Авторы

  • Мамлакатхон Нурматова
    Старший преподаватель, факультет гуманитарных наук и информационных технологий, Самаркандский государственный институт иностранных языков

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol4-iss5/S-pp151-155

Ключевые слова:

нравственные качества психологическая среда брак социальная установка психологическое исследование личностные качества поведение чувства семья

Аннотация

В статье рассматриваются научные исследования о наличии психологических знаний для предотвращения негативных психологических ситуаций. Освещаются знания о правильной организации баланса в семейных отношениях у молодежи.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Forming young people

s understanding of family life with

psychological knowledge

Mamlatkhon NURMATOVA

1


Samarkand State Institute of Foreign Languages

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received May 2023

Received in revised form

15 June 2023
Accepted 25 June 2023

Available online

15 July 2023

The article deals with scientific research on the availability

of psychological knowledge to prevent negative psychological

situations. Knowledge about the correct organization of balance

in family relations among young people is highlighted.

2181-

1415/©

2023 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol4-iss5/S-pp151-155

This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

moral quality,

psychological environment,
social attitude,

marriage,

psychological research,
personal quality,

behavior,

feelings,

family.

Yoshlarning oilaviy hayot haqidagi tushunchalarini
psixologik bilimlar bilan shakllantirish

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

axloqiy sifat,

psixologik muhit,

ijtimoiy munosabat,

nikoh,

psixologik tadqiqot,

shaxsiy sifat,

xulq-atvor,

his-

tuyg‘u,

oila.

Ushbu maqolada yoshlarning oilaviy va nikohga oid

bilimlarini shakllantirishda salbiy psixologik holatlarning oldini
olish uchun psixologik bilimlarning zarurligi haqida ilmiy

bilimlar

ifodalangan,

shuningdek,

yoshlarda

oilaviy

munosabatlardagi muvozanatni to‘g‘ri tashki

l etish haqidagi

bilimlar yoritilgan.

1

Senior teacher, Department of Humanities and Information Technologies, Samarkand State Institute of Foreign

Languages.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

05 (2023) / ISSN 2181-1415

555

Формирование у молодежи представлений о семейной

жизни с помощью психологических знаний

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

нравственные качества,
психологическая среда,
социальная установка,

брак,

психологическое
исследование,

личностные качества,
поведение,

чувства,

семья.

В статье рассматриваются научные исследования о

наличии психологических знаний для предотвращения

негативных психологических ситуаций. Освещаются
знания о правильной организации баланса в семейных

отношениях у молодежи.

Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashga alohida e’tibor qaratilishi hozirgi davrning

eng ustuvor vazifalaridan biridir. Respublikamizning barcha hududlarida olimlar

tomonidan oila va nikohga doir ko‘plab ilmiy tadqiqotlar amalga oshirilmoqda. Ma’naviy

yetuklik yoshlarda oilaviy hayot tarzi haqidagi tushunchalarni anglab yetish, oilaviy
munosabatlar madaniyatining shakllanishi, uy-

ro‘zg‘or ishlarini yurita bilish, oila

osoyishtaligini ta’minlash, bo‘sh vaqtini to‘g‘ri tashkil etish kabi masalalarni o‘zida
ifodalaydi. Oila qurishda ijtimoiy jihatdan tayyor bo‘lish deganda oilaning jamiyatda
tutgan o‘rnini, uning ijtimoiy vazifalarini, oila qurish, farzandli bo‘lish, ularni tarbiyalash
mas’uliyatlarini, oila a’zolari bilan o‘zaro yaxshi munosabatda bo‘lish, muomala
madaniyatiga ega bo‘lish, oila tinchligi va farovonligini ta’minlash zarurligini anglab
yetish tushuniladi. An’anaviy tayyorgarlik esa, ajdodlarimizdan meros bo‘lib qolgan
qadriyatlar, ularni bugungi kun talabi bilan uyg‘unlashgan holda oilaviy hayotni

mustahkamlashdagi, farzandlarni tarbiyalashdagi ahamiyatini anglab yetish va hayotga
tatbiq eta olishdir. Oila qurishga huquqiy jihatdan tayyorgarlik oila qurish yoshi, oila
mulki, er-xotin va ota-onalik, farzandlik huquqlari va majburiyatlari haqidagi huquqiy
bilimlar va huquqiy madaniyatning yetarli darajada mavjudligini ifodalaydi. Oilaviy

