Авторы

  • Дильфуза Нематова
    Старший преподаватель, Национальный университет Узбекистана

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol4-iss11/S-pp94-101

Ключевые слова:

Ислам закят фитр братство солидарность хадис вакф благотворительность

Аннотация

С распространением ислама в Средней Азии в VII-VIII веках к проблеме бедности стали подходить с более широкими и сильными религиозными идеями, чем в предшествующих религиях. Ислам – это религия, которая требует от мусульман совершения не только физических, но и финансовых молитв. В трудах восточных мыслителей и различных религиозных воззрений теоретически обосновывается вопрос помощи бедным и нуждающимся, не притеснения их, а выведения из нищеты. Существование большого количества бедняков вредит стабильности государства и общества, и первыми идеями, позволяющими бедным людям владеть собственностью в стране, являются взгляды Маздака ибн Хамдадани, основателя религиозно-философского учения. Маздака, распространенного в Иране, Средней Азии и Азербайджане.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Problems of poverty alleviation and social protection in
the Ancient East

Dilfuza NEMATOVA

1


National University of Uzbekistan

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received November 2023

Received in revised form

15 December 2023
Accepted 25 December 2023

Available online

15 February 2024

With the spread of Islam in Central Asia in the 7th-8th

centuries, the problem of poverty began to be approached with

broader and stronger religious ideas than in previous religions.

Islam is a religion that requires Muslims to perform not only

physical but also financial prayers. The works of Eastern
thinkers and various religious views theoretically substantiate

the issue of helping the poor and needy, not oppressing them,

but leading them out of poverty. The existence of a large

number of poor people harms the stability of the state and
society, and the first ideas that allow poor people to own

property in the country are the views of Mazdak ibn

Hamdadani, the founder of the religious and philosophical

doctrine. Mazdak, common in Iran, Central Asia and Azerbaijan.

2181-

1415/©

2023 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol4-iss11/S-pp94-101

This is an open access article under the Attribution 4.0 International

(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

Islam,

zakat,

fitr,

brotherhood,

solidarity,

hadith,

waqf,

charity.

Qadimgi sharqda

kambag‘allikni qisqartirish va ijtimoiy

ximoya masalalari

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

Islom,

zakot,

fitr,

birodarlik,

xamjixatlik,

xadis,

Vakf,

xayriya,

ehson.

VII

VIII aslarda Markaziy Osiyoga Islom dining kirib kelishi

bilan kambag‘

allik masalasiga undan oldingi dinlarga qaraganda

bir muncha keng va kuchli diniy g‘oyalar bilan yondashila

boshlandi. Islom dini musulmonlarga nafaqat jismoniy ibodatlar

balki, moliyaviy ibodatlar qilishni ham buyuruvchi dindir. Sharq

mutafakkirlarining asarlarida va turli diniy qarashlarda esa

kambag‘allarga va qashshoqlarga yordam berish, ularga zulm

qilmaslik, aksincha, ularni kambag‘allikdan chiqarish masalasi

nazariy asoslangan. Ko‘p sonli kambag‘allarning mavjudligi

davlat va jamiyat mustahkamligi uchun uchun zararli ekanligi

1

Senior lecturer, National University of Uzbekistan. E-mail: dilfuzanematova58@gmail.com


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

11 (2023) / ISSN 2181-1415

95

va mamlakatda kambag‘al insonlarni ham mulkka egalik qilish

uchun ilk qarashlarni Eron, O‘rta Osiyo va Ozarbayjonda keng
tarqalgan Mazdakiylik diniy falsafiy ta’limotining asoschisi

Mazdak ibn Hamdadoniyning qarashlarida ko‘rish mumkin.

Проблемы борьбы с бедностью и социальной защиты
на Древнем Востоке

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

Ислам,

закят,

фитр,

братство,

солидарность,

хадис,

вакф,

благотворительность

.

С

распространением

ислама

в

Средней

Азии

в VII–VIII веках к проблеме бедности стали подходить с
более широкими и сильными религиозными идеями, чем в

предшествующих религиях. Ислам –

это религия, которая

требует от мусульман совершения не только физических,

но и финансовых молитв. В трудах восточных мыслителей
и различных религиозных воззрений теоретически

обосновывается вопрос помощи бедным и нуждающимся,

не

притеснения

их,

а

выведения

из

нищеты.

Существование большого количества бедняков вредит
стабильности государства и общества, и первыми идеями,

позволяющими бедным людям владеть собственностью

в стране, являются взгляды Маздака ибн Хамдадани,

основателя религиозно

-

философского учения. Маздака,

распространенного в Иране, Средней Азии и Азербайджане.

