Авторы

  • Мустафo Рузметов
    Каракалпакский государственный университет имени Бердаха
  • Музаффар Адамов
    Преподаватель, Юридический техникум Хорезмской области

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol4-iss11/S-pp259-263

Ключевые слова:

парламент демократия государство депутат депутатский статус закон

Аннотация

Статья фокусируется на анализе места и роли парламента и его членов в контексте современного демократического государства. В частности, рассматривается роль депутатов законодательной палаты Олий Мажлиса Республики Узбекистан в реализации демократических реформ. Автор статьи подробно изучает правовые основы статуса депутатов, их участие в законотворческом процессе, а также их вклад в решение важнейших вопросов, затрагивающих жизнь народа и государства. Кроме того, в статье освещается деятельность депутатов Государственной Думы РФ и представлены мнения представителей международно-правовой сферы о статусе и функциях депутатов в демократическом обществе.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Organizational and legal bases of activity of the deputy of
the legislative chamber of the Oliy Majlis of the Republic of
Uzbekistan

Mustaf

о

RUZMETOV

1

, Muzaffar ADAMOV

2


Karakalpak State University named after Berdakh

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received November 2023

Received in revised form

15 December 2023

Accepted 25 December 2023

Available online

15 February 2024

The article focuses on analyzing the place and role of

parliament and its members in the context of a modern
democratic state. In particular, the role of deputies of the
legislative chamber of the Oliy Majlis of the Republic of

Uzbekistan in the implementation of democratic reforms is
considered. The author of the article studies in detail the legal
basis of the status of deputies, their participation in the

legislative process, as well as their contribution to resolving the
most important issues affecting the life of the people and the

state. In addition, the article highlights the activities of deputies
of the State Duma of the Russian Federation and presents the
opinions of representatives of the international legal sphere on

the status and functions of deputies in a democratic society.

2181-

1415/©

2023 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol4-iss11/S-pp259-263

This is an open access article under the Attribution 4.0 International

(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

parliament,

democracy,

state, deputy,

deputy status,

law.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi

deputati faoliyatining tashkiliy huquqiy asoslari

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

parlament,

demokratiya,

davlat,

deputat,

deputatlik maqomi,

qonun.

Ushbu maqola zamonaviy demokratik davlatda parlament

hamda uning a’zolarining o‘rni va roliga bag‘ishlangan.

Demokratik islohotlarni amalga oshirishda O‘zbekiston

Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati
faoliyatining ahamiyatinitahlil qilish, deputatlarning huquqiy

maqomiga oid huquqiy asoslar, ularning qonunchilik
jarayonidagi, shuningdek, xalq va davlat hayotida mavjud

1

Master degree student, Direction of public management, Karakalpak State University named after Berdakh.

E-mail: mustafo6162@gmail.com

2

Teacher, Legal technical school of Khorezm region. E-mail: adamov@gmail.com


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

11 (2023) / ISSN 2181-1415

260

bo‘lgan muhim masalalardagi ishtiroki baholangan. Shuningdek,

Rossiya federatsiyasi Davlat Dumasi deputati faoliyati, xalqaro

yuridik soha vakillarining deputatlar, ularning maqomi va

faoliyatlariga bag‘ishlangan fikrlari o‘rganilgan.

Организационно

-

правовые

основы

деятельности

депутата Законодательной палаты Олий Мажлиса
Республики Узбекистан

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

парламент,

демократия,

государство,

депутат,

депутатский статус,

закон.

Статья фокусируется на анализе места и роли

парламента и его членов в контексте современного
демократического

государства.

В

частности,

рассматривается роль депутатов законодательной палаты

Олий Мажлиса Республики Узбекистан в реализации
демократических реформ. Автор статьи подробно изучает

правовые основы статуса депутатов, их участие в
законотворческом процессе, а также их вклад в решение
важнейших вопросов, затрагивающих жизнь народа и

государства. Кроме того, в статье освещается деятельность
депутатов Государственной Думы РФ и представлены

мнения

представителей международно

-

правовой сферы о

статусе и функциях депутатов в демократическом
обществе.


