Авторы

  • Турсуной Буриева
    Преподаватель, кафедра дошкольного образования, Каршинский государственный университет, г. Карши, Республика Узбекистан

Биография автора

  • Турсуной Буриева , Преподаватель, кафедра дошкольного образования, Каршинский государственный университет, г. Карши, Республика Узбекистан

     

       

     

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol3-iss9/S-pp156-160

Ключевые слова:

исследование творчество мировоззрение интуиция познание способность развитие растение животное

Аннотация

Каждый человек должен обладать естественными знаниями. Особую роль в этом играют учебники для начальных классов. Они призваны способствовать формированию у детей естественнонаучных представлений. Но особая роль в этом принадлежит теме «Окружающий мир». Таким образом, основной целью должно стать формирование у подрастающего поколения естественнонаучных представлений высокого уровня, поскольку они являются основой формирования культуры поведения в природе. В данной статье рассмотрены педагогические предпосылки развития имитационно-творческих навыков у детей дошкольного возраста, а также их влияние на познавательные способности.

 

background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Pedagogical conditions for formation of research-creative
skills related to nature in children of preschool age

Tursunoy BURIYEVA

1

Karshi State University

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received August 2022
Received in revised form

20 August 2022

Accepted 25 September 2022

Available online

25 October 2022

Everyone should have natural knowledge. Primary school

textbooks have a special role in it. They are designed to

contribute to formation of natural science concepts in children.
But a special role in this belongs to the topic

The world

around

. Thus, the main goal should be formation of high-level

natural science concepts in younger generation, because they

are a basis for formation of culture of behavior in nature. In this
article, the effect of pedagogic preconditions and cognitive

abilities of preschool children research-creative skills related to

nature is discussed.

2181-

1415/©

2022 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol3-iss9/S-pp1

56-160

This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

research,

creativity,

worldview,

intuition,

knowledge,

ability,

development,

plant,

animal.

Maktabgacha yoshdagi bolalarda tabiatga oid tadqiqiy-

ijodiy ko‘nikmalarni shakllantirishning pedagogik shart

-

sharoitlari

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

tadqiqot,

ijod,

dunyoqarash,

sezgi,

bilish,

qobiliyat,

rivojlanish,

o‘simlik,

hayvon.

Har bir inson tabiiy bilimga ega bo‘ishi kerak. Bunda

boshlang‘ich maktab darsliklarining alohida o‘rni bor. Ular

bolalarda tabiatshunoslik tushunchalarini shakllantirishga hissa

qo‘shish uchun mo‘ljallangan. Ammo bunda alohida rol

Atrofdagi dunyo

mavzusiga tegishli. Shunday qilib, asosiy

maqsad yosh avlodda yuqori darajadagi tabiiy fan

tushunchalarini shakllantirish bo‘lishi kerak, chunki ular

tabiatda xulq-atvor madaniyatini shakllantirishning asosi

hisoblanadi. Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarda

1

Lecturer at Preschool Education Department, Karshi State University, Karshi, Republic of Uzbekistan.

E-mail: t.alisherovna@mail.ru.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

09 (2022) / ISSN 2181-1415

157

tabiatga oid taqlidiy-

ijodiy ko‘nikmalarni shallantirishning

pedagogik shart-

sharoitlari hamda bilish qobiliyatlariga ta’siri

haqida fikr yuritilgan.

Педагогические

предпосылки

формирования

исследовательско

-

творческих умений, связанных с

природой у детей дошкольного возраста

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

исследование,

творчество,
мировоззрение,

интуиция,

познание,

способность,

развитие,

растение,

животное.

Каждый человек должен обладать естественными

знаниями. Особую роль в этом играют учебники для

начальных классов. Они призваны способствовать
формированию

у

детей

естественнонаучных

представлений. Но особая роль в этом принадлежит теме

«Окружающий мир». Таким образом, основной целью

должно стать формирование у подрастающего поколения
естественнонаучных представлений высокого уровня,

поскольку они являются основой формирования культуры

поведения в природе. В данной статье рассмотрены

педагогические предпосылки развития имитационно

-

творческих навыков у детей дошкольного возраста, а

также их влияние на познавательные способности.

