Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Improving reading skills of students learning English
using electronic dictionaries
Malika MATKARIMOVA
Urgench State Pedagogical Institute
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received February 2024
Received in revised form
28 February 2024
Accepted 20 March 2024
Available online
15 April 2024
There is ample evidence that using digital technology in
learning improves understanding and reading skills. Much
research has been carried out in the field of electronic English
dictionaries. The main purpose of this article is to explore the
importance of using electronic dictionaries for English language
learners and their impact on the development of reading skills.
The article presents the results of a survey on the use of
electronic dictionaries. Particular attention in the questionnaire
is paid to the use of electronic dictionaries by students studying
English as a second or foreign language. The survey results
showed that students often resort to using their preferred
electronic dictionaries to look up specific terms, phrases, rules
or words. The study confirms the usefulness of electronic
dictionaries for students in improving reading skills during
lectures, practical classes and independent work.
2181-
1415/©
2024 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-iss3/S-pp200-205
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
electronic dictionary,
English,
reading,
practical exercises,
independent work with the
dictionary,
reading skills.
Ingliz tiliga nomutaxassis boʻlgan yoʻnalish talabalarining
oʻqish koʻnikmasini elektron lugʻatlar orqali oshirish
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
elektron lugʻat,
ingliz tili, oʻqish,
amaliy mashg‘ulotlar,
mustaqil ishlar lugʻat,
oʻqish ko‘nikmasi.
Oʻquv jarayonida raqamli texnilogiyalardan foydlanish
ma’lumotlarni tushunishni osonlashtirishi va oʻqish malakasini
kuchaytirishi haqida koʻplab dalillar mavjud. Ingliz tilidagi
elektron lugʻatlar boʻyicha koʻplab tadqiqotlar bor. Ushbu
maqolaning asosiy maqsadi ingliz tilini oʻrganuvchilar uchun
elektron lugʻatlardan foydalanish va ularning oʻqish
koʻnikmasini rivojlantirish ahamiyatini oʻrganishdir. Ushbu
maqolada elektron lugʻatlarga oid soʻrovnoma tadqiqot
1
Department of Foreign Philology, Urgench State Pedagogical Institute. E-mail: malikammatkarimova@gmail.com
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
03 (2024) / ISSN 2181-1415
201
natijalari keltirilgan. Soʻravnomada ingliz tilini ikkinchi yoki
xorijiy tili sifatida nomutaxassis fan tariqasida oʻtganayotdan
oʻquvchilar tomonidan elektron lugʻatlardan foydalanilishiga
alohida eʻtibor berilgan. Soʻrov natijalari shuni koʻrsatdiki,
oʻquvchilar oʻzlari yoqtirgan elektron lugʻatlardan koʻp hollarda
alohida termin, ibora, qoida yoki soʻzlarni qidirish uchun
foydalanadilar. Tadqiqot natijalari esa elektron lugʻatlar
ma’ruza, amaliy mashg‘ulotlar va mustaqil ishlar davomida
talabalarga o‘qish ko‘nikmasini oshirishda qay darajada foydali
ekanligini koʻrsatadi.
Совершенствование
навыков
чтения
студентов,
изучающих английский язык, с помощью электронных
словарей
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
электронный словарь,
английский язык,
чтение,
практические занятия,
самостоятельная работа со
словарем,
навыки чтения.
Существует множество доказательств того, что
использование цифровых технологий в процессе обучения
облегчает понимание данных и повышает навыки чтения.
Было проведено множество исследований в области
электронных словарей английского языка. Основная цель
данной статьи –
изучить важность использования
электронных словарей для изучающих английский язык и
их влияние на развитие навыков чтения. В статье
представлены результаты опроса по использованию
электронных словарей. Особое внимание в анкете уделено
использованию
электронных
словарей
студентами,
изучающими английский как второй или иностранный
язык. Результаты опроса показали, что студенты часто
прибегают к использованию своих предпочитаемых
электронных словарей для поиска отдельных терминов,
фраз, правил или слов. Исследование подтверждает
полезность электронных словарей для студентов в
улучшении навыков чтения во время лекций, практических
занятий и самостоятельной работы.
