Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
The role of non-profit organizations in increasing the
social activity of young people
Elyor GOYIBOV
Institute for the Study of Youth Problems and Training of Prospective Personnel
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received March 2024
Received in revised form
15 April 2024
Accepted 25 April 2024
Available online
25 May 2024
This article discusses measures to ensure the rights and
legitimate interests of youth in various spheres of Uzbekistan,
creating favorable conditions for the full realization of their
potential, and expanding youth participation in public and
government activities. Particular attention is paid to educating
young people in the spirit of respect for universal and national
values, loyalty to the Motherland, and social responsibility, as
well as increasing their spiritual activity.
2181-
1415/©
2024 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-iss4/S-pp158-164
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
patriotism,
social-spiritual activity,
non-governmental non-
profit organizations,
legal interest,
politics,
society,
universal and national
values,
loyalty to the motherland,
priorities.
Yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirishda nodavlat-
notijorat tashkilotlarning oʻrni
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
vatanparvarlik,
ijtimoiy
–
ma’naviy faollik,
nodavlat notijorat
tashkilotlar,
qonuniy manfaat,
siyosat,
jamiyat,
umuminsoniy va milliy
qadriyatlar,
vatanga sadoqat,
ustuvor yoʻnalishlar.
Ushbu maqolada O‘zbekistonning turli xil sohalarida
yoshlarning huquq va
qonuniy manfaatlarini taʼminlash, o‘z
salohiyatini toʻlaqonli roʻyobga chiqarish uchun qulay
imkoniyatlar yaratish, jamiyat va davlat ishida ishtirokini
kengaytirish,
hamda
ularni
umuminsoniy
va
milliy
qadriyatlarga hurmat, vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash
hamda ularda ijtimoiy ma’naviy faolligini oshirish ustuvor
yoʻnalish hisoblanadi.
1
PhD student, Institute for the Study of Youth Problems and Training of Prospective Personnel.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
04 (2024) / ISSN 2181-1415
159
Роль некоммерческих организаций в повышении
социальной активности молодежи
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
патриотизм,
общественно
-
духовная
деятельность,
негосударственные
некоммерческие
организации,
законный интерес,
политика,
общество,
общечеловеческие и
национальные ценности,
верность Родине,
приоритеты.
В данной статье рассматриваются меры по обеспечению
прав и законных интересов молодежи в различных сферах
Узбекистана, созданию благоприятных условий для полной
реализации их потенциала, расширению участия молодежи
в общественной и государственной деятельности. Особое
внимание уделяется воспитанию молодых людей в духе
уважения общечеловеческих и национальных ценностей,
верности Родине и социальной ответственности, а также
повышению их духовной активности.
Bugun jamiyatimiz hayotida yuz berayotgan oʻzgarishlar va tub islohotlar jarayoni
fuqarolik jamiyati institutlari deya taʼriflanadigan nodavlat notijorat tashkilotlari, jamoat
birlashmalaridan ham ijtimoiy faollikni talab etmoqda. Xoʻsh, ijtimoiy faollik oʻzi nima?
Ijtimoiy faollik deganda kishi qaysi kasbning egasi boʻlishidan, qanday lavozimda
ishlashidan qatʼiy nazar, uning jamiyat rivojiga hissa qoʻshishga, zamondan ortda
qolmaslikka boʻlgan harakatini tushunish mumkin. Mana shu jarayonda u oʻzini shaxs va
fuqaro sifatida namoyon qiladi. Bugun yurtdoshlarimizning ijtimoiy faollashayotganini
koʻrib turibmiz. Ijtimoiy tushkunlik, oʻzgarishlarga, islohotlarga loqaydlik davri oʻtdi,
yurtdoshlarimizda tashabbusni, yangilikka boʻlgan intilishlarni guvohimiz. “Ijtimoiy
tarmoqlar ijtimoiy faollikni kuchaytirib yubordi”, degan mazmundagi fikrlari ham
mavjud.
