Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Development of speaking competencies of primary class
students as a pedagogical problem
Zulaykho KHAKIMOVA
Tashkent State Pedagogical University named after Nizami
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received November 2023
Received in revised form
15 December 2023
Accepted 25 December 2023
Available online
15 February 2024
This article discusses the problems and solutions of the
development of speech competence of elementary school
students. In addition, the article pays special attention to the
issues of students' speech development and analyzes the books
of local and foreign scientists.
2181-
1415/©
2023 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol4-iss11/S-pp133-139
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
speech,
competence,
speech development,
oral speech,
written speech,
primary class,
basic competence,
competence related to
science.
Boshlangʻich sinf oʻquvchilarining nutqiy kompetensiyalarini
rivojlantirish
–
pedagogik muammo sifatida
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
nutq,
kompetensiya,
nutq oʻstirish,
ogʻzaki nutq,
yozma nutq,
boshlangʻich sinf,
tayanch kompetensiya,
fanga oid kompetensiya.
Ushbu maqolada boshlangʻich sinf oʻquvchilarining nutqiy
kompetensiyalarini rivojlantirishning muammo va yechimlari
haqida
fikr
yuritilgan.
Bundan
tashqari
maqolada
oʻquvchilarning nutqini rivojlantirish masalalariga alohida
e’tibor qaratilgan hamda shu boʻyicha mahalliy va xorijiy
olimlarning kitoblari tahlil qilingan.
1
PhD student of Tashkent State Pedagogical University named after Nizami. E-mail: xakimovazulayxo11255@gmail.com
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
11 (2023) / ISSN 2181-1415
134
Развитие речевых компетенций учащихся начальных
классов как педагогическая проблема
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
речь,
компетентность,
речевое развитие,
устная речь,
письменная речь,
начальный класс,
базовая компетентность,
компетентность связанная
с наукой.
В данной статье рассматриваются проблемы и пути
решения развития речевой компетентности учащихся
младших классов. Кроме того, в статье уделяется особое
внимание вопросам развития речи студентов и
анализируются книги отечественных и зарубежных
ученых.
Tezlik bilan rivojlanayotgan zamonda har bir soha uchun koʻplab yangiliklar kirib
kelmoqda va ushbu yangiliklarni oʻrganib amaliyotga tatbiq qilish har bir soha
mutaxassisining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Shu jumladan, ta
’
lim sohasida ham
bugungi kunda ko
ʻ
plab yangiliklar tajribadan o
ʻ
tkazilib, amaliyotga kirib kelmoqda.
Bu yangilanishlar esa yurtboshimizning tashabbuslari bilan amalga oshirilmoqda.
Buni ularning quyidagi so
ʻ
zlari orqali ham bilib olishimiz mumkin
: “
Maktabda o
‘
qitish
metodikasi o
‘
zgarmasa, ta
’
lim sifati ham, mazmuni ham, muhit ham o
‘
zgarmaydi
” [1].
Bu yangiliklardan biri esa kompetensiya va kompetensiyaviy yondashuvning ta
’
lim
tizimimizga joriy qilinganligidir.
Kompetensiya soʻziga “Oʻzbekiston milliy
ensiklopediyasi”da shunday ta’rif beriladi: “Kompetensiya (lot. Compete –
erishyapman,
munosibman, loyiqman)
–
1) muayyan davlat organi (mahalliy oʻzini oʻzi boshqarish
organi) yoki mansabdor shaxsning qonun, ustav yoki boshqa hujjat bilan belgilangan
vakolatlari, huquq va burchlari doirasi; 2) u yoki bu sohadagi bilimlar, tajriba” [4, 530]
.
Hozirgi kunda kompetensiya DTSning tarkibiy qismi sifatida kiritiladi. DTS da
kompetensiya tushunchasiga quyidagicha ta’rif beriladi: “Kompetensiya –
mavjud bilim,
ko‘nikma va malakalarni kundalik faoliyatda qo‘llay olish qobiliyatdir”. Kompetensiya
2 turli bo‘lishi DTS da keltirib o‘tilgan:
1)
Tayanch kompetensiya;
2)
Fanga oid kompetensiya.
