Авторы

  • Гулбахор Душаева
    Ученый секретарь, Университета Аджу в Ташкенте

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-iss4/S-pp207-218

Ключевые слова:

Республика Узбекистан Республика Корея Центральная Азия двустороннее и многостороннее сотрудничество

Аннотация

Статья посвящена анализу политических, торгово-экономических, исторических и культурных аспектов отношений между Республикой Узбекистан и Республикой Корея с момента обретения Узбекистаном независимости. В исследовании рассмотрен период, когда Узбекистан начал активно участвовать в международных отношениях и стремился установить дипломатические связи со странами Центральной Азии и Республикой Корея. Анализируются этапы развития и углубления сотрудничества между двумя государствами в различных сферах после установления дипломатических отношений. Особое внимание уделено важности решения проблем, связанных с транспортно-логистическими маршрутами, для дальнейшего развития двусторонних отношений.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Relations of the Republic of Uzbekistan and the Republic
of Korea

Gulbakhor DUSHAYEVA

1


Adju University

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received March 2024

Received in revised form

15 April 2024
Accepted 25 April 2024

Available online

25 May 2024

The article is devoted to the analysis of political, trade,

economic, historical, and cultural aspects of relations between

the Republic of Uzbekistan and the Republic of Korea since

Uzbekistan gained independence. The study examines the period

when Uzbekistan began to actively participate in international
relations and sought to establish diplomatic ties with the

countries of Central Asia and the Republic of Korea. The stages of

developing and deepening the cooperation between two states in

various fields after establishing diplomatic relations are
analyzed. Particular attention is paid to the importance of solving

problems related to transport and logistics routes for the further

development of bilateral relations.

2181-

1415/©

2024 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-iss4/S-pp207-218

This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

Republic of Uzbekistan,

Republic of Korea,

Central Asia,

bilateral and multilateral

cooperation.

Oʻzbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi

munosabatlari

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

Oʻzbekiston Respublikasi,

Koreya Respublikasi,
Markaziy Osiyo,

ikki tomonlama va koʻp

tomonlama hamkorlik.

Ushbu maqolada Oʻzbekiston Respublikasi va Koreya

Respublikasi munosabatlarining siyosiy, savdo-iqtisodiy, tarixiy

va madaniy jihatlari oʻrganib tahlil etilgan. Ikki mamlakat
munosabatlarini tahlil etish jarayonida Oʻzbekiston mustaqil

boʻlgandan keyingi davr olingan boʻlib, bunda Oʻzbekiston

xalqaro munosabatlarning mustaqil ishtirokchisiga aylangan va

Koreya Respublikasining Markaziy Osiyo davlatlari bilan

diplomatik aloqalarni oʻrnatishga intilgan.

1

Scientific secretary, Adju University in Tashkent. Tashkent, Uzbekistan. E-mail: gulbahordusheva13@gmail.com


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

04 (2024) / ISSN 2181-1415

208

Отношения Республики Узбекистан и Республики

Корея

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

Республика Узбекистан,
Республика Корея,
Центральная Азия,

двустороннее и
многостороннее
сотрудничество.

Статья посвящена анализу политических, торгово

-

экономических, исторических и культурных аспектов

отношений между Республикой Узбекистан и Республикой
Корея с момента обретения Узбекистаном независимости.

В исследовании рассмотрен период, когда Узбекистан

начал активно участвовать в международных отношениях

и стремился установить дипломатические связи со
странами Центральной Азии и Республикой Корея.

Анализируются

этапы

развития

и

углубления

сотрудничества между двумя государствами в различных

сферах после установления дипломатических отношений.

Особое внимание уделено важности решения проблем,
связанных с транспортно

-

логистическими маршрутами,

для дальнейшего развития двусторонних отношений.


KIRISH

Oʻzbekiston va Koreya munosabatlari umumiy uzoq yillik tarixga va diplomatik

munosabatlarga ega hisoblanadi. Qadimda ikki mamlakatni “Buyuk Ipak Yoʻli” bogʻlab
turgan boʻlsa, keyinchalik esa Sobiq Ittifoq davrida ham aloqalar uzilmagan. Oʻzbekiston
mustaqillikka erishganidan soʻng Koreya Respublikasi 1991

-yil 30-dekabrda Osiyo-Tinch

okean mintaqasi davlatlari orasida birinchi boʻlib Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligini

tan oldi. 1992-

yil yanvarda Oʻzbekiston bilan Koreya Respublikasi oʻrtasida diplomatik

aloqalar oʻrnatilgandan keyin siyosiy, iqtisodiy va madaniy sohalarda keng hamkorlik
aloqalari yoʻlga qoʻyildi.

