Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Issues of improving administrative legislative standards
in our country
Rajabboy OTAJONOV
Academic Lyceum of the Ministry of Internal Affairs of the Republic of Uzbekistan
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received December 2023
Received in revised form
15 December 2023
Accepted 20 January 2024
Available online
25 February 2024
This article is based on the practice of administrative
legislation in the new Uzbekistan, including the Code of
Administrative Responsibility, and based on the analysis of the
theories of legal scholars, recommendations were developed by
the author.
2181-
1415/©
2024 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-iss1-pp303-306
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
administrative norm,
violation,
administrative offense,
administrative punishment,
vehicles.
Yurtimizda
ma’muriy
qonunchilik
normalarini
takomillashtirish masalalari
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
ma’muriy norma,
qoidabuzarlik,
ma’muriy huquqbuzarlik,
ma’muriy jazo,
transport vositalari.
Ushbu maqola yangi O‘zbekistonda ma’muriy qonunchilik,
jumladan ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksini
amaliyotdan kelib chiqib hamda huquqshunos olimlarni
nazariyalarni tahlil qilib muallif tomonidan taklif tavsiyalar
ishlab chiqilgan.
Вопросы
совершенствования
административно
-
законодательных норм в нашей стране
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
Административная норма,
нарушение,
административное
правонарушение,
административное
наказание,
транспортные средства.
Данная статья основывается на практике применения
административного
законодательства
в
Новом
Узбекистане, включая Кодекс об административной
ответственности. Автор провел анализ теорий ученых
-
правоведов и на его основе разработал рекомендации.
1
Director, Lieutenant Colonel, the Academic Lyceum of Ministry of Internal Affairs of the Republic of Uzbekistan.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
5
№
1 (2024) / ISSN 2181-1415
304
Huquqiy demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyatini qurish, davlat va jamiyat
ishlarini boshqarishda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish, mamlakatning ijtimoiy-
siyosiy hayotida o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar, ommaviy
axborot vositalarining faol va bunyodkor rolini, jamiyat va davlatning o‘zaro hamkorligi
samaradorligini oshirish bugungi kunning dolzarb vazifasidir.
Mamlakatimizda so‘nggi yillarda jamoat xavfsizligini ta’minlash yo‘nalishidagi
ishlarni “Xalq manfaatlariga xizmat qilish” tamoyili asosida tashkil etishning mutlaqo
yangi mexanizm va tartiblari joriy etilib, davlat organlarining jamoatchilik tuzilmalari
bilan o‘zaro maqsadli hamkorligi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsa
-
da, ammo so‘nggi paytlarda
jahonda kuchayib borayotgan turli xavf-xatar va ziddiyatlar, el-yurt tinchligi va
osoyishtaligiga tahdidlar, pandemiya, tabiiy va texnogen ofatlar mas’ul davlat
tuzilmalariga o‘z faoliyatini “Barcha sa’y
-
harakatlar inson qadri uchun” degan ustuvor
g‘oya asosida yanada takomillashtirish vazifasini yuklamoqda[1].
Shu boisdan, bugungi kunda yo‘l
-transport hodisalari sababli vafot etayotgan va
tan jarohati olayotgan shaxslar, ayniqsa yoshlar va bolalar o‘limining yuqoriligi yo‘l
harakati xavfsizligini ta’minlash zaruratini kun tartibidagi eng muhim masalalardan
biriga aylantirmoqda[2].
Bu jarayonda javobgarlikning muqarrarligini ta’minlash hamda jazo choralarining
ta’sirchanligi va samaradorligini oshirish mazkur turdagi huquqbuzarliklar profilaktikasi
muhim o‘rin tutadi. Hozirgi kunda haydovchilar tomonidan turli mast qiluvchi,
gangituvchi dori vositalarini iste’mol qilgan holda transport vositalarini boshqarish
holatlari ko‘payib bormoqda.
Amaliyotda ushbu turdagi qoidabuzarlik holati aniqlangan holda sodir etilgan
huquqbuzarlik uchun chora ko‘rishning aniq huquqiy mexanizmlaring belgilanmaganligi
(huquqiy asosi yo‘qligi sababli), fuqarolar tomonidan e’tiroz va shikoyatlar bildirilishiga
sabab bo‘lmoqda. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi MJtKning[3] 131
-moddasida
transport vositalarini alkogolli ichimlikdan, giyohvand modda ta’siridan yoki o‘zgacha
tarzda mast holda boshqarish tegishli javobgarlikka sabab bo‘lishi belgilangan bo‘lib,
qonun normasida “o‘zgacha tarzdagi mastlik” tushunchasining mazmuniga izoh
berilmagan.
