Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Integration of social institutions in the upbringing of
children with deviant behaviour
Shaxnoza TAYLAKOVA
1
University of Journalism and Mass Communications of Uzbekistan
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received August 2023
Received in revised form
15 September 2023
Accepted 25 September 2023
Available online
15 October 2023
The study of the multiple aspects of behavioural
abnormalities in school-aged children requires a comprehensive
approach. Biological, physiological, psychological, socio-
educational and socio-economic factors play a key role in
shaping the nature and structure of behavioural responses.
Awareness and understanding of these factors will make it
possible to develop effective methods and strategies of working
with young people aimed at the correction and prevention of
behavioural vices. The article pays special attention to the
integration of efforts of various social institutions.
2181-
1415/©
2023 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol4-iss8/S-pp81-87
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
school children,
education,
media literacy,
delinquency and crime,
social institutions,
behavioural deviance.
Deviant xulq-atvorli bolalarni tarbiyalashda ijtimoiy
institutlar faoliyati integratsiyasi
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar:
maktab yoshidagi bolalar,
taʼlim
-tarbiya,
mediasavodxonlik,
huquqbuzarlik va
jinoyatchilik,
ijtimoiy institutlar,
xulq-
atvorning og‘ishi.
Maktab yoshidagi bolalar orasida xulq-
atvor og‘ishi kelib
chiqishining biologik, fiziologik, psixologik, ijtimoiy-pedagogik,
ijtimoiy-
iqtisodiy omillarini o‘rganish, shu asosda yoshlar bilan
ishlash va xulqidagi illatlarni bartaraf etish mexanizmlarini
takomillashtirish uchun muayyan tizimni yaratish maqsadga
mosdir. Maqolada mazkur tizimni yo‘lga qo‘yishda i
jtimoiy
institutlar faoliyati integratsiyasi haqida so‘z yuritilgan.
1
PhD, Docent, The University of Journalism and Mass Communications of Uzbekistan. E-mail:
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
08 (2023) / ISSN 2181-1415
82
Интеграция деятельности социальных институтов в
воспитании детей с девиантным поведением
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
школьники,
образование,
медиаграмотность,
правонарушения и
преступность,
социальные институты,
поведенческие девиации.
Исследование многочисленных аспектов отклонений
поведения
у
детей
школьного
возраста
требует
комплексного подхода. Биологические, физиологические,
психологические, социально
-
педагогические и социально
-
экономические факторы играют ключевую роль в
формировании характера и структуры поведенческих
реакций. Осознание и понимание этих факторов позволит
разработать эффективные методики и стратегии работы с
молодежью, нацеленные на коррекцию и предотвращение
пороков поведения. Особое внимание в статье уделяется
интеграции усилий различных социальных институтов.
KIRISH
Insonning xulq-
atvori, uning psixologik holati bilan bog‘liq masala ijtimoiy
pedagogikada dolzarb muammolardan sanaladi. Bu sohada ilmiy izlanishlar olib borgan
ko‘plab olimlar insoning tug‘ilishidan boshlab shakllanishi, rivojlanishi bilan bog‘liq
bo‘lgan jarayonlarni, hodisalarni tadqiq etish asosida inson xarakteridagi murakkab
jihatlarni kashf etgan. Inson xulq-
atvorining og‘ishi, buzilishi bilan bog‘liq muammolar
psixologiya fani bilan bir qatorda ijtimoiy pedagogika oldiga ham qator vazifalarni qo‘yadi.
Og‘uvchi xulq (deviant, lot. deviatio
-
og‘ish) deb, kishining qilmishlari,
faoliyati turi odatiy,
umumeʼtirof etilgan meʼyorlardan farq qiladigan yoki u o‘zi aʼzosi bo‘lgan jamiyat
tomonidan qabul qilingan meʼyorlarga mos kelmay, barqaror ravishda ularning ijtimoiy
meʼyorlaridan og‘ishida namoyon bo‘ladigan axloqqa aytiladi. Devi
ant axloqning turlariga
jinoyatchilik, ichkilikbozlik, giyohvandlik, o‘z
-
o‘zini o‘ldirish, daydilik, ruhiyatning
buzilishi kabi salbiy xarakter xususiyatlari kiradi. Bizningcha, maktab yoshidagi bolalar va
o‘smirlarning xulq
-atvoridagi buzilishlarni korreksiyalash, ularni jamiyatda belgilangan
hayotiy normalarga moslashtirish muammosi pedagoglar, psixologlar, ijtimoiy institutlar
(oila, mahalla, taʼlim muassasasi), ichki ishlar idoralari vakillari hamkorligida amalga
oshiriladigan pedagogik jarayondir [6].