KIRISH

Yosh avlod tarbiyasi va ularning tabiiy-ilmiy bilim va dunyoqarashini

shakllantirish masalasi insoniyatni barcha davrlarda qiziqtirib kelgan. Insonlar doimo

tabiatdagi hodisalar, ularning sodir bo‘lishi, fasllar o‘zgarishi, kun va tunning almashishi,

hisob-

kitobni bilishni istaganlar. Ular bu hodisalarga ba’zan qiziqsalar, ba’zan ulardan

qo‘rqqanlar va ularni ilohiylashtirganl

ar. Shunday qilib insonlarning turmushda orttirgan

tajribalari asosida tabiiy-ilmiy bilimlari shakllangan [1, 2, 3, 4].

Bolalar organizmining rivojlanishi tug‘ilgandan boshlab amalga oshadi. Bu sezgi

a’zolari va idrokning intensiv, juda tez rivojlanishi demakdir. Ana shu sezgi a’zolari va

idroki tufayli tevarak-atrofdagi narsalarni, hidni, shaklni, uning katta-kichikligini,

musiqani, tovushni, rangni ko‘radi, sezadi. Ular haqida fikr yuritadi [5,

6, 7]. Sezgi

a’zolariga ko‘z, quloq, burun, teri kirib, ular

ko‘rish, eshitish, hid, ta’m, teri va harakatni,

idroklari esa hayotni bilish vositasi hisoblanadi. Bolalarning psixik taraqqiyoti, ana shu

sezgi a’zolari va idroklarining qanchalik taraqqiy etganiga bog‘liq.

ASOSIY QISM

Sezgi va idrok qanchalik boy, yax

shi taraqqiy etgan bo‘lsa, insonning tevarak

-

atrofdagi, tabiatdagi voqea-hodisalarni shunchalik tez tushunadigan va ular haqidagi

ma’lumoti keng va ko‘p qirrali bo‘ladi [8, 9, 10].

Bolalardagi sezgi va idrokni rivojlantirishda biror maqsadni ko‘zlab, mazm

unli

faoliyat jarayonida amalga oshirilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bunday samarali

faoliyatga katta guruhdagi tajriba va tajribalarni rejalashtirish, kognitiv va eksperimental
faoliyatning istiqbolli rejasi alohida ahamiyatga ega.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

09 (2022) / ISSN 2181-1415

158

Tarbiyachilar bolalarning psixologik rivojlanishini yaxshi bilib, ularning sezgi va

irod

а

larini rivojlantirishda tabiat elementlarining roli katta ekanligini esdan

chiqarmasliklari lozim.

Yasli yoshidagi bolalarda ranglarni sezish, ko‘rish, eshitish, hid, ta’m va teri

sezgilari juda erta boshlanadi. Shu sababli ularning sezgi va idroklarini tarbiyalashga
qanchalik erta kirishilsa, shunchalik katta muvaffaqiyatlarga erishish mumkin. Boladagi

sezgi a’zolarining rivojlanishi uning katta bo‘lganda aqliy jihatdan takomillashuvini
ta’m

inlaydi. Bu esa insonning hayotda zehnli, sezgir, hozirjavob, tevarak-atrofdagi,

tabiatdagi voqea-

hodisalarni tez fahmlaydigan, analiz qiladigan kishilar bo‘lib

yetishishida katta ahamiyatga egadir. Mashhur chex pedagogi Y.A.Komenskiy bilish
jarayonida sez

gi a’zolarining rolini juda katta ekanligini ta’riflab: “Sezgi a’zolarimiz

ongimizdan tashqi olamga qarata ochilgan darchalardir. Biz ongimizda aks ettirayotgan
hamma narsa va hodisalar faqat mana darchalar orqali ongimizga kiradi. Bordi-yu,
birorta darcha

yopilib qolgan bo‘lsa (ya’ni bironta sezgi a’zolarimiz ishdan chiqqan

bo‘lsa), u paytda biz shu sezgi a’zolarimiz bilan bog‘liq bo‘lgan narsalarni to‘la aks ettira
olmaymiz”,

- degan edi [11, 12, 13, 14].

