Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Communicative communication in the development of
managerial competence of specialized personnel
Durdona MUSTAFOEVA
National Research University
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received October 2023
Received in revised form
15 November 2023
Accepted 25 November 2023
Available online
15 January 2024
The article presents the existing work experience, which has
been formed over the years to collect reliable information about
the state of the pedagogical process of specialists of personnel
services of educational institutions, for processing and objective
evaluation, setting goals for management activities, foresight
and planning, selection and placement of personnel, control and
determination of purposefulness about the task, coordination,
trends and dynamics of development. The competence of a
specialist's personnel management includes a system of
knowledge, skills, and other qualities necessary for the
successful solution of organizational tasks. In modern
conditions of the increasing complexity of psychological,
pedagogical, informational, organizational, and managerial
tasks in educational institutions, the managerial literacy of each
teacher or supervisor becomes part of his professional culture.
2181-
1415/©
2023 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol4-iss10/S-pp34-38
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
specialized personnel,
management,
professional development,
skills,
qualification.
Mutaxassis kadrlarning boshqaruvchanlik kompetentligini
rivojlantirishda kommunikativ muloqot
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
mutaxassis kadr,
boshqaruvchanlik,
menejment,
kasbiy rivojlantirish,
ko‘nikma,
malaka,
kommunikativ muloqot.
Maqolada ta’lim muassasalari mutaxassis kadrlarining
pedagogik jarayon holati to‘g‘risida ishonchli axborotlar to‘plash,
qayta ishlash va
ob’yektiv baholash, boshqaruv faoliyati maqsadini
belgilash, oldindan ko‘rish va rejalashtirish, kadrlar tanlash va joy
-
joyiga qo‘yish, jamoa faoliyatini nazorat va tashxis qilish,
muvofiqlashtirish, rivojlanish moyilligi va dinamikasini aniqlash
yillar davomida shakllangan mavjud ish tajribasi keltirilgan.
1
Associate Professor, PhD, National Research University
“
Tashkent Institute of Irrigation and Agricultural
Mechanization Engineers
”.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
10 (2023) / ISSN 2181-1415
35
Коммуникативное общение в развитии управленческой
компетентности специализированных кадров
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
cпециалиpованные кадры,
управление,
менеджмент,
профессиональное
развитие,
навыки,
квалификация,
коммуникативное
общение
.
В статье представлен существующий опыт работы,
который формировался годами для сбора достоверной
информации о состоянии педагогического процесса
специалистов
кадровых
служб
образовательных
учреждений, для обработки и объективной оценки,
постановки
цели
управленческой
деятельности,
предвидения и планирования, отбора и расстановки
персонала, контроля и определения целеустремленности о
задаче, координации, тенденции и динамике развития.
Компетенция
управления
персоналом
специалиста
включает в себя систему знаний, умений и других качеств,
необходимых для успешного решения организационных
задач. В современных условиях возрастающей сложности
психологических,
педагогических,
информационных,
организационных
и
управленческих
задач
в
образовательных
учреждениях
управленческая
грамотность каждого преподавателя или руководителя
становится частью его профессиональной культуры.
KIRISH
Boshqaruv va psixologik-pedagogik bilimlar menejerga odamlar bilan yaxshi
munosabatda bo‘lishga, ular bilan psixologik aloqa o‘rnatishga, agar kerak bo‘lsa, ularga
ta’sir o‘tkazishga, odamlar bilan samarali muloqot qilishga, xodimlarni boshqarishga,
yosh xodimlarni o‘qitishga,
jamoada qulay psixologik muhitni saqlashga, ijobiy muhitni
shakllantirishga va rivojlantirishga yordam beradi.