Fanga oid kompetensiya esa har bir fan uchun alohida keltirib o‘tilgan
kompetensiyadir. Masalan, ona tili fani uchun 2 turli fanga oid kompetensiyalar ajratib
ko‘rsatiladi:
a) nutqiy kompetensiya;
b) lingvistik kompetensiya.
Hozirgi kunda amalda boʻlgan DTS da ta’lim muassasalarida ona tili fanining
oʻqitish bosqichlari boʻyicha shakllantirilishi lozim boʻlgan lingvistik kompetensiyalar
keltirib oʻtilgan. Lingvistik
kompetensiya bu ona tilining fonetika, grafika, orfoepiya,
orfografiya, leksika, grammatika va uslubiyat boʻlimlariga tegishli boʻlgan
kompetensiyalardir. 4-
sinfni yakunlagan oʻquvchida quyidagi lingvistik kompetensiyalar
shakllangan boʻlishi lozim:
A1 (Ona tili fanini o‘rganishning boshlang‘ich darajasi)
–
ona tilidagi nutq
tovushlarini farqlay oladi, bo‘g‘in ko‘chirish qoidalariga amal qila oladi;
mavzuga oid yangi so‘zlarni og‘zaki va yozma nutqda qo‘llay oladi;
yozma nutqda tinish belgilarini to‘g‘ri qo‘llay oladi.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
11 (2023) / ISSN 2181-1415
135
A1+ (Ona tili fanini o‘rganishning kuchaytirilgan boshlang‘ich darajasi)
–
so‘zlarning tovush tarkibini orfoepik jihatdan to‘g‘ri shakllantira oladi;
gapning ifoda maqsadiga ko‘ra turlarini farqlay oladi va yozma nutqda o‘rinli
qo‘llay oladi. [2, 17]
Milliy oʻquv dasturi tarkibida maktab bitiruvchilarida ona tili va adabiyot fanidan
oʻzlashtirilishi kerak boʻlgan umumiy kompetensiyalar keltirib oʻtilgan. Maktab
bitiruvchilari quyidagi nutqiy kompetensiyalarni egallagan boʻlishlari lozim:
og‘zaki nutq malakasi
1)
oʻzbek adabiy tili me’yorlariga amal qilgan holda turli nutqiy vaziyatlarda ravon
so‘zlay olish;
2) mavzu yuzasidan nutq tayyorlay olish va uni bayon qilish, mavzu
doirasidagi fikr va g‘oyalarini taqdimot ko‘rinishida namoyish
qilish;
3) munozaralarda ishtirok etish, fikrlarni umumlashtirish va munosabat bildira
olish;
4)
badiiy matnni yoddan ifodali aytish, bunda ohang, ovoz tovlanishlari va to‘xtam
(pauza) dan o‘rinli foydalana olish.
Yozma nutq malakasi
1)
o‘z fikr va hissiyotlarini imlo, punktuatsion, uslubiy qoidalarga rioya qilgan
holda to‘g‘ri, izchil, ifodalash, shuningdek, ma’lumotni belgilangan hajm talabiga ko‘ra
yoza olish;
2)
turli maqsad va har xil oʻquvchiga mo‘ljallangan matnlarni yoza olish, xususan,
ma’lum narsa/hodisa haqida yozma ma’lumot yetkaza olish;
3) materiallarni tartiblash va umumlashtirish, fikr va dalillarni tafsilotlar bilan
asoslab yoza olish;
4)
yozma nutqining ta’sirchanligini oshirish maqsadida ifoda vositalarni oʻrinli
qo‘llay olish;
5)
matnning izchilligini ta’minlash va saviyasini oshirish uchun so‘z va grammatik
vositalarni to‘g‘ri qo‘llay olish;
6)
imlo, uslub va punktuatsion me’yorlarga rioya qilish.