Darhaqiqat, bu o‘xshatma bola ongini rivojlanishida katta ahamiyatga ega bo‘lib,

ularning birortasini “yopilib” qolishiga yo‘l qo‘ymasligimiz kerak.

Bolalar bog‘chasi bolalarni sezgi a’zolarini rivojlantirish uchun eng qulay joydir.

Chunki bog‘chalarda buning uchun ko‘pgina ko‘rgazmalar, texnika va texno

logiyalar,

sharoitlar mavjud.

Tabiat yordamida bolalar tafakkurining rivojlanishi. Globallashuv davrida

yashayotgan yosh avlodimiz tushunchasi tafakkuri ancha o‘tkir. Ikki yoshli bolalar
tabiatda ko‘rgan ko‘zga tashlanib turadigan o‘simlik, hayvonlarni ko‘rib, idrok qilib ular
haqida tafakkur qiladilar. Tafakkur bolaning bog‘cha davrida juda tez rivojlanadi. Buning

sababi bola bu davrda tabiatning turli elementlari bilan: yer, osmon, yulduz, quyosh, qor,

yomg‘ir haqida kattalardan eshitib, televizorda ko‘r

gan ertalaridan xulosa chiqarish

orqali idrok etib, ularni tafakkur qiladi.

Hayotda, turmushda balalarni juda qiziquvchan, har narsani bilgisi keladigan, uni

o‘rganishga, bilishga, o‘ziniki qilib olishga intilayotganini bilamiz.

Ular Yer kattami, Quyosh kattami?, Ot kattami?, Fil kattami?, Daraxtlar nega katta?,

Osmondagi samoliyot tez uchadimi?, Qush tez uchadimi?, Qorni kim yog‘diradi?, Qushlar

qishda qayerda qishlaydi?, Shamolni kim puflayapti?, Bulutlar qayoqqa ketyapti? kabi
savollar bilan murojaat qil

adilar. Bolalarda bunday savollarning tug‘ilishi tabiiy hol bo‘lib,

ular tabiat haqida, unda bo‘ladigan voqealar, ertaklardagi ajdaho, dev, yalmog‘iz kampir,

sehrgar chol kabilar haqida bilgisi keladi. Tarbiyachilar esa bolalarning bu savollariga

to‘g‘ri,

aldamasdan, mohiyatini ilmiy asosda, tabiat qonunlari nuqtai nazaridan

tushuntirib berishi kerak. Bog‘cha yoshidagi bolalar tafakkurining xarakterli
xususiyatlaridan biri ular tafakkurining konkret obrazli bo‘lishidir. Ular o‘z

tushunchalarida, mulohazalarida abstrakt tushunchani emas, konkret bola yashaydigan

muhitdagi o‘simlik hayvonlar haqida, tabiat elementlari haqida tushuncha berish kerak.

Yosh avlodning ilmiy dunyoqarashini shakllantirish uchun biz tarbiyani

maktabgacha tarbiya muassasalaridan boshlashimiz kerak. Tabiat bilan tanishtirish

bu

bog‘cha sharoitida bolalarning tabiat haqidagi ilk tushunchasi bo‘lib, bu ularning tabiatga
bo‘lgan dunyoqarashlarining elementar asosini tashkil qiladi. Yosh avlodni tabiatga, ona
Vatanga bo‘lgan mehr

-muhabbatini oshiradi.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

09 (2022) / ISSN 2181-1415

159

Tabiat yordamida bilish qobiliyatini rivojlantirish. Bilish

voqelikni inson ongida

aks ettirishdir. Bilishning maqsadi tabiat va jamiyatdagi narsa va hodisalarni insonga

bo‘ysundirish va unga xizmat qildirishdan iboratdir. Bilish, sezgi, id

rok, xotira, xayol,

tafakkur hamda nutqni rivojlantirishdan iborat. Bu esa aqliy tarbiyaning muhim vazifasi

hisoblanadi.

