Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Scientific approaches to the causes of theft crime
victimization: theory and practice
Temur KHASANOV
Judges of the Republic of Uzbekistan Under the Higher School of Judges Criminal Law
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received November 2023
Received in revised form
15 December 2023
Accepted 25 December 2023
Available online
15 February 2024
The article analyzes scientific approaches to the study of the
causes of victimization associated with theft, and also examines
issues related to both theory and practice in this area. The
authors of the article draw attention to the opinions and points
of view of scientists on issues related to the study of victims of
theft, emphasizing the importance of understanding the reasons
why crimes committed against these individuals often remain
hidden (latent). This aspect is especially significant for the
development of effective methods for preventing crimes and
increasing overall security.
2181-
1415/©
2023 in Science LLC.
DOI:
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol4-iss11/S-pp264-271
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
victimhood,
victimology,
crime victim,
victim,
punishment,
responsibility,
crime,
theft,
classification,
prevention.
O‘g‘rilik jinoyati viktimligining sabablariga doir ilmiy
yondashuvlar: nazariya va amaliyot
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
viktimlik,
viktimologiya,
jinoyat qurboni,
jabrlanuvchi,
jazo,
javobgarlik,
jinoyat,
o‘g‘irlik,
tasniflash,
profilaktika.
Ushbu maqolada o‘g‘rilik jinoyati viktimligining sabablariga
doir ilmiy yondoshuvlar hamda nazariya va amaliyot bilan
bog‘liq masalalar o‘rganilib, tahlil etilgan. Shuningdek,
maqolada
o‘g‘rilik jinoyat qurbonlarini o‘rganish ularga
nisbatan sodir etilgan jinoyatlarning latent bo‘lib qolishining
sabablarini aniqlash imkonini ham berishi bilan bog‘liq
masalalar yuzasidan olimlarning fikr va mulohazalari bayon
etilgan.
1
Teacher, doctor of philosophy (PhD) in legal sciences, Supreme Council of Judges of the Republic of Uzbekistan
Under the Higher School of Judges Criminal Law. E-mail: temur.hasanov@gmail.com
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
11 (2023) / ISSN 2181-1415
265
Научные подходы к причинам виктимизации краж и
преступлений: теория и практика
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
виктимность,
виктимология,
потерпевший от
преступления,
потерпевший,
наказание,
ответственность,
преступление,
кража,
классификация,
предупреждение.
В статье проведен анализ научных подходов к изучению
причин виктимизации, связанных с кражами, а также
рассмотрены вопросы, касающиеся как теории, так и
практики в данной области. Авторы статьи обращают
внимание на мнения и точки зрения ученых по вопросам,
связанным с изучением потерпевших от кражи,
подчеркивая важность понимания причин, по которым
преступления, совершенные в отношении этих лиц, часто
остаются скрытыми (латентными). Этот аспект особенно
значим
для
разработки
эффективных
методов
предотвращения преступлений и повышения общей
безопасности.
Bizga ma’lumki, davlat, jamiyat va fuqarolar mulkining huquqiy
himoya qilinishi
birlamchi ahamiyat kasb etishi bilan birga inson huquq va erkinliklarining bir shakli
sifatida namoyon bo‘ladi. Shuning
uchun har qanday shakldagi mulkiy huquqning
buzilishi, xususan, turli usulda amalga oshirilgan o‘g‘riliklarning sodir etilishida namoyon
bo‘ladi, bu esa jamiyat xavfsizligiga sezilarli darajada xavf tug‘diradi. Bu esa o‘z
navbatida, tegishli huquqiy
ta’sir
choralarini
ko‘rish, xususan, o‘g‘rilik jinoyatlarining
samarali profilaktik chora-tadbirlari, usul va shakllarini ishlab chiqish hamda amaliyotga
joriy etilishini taqozo etadi.