Anglash malakasi; o‘qish va tushunish.
1)
matnning uslubini farqlagan holda ravon va ifodali o‘qiy olish;
2)
matnda til qanday qo‘llanganini, xususan, har bir so‘z, so‘z birikmasi va gap
shaklining qanday ma’no tashiyotganini, nega aynan shu so‘z, birikma yoki gap
qo‘llanganini, matn tuzilishi va uning tarkibiy qismlarini bog‘lovchi vositalarning
vazifasini tushuna olish;
3) ibora (idioma)lar, maqol va aforizmlarning matnga qo‘shadigan
hissasini aniqlay olish;
4) matn mazmuniga mos sarlavha (lar)ni topa olish;
5) matn ob’yektiga nisbatan muallifning nuqtai nazarini aniqlay olish;
6) xulosa
chiqarish, xulosani matnda berilgan hodisaga bog‘lay olish;
7) matnning yozilishidan qanday maqsad ko‘zlanganini, qaysi toifadagi o‘quvchiga
mo‘ljallanganini, qanday kontekstda yozilganini bilish va bu bilimni matnni yaxshiroq
tushunish uchun qo‘llay olish.
Tinglab tushunish
1) monologik nutq va suhbatni tinglab tushuna olish;
2) jonli nutq va audiomatn mavzusi yuzasidan tilga olingan tafsilotlarni belgilay olish;
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
11 (2023) / ISSN 2181-1415
136
3) berilgan savollarni tushuna olish va javob bera olish;
4)
so‘roq gap, darak gap, undov gaplar va kinoya ohangidagi farqni
tushunish;
5)
audiomatnda berilgan ma’lumotni turli shaklda, xususan, jadval,
chizma, grafik ko‘rinishida ifodalay olish;
6) audiomatnni og‘zaki aytib bera olish va matn ko‘rinishida yozib bera olish;
7) tinglanganlar asosida xulosa qilish va xulosani dalillar bilan asoslay olish;
8) dialogik nutq va suhbatda tomonlarning vazifasi, fikri va qarashlarini farqlay
olish [3, 8].
Insonning eng muhim ehtiyojlaridan biri bu muloqotga, fikr almashishga boʻlgan
ehtiyojidir. Bu ehtiyoj albatta nutq orqali qondiriladi. Nutq insonlar uchun berilgan oliy
mukofotlardan biri deb ikkilanmay aytishimiz mumkin. Chunki biz farzandlarimizga
tarbiyani nafaqat oʻrnak boʻlish, balki oʻz nutqimiz, nutq madaniyatiga qanchalik amal
qilishimiz bilan berishimiz mumkin boʻladi.
Shu vaqtgacha nutq, nutqiy rivojlanish, uning turlari, nutqiy madaniyat haqida
koʻplab ilmiy ishlar olib borilgan, koʻplab kitob va maqolalar chop etilgan. Quyida nutq
haqidagi ayrim mulohazalarni keltirib oʻtamiz. “Oʻzbek tilining izohli lugʻati” da:
–
“nutq –
fikrni soʻz orqali ifodalash qobiliyati, mahorati”,
–
deb ta’rif berilgan. [5,
514]
MDH mamlakatlari olimlari esa nutq tushunshasiga shunday izoh berganlar: “Nutq
–
til orqali odamlarning muloqoti. Nutq muloqoti odamlarning hamkorlikdagi faoliyatini
tashkil etadi”.
Nutq
–
kishi faoliyatining turi, til vositalari (so‘z, so‘z birikmasi, gap) asosida
tafakkurni ishga solishdir.