Tevarak-atrofni, tabiatni, olamni bilish sezgi va idrokdan boshlanadi. Bu

jarayonlarni qanchalik yaxshi bilsa, borliqni, tabiatni bilis

h imkoniyati shunchalik ko‘p

bo‘ladi. Shuning uchun ham biz bog‘cha bolalarini ko‘proq bilishga, ongini rivojlantirishga

o‘rgatishimiz lozim.

Bilish jarayonini rivojlantirishda tabiatning roli kattadir.

Tabiat

biz yashab turgan olam. Unda sodir bo‘ladi

gan voqea-hodisalarni ilmiy

asosda bilish bog‘cha bolalarini to‘g‘ri tarbiyalanishi va shakllanishida muhim

ahamiyatga ega.

Maktabgacha tarbiya muassasalarida tabiat vositasida bilish xususiyatlarini tarkib

toptirish o‘rta va katta guruh bolalarida amalga

oshirish samarali natija beradi. Lekin bu

bilan, boshqa guruhlarda bilish nazariyasini singdirish, o‘rgatish kerak emas, degan fikr

kelib chiqmasligi lozim.

Tarbiyachilar esa bolalarning aktiv bilish faoliyatini, ularning bilishga bo‘lgan

qiziqishlarini os

hirishimiz zarur. Buni amalga oshirishda tabiatda bo‘ladigan oddiy

hodisalarning sodir bo‘lish sabablarini o‘rgatishdan boshlashimiz kerak. Bu yoshlarni

tabiat sirlarini o‘rganishga, ular haqida fikr yuritishga, bilimini shakllantirishga va

bolaning bilish qobiliyatini oshirishga yordam beradi.

XULOSA

Tadqiqot

bolani tabiat bilan tanishtiruvchi ish shallaridan biridir.

Tabiatga oid kichik tadqiqotlar maktabgacha yoshdagi bolalarni katta yutuqlar sari

yetaklaydi. Tadqiqotlar tufayli bolalarda kuzatuvchan

lik, tabiatni o‘rganishga qiziqish

o‘sadi. Ular predmetni sinchiklab kuzatish va uning harakter xususiyatini qayd qilishga

odatlanadi.

Tadqiqot jarayonida bolalar tabiatning go‘zalligini ko‘rib katta taassurot olib

hissiyotlari rivojlanadi. Shu asosda jona

jon O‘zbekiston ona tabiatiga muhabbat, unga

ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish tarbiyalanadi. Tadqiqotdan mashg‘ulot turi sifatida

o‘rta, katta, tayyorlov guruhlarida foydalanish mumkin. Har bir tadqiqot uchun barcha

bolalar egallashlari shart bo‘lgan dast

ur mazmuni belgilanadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

RO‘YXATI:

1.

Qurbonmurodov B. (2022). Ijtimoiy falsafa taraqqiyoti. Zamonaviy dunyoda ilm-

fan va texnologiya, 1(4), 129

131.

2.

Haydarov Q.H., Nishonova S.A. (1992). Tabiatshunoslik asoslari va bolalarni

tabiat bilan tanishtirish. T.: O‘qituvchi.

3.

Nuriddinova M.I. (2004).

Tabiatshunoslikni o‘qitish metodikasi.

T.:

Cho

lpon

” –

2005-y.

4.

Орипова

Н.,

&

Нарзиева

Л.

(2020).

Социально

-

исторические

и

педагогические проблемы овладения профессией.

Экономика и социум, (12

-1),

868

871.

5.

Adxamovna B.G. (2021). Directions for Improving the Organizational and

Economic Mechanism of Food Industry Management in the Digital Economy. Central

Asian Journal of Innovations on Tourism Management and Finance, 2(12), 16

21.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

09 (2022) / ISSN 2181-1415

160

6.

Муминова

Н.А. (2017). Дидактические игры, используемые для повышения

эффективности уроков родного языка в 1 классах начального образования.

Журнал

научных публикаций аспирантов и докторантов, (4), 39–

41.