KIRISH
Soʻnggi yillarda texnologiyaning tez rivojlananishi elektron lugʻatlar va shu bilan
birga, elektron lugʻat foydalanuvchilarining soni koʻpayishga sababchi boʻldi. Dars
jarayonida har xil turdagi komputerlashtirilgan oʻquv vositalari va elektron lugʻatlardan
keng foydalanilmoqda. Komputerlashtirilgan oʻquv vositalari dars jarayonidagi oʻquv
dastur va lugʻat sifatida ishlatilishi mumkin. Elektron lugʻatlar telefon, komputer yoki
bosqa vositalar orqali ishlasa-da, ushbu maqolada ulaning bosma
lugʻatlardan afzalligi va
keng doirasida murojaat qilish usullari aytib oʻtilgan. Elektron lugʻatlar onlayn lugʻat,
mobil lugʻat ilovasi va
yana bir nechta shakllarda mavjud.
Elektron lugʻatlar uchta shaklda boʻlish mumkin. Bular soʻz lugʻatlari, biror matn va
alohida soʻzlar hamda iboralar uchun lugʻatlar va tarjimonlardan iborat. Soʻz lugʻatlarida
foydalanuvchilar kiritilgan soʻzning ma’nosini va ular bilan bogʻliq boshqa ma’
lumotlarni
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
03 (2024) / ISSN 2181-1415
202
bilib oladilar. Ushbu maqolada elektron soʻz
-
lugʻat, ma’
lum bir matn, soha yoki adabiyot
uchun elektron lugʻat va elektron tarjimonlar haqida ma’
lumotlar bor. Ma
’
lum bir soha
yoki adabiyotga oid boʻlgan elektron lugʻatlar koʻproq oʻqish koʻnikmasini
rivojlantiruvchi vosita sifatida tanilgan.
Elektron lugʻatlar chet tilini oʻrganishning muhim qismiga aylanib bormoqda.
Elektron lugʻat bir oʻqiganda kerakli soʻzining maʻnosini tushunishni kafolatlamaydi,
chunki soʻzning aslini aniqlash va leksik ma’
noga kirish uzoq davom etadigan jarayondir.
Biroq ma
’lum bir matn, ilmiy ish yoki adabiyot uchun yaratilgan elektron lugʻat quyidagi
kamchiliklarni haqiqiy hayotdan va tahlil qilinayotgan asarning jumlalaridan dalillar
keltirgan holda bertaraf etadi.
Biror bir matn yoki adabiyot uchun elektron lugʻatdan dars
jarayonida foydalanish mavzuni tushunishni osonlashtiradi va lugʻatni oʻrganish va
oʻqish
koʻnikmasini yaxshilashga yordam beradi. Ingliz tilini oʻrganish uchun elektron lugʻatlar
boʻyicha koʻplab tadqiqotlar mavjud. Ingliz tiliga nomutaxassis boʻlgan fanlardan tahsil
olayotgan talabalar uchun elektron lugʻatlardan foydalanish va bu orqali
oʻqish
samaradorligini oʻrganishga ehtiyoj bor.
ADABIYOTLAR TAHLILI
Ingliz tilini oʻrganuvchilarning elektron lugʻatlaridan foydalanish boʻyicha koʻplab
tadqiqotlar mavjud. Natijalar qogʻoz lugʻatlar mashhurligini yoʻqotayotganini va elektron
lugʻatlarning ingliz tilini oʻrganuvchilar orasida ahamiyati ortib borayotganini koʻrsatadi [1].
Hozirgi lugʻat texnologiyasining rivojlanishi sur’
atini hisobga olgan holda elektron
lugʻatdan foydalanuvchilarning foizi ortishi kutilmoqda. Jin va Deifell tomonidan e’
lon
qilingan soʻrov shuni koʻrsatdiki, xorijiy tillarni oʻrganuvchilarning 87,5 foizi elektron
lugʻatlardan foydalanadi [2]. Ingliz tiliga nomutaxassis boʻlgan oʻquvchilarida elektron
lugʻatlardan foydalanish, har xil tilli lugʻatlar soni ortib borayotganiga qaramay,
yetarlicha ular oʻrganilmagan va barcha sohalarni qamrab olmagan.
