ф
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Developing a culture of respect for human values in
primary school pupils
Dilshod
а
SAPARBOEVA
1
University of Science and Technology
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received April 2023
Received in revised form
15 May 2023
Accepted 25 May 2023
Available online
15 June 2023
In this article, the factors and objectives of developing a
culture of honoring human dignity among students from a
scientific and theoretical point of view are developed.
Pedagogically substantiated issues of pedagogical skill and
spiritual perfection of the teacher.
2181-
1415/©
2023 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol4-iss4/S-pp287-291
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
primary,
student,
person,
praise,
culture,
spirituality,
morality,
beneficial,
tradition,
responsibility,
educational process,
values,
freethinking,
personality,
activity,
development.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida inson qadrini ulug‘lash
madaniyatini rivojlantirish
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
boshlang‘ich sinf,
o‘quvchi,
inson,
ulug‘lash,
madaniyat,
ma’naviyat,
Ushbu maqolada o‘quvchi
-
yoshlarda inson qadrini ulug‘lash
madaniyatini rivojlantirishning omillari, vazifalari ilmiy-nazariy
jihatdan ishlab
chiqilgan. Shuningdek unda o‘qituvchining
pedagogik mahorati va ma’naviy yetuklik masalalari pedagogik
jihatdan asoslangan.
1
Head of Primary and preschool education Department, University of Science and Technology.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
04 (2023) / ISSN 2181-1415
288
axloq,
barkamol,
an’ana,
mas’uliyat,
o‘quv jarayoni,
qadriyatlar,
erkin fikr,
shaxs,
faoliyat,
taraqqiyot
Развитие культуры уважения человеческой ценности
у учащихся начальных классов
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
начальный,
ученик,
человек,
похвала,
культура,
духовность,
нравственность,
благотворное,
традиция,
ответственность,
воспитательный процесс,
ценности,
свободомыслие,
личность,
деятельность,
развитие.
В данной статье разработаны факторы и задачи
развития культуры почитания человеческого достоинства
у учащихся с научно
-
теоретической точки зрения.
Педагогически обоснованы вопросы педагогического
мастерства и духовного совершенства преподавателя.
Yangi O‘zbekiston sharoitida inson qadrini ulug‘lash, xalqparvar davlat barpo etish
maqsadi asosida yangidan-yangi islohotlar amalga oshirilmoqda. Xususan, 2022-yil
“Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”, 2023
-
yilni “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim
yili” deb nomlanishi xalqimizning dunyoqar
ashi, ong-u tafakkurini yuksaltirishda,
jamiyatimizda yangicha qadriyat va an’analarni shakllantirishda, O‘zbekistonda
insonparvar davlatni qo‘llab
-
quvvatlashda jahon hamjamiyatida munosib o‘rin egallab
kelmoqda. Yurtimizda kam ta’minlangan, nochor oilalarni qo‘llab
-quvvatlash va
kambag‘allikni qisqartirish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bevosita inson sha’ni,
uning qadr-
qimmatini ulug‘lanishi, har bir fuqaroning tinch va xavfsiz hayot kechirishi,
uning fundamental huquq va erkinliklarini ta’minlash
, munosib turmush sharoiti va
zamonaviy infratuzilma tashkil etish, sifatli ta’lim, ijtimoiy himoya tizimi kabi masalalari
davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan va bu sohada olib boriladigan vazifalar aniq
ko‘rsatilgan.
Bu sohada yoshlarni qo‘llab
-quvvatlash, ularga barcha imkoniyatlar yaratib berish,
ularni yetuk va yurt kelajagiga manfaati tegadigan shaxs bo‘lib shakllanishiga katta
e’tibor qaratilgan. Albatta ushbu vazifalarni amalga oshirishda uzluksiz ta’lim, ayniqsa
boshlang‘ich ta’lim o‘quvchilarida
inson qadrini ulug‘lash madaniyatini rivojlantirish
muhim o‘rin tutadi.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
04 (2023) / ISSN 2181-1415
289
Buning uchun yoshlarimizda bolalikdan boshlab iymon-
e’tiqodini mustahkamlash,
irodasini baquvvat qilish, ma’naviy
-
axloqiy salohiyatini yuksaltirish, o‘z mustaqil fikriga
ega bo‘lgan b
arkamol avlodni voyaga yetkazish, ularning tafakkurida inson qadrini
ulug‘lash an’analarini asrab
-avaylash va hurmat qilish xususiyatlarini qaror toptirish
darkor. Shuning uchun ham yangi O‘zbekiston avlodida inson qadrini ulug‘lash
madaniyatini takomillashtirish dolzarb pedagogik muammo hisoblanadi. Chunki,
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida inson qadrini ulug‘lash madaniyatini rivojlantirish
asosida xalq, vatan, jamiyat uchun fidoyi insonlar etib tarbiyalash, davlat ramzlariga
hurmat va muhabbatni qaror top
tirish, xalq o‘tmishi, ajdodlarimiz madaniy merosiga
havasni, faxrni, iftixorni uyg‘otish kabilar ularda burch va mas’uliyat, o‘zligini anglash
xususiyatlarini kamol toptiradi. Inson qadrini ulug‘lash madaniyatini rivojlantirish
muammosi barkamol avlod tarbiyasining muhim komponenti sifatida milliy pedagogika
nazariyasida muhim ahamiyat kasb etadi.