7.

Орипова

Н.Х., & Туропова

М.С. (2021). Основные виды занятий для детей

дошкольного возраста.

Экономика и социум, (1

-2), 291

294.

8.

Djabbarov X.D., & Muminova N.A. (2021).

Роль лексико

-

семантических

средств в интерпретации антропонима тарагай и топонима тарагай.

Theoretical &

Applied Science, (1), 406

411.

9.

Орипова

Н., & Омонова

М. (2021). Педагогико

-

психологические проблемы

развития адаптивных процессов детей дошкольного возраста. Общество и
инновации,

2(4/S), 197

200.

10.

Муминова

Н.А. (2016). Применение тестовых заданий на уроках родного

языка в начальных классах. Журнал научных публикаций аспирантов и
докторантов, (5), 153–

155.

11.

Ташланова

Н.Д. (2018). Эффективное использование игровых технологий

в процессе обучения. Форум молодых ученых, (4), 1419–

1421.

12.

Орипова

Н., & Неъматова, С. (2021). 7

yoshli bolalar xulq-atvoridagi salbiy

o‘zgarishlarning kelib chiqish sabablari va omillari. Общество и инновации,

2(4/S),

182

186.

13.

Ташланова

Н.Д. (2018). Эффективное использование современных

компьютерных технологий на уроках иностранных языков. Экономика и социум,

(11), 907

910.

14.

Орипова

Н.Х., & Собирова

Н.З. (2013). Смысл и сущность понятия

убеждения.

Science and world, 45.

Библиографические ссылки

Qurbonmurodov, B. (2022). Ijtimoiy falsafa taraqqiyoti. Zamonaviy dunyoda ilm-fan va texnologiya, 1(4), 129-131.

Haydarov Q.H., Nishonova S.A. (1992).Tabiatshunoslik asoslari va bolarni tabiat bilan tanishtirish. T.: O‘qituvchi.

Nuriddinova, M. I. (2004). Tabiatshunoslikni o ‘qitish metodikasi. T.:«Cho’lpon»-2005 y.

Орипова, Н., & Нарзиева, Л. (2020). Социально-исторические и педагогические проблемы овладения профессией. Экономика и социум, (12-1), 868-871.

Adxamovna, B. G. (2021). Directions for Improving the Organizational and Economic Mechanism of Food Industry Management in the Digital Economy. Central Asian Journal Of Innovations On Tourism Management And Finance, 2(12), 16-21.

Муминова, Н. А. (2017). Дидактические игры, используемые для повышения эффективности уроков родного языка в 1 классах начального образования. Журнал научных публикаций аспирантов и докторантов, (4), 39-41.

Орипова, Н. Х., & Туропова, М. С. (2021). Основные виды занятий для детей дошкольного возраста. Экономика и социум, (1-2), 291-294.

Djabbarov, X. D., & Muminova, N. A. (2021). Роль лексико-семантических средств в интерпретации антропонима тарагай и топонима тарагай. Theoretical & Applied Science, (1), 406-411.

Орипова, Н., & Омонова, М. (2021). Педагогико-психологические проблемы развития адаптивных процессов детей дошкольного возраста. Общество и инновации, 2(4/S), 197-200.

Муминова, Н. А. (2016). Применение тестовых заданий на уроках родного языка в начальных классах. Журнал научных публикаций аспирантов и докторантов, (5), 153-155.

Ташланова, Н. Д. (2018). Эффективное использование игровых технологий в процессе обучения. Форум молодых ученых, (4), 1419-1421.

Орипова, Н., & Неъматова, С. (2021). 7 yoshli bolalar xulq atvoridagi salbiy o ‘zgarishlarning kelib chiqish sabablari va omillari. Общество и инновации, 2(4/S), 182-186.

Ташланова, Н. Д. (2018). Эффективное использование современных компьютерных технологий на уроках иностранных языков. Экономика и социум, (11), 907-910.

Орипова, Н. Х., & Собирова, Н. З. (2013). Смысл и сущность понятия убеждения. Science and world, 45.