Soʻnggi yillarda mamlakatimizda nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik
jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab
-quvvatlash, ularga qulayliklar yaratish, faoliyati
erkinligini kafolatlash, davlat organlari va ular oʻrtasida ijtimoiy sheriklikni kuchaytirish,
shuningdek, ushbu sohani tartibga soluvchi huquqiy bazani takomillashtirish borasida
izchil islohotlar amalga oshirib kelinmoqda
Taʼkidlash lozimki, nodavlat notijorat tashkilotlariga davlat tomonidan qulaylik va
yengilliklar yaratish, ular faoliyatining erkinligini taʼminlash sohasida bosqichma
-bosqich
islohotlar amalga oshirilayotgan boʻlsa
-da, davlat organlari va tashkilotlari tomonidan
byudjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan nodavlat notijorat tashkilotlari uchun
ajratiladigan davlat ijtimoiy buyurtmalari sonini oshirish, shuningdek nodavlat notijorat
tashkilotlarini ijtimoiy ahamiyatga ega grant loyihalarini tayyorlash hamda ularni amalga
oshirish boʻyicha bilim va koʻnikmalarini oshirish maqsadga muvofiq.
Shu bilan bir qatorda, nodavlat notijorat tashkilotlari vakillarining huquqiy bilim
va savodxonligini oshirish, qonunchilikda belgilangan talablardan xabardor etish
maqsadida nodavlat notijorat tashkilotlari vakillarini jalb etgan holda malaka oshirish
kurslari va turkum seminar tadbirlarini tashkil etish lozim.
Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash mavzusi hech bir davrda o‘z
dolzarbligi va ahamiyatini yo‘qotmaydigan masaladir. Unga davlatning muhim, dolzarb
ijtimoiy masalasi, deb qaraladi.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
04 (2024) / ISSN 2181-1415
160
2022-yil 29-
yanvar kuni “Yangi O‘zbekistonning 2022–
2026-
yillarga mo‘ljallangan
taraqqiyot strategiyasi” qabul etilgani to‘g‘risida xabar tarqaldi. Hujjatning 70
-maqsadi:
“Yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish” etib belgilangan. Xususan, bunda
“Yoshlarni vatanparvarlik, fuqarolik tuyg‘usi, bag‘rikenglik, qonunlar, milliy va
umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida, zararli ta’sirlar va oqimlarga qarshi tura
oladigan, hayotga bo‘lgan qat’iy ishonch va qarashlarga ega shaxs sifatida tarbiyalash”
mas’uliyati yuklatilgan.
Yoshlarni ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-
ma’naviy sohalardagi mavqeini kuchaytirish
–
Yangi O‘zbekistonni barpo etishimizda juda dolzarb masaladir. Harakatlar
Strategiyasini biz bosqichma-bosqich amalga oshirmoqdamiz. Ijtimoiy sohani
rivojlantirishdagi yo‘nalish –
yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirishda
–
biz
avvalo ularni jismonan sog‘lom, ruhan tetik, dunyo qarashi keng, zamonaga mos,
hamnafas fikrlaydigan, Vatanga sodiq tarbiyalash bilan birga demokratik islohotlarni olib
bormoqdamiz.
Bu jarayonda davlat hokimiyati, boshqaruv organlari, yoshlar tashkilotlarining
samarali faoliyatlarini tashkil etmoqdamiz. Yoshlarni qo‘llab quvvatlashda, ularning
huquq va erkinliklarini himoya qilish kafolatlarini ta’minlashda qonun chiqaruvchi Oliy
Majlis o‘rni bugungi kunda juda sezilarli. Uning qoshida “Yoshlar Parlamenti” tashkil
etilishi ham ularga bo‘lgan diqqatni yorqin misolidir. Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi
deputatlari, Senat a’zolari xalqaro maydonda yoshlar manfаatini ifoda etishda ham faol
ishtirok etib kelishmoqda.
Aytish joizki, davlatimiz yoshlar masalasini strategik vazifa sifatida barcha
islohotlarda nazarda tutadi. Chunki ular jamiyatimizda 63 foizini tashkil etadi. Dunyoda
ham ular bilan bog`liq muammolar kam emas. Shuning uchun ham davlatimiz rahbari
jahon minbarlarida hamisha yoshlar masalasiga doir fikrlar bildiradi.
Jumladan, 2017-yilning 19-
sentyabrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti BMT
Bosh Assambleyasida yoshlar huquqlarini ishonchli himoya qiluvchi mexanizmni tashkil
etishda BMTning “Yoshlar huquqlari to‘g‘risida”gi xalqaro Konvensiyasini ishlab chiqish
va qabul qilish tashabbusini oldinga surdi. Ushbu g‘oya jahon hamjamiyati tomonidan
dolzarb masala sifatida qabul qilinib, qo‘llab quvvatlandi.