Hozirgi kunda esa O‘zbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasini xalqaro

huquqning umume’tirof etilgan tamoyillari va normalariga asoslangan an’anaviy do‘stlik
va hamkorlik munosabatlari bog‘lab turadi. Ikki davlat siyosiy, iqtisodiy, madaniy va
boshqa sohalarda ikki tomonlama hamkorlikni chuqurlashtirishga katta e’tibor

qaratmoqda. Ikki tomonlama munosabatlarning barcha sohalarda muvaffaqiyatli

rivojlanishiga mamlakatlar o‘rtasida hech qanday siyosiy muammolarning yo‘qligi,

mustahkam shartnomaviy-huquqiy baza yordam bermoqda.

TADQIQOTNING USULLARI

Oʻzbekiston va Koreya munosabatlarini tadqiq etish jarayonida turli manbalarni

oʻrganib tahlil etgan holda, oʻz xulosalarimizni berib oʻtdik. Tadqiqotni xronologik va turli
yoʻnalishlarga (siyosiy, iqtisodiy, madaniy) boʻlgan holda olib bordik. Chunki ikki
mamlakatning munosabatlari bu koʻp qirrali hisoblanadi. Xronologik jihatdan yondashuv

esa bizga ikki mamlakat munosabatlarining aniq ketma-ketligi va jarayonlarning

uzviyligini koʻrsatishda yordam beradi. Shu bilan birgalikda, qiyosiy, kontent tahlillardan

foydalanildi.

NATIJALAR

Oʻzbekiston va Koreya munosabatlariga doir adabiyotlar tahlili jarayonida turli

mutaxassislarning fikrlariga yuzlandik va koʻpchilik mutaxassislar Koreya Respublikasini
Oʻzbekistonga qiziqishini quyidagi omillar bilan bogʻlab berishgan:


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

04 (2024) / ISSN 2181-1415

209

1)

Oʻzbekiston tabiiy resurslarga boy mamlakat boʻlgani uchun;

2)

Iqtisodiy jihatdan Koreya mahsulotlarini sotish uchun yangi bozor hisoblanadi;

3)

Oʻzbekistonda etnik koreyslarning istiqomat qilishi.

Oʻzbekiston esa ikkinchi tomondan Koreya bilan munosabatlarida quyidagi omillar

ahamiyatga ega ekanligini koʻrishimiz mumkin:

1)

Koreya rivojlangan mamlakat boʻlgani uchun tashqi koʻmak beruvchi

hamkordir;

2)

Koreyada texnologiya rivojlangan va dunyoda yetakchi

oʻrinlarda turadi,

Oʻzbekistonga ham oʻz tajribasini olib kiradi;

3)

Oʻzaro hamkorlikda hech qanday mafkuraviy manfaatlarning mavjud emasligi.

Bundan koʻrinib turibdiki, ikki mamlakat oʻzaro manfaatli hamkorlik qilib

kelmoqda. Yuqoridagi omillardan tashqari ikki mamlakatni oʻzaro bogʻlovchi muammoli
masalalar ham mavjud. Bizning fikrimizcha, bu Oʻzbekiston va Janubiy Koreya uchun
mintaqaviy xavfsizlik muammosidir. Oʻzbekiston Markaziy Osiyodagi va qoʻshni
Afgʻonistondagi xavfsizlik muammolari haqida qaygʻursa, Janubiy Koreya esa Koreya
yarim oroli va Shimoliy Koreyadagi yadroviy qurol haqida qaygʻurib kelmoqda. Bu ham

ikki mamlakatning mintaqaviy xavfsizlik yuzasidan amalga oshirib kelayotgan faoliyati

yuzasidan oʻzaro tajriba almashish va bir

-

biriga bu borada koʻmak berilsa katta

yutuqlarga olib kelishi mumkin. Buni biz quyidagi muhokamalarimiz natijasida batafsil

koʻrib chiqishimiz mumkin.

MUHOKAMA

Avvalambor, ikki mamlakat munosabatlarini mustahkamlashda davlat

rahbarlarining oʻrni kattadir, boshqacha qilib aytganda bu poydevor boʻlib xizmat qiladi.
Diplomatik munosabatlar oʻrnatilgandan soʻng ikki mamlakat oʻrtasida prezidentlarining
tashriflarini koʻrishimiz mumkin. Oʻttiz ikki yillik davr mobaynida Respublika rahbariyati
tomonidan 17 marotaba Koreya Respublikasi rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi

[1]

hamda 16 marotaba Janubiy Koreya tomonidan Oʻzbekistonga yuqori darajadagi
tashriflar boʻlib oʻtdi

[2].