KIRISH

Markaziy Osiyo xalqlarining islomgacha bo‘lgan davrdagi inson haqidagi ijtimoiy

falsafiy qarashlarini o‘rganishda qadimgi eramizning V–

VI asrlarida Eron va Turondagi

So‘g‘d yozma yodgorliklari ham muhim o‘rin tutadi. So‘g‘d yozma

yodgorliklaridan biri

Qilmishlarimizning sabablari va oqibatlari

deb nomlangan

“So‘g‘d sutrasi”

dir. Buddizm

ta’limoti ta’sirida vujudga kelgan ushbu asarning yetakchi g‘oyasi odamlarni yaxshilik,
ezgulik tomon boshqarish, ularni ma’naviy yetuk,

iymon-

e’tiqodli qilib tarbiyalashdan

iboratdir. “So‘g‘d sutrasi»da, ya’ni diniy

-

axloqiy pandnomasida ta’kidlanishicha inson

ma’naviyatining asosida dinu e’tiqodga sadoqat yotmog‘i darkor. Dinu e’tiqodga sadoqat
inson hayotining ma’nosini tashkil etmog‘i lozim. Rahm

-shafqat, saxovatpeshalik,

jaholatni yaxshilik bilan yengish, muslim tabiatli bo‘lishga chorlash, tirik jonzotlarga ozor

yetkazmaslik, miskin, beva-bechoralarga sidqidildan yordam berish, din va dindorlarga,
bilimli ziyolilarga izzat-ikrom, dinning turli belgilari, ramzlari, muqaddas qadamjolariga,
ibodatgohlariga va ularning turli qismlariga hurmat, muqaddas kitoblarga yuksak ixlos va

e’tiqod va boshqa ko‘plab insoniy xislatlarni shakllantirish sutraning asosiy mazmunini
tashkil etadi” [1].

“Qilmishlarimizning sabablari va oqibatlari”da inson taqdirining turli ko‘rinishlari:

“Birov shodu

-xandon, birov xonavayron, yana birov past, birovi baland, birov qul, birov

farmon etuvchi butkul, yana birov tuzalmas dardmand, boshqasi sog‘lom, sarbaland,

birov ulkan, lekin hukmu buyruqlarni bajaruvchi mute, birov kichkina, lekin u hukmron,

uning qo‘lida qancha odamlar tobe, birov umrzoq, boshqa kimsa o‘lim topadi ona

qornidayoq…”

[2].

“So‘g‘d sutrasi”da keltirilgan ushbu iboralar insonlar o‘z


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

11 (2023) / ISSN 2181-1415

96

qilmishlarining sabablari ham turlicha bo‘ladi.

Jamiyatda insonlarning turlicha maqomda

bo‘lishlari inson taqdiridan emas balki, uning o‘zidan sabablarni topish kerakligini

ta’kidlaydi. “So‘g‘d sutrasi”da yana inson o‘z nafsi qabohatlaridan qutilsa, qilgan yaxshi

ishlari vosita bo‘lib, qayta tug‘ilganda “Budda” (Mukammal inson) bo‘lib tug‘iladi” [3].

degan g‘oya ustuvor bo‘lgan.

Bizningcha, “So‘g‘d sutrasi”da insonning bugungi kundagi holati uning oldingi

hayotda qilgan ishlariga qarab unga mukofot yoki jazodir. Agar inson oldingi hayotida

yaxshi inson bo‘lib, har qanday qiyinchiliklarda ham faqat yaxshilik qilgan bo‘lsa, keyingi

hayotida unga mukofot sifatida boylik yoki hukumdorlik nasib qiladi. Agar u oldingi

hayotida boy yoki hukumdor bo‘la turib yomonlik qilgan bo‘lsa unga faqirlik va

qashshoqlikdan iborat qiyin hayot berilishini ta’kidlagan. “So‘g‘d sutrasi”

da insonning

qayta tug‘ilishi va unga amallariga qarab taqdir yozilishi “

Shajara

deb nomlangan.

Qadimgi So‘g‘diylarning ushbu diniy ta’limotida ham kambag‘allikning sabablari va uni

bartaraf etishga doir masalalarni ko‘rish mumkin.

ASOSIY QISM

VII

–VIII aslarda Markaziy Osiyoga Islom dining kirib kelishi bilan kambag‘allik

masalasiga o‘zidan oldingi dinlarga qaraganda bir muncha keng va kuchli diniy g‘oyalar

bilan yondashila boshlandi. Islom dini musulmonlarga nafaqat jismoniy ibodatlar balki,

moliyaviy ibodatlar qilishni ham buyuruvchi dindir. Islom dinida kambag‘allarga va

muhtojlarga “Sadaqa” ya’ni moliyaviy yoki iqtisodiy yordam berishni targ‘ib qiluvchi din

ekanligi hammaga ma’lum. Islomda sadaqa berish bir oz boshqacha amalga oshiriladi.

Masalan, sadaqa berganda sadaqa oluvchiga hech qanday majburiyat yuklamaydi. Sadaqa

olgan shaxs sadaqani o‘zi hohlagancha tasarruf etadi. Sadaqa bergan shaxs esa sadaqani

oshkora bemasligi va uni keyinchalik sadaqa olgan shaxsga eslatishi va minnat qilinishi

ham qoralanadi. Islomdagi besh farz ya’ni musulmon bo‘lish uchun doimiy bajarishi

lozim bo‘lgan ilohiy buyruqning to‘rtinchisi zakot deb nomlanadi [4].

