Авторы

  • Бахтиёр Кодиров
    доктор философии по педагогическим наукам (PhD), старший преподаватель, Термезский государственный университет

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol3-iss8/S-pp320-325

Ключевые слова:

технология внеурочная деятельность кружки информационная среда обучения техника ремесел ремесло профильные компетенции последовательность работы задание

Аннотация

Данная статья направлена ​​на разработку технологий развития у учащихся базовых знаний, связанных с ремеслами, на основе организации внеурочной деятельности в общеобразовательных школах в информационно-образовательной среде.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

The technologies of developing pupils‘ basic co

mpetencies

regarding crafts in information and educational environment

Bakhtiyor KADIROV

1


Termez State University

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received July 2022

Received in revised form

20 July 2022
Accepted 25 August 2022

Available online

15 September 2022

This article is aimed at elaboration of technologies of
students' basic skills development related to crafts based on
organization of extracurricular activity in general secondary
schools in information and educational environment.


2181-

1415/©

2022 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol3-iss8/S-pp320-325

This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

technology, extracurricular
activity, circles,
informational learning
environment, technology
crafts, craft, core
competencies, work
sequence, item.

Axborotlashgan

ta’lim

muhitida

o‘quvchilarning

hunarmandchilikka oid tayanch bilimlarini rivojlantirish
texnologiyalari

АННОТАЦИЯ

Калит сўзлар:

texnologiya, sinfdan tashqari

mashg‘ulotlar, to‘garaklar,
axborotlashgan ta’lim
muhiti, “Technology crafts”

texnologiyasi,
hunarmandchilik, tayanch
kompetensiyalar, ish ketma-
ketligi, buyum.

Mazkur maqola umumiy o‘rta ta’lim

maktablarida sinfdan

tashqari mashg‘ulotlarni axborotlashgan ta’lim muhitida tashkil
etish asosida o‘quvchilarning hunarmandchilikka oid tayanch

bilimlarini rivojlantirish texnologiyalarini ishlab chiqishga
qaratilgan.

1

Doctor of Philosophy (PhD) in pedagogical sciences, senior teacher, Termez State University, Uzbekistan


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

08 (2022) / ISSN 2181-1415

321

Технологии

развития базовых компетенций учащихся в

сфере ремесел в информационно

-

образовательной среде

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

технология, внеурочная
деятельность, кружки,
информационная среда
обучения, техника
ремесел, ремесло,
профильные
компетенции,
последовательность
работы, задание

.

Данная статья направлена на разработку технологий

развития у учащихся базовых знаний, связанных с
ремеслами,

на

основе

организации

внеурочной

деятельности

в

общеобразовательных

школах

в

информационно

-

образовательной среде

.

Jahon miqyosida olib borilayotgan islohotlar ko‘p jihatdan jamiyat tomonidan ta’lim

tizimiga talablarga va ta’limni ro‘yobga chiqarish uchun imkoniyatlar, shart

-sharoitlarga

bog‘liqligi bilan belgilanadi, bunday imkoniyatlardagi yangilanishlar ta’limni rivojlantirish

maqsadlari va dasturlarini amalga oshirishda

ta’limda axborot texnologiyalarini qo‘llash,

elektron axborot-

ta’lim resurslarini ishlab chiqish va axborotlashgan ta’lim muhitini

tashkil etish orqali moderinizatsiyalashgan talabning oshirishga sabab bo‘ldi. Zamonaviy
axborot texnologiyalar, ta’limiy va

elektron dasturlarning amaliyotga tatbiq etilishi,

elektron

axborot-

ta’lim

resurslarinining

ishlab

chiqilishi,

o‘quvchilarning

hunarmandchilikka oid tayanch kompetensiyalarini rivojlantirishga qaratilgan o‘quv

-

metodik ta’minotini, o‘qitish metodikalarini

ishlab chiqish, uni amaliyotga joriy etish

imkoniyatlarini kengaytiradi.