1-jadval

Oʻzbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi Prezidentlarining tashriflari roʻyxati

Koreya Respublikasiga

tashriflar

I. Karimov 8 marta

(1992; 1995; 1999; 2006; 2008; 2010; 20155)

Sh. Mirziyoyev 2 marta (2017; 202112)

Oʻzbekiston Respublikasiga

tashriflar

1994. Kim Yon Sam

2005. No Mu Xyon

2009. Li Myon Bak

2011. Li Myon Bak

2014. Pak Kin Xe

2019. Mun Je In

Manba:

Ko Je Namning “Koreya Respublikasi va Markaziy Osiyo oʻrtasida 30 yillik

yuqori darajadagi diplomatik munosabatlar: baholash va muammolar” ma’lumotlari

asosida muallif tomonidan tuzildi.

https://www.kf.or.kr/korcenRus/na/ntt/selectNttInfo.

do?nttSn=112129&bbsId=1336.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

04 (2024) / ISSN 2181-1415

210

Ro Dae Vu hukumati (1988

1993) 1991-yil oxirida Sobiq Ittifoq parchalanib

ketganidan so‘ng 1992 yil boshida mustaqillikka erishgan Markaziy Osiyo davlatlari bilan

diplomatik aloqalar o‘rnatgan, biroq o‘z tomonidan Markaziy Osiyoga yuqori darajadagi

tashriflar amalga oshirmagan. Biroq 1992-yil 29-

yanvarda Oʻzbekiston bilan diplomatik

aloqalar oʻrnatdi va sammit oʻtkazdi va oʻsha yilning iyun oyida O‘zbekistonning birinchi

Prezidenti Islom Karimovni Koreyaga taklif qildi, bu esa Koreyaning Daewoo Motors kabi

kompaniyalarining sarmoya kiritishiga hissa qoʻshdi.

Kim Yon Sam hukumati (1993

1998) Koreya Respublikasi Prezidentining 1994-yil

iyun oyida O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan yuqori

darajadagi

diplomatik aloqalar o‘rnatish tashabbusi bilan chiqqan edi. Shimoliy Koreyada

birinchi yadroviy inqiroz boshlanishi va ichki siyosiy, iqtisodiy islohotlarning ustuvorligi

tamoyilining shakllanishi munosabati bilan Markaziy Osiyo mamlakatlariga diplomatik

qiziqish pasayganiga qaramay, Kim Yon Sam hukumati iqtisodiy hamkorlikka katta

e’tibor qaratdi. Natijada 1995

-

yil fevral oyida O‘zbekistonning birinchi Prezidenti

I. Karimov Janubiy Koreyaga tashrif buyurib, Prezident Kim Yon Sam bilan oliy darajadagi

uchrashuvlar o‘tkazdilar. Prezident Kim turli sohalarda ikki tomonlama hamkorlikni

kengaytirishga intilgan.

Kim De Jung (1998

2003) davrida Markaziy Osiyoga yuqori darajadagi tashriflar

amalga oshirilmadi. 1997-yil dekabrida yuz bergan valyuta inqirozi, sababli Markaziy

Osiyoga va boshqa mamlakatlarga boʻlgan tashriflari amalga oshirilmadi. Biroq

O‘zbekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimov 1999–

yil oktyabr oyida Janubiy

Koreyaga tashrif buyurib, ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik asoslarini mustahkamlashga

o‘z hissasini qo‘shgan.

No Mu Xyon ma’muriyati davrida (2003–

2008) Markaziy Osiyoga yuqori

darajadagi tashriflar qayta tiklandi, chunki 2003-yilda boshlangan neft narxining keskin

oʻsishi tufayli energiya xavfsizligiga qiziqish kuchaygan davrga toʻgʻri keldi. Prezident

No Mu Xyon 2005-

yil may oyida Oʻzbekistonga tashrif buyurdi va energetika va resurs

diplomatiyasini mustahkamlash siyosatini faol ilgari suruvchi yuqori darajadagi

muzokaralar oʻtkazdi. No Mu Xyon Oʻzbekiston davlat rahbarini

Koreyaga tashrif uchun

taklif etdi va O‘zbekistonning birinchi Prezidenti I. Karimov 2006

-yil mart oyida Janubiy

Koreyaga tashrif buyurdi. Janubiy Koreya-

Oʻzbekiston sammiti tufayli ikki tomonlama

munosabatlar strategik sheriklik darajasiga koʻtarildi.