Nutq o‘stirish nima? Agar o‘quvchi va uning tildan bajargan ishlari ko‘zda tutilsa,
nutq o‘stirish deganda tilni har tomonlama (talaffuzi, lug‘ati, sintaktik qurilishini,
bog‘lanishli nutqni) faol amaliy o‘zlashtirish tushuniladi. Agar o‘qituvchi ko‘zda tutilsa,
nutq o‘stirish deganda, o‘quvchilarning tilning talaffuzi, lug‘ati, sintaktik qurilishi va
bog‘lanishli nutqni faol egallashlariga yordam beradigan metod va usullarni qo‘llash
tushuniladi. [7, 347]
Nutq oʻstirish masalasi haqida fikr yuritganimizda eng birinchi navbatda aynan
nutqning asli nima ekanligi, uning turlari, tuzilishi va eng asosiysi oʻquvchilar nutqini
qanday boyitish va rivojlantirish mumkinligi haqida, bundan tashqari oʻquvchilarning
chiroyli, ravon nutq soʻzlash koʻnikmalarini qanday shakllantirish va rivojlantirish
masalalari ustida ish olib borish lozimligini tushunib yetamiz.
Nutq o‘stirishda uch yo‘nalish aniq ajratiladi:
1) so‘z ustida ishlash;
2)so‘z birikmasi va gap ustida ishlash;
3) bog‘lanishli nutq ustida ishlash.
Bu uch yoʻnalish har doim birgalikda olib borilishi lozim. Masalan, oʻquvchilar
biror bir yangi matn bilan tanishadilar, avval matn ichidagi notanish soʻzlar bilan
tanishadilar, ular ustida ishlab, ma’nosiga tushunib, oʻz nutqlarida qoʻllash darajasiga
yetadilar. Soʻng esa oʻsha matndagi gaplarning tuzilishi bir
-
biriga grammatik va ma’no
jihatdan bogʻlanishi tahlil qilinadi. Undan keyin esa matnning yaxlit ma’nosi va tuzilishi,
undagi fikrlarning ketma-
ketligi va izchilligi oʻrganiladi. Oʻquvchilar shu asosida oʻzlari
oʻrganayotgan har qanday matnlar ustida ishlab, ularni oʻz nutqlarida qayta qoʻllab
nutqlarining rivojlanishiga erishishlari mumkin.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
11 (2023) / ISSN 2181-1415
137
Ona tili ta’limi jarayonida o‘quvchilar nutqini o‘stirish masalasi o‘zbek olimlari
tomonidan ham o‘rganib chiqilgan. Xususan, pedagogika fanlari nomzodi Y.
Abdullayev,
pedagogika fanlari doktori Q. Abdullayeva, professor K. Qosimova, B.Turdiyev,
A.
G‘ulomov, M.
Asqarova, S. Matchonov kabi olimlar tomonidan tadqiq qilingan.
Bundan tashqari bola nutqi asosan maktabgacha bo‘lgan davrda shakllanganligi
sababli maktabgacha yoshdagi bolalarning nutqini rivojlantirishga bag‘ishlangan ilmiy
ishlarning soni ko‘pchilikni tashkil etadi.
Shular qatorida D.R.
Babayevaning “Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi” nomli
darsligini alohida keltirishimiz mumkin. Bu darslikda asosan maktabgacha yoshdagi
bolalarning nutqini o‘stirish jarayonlari haqida so‘z boradi.
Bu mavzudagi yana bir o‘zbek olima Q.
Qosimova
tomonidan yozilgan “1
-sinfda
nutq o‘stirish” nomli qo‘llanmani keltirishimiz mumkin. Bu qo‘llanmada asosan savod
o‘rgatish davrida o‘quvchilar nutqini oshirish yo‘llari haqida fikr
-mulohazalar keltirib
o‘tilgan.
A.
G‘ulomov, M.
Qodirovning “O‘zbek tilida nutq o‘stirish metodikasi” nomli
kitobida nutq o‘stirishning nazariy va amaliy ahamiyati, nutq o‘stirishga doir mashqlarni
tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar berilgan.
B.
To‘xliyev, M.
Shamsiyeva, T.
