Авторы

  • Феруза Маттиева
    Независимый исследователь, Самаркандский государственный институт иностранных языков

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol4-iss11/S-pp34-40

Ключевые слова:

современность лингвистика менталитеты культуры перевод многообразие традиции концепты разные явления сложность последовательность сходство актуальность межъязыковые межнациональные взгляды

Аннотация

В данной статье представлена ​​информация о деятельности профессора-преподавателя, который вел научно-исследовательскую работу в высших учебных заведениях и проводил учебные занятия по соответствующему предмету.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Conducting types of supervision in a higher education
institution

Feruza MATTIYEVA

1


Samarkand State Institute of Foreign Languages

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received November 2023

Received in revised form

15 December 2023
Accepted 25 December 2023

Available online

15 February 2024

This article provides information about the activities of a

professor-teacher who conducted research work in higher

educational institutions and conducted training sessions on the

relevant subject.

2181-

1415/©

2023 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol4-iss11/S-pp3

4-99

This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

modernity,

linguistics,

mentalities,

cultures,

translation,

diversity,

traditions,

concepts,

various phenomena,
complexity,

consistency,

similarity,

relevance,

interlingual,

interethnic views.

Oliy ta’lim muassasasida nazorat turlarini o‘tkazish

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

zamonaviy,

tilshunoslik,

mentalitetlar,

madaniyatlar,

tarjima,

ko‘p qirralilik,

urf-odatlar,

tushunchalar,

Ushbu maqolada oliy

ta’lim muassasalarida nazorat ishlarini

o‘tkazish hamda tegishli fan bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarini olib

borgan professor-

o‘qituvchining faoliyatlari haqida ma’lumotlar

berilgan.

1

Independent researcher, Samarkand State Institute of Foreign Languages. E-mail: feruzamattiyeva@gmail.com


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

11 (2023) / ISSN 2181-1415

35

turli xil hodisalar,
murakkablik,

ketma-ketlik,

o‘xshashlik,

dolzarblik,

tillararo,

millatlararo qarashlar.

Проведение видов надзора в высшем учебном заведении

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

современность,

лингвистика,

менталитеты,

культуры,

перевод,

многообразие,

традиции,

концепты,

разные явления,

сложность,

последовательность,

сходство,

актуальность,

межъязыковые,

межнациональные

взгляды.

В данной статье представлена информация о

деятельности профессора

-

преподавателя, который вел

научно

-

исследовательскую работу в высших учебных

заведениях

и

проводил

учебные

занятия

по

соответствующему предмету.

KIRISH

Talabalar bilimini baholash 5 ballik tizimda amalga oshiriladi. Oraliq nazorat turini

o‘tkazish va mazkur nazorat turi bo‘yicha talabaning bilimini baholash tegishli fan bo‘yicha

o‘quv mashg‘ulotlarini olib borgan professor

-

o‘qituvchi tomonidan amalga oshiriladi.

Yakuniy nazorat o‘quv mashg‘ulotlarini olib bormagan professor

-

o‘qituvchi tomonidan

o‘tkaziladi. Tegishli fan bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarini olib borgan professor

-

o‘qituvchi

yakuniy nazorat turini o‘tkazishda ishtirok etishi taqiqlanadi. Yakuniy nazorat turini

o‘tkazishda kelishuv asosida boshqa oliy ta’lim muassasalarining tegishli fan bo‘yicha

professor-

o‘qituvchilari jalb qilinishi mumkin.

Komissiya tarkibi tegishli fan professor-

o‘qituvchilari va soha mutaxassislari orasidan shakllantiriladi. Komissiya tarkibiga kelishuv

asosida boshqa tashkilotlarning soha mutaxassislari ham jalb qilinishi mumkin.

METODOLOGIYASI

Oliy ta’lim muassasasida nazorat turlarining o‘tkazilishi tegishli oliy ta’lim

muassasasining ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi tomonidan doimiy ravishda o‘rganib

boriladi. Bunda nazorat turlarini o‘tkazilish tartibi buzilganligi aniqlangan hollarda,

o‘tkazilgan nazorat turlarining natijalari bekor qilinishi hamda tegishli nazorat turi

qaytadan o‘tkazilishi mumkin.