Umumiy jinoyatchilikning statistikasiga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, o‘g‘rilik
jinoyatlarining dinamikasi boshqalarga nisbatan yuqoriroq bo‘lib, tashkiliy
-huquqiy
choralar
ko‘rilishiga
qaramay, mazkur qilmishlar umumiy jinoyatchilikning tizimida
jiddiy
o‘rin
egallaydi. Bundan
tashqari, o‘g‘rilik jinoyatlarining ayrim turlari birmuncha
ko‘payganligini, ochilmaganlari mavjudligini ko‘rish mumkin.
Huquqbuzarliklar sodir etilishida ko‘p hollarda jabrlanuvchilarning aybdorligini
aniqlash mumkin. Shu sababli huquqbuzarliklarning viktimologik profilaktikasi haqida
fikr yuritishdan oldin “viktimologiya” so‘zining mazmun–
mohiyatini tushunib olish
maqsadga muvofiqdir, ensiklo
pedik va izohli lug‘atlarda “vikti
mo
logiya” lotincha
“victima” –
jabrlan
gan, jabrlanuvchi va yunoncha “logos” –
ta’limot ya’ni, jabrlanuvchilar
haqidagi ta’limot [1], degan ma’noni anglatadi.
Jinoyat qurboni
–
jinoiy tajovuz qilingan jismoniy yoki yuridik shaxs. Ushbu
kriminologik tushuncha, shuningdek, jinoyat qurboni bo‘lish ehtimoli yuqori bo‘lganlarni
ham o‘z ichiga oladi [2].
Bunday toifadagi shaxslar
–
bu o‘zi bilan bir xil boshqa ijtimoiy
sub’yektlarga qaraganda unga nisbatan jinoiy tajovuz ehtimoli yuqori bo‘lishini
kuchaytiruvchi xususiyatlarga ega bo‘lgan shaxs [3].
Jinoiy tajovuz ob’yektining jinoiy aloqadorligini kuchaytiruvchi individual
xususiyatlari
viktimlik
, bunday aloqadorlikni kamaytiruvchi qobiliyatni esa
viktimlikka
qarshi xususiyat
[4]
deb e’tirof etiladi.
Jinoyat “qurboni” “jabrlanuvchi” degan tushunchadan ancha keng hisoblanadi.
Kriminologiyada dastlab jinoyat qurbonini o‘rganishda asosiy e’tibor jinoyat sodir
etishga sharoit yaratib bergan yoki sodir etilishini taqozo qiluvchi xususiyatlarini
aniqlashga e’tibor qaratilgan.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
11 (2023) / ISSN 2181-1415
266
Viktimlik deganda, shaxsga nisbatan jinoiy qilmish sodir etilishini taqozo qiluvchi
yoki osonlashtiruvchi xususiyatlar yig‘indisi tushuniladi [5]. Bunda viktimlilik shaxsning
tavakkalchilik, o‘ylamasdan yengiltaklik bilan yo‘l qo‘ygan xavfli harakati yoki
harakatsizligidir. Keyinchalik viktimlik sifatida shaxsning nafaqat ma’naviy, ruhiy,
psixologik holati, balki uning jamiyatning turli sohalaridagi ijtimoiy mavqei bilan bog‘liq
xususiyatlari ham o‘rganila boshlandi [6].
Shaxsning jamiyatdagi mavqei uning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olmagan
holda ham unga nisbatan u yoki bu turdagi jinoiy qilmishlar sodir etilishini taqozo qilishi
aniqlandi [7]. Shu bilan bir qatorda, jabrlanuvchining shaxsi va uning xatti-harakatlari
jinoyatchilarning jinoiy qilmishlarini amalga oshirishga tayyorlanishlaridan oldin,
jinoyatni amalga oshirish vaqtida va qayta jinoyat sodir etishlarida ham alohida o‘rin
tutadi.
Bundan tashqari, jinoyat qurbonlarini o‘rganish ularga nisbatan sodir etilgan
jinoyatlarning latent bo‘lib qolishining sabablarini aniqlash imkonini ham beradi. O‘g‘rilik
jinoyatining viktimologik profilaktikasi chora-tadbirlarini ishlab chiqish maqsadida
huquqbuzarliklardan jabrlanganlarni o‘rganish ularning shaxsi va xususiyatlarni
aniqlashni va ushbu ma’lumotlarni atroflicha tahlil etishni taqozo etmoqda.