Pedagogik menejment asoslarini o‘rganish o‘qituvchilar va menejerlar uchun katta
ahamiyatga ega, chunki uning bilimlari ularning boshqaruv madaniyatini shakllantirish
va rivojlantirish, shuningdek, ularni menejment sohasida amaliy qo‘llash uchun zarur
shart-
sharoitlarni yaratishga qaratilgan bo‘lib, ular quyidagilarni o‘z ichiga olishi kerak:
–
boshqaruv jarayonlarining mohiyatini tushunish;
–
menejment va yetakchilikning asosiy tamoyillari va uslublarini, shuningdek,
boshqaruv samaradorligini oshirish yo‘llarini aniq tushunish;
–
ta’lim muassasasini boshqarish uchun zarur bo‘lgan axborot jarayonlari va aloqa
vositalarini bilish;
–
boshqaruv vazifalarini hal qilishning evristik usullarini bilish;
–
odamlarni boshqarish, mutaxassislarni tanlash va to‘g‘ri tayyorlash, odamlar
bilan rasmiy va norasmiy munosabatlarni optimallashtirish bo‘yicha vakolatlar;
–
hozirgi kun talablari va prognoz qilinayotgan o‘zgarishlar asosida o‘z faoliyatini
baholash, tegishli xulosalar chiqarish va malakasini oshirish qobiliyati;
–
tashkilotning tarkibiy xususiyatlarini, xodimlarning xulq-atvorining sabablari va
mexanizmlarini aniq tushunish.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
10 (2023) / ISSN 2181-1415
36
METODLAR
Boshqaruv bilimlari ta’lim tizimidagi menejmentning barcha darajalaridagi
mutaxassis kadrlar uchun quyidagi vazifalarni muvaffaqiyatli hal qilish uchun zarurdir:
–
psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda odamlar bilan aloqa va hamkorlik;
–
zamonaviy boshqaruv usullaridan foydalangan holda odamlarni boshqarish (shu
jumladan kadrlar ishi);
–
o‘qituvchilar va xodimlarni rag‘batlantirish;
–
o‘z
-
o‘zini tarbiyalash, tizimli kasbiy rivojlanish, shaxsiy va kommunikativ
fazilatlarni rivojlantirish.
Bozor iqtisodiyotining yangi sharoitlari ta’lim muassasasini murakkab ijtimoiy
-
iqtisodiy tizim sifatida kasbiy boshqarishni, ta’lim tizimining yetakchi xodimlari bilan
ishlash tizimini mustahkamlashni talab qiladi. O‘z navbatida, bu ta’lim muassasalari va
ularning bo‘limlari rahbarlarining quyidagi talablarga muvofiqligini anglatadi:
–
tashkilotni boshqarish va o‘quv jarayoni sohasidagi menejerlarning vakolatlarini
tizimli ravishda takomillashtirish;
–
ta’lim muassasasi xodimlari bilan ishlashning samarali tizimini yaratish;
–
o‘quv, ilmiy, uslubiy, ijtimoiy va tarbiyaviy ishlar tizimini samarali boshqarish;
–
ta’lim muassasasi boshqaruv xodimlarining shaxsiy ishini rejalashtirish va
tashkil etishni takomillashtirish va ularning ish vaqtidan foydalanish samaradorligini
oshirish.
NATIJALAR
O‘z navbatida, oliy ta’lim muassasasi o‘z ta’lim dasturlarini tashkilot talablari
asosida kommunikativ va kasbiy kompetensiyalarga asoslangan holda qurishi kerakligi
ma’lum. Bunday ta’lim dasturlari asosida o‘qitilgan mutaxassis kadrlarning kompetentligi
tashkilot talablariga mos kelishi lozim. Shu tariqa korxona, ta’lim muassasasi va talaba
o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik zamonaviy mutaxassis shakllanishining asosida yotuvchi
muhim jarayon hisoblanadi. Bunday aloqadorlik korxona hayotidan kelib chiqqan holda
ta’lim dasturlarini tezda takomillashtirish va zamon talabiga mos keladigan yosh
mutaxassislarni tayyorlash imkonini berishi lozim.
Umuman olganda, bugungi o‘zgaruvchan va doimo takomillashib borayotgan
dunyoda boshqaruvning asosiy mezoni
–
o‘zgaruvchan muhitga hozirjavoblik bo‘lishi
lozim. Natijada qaysi korxonalar o‘zgarishlarga tez moslasha olsa hamda o‘z faoliyatini
qisqa fursatlarda qayta qura olsa, ularga yorqin marra kafolatlanadi.