TADQIQOT METODOLOGIYASI
Muallif tomonidan 2023-yil Urganch davlat pedagogika institutida 117 nafar ingliz
tiliga nomutaxassis boʻlgan yoʻnalishlar, masalan,
Maktabgacha ta
’lim metodikasi yoʻnalishi,
Tarix va geografiya yoʻnalishi va
Fizika-matematika va texnologik ta
’
lim
yoʻnalishi
talabalari oʻrtasida oʻtkazilgan soʻrovga koʻra, ularning 71 foizi elektron lugʻatdan, 45 foizi
onlayn lugʻatdan, 28 foizi esa tez
-tez yoki nisbatan tez-
tez foydalangan [3]. Koʻpchilik
oʻquvchilar shaxsiy smartfon ilovalari orqali elektron ilovalardan foydalanadi.
Internetga kirish qulayligi va deyarli barchada mobil qurilmalar borligiga elektron
lugʻatdan foydalanishni ommalashtiradi va ularni oʻrganishning ajralmas qismiga aylantiradi [4].
Ishtirokchilar 2023 yil Urganch davlat pedagogika institutida Maktabgacha ta
’
lim
metodikasi yoʻnalishi,
Tarix va geografiya yoʻnalishi va
Fizika-matematika va
texnologik ta
’
lim
yoʻnalishida ingliz tilini xorijiy til sifatida oʻrganayotgan talabalar edi.
Talabalar oʻrgatilgan yangi ma’
lumotlarni qay darajada tushunganligi haqida
soʻrovnomani har dars oxirida darhol toʻldirdilar. Roʻyxatdan oʻtgan 117 nafar talabadan
88 nafari soʻrovnomani topshirdi.
Ingliz tilini bilish darajalari yordamida oʻquvchilar guruhlarga boʻlindi.
Qatnashuvchilarning 19 nafari ingliz tilini oʻrtacha biladiganlardidir. 28 nafar talaba esa
ingliz tilini yuqori darajada biladi.
Ingliz tili guruhlarida 6 sinflarga mos oʻqilgan ma’
lumotni tushunish modulida
elektron lugʻatlardan foydalanish boʻyicha qogʻoz soʻrovnoma tarqatildi. Talabalardan
dars vaqtida anketani toʻldirish soʻraldi. Soʻrovning birinchi yarmi ingliz tilini oʻrganish
uchun lugʻatlardan umumiy foydalanish bilan bogʻliq boʻlib, talabalardan oʻzlari
foydalanadigan uchta lugʻatning nomlarini yozish soʻralgan.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
03 (2024) / ISSN 2181-1415
203
Ingliz tili boʻyicha hech qanday ma’lumotga ega boʻlmagan oʻquvchilari ishtirok
etishga taklif qilinmadi, chunki mas
’ul oʻqituvchilarning fikriga koʻra, ushbu talabalar
dars jarayonida kamdan-
kam hollarda lugʻatlardan foydalanadilar yoki elektron
lugʻatlarga hech ham yuzlanmaydilar.
Biron-
bir matn yoki adabiyot uchun elektron lugʻat turi –
matnni oʻqish uchun
zarur boʻlgan ma’
lumotlarni, masalan, matnni
maʻnosiga qarab parchalarga ajratish,
talaffuz, ma
’
no, birikma, sinonim va misol jumlalarini taqdim etish orqali
oʻquvchilarga
yordam berish uchun maxsus moʻljallangan elektron lugʻat [5].
TAHLIL VA NATIJALAR
Natijalarga koʻra, 88 talabadan 16 nafar talaba hech qanday lugʻat nomini
aytmagan, ikki talaba qogʻoz lugʻatlarning nomini yozgan, shundan xulosa qilishimiz
mumkinki, kamida 64 nafar talaba (78%) elektron lugʻat foydalanuvchilaridir.Talabalar
oʻqiyotgan sohasiga bogʻliq ta’
lum bilan ta
’minlovchi lugʻatlarni afzal koʻrishini
soʻrovnomadan bilib oldik.
64 talabaning 24 nafari bir nechta lugʻat foydalanuvchilaridir. Qatnashunchilarning
38 nafari onlayn lugʻatlar, masalan, Cambridge.org, Google translate va Webliolardan
keng foydalanishlarni aytib oʻtganlar [6].
Yana 38 nafari esa smartfon ilovalardagi
Longman, Oxford va JED lugʻatlaridan foydlanishlarini ta’kidlaganlar. Toʻrtta talaba
shaxsiy komputer ilovalarini doimiy ravishda ishlatadilar. 2023-
yilda eng koʻp
foydalaniladigan elektron lugʻatlar
–
onlayn lugʻatlar va smartfon ilovalardir.