Talaba tegishli fan bo‘yicha yakuniy nazorat turi

o‘tkaziladigan muddatga qadar oraliq nazorat turini topshirgan bo‘lishi lozim. Oraliq

nazorat turini topshirmagan, shuningdek, ushbu nazorat turi bo‘yicha “2” (qoniqarsiz)

baho bilan baholangan talaba yakuniy nazorat turiga kiritilmaydi. Yakuniy nazorat turiga

kirmagan yoki kiritilmagan, shuningdek, ushbu nazorat turi bo‘yicha “2” (qoniqarsiz) ball

bilan baholangan talaba akademik qarzdor hisoblanadi.

Talaba uzrli sabablarga ko‘ra

oraliq va (yoki) yakuniy nazorat turiga kirmagan taqdirda, ushbu talabaga tegishli

nazorat turini qayta topshirishga fakultet dekanining farmoyishi asosida ruxsat beriladi.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

11 (2023) / ISSN 2181-1415

36

Fanlardan akademik qarzdorligi 4 ta va undan ko‘p bo‘lgan talabalarga qayta

topshirishga ruxsat berilmaydi va ular oliy ta’lim muassasasi rektorining (boshlig‘ining,
filial direktorining) buyrug‘i bilan kursdan qoldiriladi. Talaba oraliq va (yoki) yakuniy
nazorat turini birinchi marta qayta topshirishdan o‘ta olmagan taqdirda, fakultet dekani
tomonidan komissiya tuziladi. Komissiya tarkibi tegishli fan bo‘yicha professor

-

o‘qituvchi

va soha mutaxassislari orasidan shakllantiriladi. Ikkinchi marta oraliq va (yoki) yakuniy

nazorat turini o‘tkazish va talabani baholash mazkur komissiya tomonidan amalga

oshiriladi.

Talabalar bilimini baholash tegishli fan bo‘yicha professor

-

o‘qituvchi

tomonidan talabalarning fanlarni o‘zlashtirishini hisobga olish jurnalida (bundan buyon

matnda Jurnal deb yuritiladi) qayd etib boriladi. Professor-

o‘qituvchi qo‘shimcha

ravishda talabalar bilimini baholashni elektron tizimda ham yuritishi mumkin.

NATIJALAR

Professor-

o‘qituvchi jurnalda talabaga qo‘yilgan baholarni shu kunning o‘zida qayd

etib boradi.

Agar talabaning bilimini baholash yozma ish shaklida o‘tkazilgan bo‘lsa,

bunda professor-

o‘qituvchi talabalarning natijalarini 3 kundan ko‘p bo‘lmagan muddatda

jurnalga qayd etishi lozim.

Nazorat turi bo‘yicha talabaning bilimi “3” (qoniqarli) yoki “4” (yaxshi) yoxud

“5” (a’lo) ball bilan baholanganda, nazorat turini qayta topshirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Talaba nazorat turi o‘tkazilgan vaqtda uzrli sabablarsiz qatnashmagan hollarda jurnalga
“0” belgisi yozib qo‘yiladi.

Jurnal tegishli fan bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarini olib borgan

professor-

o‘qituvchi, kafedra mudiri va fakultet dekani tomonidan imzolanadi hamda

fakultet dekanatida saqlanadi. Jurnalning saqlanishi uchun fakultet dekani mas’ul

hisoblanadi.

Talabalarning yakuniy nazorat turi bo‘yicha baholari jurnalga qayd

etilganda, shu kunning o‘zida talabaning baholash daftariga ham yozib qo‘yilishi kerak.

Yakuniy nazorat turi bo‘yicha talabaning bilimi “2” (qoniqarsiz) baho bilan baholangan
yoki jurnalga “0” belgisi yozib qo‘yilgan hollarda, ushbu baho yoki belgi talabaning

baholash daftariga yozilmaydi.

