Методические принципы совершенствования видов речевой деятельности студентов финансово-экономического направления | Общество и инновации

Методические принципы совершенствования видов речевой деятельности студентов финансово-экономического направления

ВАК
elibrary
inLibrary
Google Scholar
doi
 
Выпуск:
CC BY f
122-126
0
Поделиться
Юлдошова , У. . (2024). Методические принципы совершенствования видов речевой деятельности студентов финансово-экономического направления. Общество и инновации, 5(1), 122–126. https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-iss1-pp122-126
0
Цитаты
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В данной статье обсуждаются мнения о роли и значении методических принципов в совершенствовании речевой деятельности студентов. Также приведены примеры мнений ученых и методических принципов.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Methodological principles for improving the types of
speech activity of students in financial and economic areas

Umida YULDOSHOVA

1


Tashkent Financial Institute

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received December 2023

Received in revised form

15 December 2023
Accepted 20 January 2024

Available online

25 February 2024

This article discusses opinions on the role and significance of

methodological principles in improving students’ speech

activity. Examples of scientists

opinions and methodological

principles are also given.

2181-

1415/©

2024 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-iss1-pp122-126

This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

student,

principle,

teaching,

didactic,

methodical.

Moliya-

iqtisod yo‘nalishi

talabalarining nutq faoliyati

turlarini takomillashtirishning metodik tamoyillari

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

talaba,

tamoyil,

o‘qitish,

didaktik,

metodik.

Ushbu maqolada talabalarning nutq faoliyati turlarini

takomillashtirishda metodik tamoyillarning o‘rni va ahamiyati

haqida fikrlar berilgan. Shuningdek, olimlarning fikrlaridan va

metodik tamoyillardan namunalar keltirilgan.

1

PhD, Senior Lecturer, Foreign Languages Department, Tashkent Financial Institute.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

5

1 (2024) / ISSN 2181-1415

123

Методические принципы совершенствования видов

речевой

деятельности

студентов

финансово

-

экономического направления

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

студент,

принцип,

обучение,

дидактический,

методический.

В данной статье обсуждаются мнения о роли и значении

методических принципов в совершенствовании речевой

деятельности студентов. Также приведены примеры

мнений ученых и методических принципов.

KIRISH

Ta’lim tizimida modernizatsiya davlat va jamiyatning malakali kadrlarga, shaxslarning

esa sifatli ta’lim olishga bo‘lgan ehtiyojidan kelib chiqib, amalga oshiriladi. Ta’lim amaliyotida

pedagogik texnologiyalarning qo‘llanilishi ta’lim tizimi modernizatsiyasining tarkibiy elementi

hisoblanadi. Ta’lim

-

tarbiya jarayonini texnologiyalashtirish o‘qitish sifatini yaxshilab,

samaradorligini oshiradi hamda kam kuch va vaqt sarflagan holda kutilgan natijani qo‘lga

kiritishga imkon beradi. Shuni alohida ta’kidlash joizki, OTMlarda ta’lim olayotgan talabalarning

ingliz tilini o‘rganish jarayonidagi kommunikativ faoliyatga yo‘naltirilgan kompetensiyalarini

shakllantirish va rivojlantirish bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Talabalarga nutq

faoliyati turlarini til leksik, grammatik, fonetik materiallarini metodik tamoyillar orqali o‘rgatish

amalga oshiriladi. Chet tilini o‘qitish jarayonida metodik tamoyillar o‘z o‘rnida alohida va muhim

ahamiyat kasb etadi. Ta’limni tadqiq etadigan fanlarda (ta’limshunoslik va xususiy metodika)

“tamoyil” termini ham o‘ziga xos tushunchalarni ifodalaydi. Tabiatda tamoyillar yo‘qligi, faqat

qonunlar borligi haqida bilish nazariyasida ma’lumotlar keltiriladi. “tamoyil”

-

asos bo‘ladigan

yo‘l

-

yo‘riq, qonun

-

qoida ma’nosida ishlatiladi [1;187]. Ta’limda xilma

-xil tamoyillar ketma-

ketligi bayon etiladi. Chet tili o‘qitish metodist olimlari, ta’limshunoslarning tadqiqotlaridan

samarali foydalanadi, biroq ularning borligi o‘zgarishsiz, shunchaki tan olinmaydi, ya’ni o‘quv

predmetini hisobga olib, ularni tatbiq etishadi. Chet tilini o‘qitish metodikasida turli mualliflar

tomonidan bir necha ilg‘or tamoyillar olg‘a surilgan.