Xorijlik olimlardan S.T. Abdrazakov, S.I. Buz, M.A. Jeludkov, R.G. Ismagilov,
A.Y. Lipatov, I.S. Pantyushin, O.P. Savelov, V.M. Semenov, A.V. Fedotov, A.S. Shiryaev [8]
kabi olimlarning ilmiy ishlarida 1) chorva mollari o‘g‘irliklarining jinoiy
-huquqiy jihatlari;
2) o‘g‘irlikning sabablari va sodir etilishiga imkon bergan shart
-sharoitlar;
3) o‘g‘irliklarning oldini olish usullari; 4) jinoyatchi shaxsning tavsifi, o‘g‘irlikning sodir
etilishiga ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy omillar; 5) voyaga yetmaganlar tomonidan sodir
etiladigan o‘g‘irliklarning kriminologik holati, dinamikasi, latentlik darajasi;
6) xonadondan sodir etiladigan o‘g‘irliklarning ijtimoiy
-psixologik, viktimologik,
kriminologik tavsifiga xos xususiyatlar haqida fikr-mulohazalar bildirilgan Viktimologik
profilaktika shaxsni jinoiy xavfdan ogohlantiradi va uni o‘z xulq
-
atvorini o‘zgartirishga
undash orqali uning jinoyat qurboni bo‘lish xavfini kamaytirish maqsadida amalga
oshiriladi. Profilaktika chora-tadbirlari shaxsni jinoiy hujumdan himoyalanishga,
o‘zgalarning xatolaridan saboq olishga chorlaydi, shaxs qanchalik kriminologik muhitda
o‘zini himoya qila olsa, uning jabrlanuvchiga aylanish xavfi shuncha kamayadi.
O‘g‘rilik sodir etganlar va jabrlanuvchilarining xulqi, odobi, axloqi, ma’lumoti,
ma’naviyati, ruhiy holati kabi shaxsining xususiyatlari haqidagi ko‘rsatkichlar ko‘pincha
bir-biriga yaqin hisoblanadi [9]. Salbiy xulq-
atvorli, ma’lumot darajasi, ma’naviyati past,
ijtimoiy-
ruhiy holati buzilgan odamlar o‘z ehtiyojlarini qondirish yo‘lida jinoyat qurboni
bo‘lish xavfi mavjud bo‘lsa
-
da, o‘z qilmishlarini davom ettiraveradilar. Tabiiyki, bunday
kishilar turli ko‘rinishdagi huquqbuzarliklar, jumladan jinoyat sodir etish bilan birga
aksariyat hollarda jabrlanuvchiga ham aylanib qoladilar [10].
Shu bilan bir qatorda ilmiy tadqiqotlarda viktimlik degan tushunchalar ham
kiritilgan bo‘lib, bu insonning huquqbuzarlikdan jabrlanish imkoniyati emas, balki
insonning huquqbuzarlikdan jabrlanish ehtimoli yuqori bo‘lgan holati hisoblanadi hamda
viktimlikning
aybli va aybsiz
turlari ajratilgan.
Aybli viktimlik
–
potensial qurbonning salbiy, huquq va axloq nuqtai nazaridan
nomunosib xulqidan iborat bo‘lib, u jinoyat sodir etilishiga imkon beradigan omil
hisoblanadi. Masalan, yo‘l
-
transport hodisalaridan fuqarolarning aksariyati yo‘l
qoidalariga rioya qilmaganliklari oqibatida jabrlanadilar.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
11 (2023) / ISSN 2181-1415
267
Aybsiz viktimlik
–
umuman hayotda, xususan, jinoyatdan avvalgi vaziyatda ijtimoiy
ma’qul axloqqa ega bo‘lgan muayyan shaxsning (masalan, inkassator) mehnat yoki
jamoat faoliyatining xususiyati yoxud psixofiziologik jihatlari (masalan, bola, qariya,
bemorligi kabilar) bilan bog‘liq.
