Авторы

  • Элбекжон Тургунбоев
    Независимый исследователь, Кандидат юридических наук,Ташкентский государственный юридический университет

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol4-iss4/S-pp184-193

Ключевые слова:

уголовное наказание освобождение от наказания освобождение от наказания в связи с утратой лицом признаков общественной опасности судебная практика справедливость гуманность ответственность за вину

Аннотация

В данной статье автором освещены специфические аспекты освобождения лица от наказания в связи с утратой в уголовном праве характера общественной опасности. Принцип неотвратимости ответственности в уголовном праве не всегда означает, что уголовное наказание должно быть применено к лицу, совершившему преступление. В случаях, когда лицо или деяние утратили характер общественной опасности, допускается освобождение его от наказания при рассмотрении уголовного дела судом. Основанием освобождения от наказания по обстоятельствам, связанным с личностью, является освобождение от наказания в связи с утратой лицом общественно опасного характера (статья 70 УК РФ); освобождение от наказания в связи с искренним раскаянием виновного (ст. 71 УК РФ); условное осуждение (ст. 72 ГК РФ); условно-досрочное освобождение до отбывания наказания; (статья 73) замена наказания на более легкое (статья 74 УК РФ); в том числе освобождение от наказания в связи с болезнью или утратой трудоспособности (ст. 75 ГК РФ). В конце статьи автор внес предложение о внесении изменений в уголовный закон, предусматривающих освобождение лица от наказания в связи с утратой им общественно опасного характера.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Release of a person from punishment in connection with
the loss of socially dangerous signs

Elbekjon TURGUNBOEV

1


Tashkent State University of Law

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received April 2023

Received in revised form

15 May 2023
Accepted 25 May 2023

Available online

15 June 2023

In this article, the author highlights the specific aspects of

the release of a person from punishment in connection with the

loss of the nature of public danger in criminal law.

The principle of inevitability of responsibility in criminal law

does not always mean that criminal punishment should be
applied to the person who committed the crime. In cases where

a person or act has lost the nature of the public danger, it is

allowed to release him from punishment when considering a

criminal case by a court.

The basis for exemption from punishment for circumstances

related to a person is an exemption from punishment in

connection with the loss of a socially dangerous character by a

person (Article 70 of the Criminal Code of the Russian
Federation); release from punishment in connection with the

sincere repentance of the perpetrator (Article 71 of the Criminal

Code of the Russian Federation); conditional sentence (Article

72 of the Civil Code of the Russian Federation); parole before
serving the sentence; (Article 73) replacement of punishment

with a lighter one (Article 74 of the Criminal Code of the

Russian Federation); including exemption from punishment due
to illness or disability (Article 75 of the Civil Code of the Russian
Federation).

At the end of the article, the author made a proposal to

amend the criminal law, providing for the release of a person

from punishment in connection with the loss of his socially

dangerous character.

2181-

1415/©

2023 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol4-iss4/S-pp184-193

This is an open access article under the Attribution 4.0 International

(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

criminal punishment,

release from punishment,
release from punishment
due to the loss of signs of

public danger by a person,
judicial practice,

justice,

humanity,

responsibility for guilt.

1

Independent researcher, PhD in Law, Tashkent State Law University. E-mail: azizovbekzod050@gmail.com


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

04 (2023) / ISSN 2181-1415

185

Shaxsning ijtimoiy xavflilik xususiyatini

yo‘qotishi

munosabati bilan uni jazodan ozod qilish

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

jinoiy jazo,

jazodan ozod qilish,
shaxsning ijtimoiy xavflilik

xususiyatini yo‘qotishi

munosabati bilan jazodan

ozod qilish,

sud amaliyoti,

odillik,

insonparvarlik,

ayb uchun javobgarlik.

Mazkur maqolada muallif jinoyat huquqida shaxsning ijtimoiy

xavflilik xususiyatini yo‘qotishi munosabati bilan uni jazodan ozod

qilishning o‘ziga xos jihatlarini yoritgan.

Jinoyat qonunidagi javobgarlikning muqarrarlik prinsipi har

doim ham jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan jinoiy jazo

qo‘llanilishi shart va zar

urligini anglatmaydi. Shaxsning yoki

qilmishning ijtimoiy xavflilik xususiyatini yo‘qotgan hollarda

sudlar tomonidan jinoyat ishini ko‘rib chiqishda uni jazodan ozod

qilish imkoniyati mavjud bo‘lishi mumkin.

Shaxsga bog‘liq bo‘lgan holatlarga ko‘ra, jazoda

n ozod

qilishning asoslari shaxsning ijtimoiy xavflilik xususiyatini

yo‘qotishi munosabati bilan jazodan ozod qilish (JK 70

-moddasi);

aybdorning chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lganligi munosabati

bilan jazodan ozod qilish (JK 71-moddasi); shartli hukm qilish

(JK 72-

moddasi); jazoni o‘tashdan muddatidan oldin shartli ozod

qilish; (73-

moddasi) jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish

(JK 74-

moddasi); kasallik yoki mehnat qobiliyatini yo‘qotishi

oqibatida jazodan ozod qilish (JK 75-moddasi) kiradi.

Muallif maqola yakunida shaxsning ijtimoiy xavflilik

xususiyatini yo‘qotishi munosabati bilan uni jazodan ozod qilishni

nazarda tutuvchi jinoyat qonuniga o‘zgartirish kiritish yuzasidan

taklif ham ishlab chiqqan.

Освобождение лица от наказания в связи с утратой

общественно опасных признаков

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

уголовное наказание,

освобождение от
наказания,

освобождение от

наказания в связи с
утратой лицом признаков
общественной опасности,

судебная практика,
справедливость,
гуманность,
ответственность за вину.

В данной статье автором освещены специфические

аспекты освобождения лица от наказания в связи с утратой в

уголовном праве характера общественной опасности.

Принцип неотвратимости ответственности в уголовном

праве не всегда означает, что уголовное наказание должно

быть применено к лицу, совершившему преступление. В

случаях, когда лицо или деяние утратили характер

общественной опасности, допускается освобождение его от

наказания при рассмотрении уголовного дела судом.

