Авторы

  • Дилдора Солихужаева
    Исследователь, Наманганский государственный университет

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol4-iss11/S-pp224-233

Ключевые слова:

семья брачный возраст национальные ценности давление и насилие родственный брак ранний брак ранние роды счастливое материнство социальный опрос устойчивое развитие

Аннотация

Статья рассматривает роль семьи для устойчивого развития общества и личности в условиях серьезного внимания к семейным проблемам со стороны государства. С глобальной точки зрения, поддержка семьи рассматривается как механизм достижения целей устойчивого развития, включая искоренение бедности, обеспечение здоровья и благополучия, расширение возможностей молодежи и защиту их прав, сокращение неравенства. Автором представлены социологические исследования, анализ результатов социального опроса и научно-практические выводы, направленные на изучение мыслей, взглядов, взаимосвязей и авторского видения укрепления семьи, здорового и счастливого материнства, а также необходимых условий для детства и семейных ценностей. В то же время уделяется внимание подготовке молодежи Узбекистана к самостоятельной жизни в духе национальных ценностей, ее правовой базе и организационным механизмам, а также вопросам борьбы с притеснениями и насилием.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Preparing young people for family life based on national
values and its legal basis

Dildora SOLIKHUJAEVA

1


Namangan State University

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received November 2023

Received in revised form

15 December 2023

Accepted 25 December 2023

Available online

15 February 2024

The article examines the role of the family for the sustainable

development of society and the individual in conditions of

serious attention to family problems on the part of the state.
From a global perspective, family support is seen as a

mechanism for achieving sustainable development goals,
including eradicating poverty, ensuring health and well-being,
empowering youth and protecting their rights, and reducing

inequality. The author presents sociological research, analysis
of the results of a social survey and scientific and practical

conclusions aimed at studying thoughts, views, relationships

and the author’s vision of strengthening the family, healthy and

happy motherhood, as well as the necessary conditions for

childhood and family values. At the same time, attention is paid
to preparing the youth of Uzbekistan for independent life in the
spirit of national values, its legal framework and organizational

mechanisms, as well as issues of combating oppression and
violence.

2181-

1415/©

2023 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol4-iss11/S-pp224-233

This is an open access article under the Attribution 4.0 International

(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

family,

age of marriage,

national values,

oppression and violence,

marriage between relatives,

early marriage,

early childbirth,

happy motherhood,

social survey,

sustainable development.

Yoshlarni milliy qadriyatlar asosida oilaviy hayotga
tayyorlash va uning huquqiy asoslari

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

oila, nikoh yoshi,

milliy qadriyatlar,

tazyiq va zo‘ravonlik,

qarindoshlar o‘rtasidagi

nikoh,

erta nikoh,

Mazkur maqolada davlatimiz tomonidan oila masalalariga

qaratilgan jiddiy e’tibor, oilaning jamiyat va shaxsning barqaror
rivojlanishi uchun tutgan o‘rni bilan bog‘liq. Muallif tomonidan

oilani mustahkamlash, sog‘lom va baxtli onalik va bolalik uchun

zarur

shart-

sharoitlar

oilaviy

qadriyatlar

to‘g‘risidagi

tasavvurlari, fikrlari, qarashlari, munosabatlarini o‘rganishga

1

Researcher, Namangan State University


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

11 (2023) / ISSN 2181-1415

225

erta tug‘ruq,

baxtli onalik,

ijtimoiy so‘rovnoma,

barqaror rivojlanish.

qaratilgan sotsiologik tadqiqotlar, ijtimoiy so‘rovnoma natijalari

tahlili va ilmiy-amaliy xulosalar berilgan. Shu bilan birga,

O‘zbekistonda yoshlarni milliy qadriyatlar ruhida mustaqil

hayotga tayyorlash, uning huquqiy asoslari va tashkiliy

mexanizmlari, shuningdek, tazyiq va zo‘ravonlikka qarshi

kurashish masalalariga ham e’tibor qaratilgan.