munosabatlarda do‘stlik, or

-nomus, qadr-

qimmat tuyg‘ularini o‘z o‘rnida qo‘llay olish va

eng oliy tuyg‘u sevgi, nikoh va oilaviy munosabatlar haqidagi g‘oyalarni shakllantirishga
yordam beradi. Oilaning psixologik muhiti o‘z navbatida oila ma’naviyatiga bog‘liq bo‘lib,

unda ishtirok

etuvchi har bir oila a’zosi, oilaning psixologik ma’naviy iqlimiga o‘z ta’sirini

ko‘rsatmasdan iloji yo‘q.Bularning barchasi juda qimmatli, ammo hozirgi davrda bunday
bilimlarni o‘zlashtirishning tabiiy mexanizmi biroz yetarli darajada emas.

Shunday ekan,

yosh avlodni alohida tarbiyalash ham muhim o‘rin egallamog‘i lozim. Demak, yoshlarni

oilaviy hayotga tayyorlash ota-

onalar, o‘qituvchilar, madaniyat va ommaviy axborot

vositalari bilan har tomonlama tashkil etiladigan ma’lumot,bilim va ko‘nikmalar

majmuas

idir. O‘z navbatida ularning turmushga bo‘lgan munosabatini shakllantirishning

o‘ziga xos xususiyatlari, turmush qurishga yo‘naltirilganligi bilan bog‘lanadi. Oila nima
uchun insonga kerak? Bu savolga har bir shaxs o‘ziga xos ichki mazmunga ega bo‘lgan

hol

da javob beradi. Yoshlar tarbiyasida ishtirok etgan oila a’zolar

- onasi, otasi, aka-uka,

opa-singillari, bobo-buvilari, amakilari va xolalarining xatti-harakatlarini inobatga olgan
holda fikr yuritadi. Yangi turmush qurgan yigit va qiz turmush qurgandan keyin oila

birinchi navbatda o‘zi va uning xotini, keyin bolalari bo‘lib tuyuladi.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

05 (2023) / ISSN 2181-1415

556

Oilaning ko‘p jihatlari shaxs uchun turli xil ma’nolarga ega. Oila insonda to‘liq

psixologik va fiziologik qulaylikni ta’minlaydi, “hissiy boshpana” funksiyasini bajaradi.

Oil

ada inson o‘zining qadr

-

qimmatini his qiladi va ko‘plab insoniy xislatlarni namoyon

etadi. Bu dunyoda har bir insonning yashashi juda qisqa vaqt davom etadi shu sababdan

qachon vafot etishini hech kim bilmaydi.Oilada shaxsiy fazilatlarining o‘ziga xosligid

a

turli xil fikrlar namoyon bo‘ladi. Birinchidan, adashib qolishdan qo‘rqish, e’tiborsiz qolish
va ikkinchidan, yolg‘izlikni yengish, qadrli, sevimli va almashtirib bo‘lmaydigan bo‘lish
istagidir. Inson o‘zini qanchalik qadrli his qilsa, yolg‘izlikni yengi

sh uchun shunchalik

imkoniyat va kuchga ega bo‘ladi. Hamma inson sevimli bo‘lishni istaydi. K.

Yung ruhiy

buzilishlar va kasalliklarning jiddiy sababi “ruhiy energiyani blokirovka qilish”dan
yuzaga keladi, deb izohlab o‘tadi. Bu inson qiyinchiliklardan uzoqlashib, o‘z hayotiy
da’vatini bajarmaganida sodir bo‘ladi. Oiladagi sevgi esa yolg‘izlikdan xalos qiladi, insonni
to‘liq (nafaqat jismonan, balki jinsiy jihatdan) qabul qilishga imkon beradi. Aynan oila
inson o‘zini namoyon qilishi uc

hun barcha imkoniyatlarni taqdim etadi. Sevilish

zaruratidan tashqari, har bir insonning o‘zi ham sevishga intiladi. Yoshlikda turmush

qurishga qaror qilish yoshlarning uzoq muddatli ruhiy va jismoniy yaqinlikni orzu qilish
istagidan ham kelib chiqadi. Bu joyda oila nikoh vazifasini bajaradi, insonparvarlik va

muhabbat tuyg‘ularining namoyon bo‘lishi uchun imkoniyatlar yaratadi.