Zakot ham sadaqani bir turi bo‘lib, ammo zakot oluvchi albatta muhtoj aholi toifasi

bo‘lishi shart qilib belgilangan. Zakot bir yilda bir marotaba boyligi ma’lum darajaga

yetgan ya’ni hisobga yetgan boy kishi tomonidan kambag‘allarga, birlamchi ehtiyojlarni

vaqtincha qondira olmayotgan kishilar, miskinlarga, ya’ni nogironligi, keksaligi, kasalligi,

va ishsizligi tufayli harakatlanishdan to‘xtab qolgan kishilarga, yetimlarga, bevalarga,

qiyin hayotiy vaziyatga tushib qolgan musofirlargagina berish mumkinligi qat’iy belgilab

qo‘yilgan farz amalidir. Islom dinida sadaqalar ikki guruhga bo‘lingan bo‘lib, birinchi

guruhida oshkora qilinadigan sadaqalardir. Bularga Zakot, xiroj, ushr, fitr sadaqa va

kafforotlardir. Bundan tashqari sadaqalar esa nafl ya’ni ixtiyoriy sadaqalar bo‘lib, ularni

oshkor qilmasdan pinhona berishni tavsiya qilingan [5].

Markaziy Osiyoga kirib kelgandan so‘ng bunday tartiblar dastlab diniy qoidalar

sifatida qaralgan bo‘lsa, keyinchalik VIII asrlarga kelib, shariat qonunlari davlat qonunlari

darajasida qabul qilinganligi bois, Zakot, xiroj, ushr, fitr sadaqalar davlat tomonidan

fuqarolarga qo‘yilgan qonuniy talablar sifatida amaliyotga tadbiq etilgan.

Islom dini dunyoning ko‘plab davlatlariga tarqalib, islom dinini olib kelgan arablar

mahalliy millatlar bilan bir bo‘lib ketganlaridan so‘ng islom olamida boshqacha bir

sharoit yuzaga keldi. Jamiyatdagi ba’zi bir mental hususiyatga ega bo‘lgan ijtimoiy

muammolarni islom dini ahkomlari bilan hal qilishda islom huquqshunosligi va shariat

ahkomlarini Qur’oni Karim va Hadisi Shariflardan to‘g‘ri qiyos va ijmo qilish uchun

jamiyat va davlatda shar’iy qonunlar ishlab chiqish zarurati paydo bo‘ldi. Keyinchalik esa,

islom olamida “Usulul fiqh” ilmi yuzaga keldi.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

11 (2023) / ISSN 2181-1415

97

O‘rta Osiyoda islomiy aqidalar, hamda “Usulul fiqh” ilmining rivojlanishi dastlab,

Hanafiya mazhabida Imom A’zam Abu Haniyfaning (r.a.) va imom Abu Yusuf, Shofiylik

mazhabida imom Muhammad ibn Idris ash-

Shofe’iy (r.a.)lar nomlari bilan bog‘liqdir.

“Usulul fiqh” ilmining rivojlanishining ikkinchi davri esa, Abu Mansur al

-Moturidiy

o‘zining “Kitobut tavhid”, “Kitobul maqolot”, “Ta’viyloti ahlis sunna”, Kitobul jadal” va
“Kitobu ma’oxizush shariy’a” asarlari bilan islom olamida fiqh ilmini rivojlanishiga katta
hissa qo‘shdi. Shuningdek, O‘rta Osiyolik mutafakkirlar va fiqih olimlaridan Imom

Dabusiy (al-Mabsut), Imom al-Bazdaviy (Usulul Bazdaviy), Imom Abdulloh an-Nasafiy
(al-

Manor), Imom ibn Mas’ud al

-Buxoriy (an-

Niqoya), Abu Mu’in an

-Nasafiy (Al-Umda fi

usulil-fiqh), Abu Lays as-Samarqandiy (Xizonat al-

fiqh) va Burhoniddin Marg‘ininoiy

(Hidoya)lar fiqh ilmining rivojlanishida o‘zlarining munosib hissalari qo‘shdilar [6].
Ularning asarlarida aynan kambag‘allikni me’zonlarini belgilash, kambag‘allik
chegaralari, kambag‘allikni qisqartirishda moliyaviy ibodatlar ya’ni zakot, ushr, xiroj,

ushr, fitr sadaqa va qurbonliklar, sadaqa va ehsonlar orqali amalga oshirish tartib va

taomillari aniq ko‘rsatib berilgan.