Shu o‘rinda viktimlik darajalari mavjudligini bilish ham muhim ahamiyat kasb
etadi. Bu borada viktimlikning quyidagi uch darajasi mavjud
ligi ko‘zga tashlanadi:
1)
viktimlik darajasi kam bo‘lgan shaxslar
–
jismonan baquvvat, voqelikka to‘g‘ri
yondashuvchi va boshqalar;
2)
viktimlik darajasi o‘rtacha bo‘lgan shaxslar
–
neytral shaxslar, ya’ni o‘zi nizoli
holatni keltirib chiqarmaydigan, lekin nohaqlikka chidolmaydigan shaxslar;
3)
viktimlik darajasi yuqori bo‘lgan shaxslar
–
kasbi, ijtimoiy maqomi, biofiziologik
xususiyati, moddiy ahvoli, ma’naviy–ruhiy belgilari kabilar bilan bog‘liq holda
huquqbuzarliklardan jabrlanish ehtimoli mavjud bo‘lgan shaxslardir.
Viktimlikni kelib chiqish manbaiga ko‘ra ob’yektiv va sub’yektiv omillarga ajratish
mumkin, ya’ni:
–
ob’yektiv omillar –
ma’naviy va jismoniy jihatdan ojizlar, ayollar, qariyalar, yosh
bolalar, nogironlar, passiv xarakterga ega bo‘lganlar (qo‘rqoqlar, jur’atsizlar);
–
sub’yektiv omillar –
ishonuvchilar, bee’tiborlar, maqtanchoqlar (boyligini, o‘zini
ko‘z–ko‘z qiluvchilar), urushqoqlar.
O‘g‘rilik jinoyatlarining jabrlanuvchilaridagi xususiyatlari boshqa turdagi
jinoyatlarning jabrlanuvchilaridan e’tiborsizligi yoki befarqligi bilan farq qiladi.
Shuningdek, aksariyat holatlarda aholining boy qatlami, tadbirkorlar, zarurat yuzasidan
mol-
mulkini (uy, mashina va boshqalar) katta pulga sotgan shaxslar bo‘lishi ham
mumkin.
Xonadonlarda sodir etilgan o‘g‘rilik jinoyati jabrlanuvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan
so‘rovnomalarda ishtirok etganlarning
33% jamiyatdagi ijtimoiy
–
iqtisodiy muammolar
mavjudligi, 44% esa xonadoning atrofi ochiqligi, 23% ichki ishlar organlari yetarli
darajada nazorat
qilmaganligi sababli o‘g‘rilik jinoyati sodir etilganligini bildirgan.
Jabrlanuvchilarning 78 % esa sodir etilgan jinoyatlarda aybdorligini bildirib o‘tgan,
22% o‘zini emas balki ichki ishlar organlarining faoliyati yetarli darajada tashkil
etilmaganligini sabab qilib ko‘rsatgan.