Ziyodovalar tomonidan yaratilgan “O‘zbek tili
o‘qitish metodikasi”
qo‘llanmasida o‘quvchilar nutqini o‘stirish, lug‘atini boyitish
metodikasiga alohida e’tibor qaratilgan
Shuni ta’kidlash kerakki, K.Qosimova bosh muallifligida yaratilgan “Ona tili o‘qitish
metodikasi”da boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining bog‘lanishli nutqini o‘stirish metodikasi
alohida bo‘lim sifatida ajratilib, nutq o‘stirishning metodik shartlari, aspektlar,
yo‘nalishlari hamda so‘z, gap va bog‘lanishli nutq ustida ishlash metodikasi keng
yoritilgan [6, 352].
Nutq oʻstirish masalasi nafaqat boshlangʻich ta’limning balki, maktabgacha ta’lim
davrining ham muhim masalalaridan biridir. Chunki bolaning nutqi asosan maktabgacha
yosh davrida shakllanadi va bola hayoti davomida
ishlatadigan juda koʻplab soʻzlarni ayni
shu yosh davrida oʻrganadi. Shu sababli nutq oʻstirish masalasiga oid maktabgacha ta’lim
sohasi vakillarining ilmiy ishlarini koʻrib chiqishimiz mumkin. Jumladan, V.I.
Loginova,
Y.S. Lyaxovskaya, V.V. Gerbova va boshqalarning tadqiqotlarida bolalar ona tili leksikasini
oʻzlashtirib olishlarining oʻziga xos xususiyatlari yoritilgan [8, 12].
Biz hozirda texnika va texnologiyalar kuchli rivojlanayotgan davrda
yashamoqdamiz. Koʻpchilik kishilar mehnatining oʻrnini texnikalar bemalol bajarib
bermoqda. Bundan tashqari esa koʻplab ijtimoiy tarmoqlar, web saytlar va umuman
butun dunyoni internet egallab bormoqda.
Bu barcha holatlar esa albatta insonga ta’sir
oʻtkazadi. Xususan, bolalarga ham. Bugungi kunda avvalgi paytga nisbatan koʻplab ilmiy
-
texnik kashfiyotlar, gadjetlar yaratilmoqda. Bolalar uchun esa har qanday oddiy
mashgʻulotdan koʻra zangori ekran va turli oʻyin va animatsion tasvirlarga toʻla boʻlgan
gadjetlarni afzal koʻrishmoqda. Bu esa ayniqsa kichik yoshdagi bolalarning nutqiy
faoliyatiga albatta salbiy zarar koʻrsatmoqda. Chunki ayni rivojlanadigan, muloqot orqali
butun dunyoni anglaydigan yoshida faqatgina qurilmaga bogʻlanib qolmoqda. Koʻplab
bolalarda kuzatilayotgan nevrologik va logopedik kasalliklarning asosiy omili sifatida
bolaning uzoq vaqt televizor, komputer va telefon qarshisida band boʻlayotganligi
aytilmoqda. Bu holat esa albatta maktabdagi oʻquvchining ta’lim olish jarayoniga ham oʻz
salbiy ta’sirini oʻtkazadi. Chunki diqqati, nutqi talab darajasida, yoshiga mos tarzda
rivojlanmagan oʻquvchilarning ta’lim olish jarayoni ham jadal sur’at bilan kechmaydi.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
11 (2023) / ISSN 2181-1415
138
Yuqoridagi muammodan tashqari yana quyidagilarni bolalarning nutqiy
kompetensiyalari rivojlanmasligining sabablari sifatida koʻrsatishimiz mumkin:
1.
Bola nutqi oʻsishiga ota
-onaning befarqligi, u bilan yetarlicha nutqiy faoliyatga
kirishmasliklari;
2.
Atrofida sogʻlom nutqiy muhit shakllantirilmaganligi;
3.
Oʻqituvchilarning bola nutqini rivojlantiruvchi qoʻshimcha mashqlardan
foydalanmasliklari;
4.
Atrofdagilarning bola uchun toʻgʻri namuna boʻla olmasliklari, ya’ni nutq
madaniyatiga amal qilmasliklari;
5.