Основанием

освобождения

от

наказания

по

обстоятельствам, связанным с личностью, является

освобождение от наказания в связи с утратой лицом

общественно опасного характера (статья 70 УК РФ);

освобождение от наказания в связи с искренним раскаянием

виновного (ст. 71 УК РФ);

условное осуждение (ст. 72 ГК РФ);

условно

-

досрочное освобождение до отбывания наказания;

(статья 73) замена наказания на более легкое (статья 74 УК

РФ); в том числе освобождение от наказания в связи с

болезнью или утратой трудоспособности (ст. 75 ГК РФ).


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

04 (2023) / ISSN 2181-1415

186

В конце статьи автор внес предложение о внесении

изменений в уголовный закон, предусматривающих

освобождение лица от наказания в связи с утратой им

общественно опасного характера.


KIRISH

Inson huquqlarini ta’minlash maqsadida amalga

oshirilayotgan islohotlardan eng

yirik va ahamiyatlisi bu sud-huquq islohotlaridir. Mazkur jarayonda jamiyatni

demokratlashtirish va mamlakatni modernizatsiya qilish bo‘yicha olib borilayotgan
islohotlarning ustuvor yo‘nalishi sifatida jinoyat qonunchiligi

ni takomillashtirish jinoyat-

huquqiy siyosatda muhim vazifa sanaladi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006

-yil 3-fevraldagi 1-sonli

“Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorida

“Jinoyat

qonunidagi javobgarlikning muqarrarlik prinsipi har doim ham jinoyat sodir etgan

shaxsga nisbatan jinoiy jazo qo‘llanilishi shart va zarurligini anglatmaydi”, deb
ta’kidlangan. Shaxsning yoki qilmishning ijtimoiy xavflilik xususiyatini yo‘qotgan

hollarda

sudlar tomonidan jinoyat ishini ko‘rib chiqishda uni jazodan ozod qilish imkoniyati
mavjud bo‘lishi mumkin.

Shaxsga bog‘liq bo‘lgan holatlarga ko‘ra jazodan ozod qilishning asoslari shaxsning

ijtimoiy xavflilik xususiyatini yo‘qotishi munosabati b

ilan jazodan ozod qilish

(JK 70-

moddasi); aybdorning chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lganligi munosabati bilan

jazodan ozod qilish (JK 71-moddasi); shartli hukm qilish (JK 72-moddasi); jazoni

o‘tashdan muddatidan oldin shartli ozod qilish; (73

-moddasi) jazon

i yengilrog‘i bilan

almashtirish (JK 74-

moddasi); kasallik yoki mehnat qobiliyatini yo‘qotishi oqibatida

jazodan ozod qilish (JK 75-moddasi) kiradi.

Biroq, Y.V. Lobov, P.V. Korobov singari ayrim olimlar jazodan ozod qilish institutini

bu tarzda tasniflanis

hini tanqid qilishadi. Ularga ko‘ra, jinoyat qonunchiligidagi jazodan

ozod qilish institutini nazarda tutuvchi bobda qonun chiqaruvchi yanglishgan, ya’ni
ushbu bobda faqat jazodan ozod qilish emas, balki jazoni o‘tashdan ozod qilish hamda bir

turdagi jinoiy jazoni boshqa turdagi yengilroq jinoiy jazoga almashtirish instituti ham
aralash tarzda bayon qilingan [1]. Milliy huquqshunos olimlar esa bu tushunchalarni

o‘zaro farqlamaydi, aksincha

Jinoyat kodeksida jazodan ozod qilishning har xil turlarini

nazarda tutilganligi asosli va jinoyat qonunining insonparvarlik prinsipiga (7-modda)

to‘la muvofiq keladi

, deb hisoblashadi [2. B. 45].

Shuningdek, M.Rustambaev jazodan ozod qilish davlatning jinoyat sodir etganligi

uchun sudlangan shaxsga jinoyat qonunchiligida nazarda tutilgan asoslar va shartlar

mavjud bo‘lgan holda jazoni tayinlashdan yoki jazoni ijro etishdan voz kechishidir, deb
ta’kidlab jazoni tayinlashdan voz kechish hamda jazoni ijro etishdan voz kechishni sanab
o‘tsa

-da, ularni bitta tushuncha

jazodan ozod qilish jumlasiga kiritadi [3. B. 198.].

MATERIAL VA METODLAR

Jinoyat huquqida shaxsning ijtimoiy xavflilik xususiyatini yo‘qotishi munosabati

bilan uni jazodan ozod qilish tushunchasi va uning o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganish,

mazkur holatni nazarda tutuvchi qonun hujjatlari normalarini tahlil qilish. Buning uchun
tahlil, tarixiy-qiyosiy uslub, abstraksiya va taqqoslash singari ilmiy bilish usullaridan
foydalanilgan.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

04 (2023) / ISSN 2181-1415

187

TADQIQOT NATIJALARI

Jinoyat qonuni, shuningdek, jazodan ozod qilish mahkumning sudlanganligining

huquqiy oqibatlarini ham bartaraf etishini belgilaydi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi

Jinoyat kodeksi 77-moddasining ikkinchi qismida sud tomonidan jazodan ozod qilingan

shaxs sudlanmagan deb hisoblanishi mustahkamlangan. Biroq, ayni qoida jazodan ozod

qilishning aynan qaysi turiga muvofiqligi aniqlashtirilmagan. Boshqacha aytganda,

jazodan ozod qilish va jazoni boshqa yengilroq jazoga almashtirish ham jazodan ozod

qilish hisoblanar ekan, JK 77-moddasida belgilangan qoidani

qo‘llash munozarali holatni

keltirib chiqaradi. Agar mazkur qoidani faqatgina amnistiya akti yoki afv etish tartibida

jazodan ozod qilishga nisbatan qo‘llanilishini nazarda tutadigan bo‘lsak, boshqa turdagi

jazodan ozod qilish turlarini tasniflash zarurati

mavjudligi ko‘rinadi. Ya’ni, agar shaxsga

nisbatan shartli hukmning qo‘llanilishi jazodan ozod qilish hisoblansa nima uchun qonun

chiqaruvchi JK 78-

moddasining “a” bandida shartli hukm qilinganlarga nisbatan –

sinov

muddati tugagan kundan boshlab sudlanganlik holatining tugashini belgilagan?! Agar

shaxsga nisbatan sud tomonidan jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilingan

(JK 73-

modda), jazoni yengilrog‘i bilan almashtirilgan (JK 74

-

modda) bo‘lsa “jazodan

ozod qilingan shaxs sudlanmagan deb hi

soblanishi” haqidagi qoidaga muvofiq keladimi,

degan savol tug‘iladi. Shu jihatdan “jazodan ozod qilish” tushunchasi “jazoni o‘tashdan

ozod qilish” tushunchasidan farqlanishi zarur degan ilmiy qarashlarni

[4. S. 81

82]

qo‘llab

-quvvatlash mumkin.