Javoblarni tahlil qilinsa, aksariyat holatlarda xonadonlarda o‘g‘rilik jinoyatlarining
sodir etilishida jabrlanuvchilarning befarqligi, ehtiyotsizligi, o‘zining pul va boshqa
turdagi boyliklarini boshqalarga oshkor qilib qo‘yganligi, boyliklarini boshqalarga
namoyish qilishi holatlari ushbu hodisalarga olib kelgan. Shu boisdan, xonadonlarda
sodir etiladigan o‘g‘rilik jinoyatlarining oldini olishda birinchi navbatda fuqarolarning
ma’naviy ongini va huquqiy bilimlarini shakllantirish, bu yo‘nalishda adliya organlarining
rolini oshirish, xususan, ular tomonidan aholining qanday targ‘ibotga muhtojligini
aniqlash borasida chuqur tahliliy ishlarni olib borishlari va targ‘ibot mavzularini
tanlashlari hamda joylarga taqdim etishlari, huquqbuzarliklar profilaktikasi sub’yektlari
tomonidan aholi o‘rtasida targ‘ibotlar o‘tkazilishini ta’minlashlari lozim. Shuningdek,
ichki ishlar organlari, milliy gvardiya xodimlari, mahalla fuqarolar yig‘inlari tomonidan
fuqarolarning xonadonlarini qo‘riqlash pultiga ulanishlarini tashkil etish, har bir
mahallada jamoatchilik nazorat postlarini tashkil etish va faoliyatini yo‘lga qo‘yish
muhim ahamiyat kasb etadi.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
11 (2023) / ISSN 2181-1415
268
Shuningdek, chorva mollari o‘g‘riligining viktimligiga ham to‘xtaladigan bo‘lsak,
chorva mollari o‘g‘irligining viktimligiga imkoniyat yaratuvchi bir qancha qulay shart
-
sharoitlar mavjud bo‘lib, ularga jumladan quyidagilar kiradi: –
chorva mollarining
yaylovlarda qarovsiz o‘tlab yurishi, fuqarolarning molxonalarida eshiklari yaxshi
yopilmay saqlanishi, hovli devorlarining mustahkam emasligi, chorva mollarini qo‘riqlash
sharoitlari talab darajasida emasligi. Bundan tashqari, havo issiq paytlarda fuqarolarning
chorva mollari kechasi hovlida yoki usti ochiq joylarda, atrofi shox-shabbadan yasalgan
qo‘ra (qo‘ton, otar)larda saqlanadi. Bunday joylarga kirish o‘g‘rilarga katta qiyinchilik
tug‘dirmaydi
[10].
Mol (chorva mollari) o‘g‘riligi jinoyati jabrlanuvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan
so‘rovnomalarda ishtirok etganlarning
56,5% go‘sht va yem
-xashak narxining
oshganligini, 34 % asosiy yer maydonlari fermerlarga berilganligi sababli, shaxsiy
chorva
–
mollarini boqish uchun yer maydonlarining kamayib ketganligi natijasida
chorva-
mollari o‘g‘riligining ko‘payganligini, 9,5% ijtimoiy iqtisodiy muammolar, ya’ni
fuqarolarning aksariyat qismi ishsizligi yoki oylik ish haqlarining pastligi, aholi uchun
daromad topishning boshqa yo‘llari mavjud emasligi ushbu jinoyatlarning ko‘payib
borishiga olib kelganligini bildirgan. Jabrlanuvchilarning 57,3% chorva-mollarini
qarovsiz qoldirganliklari va aybdorligini bildirgan, 42,7% esa ichki ishlar organlari
o‘g‘riliklarni oldini olishlari, mol o‘g‘riligi sodir etgan jinoyatchilar o‘z vaqtida aniqlanib
jazoga tortilganlarida sodir bo‘lmasligini ta’kidlab o‘tgan.
Chorva-
mollari o‘g‘riliklari 18 % dala hovlidan, 29% xonadonidan, 11% ko‘chadan,
34% fermer xo‘jaligiga qarashli yer maydonida sodir etilganligi aniqlangan. Ushbu
ma’lumotlar asosida shunga xulosa qilish mumkinki, bugungi kunda fermer xo‘jaliklari
maydonlarida chorva-
mollarini qarovsiz qoldirilishi holatlari ko‘p uchramoqda. Shu
boisdan, fermer xo‘jaliklariga qarashli maydonlarda chorva
-mollarini boqilishini tartibga
soluvchi tartib qoidalar zarurligini ko‘rsatadi.
So‘raluvchilarning 39,1% aholining shaxsiy chorva –
mollarini boqish va nazorat
qilish uchun pullik xizmatlarni yo‘lga qo‘yish lozimligini, 42,9% fuqarolarning o‘zlari
mollarini e’tiborsiz qoldirmasligi yetarli deb hisoblagan.