Подготовка молодежи к семейной жизни на основе
национальных ценностей и ее правовой основы

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

семья,

брачный возраст,

национальные ценности,

давление и насилие,

родственный брак,

ранний брак,

ранние роды,

счастливое материнство,

социальный опрос,

устойчивое развитие.

Статья рассматривает роль семьи для устойчивого

развития общества и личности в условиях серьезного

внимания к семейным проблемам со стороны государства.
С

глобальной

точки

зрения,

поддержка

семьи

рассматривается как механизм достижения целей
устойчивого развития, включая искоренение бедности,
обеспечение здоровья и благополучия, расширение

возможностей молодежи и защиту их прав, сокращение
неравенства. Автором представлены социологические
исследования, анализ результатов социального опроса и

научно

-

практические выводы, направленные на изучение

мыслей, взглядов, взаимосвязей и авторского видения

укрепления семьи, здорового и счастливого материнства, а
также необходимых условий для детства и семейных
ценностей. В то же время уделяется внимание подготовке

молодежи Узбекистана к самостоятельной жизни в духе
национальных

ценностей,

ее

правовой

базе

и

организационным механизмам, а также вопросам борьбы с

притеснениями и насилием.

KIRISH

Ko‘p olimlar o‘z tadqiqotlarida ma’naviy tanazzulning asosiy omillari bo‘yicha

qator izlanishlar olib bordi, har xil qiziqarli tahliliy ma’lumotlar asoslandi, lekin bularning
ichida odamni tashvishga soladigan, bir qaraganda e’tiborsizdek tuyiladigan, lekin oqibati

tanazzulga, johillikka olib boradigan bir omil, ya’ni oilada farzand tarbiyasi, yoshlarni
oilaviy hayotga tayyorlashda oilaviy qadriyatlarga e’tiborsizlik illati millatning ma’naviy

tanazzulining asosi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Nega bugun ota

-

onalar o‘rtasida farzand

tarbiyasi va ularni oilaviy hayotga tayyorlash borasida e’tiborsizlikka yo‘l qo‘yilmoqda?

Farzand tarbiyasi bilan shug‘ullanishiga qanday omillar to‘sqinlik qilyapti? Ota

-onalar

tarbiyaviy yondashuvlarni biladimi? Mazkur savollar bizning masala yuzasidan hamma

uchun birdek ahamiyatga ega optimal yechim topish vazifasini oldimizga qo‘ymoqda.

Bugun butun dunyoda inson kapitali uchun kurash, eng katta sarmoya farzandni

yaxshi bilimli bo‘lishiga, kelajakda oilaviy hayotga tayyorligi, tarbiyasiga tikilayotgan bir
vaqtda, farzand tarbiyasiga e’tiborsizlik illati kuchayib borayotganligi hammamizni

tashvishlantiradi. Bu borada barcha ta’lim muassasalarida ilmiy sohalarga yo‘naltirilgan

tadqiqot ishlari olib borilmoqda. BMT Bosh Assambleyasining 1993-yilda oilalarning

ko‘plab muammolariga jamoatchilik e’tiborini jalb qilish, ularni hal qilish uchun


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

11 (2023) / ISSN 2181-1415

226

resurslarni safarbar qilish va oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash maqsadida e’lon

qilingan rezolyutsiyasi asosida O‘zbekistonda har yili 15

-may kuni xalqaro oila kuni

nishonlanadi. Zamonaviy oila duch keladigan ko‘plab muammolar ko‘lami gender omili,

mehnat faoliyati bilan oilaviy hayot o‘rtasidagi muvozanatni hisobga olgan holda
oilalarning ijtimoiy himoyasini ta’minlash zarurati bilan bog‘liq.