Jurnalning o‘z vaqtida, to‘g‘ri va to‘liq yuritilishi, shuningdek, undagi baho va

boshqa ma’lumotlarga asossiz o‘zgartirishlar kiritilmasligi uchun fakultet dekani va
tegishli fan bo‘yicha professor

-

o‘qituvchi mas’ul hisoblanadi.

Tegishli o‘quv yili yakuni

bo‘yicha ishchi o‘quv rejadagi fanlar bo‘yicha “3” (qoniqarli) yoki “4” (yaxshi) yoxud

“5” (a’lo) baho bilan baholangan talaba oliy ta’lim muassasasi rektorining (boshlig‘ining,
filial direktorining) buyrug‘iga asosan keyingi kursga o‘tkaziladi.

Baholash natijalari

kafedra yig‘ilishlari, fakultet va oliy ta’lim muassasasi Kengashlarida muntazam ravishda
muhokama etib boriladi va tegishli qarorlar qabul qilinadi. O‘zbekiston Respublikasining
oliy ta’lim muassasalarida talabalar o‘zlashtirishini baholash tizimini 5 baho yoki

100 ballik tizim va ilg‘or xorijiy davlatlar oliy ta’lim tizimida qo‘llaniladigan baholash
tizimiga qiyosiy taqqoslash hamda ularga o‘tkazish mazkur Nizomning ilovaga

muvofiq

jadvallar asosida amalga oshiriladi.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

11 (2023) / ISSN 2181-1415

37

1-jadval.

Baholashni 5 baholik shkaladan 100 ballik shkalaga o‘tkazish

JADVALI

5 baholik shkala 100 ballik

shkala

5 baholik shkala 100 ballik

shkala

5 baholik shkala

100 ballik

shkala

5,00

4,96

100

4,30

4,26

86

3,60

3,56

72

4,95

4,91

99

4,25

4,21

85

3,55

3,51

71

4,90

4,86

98

4,20

4,16

84

3,50

3,46

70

4,85

4,81

97

4,15

4,11

83

3,45

3,41

69

4,80

4,76

96

4,10

4,06

82

3,40

3,36

68

4,75

4,71

95

4,05

4,01

81

3,35

3,31

67

4,70

4,66

94

4,00

3,96

80

3,30

3,26

66

4,65

4,61

93

3,95

3,91

79

3,25

3,21

65

4,60

4,56

92

3,90

3,86

78

3,20

3,16

64

4,55

4,51

91

3,85

3,81

77

3,15

3,11

63

4,50

4,46

90

3,80

3,76

76

3,10

3,06

62

4,45

4,41

89

3,75

3,71

75

3,05

3,01

61

4,40

4,36

88

3,70

3,66

74

3,00

60

4,35

4,31

87

3,65

3,61

73

3,0 dan kam

60 dan kam

MUHOKAMA

Nazorat jarayonini to‘gʼri rejalashtirish, olib borish, samarali mezonlar yaratish,

baholash usullarini to‘g‘ri tanlash va talabalarga natijani eʼlon qilish muhim ahamiyat

kasb etadi. Nutq faoliyati turlari va til aspektlarini

baholash subʼyektiv va obʼyektiv

baholash turlariga bo‘linadi. Nutq faoliyatining ikkita turi (yozuv va gapirish)ni

baholashda subʼyektivlikni oldini olish maqsadida mezonlar to‘g‘ri va samarali tuzilishi

kerak. Checklist, holistic, analytic, Primary Trait Rubric, Multi-Trait kabi mezon turlari

nazorat maqsadidan kelib chiqib pedagog tomonidan qo‘llanishi subʼyektivlikni oldini

olishni taʼminlaydi. O‘qituvchining baholash faoliyati tushunchasi XX asrning 90

-yillarida

vujudga kelgan.

Аmmo o‘qituvchilarning baholash faoliyati undan oldingi davrda

boshlangan desak, mubolag‘a bo‘lmasa kerak.

V.V.