Chorva
–mollari o‘g‘riligini oldini olish uchun qanday chora
-tadbirlar amalga
oshirilishi borasidagi savolga 77,6% chorva
–
mollarini boqish sharoitlarini yaxshilash,
fermalar va yem
–
xashaklarni yetishtiruvchi fermerlar faoliyatini yaxshilash lozimligini,
22,4% aholini ish bilan ta’minlash va ularning moddiy ahvolini yaxshilash orqali mol
o‘g‘riliklarini kamaytiradi deb hisoblagan.
Mol o‘g‘riligi jabrlanuvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnomalar natijalariga
asoslangan holda, aksariyat holatlarda jabrlanuvchilarning aybining mavjudligi,
shuningdek, asosan, chorva-
mollari qarovsiz qoldirilishi natijasida o‘g‘irlanganligi sababli
qishloq joylarida mollarni boqish va nazorat qilish uchun jamoatchilik asosida pullik
xizmatlarni tashkil etish, shuningdek, shaxsiy chorva-mollarni boqish uchun alohida yer
maydonlarini ajratilishi choralarini ko‘rish, shuningdek, chorva
-mollarini yetishtirishga
mo‘ljallangan fermerlar faoliyatini takomillashtirish maqsadga muvofiq.
Mazkur jinoyatlar viktimligiga imkon yaratayotgan asosiy shart-sharoitlarga
quyidagilar kiradi: 1) jabrlanuvchining chorva molini uzoq vaqt dalada qarovsiz
qoldirishi; 2) mulk egasining chorva mollarini nazorat qiluvchi yoki parvarishlovchi
cho‘ponga ish haqini yetarli miqdorda yoki o‘z vaqtida bermasligi; 3) ilgari sudlangan,
giyohvandlik vositalari yoki spirtli ichimliklarni ichishga ruju qo‘ygan, vaqtincha ishsiz
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
11 (2023) / ISSN 2181-1415
269
yoki nosog‘lom oilada tarbiya ko‘rgan shaxslarning ichki ishlar xodimlari tomonidan
yetarli nazorat qilinmasligi; 4) yoshlarning nazoratsiz qoldirilishi yoki ijtimoiy foydali
mehnat bilan band emasligi; 5) jinoyat sodir bo‘lgan hududlarga ichki ishlar organlari
kuch va vositalarining to‘liq biriktirilmaganligi, tezkor
-qidiruv profilaktika ishlarining
yetarli darajada tashkil etilmaganligi; 6) ichki ishlar organlarining sohaviy xizmatlari,
shuningdek boshqa davlat organlari, hokimliklar, korxona, muassasa va tashkilotlar,
jamoatchilik tuzilmalari bilan jinoyatlarning oldini olish borasida hamkorlikning tizimli
ravishda yo‘lga qo‘yilmaganligi (masalan, hududni tunda yoritish, kuzatuv kameralari
o‘rnatish borasida va h.k.); 7) jabrlanuvchilar o‘g‘irlik sodir etilgani haqida ichki ishlar
organlari xodimlariga kech xabar berishi natijasida tergov-tezkor guruhining hodisa
sodir bo‘lgan joyga o‘z vaqtida yetib bormasligi [11].