2022

2026-

yillarda yangi O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning yettita

ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha “taraqqiyot strategiyasi” doirasida oila institutini, ma’naviy

-

axloqiy asoslar va an’anaviy oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash, yoshlarni nikoh va

oilaviy hayotga tayyorlash, oilalardagi nizoli vaziyatlar va ajrimlarning oldini olish

borasida yagona davlat siyosati amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasida oilani
mustahkamlash, sog‘lom va baxtli onalik va bolalik uchun zarur shart

-sharoitlarni

yaratish haqida g‘amxo‘rlik qilish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan. Oila

-nikoh

munosabatlari va oila a’zolari o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi, milliy

qadriyatlarga asoslangan, xalqaro huquq normalari va talablariga javob beradigan

Qonunchilik bazasi uzluksiz takomillashtirilmoqda. So‘nggi yillarda mamlakatimizda

muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgan davlat dasturlari oilani mustahkamlashga
qaratilgan. Amalga oshirilayotgan xalqaro va davlat strategiyalari hamda oilani

mustahkamlash chora-

tadbirlari zamirida fuqarolarning oila va oilaviy o‘zaro

munosabatlarga bo‘lgan munosabatining o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganish muhim

ahamiyatga ega

METODLAR

Jamoatchilik fikrini o‘rganish yuzasidan o‘tkazilgan ijtimoiy tadqiqotlarning

natijalari fuqarolarning oila institutining zamonaviy jamiyatdagi roli va

o‘rni, oilaga

zamonaviy inson, ayniqsa, yoshlar nigohi bilan qarash, oilaviy qadriyatlarga bo‘lgan

munosabatini aniqlash imkonini beradi.

Fuqarolarning oila, oila qurish, oilaviy qadriyatlar to‘g‘risidagi tasavvurlari,

qarashlari, munosabatlarini o‘rganishga qaratilgan ijtimoiy tadqiqot onlayn so‘rov usuli

yordamida o‘tkazildi.

2023-yilning sentabr-oktabr oylarida respublikaning barcha hududida onlayn

tarzda o‘quvchilarni milliy qadriyatlar ruhida oilaviy hayotga tayyorlash masalasida
sotsiologik tadqiqot o‘tkazildi. Tadqiqotda respublikaning barcha hududlaridan

5843 nafar o‘quvchilar ishtirok etdi.

Oilaviy qadriyatlar haqidagi tasavvurlarni o‘rganishda tadqiqot doirasida

o‘zbekistonliklar oilada nikohning o‘ziga xos xususiyatlarini (uning qadriyati, oilaviy

hayotning boshlanishi, oilaviy qadriyatlarning yuzaga kelishi va farzandlar hayotiga

singdirish usullari) va oilaning mavjud bo‘lishini tavsiflovchi ehtimoliy qiyinchiliklar

(oilaviy ajrimlar) va oilaviy qadriyatlarni rivojlantirish tendensiyalari hisobga olingan

holda o‘rganildi. Onlayn so‘rovnomalar o‘zbekistonliklar tomonidan oilaviy

qadriyatlarning inson hayotidagi roliga berilgan bahoni aniqlab berdi, bunda oilaning

naslni davom ettirish uchun zarurligi va inson ruhiy-ijtimoiy farovonligining resursi
sifatida tasavvurlar asosiy hisoblanadi.

NATIJALAR

Oilalarning mustahkamligi jamiyatning iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, milliy

xavfsizligini, uning ravnaqi, taraqqiyotini belgilovchi hal qiluvchi omil hisoblanadi.

Hozirgi vaqtda jamiyatimiz uchun jiddiy xavf tug‘dirayotgan iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy,

ekologik, ichki va tashqi omillarning tahdidi ortib borayotgan ayni vaqtda, oilalar


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

11 (2023) / ISSN 2181-1415

227

mustahkamligini ta’minlashning asosiy yo‘li bo‘lgan yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash

masalasi hech kechiktirib bo‘lmaydigan, jiddiy yondashishni talab etuvchi davlat

miqyosidagi dolzarb masaladir.