METODOLOGIYA
Xulq og‘ishiga ega bo‘lgan bolalar va o‘smirlar o‘rtasida olib boriladigan tarbiyaviy
tadbirlarning samaradorligi ularda faol hayotiy pozitsiyani shakllantirish, o‘quvchi va
o‘qituvchi o‘rtasida o‘zaro yaqinlik va sog‘lom munosabatni o‘rnatishga bog‘liqdir. Shuning
uchun o‘qituvchining berayotgan eʼtiborini, ularni o‘zlariga yaqin olayotganligini va
yordam bermoqchi bo‘layotganligini o‘smir har doim his qilib turishi muhim hisoblanadi.
Bolalar va o‘smirlarda xulq og‘ishining oldini olishning mu
him shartlaridan yana biri
tarbiyaviy jarayonda maktab va oila hamkorligini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishdir. Ko‘pincha oila
va maktab hamkorligi, ota-
ona va o‘qituvchi o‘rtasidagi o‘zaro aloqaning uzilishi tufayli
bolalar va o‘smirlar tarbiyasini, ayniqsa, ular xulqidagi o‘zgarishlarni tuzatish ancha qiyin
kechadi. Bu yo‘lda, bolalar va o‘smirlarda deviant xulq atvorning vujudga kelishiga taʼsir
o‘tkazgan omillarni ham eʼtiborga olish lozim. Tashqi va ichki omillar, biologik va ijtimoiy
omillarning inson shakllan
ishidagi ahamiyatini inkor etib bo‘lmaydi. Shu bois, xulq
og‘ishining sabablarini aniqlash va bartaraf etish, sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan salbiy
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
08 (2023) / ISSN 2181-1415
83
oqibatlarning kelib chiqishini kamaytiradi. Yoshlar bilan olib boriladigan taʼlim
-tarbiya
ishlarining muvaffaqiyati
–
ularning yosh va psixologik xususiyatlarini bilish hamda
hisobga olishga bog‘liqdir. Bu holat burilish davri hisoblangan o‘smirlik davrining alohida
xususiyati bo‘lib, u ko‘proq shu davrga taalluqlidir. O‘smirlik davrini o‘tish davri, deb
yuritadi
lar, chunki ana shu davrda bolalikdan kattalik holatiga o‘ziga xos o‘tish davri
yuzaga keladi. Bu jarayonda o‘smirning xulqdan og‘ishmay shaxs sifatida kamol topishida
ijtimoiy institutlar, xususan, oilaning o‘rni va ahamiyati katta. Zero, jamiyat taraqqiy
oti
unda yashayotgan oilalar mustahkamligi bilan belgilanadi. Qaysi bir davlatda oilalar
barqaror bo‘lsa, shu davlatning ravnaq topishi ham oson kechadi. Oila jamiyatning asosiy
tayanchi, mamlakat va millat taraqqiyotini taʼminlashning muhim omili hisoblan
adi.
Chunki jamiyat, mamlakat va millat taraqqiyotida bo‘ladigan munosabatlar dastlab oilada
tarkib topadi. Shu sababli oilani mustahkamlash va uning farovonligini taʼminlash davlat
siyosati darajasiga ko‘tarilgan bo‘lib, ustuvor vazifalar qatorida turadi.
Bugungi kunda ijtimoiy-iqtisodiy yuksalishlar sari intilayotgan jamiyatda
qadriyatlar mazmunini saqlab qolish, unga oilada, ijtimoiy jamiyatdagi munosabatlar va
faoliyatlar davomida qatʼiy amal qilish turli yot g‘oyalar taʼsiriga tushib qolish, o‘zligini
yo‘qotish va tubanlashish kabi salbiy illatlarni oldini olishda samarali yo‘l hisoblanadi.
O‘smirlik yoshi shunday psixologik tabiatga egaki, turli xulq
-atvor va turmush tarziga
taqlid qilishga, o‘z imkoniyatlarini namoyon etishga moyillikni namoyon etadi.
Uzluksiz
taʼlim tizimining barcha yo‘nalishlarida yoshlarni tarbiyalash bo‘yicha oila, mahalla va
taʼlim muassasalari hamkorligi tizimi shakllantirilgan. Biroq, bu tizim qanchalik o‘zini
oqlamoqda? Tizimning “Ota
-
onalar” kengashlari, “Mahalla va taʼlim muassasasi”, “Otalar
majlisi” va hokazo kengashlarning faoliyati talabga javob beradimi?
O‘rganish va ilmiy monitoring natijalari shuni ko‘rsatmoqdaki, bu boradagi ishlar
samaradorligini yangi bosqichga ko‘tarishda, avvalo, ommaviy axborot vositalarida “Oila
-
mahalla-
taʼlim muassasasi” hamkorligini aniq ochib beruvchi ko‘rsatuv va eshittirishlarni
ko‘paytirish lozim.
Mahalla faollarining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
•
mahalla hududida yoshlar va voyaga yetmaganlar orasida huquqbuzarliklarning
oldini
olish yo‘nalishida tegishli muassasalar bilan hamkorlikda har chorakka
mo‘ljallangan ish rejasini ishlab chiqadi va shu asosda tadbirlarni amalga oshiradi;
•
mahallada voyaga yetmaganlar orasida xulq-
atvorning og‘ishi, huquqbuzarlik va
jinoyatchilikning oldini olish, unga qarshi kurashda profilaktika inspektori bilan
hamkorlikda tarbiyaviy-profilaktik ishni amalga oshiradi;
•
huquqbuzarlik va jinoyat sodir etishga moyilligi bor yoshlarni aniqlaydi, ular
bilan tarbiyaviy-profilaktik ishlar olib boradi;
mahallada
voyaga
yetmaganlar
orasida jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida huquq tartibot idoralari,
huquqshunoslar, taniqli sportchilar, sanʼatkorlar, psixologlar, tibbiyot xodimlari
ishtirokida tarbiyaviy aksiyalar, uchrashuvlar, davra suhbatlarini tashkillashtiradi;
•
yoshlarni vatanparvarlik, milliy g‘urur, milliy ong, milliy istiqlol g‘oyasi, milliy
odob, fidoiylik fazilatlarini shakllantirishda taʼlim muassasalari, ijodiy tashkilotlar va
boshqalar bilan hamkorlik qiladi;
•
yoshlar orasida har
qanday ko‘rinishdagi separatizm va ekstrimizmga qarshi
qaratilgan bilim beruvchi qiziqarli uchrashuvlar tashkil etadi; ota-onalarga
farzandlarning tarbiyasi bo‘yicha amaliy
-
uslubiy yordam ko‘rsatadi. Farzand tarbiyasiga
salbiy taʼsir ko‘rsatuvchi ota
-ona
larni mahallada faollar o‘rtasida muhokama qiladi;
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
08 (2023) / ISSN 2181-1415
84
•
mahalla hududida istiqomat qiluvchi yoshlarning qanchasi umumtaʼlim
maktablarining 9-11-
sinflarni bitirganini, shundan nechtasi o‘quv yurtlariga o‘qishga
kirgani, nechtasi ishga joylashgani,
qanchasi o‘qimay
-ishlamay yurganligi haqida
maʼlumotlarga ega bo‘lishi lozim.
V
oyaga yetmaganlar tarbiyasida eng asosiy bo‘g‘in bu oila, yaʼni ota
-ona. Shu bois
ham, ota-
onalar tomonidan jamoatchilik nazorati asosida taʼlim muassasalaridagi taʼlim
-
tarbiya
sifatini o‘rganish va ularni yanada takomillashtirishga doir tadbirlarni amalga
oshirishdagi faolligini oshirish, o‘quvchilar davomatini yaxshilash bilan bog‘liq
masalalarda mahallaning o‘rnini kuchaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni
ommaviy a
xborot vositalari orqali tanqidiy tahlil etish, voyaga yetmaganlar o‘rtasida
nazoratsizlik, jinoyatchilik, huquqbuzarlik yoki boshqa noijtimoiy harakatlar sodir
etilishining oldini olish bo‘yicha keng tushuntirish ishlarini amalga oshirish, “Ota
-onalar
uni
versiteti” faoliyatini yanada kuchaytirish, suhbatlar va savol
-javob kechalarini tashkil
etish orqali keng jamoatchilikka yetib borish kabi masalalarni kuchaytirish maqsadga
muvofiqdir.
Maktab yoshidagi bolalarning maʼnaviy barkamolligini, g‘oyaviy dunyoqa
rashini
takomillashtirishda taʼlim
-
tarbiya, targ‘ibot va tashviqotning samarali usul va
vositalaridan oqilona foydalanish bugun davr talabiga aylanib ulgurgan. Bu jarayonni
amalga oshirish mexanizmlarini quyidagicha ifodalash mumkin:
•
maktab yoshidagi bolalarda ommaviy axborot vositalari asosida hayotni teran
anglashi, muammolarni chuqur tahlil etishi orqali ularni mazkur muammolarni hal etishga
qiziqtirish, muhokamalarda erkin qatnashishga o‘rgatish va fikrlar xilma
-xilligini
taʼminlash;
•
maktab yoshidagi bo
lalarni jamiyatda ro‘y berayotgan yangilanishlarni to‘g‘ri qabul
qilishga, uning faol ishtirokchisiga aylanishiga, istiqboldagi rejalarni amalga oshirish
uchun tayyor turishga o‘rgatish, tarbiyaviy ishlarning negizini tashkil etish;
•
maktab yoshidagi bolala
rni turli maʼnaviy tahdidlardan asrash uchun u
shakllanayotgan ijtimoiy muhitning taʼsirini kuchaytirish lozim, xususan, oila muhitida
ota-
onalarning masʼuliyatini yanada oshirish;
•
maktab yoshidagi bolalar maʼnaviyatini shakllantirishda barcha taʼlim
muas
sasalarining o‘qituvchilari, sinf rahbarlari hamda maʼnaviy
-
maʼrifiy ishlar bo‘yicha
rahbar o‘rinbosarlarining rolini oshirish;
•
taʼlim dargohlarida o‘quvchilarning yoshiga qarab g‘oyaviy
-
huquqiy, maʼnaviy
-
maʼrifiy savodxonlikni rivojlantirishning pedagogi
k-psixologik dasturlarini ishlab chiqish,
maktab yoshidagi bolalarda ezgu fikr, yetuk g‘oyalarni shakllantirish ishlarini uzluksiz
tarzda olib borish, o‘qituvchi
-pedagoglarning ham bu boradagi bilimlarini muntazam
chuqurlashtirib borish zarur;
•
maʼnaviyat, adabiyot darslari, darsdan tashqari mashg‘ulotlar, guruh axborot
soatlarida vatanparvarlik ruhidagi videoroliklar, giyohvandlikka, kashandalikka qarshi
sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qiluvchi yuksak tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan
videolavhalar bilan do
imo o‘quvchilarni tanishtirib borish maqsadga muvofiqdir;
•
jismoniy tarbiya va sport sohasiga katta eʼtibor qaratish, uni har bir yoshning
kundalik ehtiyojiga aylantirish, maktab yoshidagi bolalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli
tashkil etish va jismonan baquvvat qilib tarbiyalash maqsadida jismoniy tarbiya va sport
to‘garaklari faoliyatini keng yo‘lga qo‘yish lozim, shuningdek, maktab yoshidagi bolalar
orasida “Sport” kanali dasturlarini kuzatib borishni targ‘ib qilish, sport musobaqalarini
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
08 (2023) / ISSN 2181-1415
85
o‘zaro tahlil qilishga, mulohaza yuritishga ularni o‘rgatish, sport turlariga bo‘lgan
motivatsiyani rivojlantirish, jismoniy tarbiya darslarida uyushtirilgan futbol, voleybol,
basketbol o‘yinlarini o‘tkazilishida “Yosh sport sharhlovchi” larini tarbiyalash maqsadga
muvofiqdir;
•
jamoatchilik fikrini shakllantirish, qonunlarni xalqimiz, avvalo, yosh avlod ongiga
singdirishda ommaviy axborot vositalarining o‘rnini hisobga olib aytish mumkinki,
matbuot sahifalarida maktab yoshidagi bolalarni ezgu g‘oyalarga daʼvat eta oladigan
hayotiy mavzulardagi materiallarni chop etib borish, turli xil fikrlar, rang-barang qarash
va yondashuvlarga keng yo‘l ochib berish zarur;
•
ommaviy axborot vositalari hayotimizda yuz berayotgan yangilanish va
o‘zgarishlarga maktab yoshidagi bolalarning ongli munosabatini uyg‘otishlari, xolislik va
haqqoniyat tamoyillariga tayanib faoliyat olib borishlari lozim; [4]
•
uyali aloqa vositalari orqali axloqsizlikni namoyish va targ‘ib qiluvchi
materiallarning tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik, maktab yoshidagi bolalarimiz
ni bunday
illatlar domiga tushib qolishining oldini olish, oq va qorani, yaxshi va yomonni, axloq va
tubanlikni farqlash ko‘nikmasini ularda shakllantirish bugungi kunning kechiktirib
bo‘lmaydigan dolzarb vazifalaridandir.
X
ulq og‘ishi kuzatilgan o‘smirla
rda hayotiy axloq normalarini shakllantirish, ularni
hayotga to‘g‘ri yo‘naltirish hamda o‘zlariga nisbatan ishonch hissini kamol toptirish lozim.
Buning uchun ularga yoshi, kuchi, qobiliyati va qiziqishlarini hisobga olib, topshiriqlar
berish ayni muddaodi
r. Bu borada, ularni o‘zlari qiziqqan to‘garaklarga jalb qilish yaxshi
natijalar beradi. Eng muhimi shundaki, tarbiyalanuvchilarga ishonish kerak. Ularning
qo‘lidan keladigan ishlarga eʼtiborli bo‘lib, uni bajarganidan keyin rag‘batlantirish
muhimdir. Yosh
larni bemani hordik chiqarish va ko‘cha
-
ko‘yda maqsadsiz yurishlariga
yo‘l qo‘ymaslik lozim. Buning uchun maktab, mahalla, jamoatchilik va oila hamkorligini
mustahkamlash, bolalarni iloji boricha maktabdan tashqari muassasalarga jalb etish
choratadbirlarin
i qo‘llash kerak.
Deviant xulq-
atvorli bolalar tarbiyasi individuallikni talab qiladi. Xulq og‘ishi
kuzatilgan har bir bola uchun tarbiya berishning optimal strategiyasini belgilab olish
maqsadga muvofiqdir. Individual yondashuv, yaʼni har bir bolaga maxsus pedagogik taʼsir
o‘tkazish mazkur muammoni hal etishda ijobiy samara beradi [5].
Bundan tashqari, tarbiyaviy taʼsirning bolani har tomonlama rivojlantirishga
yo‘nalganligi, darsdan tashqari faoliyatlarda bolalarga mustaqil faoliyat (o‘qish, o‘yin,
mehnat, xobbi va qiziqishlari)ni tanlash uchun imkoniyat berish, har bir bola uchun ularni
aqlan hamda axloqan rivojlanishiga yo‘naltirilgan tarbiyaviy ishlarni tashkil etish
maqsadga muvofiqdir.