Chunki, bugungi kunda inson qadrini ulug‘lash madaniyatini rivojlantirish –
o‘qituvchining kasbiy bilim va dunyoqarashi, o‘quv jarayoni, ta’lim mazmuni, o‘qitish
metodlarini tashkil etishi, aqliy salohiyati, ijtimoiy va axloqiy rivojlanganligi bilan
bog‘liqdir.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida inson qadrini ulug‘lash madaniyatini rivojlantirish
bu ularda milliy va umuminsoniy qadriyatlar, milliy urf-
odatlar, an’analarga chuqur
hurmat, o‘zligini saqlab qolish, ma’naviy
-
ma’rifiy ehtiyojlarini ro‘yobga chiqarish
faolligini yuzaga keltirishga, halol va pok, hamjihat, ahil bo‘lishga, el
-
yurt qayg‘usi bilan
yashashda insonparvarlik, demokratik tamoyilla
rni qaror toptirish, haqiqatning ro‘yobga
chiqishida, o‘z
-
o‘zini boshqarishini ta’minlashida muhim o‘rin tutadi. Chunki ushbu
jarayonlar o‘quvchilarda mustaqillik, erkin fikr yuritish, o‘zlikni anglash, axloqiy
-huquqiy
burchni tushunish, milliy xususiyatlar, orzu-umidlar, tafakkur qilish xususiyatlarini
rivojlantiradi.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida inson qadrini
rivojlantirishning asosiy omillari
Axloq va huquq
Tinchlik va do‘stlik
Birodarlik va
qardoshlik
Mustaqillik
Asosiy vazifalari
1. Ma
’
naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi shaxsni voyaga yetkazish
2. Insonni huquqiy tomondan himoyalash
3. Insonni ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-ma
’
naviy taraqqiyotidagi faoliyatini
takomillashtirish
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
04 (2023) / ISSN 2181-1415
290
Demak, o‘qituvchi inson qadrini ulug‘lash madaniyatining mazmun
-mohiyatida
burch, mas’uliyat, millat, xalq, Vatan, davlat, himoya qilish va uning moddiy va ma’naviy
jihatdan kamolotga yetkazuvchi, ijtimoiy-iqtisodiy, falsafiy, siyosiy, pedagogik-psixologik
ehtiyojlarini ta’minlovchi jarayon ekanligini o‘quvchilarga misollar asosida tushuntirish
ularda tenglik, barqarorlik, totuvlik, turli millat xalqlariga hurmat va ishonch kabi
xususiyatlarini rivojlantiradi.
Demak boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida inson qadrini ulug‘lash bu ularni adolatli,
rostgo‘y, halol, muomalada murosaga kira olish, o‘zini noqulay ishlardan saqlash, jamiyat,
xalq manfaati yo‘lida halol mehnat qilish, majburiyatni chuqur his qilish va ularga amal
qilish uning asosiy
komponentlari hisoblanadi. Inson qadrini ulug‘lash madaniyatini
rivojlantirish bevosita o‘quvchi shaxsidagi insoniy fazilatlar, qadr
-qimmat, iymon-
e’tiqod
ta’lim
-
tarbiya jarayonlari bilan bog‘liq bo‘lib, ma’naviyatli insonning sha’ni va hikmati
hisoblanadi.
“Inson qadrini ulug‘lash –
yurtimizda yashayotgan har bir odamning huquq va
erkinliklari, qonuniy manfaatlarini ta’minlash demakdir.