[3] Xususan, Ro Mu Xyon

maʼmuriyati Markaziy Osiyoning beshta davlati va Janubiy Koreya vakillari ishtirokida

“Markaziy Osiyo –

Koreya Respublikasi hamkorlik forumi”ni oʻtkazishga koʻmaklashdi.

Birinchi forum 2007-yil 15-

noyabrda Seulda boʻlib oʻtdi. Savdo

-iqtisodiy va madaniy-

gumanitar hamkorlikni kengaytirish maqsadida tashkil etilgan. [4] Ayni paytda Forum

tashqi ishlar vazirlari darajasiga ko‘tarilgan va shu kungacha 15 marta o‘tkazilgan.

Hozirgi kunda Forum doirasida koʻplab ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Bu esa

“Markaziy Osiyo –

Koreya Respublikasi” hamkorlik forumini samarali o‘tkazishni qo‘llab

-

quvvatlash; yangi hamkorlik va loyihalarning istiqbolli yoʻnalishlarini izlash; Forum

davomida ochilgan loyihalarni tizimli ravishda amalga oshirish va boshqarishda yordam

berish; Forum ishtirokchi davlatlari o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini

mustahkamlash kabi vazifalarni oldiga qoʻygan holda amalga oshirilib kelinmoqda

[5].

Yaqin yillar ichida Markaziy Osiyo-Koreya formatidagi davlat rahbalari darajasidagi

an’anaviy uchrashuvlarning yo‘lga qo‘yilishi mintaqaviy darajadagi muammolarning

yechilishiga va hamkorlikning yanada yuqori darajaga chiqishiga hissa qo‘shgan

bo‘lar edi.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

04 (2024) / ISSN 2181-1415

211

Li Myon Bak (2008-2013-

yillar) maʼmuriyatining energiya va resurs diplomatiyasi

va “Yangi Osiyo Tashabbusi”ni

[6]

keng koʻlamli targʻib etishi natijasida Markaziy Osiyoga

yuqori darajadagi tashriflar tez-tez amalga oshirildi. Prezident Li Myon Bak 2009-yilning

may oyida O‘zbekiston va Qozog‘istonga tashrif buyurib, salmoqli natijalarga erishdi.
Xususan, O‘zbekistonning birinchi Prezidenti I.Karimov Janubiy Koreyaga uch marta:

2008-yil avgust, 2010-yil va 2012-yil sentyabr oylarida tashrif buyurib, ikki davlat

oʻrtasidagi iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishga harakat qildi.

Pak Kin Xe hukumati (2013

2017) Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorlikni

rivojlantirish maqsadida “Yevrosiyo Tashabbusi” ni ilgari surdi. 2014

-yilning iyun oyida u

Janubiy Koreya tarixida ilk bor Markaziy Osiyoning uchta davlati

Qozog‘iston,

O‘zbekiston va Turkmanistonga tashrif buyurdi va ushbu davlatlar rahbarlari bilan
yuqori darajadagi uchrashuvlar o‘tkazdi.

Mun Je In hukumatining “Yangi Shimoliy siyosati” (2017–

2022) Markaziy Osiyoga

nisbatan yuqori darajadagi diplomatiyani rivojlantirish omili bo‘ldi. Darhaqiqat,

Prezident Mun Je In 2019-yil aprel oyida Markaziy Osiyoning uchta davlatiga

(O‘zbekiston, Qozog‘iston va Turkmaniston) tashrif buyurdi

[3].

Yun Sok Yol hukumati (2023-hozirgi davr) davriga kelib, Markaziy Osiyoga tashrif

buyurmagan boʻlsa

-da, lekin aloqalar davom etib kelmoqda. Buni yaqqol misoli sifatida

Yun Sok Yol hukumatining Milliy xavfsizlik strategiyasida “Markaziy Osiyo bilan strategik
hamkorlikni yo‘lga qo‘yish” bobi boʻlib, unda Osiyo va Yevropa chorrahasida joylashgan

Markaziy Osiyo muhim rivojlanayotgan bozorni ifodalashi va Koreya uchun energiya va
resurslarga boy sheriklar vatani hisoblanishi qayd etilgan. Shu bilan birgalikda, Markaziy
Osiyo davlatlari rivojlanish modelini yuksak qadrlashi va iqtisodiy taraqqiyot va sanoatni

diversifikatsiya qilish yo‘lida Koreya bilan hamkorlik qilishga faol intilayotganligi ham
ta’kidlangan. Koreya Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorlikda taʼlim, turizm, sogʻliqni

saqlash, raqamli texnologiyalar va mehnat kabi barcha sohalarda har bir Markaziy Osiyo

davlatining oʻziga xos xususiyatlariga moslashtirilgan hamkorlik tarmogʻini barpo etish

bilan birga energetika va infratuzilma sohasidagi mavjud hamkorligimizni davom
ettirishi belgilab olingan [7]