Jinoyat huquqi doktrinasida ham jazodan ozod qilish hamda jazoni o‘tashdan ozod

qilishni farqlash yuzasidan yakdil fikr mavjud emas. Shu sababdan ham yuridik

adabiyotlarda jazodan ozod qilish va jazoni o‘tashdan ozod qilish turl

i ijtimoiy voqelik

sifatida talqin qilinadi hamda jinoyat qonunida bitta bobda mustahkamlanishi maqsadga

muvofiq emasligini ta’kidlanadi

[5. S. 130].

D.I.

Kireev ham jazodan ozod qilishni jinoyat sodir etishda aybdor bo‘lgan shaxs

(mahkum)ni muayyan jazoda

n to‘liq ozod qilish sifatida, jazoni o‘tashdan ozod qilishni

esa jazoni real o‘tash muddatining qisqarishi, jazoning tarkibini tashkil etadigan boshqa

huquqiy cheklovlarni to‘liq yoki qisman olib tashlanishi sifatida tushuntiradi

[6. S.34-38].

Jazodan ozod qilishning navbatdagi turini qonun chiqaruvchi jinoyat qonunining

70-

moddasida shaxsning ijtimoiy xavflilik xususiyatini yo‘qotishi munosabati bilan uni

jazodan ozod qilish sifatida mustahkamlagan. Yuqorida keltirilgan mulohazalardan kelib

chiqib jazodan

ozod qilishning mazkur turini jinoyat sodir etgan shaxsni jazodan to‘la

ozod etish sifatida baholash mumkin.

Unga ko‘ra jinoyat sodir etgan shaxs agar ish sudda ko‘rilayotgan vaqtgacha

sharoit o‘zgardi yoki shaxs namunali xulqi, mehnatga yoki o‘qishga hal

ol munosabati

bilan o‘zini ko‘rsatib, ijtimoiy xavfliligini yo‘qotdi, deb e’tirof etilsa, sud uni jazodan ozod

qilishi mumkin.

Garchi R. Kabulov, A. Otajonovlar ushbu qoida Jinoyat kodeksining 65-moddasida

nazarda tutilgan javobgarlikdan ozod qilish turlaridan farqli ravishda, ishni sudda

ko‘rilayotgan vaqtda sharoitning o‘zgarganligi yoki jinoyat sodir etgan shaxs namunali

xulqi, mehnatga yoki o‘qishga halol munosabati bilan o‘zini ko‘rsatganligi bilan

shartlanadi, deb ko‘rsatsa

-da, bizningcha, JK 65-moddasi hamda JK 70-moddasida qonun

chiqaruvchi jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan qo‘ygan talablari deyarli farqlanmaydi.

Mazkur moddaga asoslanib jazodan ozod qilish uchun quyidagi ikkita shart

bajarilishi lozim:

ishni sudda ko‘rilayotgan vaqtda sharoitning o‘zgarganligi;


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

04 (2023) / ISSN 2181-1415

188

jinoyat sodir etgan shaxsning xulqi namunali tarafga o‘zgarganligi, mehnatga yoki

o‘qishga halol munosabatda bo‘layotganligi isbotlanishi.

Shaxsning jinoyat sodir etganidan keyingi xulqi, agar u qonun normalarida

belgilangan ba

rcha ko‘rsatmalarga va jamiyatda yurish

-turish borasidagi umumiy qoidalarga

rioya etsa, nuqsonsiz hisoblanishi lozim.

Mehnatga va ta’limga vijdonan munosabatda

bo‘lishiga shaxsning asosiy ish yoki o‘qish joyida uning zimmasiga yuklatilgan funksional

vazifa

larni aniq, tashabbus ko‘rsatib va samarali bajarishi xosdir

[7. B. 373].

Jinoyat sodir etgan shaxs jinoyat sodir etganidan so‘ng axloq normalariga itoat

etishi, o‘qish va ish joyidagi vazifalarini bo‘yin tovlamasdan, bekamu

-

ko‘st darajada

bajara

boshlashi uning xulqi namunali tarafga o‘zgara boshlaganidan dalolat beradi. Shu

sababli, shaxs o‘z xulqi ustidan nazoratni qo‘lga kiritar ekan, jamiyatga foydasi tegishi

mumkin. Jinoyat sodir etgan shaxsga imkon berilishi kelajakda yaxshi tomonga o‘zgaris

hi

uchun turtki vazifasini bajarishi mumkin.

Shaxs ijtimoiy xavfliligini yo‘qotganligi munosabati bilan jazodan ozod qilishning

birinchi sharti “ishni sudda ko‘rilayotgan vaqtda sharoitning o‘zgarganligi”dir. Albatta,

sharoitning o‘zgarganligi holatiga ko‘

plab nuqtai nazardan yondashish mumkin. Sharoitning

o‘zgarganligi haqida gap ketganda sodir bo‘layotgan voqeaning o‘zgarganligi tushuniladi.

Ushbu o‘zgarishning sababi turlicha bo‘lishi mumkin: bir shaxsning shaxsiy hayoti

o‘zgarganligidan tortib, butun jamiyatning hayoti o‘zgarishigacha bo‘lishi mumkin.

Yuqoridagi holatlarda faktik jihatdan qanday o‘zgarishni nazarda tutilganligi noaniq qoladi.

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat

-protsessual kodeksi 463-moddasida belgilanishicha,

sud hukm chiqariladigan vaqtg

a kelib, qilmish ijtimoiy xavfliligini yo‘qotsa yoki uni sodir

etgan shaxs ijtimoiy xavfli bo‘lmay qolsa; jazo tayinlamasdan ayblov hukmini chiqaradi

.