Polikarpova o‘z asarlarida o‘qituvchilarning baholash faoliyati ustida tadqiqot

olib borgan olimlarni ikki guruhga ajratadi. Birinchi guruhga 90-yildan oldingi ishlarini

kiritgan bo‘lsa, ikkinchi guruhga keyingi davrlarni kiritadi. Ikkala guruhni tahlil qilganda

Polikarpova quyidagi natijalarni olgan:

o‘qituvchi faoliyatini tavsiflovchi tushunchalar;

o‘qituvchining baholash faoliyatining maqsadi;

o‘qituvchining baholash faoliyatining funksiyalari;

taʼlim jarayonida o‘qituvchilarning baholash faoliyatining mazmun va mohiyati;

baholashning obʼyekti va predmeti;

o‘qituvchilar baholash faoliyatining natijalari.

XX asrning 90-

yillarigacha bo‘lgan birinchi guruhga Y.B.

Zotov, V.V. Davidova,

L.M. Fridman, D.B. Elkoninlarning ishlarini kiritish mumkin. Nazariy tahlil shuni

ko‘rsatadiki, bu tadqiqotda asosan –

baho va o‘qituvchining baholash faoliyati

tushunchalari qo‘llangan. Olimlar o‘qituvchining baholash faoliyatining asosiy maqsadi

har bir o‘quvchining o‘zlashtirgan mavzu bo‘yicha bilimlarini va yakuniy nazoratni

baholash deb hisoblagan.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

11 (2023) / ISSN 2181-1415

38

Olimlar baholash faoliyatining asosiy funksiyalari sifatida quyidagilarni ajratadi:

taʼlim, tarbiyaviy, diagnostik va nazorat qiluvchi. Olimlarning fikricha, baholash taʼlim

-

tarbiya jarayonida

o‘quvchilardan mustaqil faoliyatni talab etmaydi, bu o‘qituvchilarga

bog‘liq bo‘lgan jarayon bo‘lib, u o‘qituvchilarning

faoliyatiga teng hisoblanadi.

O‘qituvchilarning baholash faoliyati talabalarning o‘zlashtirgan bilimlarini nazorat
qilishdan iborat bo‘lib, uning natijasi sifatida talabalarning o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma

va malakalari baholanadi.

Sh.

А

.

А

monashvili, Y.D. Bojovich, L.I. Bojovich, G.Y. Ksenzova, V.M. Polonskiy,

N.V.

Seleznev va boshqa olimlarning taʼkidlashicha, bilimlarni baholash jarayoni

o‘qituvchilarning mustaqil faoliyatidir, yaʼni ularning kasbiy faoliyati, ammo ushbu

faoliyatni turli olimlar turlicha atagan. Sh.

А

.

А

monashvilining (80-yillarning oxiri)

taʼkidlashicha, baho –

baholash jarayonining natijasi va u inson tomonidan amalga

oshiriladi.

Аmonashvili bahoni talabalarda o‘zlarining taʼlim jarayonidagi o‘sishlarini

mustaqil ravishda baholashni o‘rgatish deb beradi. Baholash funksiyalari orasida olim
stimul beruvchi funksiyaga katta ahamiyat qaratadi. Uning taʼkidlashicha, baholash taʼlim

-

tarbiya jarayonida o‘quvchilarning motivlarini oshirishning eng katta stimulyatoridir.
Baholash jarayonida o‘qituvchi talabalarning shakllangan va rivojlangan bilim, ko‘nikma va
malakalarining sifatini baholashi, ularni takomillashtirish yo‘llarini ko‘rsatishi, nima va
qanday qilish lozimligini va qaysi namunaga amal qilishni ko‘rsatishi kerak.

V.M. Polonskiy (70-

yillar) o‘qituvchilarning baholash faoliyatini bilimlarni tizimli

baholash jarayoni deb beradi. Baholash jarayonining mohiyatini olim quyidagi

komponentlarda ko‘radi; taʼlimning maqsadini aniqlash, shu maqsadlarga erishilganlikni
ko‘rsatuvchi nazorat mashqlarini aniqlash, nazorat natijasini ko‘rsatuvchi yo‘llarni aniqlash.
Polonskiyning fikricha, bilimlarni baholash taʼlimiy, tarbiyaviy va nazorat qiluvchi
maqsadlarga ega. Olim asosiy urg‘uni aynan tarbiyaviy funksiyaga qaratadi. Shuningdek,
olim nazoratning turli obʼyektlari mavjudligini taʼkidlaydi. Uning taʼkidlashicha, baʼzi
o‘qituvchilar uchun baholash obʼyekti talabalarning o‘zlashtirgan daliliy materiali, boshqalar
uchun egallangan bilimlarni amaliyotda qo‘llay olish qobiliyati, yana boshqalar uchun bu
bilimni yangi vazifalarni bajarishda qo‘llay olish qobiliyatidir. O‘qituvchilar baholash