. Oʻzbekistonda esa “2022 —

2026 yillarga mo‘ljallangan

Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot Strategiyasi”da pragmatik va faol tashqi siyosat olib
borishda Koreya Respublikasi bilan ham an’anaviy strategik sheriklar bilan hamkorlikni
kengaytirish belgilab qoʻyilgan

[8]

. Bundan koʻrinib turibdiki, hozirgi kunga kelib ikki

davlat oliy hujjatlarida Oʻzbekiston bilan ham Koreya Respublikasi bilan ham
hamkorlikka alohida e’tibor berilgan va bu kelgusida hamkorlikning yuqori darajaga
koʻtarilishini anglatadi.

Ikki mamlakat hamkorligining boshqa sohalariga nazar tashlaydigan boʻlsak,

quyidagi holatni kuzatishimiz mumkin. O‘zbekiston va Koreya Respublikasi so‘nggi o‘n
yilliklar davomida o‘zaro iqtisodiy munosabatlarda sezilarli o‘sish va diversifikatsiyalash
bilan ajralib turadigan jadal sur’atlarga guvoh bo‘ldi.

Janubiy Koreya va O‘zbekiston o‘rtasidagi savdo aloqalari yillar davomida sezilarli

o‘sish va rivojlanishni ko‘rsatdi. 2022

-

yilda Janubiy Koreya O‘zbekistonga 2,26 milliard

dollarlik mahsulot eksport qildi, buning asosiy eksporti avtomobillar, ehtiyot qismlar va

aksessuarlar hamda avtomobillardir. Boshqa tomondan, O‘zbekistonning Janubiy
Koreyaga eksporti 31,3 million AQSh dollarini tashkil etib, o‘tga chidamli sementlar,
qayta ishlangan qog‘oz massasi va chakana bo‘lmagan sof paxta iplari eksport qilinadigan

asosiy mahsulotlardir [9].


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

04 (2024) / ISSN 2181-1415

212

2-jadval

Manba:

tradingeconomics.com va

wits.worldbank.org veb-

sayti ma’lumotlari

asosida muallif tomonidan tuzildi

https://wits.worldbank.org/CountryProfile/en/Country/

UZB/StartYear/2017/EndYear/2021/TradeFlow/Import/Partner/KOR/Indicator/MPRT-

TRD-VL# , https://tradingeconomics.com/south-korea/exports/uzbekistan.

3-jadval

Manba:

tradingeconomics.com va

wits.worldbank.org veb-

sayti ma’lumotlari

asosida muallif tomonidan tuzildi

https://wits.worldbank.org/CountryProfile/en/Country/

UZB/StartYear/2017/EndYear/2021/TradeFlow/Import/Partner/KOR/Indicator/MPRT-

TRD-VL# , https://tradingeconomics.com/south-korea/exports/uzbekistan.

2017

2018

2019

2020

2021

2022

Koreya

18116,879

21919,709

19708,402

18161,133

22053,219

20000,32

O'zbekiston

1155100,42

1936176,83

2524586,335

1938067,507

1744954,043

2000000,17

0

500000

1000000

1500000

2000000

2500000

3000000

Koreya Respublikasining O'zbekistondan qilgan import hajmi va

O'zbekistonnning Koreya Respublikasidan qilgan import

ko'rsatkichlari (AQSh dollari)

Koreya

O'zbekiston

2017

2018

2019

2020

2021

2022

Koreya

1180445,089

2117450,961

2338438,405

1704233,516

1879454,822

2345624,18

O'zbekiston

45857,1637

33619,8897

19288,5729

30507,58094

29205,01057

28000,5259

0

500000

1000000

1500000

2000000

2500000

Koreya Respublikasining O'zbekistonga qilgan eksport va

O'zbekistonning Koreya respublikasiga qilgan eksport

ko'rsatkichlari (AQSh dollari)