O‘tkazilgan tadqiqotda yoshlarning rasmiy nikohga bo‘lgan munosabatini aniqlash

bilan birga respondentlarning oila, farzand, ota-

ona namunasi va ularning ma’naviy

axloqiy qarashlarini ko‘rish mumkin. Umuman olganda, respondentlar rasmiy nikoh,

moliyaviy mustaqillik, oilada er-xotinning vafodorligi, oila mustahkamligini oilaning

asosiy sharti hisobladi. Oila qurishda bir xil dinga e’tiqod qilish muhimligi, oilaviy

munosabatlarda patriarxal ya’ni oilada otaning ustunligi, bosh bo‘lishi va oilani moliyaviy

ta’minlash uning zimmasida ekanligini tadqiqot natijalarida ko‘rishimiz mumkin. Shu

bilan birga

ushbu muassasalarda o‘quvchilarning mustaqil oilaviy hayotga tayyorlashda

fundamental tushunchalarni bilish juda muhim va dolzarbdir. Buning sababi:

hozirgi vaqtda oila institutida inqirozli hodisalar ro‘y bermoqda va yoshlar

o‘rtasida “erkin munosabatlar” modasini targ‘ib qiluvchi yigit va qizlar ongida oilaviy

qadriyatlarning buzilgan stereotiplari kuzatilmoqda va hokazo;

ularning oilalarida moddiy va ma’naviy o‘zaro yordam va qo‘llab

-quvvatlash

bo‘lmagan, birgalikda yuritilmagan ro‘zg‘or ishlari, bolalarning ehtiyojlari qondirilmagan

(masalan, yigit-

qizlar o‘z kuchlari bilan pul topishardi).

Bu omillarning barchasi ta’lim muassasalari o‘quvchilari ongida oilaning maqsadi

va roli va shunga mos ravishda “oila”ning mazmuni haqidagi buzilgan g‘oyalarni asta

-

sekin o‘zgartiradi. Shuning uchun yigit va qizlarning “oila” tushunchasi haqidagi

bilimlarini va uni yaratishda qanday fazilatlar qimmatli ekanligini aniqlash vazifasi

qo‘yilgan. Tadqiqot natijalarining tahlili sifatida olib borilgan so‘rovnomalar va ularning

natijadorligi o‘rganildi. Ular:

Oila deganda nimani tushunasiz? deb, savol berilganda

respondentlarning 5.1% nikoh yoki tug‘ishganlikka asoslangan kichik guruh,

15.1% respondentlar esa oila a’zolar o‘rtasida ro‘zg‘orining birligi, o‘zaro yordam va

ma’naviy mas’uliyati, qarindoshlik rishtasi bilan bir

-

biriga bog‘lash, 27.2% oila

inson

zotini davom ettirish, bolalarni tarbiyalash, doimiy ravishda qo‘llab

-quvvatlash,

52.5% barcha javoblar to‘g‘ri deb javob berganlar (1

-rasm).

Nikoh yoshi

nikoh tuzishga (uylanish, turmushga chiqish) ruxsat etilgan eng

kichik yosh O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan.

O‘zbekiston Respublikasi oila kodeksining “nikoh yoshi” 15

-moddasiga muvofiq,

“nikoh yoshi erkaklar va ayollar uchun o‘n sakkiz yosh etib belgilanadi. Uzrli sabablar

bo‘lganida, alohida hollarda (homiladorlik, bola tug‘ilishi, voyaga yetmagan shaxsning

to‘la muomalaga layoqatli deb e’lon qilinishi (emansipatsiya), nikohga kirishni

xohlovchilarning iltimosiga ko‘ra nikoh davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladigan joydagi tuman,

shahar hokimi nikoh yoshini ko‘pi bilan bir yilga kamaytirishi mumkin”.

А

;

Основной

Б

;

Основной

В

;

Основной

Г

;

Основной


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

11 (2023) / ISSN 2181-1415

228

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining 2019

yil 2

sentabrdagi “Xotin

-qizlar

va erkaklar uchun teng huquq xamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunning

“oilaviy munosabatlar hamda bolalar tarbiyasi sohasida xotin

-qizlar va erkaklar uchun

teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari” 24

-

moddasiga muvofiq, O‘zbekistonda

majburiy va erta nikohlarga yo‘l qo‘yilmaydi.