jarayonining natijasi talabalarining olgan bahosidir. 1990-yillardan keyin olib borilgan

tadqiqotlar ikki guruhga bo‘lingan; –

umumiy pedagogika hamda

taʼlim va tarbiya

nazariyasi va metodikasi yo‘nalishlaridagi tadqiqotlar. Nazariy tahlil natijasida
o‘qituvchilarning baholash faoliyati oxirgi yillarda quyidagi yo‘nalishlarda o‘rganilmoqda.
Birinchisi: o‘qituvchilarning kasbiy faoliyatini o‘rganish bilan bog‘liq tadqiqot yo‘nalishi

(N.V. Kuzmina, Y.V.

Piskunova va boshqalar). Ikkinchisi: o‘qituvchilarning kasbiy pedagogik

taʼlimini o‘rganish bilan bog‘liq tadqiqot yo‘nalishi (I.V.

Jernov, V.

А

. Kozqrev, I.S. Lomakina,

N.F.

Radionova va boshqalar.). Uchinchi yo‘nalish: umumiy taʼlim (G.Y.

Ksenzova,

N.V.

Seleznev.). Shu bilan birga o‘qituvchilarning baholash faoliyati mualliflar tomonidan

mustaqil faoliyat, kasbiy pedagogik faoliyatning bosqichi yoki kasbiy pedagogik faoliyatning

tarkibiy qismi sifatida ko‘rib chiqilgan.

G.Y.

Ksenzova o‘zining tadqiqotida o‘qituvchining

baholash faoliyati terminini

qo‘lladi. Uning fikricha, o‘qituvchi baholash faoliyatining maqsadi talabalarda o‘z

-

o‘zini

mustaqil baholash ko‘nikmasini rivojlantirishdan iborat. Olim baholash faoliyatining

obʼyekti haqida gapirganda, u o‘quvchining individual o‘sish jarayonida mustaqil

rivojlanishini ko‘zda tutadi. Shunday qilib, o‘qituvchining baholash faoliyatining natijasi

o‘quvchining o‘z

-

o‘zini adekvat baholashi hisoblanadi. Yuqorida keltirilgan misollar


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

11 (2023) / ISSN 2181-1415

39

bugungi kunda o‘qituvchining baholash faoliyatiga turli qarashlar mavjudligini ko‘rsatadi.

Turli qarashlardan qatʼi nazar, ushbu faoliyatning mohiyatini tavsiflovchi omillar mavjud.

Yaʼni baholash faoliyati:

kasbiy pedagogik faoliyatning ajralmas qismidir;

o‘qituvchining kasbiy vazifasidir;

o‘quvchining shaxs sifatida va o‘z

-

o‘zini baholashini rivojlantiruvchi faoliyatidir.

Baholash faoliyati o‘qituvchining kasbiy faoliyatining bir qismi bo‘lib,

o‘quvchilarning aktiv faoliyatini stimullashtiradi. Bugungi kunda baholashning asosiy

maqsadi nafaqat talabalarda o‘zlashtirilgan bilimlarni baholash, balki ularda o‘z

-

o‘zini

baholash ko‘nikmasini rivojlantirishdan iborat. Baholash jarayonini samarali olib borish

uchun o‘qituvchilar baholash kompetensiyasiga ega bo‘lishlari lozim. Baholash

kompetensiyasiga quyidagilarni kiritishimiz mumkin:

assesment obʼyektini ajratish (nimani baholash);

assesment obʼyektini qabul qilish kompetensiyasi;

assesment obʼyektini baholash mezoni bilan moslashtirish kompetensiyasi;

assesment turini tanlash kompetensiyasi;

assesment natijasini talabalarga eʼlon qilish kompetensiyasi.