Kambag‘allik muammosini tadqiq qilishda musulmonlar yashaydigan o‘lkalarda

keng tarqalgan tasavvuf ilmiga ham murojaat qilish muhim hisoblanadi. Yaqin va O‘rta

Sharq, Markaziy Osiyo, Shimoliy Hindiston, Pokiston, shimoli-

g‘arbiy Xitoy, Indoneziya

kabi mamlakatlarga keng tarqalagan Bahovuddin Naqshband, Axmad Yassaviy va

Najmiddin Kubro nomlari bilan mashhur bo‘lgan Naqshbandiya, Yassaviya va Kubroviya
tariqatlarida kambag‘allikning ta’rifi bir muncha boshqacha berilganini ko‘rish mumkin.

Jumladan, tasavvufda tarkidunyochilik, moddiy olam boyliklaridan va rohatlaridan voz

kechish orqali Allohning vasliga yetishish maqsadida o‘z qo‘l mehnati bilan yashash,
ortiqcha boylik to‘plamaslik va ixtiyoriy ravishdagi kambag‘allikni qabul qilish orqali umr
o‘tkazish tasavvuf vakillaring asosiy turmush tarzi bo‘lib kelgan [7].

Tasavvuf, so‘fiy yoki mutasavvif so‘zlarining kelib chiqishi haqida turlicha fikrlar

mavjud. So‘fiylik mualliflari ko‘pincha uning kelib chiqishini “

sof

(

“sof bo‘lmoq”

)

o‘zagidan yoki “ahli as­suffa”

(Payg‘ambarning Madinadagi uyi yaqinidagi suffaga

yig‘iluvchi zohid kishilar)ga tegishli deb ta’kidlaydilar [8]..

Tasavvuf ta’limotlarida ixtiyoriy kambag‘allikni tanlashda payg‘ambarimiz

Muhammad sallallohu alayhi vasallamning me’roj chiqishlariga doir voqea bilan
bog‘laydilar. “

Rasululloh

Al-Faqru faxriy

”, ya’ni “

faqirlik

mening faxrim

, deganlari

hadis ham mavjud.

Rivoyatga ko‘ra, bu hadisni Muhammad sallallohu alayhi vasallam

aynan me’rojga ko‘tarilib, qaytganlaridan keyin aytgan ekanlar. Me’roj tunida Rasuli
akram Alloh taolo huzuriga musharraf bo‘lganida, Alloh o‘z Habibiga murojaat qilib,
boshingizni ko‘tarib yuqoriga qarang degan. Rasululloh boshlarini ko‘tarib, yuqoriga
qaraganlarida, ko‘zni qamashtiradigan ajoyib nur dastasini ko‘radilar.

Rasululloh s.a.v.

Rabbul-olamindan:

Bu nima?

deb so‘raganlarida: “

Bu

Faqrning haykali

,

degan

nido keladi. Shundan

keyin Payg‘ambarimiz darveshlar –

kambag‘allar, faqirlarni

e’zozlash, ularni siylash va qadrlashni amr etadilar. Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat
qiladilarki, hazrat Ali ibn Abutolib karramallohu vajhahu dedilar: agar me’roj kechasi
Rasululloh s.a.v. samoda Faqrning haykalini ko‘rgan bo‘lsalar, men zaminda Faqrning
tirik haykalini ko‘rdim, bu Rasululloh s.a.v

.

ning o‘zlaridir”

[9].

Tasavvuf ilmida yana bir muloxazali va ko‘plab ilmiy bahslarga sabab bo‘ladigan

maslalardan biri bu

tarki dunyochilik va rohiblik o‘rtasidagi farqni belgilashdir.

Saxix xadislarda “Islomda rohiblik yo‘q” degan hadis ham bor rohiblik ya’ni jamiyatdan


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

11 (2023) / ISSN 2181-1415

98

uzilib yakka tarzda hayot kechirish va moddiy olmaning barcha ne’matlaridan o‘z ixtiyori
bilan voz kechish kabi turmush tarzidir. Bunday rohiblar bir guruh bo‘lib yoki alohida
bo‘lib yashashlari mumkin. Rohiblikdagi kambag‘allik bilan tariqatchilikdagi kambag‘allik
o‘rtasi katta farq bor. Tasavvufdagi kambag‘allik Alloh yo‘lidagi faqirlik bo‘lib, ixtiyoriy
kambag‘allik, insonga rohat va faxr beruvchi moddiy boyliklardan voz kechish orqali
Allohga yuzlanmoqdir. Inson hamma vaqt nimagadir doim muhtoj bo‘ladi. Inson
mukammallikka intilar ekan, u o‘z Rabbiga muhtoj bo‘lishi kerak. Agar inson faqat
Allohgagina muhtoj bo‘lsa, u Allohga intiladi. Kambag‘allik esa Allohga yetishish uchun
bir yo‘l yoki vosita sifatida baholanadi. Masalaning yana bir jihati shunday, tasavvufdagi
kambag‘allikda mol

-

mulkka egalik hissining yo‘qligidir, ya’ni barcha mol

-mulklar

Allohniki deb bilish va doim shu qoida bilan yashashdir.