Yuridik adabiyotlarda “sharoit o‘zgarishi” tushunchasi jinoyat sodir etilgan hudud

yoki butun mamlakatda yuz bergan u yoki bu turdagi jinoyat sodir etilgan vaziyat bilan

bog‘liq o‘zgarishni anglatishi qayd etiladi. Masalan, qonunga xilof ravishda daraxt yoki

butalarni kesganligi uchun shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan hollarda ishni sudda

ko‘rish chog‘ida jinoyat sodir etilgan hudud avtomobil yo‘li qurilishi uchun daraxtlardan

tozalanishi belgilanganligi aniqlangan hollar bunga misol bo‘la oladi

[8. S. 391].

Alohida sudlarda jinoyat huquqi sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarning

o‘zgarga

nligi, qilmishni dekriminalizatsiya qilinadi, deb qaror qabul qiladi. Shu narsaga

qo‘shilish mumkinki, voqeadagi qilmishni yagona dekriminalizatsiya qiluvchi omil,

qilmishni jinoyat ekanligini bekor qiluvchi qonun qabul qilinishi, lekin u hali kuchga

kirma

ganligidir. Ushbu holatdagina shaxs sodir etgan qilmishi sharoit o‘zgarganligi

tufayli ijtimoiy xavfliligini yo‘qotganligi sababli jazodan ozod etilishi mumkin

[9. S. 284].

Bunga misol sifatida, O‘zbekiston Respublikasi JKning

132-

moddasi “

Tarix yoki

madaniyat yodgorliklarini nobud qilish, buzish yoki ularga shikast yetkazish” deb

nomlanib, ushbu moddaning birinchi

qismi dispozitsiyasida

davlat muhofazasiga

olingan tarix yoki madaniyat yodgorliklarini qasddan nobud qilish, buzish yoki ularga

shikast yetkazish shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir

etilgan bo‘lishi belgilangan. Qonun chiqaruvchi ma’lum bir binoni madaniyat yodgorligi

ro‘yxatidan ch

iqardi. Lekin, ushbu hujjat qabul qilinguniga qadar S. ismli shaxs

tomonidan ushbu madaniyat yodgorligiga ziyon yetkazilgan edi. Sharoit o‘zgarganligi

tufayli S. ismli shaxs jazodan ozod qilinishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006

-yil 3-fevraldagi 1-sonli

“Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori

2-

bandining ikkinchi xatboshisida ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan yoki uncha og‘ir


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

04 (2023) / ISSN 2181-1415

189

bo‘lmagan, jinoyatni birinchi marta sodir etgan, chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va

jinoyatning ochilishiga faol yordam bergan, yetkazilgan ziyonni qoplagan shaxslarni

JK 70, 71-moddalariga muvofiq jazodan ozod qilish masalasini muhokama qilishlari

lozimligi belgilangan.

Shu o‘rinda yana bir jihatga e’tibor qaratish kerakki, Jinoyat kodeksining

13-moddasida qilmishning jinoiyligini bekor qiladigan, jazoni yengillashtiradigan yoki

shaxsning ahvolini boshqacha tarzda yaxshilaydigan qonun orqaga qaytish kuchiga ega,

ya’ni ushbu qonun kuchga kirgunga qadar tegishli jinoiy qilmish sodir etgan shaxslarga,

shu jumladan

jazoni o‘tayotgan

yoki

o‘tab bo‘lgan shaxslarga

nisbatan, agar ular hali

sudlangan hisoblansalar, tatbiq etiladi.

Amaldagi Jinoyat kodeksining 70-moddasi (

shaxsning ijtimoiy xavflilik xususiyatini

yo‘qotishi munosabati bilan uni jazodan ozod qilish

)da jinoyat sodir etgan shaxs agar

ish sudda ko‘rilayotgan vaqtgacha

sharoit o‘zgardi yoki shaxs namunali xulqi,

mehnatga yoki o‘qishga halol munosabati bilan o‘zini ko‘rsatib, ijtimoiy xavfliligini

yo‘qotdi, deb e’tirof etilsa, sud uni jazodan ozod qilishi mumkinligi belgilangan. Lekin,

bunda qonun chiqaruvchi jinoyat qonunining liberallashtirilishi, xususan ayrim jinoiy

qilmishlarning dekriminalizatsiya qilinganligi sudlar tomonidan qonunning orqaga

qaytish kuchini ta’minlash zaruratini taqozo qiladi.

Masalan, etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof

ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish (JK 186

1

-modda) jinoyatini sodir etgan

shaxs 2008-yil 24-

sentabrdagi O‘RQ–

182-son Qonun bilan JK 186

1

-moddasi

dispozitsiyasi yangi tahrirda bayon etilganligi[10] xuddi shu qilmishni sodir etgan

shaxsning ahvolini yengillashtirgan. Bunday holda JKga o‘zgartirish kiritilguniga qadar

jinoyat ishi sudda ko‘rilayotgan hollarda shaxsni jazodan ozod qilish masalasi ko‘rib

chiqilishi mumkin.

Amaldagi jinoyat qonunida shax

sning ijtimoiy xavflilik xususiyatini yo‘qotishi

natijasida jazodan ozod qilishda

ish sudda ko‘rilayotgan muddat

e’tiborga olingan. Bu

muddat jinoyat-

protsessual qonunchilikka ko‘ra ikki oydan olti oygacha davom etishi

mumkin. Ya’ni, JPKning 405

-moddasiga asosan jinoyat ishini sudda muhokama qilish

muddati ishni muhokama qilish boshlangan kundan e’tiboran ikki oydan oshmasligi

kerak. Muddat birinchi instansiya sudining ajrimiga asosan Qoraqalpog‘iston

Respublikasi sudining, viloyat, Toshkent shahar sudining

, O‘zbekiston Respublikasi

harbiy sudining raisi tomonidan to‘rt oygacha uzaytirilishi, shuningdek, birinchi

instansiya sudining ajrimiga asosan besh oygacha uzaytirish O‘zbekiston Respublikasi

Oliy sudi raisining o‘rinbosari va olti oygacha uzaytirish O‘z

bekiston Respublikasi Oliy

sudi raisi tomonidan amalga oshiriladi.