Deputatlar avvalo xalqning vakili sifatida, davlat hokimiyati tizimida xalq

manfaatlarini himoya qilishlari, parlamentning rolini oshirish, mamlakat ichki va tashqi

siyosatiga oid muhim vazifalarni hal etish bo‘yicha professional tarzda faoliyat olib

borishlari lozim.

Deputatlarning maqomi, vakolatlari, deputatlik faoliyatining kafolatlari, huquq va

majburiyatlari О‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, О‘zbekiston Respublikasining
“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to‘g‘risida”gi

konstitutsiyaviy Qonuni, “О‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi
deputatining va Senati a’zosining maqomi tо‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston Respublikasi

Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti to‘g‘risida”gi Qonunlari va boshqa
normativ huquqiy hujjatlar orqali huquqiy asoslantirilgan. Ayniqsa “О‘zbekiston

Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati a’zosining maqomi
tо‘g‘risida”gi Qonun Qonunchilik palatasi deputatlarining faoliyatlari uchun asosiy

tashkiliy hujjat hisoblanadi. Ushbu qonunga muvofiq Qonunchilik palatasi deputatida

deputatning shaxsi va vakolatlarini tasdiqlovchi asosiy hujjat bo‘lgan guvohnoma,

shuningdek ko‘krak nishoni mavjudligi, u ko‘rsatilgan guvohnoma va ko‘krak nishonidan
o‘z vakolatlarining butun muddati davomida foydalana olishi, ushbu guvohnomasi davlat

hokimiyati organlariga, mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlariga erkin tashrif buyurish,
ularning kollegial organlarining majlislarida qatnashish, davlat organlarining, xo‘jalik

boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslariga deputatlik so‘rovini yuborishi, deputat
o‘z vakolatlarining butun muddati davomida daxlsizlikka ega bo‘lishi, bu huquq u egallab

turgan turar-joy yoki ofis binolariga, shaxsiy va xizmat vositalariga ham tegishliligi


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

11 (2023) / ISSN 2181-1415

261

belgilangan. Qonunchilik palatasi deputati daxzlik huquqidan О‘zbekiston Respublikasi

Bosh prokurorining taqdimnomasiga asosan Qonunchilik palatasi tomonidan ko‘rib

chiqilib mahrum qilinishi mumkinligi belgilangan. Bundan tashqari ushbu qonun

Qonunchilik palatasi deputatlari uchun bir qator cheklovlarni nazarda tutadi. Masalan, u

tadbirkorlik yoki boshqa haq to‘lanadigan faoliyat bilan shug‘ullanishga hokazolarga

haqli emasligi, o‘z maqomidan fuqarolarning, jamiyat va davlatning qonuniy

manfaatlariga ziyon yetkazadigan tarzda foydalanishi mumkin emasligi belgilangan.

Demokratik davlatning muhim xususiyatlaridan biri, o‘zining hokimiyat

tuzilmalarini bir-

biridan xoli mustaqil bo‘lishidir. O‘zbekiston Respublikasi

Konstitutsiyasining 11-

moddasida: “O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining

tizimi

hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo‘linishi

prinsipiga asoslanadi”, deya belgilanganligi davlatimiz boshqaruvi demokratik

prinsiplarga asoslanganligining yaqqol namunasidir.

Darhaqiqat, qonun chiqaruvchi organ davlat mexanizmida asosiy o‘rin tutishi isbot

talab qilmaydigan hol. Buning sababi shundaki, u ijro etuvchi hokimiyat amalga oshirishi

lozim bo‘lgan va sud hokimiyatining faoliyati uchun qonunchilik asosi bo‘lib xizmat
qiladigan umummajburiy talablarni o‘rnatadi.

Demokratik islohotlarni chuqurlashtirish Qonunchilik palatasi ishini to‘g‘ri tashkil

etish masalalari bilan bevosita bog‘liqdir.

Qonunchilik palatasi vakolatlarining samarali

bajarilishi ularning faoliyatini to‘g‘ri tashkil etilishini taqozo etadi. Qonunchilik palatasi

ishini tashkil qilishning muhim jihatlaridan biri

bu deputatlar o‘rtasida vazifalarning

to‘g‘ri taqsimlanishidir.

Bunday taqsimotning asosiy maqsadi har bir deputatlarning

vazifalarini aniq-

tiniq bo‘lishiga erishishdir.