ADABIYOTLAR TAHLILI

Prof. Y.I.

Passovning fikricha “tamoyil

o‘qitish jarayoni deb atalmish binoning

poydevoridir.

Noto‘g‘ri tuzilgan, noaniq o‘qitish tamoyillari ko‘p holatda butun o‘quv jarayonini

xavf ostiga qo‘yadi”. E.I.Passov chet tilini o‘rgatish tamoyillari iyerarxiyasini tuzdi: birinchi

darajali umumiy didaktik tamoyillar; ikkinchi darajali umumiy metodik tamoyillar; uchinchi

darajali xususiy metodik tamoyillar; torroq ta’lim sohasiga taalluqli to‘rtinchi darajali tamoyillar

[2].

Chet tilini o‘qitishning barcha tamoyillarining asosiy maqsadi ulardan amalda foydalana

bilishdir. Taniqli mashhur nemis metodist pedagogi A. Disterveg mavzuning aniqligi bilan

cheklanmaydi.

U o‘rganuvchilarga rasmlar, analoglar, xotiralardan foydalanishni taklif qiladi.

A. Disterveg quyidagi tamoyillarga amal qilgan. Uning fikricha:

1.

Ko‘rinish

-

misollardan qoidalarga, aniq g‘oyalardan, so‘zlarga o‘tish kerak.

Ushbu

holatda: a) yaqindan uzoqqa; b) oddiydan murakkabgacha; v) osonroqdan qiyinroqqa;

g) ma’lumdan noma’lumga.

2.

Materialni ongli ravishda o‘zlashtirish tamoyillarini misol keltiradi.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

5

1 (2024) / ISSN 2181-1415

124

3.

Yosh xususiyatlarini (o‘rganuvchi o‘rganishga qodir bo‘lmagan mavzuni hech qachon

o‘rgatish kerak emasligi) va individual xususiyatlarni hisobga olish.

4.

Tizimli o‘qitish –

Har bir materialni ma’lum bosqichlarga va kichik tayyor qismlarga

bo‘lish.

5. Takrorlash

talabalar o‘rganganlarini unutmasliklariga ishonch hosil qilish.

P.B.

Gurvichning aytishicha: “Agar maqsad so‘zlarni jumlalarda (nutqda) ishlatish bo‘lsa,

unda bu istisno hisoblanmaydi,

aksincha, alohida so‘z bilan ma’lum bir ishni nazarda tutadi; agar

maqsad til materialini retseptiv malaka darajasiga qadar o‘zlashtirish bo‘lsa, bu maqsadga
reproduktiv va mahsuldor mashqlar orqali erishish mumkin...”. P.B.

Gurvich tamoyillarni 4ta

turga ajratadi [3;32-37]; 1. Ixtiyoriy va ixtiyorsiz; 2. Ongli va avtomatlashtirilgan harakatlar; 3.
Yodlangan

va

ijodiy;

4. Yo‘naltirilgan va erkin harakat.

Xorijiy metodistlar Larsen-Friman va S.L.

Makkey chet tilini o‘qitishda lingvistik, didaktik

va psixologik omillar muhim ahamiyatga ega, deb ta’kidlaydilar. Larsen

-Friman metodikaning

asosiy jihatlariga asoslanib, quyidagi tamoyillarni ajratib ko‘rsatadi:

lingvistik tamoyillar

chet tilini o‘zlashtirishda ona tilining kommunikativ

kompetensiyasini hamda o‘rganilayotgan tilni oraliq til tizimi sifatida o‘zlashtirilishining o‘ziga

xos xususiyatlarini hisobga olish;

kognitiv tamoyillar

ichki motivatsiyadan foydalanish, nutq birliklarini

avtomatlashtirish va talabaning shaxsiy hissasidan foydalanish prinsipi;

emotsional-

psixologik tamoyillar (affektiv): lingvistik “men” (language ego) tamoyili,

o‘rganilayotgan til davlat madaniyati va tilini o‘zaro bog‘liq holda o‘zlashtirish (til –

madaniyat

aloqasi) [4;55].

O‘rganish tamoyili atamasi o‘qituvchining chet tilini o‘qitish jarayonida ustun rol

o‘ynashini anglatadi, bu esa o‘qitishning gumanistik yo‘nalishiga biroz ziddir. Shu bilan birga,
o‘quv jarayoni o‘qituvchi faoliyati va talabaning faoliyatini o‘z ichiga olgan murakkab tizimdir.
Ammo jarayonni aniq shakllantirilgan qoidalar, ya’ni talaba bilan o‘zaro munosabat jarayonida
tayanishi kerak bo‘lgan tamoyillar asosida shakllantirmay, tashkil qilib bo‘lmaydi.