Ma’lumki, bu muddat davomida jinoyat qonunchiligiga o‘zgartirish kiritilishi, shaxs

yoki qilmish o‘z ijtimoiy xavfliligini yo‘qotishi ehtimoli yuqori. To‘g‘ri, jinoyat qonuni

o‘zgargan hollarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosati qarori bilan sudlar

tomonidan chiqarilgan hukmlar bo‘yicha mahkumlarning jazodan ozod etilishi masalalari

ko‘rib chiqiladi. Lekin, aynan shunday qoida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi

qarorlari tushuntirishlarida nazarda tutilmagan. Shu nuqtai nazardan qilmishning

jinoiyligini bekor qiladigan, jazoni yengillashtiradigan yoki shaxsning ahvolini boshqacha

tarzda yaxshilaydigan qonun kuchga kirgunga qadar tegishli jinoiy qilmish sodir etgan

shaxslar, s

hu jumladan jazoni o‘tayotgan shaxslar

sud tomonidan jazodan ozod qilinishi

lozimligi to‘g‘risidagi tushuntirishning tegishli Oliy sud Plenumi qarorlarida

mustahkamlanishi mavjud bo‘shliqni to‘ldiradi.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

04 (2023) / ISSN 2181-1415

190

Bu esa ish sudda ko‘rilayotgan vaqtgacha sharoit o‘zga

rdi yoki shaxs namunali

xulqi, mehnatga yoki o‘qishga halol munosabati bilan o‘zini ko‘rsatib, ijtimoiy xavfliligini
yo‘qotishi bilangina emas, balki sodir etilgan qilmishning ham ijtimoiy xavfliligi
yo‘qotilishini taqozo qiladi. Shuningdek, Jinoyat huquqi

ga oid adabiyotlarda ham mazkur

normaning sharhida ishni sudda ko‘rish vaqti, sharoitning o‘zgarishi yoki shaxsning

namunali xulq-

atvori natijasida uning ijtimoiy xavfliligini yo‘qotishi bilan bog‘liq

tushuncha “qilmish yoki shaxsning ijtimoiy xavfliligini

yo‘qotganligi munosabati bilan

javobgarlikdan ozod qilish”dagi jinoyat ishining sudda ko‘rilishi vaqtiga aynan
o‘xshashligi qayd etiladi

[11. B. 206].

Bu o‘rinda mulohaza shuki, JK 65

-

moddasiga ko‘ra quyidagi ikki holatda jinoyat

sodir etgan shaxs javobgarlikdan ozod qilinishi mumkin:

ishni tergov qilish yoki sudda ko‘rish vaqtida sharoit o‘zgarganligi tufayli sodir

etilgan qilmish o‘zining ijtimoiy xavfliligini yo‘qotgan deb topilsa;

ishni tergov qilish yoki sudda ko‘rish vaqtida sharoit o‘zgarganligi tufayli jinoyat

sodir etgan shaxs ijtimoiy xavflilik xususiyatini yo‘qotgan deb topilsa.

Agar ish sudda ko‘rilayotgan vaqtgacha sharoit o‘zgardi yoki shaxs namunali xulqi,

mehnatga yoki o‘qishga halol munosabati bilan o‘zini ko‘rsatib, ijtimo

iy xavfliligini

yo‘qotdi, deb e’tirof etilsa, JK 70

-moddasiga asosan sud shaxsni jazodan ozod qilishi

mumkin.

Savol tug‘iladi, “

ish sudda ko‘rilayotgan vaqtgacha

” bo‘lgan shartli muddat “

ishni

tergov qilish yoki sudda ko‘rish vaqti

”ni qamrab oladimi? Boshqacha aytganda “

ishni

tergov qilish yoki sudda ko‘rish vaqti

” tushunchasi “

ish sudda ko‘rilayotgan vaqtgacha

bo‘lgan muddat tarkibiga kiradimi? Agar shunday bo‘lsa sharoit o‘zgarganligi tufayli
qilmish yoki shaxs o‘zining ijtimoiy xavfliligini yo‘qotgan deb topilsa, qonunni qo‘llovchi

organ jinoyat sodir etgan shaxsni javobgarlikdan ozod etadimi yoki jazodan ozod
etadimi? Buning ahamiyati shundaki agar shaxs javobgarlikdan ozod etilsa, u
sudlanganlikda ifodalanadigan jinoyat-huquqiy oqibat kelib chiqmaydi. Jazodan ozod
etilganda ham mohiyatan shaxs sudlangan hisoblanmaydi. Biroq, yuqorida qayd

etilganiday barcha turdagi jazodan ozod qilish turlarida ham bunday deb bo‘lmaydi.

O‘zbekiston SSRning 1959

-yilgi Jinoyat kodeksi 48-moddasida ham agar jinoyat

sodir qilgan shaxsni keyinchalik axloqi tuzalishi va halol mehnat qilayotganligi sababli

ishni sudda ko‘rish vaqtida jamoat uchun xavfli hisoblash mumkin emas deb topilsa,

unday shaxs jazodan ozod qilinishi mumkinligi belgilangandi [12. B. 48

49]. Xuddi

shuningd

ek, mazkur kodeksda agar ishni tergov qilish yoki sudda ko‘rish paytida, sharoit

o‘zgarishi tufayli aybdor tomonidan sodir etilgan harakat jamoat uchun xavflilik
xarakterini yo‘qotgan bo‘lsa yoki o‘sha jinoyat qilgan shaxs jamoat uchun xavfli emas deb

hisoblansa, uni jinoiy javobgarlikdan ozod qilish mumkinligi ham mustahkamlangan.

Bundan ko‘rinadiki, 1959

-

yilgi O‘zbekiston SSR Jinoyat kodeksida ham qilmish yoki shaxs

ijtimoiy xavfliligini yo‘qotganligi munosabati bilan javobgarlikdan yoki jazodan ozod

qili

sh deyarli farq qilmagan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining

70-moddasida belgilangan qoida 1994-yilda qabul qilingan tahrirdagidan shu kunga

qadar o‘zgarmaganligini ham qayd etish zarur.