O‘zbekistonning konstitutsiyaviy qonunchiligi va boshqa qonun hujjatlari hamda

chet el tajribasi shuni ko‘rsatadiki, deputatlarning aholi oldidagi birinchi darajadagi

vazifalari quyidagilardan iborat:

“qonunchilik tashabbuskorligi” huquqidan foydalangan holda qonun ijodkorligi

bo‘yicha faoliyatini kuchaytirish;

parlament nazorati talablaridan og‘ishmagan holda ijro hokimiyati faoliyati

ustidan samarali nazoratni amalga oshirish;

o‘z saylovchilari bilan tizimli ravishda ishlash, ularning kundalik hayotidagi

muammolarining yechimini topish, ularning oldida hisobot berish;

fraksiya va qo‘mita a’zolari sifatida mamlakatning ichki va tashqi siyosatiga oid

bo‘lgan masalalar muhokamasidagi ishtirokini kuchaytirish.

Deputatlar ularni saylagan xalqning qonuniy vakillari hisoblanadi. Shu bois,

deputatlarning kundalik professional faoliyati bevosita ular elektoratining dardi va

muammolarini hal qilish bilan bog‘liq bo‘lishi darkor. Bunda har bir deputat o‘z

saylovchilari bilan tizimli ravishda uchrashuvlar o‘tkazishi, ularning muammolarini

tinglashi va hal qilishi uchun barcha resurslarni safarbar qilishi shart. Modomiki, har bir

saylovchi tomonidan deputatga berilgan baho oliy vakillik organi hisoblangan Oliy
Majlisga berilgan baho deb qaralishi lozim. Lekin parlament va deputatlarimizning

faoliyatlari sust darajada ekanligi oxirgi paytlarda bilinib qolyapti. Chunki zamon

o‘zgarishi, insonlar ongi, jamiyat intellektining o‘sishi deputatlarning ham o‘z

faoliyatlarini yangicha professional darajaga olib chiqishlari lozimligini ko‘rsatib qo‘ydi.
Deputatlar faoliyati bo‘yicha xalqaro tajribalarni o‘rganib, mamlakatimizdagi deputatlar

faoliyatlarining tashkiliy huquqiy asoslarini qayta ko‘rib chiqilishini lozim deb o‘ylaymiz.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

11 (2023) / ISSN 2181-1415

262

Masalan, Rossiya federatsiyasining “Federatsiya Kengashi a’zosi maqomi va Davlat

Dumasi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Federal qonunida belgilangan ba’zi

normalarga to‘xtalib o‘tamiz,

ikkala palata birgalikda so‘rovlar yuborilishi mumkin

bo‘lgan sub’yektlar doirasini belgilangan deputatlarga, ularning oila a’zolariga (turmush

o‘rtog‘i va voyaga yetmagan bolalariga) xorijda hisob raqamlariga ega bo‘lishlari va

xorijiy moliyaviy vositalardan foydalanishlari taqiqlangan, deputatlar o‘zlarining va oila

a’zolarining daromadlari, xarajatlari, mulkiy majburiyatlari to‘g‘risida ishonchli va to‘liq

ma’lumotlarni daromad deklaratsiyasida o‘z vaqtida taqdim etishlari shartligi, hattoki

daromad deklaratsiyasini kechiktirishlari deputatlarning vakolatlari Davlat Dumasi

qarori bilan muddatidan oldin tugatilishiga asos bo‘lishi, yana Davlat Dumasi deputatlar

palatasining a’zolari o‘z vazifalarini 30 yoki undan ortiq kun davomida bajarmasa (yalpi

majlislarda qatnashmaslik, qo‘mitalar ishida qatnashmaslik va h.k. tufayli) deputatlik

mandatlaridan mahrum qilinishi, deputatni shaxsiy tintuv qilish, qamoqqa olish, hibsga

olish va so‘roq qilish, unga nisbatan tintuv o‘tkazishga rozilik berish, shuningdek

ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka tortish to‘g‘risidagi qarorlar byulletenlarni topshirish

yo‘li bilan yashirin ovoz berish yo‘li bilan yoki elektron vositadan foydalangan holda

deputatlari umumiy sonining ko‘pchiligi rozilik berish uchun ovoz berishi orqali qabul

qilinishi, deputatlarga yillik to‘lanadigan 42 kalendar kundan iborat mehnat ta’tilga

chiqish huquqlari va boshqa ko‘plab normalar belgilangan.