Xulosa qiladigan bo‘lsak,
o‘g‘rilik jinoyatlarining viktimologik profilaktikasi bo‘yicha
quyidagi tadbirlarni tashkil etish lozim:
–
o‘g‘rilik jinoyatlarining jabrlanuvchilari ro‘yxatini tayyorlash, ularning
jabrlanuvchi bo‘lib qolishining sabablari va shart
-sharoitlarini tahlil qilish;
–
o‘g‘rilik jinoyatlarining jabrlanuvchilarining shaxsiy psixologik xususiyatlarini
tahlil qilish, kelgusida ularni himoya qilish chora-tadbirlarini ishlab chiqish;
–
fuqarolarning xonadonlarini qo‘riqlash pultiga ulanishlarini
tashkil etish;
–
fermer xo‘jaliklari, dala va boshqa maydonlarda, mahallalarda imkoniyatdan
kelib chiqib jamoatchilik nazorat postlarini tashkil etish;
–fermer xo‘jaliklari maydonlarida chorva
-mollarini boqishni tartibga soluvchi
Vazirlar Mahkamasining qarorini ishlab chiqish va tatbiq etish;
–
fuqarolarning shaxsiy chorva mollarini mahalla fuqarolar yig‘inlari tomonidan
ro‘yxatga olinishi, ularning veterinariya organlari tomonidan yilda vaksinatsiya qilinishi
va har bir chorva-moli uchun guvohnomalar taqdim etilishini, chorva-mollarini sotib
oluvchi, go‘sht mahsulotlari tayyorlovchi korxona va muassasalar tomonidan ularni qabul
qilish va sotib olinishi fuqarolardan guvohnomalar asosida tashkil etilishini, ushbu
talablarni buzgan shaxslarga nisbatan javobgarlik choralari ko‘rilishini belgilash;
–
o‘g‘rilik jinoyatlarining jabrlanuvchilarining shaxsiy xususiyatlaridan kelib
chiqib, ular o‘rtasida tushuntirish va ogohlantirish ishlarini amalga oshirish;
–
o‘g‘rilik jinoyatlari tez
-
tez sodir bo‘lib turadigan jamoat joylari, bozorlar, parklar,
istirohat bog‘lari, ko‘chalar va boshqa ob’yektlarni
muntazam ravishda nazorat qilish
bilan birga, videokuzatuv kameralarini o‘rnatish;
–
fuqarolarga o‘g‘rilik jinoyatlaridan himoyalanish usullarini o‘rgatish, xususan,
chorva mollarini nazoratsiz qoldirmaslik yoki voyaga yetmagan shaxslar tomonidan
boqilishiga yo‘l qo‘ymaslik, xonadonlar atrofini devor bilan o‘rash, videokuzatuv
moslamalarini o‘rnatish, qo‘riqlash pultiga ulanishini tashkil etish;
–
o‘g‘rilik jinoyatlarini mahallalarda muhokama qilinishini tashkil etish,
muammolar va kamchiliklarni aniqlash hamda bartaraf etish maqsadida axborot
tarmog‘ida veb–
saytlar, bloglar, chatlar tashkil qilish;
–
fuqarolar xonadonlarini va boshqa ob’yektlarni “Qo‘riqlash” pultiga ulanishini,
shuningdek, mahallalarda videokuzatuv moslamalarini o‘rnatilishini tashkil etish;
–
muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni reabilitatsiya qilish markazlari
faoliyatini jahon standartlari asosida qayta tashkil etish, shuningdek, ular uchun
vaqtincha yashash uylari, maxsuslashgan muassasalar tashkil qilish;
–
muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni kasbga o‘rgatish yohud
vaqtinchalik ishla bilan ta’minlash;
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
11 (2023) / ISSN 2181-1415
270
–
ijtimoiy himoyaga muhtoj, shuningdek, huquqbuzarliklarga moyil voyaga
yetmaganlarni imtiyozli ravishda “Bolalar
oromgohlarida” yo‘llanma asosida dam
olishlarini ta’minlash yohud maxsus lagerlar faoliyatini tashkil qilish;
–
iste’mol qilish
standartlarini optimallashtirish (ularni nazariy jihatdan asoslash
va jamiyat ichida tasdiqlash);
–
o‘g‘rilik niyatini kriminal yo‘nalishga to‘liq qirib ketishiga qarshilik qilishga
qodir, samarali ijtimoiy nazorat tizimini shakllantirish.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Российская юридическая энциклопедия. –
М., 1999. –
Б. 137. С.С.
Ниезова.
Виктимологическая профилактика тяжких преступлений.
Российская юстиция,
2017. №6. –С.52
-54.
2.
С.С.Ниёзова, А.Ю.
Таджибаева. Объективные признаки вовлечения
несовершеннолетнего в антисоциальное поведение. М. Заметки ученого, 2019. №9.
–
С. 99
-103.
3.
Щербакова Л.Ю. Виктимологический аспект преступности: современная
теория и практика. Автореф.дисс. канд.юрид. наук. –
СПб. 2005. –
С.163.