Koreya

O'zbekiston


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

04 (2024) / ISSN 2181-1415

213

Ushbu ikki jadvalda Koreya

Respublikasi va Oʻzbekiston Respublikasi oʻrtasidagi

import va eksport koʻrsatkichlari haqidagi ma’lumotga koʻra, 2017

-yildan 2022-yilgacha

bo‘lgan olti yillik davrdagi tovar ayirboshlash dinamikasining to‘liq ko‘rinishimiz

mumkin. Tovar ayirboshlash dinamikasiga koʻra, Janubiy Koreyaning O‘zbekistondan

import hajmi 2017-yilda taxminan 1 155 100 AQSh dollaridan boshlab va 2019-yilda eng

yuqori cho‘qqiga yetgan holda O‘zbekistondan 2019

-yilga qadar Janubiy Koreyaga

importi sezilarli o‘sishni ko‘rsatmoqda. 2019

-yildan keyin 2020-yilda esa

1 938

067 AQSh dollarigacha sezilarli pasayishni koʻrishimiz mumkin. Import hajmining

bunday oʻzgarishi Oʻzbekistondan Janubiy Koreyaga eksport qilinadigan paxta, oltin va

minerallar kabi tovarlariga boʻlgan talabning oʻzgarishi bilan bogʻliq boʻlishi mumkin. Bunda

asosan, 2020-yilda Covid-

19 pandemiyasini butun dunyo boʻylab tarqalishi ta’sir etgan.

O‘zbekistonning Janubiy Koreyadan import koʻrsatkichlariga nazar tashlaydigan

boʻlsak, O‘zbekistonning Janubiy

Koreyadan importi 2017-yilda 18 116 879 AQSh

dollaridan boshlanib, 2021-

yilda eng yuqori ko‘rsatkich 22

053 219 AQSh dollarini

tashkil etadi, 2022-yilda esa 20 000 320 AQSh dollarigacha tushgan. Importning barqaror

oʻsishi Oʻzbekistonning Janubiy Koreya tovarlariga talab ortib borayotganini aks ettiradi,

Janubiy Koreyadan asosiy eksport qilingan texnologik mahsulotlar, avtomobil qismlari va

maishiy elektronika mahsulotlari hisoblanadi.

Eksport dinamikasini kuzatadigan boʻlsak, Janubiy Koreyaning O‘zbekistonga

eksporti 2017-yilda 1 180

445 AQSh dollarini tashkil etgan boʻlsa,

2019-yilga kelib

bu koʻrsatkich 2

338

438 AQSh dollarigacha koʻtarilgan. 2020

-yilga kelib

1 704

233 dollargacha pasayishni koʻrishimiz mumkin, bu global iqtisodiy sohaga ta’sir

etgan Covid-

19 pandemiyasining tarqalishi bilan bogʻliq. Bu O‘zbekistonda Janubiy

Koreya mahsulotlari uchun mustahkam bozor mavjudligini ko‘rsatib, mustahkam

iqtisodiy aloqalar va O‘zbekiston Janubiy Koreyadan yuqori texnologiyali mahsulotlarni

eksport qilishi bilan izohlanadi. Ikkinchi tomondan nazar tashlaydigan boʻlsak,

O‘zbekistonning Janubiy Koreyaga eksporti nisbatan kam bo‘lib, 2017

-yilda 45 857 AQSh

dollarini tashkil etgan, 2022-yilda esa 28 000 AQSh dollarigacha pasaygan. Bunday

nomutanosib ko‘rsatkichlar orqali Oʻzbekiston mahsulotlariga Janubiy Koreyada ehtiyoj

koʻp emasligini bildirishi mumkin. Lekin bu yerda bir necha muammolar mavjud boʻlib,

ulardan biri bu ikki mamlakat oʻrtasida mahsulotlarning eksport va import qilinishida

qulay toʻgʻridan

-

toʻgʻri yetkazadigan transport koridorlarining mavjud emasligidadir

[10]

. Bu esa oʻz navbatida, tovar ayirboshlashda koʻp vaqt va mablagʻ talab etiladi. Buning

yechimi yangi transport koridorlarining ochilishidir.

Janubiy Koreyaga foyda keltiradigan sezilarli savdo nomutanosibligiga qaramay,

iqtisodiy hamkorlik rivojlanib bormoqda va savdo hajmini diversifikatsiya qilish va

oshirishga harakat qilinib kelinmoqda. Masalan, O‘zbekiston tabiiy resurslarini

Koreyaning ilg‘or qayta ishlash texnologiyalari bilan bog‘lagan holda ilg‘or sanoat

tarmoqlari uchun materiallar ishlab chiqarish texnologiyalarini ishlab chiqish bo‘yicha

hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. Bunday chora

-

tadbirlar ikki davlat o‘rtasidagi savdo

aloqalarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Janubiy Koreyaning ilgʻor texnologiyalari va tajribalari asosida Oʻzbekistonda

sanoat tarmoqlarida ishlab chiqarishni yaxshilash hamda yoʻlga qoʻyishda Janubiy Koreya

bilan hamkorlikda amalga oshirib kelinayotgan loyihalarning ahamiyati kattadir. Janubiy

Koreya O‘zbekistonda energetika sohasidagi turli loyihalarda faol ishtirok etib, mamlakat

energetika infratuzilmasini yaxshilash va resurslarni rivojlantirishga e’tibor qaratdi.