Demak, rohiblik bilan tarki dunyochilikning farqi shundaki, tariqatchilar ya’ni

tasavvufchilar jamiyat bilan birga yashaydilar, rohiblar kabi jamiyatdan alohida
yashamaydilar, tariqatchilar barcha boyliklar Allohniki deb bilishadi va unga egalik
qilmaydilar, rohiblar boyliklar Xudoniki deb bilishsada, unga egalik qilishadi. Tariqatda umr

bo‘yi mehnat qilish buyurilsada, rohiblikda esa mehnatdan bosh toritiladi va butun vaqt
ibodat bilan o‘tkazishga sarflanadi. Tasavvufda inson komilikka erishi uchun kambag‘allik
yo‘lini tanlashini insonni ma’naviy jihatdan boy qilish usuli deb baholash mumkin.

Tasavvufdagi mashhur tariqatlardan biri bo‘lgan “Naqshbandiya” tariqatida

dunyoviy, hayotiy masalalarga jiddiy e’tibor beriladi. U tarki dunyo qilishga, dunyo
ishlaridan voz kechishga qarshi chiqib, kishilarni real hayot ishlari bilan band bo‘lishga,
dunyo lazzatlaridan bahramand bo‘lishga, buning uchun mehnat qilish, bilim olish, halol
yashashga chaqiradi. Tariqatga ergashganlar orasida qashshoqlar bo‘lmasligini va yaxshi
yashash insonni xotirjam qilib, kambag‘allik tashvishlari insonni ibodatidan
chalg‘itmaslikni targ‘ib qiladi.

Bahouddin Naqshband tomonidan asoslangan

Naqshbandiya

tariqatining nomi uning yuqorida keltirilgan qoidalaridan kelib chiqadi.

Bu qoidalarda aytilishi bo‘yicha: “Zohiran xalq bilan, botinan haq bilan” yoki “Qo‘ling
mehnatda bo‘lsin, dilingda Allohning naqshi bitilgan bo‘lsin “dil ba yoru, dast ba kor”,
degan g‘oya ilgari surilgan [10].

Hoja Axamad Yassaviyning

Devoni hikmat

asarida ham kambag‘allarga yordam

berish ularga mehr shafqat ko‘rsatishga doir quyidagi nasihatlarni ko‘rish mumkin:

Qayda ko‘rsang, ko‘ngli sinuq marham bo‘lg‘il,

Andog‘ mazlum yo‘lda qolsa, hamdam bo‘lg‘il.

Ro‘zi mahshar dargoxiga mahram bo‘lg‘il,

Movumanlik xaloyiqdin qochtim mano.

G‘arib, faqir, yetimlarni Rasul so‘rdi,

O‘shal tuni Me’roj chiqib diydor ko‘rdi,

Qaytib tushub g‘arib, faqir holing so‘rdi,

g‘ariblarni izin izlab tushtum mano.

Ummat bo‘lsang, g‘ariblarg‘a tobe’ bo‘lg‘il,

Oyat,

hadis har kim aytsa, some’ bo‘lg‘il,

Rizqu ro‘zi harna bersa, qone’ bo‘lg‘il,

Qone’ bo‘lub, shavq sharobin ichtim mano.

Madinaga Rasul borib, bo‘ldi g‘arib,

G‘ariblig‘da mehnat tortib, bo‘ldi habib,

Jafo tortib, yaratqang‘a bo‘ldi qarib,


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

11 (2023) / ISSN 2181-1415

99

g‘arib bo‘lub, uqbolardin oshtim mano.

Oqil ersang, g‘ariblarni ko‘nglin ovla,

Mustafodek elni kezib, yetim ovla,

Dunyoparast, nojinslardin bo‘yun tovla,

Bo‘yun tovlab, daryo bo‘lub toshtim mano

[11].

Ushbu hikmat orqali shuni aytish mumkinki, Yassaviya tariqatida aynan

kambag‘allarga yordam berish ularga mehr shafqat ko‘rsatish Yassaviya tariqatida

qadriyati hisoblangan.

Shayx Najmiddin Kubro nomi bilan bog‘liq Kubroviya tariqatida ham insonning

dunyoga xirs qo‘yishi, molu

-

davlat to‘plash uchun insoniy fazilatlardan mahrum bo‘lishi

qoralangan. Kubroviya tariqatining e’tiborli jihati shundaki, bu tariqatga ergashgan
kambag‘allar bir sotsial guruhga birlashib vatanga sadoqat bilan xizmat qilish, kerak
bo‘lgan vatanni dushmandan himoya qilishda birlashish kabi ezgu ishlarni targ‘ib qilgan.
Mo‘g‘ullar istilosi davrida Shayx Najmiddin Kubro va Kubroviya tariqatiga ergashganlar
vatanni himoya qilishda ko‘rsatgan jasoratlari bilan tarixda nomlari qolgan.