Bugungi kun amaliyotida shaxsning alkogolli mastlik yoki giyohvandlik vositalari
ta’sirida ekanligini aniqlash va tegishli ta’sir choralarini qo‘llash imkoni mavjud bo‘lsa
-da,
giyohvandlik vositalarining analoglari, psixotrop moddalar yoki shaxsning aql-idrokiga
ta’sir ko‘rsatuvchi boshqa moddalar ta’siri ostidahuquqiy baholash turli muammolarni
yuzaga keltirmoqda. Sababi, yuqoridagi qonun normasi ushbu masalalarni to‘liq qamrab
olmagan. Shuningdek, ma’lumki ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishni ko‘rib
chiqayotgan organ (mansabdor shaxs) sodir etilgan qilmishda javobgarlikni
yengillashtiruvchi va og‘irlashtiruvchi holatlarning mavjudligini aniqlashi shart
hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi MJtKning [3] 32
-
moddasida quyidagi ma’muriy
javobgarlikni og‘irlashtiruvchi holatlar nazarda tutilgan:
1)
g‘ayrihuquqiy harakatlarni to‘xtatish vakolati bor shaxslar tomonidan qo‘yilgan
talabga qaramay, bunday harakatlarni davom ettirish;
2)
ma’muriy jazo chorasiga tortilgan shaxsning bir yil mobaynida yana o‘sha
xildagi huquqbuzarlikni sodir etishi, xuddi shuningdek huquqbuzarlikning ilgari
sudlangan shaxs tomonidan sodir etilishi;
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
5
№
1 (2024) / ISSN 2181-1415
305
3) voyaga yetmagan shaxsni huquqbuzarlikka tortish;
4) huquqbuzarlikning bir guruh shaxslar tomonidan sodir etilishi;
5) huquqbuzarlikning tabiiy ofat sharoitida yoki boshqa favqulodda holatlarda
sodir etilishi;
6) huquqbuzarlikning mast holda sodir etilishi.
Ma’muriy jazo chorasini qo‘llovchi
organ (mansabdor shaxs) sodir etilgan ma’muriy huquqbuzarlikning xususiyatiga qarab
mazkur holatni aybni og‘irlashtiruvchi holat deb topmasligi mumkin Mazkur holatlar
tahlilidan ham ko‘rinib turibdiki, huquqbuzarlikning mast holda sodir etilishi
javobgarlikni og‘irlashtiruvchi holat ekanligi qayd etilgan holda, mastlikning turi
(alkogolli yoki boshqa moddalar ta’sirida) haqida izoh keltirilmagan.
Bu holatda ham, giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalar
yoki shaxsning aql-
idrokiga ta’sir ko‘rsatuvchi boshqa moddalar ta’sirida ma’muriy
huquqbuzarlik sodir etish javobgarlikni og‘irlashtiruvchi holat deb tan olinish
(olinmaslik) bahsli masala bo‘lib qolmoqda.
Yuqoridagilarni inobatga olib, fikrimizcha, O‘zbekiston Respublikasi MJtKga [3]
tegishli o‘zgartirishlar kiritish asosida quyidagicha bayon etish lozim bo‘ladi:
1) 32-moddaning birinchi qismi yettinchi xatboshisini quyidagi tahrirda bayon
etish:“6) huquqbuzarlikning alkogolli mastlik holatida yoki giyohvandlik vositalari,
ularning analoglari, psixotrop moddalar yoki shaxsning aql-
idrokiga ta’sir ko‘rsatuvchi
boshqa moddalar ta’siri ostida sodir etilishi. Ma’muriy jazo chorasini qo‘llanuvchi organ
(mansabdor shaxs) sodir etilgan ma’muriy huquqbuzarlikning xususiyatiga qarab
mazkur holatni aybni og‘irlashtiruvchi holat deb topmasligi mumkin”.
2) 32-moddani quyidagi tahrirda bayon etish:
“131
-modda. Transport vositalarini
mast holda boshqarish haydovchilarning transport vositalarini alkogolli ichimlikdan
mast holda yoki giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalar yoki
shaxsning aql-
idrokiga ta’sir ko‘rsatuvchi boshqa moddalar ta’siri ostida boshqarishi
transport vositasini boshqarish huquqidan uch yil muddatga mahrum qilib, bazaviy
hisoblash miqdorining qirq baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik transport vositalarini boshqarish huquqi bo‘lmagan
shaxs tomonidan sodir etilgan bo‘lsa, bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravari
miqdorida jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa
olishga sabab bo‘ladi.Alkogolli ichimlikdan mast holda yoki giyohvandlik vositalari,
ularning analoglari, psixotrop moddalar yoki shaxsning aql-
idrokiga ta’sir ko‘rsatuvchi
boshqa moddalar ta’siri ostidagi shaxsga transport vositasini boshqarishni topshirish
transport vositasini boshqarish huquqidan uch yil muddatga mahrum qilib, bazaviy
hisoblash miqdorining qirq baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.Yo‘l
harakati xavfsizligini ta’minlash amaliyotida noma’lum shaxslar tomonidan yo‘l
-transport
hodisalari sodir etilib, haydovchilarning hodisa joyidan yashirinishi oqibatida hujjatlar
to‘plamini huquqbuzar topilgunga qadar yuritish jarayonida ham turli muammolar
kuzatiladi.
Jumladan, ulardan biri yuqoridagi kabi holatlarda ma’muriy javobgarlikka tortish
muddatining o‘tib ketishi bo‘lib, ushbu holat huquqbuzarlik uchun javobgarlikning
muqarrarligini ta’minlash imkonini bermaydi. Qoidaga ko‘ra (MJtKning 36
-moddasi),
ma’muriy jazo huquqbuzarlik sodir etilgan kundan boshlab, davom etayotgan
huquqbuzarliklar uchun esa, huquqbuzarlik aniqlangan kundan boshlab bir yildan
kechiktirmay qo‘llanilishi mumkin.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
5
№
1 (2024) / ISSN 2181-1415
306
Jinoyat ishini qo‘zg‘atish rad etilgan yoki jinoyat ishi tugatilgan bo‘lsa
-yu, lekin
huquqbuzarning harakatlarida ma’muriy huquqbuzarlik alomatlari mavjud bo‘lsa,
ma’muriy jazo chorasi jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etish yoki jinoyat ishini tugatish
to‘g‘risida, agar ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan muddatlar o‘tmagan
bo‘lsa, qaror qabul qilingan kundan e’tiboran bir oydan kechiktirmay qo‘llanilishi
mumkin.
Yuqoridagi holatlar natijasida to‘xtatilgan ma’muriy
huquqbuzarlik to‘g‘risidagi
ish tergovga qadar tekshiruv organlari tomonidan qayta tiklangan hollarda ma’muriy
jazo chorasi qachon va qay tartibda qo‘llanilishi mumkinligi hal etib berilmagan.
Natijada ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni yuritish muddatlari o‘tib,
jabrlanuvchilarning e’tirozlari va shikoyatlari ko‘payib bormoqda. Masalan, O‘zbekiston
Respublikasi IIVning ma’lumotlariga ko‘ra, 2019
-yilda 1097 ta, 2020-yilda 1093 ta,
2021-yilda 1
797 tasi ma’muriy tartibdagi yo‘l
-
transport hodisalari bo‘yicha haydovchilar
hodisa joyidan ketib qolgan. Mazkur holatlar natijasida 2019-yilda 1097 ta, 2020-yilda
1093 ta, 2021-
yilda 1099 ta ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish hujjatlari
to‘xtatilgan.
Bu kabi salbiy holatlarni oldini olish, sodir etilgan huquqbuzarlik holati uchun jazo
muqarrarligini ta’minlash va jabrlanuvchilarning e’tirozlarini oldini olish maqsadida
MJtKning 36-
moddasini quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan to‘ldirish, uchinchi
qismni esa, to‘rtinchi qism deb hisoblash taklif etiladi: “To‘xtatilgan ma’muriy
huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish tergovga qadar tekshiruv organlari tomonidan qayta
tiklangan hollarda ma’muriy jazo chorasi shaxsni ma’muriy javobgarlikka tortish
to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan e’tiboran bir oydan kechiktirmay qo‘llanilishi
mumkin”.Ayrim MDH davlatlari tajribasi tahlili ham ushbu taklifning asosli ekanligini
tasdiqlaydi. Xususan, Rossiya Federatsiyasi (191-
moddasi), Qirg‘iziston (548
-1-moddasi)
va Tojikiston (134-
moddasi) respublikalari ma’muriy qonunchiligida bunday holatlar
belgilangan.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO
‘
YXATI:
1.
M.Suvankulov Fuqarolarni o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini huquqiy
ta’minlashda ma’muriy qonunchilikni takomillashtirishning dolzarb masalalari //
Yevraziyskiy jurnal prava, finansov i prikladnыx nauk. –
2022.
–
T. 2.
–
№. 10 Special
Issue.
–
S. 247-252.
2.
D.X.Yuldashev O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy qonunchilik normalarini
takomillashtirishga doir ayrim mulohazalar // Yevraziyskiy jurnal prava, finansov i
prikladnыx nauk. –
2022.
–
T. 2.
–
№. 10 Special Issue. –
S. 9-11.
3.
O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi.
Elektron manba: https://www.lex.uz/acts/97664