Shuningdek, joriy yilning 22-fevral kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan
BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashining 46
-sessiyasidagi nutqida Yoshlar
huquqlari bo‘yicha maxsus ma’ruzachi institutini ta’sis etish taklifi bildirildi. U ham
ma’qullandi.
Yana bir muhim tashabbus, “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy o‘zaro
bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusidagi xalqaro konferensiyada O‘zbekiston
davlati tomonidan Yoshlar masalasida samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida
doimiy faoliyat yuritadigan Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlari Yoshlari kengashini
tuzish tashabbusi ilgari surildi.
Bunday tashabbuslar bejiz emas. Barcha islohotlar negizida qonuniy sharoitlar
bo‘lishi lozim. Mamlakatimizda yoshlarni huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularga
zarur shart-sharoitlar va imkoniyatlarni yaratish borasida mustahkam huquqiy baza
mavjud. U yildan yilga zamon talablariga hamohang ravishda takomillashtirib
borilmoqda. Xususan, bugungacha parlament tomonidan yoshlarga oid 40 dan ortiq
qonunlar qabul qilingan bo‘lib, 30 dan ortiq xalqaro huquqiy hujjatlar ratifikatsiya
qilingan. Ushbu qabul qilingan hujjatlarning sifatli ijrosi ustidan muntazam ta’sirchan
parlament nazorati o‘rnatilgan.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
04 (2024) / ISSN 2181-1415
161
Yoshlar bilan ishlash, ularni ijodiy va intellektual salohiyatini qo‘llab
-quvvatlash,
madaniyat, sport, turizm rivojiga jalb etish, zamonaviy usulda chet el tajribaga asoslanib milliy
iqtisodiyotimizni jahon bozoriga tanishtirish, raqobatbardosh mahsulotlarni eksport qilish,
turli sohalarda tadbirkorliklarini rivojlantirish, vatandoshlar bilan hamkorlikni o‘rnatish kabi
masalalar muayyan institutsiyaviy shaklda olib boriladi. Jumladan:
–
2018-
yilda O‘zbekiston Prezidenti Farmoniga muvofiq “Yoshlar –
kelajagimiz” Davlat
dasturi tasdiqlandi. Ushbu hujjat orqali tadbirkorlik, StartUPlar, g‘oyalar va loyihalarni amalga
oshirishda ko‘maklashish va qo‘llab
-
quvvatlash yangi bosqichga ko‘tarildi;
–
2020-
yilda yoshlar yo‘nalishida yana bir muhim qadam tashlanib, Prezident
qaroriga binoan mamlakatda yoshlar siyosatini amalga oshiruvchi davlat tashkiloti
–
Yoshlar ishlari agentligi tashkil etildi. Yoshlarni yuqori darajada rag‘batlantirib borish
maqsadida “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti va “Kelajak bunyodkori” medali ta’sis etildi;
–
Yana bir muhim qadam, 2021-yil
–
“Yoshlarni qo‘llab
-quvvatlash va aholi
salomatligini mustahkamlash” yili deb e’lon qilindi va ushbu sohani rivojlantirish
yuzasidan Davlat dasturi qabul qilindi. Yoshlar siyosatini rivojlantirishning 5 yillik
strategiyasi ishlab chiqildi.
Birgina, 2021-
yilning o‘tgan davrida yoshlar bilan ishlashning mutlaqo yangi tizimi
hisoblangan “Yoshlar daftari” va “Yoshlar dasturlari” asosida 430 ming nafar yigit
-
qizning hayotiy muammolarini hal etish uchun 300 milliard so‘m mablag‘ ajratildi.
Demak, davlat hokimiyati tizimida mamlakatimizning ichki va tashqi siyosatida
yoshlarga doir vazifalar ko‘tarilmoqda va hal qilinmoqda. Ma’lumki, 24
-oktyabr kuni
Yangi O‘zbekiston fuqarolari oldida katta siyosiy jarayon turibdi –
prezidentlikka
saylovlar. Unda besh siyosiy partiya o‘z nomzodini tavsiya etdi. Har bir partiya safida
yoshlar mavjud. O‘ylab ko‘raylik
-
chi, yoshlar pozitsiyasi qanday bo‘lishi kerak? Ularning
ijtimoiy-siyosiy faolligini muntazam oshirish uchun qanday omillar muhim?