Shayx Najmiddin Kubro faqirlikni odat qilgan, barcha molu mulki, bisotini

kambag‘allarga bo‘lib berib, o‘zi “kuffor ahli”, ya’ni mo‘g‘ul bosqinchilariga qarshi jangga
otlangan edi. Ulug‘ vatandoshimiz qahramonliklar ko‘rsatib, la’nati mo‘g‘ul o‘qidan shahid
bo‘ldi. Agar Najmiddin oddiy so‘fiy bo‘lganida, jonini asrab, tinchgina Xorazmdan chiqib

ketishi mumkin edi. Ammo u:

“Men shu tuproq farzandiman, shu yerda o‘laman”

,

deb

Vatan ozodligi yo‘lida jon berdi.

Bu vatanparvarlikning oliy namunasi edi. Holbuki,

Najmiddin Kubroning yoshi 78 yoshda edi [12].

METODOLOGIYA

XIV

XVI asrlarda Sohibqiron Amir Temur va temuriylar saltanatida olib borilgan

ijtimoiy siyosatga nazar soladigan bo‘lsak, Amir Temur o‘z mamlakatda kambag‘allar
sonini qisqartirish maqsadida kambag‘allarning sonini to‘la hisobga olib, ularga davlat
xazinasidan tur xildagi nafaqalar berilganini ko‘rish mumkin. Amir Temur tuzuklarida
“…yana amr etdimki, har bir katta

-kichik shahar, qishloqda masjid, madrasa va hokazolar

bino qilsinlar, faqiru miskinlarga langarxona, g‘aribxonalar solsinlar, kasallar uchun
shifoxona qurdirsinlar va ularda ishlash uchun tabiblar tayinlansinlar” [13]. Shuningdek,
Sohibqiron o‘limi oldidan o‘g‘illariga qoldirayotgan vasiyatida tuzuklarni yaxshi o‘qishni
va hayotga tatbiq etishni, millatning dardiga darmon bo‘lib, beva

-bechoralarni va

kambag‘allarni zolimlar zulmidan himoya qilish hamda har ishda adolat va ozodlik dastur
bo‘lishini vasiyat qilgan [14].

Alisher Navoiy o‘zining mashhur “

Vaqfiya

asarida islomdagi moliyaviy ibodatlar

haqida, o‘zining vaqf qilingan mulklari ya’ni kambag‘allar, beva

-bechoralar, yetimlar va

miskinlarga tortiq qilingan mulklar haqida batafsil ma’lumotlarni berib o‘tgan [15].
Jumladan, ushbu asarda mamlakatni rivojlantirish, kambag‘allarni vaqf mulklarini
boshqarishga jalb qilish orqali ularni kambag‘allikdan chiqarishga doir bir qancha
qarashlarni yozib qoldirgan. Navoiy asarlar yozish bilan birga ko‘plab vaqfga doir ishlarni
o‘zi boshqargan. Jumladan, Navoiy tomonidan 52 ta rabot, 20 ta hovuz, 16 ta ko‘prik va

9 ta hammom qurdirilgan. Bu haqda mashhur tarixchi Xondamir bunday xabar beradi:

“Hirotning eng go‘zal joylaridan birida, Injil arig‘i yoqasida Navoiy tashabbusi bilan
“Ixlosiya” madrasasi qad ko‘tardi. Uning yonidan “Xalosiya” xonaqosi joy oldi.
Ro‘parasida nozik did va teran xayolni o‘zida jam etgan “Dorushshifo” (shifoxona), bir
tomonida “Dorul Huffoz” (qorixona), “Masjidi jome’” masjidi qurilgan. O‘rtada suvi


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

11 (2023) / ISSN 2181-1415

100

sharbatdek totli Injil arig‘i, “

Dorishshifo

qoshida kavsar misol bir hovuz. Unda xizrsifat

hakimlar, isonafas tabiblar kasallarni muolaja qilish bilan mashg‘ullar. “Xalosiya”
xonaqosida har kuni qur’on tilovat qilinadi, faqir va bechoralarga taom tarqatiladi”.

Bundan tashqari Alisher Navoiy o‘z davrida jamiyat tuzilishi va turli tabaqalarining

turmush tarzini o‘rganar ekan, 32 xil ijtimoiy qatlam haqida ma’lumot beradi. Unda
nafaqat hukmron sinf vakillari, balki kambag‘allar, beva

-bechoralar, yetim-yesirlar,

muhtojlar ham alohida ko‘rsatilgan. Jumladan, ijtimoiy qatlamlarning yigirma
yettinchisini g‘arib va bechoralar, yigirma sakkizinchisini tilamchilar tashkil etishini
e’tirof etadi. Alisher Navoiy bu kabi tabaqalarning kambag‘allikdan chiqishlariga
ko‘maklashish va ijtimoiy muhofazalash to‘g‘risida ilmiy izlanishlar olib borib, ushbu

qatlamlarning ijtimoiy-

iqtisodiy ahvolini yengillashtirishga ko‘maklashuvchi bir qancha

ishlarni amalga oshirgan.