Eng koʻp foydalaniladigan elektron lugʻat Longman va Cambridge.org.
Longman
iPhone va iP
ad uchun koʻp tilli lugʻat hisoblanadi. Oxford lugʻati Android uchun
moʻljallangan koʻp tilli lugʻatdir. Soʻrovnomada yana 22 ta elektron lugʻat, onlayn lugʻatlar
va smartfon ilovalari qayd etilgan.
Talabalar oʻzlarining lugʻatlaridan turli sabablarga koʻra foydalanadilar.
Eng koʻp eslatib oʻtilgan sabablar “foydalanish uchun qulay (oson)” va “koʻp va
yaxshi misollar”, keyin “istalgan vaqtda istalgan joyda foydalanish mumkin”, “tezkor” va
“keng leksikalar” hisoblanadi. Bundan tashqari, “qoʻl yozuvini tanib olish”, “soʻzni qanday
yozishni koʻrsatishi”, “kamerani tanib olish”, “mening tilida tushuntirish”, “jumladan,
“koʻp tillarda koʻrsatish”
va “oflayn ishlaydi” kabi sabablarni ham ta’
kidladilar.
Boshqa sabablarga esa quyidagilar kiradi: “bepul”, “lugʻatlar roʻyxatini tuza
olamanmi”, “yaxshi tartib”, “soʻzning qiyinchilik darajasini koʻrsatadi”, “ingliz tilini
oʻrgana oladi”, “har qanday saytda foydalanish mumkin”, “ingliz tilida tushuntirishʻ,
“ishonchli”, “intonatsiya haqida ma’lumotga ega”, “komplehensive”, “tarjima funksiyasiga
ega”, “komputerda ham foydalanishi mumkin”, “reklama yoʻq”.
“Ingliz tilidagi matnlarni oʻqishga yordam beradigan biron
-bir ilovadan
foydalanganmisiz?” degan savolga atigi 17 nafari (82 talabadan) “Ha” deb javob berdi.
Elektron lugʻatdan foydalanmayotgan 65 nafar oʻquvchidan 49 nafari foydalanmaslik
sababini koʻrsatgan. Asosiy sabab, ular bunday tizimni bilishmaydi. 18 talabaning
fikricha, bunday tizim zarur emas. Ularning fikricha, darsdan tashqari oʻqish bilan
shugʻullanmaslik kerak, chunki ularning oʻqish qobiliyati allaqachon yuqori.
Foydalanmaslikning boshqa sabablari esa quyidagilardan iborat: qulay emas, kitob
lugʻatlar yaxshiroq, oʻqishni yoqtirmaydiva maʻlum bir sabab yoʻq.
Sevikning ingliz tilini
oʻrganuvchilar orasida oʻtkazgan soʻrovi
mobil qurilmalarda
elektron lugʻatlardan foydalanish noma’
lum narsalarni qidirishning eng ma
’
qul usuli
ekanligini koʻrsatdi [1, 227]. Joriy tadqiqot ham xuddi shunday natijaga ega boʻldik.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
03 (2024) / ISSN 2181-1415
204
Mashhur olim Steel natijalaridan farqli oʻlaroq, oʻquvchilarning koʻpchiligi naxsh
lugʻatlardan foydalanishini koʻrsatgan [7]. Joriy soʻrov esa bosma nashr lugʻatlar
yoʻqolmagan boʻlsa
-
da, har qanday talabalar onlayn lugʻatlar va smartfon ilovalaridan
tez-
tez foydalanishlarini koʻrsatadi.
Talabalarning Cambridge.org,
Longman, Oxford va Google translate lugʻatidan
foydalanish sabablari ham har xil. Biz lugʻatlarning
foydalanuvchilar uchun qulay va tez
ekanligi, oʻquvchi tushunadigan tilida ekanligi, istalgan joyda, istalgan vaqtda, oflayn
rejimda foydalanish mumkinligi va funksiyalari, keng leksikonlar, yaxshi misollarini ham
online lugʻatlarning katta yutugʻi deb ayta olamiz.
XULOSA
Ushbu tadqiqotning asosiy maqsadi ingliz tiliga nomutaxassis boʻlgan sohalarda
uchun lugʻatlarning qoʻllanilishi va samaradorligini oʻrganishdir.