TADQIQOT METODOLOGIYASI

Keyingi yillarda faqat chet tili o‘qitishga xos bo‘lgan kommunikativlik, ta’limning og‘zaki

nutqqa asoslanishi, differensiyalashtirib o‘qitish, til materialini kompleks tashkil qilish kabi

tamoyillar yuzaga keldi. Ayni paytda didaktika tomonidan ilgari surilgan onglilik, aktivlilik,

ko‘rgazmalilik, ta’lim jarayonini motivlashtirish kabi tamoyillar chet tili o‘qitishda ham muhim
rol o‘ynaydi. Chunki har qanday aqliy harakatni amalga oshirish, fikrlashdan praktika

-

amaliyotga o‘tish orqali vujudga keladi. Shuning uchun hozirgi zamon chet tili o‘quv dasturlari
va o‘quv qo‘llanmalarida o‘quvchilarning aqliy faoliyatini shakllantirishga muhim ahamiyat

berilyapti.

Materialni ongli ravishda o‘zlashtirishga tillararo interferensiya hodisasi salbiy ta’sir

qiladi.

O‘qitish tamoyillari deganimizda, o‘qituvchi dars jarayonida qo‘llashi lozim bo‘lgan

qonun-

qoidalarni tushunamiz. Chet tili o‘qitish metodikasi eng avvalo didaktika tomonidan

ishlab chiqilgan quyidagi umumdidaktik tamoyillariga tayanadi: 1) ta’limning tarbiyaviyligi

tamoyillari;

2)

ilmiylik

va

tushunarlilik

tamoyillari;

3)

onglilik

tamoyili;

4) faollik tamoyili:

5) tizimlilik va izchillik tamoyili; 6) ko‘rsatmalilik tamoyili.

1)

Ta’limning tarbiyaviyligi tamoyili

yosh avlodni har tomonlama kamolotga

yеtkazishni nazarda tutadi. Til o‘rganish jarayonida talabalarga milliy g‘oya, ona Vatanga

sadoqat, tabiatga muhabbat, kishilarga hurmat, ehtirom, yaxshilik, odillik, yuksak insoniy


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

5

1 (2024) / ISSN 2181-1415

125

fazilatlar egasi bo‘lish kabi ijobiy xususiyatlar singdiriladi. Buning eng qulay va barqaror
shakllaridan biri didaktik materiallar tegishli mazmunga ega bo‘lgan matnlarning tanlanishi,
saralanishi hamda talabalarga yetkazilishini ko‘rsatish mumkin [5; 772].

Barcha fanlar o‘z imkoniyati doirasida o‘quv adabiyotlarida berilgan matnlardan ham

ta’limiy ham tarbiyaviy maqsadda foydalanib, ta’limning tarbiyaviyligi tamoyiliga to‘liq amal
qiladi. “Talaba topshiriqlarni bajarish jarayonida kuzatish, qiyoslash, ijodiy tafakkurni ishga
solish, muammolar yеchimini izlash, topish va xulosalash majburiyati bilan yuzma

-

yuz keladi”

[6;25]. Talaba topgan yеchimini (fikrni) ifodalash (so‘z, gap, ko‘chirma va o‘zlashtirma gap),
zaruriyatini, ifodalay bilishi mashaqqatini anglash va o‘zidan qoniqishni his qilish ta’limda

tarbiyaviylik tamoyilining amaliy samarasi hisoblanadi.

2) Ilmiylik va tushunarlilik tamoyillari. Metodikada ilmiylik tamoyili

o‘quv

predmetlarini hozirgi fan yutuqlari zaminida bayon qilishni talab etsa, tushunarlilik tamoyili

o‘quv predmetlarini o‘rganuvchining yoshi, shaxsiy xususiyatlari, hayotiy tajribalari,
tayyorgarlik darajasiga moslashtirishni, ya’ni oddiydan murakkabga, xususiydan umumiyga

borishni taqozo qiladi [6; 26].