Mamlakatimizda zamon talablari asosida samarali o‘qitish jarayoninini tashkil etish,

jumladan, umumiy o‘rta ta’lim tizimida axborot texnologiyalarni qo‘llash, ta’lim
muassasalarida va axborotlashgan ta’lim muhitini tashkil etishga a’lohida e’tibor

qaratilm

oqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018

- yil 25-

yanvardagi “Umumiy

o‘rta va o‘rta maxsus, kasb

-

hunar ta’limi tizimini tubdan takomillashtirish chora tadbirlari

to‘g‘risida”gi PF

-5313-

son farmoni hamda ushbu faoliyatga tegishli boshqa me’yoriy

xu

jjatlar mazmunida aynan umumiy o‘rta ta’limni axborotlashtirish, va axborotlashgan

ta’lim muhitini yaratib, ta’lim sifati va samaradorligiga erishish masalalari e’tirof etilgan.

Ta’lim sifati va samaradorlikni oshirishda axborot texnologiyalarini qo‘plab

m

ashg‘ulotlarni tashkil etish bugungi kun o‘qituvchilarining asosiy vazifalaridan biri.

Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida texnologiya fani amaliy fan sifatida o‘qitilib kelinmoqda.
Mazkur fanning haftalik umumiy yuklamasi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining o‘quv

rejasida 12 soatni tashkil etadi. 1-4-sinflarda haftasiga 1 soatdan, 5-7-sinflarda 2 soatdan,
8-9-

sinflarda 1 soatdan mashg‘ulotlar tashkil etadi. 5

-7-sinflarda bu fan haftasiga 2 soat

o‘tiladi va fan nazariy hamda amaliy turlarga bo‘lingani uchun 2 s

oatni ham ketma-ket

jadvalga 90 daqiqa qo‘yiladi.

1-

soatda o‘qituvchi o‘tgan mavzuni mustahkamlab yangi mavzuning bayonini o‘quv

ustaxonalarida texnologik xaritalar chizib, o‘quvchilarga amaliy ish bajarib ko‘rsatadi.
O‘quvchilar yasaladigan buyuning texnologik xaritasini chizib bo‘lgach, amaliy ishni

bajaradilar. Texnologik xaritalar yasaladigan buyumning ish ketma-

ketligi o‘z ichiga

quyidagilarni oladi:


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

08 (2022) / ISSN 2181-1415

322

ish ketma-ketligining tartib raqami; ish ketma-ketligining nomlanishi; ketma-

ketlikda bajariladigan jarayonlar chizmasi; har bir ish ketma-ketligiga kerakli asbob-

anjomlar (o‘lchov va ish asboblari); ishni bajarish uchun eslatmalar; yasaladigan

buyumning asanometrik chizmasi.

2-

soatda o‘zlari tomonidan tayyorlangan texnologik xaritalar asosida buyum

yasas

hadilar va yasagan buyumlarini fan o‘qituvchilariga tekshirtiradilar. Shuni ham aytib

o‘tish kerakkki, mashg‘ulot so‘ngida har bir o‘quvchi o‘z ish o‘rnini tartibga keltirib,
dastgog‘ va moslamalarini elektr o‘tkazgichlardan uzib, keyingi darsga shay holat

ga

keltirib mashg‘ulotni yakunlashlari talab etiladi.

Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida texnologiya fani boshlang‘ich sinflarda

umumlashgan holda, 5-9-

sinflarda “Texnologiya va dizayn”, “Servis xizmati”

yo‘nalishlarida o‘qitiladi. Ma’lumki, texnologiya fanini o‘zlashtirish uchun o‘quv dasturida

belgilangan barcha mavzularning negizida xalq hunarmandchiligi texnologiyalari
elementlari mavjud.

O‘zbekiston Respublikasida ta’lim uzluksizligi va uzviyligi, o‘quvchi shaxsi va

qiziqishlari ustuvorligidan kelib chiqib, ularning yosh xususiyatlariga mos ravishda
tayanch kompetensiyalar shakllantiriladi.