Qayd etilganiday jinoyat qonuni o‘zgargan hollarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy

sudi Rayosati qarori bilan sudlar tomonidan chiqarilgan hukmlar bo‘yicha
mahkumlarning jazodan ozod etilishi masalalari ko‘rib chiqilishi amaliyoti, bizning

nazarimizda, yetarli emas. Shu jihatdan

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

04 (2023) / ISSN 2181-1415

191

2006-yil 3-fevraldagi 1-

sonli “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti

to‘g‘risida”gi qarorining

ikkinchi bandini quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan

to‘ldirilishi maqsadga muvofiq:

Qilmishning jinoiyligini bekor qiladigan, jazoni yengillashtiradigan yoki shaxsning

ahvolini boshqacha tarzda yaxshilaydigan qonun kuchga kirgunga qadar tegishli jinoiy

qilmish sodir etgan shaxslar, shu jumladan jazoni o‘tayotgan shaxslar

ni sud tomonidan

JK 70, 71-moddalariga muvofiq jazodan ozod qilinishi masalasini muhokama qilishlari
lozim

.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2013

-yil 11-dekabrdagi 20-sonli

“Tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq ishlar bo‘yicha sud amaliyotining ayrim masalalar

i

to‘g‘risida”gi qarorining 13

1

-

bandiga ko‘ra tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq jinoyatlarni

sodir etgan shaxslar jinoyat oqibatida yetkazilgan zararni ixtiyoriy ravishda qoplagan,

aybiga iqrorlik va chin ko‘ngildan pushaymonlik bildirgan hollarda, dast

labki tergov

organlari va sudlar, JK 65, 66, 70, 71-moddalariga asosan ularni tegishlicha jinoiy
javobgarlikdan yoki jazodan ozod qilish masalasini muhokama qilishlari shartligi
tushuntirilgan.

Mazkur turdagi jazodan ozod qilishga misol sifatida sud amaliyotidan 2021-yil

29-

mart kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tuman sudi sudyasi D.Valiev tomonidan

1981-

yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, muqaddam sudlanmagan, “Avto oltmish oy” MChJ

maslahatchisi M.Hakimova JKning 168-moddasi 3-

qismi “a”, “b” bandlar

i va 188

1

-moddasi

2-

qismi “b”, “v” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib,

JKning 70-moddasiga asosan jazodan ozod qilinganligini keltirish mumkin [13].

XULOSA

Qayd etilganiday, JK 65 va 70-moddalarida shaxsni jinoiy javobgarlikdan va jinoiy

jazodan ozod etilishiga oid jinoyat-

huquqiy asoslar deyarli bir xil ekanligi, ular o‘zaro bir

-

birini to‘ldirib turishi nuqtai nazaridan nafaqat shaxsning, balki qilmishning ijtimoiy
xavflilik xususiyatini yo‘qotishi ham shax

sni jazodan ozod qilinishiga xizmat qilishi

aniqlashtirilishi maqsadga muvofiq.

Bu borada ba’zi xorijiy davlatlar tajribasi o‘rganilganida, bunday qoida Qirg‘iz

Respublikasi Jinoyat kodeksining 86-moddasida qilmish dekriminalizatsiya qilingan va
jinoyat qonuni sanksiyasi yengillashgan hollarda mahkumga nisbatan jazoni

yengillashtirish yoki jazodan ozod qilishni qo‘llash nazarda tutilgan

[14].

Yuqorida bayon qilinganlarga ko‘ra, JK 70

-moddasiga quyidagi mazmundagi

o‘zgartirish kiritish taklif etiladi:

70-modda. Shaxsning

yoki qilmishning

ijtimoiy xavflilik xususiyatini

yo‘qotishi munosabati bilan uni jazodan ozod qilish

Jinoyat sodir etgan shaxs agar ish sudda ko‘rilayotgan vaqtgacha sharoit o‘zgardi

yoki shaxs namunali xulqi, mehnatga yoki o‘qishga halol munosabati bilan o‘zini
ko‘rsatib, ijtimoiy xavfliligini yo‘qotdi, deb e’tirof etilsa, sud uni jazodan ozod qilishi

mumkin.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

Терентьева В.А. О понятии освобождения от уголовного наказания в

доктрине уголовного права // Уголовная юстиция. –

2017.

№ 10 (Terenteva V.A. O

ponyatii osvobojdeniya ot ugolovnogo nakazaniya v doktrine ugolovnogo prava //
Ugolovnaya yustitsiya.

2017.

No. 10.).


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

04 (2023) / ISSN 2181-1415

192

2.

M.Usmonaliyev. Jinoyat huquqi. Umumiy qism. Oliy o‘quv yurtlari uchun

darslik.-

T.:”Yangi asr avlodi”, 2005, B.662.; D.R.Qurbonov, Jinoyat qonunchiligini liberalllashtirish

sharoitida jinoiy javobgarlikni qo‘llash muammolari: Diss… yur. fan. nomzodi. –

Samarqand.: 2008. -B.45. (M. Usmonaliyev. Criminal law. General part. Textbook for

higher educational institutions.

T.: "Yangi asr avlodi", 2005, B.662.; Kurbanov D.R.

Problems of application of criminal responsibility in the conditions of liberalization of

criminal law: Diss... yur. science. candidate. -Samarkand.: 2008. -

Р

.45.).

3.

M.X.Rustambayev, O‘zbekiston Respublikasi jinoyat huquqi kursi.

Tom 2. Jazo

haqida ta’limot. Darslik. 2

-

nashr, to‘ldirilgan va qayta ishlangan. –

T.: O‘zbekiston

Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik instituti, 2018. B.198. (Rustambayev M.Kh.

Course of criminal law of the Republic of Uzbekistan. Volume 2. The doctrine of

punishment. Textbook. 2nd Edition, Completed and Revised.

T.: Military-Technical

Institute of the National Guard of the Republic of Uzbekistan, 2018. P.198.).

4.

Атаев, Г. Р. Освобождение от наказания как институт уголовного права / Г.

Р. Атаев. –

Текст : непосредственный // Молодой ученый. –

2021.

№ 36 (378). –

С.