Fikrimizcha, yoshlar davlat strategiyasida ko‘rilishi, haqiqiy siyosat subyekti bo‘lib
yetishlari uchun quyidagi omillarga diqqatlarini qaratishlari kerak:
Birinchidan,
ijtimoiy-
siyosiy faol bo‘lishlari uchun, ular siyosiy bilimlarga ega
bo‘lishlari kerak.
Jumladan, ma’lumki, jamiyatda iqtisodiy, ijtimoiy, ma’naviy sohalari davlat
boshqaruviga bog‘liq. Aristotel aytganidek, davlat –
erkin odamlarning munosabatidir.
Qachonki, davlatda barcha ijtimoiy guruhlar, millatlar siyosiy hokimiyat mohiyatini
tushunsa, davlat tomonidan qo‘yiladigan maqsadlar sari harakat qilsa, ularga amal qilsa,
o‘shanda davlat va ijtimoiy manfaatlar uyg‘unlashadi. Bu borada Yangi O‘zbekistonda
“Xalq qabulxonalari”, Prezident va Bosh vazir Qabulxonalari joriy etilgan, “mahallabay”
tizimi joriy etish orqali Kasaba uyushmalar federatsiyasi, hokimiyat, mahalla posbonlari,
prokuratura, “Mahalla va oilani qo‘llab
-
quvvatlash” vazirligi hamkorligida davlat
tomonidan, fuqarolarga, ayniqsa, nochor, kambag‘al, ishsizlarga, uyga muhtojlarga
manzilli yordam berilmoqda. Bularni “kuchli davlatdan
-
kuchli fuqarolik jamiyati sari”
tamoyilini amalga oshirish”, xalq davlatga emas, davlat –
xalqqa xizmat qilishining
isbotidir, deb tushuntira bilish kerak.
Ikkinchidan,
ijtimoiy-siyosiy faollik ekologik madaniyatni talab etadi. Orol borasida
nafaqat davlatimiz tomonidan, balki xalqaro tashkilotlar tomonidan e’tibor qaratish
orqali bugungi va ertangi kunimiz to‘g‘risida g‘amxo‘rlik bo‘ladi. Bu borada O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti BMT minbaridan barcha davlatlar rahbariga murojaat qilishi
–
bu
tashqi siyosatimizni naqadar chuqur o‘ylanganligidir.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
04 (2024) / ISSN 2181-1415
162
Uchinchidan,
davlatdagi barcha fuqarolar, ayniqsa, yoshlar, siyosiy tizimni
takomillashtirishda, jumladan, saylov jarayonda qancha faol bo‘lib, munosib insonlarni
hokimiyatda bo‘lishiga hissa qo‘shsa, shunchalik o‘z fuqarolik pozitsiyasini naqadar
ongligini namoyon etadilar.
To‘rtinchidan,
har bir yosh yigit-
qiz bilishi lozimki, o‘z faoliyatida ma’naviy –ma’rifiy
ishlarga, ayniqsa, milliy qadriyatlarni saqlab qolishga urg‘u berishi kerak. Masalan, bizning
xalqimiz mehmondo‘st, bag‘ri keng, bizning qonimizda yaxshilik qilish –
oddiydir. Misol, ota-
ona va farzand munosabatlari, qo‘ni
-
qo‘shnilarga yordam berish. Bu tashqi siyosatimizda
ham o‘zini namoyon etmoqda. O‘zbekiston davlati barcha mamlakatlar bilan ochiq,
konstruktiv siyosat olib boradi, ayniqsa, Markaziy Osiyo davlatlari bilan mintaqa tinchligi,
barqarorligi, taraqqiyoti, ilmiy, ta’lim, ijodiy aloqalar orqali bugungi va kelajak avlodlarni
o‘ylab, ularning farovonligini ta’minlash borasida foydali hamkorlik aloqalarni
mustahkamlash uchun mavjud imkoniyatlardan unumli va samarali foydalanish orqali,
O‘zbekiston imidjini yanada oshirish uchun hissa qo‘shilmoqda.
Beshinchidan,
Yangi O‘zbekiston olib borayotgan ichki va tashqi siyosatdan
xabardor bo‘lish, uni tushuntira olish uchun hamisha o‘z ustida, necha yosh bo‘lishidan
qat’iy nazar, ishlash.