Tadqiqotda nikoh yoshi masalasi ko‘rib chiqildi.

O‘zbekistonda erkaklar va ayollar uchun qonun bilan belgilangan nikoh yoshi

necha yosh? deb, savol berilganda respondentlarning 3.6% 17 yosh, 9.5% 18 yosh,

15.1% 19 yosh, 71.7% bilmayman deb javob berganlar.

Tahlillar shuni ko‘rsatib turibdiki, o‘quvchilarning huquqiy bilim darajasi pastligi

natijasida 71.7% o‘quvchilar nikoh yoshi to‘g‘risida bilimga ega emas (2

-rasm).

Oila qurishning eng muhim shartlari nimalarda deb o‘ylaysiz? deb, savol berilganda

respondentlarning 6.9% moliyaviy mustaqillik, barqaror, doimiy ish yoki daromad

manbaining mavjudligi, 34.3% oila quruvchilarning maishiy muammolarni mustaqil

ravishda hal qila olishi, tug‘iladigan farzandlariga tarbiya bera olishi va ro‘zg‘orni yurita

bilishi, 7.9% oila uchun alohida doimiy uy-

joyning mavjudligi va bo‘lajak er

-xotinning

jismoniy salomatligi, 50.8% barcha javoblar to‘g‘ri deb javob berganlar (3

-rasm.

Oila qurishning zarurati nimada deb o‘ylaysiz?

deb, savol berilganda

respondentlarning 30.2% o‘z naslini, avlodini davom ettirish, farzandlar tarbiyalab,

voyaga etkazish, 5.9% turli kasallik, maishiy buzuqlik va axloqsizliklardan saqlanish,

21.9% muqaddas Islom dini ko‘rsatmalari, ota

bobolarimizning azaliy qadriyatlari amal

qilish, 42% barcha javoblar to‘g‘ri deb javob berganlar (4

-rasm).

Основной

Основной

Основной

Основной

Основной Основной Основной Основной Основной Основной Основной Основной Основной

А

Б

В

Г

Продажи

Основной

Основной

Основной

Основной

Основной

Основной

Основной

Основной

А

Б

В

Г

А

Б

В

Г


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

11 (2023) / ISSN 2181-1415

229

Erta nikoh va uning zararli jihatlari nimada deb o‘ylaysiz? deb, savol berilganda

respondentlarning 27.9% oila quruvchilarning jismoniy, ruhiy, psixologik va fiziologik

jihatdan oilaviy munosabatlarga, 11.6% oila quruvchilarning jinsiy hayotga tayyor emasligi,

ehtimoliy ajrim xavfining yuqoriligi, 10.5% oila quruvchilarning farzand tarbiyasiga

noqobilligi, tajribasizligi, 50% barcha javoblar to‘g‘ri deb javob berganlar (5

-rasm).

Siz o‘z oila a’zolari o‘rtasidagi o‘zaro tushunmovchilik va janjallarning sababi

nimada deb o‘ylaysiz? deb, savol berilganda

respondentlarning 11.7% oila

quruvchilarning jismoniy, ruhiy, psixologik va fiziologik jihatdan oilaviy munosabatlarga,

31.3% oila quruvchilarning jinsiy hayotga tayyor emasligi, ehtimoliy ajrim xavfining

yuqoriligi, 19.6% oila quruvchilarning farzand tarbiyasiga noqobilligi, tajribasizligi,

37.4% barcha javoblar to‘g‘ri deb javob berganlar (6

-rasm).