XULOSA

Taʼlim jarayonida erishilgan yutuqlarni, olingan ko‘nikma va malakalarni baholash

pedagoglarning doimiy vazifalaridan biridir.

А

fsuski, ishni baholashga kelganda aksariyat

o‘qituvchilar qiyinchilikka yoxud noqulaylikka duch keladi. Natijada avval qo‘llangan

testlarni tahlil qilmagan holda qayta qo‘llaydi. Testlarning natijasini ko‘rish uchun ularni

statistik tahlil qilish zarur. Tahlil natijalari testlar o‘tilgan material, uni o‘zlashtirish

jarayoni, o‘qituvchining metodikasi haqida ijobiy yoki salbiy maʼlumot beradi. А

ynan shu

maʼlumotga tayangan holda o‘qituvchilar keyingi ishlarini rejalashtirishi va o‘zlarining

faoliyatini baholashlari ko‘zda tutiladi. Аfsuski, bugungi kunda o‘qituvchilar bu jarayonga

juda kam eʼtibor qaratmoqda. Baholash jarayoni, natijalari samarali bo‘lishi uchun

o‘qituvchilar baholash kompetensiyasiga ega bo‘lishlari, yaʼni –

uning asosi, assesment

usullarining yaratilishi va qo‘llanishi haqida maʼlumotga ega bo‘lishlari lozim. Baholash

kompetensiyasi nafaqat talabalarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarini, balki dars berish

jarayonini baholash va talabalarning o‘qishga bo‘lgan motivatsiyasini oshirishga yordam

beradi. Barchaga maʼlumki, baholash taʼlim berish va taʼlim olish jarayonida muhim

ahamiyat kasb etadi. U o‘qituvchilarga maqsad va vazifalarning o‘rinli yoki o‘rinsiz

bo‘lganligi haqida bir qarorga kelishga yordam beradi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

:

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, “Oliy va o‘rta maxsus ta’lim

tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-

tadbirlari to‘g‘risida”

11.07.2019-yildagi PQ-4391-son manba Lex.uz

2.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, “Oliy ta’lim

muassasalarini o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlash to‘g‘risida”10.10.2018

-yildagi 816-son

manba Lex.uz

3.

Тухтасинов И.М. Развитие профессиональной компетенции на основе

эквивалентности при подготовке переводчиков: Автореферат дисс. … докт.

пед.наук (DSc). –

Т., 2018. –

С. 45.

4.

D.U.Xoshimova

Rus tilining zamonaviy faoliyati va tillararo o‘zaro ta’sirlar

kontekstida lagunalarni o‘rganish uchun lingvodidaktik asoslar: Dis. ... dok. ped. Fanlar. –

Toshkent, 2007. -209 b


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

11 (2023) / ISSN 2181-1415

40

5.

Сафонова В.В. Перевод в контексте изучения иностранного языка в рамках

гуманитарно

-

филологического профиля в старшей школе // Иностранные языки в

школе. –

№3. –

М., 2008. С

-176

6.

Qudrat Musayev “Tarjima nazariyasi va asoslari” “Fan” nashriyoti 2005

-y -305-

bet

7.

F.M.Rashidova

CEFR asosida chet tillarni oʻrganish, oʻqitish va baholashda kasb

mahorati // Uzluksiz taʼlim jurnali. –

Т

. 2016.

–№ 6. –

Б

. 70-71.

8.

Матюшин И.М. Синхронный перевод в многоканальной информационной

среде // Вестник МГЛУ. –

2016.

№ 11 (750). –

С. 23

9.

Wasley P. "The Syllabus Becomes a Repository of Legalese". The Chronicle of

Higher Education, 2008

P. 15

10.

Saidumar Saidaliyev. Chet til oʻqitish metodikasidan ocherklar. –

Namangan,

2004.

240

б

.

11.

B.A.Raximov, A.Mavlyanov, V.Q. Choriyev, S.R.Abdalov, N.S.Temirova -

Pedagogik texnologiyalar sxemalarda.

