Авторы

  • Олим Келдиёров
    Самостоятельный исследователь, кафедра Психология, Самаркандский государственный университет имени Шарофа Рашидова

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-iss1/S-pp204-208

Ключевые слова:

семейная забота гражданский брак важнейшие социальные функции семьи семейные отношения нормы семейного права усыновление семейные правоотношения семейное законодательство имеющее персональную характеристику

Аннотация

В данной статье представлены психологические аспекты формирования правовой культуры в семье. Особое внимание уделено роли семьи в воспитании молодежи и поддержании священности семейных ценностей. Большое внимание уделяется значению воспитания морально и духовно здорового, а также всесторонне развитого индивида.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Psychological characteristics of formation of legal culture
in the family

Olim KELDIOROV

1


Samarkand State University named after Sharof Rashidov

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received December 2023

Received in revised form

15 December 2023
Accepted 20 January 2024

Available online

15 February 2024

This article presents the psychological aspects of the

formation of legal culture in the family. Particular attention is

paid to the role of the family in educating young people and

maintaining the sacredness of family values. Much attention is

paid to the importance of raising a morally and spiritually
healthy, as well as comprehensively developed individual.

2181-

1415/©

2024 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-iss1/S-pp204-208

This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

family care,

civil marriage,

the most important social
functions of the family,

family relations,

norms of family law,
adoption,

family legal relations,

family legislation,

having a personal
description.

Oilada huquqiy madaniyatni shakllantirishning psixologik
xususiyatlari

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

oila g‘amxo‘rligi,

fuqarolik nikohi,

oilaning eng muhim ijtimoiy
vazifalari,

oilaviy munosabat,

oila huquqi normalari,
farzandlikka olish,

oilaviy huquqiy

munosabatlar,

oila qonunchiligi,

shaxsiy tavsifga ega bo‘lish.

Ushbu maqola oilada huquqiy madaniyatni shakllantirishning

psixologik xususiyatlari, yoshlarimizga ta’lim

-tarbiya berishda

oilaning muqaddas ekanligi, ma’naviy va axloqiy jihatdan sog‘lom

hamda barkamol shaxsni tarbiyalashda muhimligi yoritilgan.

1

Independent Researcher, Psychology Department, Samarkand State University named after Sharof Rashidov.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

01 (2024) / ISSN 2181-1415

205

Психологические особенности формирования правовой
культуры в семье

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

семейная забота,
гражданский брак,

важнейшие социальные
функции семьи,

семейные отношения,

нормы семейного права,
усыновление,

семейные
правоотношения,

семейное
законодательство,
имеющее персональную

характеристику.

В данной статье представлены психологические аспекты

формирования правовой культуры в семье. Особое внимание

уделено роли семьи в воспитании молодежи и поддержании

священности семейных ценностей. Большое внимание

уделяется значению воспитания морально и духовно
здорового, а также всесторонне развитого индивида.

Globallashuv va ma’naviy tahdidlar kuchaygan bir davrda yoshlar tarbiyasi, ularni

barkamol shaxs sifatida tarbiyalash va jamiyatda o‘z o‘rniga ega shaxs sifatida

shakllantirish muhim ahamiyat kasb etayotgani hech birimizga sir emas.

Zero,

O‘zbekiston

Respublikasi

Prezidenti

Sh.M.

Mirziyoyev

BMTning

72-

sessiyasida so‘zlagan nutqida: “Sayyoramizning ertangi kuni, farovonligi

farzandlarimiz qanday inson bo‘lib kamolga yetishi bilan bog‘liq. Bizning asosiy vazifamiz

yoshlarning o‘z salohiyatini namoyon qilishi uchun zarur sharoitlar yaratishdan iborat”,