Nikohga oid psixologik bilim

bu yoshlarning turmush qurishdan oldin

birgalikdagi hayotining birinchi yillarida eng muhim qadriya

t yo‘nalishi bo‘lib namoyon

bo‘ladi. Vaqt o‘tishi bilan er

-

xotin o‘rtalarida farzand ko‘rish, ota

-

ona bo‘lish istagi paydo

bo‘ladi. Bu ehtiyoj onalik va otalik shakllarida amalga oshiriladi. Oila uchun, har bir
turmush o‘rtog‘i uchun otalik va onalikning i

jtimoiy-

psixologik jihati, ya’ni kattalar o‘z

zimmasiga oladigan zurriyotlarni asrab-

avaylash va tarbiyalash mas’uliyati muhim

ahamiyatga egaligini his eta boshlaydi. Bundan tashqari, oilaviy hayotning qulayliklari

ham birgalikda ro‘zg‘or yuritishda namoyon bo‘ladi. Oilaviy hayot insonga doimiy va
ishonchli sherik bilan muntazam jinsiy hayotni ta’minlaydi, bu esa hayotda muhim

ahamiyatga egadir. OITS va turli xil kasalliklarning kuchayib borayotganligi oilaviy jinsiy
hayotdan qoniqmaslikdandir. Oila jamiyat uchun nima uchun zarur? Tayanadigan

odamga ega bo‘lish; maslahat qiladigan kishiga ega bo‘lish; fikri qadrlanadigan odam
bo‘lishi; sizni qiyinchilikda qoldirmaydigan odam borligi uchun; haqiqatan ham yaxshi
bo‘lgan odamga ega bo‘lish. Oilaviy munosabatlarda bir xil qadriyatlarga ega bo‘lgan

juftliklar barchasi birgalikda oilaning siyosiy, iqtisodiy, texnologik, iqlimiy va boshqa
ehtiroslar hayotning murakkabliklari dunyosida xavfsiz boshpana sifatidagi qiyofasini
yaratadi. Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashning yana bir ajralmas jihati bu bolalarga

e’tibor berishdir. Oliy ta’lim tizimida tahsil olayotgan talaba yoshlardan oila haqidagi
tushunchalarni bilish uchun quyidagi so‘rovnoma o‘tkazilganda ko‘plab javoblarga
ahamiyat berildi. Bolalarni tug‘ish va t

arbiyalash uchun oila muhiti zarur ekanligi haqida

70%dan ortig‘i ma’qulladi. Deyarli 42%i oilani dam olish va sog‘lomlashtirish joyi deb
biladi. Keyingi o‘rinlarda o‘z

-

o‘zini anglash va ijtimoiy mavqega ega bo‘lish uchun zarur

bo‘lgan jihat 55,2%. Oila haqidagi g‘oyalarga nima ta’sir qiladi, degan savolga, bolalarning
aksariyati, deyarli 75% “ota

-

onalarining namunasi” deb javob berdi. “Qo‘shnilar,

qarindoshlar, do‘stlarning oilaviy hayoti” ikkinchi o‘rinda, “filmlar, seriallar” esa kuchli

uchlikni egalladi. Oilaviy munosabatlarda sadoqat hamma narsadan qimmatroq.Bu javob

barcha so‘rov ishtirokchilari orasida birinchi o‘rinda turadi. Turli xil ta’lim

muassasalaridagi talabalarning kelajakdagi oilaviy turmush haqidagi fikrlari turlichadir.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

05 (2023) / ISSN 2181-1415

557

Ammo ko‘pchilik yos

hlar uchun hissiy va psixologik moslik muhim ekanligini alohida

ta’kidladi. Yoshlar bilan so‘rovnomada yigit va qizlar juft tanlashda qizlar yigitning

muvaffaqiyatli va moddiy boyligi muhimroq ekanligi, yigitlar uchun chiroyli, ishonchli va
vafodor hamrohn

i ko‘rishni orzu qilishlari bilan xulosaga kelindi. Mustahkam oilani

yaratish oson emas, uni saqlab qolish undan ham qiyin bo‘lib, ko‘plab pedagogik

-

psixologik bilimlarni bilishni talab etadi.

Oilaviy hayotga oid bilimlarni quyidagicha tarzda ifodalanadi.
1. Axloqiy sifatlarning shakllanishi

shaxsning turmush o‘rtog‘i, bo‘lajak

farzandlariga nisbatan yangi vazifalar tizimini o‘z zimmasiga olishga tayyorligi haqidagi

bilimlarni egallash. Ushbu jihatning shakllanishi, er-

xotinlar o‘rtasidagi

rollarni

taqsimlash bilan bog‘liq bo‘ladi.