Yuqoridagilarni sarhisob qilib, shuni aytishimiz mumkinki, Oliy Majlisning

О‘zbekiston Respublikasi hokimiyatida eng yuqori turuvchi organ sifatidagi roli

deputatlar va senatorlarning faoliyatlari hamda ushbu faoliyatlar qanchalik tashkiliy

huquqiy jihatdan asoslantirilganligi bilan bevosita bog‘liq. Shuning uchun deputatlarning

vakolatlarini amalga oshirish tafsilotlariga, mazmuniga e’tibor berishimiz va bu uchun

xalqaro tajribalarni tahlil qilib, deputatlar faoliyatidagi sustkashliklarni qonunchilikka

o‘zgartirishlar kiritish orqali hal qilish mumkin. Quyidagicha takliflarni bildirib o‘tamiz:

Birinchidan,

deputatlik daxlsizligini cheklash zarur. Masalan deputat daxlsizlik

huquqini o‘z vakolatlarini amalga oshiradigan (yalpi majlislar va eshituvlarda ishtirok

etishi), shuningdek, u uydan ishga kelayotgan va ishdan uyga qaytayotgandagi

muddatlarda qo‘llasin, Qolgan muddatda u jinoyat sodir etgan taqdirda va boshqa

huquqbuzarliklar turlarini sodir etganda, amaldagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan

umumiy asoslar bo‘yicha yuridik javobgarlikka tortilishi lozim, bu chora ko‘plab

mamlakatlarda (masalan, Buyuk Britaniya, AQSh) qo‘llanila boshlandi.

Ikkinchidan,

mamlakatimizdagi amaldagi deputatlarning majburiyatlariga

o‘zlarining va oila a’zolarining daromadlari, xarajatlari, mulkiy majburiyatlari to‘g‘risida

ishonchli va to‘liq ma’lumotlarni daromad deklaratsiyasida o‘z vaqtida taqdim etishlari

shartligi, hattoki daromad deklaratsiyasini kechiktirishlari deputatlarning vakolatlari

Qonunchilik palatasi qarori bilan muddatidan oldin tugatilishiga asos bo‘lishi haqida

norma kiritilishi.

Uchinchidan,

O‘zbekistonda Oliy Majlis, uning palatalari va Reglamentlari

to‘g‘risidagi qonunlar,

shuningdek senat va deputatlarning maqomi, faoliyatlari haqida

ko‘plab normativ huquqiy hujjatlar mavjud. Ushbu normativ huquqiy hujjatlarni bir yaxlit

tizimga solib “Parlament kodeksi”ni ishlab chiqishni taklif qilamiz.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

11 (2023) / ISSN 2181-1415

263

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

:

1.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi.

2.

Aвакьян

C.A. Депутат статус и деятельность. М. 2004

.

3.

“О‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va

Senati a’zosining maqomi tо‘g‘risida”gi Qonun.

4.

Федерального закона от 08.05.1994 №3

-

ФЗ (ред. от 19.12.2016) «О статусе

члена Совета Федерации и статусе депутата Государственной Думы Федерального
Собрания Российской Федерации» (Собрание законодательства РФ. 12.07.1999.

№ 28. С. 3466)

.

5.

Алексеев Р.А. (г. Москва). Политико

-

правовой статус депутатов

государственной думы и членов совета федерации: гарантии, привилегии и
преференции. // Вестник Московского государственного областного университета

(электронный журнал). 2015. № 3.

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi

Aвакьян C.A. Депутат статус и деятельность. м. 2004

"О‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati a’zosining maqomi tо‘g‘risida"gi qonun

Федерального закона от 08.05.1994 №3-ФЗ (ред. от 19.12.2016) «О статусе члена Совета Федерации и статусе депутата Государственной Думы Федерального Собрания Российской Федерации» (Собрание законодательства РФ. 12.07.1999. № 28. С. 3466)

Алексеев Р.А. (г. Москва). Политико-правовой статус депутатов государственной думы и членов совета федерации: гарантии, привилегии и преференци. // Вестник Московского государственного областного университета (электронный журнал). 2015. № 3