Texnologiya fanining xalq hunarmandchiligi texnologiyasi bo‘limi 8

-sinf texnologiya

va dizayn yo‘nalishida 9 soat, servis xizmati yo‘nalishiga 12 soat, 9

-sinf texnologiya va

dizayn yo‘nalishiga ham, servis yo‘nalishlariga ham bir xil, ya’ni 8 soatdan o‘quv reja
bo‘yicha ajratilgan. Eng muhimi shundaki, 1

-9-sinflardagi har bir mavzu negizida xalq

hunarmandchiligining elementlari mavjudligi o‘quvchilarning hunarmandchili

kka oid

tayanch kompetensiyalarini rivojlantirishdagi o‘rni muhim ekanligini ko‘rsatadi.
Texnologiya fani mashg‘ulotlarini o‘quvchilarga o‘qitish jarayonida hunarmandchilikka
oid tayanch kompetensiyalarni rivojlantirishda axborotlashgan ta’lim muhitini yar

atish

o‘quvchilarga katta imkoniyatlar beradi.

Texnologiya fani mashg‘ulotlari maxsus o‘quv

-ustaxonalarda tashkil etilishi kerak.

O‘quv

-

ustaxonalariga qo‘yiladigan talablar quyidagilar:

ustaxona yorug‘ bo‘lishi; o‘qituvchining ish o‘rni o‘quvchilarga ko‘rinarli bo‘lishi

uchun poldan 15-

20 sm yuqori bo‘lishi; texnika xavfsizligi qoidalari burchagi; har bir

o‘quvchining ish o‘rni bo‘lishi; elektr o‘tkazgichlar izolyatsiyalangan bo‘lishi;
o‘quvchilarning ish muhofaza o‘rni bo‘yiga qarab rostlanishi; maxsus kiy

imlar bilan

taminlangan bo‘lishi; o‘quvchilar amaliy ishni bajargandan keyin ish o‘rnilarini tartibga
solish uchun supurgi, chiqindilar qutisi va hokozolarning bo‘lishi; qo‘l yuvish uchun

rakvina.

Texnologiya fanidan mashg‘ulotlarni tashkil etish nafat sinfdagi mashg‘ulotlarda

olib boriladi, balki o‘quvchilarning chuqur bilim, ko‘nikma va malakaga ega bo‘lishlarida
sinfdan tashqari mashg‘ulotlarning o‘rni beqiyos hisoblanadi.

Sinfdan tashqari ishlar

umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quv

-tarbiyaviy ishining

ta

rkibiy qismi hisoblanib, unda o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini tashkil etish shakllaridan

biri. Sinfdan tashqari ishlarda o‘quvchilarni sinfda olgan bilimlarini mustahkamlab bilan

cheklanib qolmasdan yetuk shaxs sifatida shakllantirish va ularni hayotga tayyorlashda
keng imkoniyatlar yaratadi. Sinfdan tashqari ishlarni tashkil etishning turli shakllari bilan
N.Sh.Shodiyev, I.T.Choriyev, P.Q.Xolmatovlar ilmiy izlanishlar olib borishganlar.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

08 (2022) / ISSN 2181-1415

323

Jumladan, N.Sh.Shodiyev «O‘quvchilarning darsdan va maktabdan tashqari ishlari»

nomli monografiyasida to‘garak, kecha, uchrashuv, sayohat, ekskursiya kabilarni tashkil
etish va o‘tkazish yo‘llari batafsil bayon etilgan.

I.T.Choriyev o‘quvchilar mehnatini tashkil etish, qishloq maktablarida mehnat

tarbiyasining mazmuni, shakl va metodlarini yoritib bergan. Qishloq maktablarida mehnat

tarbiyasining usul va metodlarini yaratishda ishlab chiqarish jamoasining o‘rnini, mehnat

tarbiyasini, sinfdan va maktabdan tashqari ishlar jarayonining mazmunini, vositasi va

yo‘llarini ko‘rsatib

bergan.