2. Shaxslararo muloqot va hamkorlikka tayyorlik.

Oila kichik guruh bo‘lib, uning

normal ishlashi uchun turmush o‘rtoqlarning hayoti ritmlarining uyg‘unligi talab qilinadi.

3. Oilaviy hayotga nisbatan fidoyilik qobiliyati. Bunday his qilish qobiliyati, birinchi

navbatda, mehribon insonning fazilatlari va xususiyatlariga asoslangan tegishli faoliyat

qobiliyatini o‘z ichiga oladi.

4.

Insonning ichki dunyosiga kirib borish bilan bog‘liq bo‘lgan sifatlarning

mavjudligi

empatik kompleks.

Bu jihatning ahamiyati shundaki, nikoh o‘z tabiatiga

ko‘ra, insonning shaxs sifatida sayqallanishi tufayli chinakam psixologik xususiyatga ega
bo‘ladi. Shu munosabat bilan nikohning psixoterapevtik funksiyasining roli oshadi, uning

muvaffaqiyatli amalga oshirilishi hissiy dunyosiga empatiya qobiliyatini rivojlantirish
orqali yordam beradi.

5. Shaxsning his-

tuyg‘ulari va xatti

-harakatlarining yuqori estetik madaniyati.

6. Konfliktlarni konstruktiv tarzda hal qilish, psixika va xatti-harak

atlarni o‘z

-

o‘zini

tartibga solish qobiliyati. Shaxslararo nizolarni konstruktiv tarzda hal qilish qobiliyati,

ulardan turmush o‘rtoqlarning shaxslararo munosabatlarini rivojlantirish uchun
foydalanish yangi turmush qurganlarning o‘zaro moslashuvi jarayoni

da hal qiluvchi

hisoblanadi. Sog‘lom oilani shakllantirish uchun aniq ifodalangan oilaviy qoidalarni bilish
zarur bo‘lib, oila ichidagi oila a‘zolar o‘rtasidagi ishonchsizlik his qilmasdan boshqalar
bilan solishtirish, shaxsiy va ijtimoiy me’yorlarni o‘rna

tish uchun juda muhimdir. Oila

a’zolarining makonga ega bo‘lishida odatda, oila tizimi oilaning ikki yoki hatto uch
avlodini o‘z ichiga oladi. Shu bilan birga, keksa avlod o‘zining hurmatga sazovor bo‘lishini
istaydi. Shu orqali sog‘lom oila yaqinlik, sevgi, shuningdek, insoniy tuyg‘uga asoslangan

kuchli shaxslararo munosabatlarda ishtirok etishi mumkinligidan dalolatdir. Oilada ruhiy

psixologik muhitning buzilishi ruhiy zo‘ravonliklar yuzaga kelishidan ham dalolatdir.
Nosog‘lom oilaning ko‘rsatkichi sifati

da qaraladigan xatti-harakatlar namunalarini har

bir “oddiy” oilada topish mumkin –

haqiqatan ham jiddiy farqlar salbiy belgilar va

muammolarning intensivligi, turli xil fobiyalar bilan to‘lib

-toshgan, barcha

patologiyalardan qochishga harakat qiladigan oilalar odatda ushbu jarayonda

qiyinchilikka yuz tutadi. O‘zaro hamjihat oilada ota

-

onalar, go‘yo oilaning tayanchi bo‘lib,

bolalar uchun xavfsizlik hissini ta’minlaydi. Biroq, sog‘lom oila ota

-onaning farzandlar

ustidan hukmronligiga emas, balki birinchisining mustahkamligi ikkinchisining

xavfsizligini ta’minlashiga asoslanadi. Bu kuch aniq e’tirof etilgan va shubhasiz bo‘lganligi

sababli, ota-

onalar har doim bolalarga ham, o‘zlariga ham uning mavjudligini ochiq

namoyon qilishlari va doimiy ravishda isbotlas

hlari shart emas. Turmush o‘rtoqlar

o‘rtasidagi munosabatlar barcha oila ichidagi o‘zaro munosabatlarning psixologik


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

05 (2023) / ISSN 2181-1415

558

markazi hisoblanadi. Oila ichidagi bo‘linishlarga olib kelmasligi uchun oila a’zolarda turli

xil reaksiyalarni keltirib chiqaradi. Oila ich

idagi barqarorlikning qimmatli omili bo‘lib

asosan hissiy darajadagi iliq munosabat xizmat qiladi. Oilada er va xotin, odatda, bolalar
bilan ota-onalik majburiyatlarini bajarishlari lozimdir. Shaxsning shakllanishida birinchi
navbatda ota-ona va bola munos

abatlarining ahamiyatini ta’kidlagan holda nikohning

gender rollarining o‘zgarishi bilan bog‘liqdir. Oilaviy munosabatlarda yaqin kishining his