Ushbu maqolada elektron lugʻatlar bilan bogʻliq tadqiqot natijalari haqida
maʻlumot berilgan. Tadqiqotda ingliz tiliga nomutaxassis boʻlgan oʻquvchilar tomonidan
elektron lugʻatlardan, ayniqsa, maʻlum bir matn, adabiyot yoki sohaga moʻljallangan
elektron lugʻatlardan foydalanishni oʻrganish boʻyicha soʻrovnoma koʻrib chiqilgan.
Elektron lugʻatlardan foydalanish boʻyicha olingan natijalar shuni koʻrsatdiki,
elektron lugʻatlardan turli qurilmalar yordamida foydalanish mumkin. Elektron matnni
oʻqish uchun umumiy elektron lugʻatlardan koʻra biron
-bir matn, adabiyot yoki soha
uchun moʻljallangan elektron lugʻatlardan foydalanish afzalroq boʻlishi mumkin. Biroq
soʻrov natijalari shuni koʻrsatadiki, ingliz tiliga nomutaxassis boʻlgan soja talabalarining
oz qismigina elektron lugʻatdan foydalanadilar yoki
ularning mavjudligini bilishadi.
Internetdagi foydalanuvchilar va platformalar sonining ortishi tufayli soʻrovnoma
onlayn lugʻatlar va smartfon ilovalar soni uch yil oldingiga nisbatan keskin oshganini
koʻrsatdi. Biroq mavjud boʻlgan elektron lugʻatlarning aksariyati elektron soʻzli lugʻatlar
boʻlib, ularda foydalanuvchi alohida sohaga tegishli soʻzlarni qidirishi mumkin. Ingliz
tiliga nomutaxassis boʻlgan oʻquvchilar soʻzlarning zamon, ovoz va qoʻshimcha
maʻlumotlarini aniqlay olishlari mumkin. Biroq hozirgi vaqtda umumiy elektron
lugʻatlardan koʻra, biron
-
bir matn, adabiyot yoki sohaga moʻljallangan elektron lugʻatlar
afzalroqdir. Elektron lugʻat maqsadli til uchun muhim boʻlgan va qidirilayotgan sohaga
taalluqli maʻlumot berish orqali foyda keltirishi muhokama qilindi.
Ushbu tadqiqot shuni koʻrsatadiki, soʻzlar orasidagi boʻshliqlar bilan bogʻliq texnik
muammolar elektron lugʻatlarning qoʻllanilishi bilan hal boʻlishi mumkin.
Maʼlumotlarga koʻra, oʻqituvchilar elektron lugʻatning mavjudligi sezilarli darajada
oshgani sayin, oʻquvchilar uchun tushunish tobora osonlasib bormoqda. Shu sababli,
elektron lugʻatlarning togʻri qoʻllanilishi va samaradorligiga oid
tadqiqotlar qimmatlidir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Sevik, M. (2014). University prep-
school EFL learners’ dictionary ownership and
preferences. Procedia
–
Social and Behavioral Sciences 158, 226-232.
2.
Jin L. & Deifell
, E. (2013). Foreign language learners’ use and perception of
online dictionaries: A survey study. MERLOT Journal of Online Learning and Teaching,
9(4): 515-533.
3.
Matkarimova M.O. Ingliz tilini o`rganishda lug'atlarning ahamiyati va
muammolarni bartaraf etish usullari. Proceedings of International Conference on
Scientific Research in Natural and Social Sciences.2024, 83-86.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
03 (2024) / ISSN 2181-1415
205
4.
Matkarimova M.O. o‘qish ko‘nikmalarni oshirishda elektron lug‘atlardan
foydalanis. PEDAGOGIK ISLOHOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI. 2024, 91-94.
5.
Stankevich N.P. Using electronic online dictionaries in the process of teaching a
foreign language. Materials of the International scientific-practical conference
«Information technologies in political, socio
-
economic, legal and technical systems».
Minsk: BNTU, 2020. 305
–
309. 4.
6.
Kazakova O.P. Learning to work with a dictionary as the first stage of teaching
independent educational activity. Organization of independent work of students:
Materials of reports of the II All-Russian scientific and practical Internet conference
«Organization of independent work of students» (December 6–
9, 2013). Saratov: New.
7.
Steel, C. H. & Levy, M. (2013). Language students and their technologies:
Charting the evolution 2006
–
2011. ReCALL, 25(3): 306-320.