P.Q.Xolmatov sinfdan tashqari mashg‘ulotlar jarayonida o‘quvchilarni kasb

-hunarga

yo‘llashning tavsiya etilayotgan texnologiyasiga e’tibor qaratib, sinfdan tashqari
mashg‘ulotlarga qatnashuvchi o‘quvchilar, eng avvalo, nazariy bilimlarni amaliyotda

qo‘llashga oid boshlang‘ich ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lishlari shartligini aytib o‘tib,
o‘quvchi texnik yo‘nalishdagi to‘garakka ilk bor qatnashib, birinchi o‘quv yilida bilishi
kerak bo‘lgan jarayonlarni 3 turga bo‘lganligini ta’kidlaydi. Ular quyidagilar: qog‘oz,
karton, fanera, yelim, qaychi bilan ishlashni; ob’yektlarni konstruksiyalash bo‘yicha ushbu
materiallardan foydalana bilishni; turli xildagi andozalarni qo‘llashni, hajmiy figuralar va
o‘lchov tekshiruv asbob

-uskunalaridan foydalana olishni.

Shunga muvofiq umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘tilayotgan hunarmandchilikni

“Duradgorlik” to‘garagida o‘quvchilar texnik konstruktorlik faoliyatiti shakl va mazmun

jihatidan xilma-

xil bo‘lishi kerak.

Texnologiya fani negizida tashkil etilgan hunarmand

chilik “Duradgorlik” to‘garagiga

qatnashib, birinchi o‘quv yilini tugatgan to‘garak a’zolari hunarmandchilik turlari, xalq
hunarmandchilik kasblari, yog‘ochga qo‘lda ishlov berishning boshlang‘ich ko‘nikmalarga,
texnologik xaritani o‘qish, oddiy yog‘ochdan

shakldor buyumlar yasash, yog‘ochlarni

arralash, randalash va va undagi xatoliklarni aniqlash haqidagi ma’lumotlarni bilishlari

shart.

Sinfdan tashqari mashg‘ulotlarning duradgorlik to‘garagiga qatnashgan o‘quvchilar

ikkinchi o‘quv yilida quyidagi bilim, va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlari shart: duradgorlik
yo‘nalishi bilan bog‘liq bo‘lgan hunarmandchilik turlari va uning asosiy vazifalari va

ishlash usullari haqida bilish; hunarmandchilik buyumlarining texnologik xaritasini tuzish

hamda yasash; yog‘ochga, metallga qo‘lda va mexanik ishlov berib buyumlar yasash.

Sinfdan tashqari mashg‘ulotlarning duradgorlik to‘garagiga qatnashgan o‘quvchilar

uchinchi o‘quv yilida o‘zlari tanlagan hunarlarning barcha sir

-

sinoatlarini bilib, o‘zlari

buyumlarning texnologik xar

itasini tuzish, o‘zgartirish kiritish, buyum yasash, buyumlarga

o‘zgartirish kiritish hamda o‘zlari tomonidan yasagan buyumlari bilan “Xalqaro
baxshichilik”, “Hunarmandchilik” festivallari va ko‘rgazmalariga qatnashadi.

Sinfdan tashqari ishlarning asosiy shakllari sifatida ommaviy ishlar (maktabdagi

tadbirlar, kecha, munozara va tanlovlar o‘ʻtkazish, viktorina va ko‘rgazmalar uyushtirish,
tabiat qo‘yniga, maktab va muzeylarga ekskursiyalarga chiqish), to‘garak ishlari
(o‘quvchilarning turli to‘garaklar, sport sho‘balari, musiqa kechalardagi qatnashishlari),
mustaqil ishlar (o‘quvchilarning sinfdan tashqari o‘qishi, musiqa, texnika chizmachilik,
tasviriy san’at va boshqa shakllari bilan mustaqil shug‘ullanishi)ni ko‘rsatishimiz mumkin.

Texnologiya

fanidan

sin

fdan

tashqari

mashg‘ulotlarda

bilim

berishda

o‘quvchilarning hunarmandchilikka oid tayanch kompetensiyalarini rivojlantirishga
qaratilgan ta’lim jarayoni pedagogik yaxlit holda, aniq tasavvur etishi, mavzular bilan
uzviylikni ta’minlashi, dars rejasini oldindan puxta loyihalash fan o‘qituvchilaridan talab


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

08 (2022) / ISSN 2181-1415

324

etiladi. Texnologiya fanidan o‘qitish shakllarini, usullarini va vositalarini to‘g‘ri tanlash 45

daqiqadan samarali foydalanish imkonini beradi.