deb bejiz ta’kidlamagan. Jamiyatda mavjud ma’naviy meʼyorlar yoshlarimizni jamiyatda
o‘z o‘rinlarini topishlarida, intiluvchan, vatanparvar qilib tarbiyalashda muhim ahamiyat
kasb etadi. Yoshlarda xulq og‘ishini oldini oluvchi ijtimoiy va psixologik omillarni
o‘rganar ekanmiz, hozirgi kun uchun muhim hisoblangan ilmiy gipoteza(faraz)larni, bu
sohaga doir nazariy ma’lumotlarni amaliy faoliyatda qo‘llash mavzumizni yortishdagi
ustuvor vazifa bo‘lib qolaveradi. Yoshlar o‘rtasida xulq og‘ishini barvaqt oldini olish
to‘g‘risida nafaqat profilaktika idoralari, Ichki ishlar va Sog‘liqni saqlash, ta’lim, sport va

turizm, madaniyat vazirliklari tomonidan rioya qilingan ijtimoiy nazorat va cheklovlar

pozitsiyasidan kelib chiqib qarash noo‘rin. Biz tomonimizdan yoshlar o‘rtasida
o‘tkazilgan “Yoshlarda xulq og‘ishini oldini olish omillari sifatida nimalarni nazarda
tutasiz?” nomli ijtimoiy

-

psixologik so‘rovnomamizda Oliy ta’lim muassasalari talabalari,

Probatsiya xizmati nazoratidagi xulqi og‘ishgan yoshlar faol ishtirok etdi.

Jamiyat va davlatning oilaga g‘amxo‘rligi bizning ijtimoiy siyosatimizning muhim

yo‘nalishiga aylangan. Oila masalalariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat
Mirziyoyev alohida e’tibor berib kelmoqda. Shavkat Mirziyoyevning 2020

-yil

29-

dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida so‘zlagan nutqida yoshlarning huquqiy

tushunchalarini shakllantirish va ta’lim

-

tarbiya olish jarayonlariga alohida to‘xtalib o‘tdi:

“Bir so‘z bilan aytganda, bola tug‘ilganidan boshlab 30 yoshgacha bo‘lgan davrda uni

har tomonlama qo‘llab

-

quvvatlaydigan, hayotda munosib o‘rin topishi uchun ko‘mak

beradigan, yaxlit va uzluksiz tizim yaratiladi. Dunyo tajribasi shuni ko‘rsatadiki, yosh

avlodni har tomonlama barkamol etib voyaga yetkazish uchun sarflangan sarmoya

jamiyatga o‘n, yuz barobar ko‘p foyda keltiradi.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

01 (2024) / ISSN 2181-1415

206

Buyuk bobokalonimiz Abu Ali ibn Sino bundan ming yil oldin

“Dovyurak va botir

insonlar kelajakda sodir bo‘ladigan qiyinchiliklardan qo‘rqmaydi”, deb bejiz aytmagan.

Yaqinda Qashqadaryo, Xorazm viloyatlarida va Toshkent shahrining Chilonzor

tumanida bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarda yoshlarimiz

tomonidan bildirilgan dadil fikr va

tashabbuslar juda quvonarli.

Agar katta avlodning bilimi va tajribasini, uzoqni ko‘ra olish fazilatlarini,

yoshlarimizdagi g‘ayrat

-

shijoat, mardlik va fidoyilik bilan birlashtira olsak, ko‘zlagan

marralarga albatta yetamiz. Yangi O‘zbekistonni ana shunday bilimli va bunyodkor

yoshlarimiz bilan birgalikda barpo etamiz.