Erkak kishi (er, ota) tomonidan ayol kishi (xotin, ona)ga nisbatan jismoniy kuch

ishlatilishiga yo‘l qo‘yilishi mumkinmi? deb, savol berilganda respondentlarning

58.3% yo‘q, har qanday holatda ham ayol kishiga qo‘l ko‘tarish, urish, jismoniy

zo‘ravonlik qilishga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi, 10.2% ayol (xotin) o‘z xatti

-harakati bilan erini

kuch ishlatishga majbur qilgan hollarda jismoniy zo‘ravonlik qilish

(urish) mumkin,

16.9% oila quruvchilarning farzand tarbiyasiga noqobilligi, tajribasizligi, 14.7% aniq

javob bera olmayman deb javob berganlar (7-rasm).

А

;

Основной

Б

;

Основной

В

;

Основной

Г

;

Основной

А

;

Основной

Б

;

Основной

В

;

Основной

Г

;

Основной

Основной

Основной

Основной

Основной

А

Б

В

Г


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

11 (2023) / ISSN 2181-1415

230

Xotin-

qizlarga nisbatan zo‘ravonlik ishlatilishining asosiy sababi gender haqidagi

stereotiplardir.Shuni ta’kidlash kerakki, jamiyatda gender tenglik hosil qilishda

erkaklarni jalb qilish oson ish emas. Chunki, aksariyat erkaklar qizlar va ayollar ustidan

doimiy nazorat o‘rnatishni oddiy holat deb hisoblaydi.Huquqiy asos mavjudligiga
qaramay, ko‘plab qizlar va ayollar gender tenglik bilan bog‘liq kamsitishlarga duch

kelmoqda. Oilada zo‘ravonlik ro‘y bergan hollarda ayollar aksariyat hollarda jinoyat
haqida xabar berishdan qo‘rqadi. Ular xabar bergan taqdirda ham huquqni qo‘llovchi

idoralar ko‘pincha jinoiy yoki ma’muriy ish qo‘zg‘atmaydi, ko‘p hollarda yarashtirishga
harakat qilishadi. Oilada zo‘ravonlik ro‘y bergan hollarda ayollar aksariyat hollarda

jinoyat haqida xabar berishdan qo‘rqishi, xabar bergan taqdirda ham huquqni qo‘llovchi
idoralar ko‘pincha jinoiy yoki ma’muriy ish qo‘zg‘atmay, yarashtirishga harakat qilishi

zo‘ravonlikning qayta

-

qayta sodir etilishiga sabab bo‘lmoqda.

Oilaning mustahkam bo‘lishi uchun nimalar zarur deb o‘ylaysiz? deb, savol

berilganda respondentlarning 38.2% oila a’zolari o‘rtasidagi o‘zaro iliq munosabatlar,

mehr-muhabbat va hurmat muhitining mavjudligi, 10.1% er va xotinning maishiy

muammolarni mustaqil ravishda hal qila olishi va ro‘zg‘orni yurita bilishi, 6.5% oilada

moliyaviy mustaqillik, barqaror, doimiy ish yoki daromad manbaining mavjudligi,

45.3% barcha javoblar to‘g‘ri deb javob berganlar (8

-rasm).

Oilada sog‘lom turmush tarzi deganda nimani tushunasiz? deb, savol berilganda

respondentlarning 9% to‘g‘ri ovqatlanish madaniyatiga amal qilish 23.6% sanitariya va

gigiyena madaniyatiga amal qilish. Turli infeksiyalarning oldini olish. Uy-

ro‘zg‘or, shaxsiy

gigiyena qoidalariga rioya etish 11.9% jinsiy hayotda tozalik va gigiyenani saqlash,

betartib va axloqiy hamda sanitariya me’yorlarga zid jinsiy hayot kechirishdan tiyilish,
55.6% barcha javoblar to‘g‘ri deb javob berganlar (9

-rasm)

Основной

Основной Основной Основной

Основной

Основной

Основной

Основной

Основной

А

Б

В

Г

Продажи

Основной

Основной

Основной

Основной

А

Б

В

Г


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

11 (2023) / ISSN 2181-1415

231

Oilaviy qadriyatlarning diniy asoslari nimalardan iborat? deb, savol berilganda

respondentlarning, 10.3% oilaning muqaddas va afzalligi, 30.1% nikohning Ollohning

amri, Payg‘ambar (sallallohu alayhi va sallam) sunnati sifatida muqaddasligi, halolligi va

afzalligi, 8.8% naslni davom ettirish, farzand dunyoga keltirish, ularni komil insonlar

sifatida tarbiyalash mas’uliyatining mavjudligi, 50.8% barcha javoblar to‘g‘ri deb javob

berganlar (10-rasm).