Bunga quyidagi loyihalarni misol qilib keltirish mumkin.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

04 (2024) / ISSN 2181-1415

214

2006-yilda Koreya Milliy neft korporatsiyasi (Korea National Oil Corp.), Koreya gaz

korporatsiyasi (Korea Gas Corp.) va “O‘zbekneftgaz” o‘rtasida Koreya kompaniyalariga

Chust-Pop va Namangan-Terachi neft va gaz konlarida eksklyuziv qidiruv va

ekspluatatsiya huquqini beruvchi o‘zaro anglashuv memorandumi imzolangan. Koreya

Milliy neft korporatsiyasi Lukoyl, Petronas va CNPC bilan bir qatorda Orol dengizi

konlarini qidirish boʻyicha xalqaro konsorsiumning bir qismidir. 2008

-yilda Koreyaning

KOGAS gaz kompaniyasi va “O‘zbekneftgaz” umumiy smeta qiymati 1,84 milliard AQSh
dollariga teng bo‘lgan Ustyurt platosidagi Surg‘il gaz uchastkasini birgalikda qidirish va
foydalanish bo‘yicha kelishuvga erishdi

[11].

2017-

yil holatiga ko‘ra, Janubiy Koreya tomonidan O‘zbekiston iqtisodiyotiga jalb

qilingan sarmoyalarning umumiy hajmi 7 milliard dollardan oshdi. Natijada

O‘zbekistonda Janubiy Koreya kapitalidan foydalanadigan 461 ta korxona, jumladan, 386
ta qo‘shma korxona va 75 tasi 100 foiz Janubiy Koreya kapitali ishtirokidagi korxona
faoliyat ko‘rsatmoqda. 2016

-yilda Ustyurt gaz-kimyo majmuasini qurish uchun Janubiy

Koreyaning 4 milliard AQSh dollari miqdoridagi sarmoyasi yo‘naltirildi

[12].

Bundan tashqari, Koreya Havo yoʻllari (Korean Air) 2008

-yildan buyon Navoiy

aeroporti orqali yuk tashishni amalga oshirib kelmoqda. 2019-

yilda oʻzaro tovar

ayirboshlash 2018-yilga nisbatan 27 foizga, jumladan eksport 30,1 foizga oshgan.

Yaqinda O‘zbekistonda 2019

-yilda 198 ta korxona, jumladan, Koreya kapitali ishtirokida

qo‘shma korxonalar tashkil etildi va ularning umumiy soni 800 dan oshdi. Surg‘il gazni
qayta ishlash majmuasi, Farg‘ona va Buxorodagi to‘qimachilik fabrikalari, Hyundai

avtomobil ishlab chiqarish zavodi kabi yirik loyihalar. Namanganda Janubiy Koreyaning
yetakchi kompaniyalari sarmoyalari evaziga amalga oshirildi [13].

Janubiy Koreya hukumati O‘zbekiston hukumati bilan ikki tomonlama

shartnomalar imzolash orqali O‘zbekistondagi bizneslarini qo‘llab

-quvvatlaydi, buning

natijasida koreys bizneslari o‘zbek xalqi uchun koreys tovarlari va xizmatlarini ishlab
chiqarish orqali o‘z milliy brendini ilgari surishlari mumkin. Masalan, Toshkentda

2019-yilda Savdo-

iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston va Janubiy Koreya

hukumatlararo komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

[14]

. Tomonlar O‘zbekistonda

qo‘shma markazlar yaratish, tezyurar temir yo‘llarni qurish, ekologik toza vagonlar

ishlab chiqarish, turizm infratuzilmasini yaratish, aqlli shahar qurish va eksportga

yo‘naltirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish loyihalarini ishga tushirish

zarurligini muhokama qildilar.

KOICA texnik ko‘magida 2019

-

yilda sog‘liqni saqlash sohasida 13 million AQSh

dollariga teng ikkita grant loyihasi yakunlandi va Koreya kompaniyalari ishtirokida 29,6
million dollarlik oltita loyiha amalga oshirilmoqda. 2020-2022-yillarda amalga oshirish

uchun qiymati 72,2 million dollarlik yana o‘nta loyiha ishlab chiqilmoqda. Bundan

tashqari, Koreya Eksport-

import banki bilan hamkorlikda O‘zbekistonga 2 milliard

dollarlik resurslar jalb qilingan [15].