4.
Мухторов
Ж.С.
Актуальность
виктимологическая
профилактика
провонарушений в условиях Узбекистана // вестник Академия МВД РУз, 2015,
№3. –С.45
-49.
5.
Ниёзова С.С. Жиноят ва виктимологик таҳлил.// Ҳуқуқ ва бурч журнали,
2015. №25.–Б.14
-16.
6.
Савкин Е.В. Кража: уголовно
-
правовые и криминологические аспекты:
Дис. … канд. юрид. наук. –
М., 2004. –
268 с.
7.
Ширяев А.С. Криминологическая
характеристика современных краж и их
предупреждение: Автореф. дис. ... кан. юрид. наук. –
Ростов
-
на
-
Дону, 2006. –
28 с.
8.
Абдразаков С.Т. Уголовно
-
правовые и криминологические проблемы
борьбы с кражами личного имущества: Автореф. дис. ... канд. юрид.наук. –
Алма
-
Ата, 1992. –
25 с.; Буз.С.И. Кража: уголовно
-
правовые и криминологические
аспекты: Дис. … канд. юрид. наук. –
М., 2002. –
202 с.; Желудков М.А.
Криминологическое исследование квалифицированных видов краж и грабежей и
их предупреждение органами внутренних дел: Дис. ... канд. юрид. наук. –
М. 2002. –
178 с.; Исмагилов Р.Г. Кража чужого имущества: уголовно
-
правовые и
криминологические аспекты: Дис. … канд. юрид. наук. –
М., 2001. –
180 с.; Липатов
А.Е. Уголовно
-
правовая и криминологическая характеристика краж, совершаемых
несовершеннолетними: Дис. … канд. юрид. наук. –
М., 2004. –
251 с.; Пантюшин И.С.
Кража имущества граждан: уголовно
-
правовые и криминологические аспекты:
Дис. … канд. юрид. наук. –
М., 2009. –
304 с.; Савелов О.П. Криминологические и
уголовно
-
правовые проблемы борьбы с кражами, совершаемыми с незаконным
проникновением в жилище: Дис. ... канд. юрид. наук.
–
М., 2001. –
206 с.; Савкин Е.В.
Кража: уголовно
-
правовые и криминологические аспекты: Дис. … канд. юрид. наук.
–
М., 2004. –
268 с.; Семенов В.М. Социальные, уголовно
-
правовые и
криминологические основы борьбы с кражами в России: Дис. ... д
-
ра юрид. наук.–
М., 2006. –
411 с.; Федотов А.В. Кража, совершаемая с незаконным проникновением
в жилище (Уголовно
-
правовые и криминологические аспекты): Дис. ... канд. юрид.
наук. –
М., 2004. –
188 с.; Ширяев А.С. Криминогическая характеристика
современных краж и их предупреждение: Автореф. дис. ... кан. юрид. наук. –
Ростов
-
на
-
Дону, 2006. –
28 с.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
11 (2023) / ISSN 2181-1415
271
9.
Хаткова Ф.Х. Виктимологические аспекты женской преступности. Автореф.
дисс...канд.юрид. наук,
-
М:. 2004. С.186.
10.
Пантюшин И.С. Кража имущества граждан: уголовно
-
правовые и
криминологические аспекты: Дис. … канд. юрид. наук. –
М., 2009. –
304 с.
11.
Ф.Б.Бобомуродов. Чорва моллари ўғирлигининг жиноий
-
ҳуқуқий ва
криминологик жиҳатлари. ҲУҚУҚИЙ ТАДҚИҚОТЛАР ЖУРНАЛИ | ЖУРНАЛ
ПРАВОВЫХ ИССЛЕДОВАНИЙ | JOURNAL OF LAW RESEARCH. 2020. №9. 71 бет.
12.
Бобомуродов Ф.Б. Чорва моллари ўғирликларининг тезкор
-
қидирув
тавсифи: Ўзбекистон Республикаси ИИВ Академиясининг ахборотномаси. –
2018.
–
№3. –
Б.59–
63.