Shuni ta’kidlash joizki, oilaning muqaddas tushunchasi ko‘plab muammolari bilan

hamisha tadqiqotchilar aql-

u zakovatini to‘lqinlantirib kelgan. Chunonchi, sotsiologlar

oilani yaratish uchun er va xotinning bo‘lishi kifoya qiladimi yoki erkak va ayol ittifoqi
oila deb nomlanishi uchun farzandlarning ham bo‘lishi shartmi, degan muammo ustida
bahslashib keladilar. Yuridik jihatdan buning uncha ahamiyati yo‘q. Yuristlar esa, boshqa

masala xususida

ya’ni, er va xotinning qonunda ko‘zda tutilgan tartib va shartlarga

rioya etmay tuzgan ittifoqlarini oila deb hisoblash mumkinmi? degan ma’noda bahs
yuritadilar. Bunda gap hatto ular birgalikda ro‘zg‘or yuritib, o‘z farzandlarini
tarbiyalayotgan bo‘lsalar ham qonuniy asosdagi nikohda ro‘yxatdan o‘tmasdan uzoq vaqt

davomida oshkora ravishda erkak va ayolning birgalikda yashab kelishlari haqida

ketayapti. Jiddiy gapiradigan bo‘lsak, bunday ittifoq nikoh bo‘lolmaydi hamda ota

-

onalarning bolalarga nisbatan huquq va majburiyatlarini istisno etganda, hech qanday
yuridik oqibatlarni keltirib chiqarmaydi. Shuning uchun ham fuqarolik nikohi yoki

cherkov (masjid) nikohi deb atalgan nikoh yuridik ma’noda oilani dunyoga keltirolmaydi.
U faqat onalik va otalik munosabatlarini, ya’ni huquqlarning muayyan hajmi (masalan,

ota-

onaning istalgan har biri mulkining meros bo‘lib qolishi bo‘yicha bolalar huquqi)ni

vujudga keltiradigan qon-qarindoshlik aloqalarinigina yuzaga keltiradi. Birga yashovchi
hamxonalar (yuridik nuqtai-nazardan ularni er-

xotinlar deb atab bo‘lmaydi) bir

-

birlarining mulkini meros qilib ololmaydilar.

Oila uzoq davom etgan tarixiy taraqqiyot natijasidir, jamiyat tuzilishining ob’yektiv

zarur, ajralmas qismidir. Ijtimoiy ma’noda oila odamlarning ijtimoiy jihatdan alohida
uyushgan guruhlar, ma’naviy, xo‘jalik, maishiy va boshqa turmush shartlari hamda
manfaatlari bir xil bo‘lgan shaxslar ittifoqidir.

Oilaning eng muhim ijtimoiy vazifalarini: bolalarni tarbiyalash, odamlarni jismoniy

va ma’naviy jihatdan kamol toptirish, ularni ma’naviy birlashtirish, birgalikda xo‘jalik
yuritishni ta’minlash, o‘zaro yordam ko‘rsatish, jamiyatning iqtisodiy va ijtimoiy
taraqqiyotini ta’minlash, demografiya jarayonlarini yaxshilash vazifalarini bajaradi. Ayni
oilada inson xarakterining asoslari, mehnatga, ma’naviy va madaniy boyliklarga

munosabat shakllanadi.

Jamiyat mustahkam, ma’naviy va axloqiy jihatdan sog‘lom oiladan g‘oyatda

manfaatdordir. Shu bois u oilani mustahkamlash, ijtimoiy vazifalarni bajarishda, bolalarni

tarbiyalashda unga ko‘maklashish, bolali oilalarning hamda kelin

-kuyovlarning moddiy,

uy-

joy va maishiy sharoitlarini yaxshilash to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilish yo‘lini tutishi

lozim.

“Qanchalik qiyin bo‘lmasin, biz yoshlar tarbiyasi bo‘yicha o‘zimizga xos va

ta’sirchan, bugungi kunga hamohang usullarni izlab topishimiz kerak. Jondan aziz
farzandlarimizni buzg‘unchi va zararli g‘oyalar, jinoyatchilik, giyohvandlik, loqaydlik,


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

01 (2024) / ISSN 2181-1415

207

ma’naviy qashshoqlik kayfiyatidan asrashimiz zarur. Bunday salbiy holatlarni bartaraf
etishda barchamiz, avvalo, Siz, aziz yoshlar faol bo‘lishingiz kerak. Xalqimizning ma’naviy
qudrati va boqiy an’analarini asrab

-avaylash va butun dunyoga tarannum etishga sizlar

albatta qodirsiz”, –

dedi Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev forumda yoshlar bilan ochiq

muloqotda.