Rahbarlarda kommunikativ kompetensiyalarning shakllanishida muloqotga e’tibor
kabi sifat, ya’ni rahbarning xodimlarning ma’lumotlar bilan ta’minlanish jarayonini
nazorat qilib bora olishi haqida ma’lumot bermoqchimiz. Ushbu kompetensiyaga ega
rahbar: jamoadagi har bir xodimni kelgusi rejalari va faoliyatiga doir sodir bo‘lishi
mumkin bo‘lgan voqea
-
hodisalardan oldindan xabardor bo‘lib borishlarini kuzatib
boradi; boshliqning o‘z rejalarini hamkasblari va boshqa aloqador xodimlar bilan
o‘rtoqlashishini kuzatib boradi; muhim xabarlarni yetkazishda barcha turdagi aloqa
vositalar (ish yuzasidan xat, yig‘ilish, elektron pochta) dan unumli foydalanadi.
Shu jihatdan talqin qilganda, korxona va tashkilotlar innovatsiyalarga doimo ochiq,
ilg‘or fikrlarga boy va kreativ g‘oyalar yarata oladigan kadrlarni kutib qoladi. Shunday
qilib, korxona, OTM va yosh mutaxassisni o‘zaro bog‘lovchi asosiy tushunchalar
kompetensiya va kompetentlik atamalaridan iborat. Bugungi kunda mamlakatimiz ta’lim
muassasalarida o‘quv jarayonining asosiy qismi aynan kompetensiyalarga asoslangan
holda tashkil etilmoqda.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
10 (2023) / ISSN 2181-1415
37
Texnika oliy ta’lim muassasalari mutaxassis kadrlarining boshqaruv
samaradorligini ta’minlovchi quyidagi kompetensiyalar ro‘yxati aniqlandi:
1. Kasbga sadoqat
–
vatanparvarlik, mas’uliyat, burchga sadoqat, ta’limni
rivojlantirish ishtiyoqi, karyerada o‘sishga intilish.
Shaxsning liderlik salohiyati
–
boshqalarga motivatsiya berish, mustaqil qaror
qabul qilish, kommunikativlik, ishontirish qobiliyati.
3. Boshqaruv professionalizmi
–
maqsad qo‘ya olish, vaziyatni tahlil qilish, qaror
qabul qilish, maqsadga erishish yo‘lida ishlarni tashkil qilish, nazoratni amalga oshirish.
4. Tizimli fikrlash
–
vaziyatni tahlil qilish qobiliyati, tizim komponentlari
o‘rtasidagi aloqani topish, global muhitni tasavvur eta olish, tafakkurning
moslashuvchanligi.
1-rasm. Kommunikativ xulqning tashkiliy-pedagogik omillari
Rahbarning kommunikativ qobiliyatlarining samaradorlik darajasi shaxslararo
munosabatlardagi xatti-harakatlari bilan belgilanadi.
Albatta bu jarayon o‘z ichiga
ijtimoiy muhit va uning ta’siri, xodimlardagi shakllangan shaxsiy qadriyatlar va
individual-psixologik xususiyatlar, ochiqlik, hissiylik, ekspressivlik, adekvat ijtimoiy
idrok qila olish qobiliyati, kuzatish, mnemonik qobiliyat va boshqalar kabi shaxsiy
fazilatlarni oladi.
Shular bilan bir qatorda xodimlarni boshqarishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan
to‘siqlar xam mavjuddir, ular:
1. Kommunikativ makonda rahbar tomonidan axborotni idrok etish jarayonida
yuzaga keladigan to‘siqlar.
2.
Muhim qarorlarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni boshqaruv
jarayonining boshqa sub’yektlariga o‘tkazishda yuzaga keladigan to‘siqlar.
3. Kasbiy
faoliyatga
nisbatan
hamda
rahbar
boshqaruv
faoliyatida
boshqaruvchanlik muhitini yaratishda kommunikativ yondashuv masalalarini tahlil etar
ekanmiz, yana bir muhim jihatga e’tiborni qaratish maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz.
Ya’ni ko‘pchilik yosh mutaxassis kadrlar nazariy bilimlar bilan amaliy ko‘nikmalar
o‘rtasida uzilish mavjudligi sababli mustaqil faoliyatning dastlabki kunlaridan boshlab
qator qiyinchiliklarga duch keladilar.