Asosiy ma’lumotlar. Aholi turmush darajasini barqarorlashtirish, kambag‘allikning

turli shakllarini tarqalishini oldini olish, kambag‘allikni qisqartirish, turli jamiyatlarda
sodir bo‘lgan transformatsiya va modernizatsiya jarayonlarida aholini kambag‘allikka

tushib qolishini oldini olish yuzasidan turli fan namoyondalari tomonidan ilmiy
tadqiqotlar amalga oshirilgan. Sharq mutafakkirlarining asarlarida va turli diniy

qarashlarda kambag‘allarga va qashshoqlarga yordam berish, ularga zulm qilmaslik,
aksincha, ularni kambag‘allikdan chiqarish masalasi nazariy asoslangan. Ko‘p sonli
kambag‘allarning mavjudligi davlat va jamiyat mustahkamligi uchun uchun zararli
ekanligi va mamlakatda kambag‘al insonlarni ham mulkka egalik qilish uchun ilk
qarashlarni Eron, O‘rta Osiyo va Ozarbayjonda keng tarqalgan Mazdakiylik diniy falsafiy
ta’limotining asoschisi Mazdak ibn Hamdadoniyning qarashlarida ko‘rish mumkin.
Mazdakiylik ta’limotida birinchi o‘rinda sof falsafiy va diniy masalalar emas, balki ijtimoiy
masalalar turgan. Mazdakiylikda asosiy yovuzlik boylikka hirs qo‘yish va kambag‘allik,
deb ta’kidlanadi. Ijtimoiy zulmga qarshi kurash muqaddas vazifa sifatida talqin etilgan va

unga diniy tus berilgan.

Islom dining muqaddas kitobi Qur’oni Karimda zakot so‘zi o‘ttiz martadan ortiq

kelgan. Zakot xudojo‘ylik bilan bog‘lanadi, chunki xudoga ishonish ezgu ishlarda
namoyon bo‘ladi. Musulmon yilda bir marta o‘z mablag‘ining ma’lum bir qismini zakot
sifatida kambag‘al va qashshoqlarga va muhtojlarga beradi. Motrudiya maktabi asoschisi

Abu Mansur al-

Moturidiyning «Usulul fiqh» asarida kambag‘allar mulkdorlar boyligining

bir qismini olish huquqini mulkchilik huquqiga kiritgan. Kambag‘allar va qashshoqlar
boylar mulkidagi ulushlari bo‘lmish zakotni oladilar deb shariat qonunlariga kiritgan.
Alisher Navoiyning kambag‘allikdan qutilish va davlat rahbarlarining aholini
kambag‘allikdan qutilish haqidagi fikr va mulohazalari uning mashhur “Devoni foniy”
asarida bayon etilgan. Jumladan, ushbu asarda “Kambag‘allik –

tuzoq, kishan bo‘lib,

undan qutilish mehnati ham kishan kabi mashaqqatilidir.

Shunday bo‘lsa ham birovga

qaram bo‘lib qolmay deb keldim”

degan iboralar uchratish mumkin. Shuningdek, Alisher

Navoiyning ijtimoiy-

siyosiy va axloqiy aholi orasida kambag‘allikni qisqartirishga doir

qarashlarini Husayn Boyqaroga atab yozilgan

Tuxfat ul-afkor

qasidasida va

Sittai

zaruriya

to‘plamlarida batafsil bayon qilinganligini ko‘rish mumkin.

XULOSA

Xulosa o‘rnida aytish mumkinki O‘rta va Yaqin Sharq mamlakatlaridagi diniy

falsafiy ta’limotlarda va Sharq mamlakatlarida yashab ijod qilgan mutafakkirlarining
asarlarida

hamda

ularning

qarashlarida

kambag‘allik

muammosi,

aholini


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

11 (2023) / ISSN 2181-1415

101

kambag‘allikdan chiqarish, kambag‘allarni ijtimoiy himoya qilish masalalari nafaqat
davlat ishlari sifatida balki, diniy e’tiqodi sifatida ham qaralgan, Markaziy Osiyodagi
tasavvuf allomalaring ta’limotlarida ham kambag‘allik turlicha yondashuvlar mavjud
bo‘lib, tasavvufda asosiy e’tibor inson kamoloti va ma’naviy boy bo‘lish e’tiqodi targ‘ib

qilingan. Sharqda inson qadr-

qimmati doim yuqori baholangan. Shuningdek, kambag‘al

insonlarni kambag‘allikdan chiqarib ularni barcha insonlar bilan bir qatorda farovon

yashashlari uchun davlat boshqaruvchilari, olimlar, din peshvolari, mutafakkirlar bir

xilda xarakat qilishlariga doir qarashlar G‘arb mamlakatlariga qaraganda bir muncha

oldinroq amalga oshirilgan.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

Choriyev Anvar.

Inson falsafasi: Inson to‘g‘risidagi falsafaiy fikrlar taraqqiyoti.