Inson qadrini ulug‘lash bu jamiyatining mustahkam poydevori, huquqiy
-
demokratik tizim yetukligining ifodasi sifatida, k
ishilarning moddiy va ma’naviy
boyliklarini rivojlantirish va o‘zlashtirish, ularni asrab
-avaylab, kelajak avlodga yetkazish
hamda o‘zi yashayotgan mamlakat, jamiyat ravnaqi, istiqboli uchun mazkur merosdan
unumli foydalanishga yo‘naltirilgan shaxs kamolot
ini voyaga yetkazishdir. Erkin
mustaqil, faol fikrlaydigan, o‘zi yashayotgan yurt, xalq uchun jonini ayamaydigan, fidoyi,
tadbirkor, ishbilarmonlik fazilatlarini rivojlantirish o‘quvchilarda insonga xos talablarni
amalga oshirish lozim. Ular dunyoni fuqaro
larga, vatanparvarlarga ko‘rish, qanday qilib
kishilar mehnati bilan, shuningdek, aniqrog‘i yangi O‘zbekiston taraqqiyoti g‘oyalari bilan
qo‘shila borishni anglamoqlari va o‘rganmoqlari juda muhimdir.
Inson qadri tuyg‘usi milliy ongi, psixik olamning eng yuksak ko‘rinishida bo‘lib, har
bir kishida ijtimoiy hayotning barcha jabhalarida huquqiy qoidalar, tartiblar, burchlarga
ongli munosabatda bo‘lish, shuningdek hayotda faol qatnashish, ma’naviy
-axloqiy
jihatdan yetukligini ifodalaydi.
Inson qadrini
ulug‘lash madaniyatini boshlang‘ich ta’lim o‘quvchilarida
rivojlantirish bevosita muntazam tarzda amalga oshirish jamiyat talabalari asosida
rivojlantirib borish nafaqat jamiyat taraqqiyotida, balki boshlang‘ich ta’lim mazmunini
takomillashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki, shu vaqtdan boshlab bolaning
umummadaniyat to‘g‘risidagi tasavvurlari tarkib topa borib, inson qadri to‘g‘risidagi
bilimlar, malakalarining shakllanishiga asos solinadi.
Ma’lumki, inson hayotda, mehnat faoliyatida qanchalik o‘z qadrini ulug‘lashga
ehtiyoj sezsa va uni egallashga qanchalik tez harakat qilsa, u shunchalik o‘z shaxsidagi
nuqsonlarni bartaraf etib, kamolotga erishishi mumkin. Buni boshlang‘ich ta’limda
o‘quvchilarga maxsus bilimlar berish, ularda insonparvarlik burch
i, inson qadrini
ulug‘lash his
-
tuyg‘usini shakllantirishga harakat qilish, har bir o‘quvchida ma’naviy
-
axloqiy madaniyatni tarkib toptirishda o‘qituvchi o‘zining individual ish uslubini yaratish,
faoliyat va munosabatini yo‘lga qo‘shishi psixodiagnostik me
todikani yaratishi ularning
turli sohalarga qiziqishining kuchayishi, his-
hayajon va ko‘plab hodisalarining ijobiy
rivojlanishiga o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Chunki, shaxsning o‘z individualligi, betakrorligini
anglashi, o‘zini anglash “men”ning shakllantiris
hida bilim, his-
tuyg‘u va xulq
-atvor
komponentlari ijtimoiy ko‘rsatma sifatida vujudga keladi. Ushbu jarayonda
o‘quvchilarning o‘qish faoliyati, qiziqishi, intilishi, barcha topshiriqlarni aniq bajarishi
mustaqil tus olib, faoliyatni tezlashtiradi.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
04 (2023) / ISSN 2181-1415
291
Shuning
uchun boshlang‘ich sinflardan o‘qitish, tarbiyalash ishlari bilan birga
bilimlarni bola qobiliyatida namoyon bo‘lishiga yo‘naltirish, uning intellektual va
ma’naviy rivojlanishiga e’tibor qaratish, qulay shart
-sharoitlar yaratish kabilar uning har
tomonla
ma rivojlanishida muhim o‘rin tutadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
:
1.
Sh.Mirziyoyev. Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi. “O‘zbekiston”
Toshkent-2022 yil
2.
Sh.Mirziyoyev. 2022-
yilni “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”
3.
Sh.Mirziyoyev. 2023-
yilni “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”
4.
U.Mahkamov, D.Mahkamov, N.Mahkamova, D.Isroilova. Tyutor pedagogik
faoliyatini tashkil etish.. “ZERO PRNT” Toshkent
-2022 yil
5.
A.Haydarov, Madaniyat
–
milliy yuksalish poydevori.
–
Toshkent: Oltin meros
press. 2021.