81-82.

URL: https://moluch.ru/archive/378/83856/ (Ataev, G. R. Osvobojdenie ot

nakazaniya kak institute ugolovnogo prava / G. R. Ataev.

Text: neposredstvennyy //

Molodoy uchenyy.

2021.

No. 36 (378).

S. 81-82.

URL:

https://moluch.ru/archive/378/83856/).

5.

Зельдов, С. И. Освобождение от наказания и от его отбывания. М

., 1982. 130

с

. (Zeldov, S. I. Osvobojdenie ot nakazania i ot ego otbyvaniya. M., 1982. 130 p.).

6.

Киреев Д.И. К вопросу о соотношении понятий «освобождение от

наказания» и «освобождение от отбывания наказания» // Российский следователь.

2006. № 12. C. 34−38. (Kireev D.I. K voprosu o sootnoshenii ponya

tiy "liberation ot

nakazania" and "liberation ot otbyvaniya nakazania" // Rossiyskiy slozhatetel. 2006. No.

12. Р. 34−38.).

7.

Kabulov R., Otajonov A. A. va boshq. Jinoyat huquqi. Umumiy qism. -T.:

O‘zbekiston Respublikasining IIV Akademiyasi, 2012.

-B.373.( Kabulov R., Otajhonov A. A.

et al. Criminal law. General part. -T.: Academy of Ministry of Internal Affairs of the

Republic of Uzbekistan, 2012.-

Р

.373.).

8.

Уголовное право России. Общая часть: учебник для бакалавров /отв. ред.

А.И. Плотников. –

Оренбург: ООО ИПК «Университет», 2016. –С. 391. (Ugolovnoe

pravo Rossii. Obshchaya chast: uchebnik dlya bachelorov /otv. ed. A.I. Plotnikov.

Orenburg: OOO IPK "Universitet", 2016. -S. 391.).

9.

Костылева О.В. Освобождение от наказанияв связи с изменением обстановки:

современные тенденции правоприменения// Библиотека криминалиста. Научный

журнал. Москва, 2013.

-

№ 2.

-

С.284.( Kostyleva O.V. Osvobojdenie ot nakazaniyav svyazi s

izmeneniem obstanovki: sovremennye tendentsii pravoprimenenia// Biblioteka

kriminalista. Scientific journal. Moscow, 2013.

No. 2.

S.284.).

10.

Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga hamda

Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartish va

qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qonuni.

Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008

-y.,

39-son, 391-modda. https://lex.uz/docs/1394965?ONDATE=25.09.2008%2000#1395004 (Law

of the Republic of Uzbekistan "On amendments and additions to the Criminal Code of the Republic

of Uzbekistan and the Code of Administrative Responsibility of the Republic of Uzbekistan".

Collection of legal documents of the Republic of Uzbekistan, 2008, No. 39, Article 391.

https://lex.uz/docs/1394965?ONDATE=25.09.2008%2000#1395004).


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

04 (2023) / ISSN 2181-1415

193

11.

M.X.Rustambayev, O‘zbekiston R

espublikasi jinoyat huquqi kursi. Tom 2. Jazo

haqida ta’limot. Darslik. 2

-

nashr, to‘ld. va qayta ishl. –

T.: O‘zbekiston Respublikasi Milliy

gvardiyasi Harbiy-texnik instituti, 2018.

B.206. (Rustambayev M.Kh. Course of criminal

law of the Republic of Uzbekistan. Volume 2. The doctrine of punishment. Textbook. 2nd
edition, complete. and recycling.

T.: Military-Technical Institute of the National Guard of

the Republic of Uzbekistan, 2018.

Р

.206.).

12.

Oʻzbekiston SSRning Jinoyat kodeksi (1971

-yil 1-yanvarga

cha boʻlgan oʻzgarish

va qoʻshimchalar bilan) –T., Oʻzbekiston, 1971. –Б

.48-49. (Criminal Code of the Uzbek SSR

(with changes and additions up to January 1, 1971) -T., Uzbekistan, 1971. -P.48-49.)

13.

“AVTO OLTMISH OY” MCHJ masʼullariga oid jinoyat ishi boʻyic

ha axborot.

https://sud.uz/2903-2/ (Information on the criminal case regarding the officials of
"AUTO ALTMISH OY" LLC. https://sud.uz/2903-2/).

14.

Qirgʻiz Respublikasi Jinoyat kodeksi. http://cbd.minjust.gov.kg/act/view/ru

-

ru/112309

(Criminal

Code

of

the

Kyrgyz

Republic.

http://cbd.minjust.gov.kg/act/view/ru-ru/112309).

15.

Niyozova Salomat Saparovna. Strong Emotional Arousal (Effect) As A Criminal

Law Norm. The American Journal of Political Science Law and Criminology (ISSN

2693-

0803)

Published:

March

31,

2021

|

Pages:

96-102

Doi:https://doi.org/10.37547/tajpslc/Volume 03 Issue p. 03-15.

16.

S.S.Niyozova. Prevention of Crime in the Family and the Role of Victimology in

the Republic of Uzbekistan. International Journal of Advanced Science and Technology
Vol. 29, No. 3, (2020), p. 3962.

17.

S.S.Niyozova. Reasons for Suicide and the Issue of Responsibility. International

Journal of Pharmaceutical Research | Dec 2020 | Vol 12 | Supplementary Issue 3 p. 528.

Библиографические ссылки

Терентьева В.А. О понятии освобождения от уголовного наказания в доктрине уголовного права // Уголовная юстиция. — 2017. — № 10 (Terenteva V.A. O ponyatii osvobojdeniya ot ugolovnogo nakazaniya v doktrine ugolovnogo prava // Ugolovnaya yustitsiya. — 2017. — No. 10.).

M.Usmonaliyev.Jinoyat huquqi.Umumiy qism.Oliy o‘quv yurtlari uchun darslik.-T.:”Yangi asr avlodi”, 2005, B.662.; Qurbonov D.R. Jinoyat qonunchiligini liberalllashtirish sharoitida jinoiy javobgarlikni qo‘llash muammolari: Diss… yur. fan. nomzodi. –Samarqand.: 2008. -B.45. (M. Usmonaliyev. Criminal law. General part. Textbook for higher educational institutions. - T.: "Yangi asr avlodi", 2005, B.662.; Kurbanov D.R. Problems of application of criminal responsibility in the conditions of liberalization of criminal law: Diss... yur. science. candidate. -Samarkand.: 2008. -Р.45.).