Bolaning kam kitob mutolaa qilishi, chunki kitob oʻqish orqali bolaning ogʻzaki
va yozma nutqi, fikrlashi va dunyoqarashi oʻsib boradi.
Oʻquvchilar nutqini shakllantirish jarayonida ularning nutqini ma’lum talablar
asosida rivojlantirishga harakat qilish lozim. Buning uchun esa avvalo oʻqituvchi
nutqining oʻzi ushbu talablarga javob berishi kerak. Nutqqa qoʻyiladigan talablar esa
quyidagilardan iborat:
1.
Oʻquvchilarning nutqi mazmunli boʻlishi;
2.
Nutqda mantiqiylik boʻlishi;
3.
Nutq aniq boʻlishi;
4.
Nutq til vositalariga boy boʻlishi;
5.
Nutq tushunarli boʻlishi;
6.
Nutq ifodali boʻlishi;
7.
Nutq toʻg’ri boʻlishi
kerak. [9, 641]
Albatta, oʻquvchilar nutqini ushbu barcha talablarga javob beradigan tarzda
shakllantirish va rivojlantirish murakkab boʻlib, mehnat talab qiluvchi jarayon hisoblanadi.
Buni amalga oshirish esa oʻqituvchidan yetarlicha bilim va mahorat talab qiladi.
Kichik maktab yoshidagi oʻquvchilarning nutqidagi muammolarni bartaraf etish va
uni rivojlantirish uchun avval oʻquvchilarning nutq holatini tekshirib olish maqsadga
muvofiq hsoblanadi. Chunki har bir bola turli xil oiladan maktabga keladi, ya’ni har bir
bolaning nutqiy jarayonga kirishish holati yoki nutqiy kamchiliklari oʻziga xosdir.
Bolaning og
ʻ
zaki nutq qobiliyatlari ko
ʻplab omillar ta’sirida shakllanadi. Shuning uchun
bolalarning nutq faolligi, muloqot qilish, o
ʻ
z fikrlarini ifodalash uchun sharoit yaratish
juda muhimdir.
Nutqni muvaffaqiyatli rivojlantirish, bolalarda nutq koʻnikmalarini shakllantirish
uchun muayyan shart-sharoitlarni yaratish kerak.
Birinchi shart
–
muloqotga bo
ʻ
lgan ehtiyoj yoki aloqa. Nutqning motivatsiyasini
aniqlaydigan, uning qiziqishi va nimanidir baham koʻrish, biror narsa haqida gapirish
istagini uygʻotadigan vaziyatlarni ta’minlash kerak.
Ikkinchi shart
–
nutq muhitini yaratish. Oʻz nutqining boyligi, rang
-barangligi va
toʻgʻriligi koʻp jihatdan u qanday nutq muhitiga ega ekanligiga bogʻliq.
Shunga asoslanib, biz oʻquvchilar nutqini rivojlantirishda oʻqituvchining umumiy
vazifalarini shakllantirishimiz mumkin:
1.
Oʻz
-
oʻzini rivojlantirishga oid adabiyotlarni oʻrganish, oʻz
-
oʻzini rivojlantirish
mavzusi boʻyicha amaliy material toʻplashni boshlash;
2.
Oʻquvchilar uchun yaxshi nutq muhitini ta’minlash;
3.
Oʻquvchilarning qiziqishlari, ehtiyojlari va mustaqil nutq imkoniyatlarini
rivojlantiradigan nutq vaziyatlarini yaratishni ta’minlash;
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
11 (2023) / ISSN 2181-1415
139
4.
Oʻquvchilarning yetarlicha so‘z boyligi, grammatik shakllar, sintaktik tuzilmalar,
mantiqiy bog‘lanishlarni to‘g‘ri egallashini ta’minlash, so‘zlardan foydalanishni faollashtirish;
5.