Ilmiy izlanishlar jarayonida biz tomonimizdan umumiy o‘rta ta’lim maktablarida

texnologiya fanidan sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda “Technology crafts” texnologiyasi
ishlab chiqildi va amaliyotga joriy etildi. Umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilarining

mustaqil ravishda kasb tanlash bilan bir qatorda bir nechta hunarlarning sir-sanoatlariga

ega bo‘lish va ushbu hunarlarning imkoniyatlarini ochib beradigan kafolatli bilim,
ko‘nikma va malakalarni shakllantirishdan iborat.

Mazkur texnologiya yordamida bir mashg‘ulot davomida o‘quv materialini chuqur

va yaxlit hol

atda o‘rganish, mavzuning mohiyatini tushunib yetish, adabiyotlar bo‘limida

fanga oid darsliklar, hunarmandchilikka oid qo‘llanmalarning doc, pdf va androit apk
variantlarini yuklab olib o‘qishlari, videolarni bir necha bor takror ko‘rish natijasida

mavzuni mustaqil egallashlari ham mumkin. U turli mazmun va tavsiyaga (muammoli,

munozarali, turli mazmunli) ega bo‘lgan mavzularni o‘rganishga moslashtirilgan bo‘lib, o‘z
ichiga og‘zaki va yozma ish shakllarini qamrab oladi hamda bir mashg‘ulot davomida har

bir

ishtirokchining turli topshiriqlarni bajarishi, navbat bilan o‘quvchi va o‘qituvchi rolida

chiqishi mumkin.

Ushbu “Technology crafts” texnologiyasidan har bir pedagog va to‘garak rahbarlari

mashg‘ulot

davomida

foydalanishi

mumkin.

“Technology

crafts”

Web

-sayt

texnologiyasidan foydalanish uchun mashg‘ulotdan oldin o‘qituvchi vazifalarni kiritib,
joylashtirib qo‘yish kerak bo‘ladi va mashg‘ulot davomida komputerdan foydalanish
imkoni bo‘lmagan hollarda mobil telefonlari orqali ham vazifalarni bajartirishlari

mumkin.

Ilova asosan, umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilariga texnologiya fanidan

sinfdan tashqari mashg‘ulotlarni tashkil etish uchun mo‘ljallangan. Bunda texnologiya
fanini o‘zlashtirish jarayonida o‘quvchilarning hunarmandchilikka oid tayanch

kompetensiyalarini rivojlantirishga oid ishlab chiqilgan topshiriqlar, nostandart testlar,

rasm, video, taqdimotlar, darsliklar, metodik qo‘llanmalarning doc, pdf hamda Android
apk variantlari joylashtiriladi va axborotlashgan ta’lim muhitida tarmoq orqali o‘qu

vchilar

masofadan turib kichik guruhlarga bo‘lingan holda, o‘qituvchi tomonidan berilgan
topshiriqlarni mustaqil bajarishni o‘rganishda samarali dastur hisoblanadi.

Ilovaning funksional imkoniyatlari: “Technology crafts” texnologiyasidan

axborotlashgan ta’lim muhitida tarmoq orqali o‘quvchilar topshiriqlarni bajarishadi;
bunda

texnologiya

fanidan

o‘quvchilarning

hunarmandchilikka

oid

tayanch

kompetensiyalarini rivojlantirishga yunaltirilgan sxema va jadval ko‘rinishda berilgan

topshiriqlar, muammoli savolla

r sinf o‘quvchilari kichik guruhlarga bo‘lingandan keyin

o‘quvchilar tarmoq orqali guruhga berilgan topshiriqlarni bajarishadi;

topshiriqlarni bajarish jarayonida o‘quvchilarning mustaqil fikrlashi yuqori

darajada bo‘ladi.

Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlab o‘tish joizki, sinfdan tashqari mashg‘ulotlarni

“Technology crafts” texnologiyasidan foydalansa, o‘quvchilarning butun dars jarayonida
doimiy aqliy faoliyatda bo‘lishini, yangi bilimni tez o‘zlashtirishi va uni boshqalarga

yetkazib berishi, mantiqiy fikrlash

i, o‘zlashtirgan bilimini boshqa o‘quvchiga o‘rgatishi,

dars davomida bilimlarni uzluksiz takomillashtirib borishni, dars jarayonida yangi mavzu

bo‘yicha bilimlarga ega bo‘lish samaradorligini oshiradi. Yuqorida keltirilgan “Technology
crafts” texnologiyasi EATMda o‘quvchilarning mustaqil vazifalarini bajarishida,


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

08 (2022) / ISSN 2181-1415

325

hunarmandchilikka oid tayanch kompetensiyalarini rivojlantirishda hamda o‘quvchilar
bilimini baholashda ochiqlik, shaffoflikni ta’minlaydi.

.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

:

1.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Makamasining 2017

-yil 6-apreldagi 187-son

“Umumiy o‘rta ta’lim va o‘rta maxsus, kasb

-

hunar ta’limining Davlat ta’lim standartlarini

tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori bilan tasdiqlangan umumiy o‘rta ta’limning texnologiya fani
bo‘yicha malaka talablari asosida tuzilgan o‘quv dasturi. Texnologiya, tasviriy san’at,

chizmachilik, musiqa madaniyati, jismoniy tarbiya. (1-9-sinflar).

Toshkent, 2017.

2.

N.Sh.Shodiev Studentlarga o‘quvchilarni kasb

tanlashga yo‘llashni o‘rgatish. –

Toshkent: O‘qituvchi, 1987. –

232 b.

3.

P.Xolmatov Darsdan tashqari mashg‘ulotlar jarayonida o‘quvchilarni kasb

-hunarga

yo‘llashning tavsiya etilayotgan texnologiyasi: Ped. fan. nom. …diss. –

Toshkent, 2004.

134 b.
4.

B.E.Qod

ipov Elektron axbopot ta’lim muhitida o‘quvchilapning hunapmandchilikka

oid tayanch kompetensiyalapini rivojlantipish metodikaci: Dic. … p.f.f.d. (PhD) –

Tepmiz:

2021.

142-b.

5.

Qo‘ysinov O.A., Qodirov B.E., Mukumova F.X., Ismatov A.M., Igamov S.S.,

Bobomur

odova L.E. “Maktab o‘quvchilarining hunarmandchilikka oid tayanch

kompetensiyalarini rivojlantiruvchi “Technology crafts” Web sayti” nomli elektron
hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dastur. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi

huzuridagi Intellektual mulk agentligining mualliflik guvohnomasi. DGU 09642.
07.12.2020-y.

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Makamasining 2017-yil 6-apreldagi 187-son “Umumiy o‘rta ta’lim va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining Davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori bilan tasdiqlangan umumiy o‘rta ta’limning texnologiya fani bo‘yicha malaka talablari asosida tuzilgan o‘quv dasturi. Texnologiya, tasviriy san’at, chizmachilik, musiqa madaniyati, jismoniy tarbiya. (1-9-sinflar). – Toshkent, 2017.

N.Sh.Shodiev Studentlarga o‘quvchilarni kasb tanlashga yo‘llashni o‘rgatish. – Toshkent: O‘qituvchi, 1987. – 232 b.

P.Xolmatov Darsdan tashqari mashg‘ulotlar jarayonida o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘llashning tavsiya etilayotgan texnologiyasi: Ped. fan. nom. …diss. – Toshkent, 2004. – 134 b.

B.E.Qodipov Elektron axbopot ta’lim muhitida o‘quvchilapning hunapmandchilikka oid tayanch kompetensiyalapini rivojlantipish metodikaci: Dic. … p.f.f.d. (PhD) – Tepmiz: 2021. – 142-b.

Qo‘ysinov O.A., Qodirov B.E., Mukumova F.X., Ismatov A.M., Igamov S.S., Bobomurodova L.E. “Maktab o‘quvchilarining hunarmandchilikka oid tayanch kompetensiyalarini rivojlantiruvchi “Technology crafts” Web sayti” nomli elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dastur. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligining mualliflik guvohnomasi. DGU 09642. 07.12.2020-y.