Gender tenglik deganda nimani tushunasiz? deb, savol berilganda

respondentlarning, 61.8% jamiyat hayoti va faoliyatining barcha sohalarida, shu

jumladan siyosat, iqtisodiyot, huquq, madaniyat, ta’lim, ilm

-fan, sport munosabatlarida

xotin-qizlar va erkaklarning huquq hamda imkoniyatlarining tengligini anglatadi,

17.3% oilada erkak kishining o‘rni va roli yuqori ekanini, erkaklar ayollar har jabhada
ustun bo‘lishi lozimligini bildiradi, 7.7% faqat xotin

-qizlarning huquq va erkinliklarini

kafolatlashga qaratilgan atama, 13.3% ayollarga nisbatan zo‘ravonlik hamda jinsiy tazyiq
o‘tkazishning oldini olishga qaratilgan tushuncha deb javob berganlar (11

-rasm).

Основной

Основной

Основной

Основной

А

Б

В

Г

Основной

Основной

Основной

Основной

А

Б

В

Г

Основной

Основной

Основной

Основной

А

Б

В

Г


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

11 (2023) / ISSN 2181-1415

232

XULOSA VA TAVSIYALAR

O‘tkazilgan ushbu ijtimoiy –

psixologik tadqiqotlar natijalaridan kelib chiqib,

bugungi kunda yoshlarni nikohga tayyorlash sohasida quyidagi muammolar mavjudligini

qayd etish mumkin:

Birinchidan, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashning ta’lim bilan bog‘liq tizimi

mavjud emas.

Ikkinchidan, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash

jarayoni tizimli ravishda yo‘lga

qo‘yilmagan hamda yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashning aniq metodikasi ishlab

chiqilmagan. Yoshlar asosan majburiy tarzda ishtirok etishlari, aksariyat hollarda

auditoriya xuddi majburlab bir joyga to‘planganday tuyulishi va tadbirlarning
ta’sirchanligi kamligini bildirishmoqda.

Uchinchidan, ma’lumotlarni yoshlarga yetkazish usuli va shakllari bugungi kun

talablariga javob bermaydi, bu borada axborot texnologiyalarining so‘ngi

imkoniyatlaridan foydalanish talab darajasida emas. Mutaxassislar yoshlarni fikr va

mulohazalarini eshitmayotganligini ta’kidlamoqda.

Jamiyatning asosiy bo‘g‘ini hisoblangan oilalar ajrimining oldini olishda yoshlarni

oilaviy hayotga to‘g‘ri tayyorlash muhim ahamiyat kasb etadi. Bu o‘z navbatida jamiyat

milliy qadriyatlarining asrab avaylanishiga xizmat qilib, kelajak yoshlarning to‘liqsiz
oilalarda tarbiyalanishi va buning oqibatida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan salbiy

holatlarning oldini olishga xizmat qiladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

RO‘YXATI:

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018

-yil 2-

fevraldagi “Xotin

-qizlarni

qo‘llab

-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan

takomillashtirish chora-

tadbirlari to‘g‘risida” PF

-5325-son Farmoni.

“Xalq so‘zi”

gazetasi, 2018-yil 3-fevraldagi soni.

2.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev 2017

-yil 15-iyunda

“Ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, muqaddas dinimizning sofligini asrash

davr talabi”

mavzusidagi anjumanda so‘zlagan nutqi.

http://uza.uz/oz/politics/vatanimiz-tadiri-va-

kelazhagi-y-lida-yanada-amzhi-at-b-lib--15-06-2017 (elektron manba. 2018 yil
9 avgustda murojaat etilgan).