Ushbu tamoyillar bir vaqtning o‘zida amalga oshiriladi, o‘zaro bir

-

birini to‘ldiradi va

mashg‘ulot samaradorligini oshiradi: fandagi tushuncha va terminlar ma’nosini sharhlash,
tahlilga tortish va samarali o ‘zlashtirishni ta ’minlash;

til sathlarini o‘zaro aloqadorlikda

o‘rganish; til va nutqni farqlab o‘rganishning usul va vositalarini topish va amaliyotda qo‘llash;

talabalarning yosh va imkoniyatlarini hisobga olish, mustaqil ijodiy fikrlash, uning mahsulini

nutq sharoitiga mos ravishda og‘zaki va yozma tarzda to‘g‘ri, sodda, ravon ifodalash
ko‘nikmalarini shakllantirish va rivojlantirishga yo‘naltirilgan lingvopsixologik o‘yin –

topshiriqlardan foydalanish ko‘zda tutiladi.

3)

Onglilik tamoyili. Onglilik bilimlarni ongli o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan tamoyildir. U

ta’limning asosiy maqsadi, hayot uchun zaruriyligini anglash;

daliliy materiallarni ongli egallash

va o‘zaro farqlay olish; bilimlarni o‘rganish, mustahkamlash, takrorlash; egallangan va o‘zi

erishgan natijalarni baholay bilish xususiyatlarini tarbiyalaydi [6;26-27].

4)

Faollik tamoyili faollik orqali talaba ta’limning faol sub’yektiga aylanadi. Mustaqillik

faollik uchun sharoit yaratsa, faollik mustaqillikni tarbiyalashga asos bo‘ladi. Kishining mustaqil
aqliy faoliyat ko‘rsatishi mustaqil fikrlashi orqaligina amalga oshirilishi hech kimga sir emas [5].

A.

Disterveg “Ta’lim haqiqat, ezgulik va go‘zallikka xizmat qiladi, ushbu jihatlar xarakter

va ishonchni tarbiyalaydi”, deya ta’kidlaydi [7].

Mutaxassislar mashg‘ulotlarda mustaqil ishlarni tashkil etish, qo‘yilgan muammo, savol,

topshiriqlar mohiyatidan kelib chiqib, o‘quv jarayonini boshqarish, mustaqillik va faollikni
tarbiyalashini qayd etib, bunda quyidagi jihatlar alohida e’tirof etilgan:

o‘zlashtirilgan bilimlardan amaliyotda foydalanish ko‘nikmalarini shakllantiradi va

rivojlantiradi;

talabada o‘z kuchiga, o‘z bilim va imkoniyatlariga ishonchni mustahkamlaydi;

bilim, hissiy aniq tasavvur hosil qilish bilan birga ta’rif

-u tasniflarning mohiyatini

anglashga, tasavvurni tushuncha darajasida o‘zlashtirishga olib boradi.

5)

Izchillik va tizimlilik tamoyili. Bunda asosiy e’tibor talabalardagi ijodiy fikrini mustaqil,

tizimli bildirishga, so‘z boyligini oshirish hamda matnni shakllantirish ko‘nikmasini oshirishga

yo‘naltirishi lozim. Talaba til imkoniyatidan samarali foydalanib mashg‘ulotlarda mustaqil va

ijodiy yondashishi, so‘z boyligini yanada takomillashtirishi lozim.

Y.A.

Komenskiy ta’kidlaganidek “Dars mashg‘ulotini shunday tashkillashtirish lozimki,

unda hozir o‘rganiladigan manbaa keyingisini, keyin o‘rganiladigan manba oldingilarini


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

5

1 (2024) / ISSN 2181-1415

126

mustahkamlasin” [8]. Talabalarning nutqiy tayyorgarlik darajasini hisobga olib ularning

o‘rganilgan va o‘rganiladigan bilimlarining o‘zaro bog‘liqligining ta’minlanishiga izchillik

tamoyili asosidagina erishiladi.

6)

Ko‘rsatmalilik tamoyili. Ta’limda ko‘rsatmalilikdan foydalanish

o‘tiladigan mavzuni

zohiriy ifodalash, egallangan bilimlarni takrorlash va mustahkamlash yuzasidan belgilanadi.

Narsa-buyumlar, hodisalarni bevosita kuzatish, ushlash ularning mantiq-mohiyatini chuqurroq

anglashga xizmat qilsa, ko‘rilganlarni og‘zaki ifodalash ehtiyoji esa talabalarda botiniy, mustaqil

mushohada ko‘nikmasini rivojlantirishga, birlamchi nutqiy malakalarining hosil bo‘lishiga

yordam beradi [6;28].