Bu qiyinchiliklarni o‘z mohiyatiga ko‘ra quyidagicha tavsiflash mumkin bo‘ladi:
–
ijtimoiy
qiyinchiliklar:
notanish
muhit
shart-sharoitlari,
shaxslararo
munosabatlar, mehnat jamoasining saviyasi, undagi kishilarning xarakter xislatlari,
jamoaning qadriyatlari, ma’naviyati, an’analari va hokazo;
Kommunikativ xulqning omillari
Adekvat idrok qila olish
Ijtimoiy muhit va xodimlarning shaxsiy qadriyatlari
uyg‘unligi
Ijtimoiy munosabatlar
Intellekt (IQ)
Individual psixologik xususiyatlar
Faoliyatni loyihalashtirish
Boshqaruvdagi kommunikativ
to‘siqlar
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
10 (2023) / ISSN 2181-1415
38
–
bilim va bilishga oid qiyinchiliklar: ta’lim muassasasida olgan bilimlardagi
uzilishlar,
saviyaning
cheklanganligi,
ijodiy
izlanish
faoliyatining
zaifligi,
tashabbuskorlikning yetishmasligi va boshqalar:
–
mutaxassislik bilan bog‘liq o‘ziga xos qiyinchiliklar, kasbiy faoliyat sohasining
mohiyati, xususiyati, zamonaviy texnologiyalar, qurilmalar, asboblar, amaliy
ko‘nikmaning yetarli emasligi, kutilmagan kasbiy vazifalar, muammolarni hal etishga
nisbatan to‘g‘ri va tezkor qaror qabul qila olmaslik. Bu qiyinchiliklarni yengish davrida
rahbarning boshqaruv faoliyatida ruhiy holatlari, jarayonlari va xususiyatlarida miqdor
hamda sifat o‘zgarishlari ro‘y beradi.
XULOSA VA TAVSIYALAR
Kommunikativlik tashkilotdagi tashkiliy birliklarni birlashtirish uchun barcha
faoliyat turlarini qamrab oladigan aloqalarning eng muhim vositadir. Bu tashkilot oldida
turgan maqsadlarni amalga oshirishda boshqa ta’lim turlari yoki o‘zaro hamkorlar bilan
aloqa qilishning maqbul vositasi hamdir.
Tashkilot rahbari doimiy ravishda xilma-
xil axborot makonida bo‘lib, uning
mazmuni va yo‘nalishi asosan uning boshqaruv faoliyatining xususiyatini belgilaydi.
Rahbarning kommunikativ (xulqi) xatti-harakati
–
bu tashqi va ichki muhitda
tashkilotning boshqa sub’yektlari bilan aloqa qilish orqali muloqot maqsadlariga
erishishga qaratilgan ijtimoiy faoliyatining murakkab shakli hisoblanadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO
‘
YXATI:
1.
R.Ishmuhamedov, A.Abduqodirov, A.Pardaev, (2007) Direktorning ish kitobi
(amaliy tavsiyalar).
–
T.: “Iste’dod” jamg‘armasi, –
121 b.
2.
R.Ishmuhamedov, A.Abduqodirov, A.Pardaev, (2008). Ta’limda innovatsion
texnologiyalar (ta’lim muassasalari pedagog
-
o‘qituvchilari uchun amaliy tavsiyalar). –
T.:
“Iste’dod” jamg‘armasi, –
180 b.
3.
Ismailova Z.K., Mustafoeva D.A. (2023). Fundamentals of the development of
axiological competence among teachers. «Science and innovation» xalqaro ilmiy jurnali.
№ 1
-
сон 58
-
62 б.
4.
Mustafoeva D.A. (2022). Организация повышения профессиональной
компетентности педагогических кадров в компетентностно
-
ориентированном
образовании. Xalq ta’limi ilmiy
-metodik jurnal -
Т. ISSN 2181
-
7839. №4. B.139
-143.
5.
Mustafoeva D.A. (2023). Факторы развития компетентности персонала
профессиональных образовательных учреждений. Муғаллим ҳәм үзликсиз
билимлендириў» ilmiy
-ommabop jurnali. . -
T. № 1 son, 242
-248 b.