NATIJALAR
Bugungi kunda ijtimoiy institutlar xususan, oila, maha
lla va taʼlim muassasalari
voyaga yetmaganlar va yoshlarning ijtimoiy jarayonlardagi faolligini oshirishda, siyosiy
madaniyatini yuksaltirish, ular ongiga istiqlol mafkurasini singdirish, milliy o‘zligi hamda
kelajagini o‘z qo‘li bilan yaratishga qodirligi
ni anglatish, shular qatorida ularning ichki
salohiyatini ro‘yobga chiqarishda hal qiluvchi omil sifatida amaliy faoliyatlarini
kuchaytirmoqdalar. Hozirgi kunda “Oila –
mahalla − taʼlim muassasasi” hamkorligi
konsepsiyasi bugun navqiron avlodni turli xil huquqbuzarliklar, ekstremizm, giyohvandlik,
ommaviy madaniyat kabi illatlardan asrab-
avaylash, bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish,
yoshlarni kasbga yo‘naltirishning muhim omili bo‘lmoqda. “Oila –
mahalla
–
taʼlim
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
08 (2023) / ISSN 2181-1415
86
muassasasi” hamkorligida tarbiyasi og‘ir o‘quv
chi-
yoshlarning darslarga to‘liq
qatnashishi, ularning taʼlim
-
tarbiyasini alohida nazoratga olish, ularning bo‘sh vaqtlarini
to‘garaklar, maʼnaviy
-
maʼrifiy va sport musobaqalariga jalb etish zarurdir.
Shuningdek, umumiy o‘rta taʼlim maktab o‘quvchilari ora
sida huquqbuzarlikning
oldini olish uchun profilaktik xizmat tizimi qo‘yidagi tartibda amalga oshiriladi:
•
profilaktika obʼyektini tanlash;
•
profilaktik metodikani belgilash (ishlab chiqish);
•
diagnostika o‘tkazish;
•
natijalarni tahlil qilish (interpretatsiya);
•
diagnostika tahlili asosida korreksion tavsiyalar va tadbirlar ishlab chiqish;
•
profilaktik xizmat qilish mazmunini belgilash va amalga oshirish (korreksiya va
sog‘lomlashtirish ishlari);
•
qayta diagnostika o‘tkazish, sifat o‘zgarishlarini aniqlash [5].
Jamiyatimizdagi yoshlarni tarbiyalashda optimal uslub va vositalardan foydalanish,
korreksiyalashga yo‘naltirilgan tadbirlarni amalga oshirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida samarali profilaktik ta’minotlarni tuzish va amalga
tatbiq qilishni davr taqozo etadi. Shu bilan bir qatorda o‘quv muassasalarining o‘zida
(imkoniyatlardan kelib chiqqan holda) pedagogik diagnostika va pedagogik korreksiya
markazlarini tashkil qilish va amaliy faoliyat yuritishlariga erishish; pedagogik diagnostika
va korreksiya jarayoni uchun zarur bo‘lgan didaktik ta’minotlarning bashoratini
rivojlantirish zarur.
XULOSA
O‘qituvchining o‘quvchilar bilan muloqoti huquqiy, axloqiy tarbiyaning mu
him omili
hisoblanadi. O‘quvchilar sinf rahbari bilan muloqotga kirishar ekanlar o‘z onglarida
kishilarning xulqlaridagi muayyan namunalarni tasavvur qiladilar va mustahkamlaydilar,
o‘z xatti
-
harakatlari va munosabatlari, axloqiy me’yor va qoidalarini shak
llantiradilar.
Maktab yoshidagi bolalar muloqot jarayonida ongida mustahkamlanib qoluvchi ma’naviy
qarashlar, hislar, me’yorlarni qabul qiladilar, o‘zlashtiradilar, bu esa xulq
-atvordagi ijobiy
holatlarni shakllantirishga ko‘maklashadi. Sinf rahbari tomonidan turli ma’naviy nazorat
shakl, vositalari o‘rnatiladi. Sinf rahbari muloqotning axborot va emotsional jihatlaridan
mohirlik bilan foydalangan holda tarbiya jarayonida uning sifat ko‘rsatkichini
yaxshilashga erishishi mumkin. Sinf rahbarining suhbatni kerak vaqtda u yoki bu
yo‘nalishga burib yubora olishi, zaruriy hayotiy faktlardan ustalik bilan foydalana olishi
ham tarbiya ta’sirchanligini oshiradi.
Maktab yoshidagi bolalar ma’naviyatini shakllantirish ular o‘rtasida turli mavzuda
tadbirlar o‘tkazish va
tushuntirish ishlarini olib borish, suhbat va bahslar, seminar,
konferensiyalar uyushtirish ishlarini takomillashtirish orqali amalga oshiriladi.
Ma’naviy barkamol shaxsni shakllantirish mexanizmi va yo‘llari quyidagilarni o‘z
ichiga oladi:
1. Ta’limni in
sonparvarlashtirishni amaliyotga tatbiq qilish.
2. Maktab yoshidagi bolalarni ma’naviy jihatdan tarbiyalash uzviyligini ta’minlash.
3. O‘qitish jarayoni, auditoriyadan tashqari, mahalla, maktab yoshidagi bolalar bilan
ishlash tashkilotlari tizimi, an’anavi
y tadbirlar, radio, televideniye va boshqa ommaviy
axborot vositalari yordamida ta’lim jarayonining uyg‘unligini ta’minlash.
4. Ma’naviy barkamol shaxsning quyidagi sifatlarga ega bo‘lishi:
−
informatsion madaniyatga, o‘z mustaqil fikriga ega bo‘lishi;
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
08 (2023) / ISSN 2181-1415
87
−
tadbi
rkorlik ko‘nikmalariga egalik va boshqalar.
S
hunday qilib, ta’lim maskanlarida tarbiya ishlari izchil olib borilsagina, yigit va
qizlarda chinakam, barqaror e’tiqodlar shakllanadi. Yoshlarda axloqiy tushunchalarni
oqilona shakllantirish, ularga nojo‘ya xul
q-
atvor, ma’naviyati va ruhiyatiga salbiy ta’sir
qiladigan xatti-
harakatlardan holi bo‘lishga yordam berish, ijtimoiy hayotda uchraydigan
negativ illatlarga zarba berish, ularning ta’siridan yigit va qizlarni asrash pedagogik
diagnostika va korreksiyalashning muhim vazifasi hisoblanadi. Bu esa pedagogik
korreksiyalash metodikalarini ta’lim tizimida to‘g‘ri tashkillashtirishni taqozo etadi.
ФОЙДАЛАНИЛГАН АДАБИЁТЛАР РЎЙХАТИ:
1.
Sh.M.Mirziyoyevning “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish
va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab
-
quvvatlash to‘g‘risida”gi farmoni. Xalq
so‘zi, 2017 yil 6 iyul.
2.
Quronov M. (2013). Bolam baxtli bo‘lsin, desangiz (Ota
-onalar uchun tavsiya).
T.: “Ma’naviyat”, 320 b.
3.
Qosimova N., Toshpo‘latova N. (2014). O‘zbekisto
nda ommaviy axborot
vositalarida bolalar mavzusini yoritishning nazariy va amaliy asoslari. O‘quv qo‘llanma.
Toshkent. 211 b.
4.
Paxrutdinov Sh. (2014). Global axborot jamiyati va mediata’lim. O‘quv
-
uslubiy ko‘rsatma. Toshkent.
5.
Taylakov va boshqalar. (2019). Voyaga yetmaganlar orasida jinoyatchilik va
huquqbuzarlikka moyil o‘quvchilarni tarbiyalashning ijtimoiy
-pedagogik vositalari va
texnologiyalari. Monografiya. III tom. Toshkent: “Navro‘z” nashriyoti, 320 b.
6.
Djurayev R.X., Kuchukbayev F.M., E.M.Azimova, O.F.Sotiboldiyev. (2012).
Ta’lim
-tarbiya jarayonida darsga salbiy munosabatdagi bolalarga nisbatan konstruktiv
ta’sir etish. Maktab pedagog va psixologlari uchun ilmiy metodik qo‘llanma. Toshkent.”