Yuqorida keltirib o‘tilgan tamoyillar va ularning ahamiyati haqida aytar ekanmiz, bizning

fikrimizcha, ayni vaqtda talabalarga xorijiy tillarni o‘qitishda 4 ta prinsiplar asosiy o‘rinni

egallaydi; lingvistik, kognitiv, onglilik va ko‘rsatmalilik prinsiplari, ma’lumki, ona tilida

o‘rgatilgan, orttirilgan ko‘nikma va malakalarimiz bizga so‘zlarni o‘zaro bog‘lashni, gaplar

tuzishni, zamonlardan foydalanishni hech qachon o‘ylanmasdan, avtomatik amalga oshirishga

yordam beradi. Kognitiv tamoyillar orqali talabani o‘ziga bo‘lgan ishonchi va mavzuni

o‘zlashtirishda unga yordam beruvchi ichki va tashqi motivatsiya hisobga olinadi.

XULOSA

O‘qitish jarayonini tashkillashtirishda, o‘rganishning boshlang‘ich bosqichida darsda

muloqot o‘qituvchi va talaba, talaba bilan talaba o‘rtasidagi dialog shaklida quriladi, yangi

o‘rganilgan ibora va yangi so‘zlar orqali muloqot kuchayadi va asta

-sekin murakkablashadi. Bu

jarayonda ko‘proq “pastdan” “yuqoriga” ko‘tarilish samaralidir.

Bizning fikrimizcha, chet tilini o‘rganish ona tilidagi muloqot madaniyatiga ham foydali

ta’sir ko‘rsatadi. Shunday qilib, chet tilida nutq malakalarini shakllantirish talabalarning barcha

darajadagi nutq faoliyati turlarini rivojlantirishga yordam beradi: talabalar har bir harakatning

maqsadlarini ifodalangan mazmun va mavjud til vositalari bilan bog‘lab, nutq xatti

-harakatlarini

rejalashtirishni o‘rganadilar. Bu esa talaba ega bo‘lgan bilim miqdorini emas, balki uning

shaxsiyatini tarbiyalash va madaniyatlararo o‘zaro munosabatlar uchun ko‘nikma va malakalari,

qobiliyatlarni rivojlantirishga va takomillashtirishga xizmat qiladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

T.O.Sobirova Oliy ta’limda chet tili o‘qitish metodikasi. chet til o‘qitish metodikasining

umumdidaktik prinsiplari //ta’lim va rivojlanish tahlili onlayn ilmiy jurnali. –

2022.

S. 187

2.

Пассов Э.И. Основы коммуникативной методики обучения иноязычному

общению. –

М.: «Русский язык», 1989, 277 с.

3.

Гурвич П.Б. О четырех общеметодических принципах обучения иностранным

языкам // Иностранные языки в школе. –2003. №6. С.32 –

37.

4.

Larsen

Freeman, D. Techniques and Principles in Language Teaching.

2nd ed

Oxford: Oxford University Press, 2000.

P. 55.

5.

U.Bobojonova , N.B.Hasanova Ona tilini o‘qitishning umumdidaktik va o‘ziga xos

prinsiplari //Scientific progress.

2021.

T. 2.

№. 8. –

S. 772-782.

6.

B.To‘xliyev, M.Shamsiyeva, T.Ziyodova О‘zbek tili о‘qitish metodikasi. –

2006. B.25.

7.

Дистервег А. Избранные педагогические сочинения. –

М.: Учпедгиз, 1956. –

С.

175.

8.

Коменский Я.А. Избранные педагогические сочинения. М.: 1982. 267 с.

Библиографические ссылки

T.O.Sobirova Oliy ta’limda chet tili o‘qitish metodikasi. chet til o‘qitish metodikasining umumdidaktik prinsiplari //ta’lim va rivojlanish tahlili onlayn ilmiy jurnali. – 2022. – S. 187

Пассов Э.И. Основы коммуникативной методики обучения иноязычному общению. – М.: «Русский язык», 1989, 277 с.

Гурвич П.Б. О четырех общеметодических принципах обучения иностранным языкам // Иностранные языки в школе. –2003. №6. С.32 – 37.

Larsen – Freeman, D. Techniques and Principles in Language Teaching. – 2nd ed Oxford: Oxford University Press, 2000. –P. 55.

U.Bobojonova , N.B.Hasanova Ona tilini o‘qitishning umumdidaktik va o‘ziga xos prinsiplari //Scientific progress. – 2021. – T. 2. – №. 8. – S. 772-782.

B.To‘xliyev, M.Shamsiyeva, T.Ziyodova О‘zbek tili о‘qitish metodikasi. – 2006. B.25.

Дистервег А. Избранные педагогические сочинения. – М.: Учпедгиз, 1956. – С. 175.

Коменский Я.А. Избранные педагогические сочинения. М.: 1982. 267 с.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов