Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Mahatma Gandi
Mamlakat KODIROVA
1
Karshi State University
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received August 2022
Received in revised form
20 August 2022
Accepted 25 September 2022
Available online
25 October 2022
This article is about Mahatma Gandi who was one of the
founders of the Indian national liberation movement.
2181-
1415/©
2022 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol3-iss9/S-pp4
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
gandism, philosophy,
principles, Vedanta, belief,
idealist, utopia, homeland,
independence.
Mahatma Gandi
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar:
gandizm, falsafa, prinsiplar,
Vedanta, e’tiqod, idealist,
utopiya, vatan, mustaqillik.
Bu
maqola
Hindiston
milliy
ozodlik
harakatining
asoschilaridan biri bo`lgan Mahatma Gandi haqida boradi.
Махатма Ганди
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
гандизм, философия,
принципы, Веданта, вера,
идеалист, утопия, родина,
независимость
.
Это статья рассказывает о Махатме Ганди, одном из
основателей
Индийского
национально
-
освободительного
движения
.
Mahatma Gandi buyuk mutafakkir va davlat arbobi bo`lib Hindiston xalqi tarixida
yorqin iz qoldirgan ulkan iste’dod sohibidir. Milliy kongressning g’oyasi Mahatma
Gandi nomi
bilan bog’liq bo’lgan gandizmdir. Gandizmning asosiy prinsiplari mustamlakachilik zulmiga
qarshi, milliy mustaqillikni qo`lga kiritishga qaratilgan bo`lib xalqni kurashga ko`tarishga
1
Candidate of Historical Sciences, Associate Professor, Department of History of Uzbekistan, Karshi State University
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
09 (2022) / ISSN 2181-1415
44
yordam berdi. Mahatma Gandi xalqni mustaqillikka qarshi kurashga ruhlantirdi, lekin
kurashning revolyutsion formalarini rad etdi.
Hindiston xalqi millati tiliga qarab juda ko’p guruhlarga bo`lingan hamda turli diniy
oqimlar mavjud bo`lgan qurolsiz xalq edi. Ana shu xalqning Angliyaning bosqinchilik
harakatiga qarshi kurashgan fidokor insoni, ya’ni hind xalqining dohiysi edi.
Mahatma Gandi Hindistondagi turli sinflarning bosqinchilarga qarshi kurashiga
rahbarlik va yetakchilik qildi.
Gandi o`z vatanining milliy ozodligi uchungina emas, balki butun Hindiston xalqini
ozodlikka olib chiqishga va ularning huquqlarini o`rnatishga harakat qildi.
Hindlar uni “Mahatma” (buyuk qalb) deyishadi. Gandi xalqini sevgan haqiqatparvar
chinakam fidoyi inson edi. U hamisha “Men Hindistonning oddiy bir xizmatkoriman –
Men
nafaqat hind xalqiga balki butun insoniyatga xizmat qilayapman”, der edi. Gandini
ng
dunyoqarashi dinga asoslangan edi. Uning dinga chuqur e’tiqod qilganligi uning tashqi
qiyofasida ham, ibodat qilishida ham, namoz o`qishida, ro`za tutishida, parhezida butun
dunyoqarashining ichki mohiyatida o`z ifodasini topgan. U hamisha hamma nutqlarida
Xudoga murojaat qilgan.
Gandi 1869-yil 2-oktabrda Hindistonning Parbanda shahrida Gujorat knyazligining
amaldori oilasida dunyoga keladi.
Mahatma Gandi haqida hind faylasufi D.Datta ilmiy asar yaratgan. U shunday deb
yozadi: “Gandi o`sgan o`lkada jay
nistlar, musulmonlar, otashparastlar va boshqa ko`plab
dinlarga mansub kishilar istiqomat qiladi.
Bularning orasida Gandi otasining do`stlari ham bor di, ular diniy mavzularda suhbat
va muzokaralar o`tkazar edilar. Kichkina Gandi bu suhbatlarni tinglab ulg`ayadi. Gandining
eng sevimli joyi otasining kutubxonasi edi. U bu kutubxonadan “Ramayana”, “Bxagatvita”,
“Manu qonunlari” deb nomlangan qadimiy kitoblarni jonu dili bilan o`qir va shu kitoblarni
o`qish asosida yoshligidanoq dinlar haqida ozmi-kopmi tasavvurga ega edi. Mahatma
Gandining otasi Katxiavaraning turli shtatlarida vazir bo`lib xizmat qilgan. Uning onasi ham
dinga e’tiqodi baland bo`lgan. Gandilarning oilasida diniy an’ana va urflarga juda qattiq amal
qilingan. Mana shunday tarbiya Gandiga ta’sir
qilgan va shu ruhda kamol topishiga zamin
yaratilgan. Gandi Angliyadagi yuksak e’tiborli yuridik maktabni tamomlaydi va 1893
-yilgacha
Bombeyda advokatlik qiladi. Gandi 1893-1914-yillarda Janubiy Afrikaning Natal shahridagi
hind savdo firmasida yurist-konsul bo`lib xizmat qiladi. Bu yerdagi hayoti davrida milliy
mustamlaka zulmiga guvoh bo`ladi. Bechora xalqning erki o`z qo`lida emasligini ko`rib
achinadi va o`zining ijtimoiy siyosiy faoliyatini shu yerdan boshladi. O`sha paytda janubiy
Afrika va Natal Angliyaning mustamlakasi edi. Natalda olmos konlari, ko`mir shaxtalari, oltin
konlari va shakarqamish plantatsiyalari juda ko`p va katta edi, ushbu plantatsiya va konlarga
Hindistondan yollab kelingan kambag`al dehqonlar och-nochor, arzimagan haq evaziga ishlar,
ko`plari ochlikdan, qiyinchilikdan o`lib ketar, hech kim ular haqida o`ylamas edi. Mana
shunday sharoitda hind savdogarlari savdo-sotiqqa faol qatnasha boshladi va Yevropa
savdogarlariga raqobat qilib, ularning raqobatchisiga aylandilar. Janubiy Afrikaning irqchi
ma’murlari bu yerdagi barcha osiyoliklarning huquqini cheklab qo`ygan edilar. Hindlar
maxsus joylarda yashar, katta poyezd va avtobuslarda yurishi mumkin emas edi. Ularning
maktablarda o`qishi ham cheklab qo`yilgan edi. Gandi ana shunday jabr-zulmlarni o`z ko`zi
bilan ko`rdi. U mana shunday xo`rliklarga qarshi 22 yil kurash olib bordi. U janubiy Afrikada
Satyagraxa (qurol ishlatmasdan qarshilik ko`rsatish) taktikasini ishlab chiqadi.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
09 (2022) / ISSN 2181-1415
45
U xalq ommasini irqchilarga qarshi namoyishlar o`tkazish, talabnomalar yozishga jalb
qiladi. Gandi 1915-yilda Hindistonga qaytib keladi va hind burjua partiyasi Milliy congress
ishlariga faol qatnashadi.
1917-1918-yillardan boshlab hind xalqining milliy ozodlik harakatida ishtirok eta
boshlaydi. O`sha paytda birinchi jahon urushi tufayli hind mehnatkashlarining ahvoli juda
og’irlashgan va ingliz mustamlakachilariga qarshi ommaviy harakat avj olgan edi. Angliya
Hindistonga mustaqillik berishni istamadi va mustaqillik berishdan bosh tortdi. Gandi
mustaqillikka osongina erishilmasligini tushunib, bu yo`lda xalq ommasiga tayanish
zarurligini tushundi. Gandi va uning safdoshlari qishloq va shaharlarda xalqni mustaqilik
uchun kurashga da’vat etdi.
Gandi Hindiston mustaqillikka erishgunga qadar milliy ozodlik harakatining buyuk
rahbarlaridan biri edi. U hindlar bilan musulmonlar birligi xalqlar do`stligi tarafdori edi. Gandi
“Hind svaradps” (“Hind mustaqilligi”) kitobini yozib, unda ingliz mustamlakachilarini va ular
olib borayotgan siyosatni qoralaydi. Gandining fikrlari ingliz mustamlakachilariga qarshi
qaratilgan edi.
Javoharlal Neru Gandi qiyofasini, uning fazilat va kamchiliklarini ko`rsatib, unga aniq
ta’rif bergan edi: “Gandi buyuk dehqon, u narsalarga dehqon ko`zi bilan qaraydi, hayotning
ba’zi tomonlariga dehqonga x
oslik bilan qaraydi. Ammo Hindiston
–
dehqonlar mamlakatidir.
Gandi esa o`z Hindistonini yaxshi biladi hamda uning eng mayda harakati xususida fikr
yuritadi, holatni aniq baholaydi va zarur bo`lgan paytda harakat qilish qobiliyatiga ega.”
XIX asrning oxiri
va XX asr boshlarida Hindiston ma’naviy hayotida din muhim rol
o`ynaydi. Qashshoq qiynalgan xalq dindan najot qidiradi.
Milliy ozodlik kurashi rahbarlari mustamlaka hukmronligiga qarshi kurashish uchun
dindan milliy birlik vositasi sifatida foydalanadilar. Ezilgan xalqqa chin dildan achinib
ko`pgina vatanparvarlar qadimiy diniy an’analaridan foydalandilar. Mahatma Gandi ham ana
shunday arboblar jumlasiga kirar edi. Gandi dunyoqarashining shakllanishida Vedanta
buddizm va jaynizm singari Hindistonda qadim
vaqtlarda shakllangan falsafiy diniy ta’limot
katta ta’sir qildi. Gandi o`zining “Mening hayotim” nomli kitobida o`sha davrda yashagan 3
(uch) nafar shaxs uning hayotiga katta ta’sir qilganini aytadi.
Bular Raychandbxay, Lev Tolstoy va Raskinlardir (Djon Raskin (1819-1900)
–
ingliz
olimi, san’at nazariyotchisi. U o`z asarlarida romantizm mavqeida turib kapitalistik
sivilizatsiyani tanqid qilgan edi. Raskin kishilarni “din va go`zallik ruhida” estetik va axloqiy
tarbiyalash tufayli ijtimoiy adolatsizlikdan xalos bo`lish mumkin deb o`ylar edi, deb yozadi.
Tolstoyning “Xudo dargohi bizning ichimizda” nomli kitobi meni o`ziga jalb etadi, bu
kitob menga bir umrlik ta’sir qildi, deb, Gandi o’zini Lev Tolstoyning shogirdi hisoblagan.
Gandiga birinchi rus burjua
demokratik revolyutsiyasi ta’sir ko`rsatgan. Gandi falsafiy
qarashlarining umumiy asosini diniy e’tiqodlar tashkil etadi. Gandi din bilan siyosatni bir
-biri
bilan chambarchas bog`liq deydi. Gandi izchil falsafiy sistema yaratmagan. U o`zining ijtimoiy-
siyo
siy qarashlarini asoslash uchun qadimgi diniy falsafiy ta’limotdan foydalandi. Shuning
uchun u “abadiy harakatlarni amalga oshirishgagina intilmoqdaman” degan edi. U
Hindistondagi turli diniy e’tiqodli kishilarni ozodlik harakatiga jalb etishga harakat qil
di.
Falsafaning bosh masalasi
–
tafakkurning borliqqa bo`lgan munosabati masalasini ob’yektiv
idealism (Vedanta) ruhida talqin etadi. Uningcha xudo
–
birlamchi, u kishi ongidan tashqarida
yashaydi, deydi. Mening tasavvurimda xudo
–
haqiqat va muhabbatdir deydi Gandi, uning
tasavvurida tabiat ilohiy mohiyatning tashqi ko`rinishidir, olamning birligini u xudoga bog`lab
qo`yadi.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
09 (2022) / ISSN 2181-1415
46
Gandi dunyoqarashida metafizika ustunlik qiladi, uning faoliyatida axloqiy tamoyillarni
targ`ib qilish alohida o`rin tutadi. Bu masalalarni ham talqin etishda u idealistik va metafizik
mavqeda edi. U kuch ishlatmaslik, zo`ravonlik qilmaslik qahramonlarning zo`r va jasur
qurolidir degan edi.
Gandi insonlarni sevar, ular bilan birga azob va g`am chekar edi. Gandining qarashlari
Hindiston milliy burjuaziyasining mustamlaka zulmiga qarshi kurashdagi va milliy ozodlik
harakatiga rahbarlik qilish uchun xizmat qildi.
Gandi doimo haqiqat
–
xudo, xudo esa haqiqatdir, der edi. Gandi sofdilligi, beg`arazligi
va insonparvarligi bilan oddiy xalq orasida katta hurmatga sazobor bo`ldi.
Gandi xalqni ozodlikka jalb qilmasdan turib, Hindistonni ozod qilib bo`lmasligini
tushunar edi. Gandi ingliz bosqinchilarining mustamlakachilik siyosatini hind xalqining
baxtsizligi deb bilgan. Gandi taraqqiyotning ilmiy istiqbolini to`g`ri tushuna olmagandi. U
boylar o`z boyligini xalqqa berishi kerak deb tushungan. Javoharlal Neru Gandi haqida
shunday deb yozgan edi: “U –
butun Hindistonning yorqin vakili va juda ko`p jafo topgan
mamlakat ruhining ifodasidir, hatto Hin
distonning kamchiligi uning kamchiligidir.”
Gandini jamiyatning asosiy qismini tashkil etadigan dehqonlarning ahvoli tashvishga
solar edi. U knyazlarning dabdabali hayoti, dehqonlarning qashshoqligi o`rtasidagi farq bu
renta shaklida to`xtovsiz olinadigan soliqlar, majburiy hadyalar, qishloqlarning o`ta
ko`rimsizligi, tozalikka umuman e’tibor berilmasligi, hunarmandchilikning juda pasayib
ketishi, madaniy ob’yektlarning yo`qligi Gandining noroziligini yanada oshirardi.
Gandi mashinadan foydalanish ishsizlikni vujudga keltiradi, hunarmandchilikning
pasayishiga olib keladi, bu esa millionlab kishini ishsiz qoldiradi, har bir fabrika qishloq uchun,
odamlar uchun xavf hisoblanadi, deb hisoblagan. Gandi “zamonaviy sivilizatsiya”ni inkor
etgan. U mana shu mashinalar Hindistonni vayron qildi, Manchester juda ko`p yomonlik olib
keldi, shu tufayli hind hunarmandchiligi o`ldi, degan edi Gandi. Uning bu fikrlari ingliz
bosqinchilariga qaratilgan edi. Gandining tarixiy milliy an’analarga sodiqligi, xalqning urf
-
odatlarini yaxshi bilganligi va ulardan ustalik bilan foydalana olishi, dehqonlarning tengligi
t`’g`risidagi utopik g`oyasi va quroldan foydalanmay qarshilik ko`rsatish usuli –
uning qo`lida
foydali qurol bo`ldi. Gandi milliy ozodlik harakatiga boshchilik qilib turgan milliy burjuaziya
bilan mahkam aloqada edi. Gandi bilan milliy Kongressning burjua rahbarlari o`rtasida 30
yillik siyosiy ittifoq yuzaga kelishiga sabab bo`ldi. Bu rahbarlar butun hokimiyatni qo`lga olish
uchun xorijiy hokimlarni chetlashtirishga intildilar.
Gandizm
–
hind xalqining milliy ozodlik kurashi jarayonida Mahatma Gandi tomonidan
ilgari surilgan siyosiy, axloqiy, falsafiy konsepsiyalar majmuasi bo`lib, u hindlarning milliy
ongidagi Britaniya imperialistlari hukmronligiga qarshi mustaqillik uchun kurashi bo`lgan.
Gandi “payg`ambarsimon” arbob edi, u insonparvarlik g`oyalarini targ`ib qilar, siyosiy
masalalarni ham diniy masalalarga bo`ysundirib ish tutar edi. O`z vatanida Mahatma Gandi
mashhur siyosiy arbob, kambag`allarning g`amxo`ri sifatida tanildi.
Foydalanilgan
adabiyotlar ro‘yxati
:
1.
“Правда”, 1969
-yil 30-sentabr.
2.
Mahatma Gandhi “Economic and industrial life”. 54
-55 betlar.
3.
“Hindiston” jurnali. Moskva, 1969 yil 2 (12)
-soni.
4.
M.K.Gandhi “Young India”, 1924
-26.
5.
Mahatma Gandi “Mening hayotim” kitobiga prof. R.A.Ulyanovskiy yozgan so’zboshi.
Moskva, “Nauka” 1969 yil, 4
-bet.