T.;

Fan va texnologiya, 2009. B.125

12.

D.A. Qurbanbayev

Boʻlajak chet tili oʻqituvchilari nutq omilkorligini nazorat

qilish metodikasi: Diss. ped. fan. Nomz.

–Т.; 2011. –125 б.

13.

Усманова М.Н. Педагогическое тестирование; история развития и

современное состояние. –Т;, 1995. –158 б.

14.

J.Xasanboyev va boshqalar. Pedagogika (pedagogika nazariyasi va tarixi). Oliy

oʻquv yurtlari uchun darslik. Oʻ.R. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi. –

Toshkent;

Noshir, 2011.

456b.

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, “”Oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora- –tadbirlari to‘g‘risida” 11.07.2019 -yildagi PQ-4391-son manba Lex.uz

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, “Oliy ta’lim muassasalarini o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlash to‘g‘risida”10.10.2018- yildagi 816-son manba Lex.uz

Тухтасинов И.М. Развитие профессиональной компетенции на основе эквивалентности при подготовке переводчиков: Автореферат дисс. … докт. пед.наук (DSc). – Т., 2018. – С. 45.

D.U.Xoshimova - D.U. Rus tilining zamonaviy faoliyati va tillararo o‘zaro ta’'sirlar kontekstida lagkunalarni o‘rganish uchun lingvodidaktik asoslar: Dis. ... dok. ped. Fanlar. - Toshkent, 2007. -209 b

Сафонова В.В. Перевод в контексте изучения иностранного языка в рамках гуманитарно-филологического профиля в старшей школе // Иностранные языки в школе. – №3. – М., 2008. С-176

Qudrat Musayev “Tarjima nazariyasi va asoslari” “”Fan” nashriyoti 2005-y -305-bet

F.M.Rashidova - CEFR asosida chet tillarni oʻrganish, oʻqitish va baholashda kasb mahorati // Uzluksiz taʼlim jurnaliРашидова Ф.М. CEFR асосида чет тилларни ўрганиш, ўқитиш ва баҳолашда касб маҳорати // Узлуксиз таълим журнали. – Т. 2016. –№ 6. – Б. 70-71.

Матюшин И.М. Синхронный перевод в многоканальной информационной среде // Вестник МГЛУ. – 2016. – № 11 (750). – С. 23

Wasley P. "The Syllabus Becomes a Repository of Legalese". The Chronicle of Higher Education, 2008 – P. 15

Saidumar Saidaliyev. Chet til oʻqitish metodikasidan ocherklar. – NamanganСаидумар Саидалиев. Чет тил ўқитиш методикасидан очерклар. – Наманган, 2004. –240 б.

B.A.Raximov, A.Mavlyanov, V.Q. Choriyev, S.R.Abdalov, N.S.Temirova -Pedagogik texnologiyalar sxemalarda. –T.; ―Fan va texnologiya, 2009. B.125

D.A. Qurbanbayev - Boʻlajak chet tili oʻqituvchilari nutq omilkorligini nazorat qilish metodikasi: Diss. ped. fan. nomz

Рахимов Б.А., Мавлянов А., Чориев В.Қ., Абдалов С.Р., Темирова Н.С. Педагогик технологиялар схемаларда. –Т.; ―Fan va texnologiya, 2009. Б.125

Қурбанбаев Д.А. Бўлажак чет тили ўқитувчилари нутқ омилкорлигини назорат қилиш методикаси: Дисс. пед. фан. номз. –Т.; 2011. –125 б.

Усманова М.Н. Педагогическое тестирование; история развития и современное состояние. –Т;, 1995. –158 б.

J.Xasanboyev va boshqalar. Pedagogika (pedagogika nazariyasi va tarixi). Oliy oʻquv yurtlari uchun darslik. Oʻ.R. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi. –Toshkent; ―NoshirХасанбоев Ж ва бошқалар. Педагогика (педагогика назарияси ва тарихи). Олий ўқув юртлари учун дарслик. Ў.Р. Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги. –Тошкент; ―Ношир, 2011. –456b. б