-

tuyg‘ularini baham ko‘rish qobiliyati –

bu ayollar uchun eng muhim xususiyat bo‘lib,

erkaklar tomonidan kutiladi

gan e’tibordir, ammo bunday xususiyatlar, aslida, muloyim

va yumshoq bo‘lishni qiyinlashtiradigan zamonaviy inson dunyosining bir qismi emas

albatta. Nikoh uchun barqarorlikka erishishning eng muhim jihatlaridan biri oilada
axloqiy-psixologik muhit va umum

insoniy qadriyatlarga yo‘naltirilganlik bilan birgalikda

ma’naviy

-madaniy bilimlarning zarurligidir.

Oilada shakllanayotgan har bir yosh avlod oiladagi psixologik muhitni aks

ettiradiki, undagi o‘zgarishlar oiladagi an’analarning o‘zgarishi bilan ham bog‘liq bo‘lishi
mumkin. Bu esa o‘z navbatida oila a’zosining ma’naviy qiyofasiga ta’sir etmasdan
qolmaydi. Oilaning o‘ziga xos xususiyatlarini undagi ma’naviy qiyofani tahliliga to‘xtalib
o‘tadigan bo‘lsak, quyidagilar namoyon bo‘ladi. Har bir oila o‘zining i

jtimoiy muhitdagi

o‘rni ta’sir kuchiga qarab ma’naviy jihatdan yuqori saviyali, o‘rta saviyali va past saviyali
turkumlarga ajratiladi. Bunda oilaning avvalgi ajdodlariga bo‘lgan munosabatidan tortib,
to kelajak avlodiga bo‘lgan munosabati hisobga olinadi.Bundan tashqari oila a‘zolarning

bir-

biriga bo‘lgan munosabatlari hamda oila an’analarni tashkil etishdagi faoliyatlari ham

hisobga olinadi. Oila muhiti

bu qandaydir alohida uzib olingan tarbiya vositasi

emasdirki, balki oila a’zolarning har taraflama ta

shkil etilgan tarbiyaviy ish natijalari,

oilaviy munosabatlarning o‘zaro yuksak axloqiy munosabatlarning yig‘indisi va namunasi
natijasidir. Nikoh va oilaviy munosabatlarning xususiyatlari to‘g‘risida yoshlar
tafakkurida bilimlar mavjud bo‘lib, tegishli hi

s-

tuyg‘ularni rivojlantirish, nikoh va oilaviy

hayotga tayyorgarlik bilan bog‘liq g‘oyalar, qarashlar, e’tiqodlar, fazilatlar va odatlarni

shakllantirishdir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

Sh.M.Mirziyoev, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuniga bag‘ishlangan

tantanali marosimida qilgan maruza.

T., Xalq so‘zi, 2020

-yil, dekabr.

2.

Sh.M.Mirziyoev “Yoshlar forumidagi va ma’naviyat haqidagi” nutqidan

25-dekabr 2020-yil, 18:00, Siyosat.

3.

V.Karimova, Oila psixologiyasi.

T.2010 y

й

4.

O.S.Qodirov. Umumiy

psixologiya // O‘quv qo‘llanma. –

Samarqand, 2022.-250 b.

5.

O.S.Qodirov, Sh.N.Xotamov. Ijtimoiy psixologiya // Darslik.

Samarqand, 2023.-360 b.

6.

WWW: UZA.UZ>society>1-iyun-khol-aro-b...

Библиографические ссылки

Mirziyoev Sh.M. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiya kuniga bag‘ishlangan tantanali marosimda qilgan maruza. T., Xalq so‘zi, 2020 yil dekabr.

Sh.M.Mirziyoev “Yoshlar forumidagi va ma’naviyat haqidagi” nutqidan 25 dekabr 2020 yil, 18:00 Siyosat.

Каримова В. Оила психологияси. – Т.2010 й

O.S.Qodirov. Umumiy psixologiya // O‘quv qo‘llanma. - Samarqand, 2022.-250 b.

O.S.Qodirov, Sh.N.Xotamov. Ijtimoiy psixologiya // Darslik. - Samarqand, 2023.-360 b.

WWW: UZA.UZ>society>1-iyun-khol-aro-b...