Oltinchidan,
dunyo bo‘yicha global miqyosida muhim bo‘lgan huquqiy hujjatlarni
bilish, ulardan kelib chiqqan “Barqaror rivojlanish maqsadlari”ni bosqichma
-bosqich
amalga oshirishda o‘z hissasini qo‘shishga intilish.
Yettinchidan,
yoshlar siyosiy ongi davlat tomonidan olib borayotgan siyosatini
to‘g‘ri tushuntira bilish san’atida ham. Masalan, kichik va o‘rta biznes orqali davlatda
nochorlar soni, kambag‘alchilik bartaraf etiladi, to‘kin sochin, farovon hayot orqali
insonlar davlatdan rozi bo‘lib yashaydi.
Davlat, qancha o‘z faoliyatini jadallashtirish uchun, xalqaro tajribaga tayansa,
xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilsa, shuncha qo‘ygan maqsadlarga tezroq erishadi.
Masalan, O‘zbekiston BMT institutlar hisoblanadigan XMT, UNICEF, BSST hamda
YXXT yoki Shanxay Hamkorlik Tashkiloti bilan qanchalik ko‘p, serqirra hamkorlik qilsa,
iqtisodiy o‘sish jarayonlari oldinga yuradi, turli sohadagi xavfsizligi ta’minlanadi, inson
huquqlari himoyalanadi. Bularni yoshlar o‘z faoliyatlarida tushuntira bilishlari kerak.
Yuqoridagi omillarni yoshlar qalbi va ongiga singdirishda jamiyat hayotining
barcha sohalarini qamrab olish, ta’lim
-
tarbiya, targ‘ibot va tashviqotning samarali usul va
vositalaridan oqilona foydalanish taqozo etiladi.
Demak, davlat rahbari takroran bundan buyon ham yoshlarning harbiy bilim,
ko‘nikma va malakalarini oshirishda targ‘ibot
-tashviqot ishlarini olib borish ishlarini
jadal davom ettirilishini urg‘ulamoqda.
Harbiy-
vatanparvarlik tarbiyasi umumiy tarbiyaning tarkibiy qismi bo‘lib,
yoshlarda Vatanni sevish, uni fidokorona himoya qilishga tayyorgarlik va bunga
qodirlikni shakllantirishga yo‘naltirilgan. Uning ma’naviy
-
ma’rifiy va nazariy asosi
Vatanni himoya qilish to‘g‘risidagi zamonaviy tegishli ilm
-fan sohalarining xulosalari,
xalqimizning Vatan va uni himoya qilish haqidagi tarixiy va zamonaviy amaliy tajribasi,
ilmiy merosi hamda mazkur masala bilan bog‘liq umuminsoniy qadriyatlar va zamonaviy
talablar hisoblanadi.
Yoshlarni turli yot g‘oya va tahdidlardan asrash, o‘z mustaqil fikriga ega, irodali,
fidoyi va vatanparvar insonlar etib tarbiyalash eng asosiy maqsadlardan biriga
aylanmog‘i lozim. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
04 (2024) / ISSN 2181-1415
163
ta’kidlaganidek, “Tarbiya va ta’limni bir
-
biridan alohida ajratib bo‘lmaydi, bu ikki jarayon
o‘zaro uyg‘un, uzluksiz asosda tashkil etilgandagina odobli, yuksak ma’naviyatli, shu bilan
birga, bilimdon, zukko, ruhan va jismonan sog‘lom, keng dunyoqarash, tafakkur va
zamonaviy kasb-
hunar egasi bo‘lgan vatanparvar yoshlarni yetishtirib beradi”.
Bugungi kunda mamlakatimizda Yangi O‘zbekistonni barpo etishdek ulug‘
maqsadga erishish yo‘lida asosiy tayanchimiz bo‘lgan azm
-u shijoatli yoshlarga
e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, ularga barcha sohalarda o‘z iqtidori va
salohiyatini to‘liq namoyon etishi uchun zarur sharoit va imkoniyatlar yaratib
berilmoqda. Yangi O‘zbekistonning Uchinchi Renessans poydevorini yaratish
barcha vatandoshlarimizning ezgu orzu umidlaridan biriga aylanmog‘i kerak.