3. 2018-yil 26-

mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oila

institutini mustahkamlash sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini

oshirish bo‘yicha maxsus o‘quv kurslarini tashkil etish to‘g‘risida” 230

-son qarori.

http://lex.uz/docs/3598026 (elektron manba. 2018 yil 9 avgustda murojaat etilgan).

4.

Anastasi A., Urbina S. (2009) Психологическое тестирование. 7

-

е изд.

СПб.:

“Питер”,

688 с.

5.

V.M.Karimova (2006) Oilaviy hayot psixologiyasi // o‘quv qo‘llanma.–

T.: Nizomiy nomidagi TDPU,

142 b.

7.

G‘.B. Shoumarov va boshqalar. (2008) Oila psixologiyasi. Akademik litsey va

kasb-

hunar kollejlari o‘quvchilari uchun o‘quv qo‘llanma.

-

Т.: “Sharq”,

296-

б.

9. Adams, Gary A.; King, Lynda A.; King, Daniel W. (2006) Relationships of job and

family involvement, family social support, and work

family conflict with job and life

satisfaction. Source: Journal of Applied Psychology 81.4

411-420.Impact factor: 3.8

10. Gilligan C. (1986) In a different voice: psychological theory and women

development. Cambridge (Mass.). P. 18-19


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

11 (2023) / ISSN 2181-1415

233

11. Davila J. Marriage (2000).// Encyclopedia of Stress In 3 vol. / Ed. By G. Fink

Vol.2. SanDiego: Acad. Press,

12. Hodorow H. (1982) In a different voice: psychological theory and women

development. Cambridge (Mass.). P. 35-38

14. William L. Cook, David A. Kenny. (2007) Application of the Social Relations

Model to Family Assessment. Source: Journal of Family Psychology, Vol. 18, No. 2,
361

371. Impact factor:

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-fevraldagi “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF-5325-son Farmoni. – “Xalq so‘zi” gazetasi, 2018-yil 3-fevraldagi soni.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev 2017-yil 15-iyunda “Ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, muqaddas dinimizning sofligini asrash - davr talabi” mavzusidagi anjumanda so‘zlagan nutqi. - http://uza.uz/oz/politics/vatanimiz-tadiri-va-kelazhagi-y-lida-yanada-amzhi-at-b-lib--15-06-2017 (elektron manba. 2018 yil 9 avgustda murojaat etilgan).

-yil 26-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oila institutini mustahkamlash sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha maxsus o‘quv kurslarini tashkil etish to‘g‘risida” 230-son qarori. - http://lex.uz/docs/3598026 (elektron manba. 2018 yil 9 avgustda murojaat etilgan).

Anastasi A., Urbina S. (2009) Психологическое тестирование. 7-е изд. - СПб.: “Питер”, - 688 с.

V.M.Karimova (2006) Oilaviy hayot psixologiyasi // o‘quv qo‘llanma.– T.: Nizomiy nomidagi TDPU, - 142 b.

G‘.B. Shoumarov va boshqalar. (2008) Oila psixologiyasi. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari uchun o‘quv qo‘llanma.- Т.: “Sharq”, - 296-б.

Adams, Gary A.; King, Lynda A.; King, Daniel W. (2006) Relationships of job and family involvement, family social support, and work–family conflict with job and life satisfaction. Source: Journal of Applied Psychology 81.4 - 411-420.Impact factor: 3.8

Gilligan C. (1986) In a different voice: psychological theory and women development. Cambridge (Mass.). P. 18-19

Davila J. Marriage (2000).// Encyclopedia of Stress In 3 vol. / Ed. By G. Fink Vol.2. SanDiego: Acad. Press,

Hodorow H. (1982) In a different voice: psychological theory and women development. Cambridge (Mass.). P. 35-38

William L. Cook, David A. Kenny. (2007) Application of the Social Relations Model to Family Assessment. Source: Journal of Family Psychology, Vol. 18, No. 2, 361–371. Impact factor: