Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Qualification issues for repeat offenders
Shokhsanam RAIMOVA
Higher School of Judges
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received January 2024
Received in revised form
15 January 2024
Accepted 25 February 2024
Available online
15 March 2024
The article examines the qualifications of repeat offenders,
their behavior, and motivation. The authors explore the
characteristics of the life experiences of repeat offenders,
recidivism factors, and possible ways to prevent repeated
crimes.
2181-
1415/©
2024 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-iss2/S-pp240-244
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
qualifications,
repeat offenders,
behavior,
motivation,
life experience,
factors of relapse,
crime prevention.
Retsidiv jinoyatlarni kvalifikatsiya qilish masalalari
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
malaka,
takroriy huquqbuzarlar,
xatti-harakatlar,
motivatsiya,
hayotiy tajriba,
qaytalanish omillari,
jinoyatlarning oldini olish.
Mazkur maqolada takroriy huquqbuzarlarning malakasi,
ularning xatti-harakati va
motivatsiyasi ko‘rib chiqiladi. Muallif
takroriy jinoyat sodir etgan shaxslarning hayotiy tajribasining
xususiyatlarini, takroran jinoyat sodir etish omillarini va
takroriy jinoyatlarning oldini olishning mumkin bo‘lgan
usullarini tahlil qiladi.
Вопросы квалификации преступников
-
рецидивистов
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
квалификация,
преступники
-
рецидивисты,
поведение,
мотивация,
жизненный опыт,
факторы рецидива,
профилактика
преступлений.
В данной статье исследуются квалификация, поведение
и мотивация преступников
-
рецидивистов. Автор детально
анализирует
жизненный
опыт
лиц,
совершивших
повторные
преступления,
исследует
факторы,
способствующие рецидиву, и обсуждает возможные
стратегии предотвращения повторных преступлений.
1
Listener, Higher School of Judges.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
02 (2024) / ISSN 2181-1415
241
KIRISH
Zamonaviy jamiyatda jinoyatchilik muammosi va takroriy jinoyatchilar tahdidi
tobora dolzarb bo‘lib bormoqda. Sudlangan shaxslar tomonidan takroran sodir etilgan
jinoyatlarni tasniflash huquqiy ish va huquqbuzarliklar profilaktikasining muhim
yo‘nalishi hisoblanadi. Ushbu maqolada takroriy jinoyat sodir etganlarning malakasi,
ularning motivatsiyasi, xatti-harakati, shuningdek, takroriy jinoyat sodir etish ehtimoliga
taэsir qiluvchi hayotiy tajribaning xususiyatlari ko‘rib chiqiladi. Qayta jinoyat sodir etish
omillarini o‘rganish, takroriy jinoyatlarning oldini olish usullarini ishlab chiqish jamiyat
va huquqni muhofaza qilish tizimi uchun muhim ahamiyatga ega.
Huquq tizimida jinoyatlarni tasniflash, huquqbuzarlik sodir etgan shaxsning
javobgarlik xususiyati va darajasini belgilab beruvchi muhim o‘rin tutadi. Shu bilan birga,
takroran jinoyat sodir etish to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishda jamoat xavflilik
darajasini adekvat baholash va keyingi jinoyatlarning oldini olish bo‘yicha ta’sirchan
chora-tadbirlar ishlab chiqish uchun ularning oldingi jinoiy tajribasini hisobga olish
ayniqsa muhimdir.
Ushbu maqolada takroran jinoyat sodir etgan shaxslarning jinoyatlarini
tasniflashning asosiy jihatlari, shuningdek, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va sudlar
tomonidan takroran jinoyat sodir etishga qarshi kurashda duch keladigan muammo va
muammolar ko‘rib chiqiladi. Jinoiy o‘tmishda sodir bo‘lgan shaxslarning ijtimoiy
xavfliligini baholash masalalariga, shuningdek, takroriy jinoyatlarga qarshi yanada
samarali kurashishning amaldagi huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha
takliflarga alohida e’tibor qaratiladi.
METODOLOGIYA
Ushbu maqolani tayyorlashda chet ellik olimlarning mavzu yuzasidna bergan
fikrlari, shuningdek, qonun hujjatlaridan keng foydalanildi.
Bundan tashqari, takroriy jinoyatlar bo‘yicha statistik ma’lumotlar tahlili o‘tkazildi.
Mazkur tahlil huquqbuzarliklarning takror sodir etilishiga olib keladigan asosiy omillarni
aniqlash, shuningdek, takroran sodir etilishining oldini olishning samarali usullarini
belgilashga qaratilgan edi.
Olingan tadqiqot natijalari tahlil qilinib, retsidivist jinoyatchilar o‘rtasida takror
jinoyat sodir etilishini kamaytirish va jamiyatda xavfsizlik darajasini oshirish bo‘yicha
tavsiyalar ishlab chiqishda foydalanildi.
ASOSIY QISM (NATIJA VA XULOSA)
O‘zbekiston Respublikasining amaldagi jinoyat huquqiga muvofiq retsidiv
jinoyatlar bir qancha jinoyat sodir etishning eng xavfli shakli hisoblanadi, chunki retsidiv
jinoyatlarda bir qancha jinoyat sodir etishning boshqa shakllari (takroran jinoyat sodir
etish va jinoyatlar majmui)ga qaraganda shaxsdagi jinoiy niyatlarning barqarorligi,
jinoyatchining to‘g‘ri yo‘lga qaytishni qat’iyan istamasligi, uning jamiyatda o‘rnatilgan
tartiblarga nisbatan o‘ta hurmatsizlik munosabatida bo‘lishi yanada qo‘polroq shakllarda
namoyo
n bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2008 yil 15 mayda
qabul qilingan “Bir necha jinoyat sodir etilganda qilmishni kvalifikatsiya qilishga doir
masalalar to‘g‘risida”gi qarorida retsidiv bir necha jinoyat turlari ichida eng xavflisi
bo‘lib, shaxs tomonidan jinoiy xulq
-atvor davom ettirilayotganligidan dalolat berishi
ta’kidlab o‘tilgan. Jinoyat kodeksining 34
-moddasida bir qancha jinoyatlarning alohida
turi bo‘lgan retsidiv jinoyat institutiga oid normalar belgilangan bo‘lib, shaxsning ilgari
qasddan sodir etgan jinoyati uchun sudlanganidan keyin qasddan yangi jinoyat sodir
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
02 (2024) / ISSN 2181-1415
242
etishi retsidiv jinoyat deb topiladi. Jinoyat qonunida retsidiv jinoyatlar oddiy, xavfli, o‘ta
xavfli turlarga ajratilgan. Jazo tayinlashda aynan ana shu turlaridan kelib chiqib retsidiv
jinoyatlar uchun jazo tayinlanadi.
Retsidiv lotin tilida
“
recidivus
”
so‘zidan olingan bo‘lib, qayta
yotgan tushunchasini
beradi.
Retsidiv jinoyat tushunchasiga oid olimlarning fikrlarini quyidagi guruhlarga
ajratgan holda tahlil qilishimiz mumkin. Birinchi guruh olimlari, ehtiyotsizlikdan sodir
etilgan jinoyatlarni ham retsidiv jinoyatlar deb hisoblash lozimligini ta’kidlaydi.
I.M.Tyajkova ehtiyotsizlikdan sodir etilgan jinoyatlarni ham retsidiv jinoyatlar deb
hisoblash maqsadga muvofiqligini, chunonchi, aynan ehtiyotsizlikdan sodir etilayotgan
jinoyatlar natijasida yetkazilayotgan zarar miqdori qasddan sodir etilgan jinoyatlardagi
zarar miqdori bilan deyarli tengligini ta’kidlaydi. A.P.Kozlov ham amaldagi jinoyat
qonunchiligiga aybning qasd shakli bilan birga ehtiyotsizlik shaklini qamrab oladigan
retsidivni ham kiritishni taklif qiladi. Ikkinchi guruh olimlari, esa ehtiyotsizlikdan sodir
etilgan jinoyat bilan qasddan sodir etilgan jinoyatlarning ijtimoiy xavflilik darajasi
o‘rtasida katta farq mavjudligini ta’kidlaydi. I.G.Vozjannikova retsidiv jinoyatga aybning
ehtiyotsizlik shaklida sodir etilgan jinoyatlarni kiritish maqsadga muvofiq emasligini,
ancha vaqtdan buyon retsidiv jinoyat faqat takroran qasddan sodir etilgan jinoyatlarga
nisbatan tatbiq etilayotganligini, boshqa tarafdan esa ehtiyotsizlikdan sodir etilgan
jinoyat bilan qasddan sodir etilgan jinoyatlarning ijtimoiy xavflilik darajasi o‘rtasida
farqning katta ekanligi bilan asoslaydi. Bizningcha ham, ehtiyotsizlikdan sodir etilgan
jinoyatlarni retsidiv jinoyatlarga kiritish maqsadga muvofiq emas. Chunki amaldagi
jinoyat qonunchiligiga ko‘ra ehti
yotsizlikdan sodir etilgan jinoyatlarda sudlanganlik
institutining mavjudligi hech qanday ahamiyatga ega emas va jinoiy-huquqiy oqibatlarni
keltirib chiqarmaydi. Undan tashqari, ehtiyotsizlikdan sodir etilgan jinoyatlarning ham
retsidiv jinoyat deb topilishi JKning 8-
moddasida nazarda tutilgan odillik prinsipi, ya’ni
jinoyat sodir etishda aybdor bo‘lgan shaxsga nisbatan qo‘llaniladigan jazo
yoki boshqa
huquqiy ta’sir chorasi odilona bo‘lishi, jinoyatning og‘ir
-yengilligiga, aybning va
shaxsning ijtimoiy xavflilik darajasiga muvofiq bo‘lishi haqidagi talabning, umuman
olganda, uzoq yillar amalda bo‘lgan retsidiv jinoyat konsepsiyasining, shuningdek
amaldagi jinoyat qonunchiligi konstruksiyasining buzilishiga olib keladi.
M.H.Rustamboevning fikricha, shaxsning ilgari qasddan sodir etgan jinoyati uchun
sudlanganidan keyin qasddan yangi jinoyat sodir etishi retsidiv jinoyat deb topiladi.
M.Usmonaliev esa shaxsning ilgari qasddan qilgan jinoyati uchun sudlanib, sudlanganlik
muddati o‘tib ketmasdan
yoki qonunda belgilangan tartibda olib tashlanmasdan qasddan
yangi jinoyat sodir etishini retsidiv jinoyat deb ta’riflaydi. F.Toxirov retsidivist shaxsining
ijtimoiy xavflilik darajasi yuqoriligiga katta e’tibor qaratadi hamda bunday shaxslar
tomonidan sodir etilgan jinoyatlar uchun javobgarlik choralarini yanada kuchaytirish
lozimligini ta’kidlaydi. A.P.Allaberganov ham retsidiv jinoyat tushunchasiga yuqoridagiga
o‘xshash ta’rif bergan. Shu o‘rinda hukm e’lon qilingan vaqtdan to kuchga kirgunga qadar
bo‘lgan vaqt oralig‘ida qasddan sodir etilgan jinoyat retsidiv deb topiladimi degan savol
tug‘ilishi mumkin.
Ushbu masalaga Oliy sud Plenumining
“
Bir nechta jinoyat sodir etilganda qilmishni
kvalifikatsiya qilishga doir masalalar to‘g‘risi”dagi qarorida ham to‘xtalib o‘tilgan bo‘lib,
unga binoan hukm e’lon qilingan vaqtdan boshlab uning qonuniy kuchga kirganligi
mahkumga e’lon qilingunga qadar o‘tgan vaqt ichida sodir etilgan yangi jinoyat retsidiv
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
02 (2024) / ISSN 2181-1415
243
jinoyatni tashkil etmaydi. Ayni paytda JKning 56-moddasi
“
n
”
bandiga binoan retsidiv
jinoyat jinoyat sodir etgan shaxsning qilmishi jazoni og‘irlashtiruvchi holatlardan biri
sifatida inobatga olinadi. Undan tashqari, JK Maxsus qismining bir qator moddalarida
retsidiv jinoyat maxsus kvalifikatsiyalovchi belgi sifatida alohida belgilangan.
Amaldagi JKda retsidiv jinoyatga nisbatan xavfli retsidiv jinoyatning farqi shaxs
ilgari hukm qilingan jinoyatiga o‘xshash jinoyat sodir etgan, JKda alohida ko‘rsatilgan
hollarda esa Maxsus qismning boshqa moddalari bilan ham hukm qilingan shaxsning
qasddan yangi jinoyat sodir etishidir.
Kvalifikatsiya so‘zi lotincha “
qualis
”
-
“
qanday
”
,
“
qanday sifatli
”
va
“
facere
”
–
“
qilish
”
ma’nolarini anglatadi. Ta’kidlash joizki, jinoyatlarni kvalifikatsiya qilish surishtiruv,
dastlabki tergov va sud organlari tomonidan amalga oshirilib, sudning qonuniy kuchga
kiruvchi yakuniy hukmi bilan mustahkamlanadi.
“
Kvalifikatsiya
”
iborasi ko'p qirralidir. U
qandaydir
“toifa yoki guruhga tegishli boʻlgan hodisa yoki predmetning yuqori darajali
tayyorgarligi va xususiyati (bahosi)ni bildiradi. Aynan shuning uchun
“
kvalifikatsiya
”
tushunchasi huquq sohasida qonun nuqtai nazaridan shaxslarning ijtimoiy xavfli
xususiyatga ega boʻlgan xatti
-harakatlariga huquqiy baho berishga xizmat qiladi.
Jinoyatlarni kvalifikatsiya qilish - bu sodir etilgan qilmish belgilari bilan Jinoyat kodeksi
Maxsus qismida nazarda tutilgan jinoyat tarkibi belgilarining bir-biriga to'liq mos
kelishini aniqlash va yuridik jihatdan mustahkamlashdir.
JKning amaldagi tahririda xavfli retsidivist yo
ki o‘ta xavfli retsidivist tomonidan
tegishli jinoyatlar uchun javobgarlik kuchaytirilgan. Ushbu qoida og‘irlashtiruvchi
holatlardan foydalanish uchun sabab va shunga ko‘ra shaxs tomonidan jinoyat sodir
etilgan taqdirda ham ob’ektiv asosda og‘irlashtiruvchi holatlar mavjud bo‘lmagan
holatlarda javobgarlikni oshirish uchun sababdir. Masalan, o‘ta xavfli retsidivist deb tan
olingan shaxs JK 169-moddasi 1-qismida javobgarlik belgilangan jinoyatni sodir etadi.
Shaxs ilgari o‘ta xavfli retsidivist deb tan olinganligi sababli, uning xarakatlari JKning
169-modda 4-
qismi bilan kvalifikatsiya qilinadi. Ushbu misoldan ko‘rinib turibdiki, shaxs
aslida ijtimoiy xafvi katta bo‘lmagan jinoyat sodir etgan, ammo o‘ta og‘ir jinoyati uchun
sudlangan. Ushbu qoida odillik prinsiplariga zid, chunki shaxsning ilgari sodir etgan
jinoyati uchun jazoni o‘taganligi
yo
ki sudlanganlik holatining bekor bo‘lganligi yangi
sodir etilgan jinoyati uchun tayinlanadigan jazoga ta’sir etmasligi kerak.
Mamlakatimizdagi ayrim huquqshunos olimlarimiz bir nechta hukm yuzasidan
jazo tayinlash haqida so‘z ketganda bir nechta hukm yuzasidan jazo tayinlashning jinoyat
qonunchiligida mustahkamlangan qoidasi O‘zbekiston Respublikasi JKning 34
-
moddasida nazarda tutilgan retsidiv jinoyat tushunchasiga muvofiq kelishini ta’kidlab,
bunda JKning 34-moddasida belgilangan, shaxsning ilgari qasddan sodir etgan jinoyati
uchun sudlanganidan keyin qasddan yangi jinoyat sodir etishi retsidiv jinoyat deb
aytilishini, bunda JKning 34-moddasidagi retsidiv jinoyat bilan JKning 60-moddasida
nazarda tutilgan tushunchalarni solishtirib tahlil qilinganda, 34-moddadagi retsidiv
jinoyat tushunchasi faqat qasddan qilingan jinoyat uchun sudlanganidan keyin yana
qasddan jinoyat sodir etganlikni nazarda tutishini, JKning 60-moddasidagi bir nechta
hukm tushunchasi esa mahkumga nisbatan har qanday jinoyati uchun (qasddan yoki
ehtiyo
tsizliqdan qilinganidan qat’i nazar) jazo tayinlashni nazarda tutishidan kelib
chiqqan holda retsidiv jinoyat uchun jazo tayinlash tushunchasiga nisbatan bir nechta
hukm tushunchasi ancha kengroq hisoblansada, lekin shunga qaramasdan, bir nechta
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
02 (2024) / ISSN 2181-1415
244
hukm yuzasidan jazo tayinlash tushunchasi ham bir nechta jinoyat sodir qilish doirasiga
kirishini ta’kidlab o‘tadi.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, retsidivist jinoyat sodir etgan shaxslarning malaka
masalalari ko‘p qirrali bo‘lib, ularning takroran jinoyat sodir etishiga sabab bo‘layotgan
omillarni bartaraf etishda kompleks yondashuvni talab qiladi. Retsidivist
jinoyatchilarning murakkab motivlari va tajribalarini sifat va miqdoriy tadqiqot usullari
orqali tushunish orqali biz ularning jinoiy xatti-harakati ortida turgan harakatlantiruvchi
kuchlar haqida qimmatli tushunchalarga ega bo‘lishimiz mumkin.
Qayta jinoyat sodir etishning samarali oldini olish uchun individual yordam,
jamoat resurslari va jinoiy sud tizimidagi tizimli islohotlarni birlashtirgan yaxlit
yondashuv talab etiladi. Ta’lim, kasbiy tayyorgarlik, ruhiy salomatlik xizmatlari va uy
-joy
yordamini ta’minlash jinoiy xatti
-harakatlar siklini buzish va jamiyatga muvaffaqiyatli
reintegratsiyani rivojlantirishga yordam beradi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
https://www.cambridge.org/core/journals/leiden-journal-of-international-
law/article/new-influence-of-legal-scholars-the-use-of-academic-writings-at-
international-criminal-courts-and-tribunals/7DDAAB3087209EA1AF5392B1E77C1009.
2.
https://bmcpsychology.biomedcentral.com/articles/10.1186/s40359-023-
01252-w.
3.
https://link.springer.com/article/10.1007/s11896-021-09491-6.
4.
https://www.jstor.org/stable/2772472.
5.
https://www.jstor.org/stable/26638383.
6.
https://link.springer.com/article/10.1007/s11572-020-09530-z
7.
M. Usmonaliyev. Hozirgi zamon jinoyat huquqi muammolari. O‘quv qo‘llanma. –
T.: TDYUI, 2006.
–
B. 200-201.
8.
Sh.Umidullayev Retsidiv jinoyat tushunchasi va retsidiv jinoyat uchun
javobgarlikning xususiyatlari.
–
Toshkent: Yangi asr avlodi, 2001.
–
B.15.