O’quv qo’llanma.Т.: O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2007. –

B.40.

2.

Choriyev Anvar. Inson falsafasi: Inson to‘g‘risidagi falsafaiy fikrlar taraqqiyoti.

O’quv qo’llanma.Т.: O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2007. –

B.41.

3.

Қаранг: Ўша асар. –

B.42.

4.

Алимов У.Т. Хайр

-

эҳсон фазилатлари. –

Тошкент. Маворуннаҳр. 2011. –

Б.43

-44.

5.

Шайх Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуф. Усулул фиқх. Тошкент. Нilol

-nashr

нашриёт

-

матбааси. 2021. –

Б.26

-87.

6.

Комилов Нажмиддин. Тасаввуф. Тошкент.Мовороуннаҳр. 2009. –Ўша асар. –

Б.10.

7.

Қаранг: Комилов Нажмиддин. Тасаввуф. Тошкент.Мовороуннаҳр. –

Б.88.

8.

Хамиджон Хомидий Тасаввуф алломалари. Т.Шарк, 2004. –

Б.208.

9.

Аҳмад Яссавий. Ҳикматлар. Иброҳим Ҳаққуловнинг сўз бошиси. Т.: Ғафур

Ғулом

номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти. 1991. –

Б.31.

10.

Комилов Нажмиддин. Тасаввуф. Тошкент.Мовороуннаҳр. 2009. Б.108.

11.

Амир Темур. Темур тузуклари. –

Тошкент: Адабиёт ва санъат нашриёти,

1991.

Б.100.

12.

Ғойибов

Н. Темур тузукларила Соҳибқирои ҳарбий сиёсатининг асослари.

Ҳуқуқ

-

Право

-

Law. 2002. № 4. –

Б.24.

13.

Алишер Навоий. Мукаммал асарлар тўплами. 20 жилдлик. 14

-

жилд:

Вақфия. Т.: «Фан», 1998. –

Б.236

-345.

14.

Амир Темур. Темур тузуклари. –

Тошкент: Адабиёт ва санъат нашриёти,

1991.

Б.100.

15.

Аникин А. В. Мальтус и мальтузианство. Юность науки: Жизнь и идеи

мыслителей

-

экономистов до Маркса.2

-

е изд. М.: Политиздат, 1975. –

С.266

-274.

16.

Аҳмад Яссавий. Ҳикматлар. Иброҳим Ҳаққуловнинг сўз бошиси. Т.: Ғафур

Ғулом

номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти. 1991. –

Б.31.

Библиографические ссылки

Choriyev Anvar. Inson falsafasi: Inson to‘g‘risidagi falsafaiy fikrlar taraqqiyoti. O’quv qo’llanma.Т.: O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2007. – B.40.

Choriyev Anvar. Inson falsafasi: Inson to‘g‘risidagi falsafaiy fikrlar taraqqiyoti. O’quv qo’llanma.Т.: O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2007. – B.41. Қаранг: Ўша асар. – B.42.

Алимов У.Т. Хайр-эҳсон фазилатлари. – Тошкент. Маворуннаҳр. 2011. – Б.43-44.

Шайх Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуф. Усулул фиқх. Тошкент. Нilol- nashr нашриёт-матбааси. 2021. – Б.26-87.

Комилов Нажмиддин. Тасаввуф. Тошкент.Мовороуннаҳр. 2009. –Ўша асар. – Б.10.

Қаранг: Комилов Нажмиддин. Тасаввуф. Тошкент.Мовороуннаҳр. – Б.88.

Хамиджон Хомидий Тасаввуф алломалари. Т.Шарк, 2004. – Б.208.

Аҳмад Яссавий. Ҳикматлар. Иброҳим Ҳаққуловнинг сўз бошиси. Т.: Ғафур Ғулом номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти. 1991. – Б.31.

Комилов Нажмиддин. Тасаввуф. Тошкент.Мовороуннаҳр. 2009. Б.108.

Амир Темур. Темур тузуклари. – Тошкент: Адабиёт ва санъат нашриёти, 1991. – Б.100.

Ғойибов Н. Темур тузукларила Соҳибқирои ҳарбий сиёсатининг асослари. Ҳуқуқ-Право-Law. 2002. № 4. – Б.24.

Алишер Навоий. Мукаммал асарлар тўплами. 20 жилдлик. 14-жилд: Вақфия. Т.: «Фан», 1998. – Б.236-345.

Амир Темур. Темур тузуклари. – Тошкент: Адабиёт ва санъат нашриёти, 1991. – Б.100.

Аникин А. В. Мальтус и мальтузианство. Юность науки: Жизнь и идеи мыслителей-экономистов до Маркса.2-е изд. М.: Политиздат, 1975. – С.266-274.

Аҳмад Яссавий. Ҳикматлар. Иброҳим Ҳаққуловнинг сўз бошиси. Т.: Ғафур Ғулом номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти. 1991. – Б.31.