Rustambayev M.X. O‘zbekiston Respublikasi jinoyat huquqi kursi. Tom 2. Jazo haqida ta’limot. Darslik. 2-nashr, to‘ldirilgan va qayta ishlangan. – T.: O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik instituti, 2018. B.198. (Rustambayev M.Kh. Course of criminal law of the Republic of Uzbekistan. Volume 2. The doctrine of punishment. Textbook. 2nd Edition, Completed and Revised. - T.: Military-Technical Institute of the National Guard of the Republic of Uzbekistan, 2018. P.198.).

Атаев, Г. Р. Освобождение от наказания как институт уголовного права / Г. Р. Атаев. — Текст : непосредственный // Молодой ученый. — 2021. — № 36 (378). — С. 81-82. — URL: https://moluch.ru/archive/378/83856/ (Ataev, G. R. Osvobojdenie ot nakazaniya kak institute ugolovnogo prava / G. R. Ataev. — Text: neposredstvennyy // Molodoy uchenyy. — 2021. — No. 36 (378). — S. 81-82. — URL: https://moluch.ru/archive/378/83856/).

Зельдов, С. И. Освобождение от наказания и от его отбывания. М., 1982. 130 с. (Zeldov, S. I. Osvobojdenie ot nakazania i ot ego otbyvaniya. M., 1982. 130 p.).

Киреев Д.И. К вопросу о соотношении понятий «освобождение от наказания» и «освобождение от отбывания наказания» // Российский следователь. 2006. № 12. C. 34−38. (Kireev D.I. K voprosu o sootnoshenii ponyatiy "liberation ot nakazania" and "liberation ot otbyvaniya nakazania" // Rossiyskiy slozhatetel. 2006. No. 12. Р. 34−38.).

Kabulov R., Otajonov A. A. va boshq. Jinoyat huquqi. Umumiy qism. -T.: O‘zbekiston Respublikasining IIV Akademiyasi, 2012.-B.373.( Kabulov R., Otajhonov A. A. et al. Criminal law. General part. -T.: Academy of Ministry of Internal Affairs of the Republic of Uzbekistan, 2012.-Р.373.).

Уголовное право России. Общая часть: учебник для бакалавров /отв. ред. А.И. Плотников. – Оренбург: ООО ИПК «Университет», 2016. –С. 391. (Ugolovnoe pravo Rossii. Obshchaya chast: uchebnik dlya bachelorov /otv. ed. A.I. Plotnikov. - Orenburg: OOO IPK "Universitet", 2016. -S. 391.).

Костылева О.В. Освобождение от наказанияв связи с изменением обстановки: современные тенденции правоприменения// Библиотека криминалиста. Научный журнал. Москва, 2013. -№ 2. -С.284.( Kostyleva O.V. Osvobojdenie ot nakazaniyav svyazi s izmeneniem obstanovki: sovremennye tendentsii pravoprimenenia// Biblioteka kriminalista. Scientific journal. Moscow, 2013. - No. 2. - S.284.).

Ўзбекистон Республикасининг “Ўзбекистон Республикасининг Жиноят кодексига ҳамда Ўзбекистон Республикасининг Маъмурий жавобгарлик тўғрисидаги кодексига ўзгартиш ва қўшимчалар киритиш ҳақида”ги қонуни. Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами, 2008 й., 39-сон, 391-модда. https://lex.uz/docs/1394965?ONDATE=25.09.2008%2000#1395004 (Law of the Republic of Uzbekistan "On amendments and additions to the Criminal Code of the Republic of Uzbekistan and the Code of Administrative Responsibility of the Republic of Uzbekistan". Collection of legal documents of the Republic of Uzbekistan, 2008, No. 39, Article 391. https://lex.uz/docs/1394965?ONDATE=25.09.2008%2000#1395004).

Rustambayev M.X. O‘zbekiston Respublikasi jinoyat huquqi kursi. Tom 2. Jazo haqida ta’limot. Darslik. 2-nashr, to‘ld. va qayta ishl. – T.: O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik instituti, 2018. – B.206. (Rustambayev M.Kh. Course of criminal law of the Republic of Uzbekistan. Volume 2. The doctrine of punishment. Textbook. 2nd edition, complete. and recycling. - T.: Military-Technical Institute of the National Guard of the Republic of Uzbekistan, 2018. - Р.206.).

Ўзбекистон ССРнинг Жиноят кодекси (1971 йил 1 январгача бўлган ўзгариш ва қўшимчалар билан) –Т., Ўзбекистон, 1971. –Б.48-49. (Criminal Code of the Uzbek SSR (with changes and additions up to January 1, 1971) -T., Uzbekistan, 1971. -P.48-49.)

AVTO OLTMISH OY” МЧЖ масъулларига оид жиноят иши бўйича ахборот. https://sud.uz/2903-2/ (Information on the criminal case regarding the officials of "AUTO ALTMISH OY" LLC. https://sud.uz/2903-2/).

Қирғиз Республикаси Жиноят кодекси. http://cbd.minjust.gov.kg/act/view/ru-ru/112309 (Criminal Code of the Kyrgyz Republic. http://cbd.minjust.gov.kg/act/view/ru-ru/112309).

Niyozova Salomat Saparovna. Strong Emotional Arousal (Effect) As A Criminal Law Norm. The American Journal of Political Science Law and Criminology (ISSN – 2693-0803) Published: March 31, 2021 | Pages: 96-102 Doi:https://doi.org/10.37547/tajpslc/Volume 03 Issue p. 03-15.

S.S.Niyozova. Prevention of Crime in the Family and the Role of Victimology in the Republic of Uzbekistan. International Journal of Advanced Science and Technology Vol. 29, No. 3, (2020), p. 3962.

S.S.Niyozova. Reasons for Suicide and the Issue of Responsibility. International Journal of Pharmaceutical Research | Dec 2020 | Vol 12 | Supplementary Issue 3 p. 528.