Oʻquvchilarning nutqini rivojlantirish uchun maxsus mashqlar
tizimini ishlab
chiqish;
Yuqoridagilardan tashqari, oʻquvchilar nutqi ustida ishlash, uni rivojlantirish
jarayonida oʻqituvchi va ota
-onalar hamkorligi muhim jihat hisoblanadi. Chunki nutq faqat
maktabda emas oila muhitida ham toʻgʻri amalga oshirilishi va rivojlantirilishi lozimdir.
Shu oʻrinda oʻquvchilarning nutqini boshqa fanlar orqali ham rivojlantirish
masalasi haqida toʻxtalib oʻtishni lozim deb topdik. Chunki oʻquvchilar boshqa fanlarda
koʻplab yangi soʻzlarni, fanga oid tushunchalarni oʻzlashtiradilar. Masalan, matematika
darsida oʻquvchilar rasmga qarab masala tuzish yoki masala uchun qisqa shart tuzish
kabi topshiriqlarni bajarish orqali bogʻlanishli nutqini rivojlantiradilar.
Tabiiy fan darsi orqali esa koʻplab tabiat hodisalari, hayvon, oʻsimlik va joy
nomlariga oid soʻzlarni oʻrganadilar. Bundan tashqari esa dars jarayonida tashkil etilgan
ekskursiyalar orqali ham koʻplab yangi soʻzlar bilan tanishib, ularni oʻzlarining soʻz
boyliklari sifatida oʻzlashtiradilar.
Maktablarda musiqa, tarbiya, oʻqish savodxonligi va jismoniy tarbiya kabi fanlarda
ham oʻquvchilar nutqi, tafakkuri va dunyoqarashini rivojlantirish kerakligini alohida
ta’kidlash lozim.
Yuqoridagilardan xulosa shuki, nutq faqatgina ona tili darslarida emas, balki,
deyarli barcha fanlar orqali shakllantirishi va rivojlantirilishi zarurdir. Har bir dars
jarayonlarida oʻquvchilar uchun yangi hisoblangan soʻzlar ustida ishlanib ularning soʻz
boyligi boyitilishiga ahamiyat berish muhim hisoblanadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Prezident Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimizda ta’lim
-tarbiya tizimini
takomillashtirish, ilm-
fan sohasi rivojini jadallashtirish masalalari muhokamasi bo‘yicha
videoselektor yig‘ilishidagi nutqidan.
2.
Umumiy oʻrta ta’limning Davlat ta’lim standarti va Oʻquv dasturi. Boshlangʻich
ta’lim. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Respublika ta’lim markazi.
Toshkent. 2017.
–
249 b.
3.
Umumiy oʻrta ta’limning Milliy oʻquv dasturi. Ona tili. T –
2020. Oʻzbekiston
Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Respublika ta’lim Markazi, 2020. –
163 b. rtm.uz
4.
Oʻzbekiston Milliy Ensiklopediyasi. Toshkent Davlat ilmiy nashriyoti 2002. –
900 b.
5.
Oʻzbek tilining izohli lugʻ
ati I tom.
–
M.: “Rus tili” 1981. –
632 b.
6.
K.Qosimova, S.Matchonov, X.Gʻulomova, Sh.Yoʻldosheva, Sh.Sariyev, Ona tili
oʻqitish metodikasi. –
T.: Noshir, 2009, 352 bet.
7.
Рождественский Н. С., Кустарева В. А. Методика начального обучения
русскому языку.
-
М.: «Просвещение», 1965. 289
-
бет
8.
D.R.Babayeva
–
Nutq oʻstirish nazariyasi va metodikasi, darslik –
T.: “Barkamol
fayz media”, 2018, 432 b.
9.
S.Matchonov, H.Bakiyeva, X. G‘ulomova, Sh.Yo‘ldosheva, G.Xolboyeva.
Boshlang‘ich sinflarda ona tili o‘qitish metodikasi. Toshkent –
“Ishonchli hamkor” –
2020-yil 740 b
10.
www.rtm.uz
11.
www.ziyouz.com