Oila bolalar to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilishga, ona va bola manfaatlarini muhofaza

etishga, onalikni rag‘batlantirishga qaratilgan tadbirlar turkumini nazarda tutuvchi

huquq oilaviy munosabatlarni mustahkamlashning muhim vositasi hisoblanadi.

Oila davlat himoyasiga olingan bo‘lib, Konstitutsiyada e’lon qilinadi. Mehnatga,

fuqarolarga, xo‘jalik va moliyaviy ishlarga doir qonunlarda, ijtimoiy ta’minot, sog‘likni
saqlash, xalq ta’limi va hokazo masalalar xususidagi qonunlarda mazkur qoidalarga
yanada aniqlik kiritilgan. Bu o‘rinda oila huquqi muhim ahamiyat kasb etadi. Oila huquqi

er-xotinlar, ota-

onalar va bolalar, shuningdek, oilaning boshqa a’zolari o‘rtasidagi shaxsiy

va mulkiy munosabatlarni tartibga solib turuvchi huquqiy me’yorlar tizimi hisoblanadi.

Ammo oilaviy munosabatlarning barchasi ham huquq tomonidan tartibga

solinmaydi. Bu munosabatlarning aksariyati axloqiy, ruhiy tusda bo‘lib, o‘z mohiyatiga
ko‘ra ularni huquq yo‘li bilan tartibga solib bo‘lmaydi. Masalan, er

-xotinni bir-birini

sevishga huquqiy me’yorlar vositasida majbur qilib bo‘lmaydi. Biroq huquq oilada yuksak

axloqiy vaziyat yaratilishiga erishishga, nikohlanganlar ittifoqini mustahkamlashga

yordam bermog‘i lozim. Oila huquqi –

bu er-xotinlar, qarindoshlar, ota-onalar

(farzanlikka oluvchilar) va bolalar o‘rtasidagi shaxsiy nomulkiy va ular bilan bog‘liq
mulkiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquq tarmog‘idir.

Shunday qilib, xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, oilaviy

-

huquq ma’nodaga oila

deganda nafaqat sotsiologik ahamiyatga ega bo‘lgan har qanday oila, balki uning a’zolari
o‘rtasida amaldagi qonunchilikka muvofiq o‘zaro huquq va majburiyatlarning kelib

chiqishiga olib keladigan oilagina tushuniladi. Oila huquqi oila doirasidan chiqadigan
munosabatlarni ham tartibga soladi. Bu munosabatlar ham oila huquqi predmetini
tashkil qiladi.

Oilaviy huquqiy munosabatlar muayyan o‘ziga xoslikka ega. Ular voqea

(hodisa)lardan, xususan uning holati kabi turlaridan iborat yuridik faktlardan kelib

chiqadi. Modomiki bola tug‘ilishi, qarindoshlik holati va shu kabi voqea

-hodisalar inson

irodasidan tashqari huquqiy oqibatlarni keltirib chiqarar ekan, ularning

ishtirokchilarining o‘zaro huquq va majburiyatlari ham asosan ularning ishtirokchilari
irodasi bo‘yicha emas, balki qonun ko‘rsatmasi bo‘yicha shakllanadi. Masalan, qonunda

ota-

onalarning o‘z voyaga yetmagan bolalariga nisbatan ega bo‘lishi kerak bo‘lgan huquq

va majburiyatlari aniq belgilab qo‘yilgan va ularni tomonlar irodasi bo‘yicha
o‘zgartirishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Oilaviy huquqiy munosabatlar faqat fuqoralik o‘rtasida kelib chiqadi. Ikkinchidan,

oilaviy huquqiy munosabatlarda fuqoralarning o‘zlari ham maxsus sifatlarda, masalan,

er-xotin, ota-onalar, bolalar, nevaralar sifatida ishtirok etadi. Shu munosabat bilan oilaviy

huquqiy munosabatlar ularning qanday asoslar bilan qaror topishidan qat’i nazar,
shaxsiy tavsifga ega bo‘ladi.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

01 (2024) / ISSN 2181-1415

208

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. –

Toshkent: O‘zbekiston

, 2023.

2.

O‘zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi

Qonuni, 2016-yil 14-sentabr.

O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 37

-son,

426-modda.

3.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017

-yil 7-fevraldagi PF-4947-sonli

“O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi
to‘g‘risida”gi Farmoni. O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami.

2017.

6

(766)-son.

4.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning Oliy Majlisga

murojatnomasi. 2022-yil 20-dekabr. // www.uza.uz

5. Sh.M.Mirziyoyev Xalqimizning roziligi bizning faoliyatimizga berilgan eng oliy

bahodir. ‒ T.: “Oʻzbekiston” NMIU, 2018. ‒ B.254.

6.

V.M.Karimova Yoshlarda o‘zbek oilasi to‘g‘risidagi ijtimoiy tasavvurlar. Psix. fan.

dok. diss.

T.: ToshDU, 1994.

B.309.

7.

O.S.Qodirov “O‘smirlarda (11

-15 yosh) jinoyat motivlari shakllanishining

psixodiagnostikasi va psixokorreksiyasi” // Psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori

(PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya. T.: 2020,

155 b.

8. Q.

А

bdurasulova Voyaga yetmaganlar jinoyatchiligi va uning oldini olish

muammolari. // Qonun himoyasida. 2001, 1- son, 23-26- b.

9.

Feldshteyn D.I. “Obщie voprosы obrazovaniya” Obrazovanie i nauka. 2013. № 9 (108).

10. Q.O. Safarovich et al.

Tarbiyasi qiyin o‘quvchilarning xulq

-

atvori bilan bog‘liq

muammolarni bartaraf etish masalalari //PEDAGOG.

2023.

T. 6.

№. 2. –

S. 367-371.

11. https://www.gazeta.uz/uz/2020/12/25/forum/
12. https://president.uz/uz/lists/view/4057
13. https://yuz.uz/news/shavkat-mirziyoev-yoshlar-kelajagi-bilan-bogliq-har-

qanday-vazifa-birlamchi-ahamiyatga-ega

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. - Toshkent: O‘zbekiston, 2023.

O‘zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni, 2016-yil 14-sentabr. O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 37-son, 426-modda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-sonli “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni. O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami. 2017. - 6 (766)-son.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning Oliy Majlisga murojatnomasi. 2022-yil 20-dekabr. // www.uza.uz

Sh.M.Mirziyoyev Xalqimizning roziligi bizning faoliyatimizga berilgan eng oliy bahodir. ‒ T.: “Oʻzbekiston” NMIU, 2018. ‒ B.254.

V.M.Karimova Yoshlarda o‘zbek oilasi to‘g‘risidagi ijtimoiy tasavvurlar. Psix. fan. dok. diss. - T.: ToshDU, 1994. - B.309.

O.S.Qodirov “O‘smirlarda (11-15 yosh) jinoyat motivlari shakllanishining psixodiagnostikasi va psixokorreksiyasi” // Psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya. T.: 2020, - 155 b.

Q.Аbdurasulova Voyaga yetmaganlar jinoyatchiligi va uning oldini olish muammolari. // Qonun himoyasida. 2001, 1- son, 23-26- b.

Feldshteyn D.I. “Obщie voprosы obrazovaniya” Obrazovanie i nauka. 2013. № 9 (108).

Q.O. Safarovich et al. Tarbiyasi qiyin o‘quvchilarning xulq-atvori bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etish masalalari //PEDAGOG. – 2023. – T. 6. – №. 2. – S. 367-371.