni joiz deb bildim: “U shoir bo’lib qoldi, chunki matematik
bo’lishi uchun tasavvuri kamlik qilardi”. Tarixga nazar tashlaydigan bo’
lsak, yurtimizda yashab
ijod etgan mutafakkirlarimiz tomonidan ham o’z davrida ta’lim jarayonida mustaqil fikrlovchi,
ijodkor, kreativ shaxslarni tarbiyalashda o’qitishning qanday usul va vositalaridan foydalanish
lozimligi borasida ahamiyatli fikr
–
muloh
azalar o’rtaga tashlangan. Shu jumladan, qomusiy
buyuk olim Abu Rayhon Beruniy o’z asarlarida bu boradagi masalalarga alohida to’xtalib,
o’quvchi shaxsi, tafakkurini rivojlantirish uchun ta’lim berishda ko’proq qaysi tomonlarga
e’tibor berish kerakligini b
ayon qiladi.
Xususan, olimning ta’kidlashicha, o‘qitishda yodlatish
emas, balki tushunish, mantiqiy fikrlash, xulosalar chiqarish yo‘liga amal qilish muhimdir.
Bugungi kunda esa mamlakatimizning xalqaro baholash tizimiga o‘tayotganligi ham aynan
kreativ sh
axlarni tarbiyalashning asosi bo’lib xizmat qilmoqda. Bu baholash tizimi o‘quvchi
yoshlarni ulug‘ bobokalonlarimiz aytib o‘tganlaridek yodlatish emas, aksincha, mantiqiy,
kreativlik, ya’ni ijodkorlik asosida fikrlashga chorlaydi. Shunday ekan, maktabning a
sosiy
vazifasi ularga ta’lim beribgina qolmasdan, balki ularning qobiliyatlari va qiziqishlarini ro‘yobga
chiqarishi lozim. Ayniqsa, bu vazifalarni boshlang‘ich sinfdan boshlash yaxshi samara beradi.
Unda o‘qituvchi har bir dars mashg‘ulotida ijodkorlik ta
savvurini shakllantirib borishi lozim.
Ayrim topshiriqlarni bajarishda qiynalib qolganda unga tezgina yordamga oshiqmaslik lozim,
ya’ni ularning mustaqil fikrlashlari, chuqur mulohaza yuritishlari, o‘zlarida yaratuvchanlik,
ijodiylikni yaratishlari uchun s
haroit yaratib berishlari maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bu bilan,
o‘quvchi yoshlarni topqirlikka, erkin fikrlashga, kreativlikka undaydigan topshiriqlarni sekin
-
astalik bilan miqdorini oshirib borish, va bu topshiriqni a’lo darajada ado etgan o‘quvchilarni
ra
g‘batlantirib borish, o‘z ustida ishlaydigan yaratuvchan kreativ kadrning asosi bo‘lib xizmat
qiladi. O‘quvchilarni ijodiy faollikka undash davomida o‘qituvchi o‘quvchilarni obrazli
fikrlashga undashi, fikrning muhim joylariga urg‘u berib, alohida ajratgan
holda ifodalashi,
xushmuomalali va ziyrak bo‘lishi talab etiladi. Shuni alohida ta’kidlab o‘tish joizki, o‘qituvchi
biror fikrni, tushunchani tushuntirayotganda “faraz qiling”, “tasavvur qiling”, “ijodiy parvoz
eting” jabi jumlalarni albatta aytishlari muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi. Mustaqil fikrlaydigan,
ijodkor, kreativ shaxsni tarbiyalashda kitobning ham o‘rni beqiyos. Shuningek, kitob o‘zida
rivojlantiruvchi va tarbiyalovchi ulkan imkoniyatni qamrab oladi. O‘quvchining aqlini
rivojlantirib, har bir
mavzuda o‘zining mustaqil fikrini bayon eta oladigan, his
-
tuyg‘ularga boy
ijodiy faoliyati yuksalgan har tomonlama barkamol shaxsni tarbiyalaydi. Buning uchun esa har
bir o‘qituvchi qaysi fanda dars berishidan qat’i nazar, o‘quvchi qalbida mehr uyg‘otishi
, uni kitob
o’qishga qiziqtirishi maqsadga muvofiqdir.
Xulosa va takliflar (Conclusion/Recommendations).
Kreativ ko‘nikmalarni ta’lim oluvchilarda rivojlantirish bugungi kunning dolzarb
vazifalaridan bo‘lib, yuqorida keltirilgan nazariy asoslarga tayanga
n holda quyidagi xulosaga
kelish mumkin:
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
08 (2022) / ISSN 2181-1415
108
Zamonaviy sharoitda ta’lim va tarbiya jarayonlarining sifatli, samarali tashkil etilishi
ijtimoiy zaruriyat sifatida kun tartibiga qo‘yilmoqda. Mazkur zaruriyatning qondirilishi
pedagoglarning yuqori darajada kasbi
y kompetentlik, mahorat va malakalarga ega bo‘lishlarini
taqozo etadi. Pedagoglarning ta’lim jarayoniga kreativ yondashuvlari talabalarda ta’lim olishga
bo‘lgan qiziqishni yuzaga keltiradi, ularning o‘quv
-bilish faoliyatlarini faollashtirishga yordam
berad
i. Qolaversa, talabalarning mutaxassis sifatida kreativ sifat, ijodkorlik ko‘nikma,
malakalarini faol o‘zlashtirishlari uchun zarur sharoitni yaratadi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.
O
‘zbekiston Respublikasining Ta’lim to‘
g
‘
risida Qonuni. 2020yil 23sentabr O
‘
RQ-637-
sonli Qonun.
2.
“Yoshlarga oid davlat siyosati to’g’risida”
gi
O’zbekiston Respublikasining
Qonuni.
2016-yil-14 sentabr.
3.
Azizxo‘jayeva.N.N. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. O‘quv qo‘llanma.
-
T:
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg‘armasi nashriyoti.
-2016.
4.
Ibragimov.X, Abdullayeva .Sh. Pedagogika nazariyasi. (darslik)
–
T.:
“
Fan va
texnologiya”
-2008.
5.
Файзуллаева
Н
.
Педагогик
билимлар
–
ўқитувчи
касбий
маҳоратининг
назарий
асоси
//Uzluksiz ta’lim ж
.
–
Т
.: 2006. 6-
сон
.
–
102-
бет
.
6.
Турдиева
М
.
Олий
таълим
муассасалари
талабаларида
педагогик
тафаккурни
шакллантириш
.
–
Т
.:
Низомий
номидаги
ТДПУ
, 2008.
–
15-
б
.
7.
Xoliqova P.A “Leksik tushunchalar haqida ma’lumot” Science and education
-458- 465
betlar
8.
R.D. Norqobilova, P.Nazarova.
“
Pedagogical Possibilities of education of young
generation at Abu Rayhan Beruni teaching”.Web of Sciencentific Research Journal.ISSN:2776
-
0979, Volume 3,Issue 6,June 2022.1908-1911
9.
Abduhalimova Y.N. “Bo‘lajak o‘qituvchilarni kasb
iy kompetentlikka tayyorlash hozirgi
davrning dolzarb muammosi”
. ORIENTAL RENAISSANCE: INNOVATIVE, EDUCATIONAL,
NATURAL AND SOCIAL SCIENCES SCIENTIFIC JOURNAL (253-258 bet) 2022-yil.
10.
S.I. Tursunova "UZBEKISTAN IS A COUNTRY OF FRIENDSHIP". Web of Scientist:
International Scientific Research Journal.185-189 B VOLUME 2, ISSUE 7 , JULY2021
11.
Д
.
У
.
Азимова
On the Example of Abdulla Avloni, The Hero of the National Awakening
Period . MIDDLE EUROPEAN 179 SCIEARCH BULLETIN. 2022, [177/180] ISSN 2694-9970
12.
R.D.Norqobilova, S.Xoliyeva. "Eastern Scientists Views on Speech". Web of Scientific
Research Journal. ISSN: 2776-0979, Volume 3, Issue 6, June 2022. 1434-1437.
13.
U. Muminova “IMPORTANT PROBLEMS OF UZBEK ANONYMITY IN THE WORKS OF
KASGHARI”. Web of Scientific Research
Journal. ISSN: 2776-0979, Volume 3, Issue 9, sep. 2022.
14.
D.U.Azimova. (2021). Abdullah Avloni’s Pedagogical Views And its Essence. The
American Journal of Social Science and Education Innovations 3(05),255-260
15.
Ollokulova F.U VALUE RELATIONSHIPS IN YOUNG PEOPLE AND THE UNIQUENESS
OF THEIR DECISION MAKING. Web of Scientific Research Journal. ISSN: 2776-0979, Volume 3,
Issue 9, Sep. 2022.
16.
С.И.Турсунова. Педагогические основы национализации школьного
образования. ТГПИ. 2022 год.
https://zenodo.org/record/6569077#.Yorxx6hBwdU