Darhaqiqat, “Yangi O‘zbekiston –
barchamizning ezgu orzuimiz, mehnatkash,
tinchliksevar xalqimizning orzusi. Unda xalqimizning azaliy umid-niyatlari, yuksalish sari
intilishlari o‘ziga xos tarzda aks etmoqda. Uzoq o‘tmishdan hozirgi davrgacha milliy
tafakkurimiz negizida shakllanib kelgan, turli g‘oya va amaliy harakatlarda o‘z ifodasini
topgan el-yurtimizning orzu-
umidlari bugungi kunda Yangi O‘zbekiston tushunchasiga
jamuljam bo‘ldi. Barchamiz jipslashib, tinimsiz o‘qib
-
o‘rgansak, ishimizni mukammal va
unumli bajarsak, zamonaviy bilimlarni egallab, o‘zimizni ayamasdan mehnat qilsak,
albatta hayotimiz va jamiyatimiz o‘zgaradi”, deydi davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev.
Jamiyatdagi barqarorlikni mustahkamlash va davlatning xavfsizligini ta’minlash
barcha zamonaviy davlatlari qatori O‘zbekiston uchun ham hayotiy zaruratdir. Shularni
nazarda tutib, O‘zbekiston Respublikasi mustaqil davlat va xalqaro munosabatlarning
subyekti sifatida o‘zining mudofaa siyosatini barcha mamlakatlarning tinch
-totuv
yashashi, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik, ularning mustaqilligini,
shuningdek, davlatlararo tarkib topgan chegaralarning buzilmasligi va o‘zgarmasligini
hurmat qilish prinsiplariga asoslaydi.
Fuqaroviy faollikni ijtimoiy-siyosiy va mehnat faoliyatiga ijodiy yondashuv sifatida
baholash mumkin. Aynan insonning fuqaroviy faolligi shaxsning to‘laqonli rivojlanishiga,
undagi imkoniyatlarning to‘liq namoyon bo‘lishiga xizmat qiladi. Fuqarolik pozitsiyasi
hamda fuqaroviy faollikka ega bo‘lish jamiyatda ro‘y berayotgan barcha voqea
-
hodisalarni, ularning oqibatlari va mavjud muammolarning yechimini chuqur anglashni
taqozo etadi. Demak, biz yoshlarimizda fuqaroviy ongni shakllantirishimiz kerak.
Fuqaroviy ong jamiyatni birlashtirishga xizmat qiladi, umumiy manfaatlar yo‘lida
fuqarolar o‘rtasida kelishuv bo‘lishiga xizmat qiladi. Jamiyatda ro‘y beradigan turli
ijtimoiy-
madaniy omillar ta’sirida fuqaroviy ong o‘zgarib boradi va fuqaroviylik
to‘g‘risidagi g‘oyalar taraqqiyotida o‘z aksini topadi. Yoshlarni fuqaroviy ongi qanchalik
rivojlangan bo’lsa ular jamiyatdagi ijtimoiy faolligi shunchalik faollashadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. Sh.M.Mirziyoyev, Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga
quramiz. Mazkur kitobdan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning
2016 yil 1-noyabrdan 24-
noyabrga qadar Qoraqalpog‘iston ACADEMIC RESEARCH IN
EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 ISSUE 6 | 2021 ISSN: 2181-1385 Scientific Journal
Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 DOI: 10.24411/2181-1385-2021-01132 Academic
Research, O‘zbekistan 885 www.ares.uz Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri
saylovchilari vakillari bilan o‘tkazilgan saylovoldi uchrashuvlarida so‘zlagan nutqlari
o‘rin olgan. –
Toshkent: “O‘zbekiston”, 2017. –
488 b.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
04 (2024) / ISSN 2181-1415
164
2. Sh.M.Mirziyoyev, Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga
quramiz. Toshkent: O„zbekiston, 2017. –
488 b.
3. Rustamov A. Adiblar odobidan adablar.
–
T.: “Ma’naviyat”, 2003.
4.
Aliqulov X. Ma’naviy
-axloqiy qadriyatlar mutafakkirlar talqinida.
–
Andijon.
2003. 260 b.
5.
Umurzoqov O.P. Umuminsoniy qadriyatlar: milliy an’ana va urf
-odatlar
takomillashmoqda. G‘.G‘. O‘zbekistonda ijtimoiy fanlar, 1992 №2.
6.
A.Allayarov, G‘.Amanov. Yoshlar tarbiyasida innovatsion yondashuv (ilmiy
ommabop nashr). Guliston 2020.
–
114 bet.