Koreya Respublikasining Oʻzbekistonga taqdim etgan rasmiy taraqqiyot yordamini

raqamlarda va aynan qaysi sohalarga yoʻnaltirilganligini koʻrishimiz mumkin. Koreya
rasmiy taraqqiyot yordami ma’lumotlariga koʻra, Taraqqiyotdagi hamkorlik boʻyicha
uchinchi oʻrta muddatli strategiyasida (2021

-2025-yillar)

*

top hamkor mamlakatlar

roʻyxati berilgan boʻlib, Oʻzbekiston ham ushbu roʻyxatdan joy olgan.

*

Korea Official Development Assistance. 3rd Mid-term Strategy for Development Cooperation (2021-2025). Country

Partnership Strategy. https://www.odakorea.go.kr/ODAPage_2022/eng/cate02/L02_S04_01.jsp.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

04 (2024) / ISSN 2181-1415

215

4-jadval

Manba:

Organisation for Economic Co-operation and Development. Development

Cooperation Profiles 2022. https://www1.compareyourcountry.org/dev-coop-profiles-
2022/en/0/4163/default/all/742?embed=noHeaderDAC.


Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining 2020-

yil statistik ma’lumotlariga

koʻra, Janubiy Koreya uchun top 10 talikka kiruvchi retsipiyent hamkor mamlakatlar
toʻgʻrisidagi aniq koʻrsatkichlari berilgan boʻlib, Oʻzbekiston oʻntalikka kiruvchi
retsipiyent hamkor sifatida namoyon boʻladi. Oʻzbekiston Janubiy Koreya bilan

hamkorlikda 2020-yilda 312,8 million AQSh dollari miqdorida yordam olib, sakkizinchi

oʻrinni egallab turibdi.

5-jadval

Manba:

Organisation for Economic Co-operation and Development. Development

Cooperation Profiles 2022 statistik ma’lumotlari asosida muallif tomonidan jadval tuzildi.

https://data.oecd.org/oda/net-oda.htm#indicator-chart.

157,072869

137,246483

112,662744

109,248005

108,618646

101,429837

91,635093

65,439732

58,455539

51,092037

0

20

40

60

80

100

120

140

160

180

Philippines

Viet Nam

Bangladesh

Myanmar

Ethiopia

Cambodia

Tanzania

Paraguay

Uzbekistan

Indonesia

Koreyaning top 10 ta retsipient hamkorlari

(2020-yil)

25,94

22,94

13,64

16,75

18,39

31,17

56,87

35,03

69,42

58,54

0

10

20

30

40

50

60

70

80

2011

2012

2013

2014

2015

2016

2017

2018

2019

2020

Koreya Respublikasining O'zbekistonga bergan rasmiy taraqqiyot

yordami miqdori (2011-2020 yillar)

(mln.AQSh dollari)


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

04 (2024) / ISSN 2181-1415

216

Bu yerda Oʻzbekistonga Koreya Respublikasi tomonidan 2011 va 2020

-yillar

oraligʻidagi rasmiy taraqqiyot uchun taqdim etilgan mablagʻlarining qiymatini koʻrish
mumkin. Koreya Respublikasi tomonidan taqdim etilgan mablagʻlar turli yillarda
oʻzgarganligini kuzatish mumkin. Masalan, 2011

- yilda 25.94 mln.AQSh dollarini tashkil

etgan boʻlsa, 2012

-yilga kelib esa bu 22.94 mln.AQSh dollarini tashkil etgan. Keyingi

yillarga nazar tashlaydigan boʻlsak, 2013

-yildan 2019-

yilgacha boʻlgan muddatda

13,64 milliondan 69,42 million AQSh dollari miqdorigacha chiqqan. Ahamiyatli jihati
shundaki, 2020-yilda Covid-19 pandemiyasi natijasida butun jahon mamlakatlarining

rasmiy taraqqiyot yordami miqdori pasaygan boʻlib, bu qatorda Janubiy Koreya ham joy

olgan. Shu sababli ham 2019-yilga nisbatan 2020-

yilga kamroq mablagʻ ajratganligini

koʻrishimiz mumkin. Ushbu mablagʻlar ijtimoiy infratuzilma va xizmatlar sohasi (ta’lim,
sogʻliqni saqlash, suv ta’minoti, hukumat va fuqarolik jamiyati va boshqa sohalarni oʻz
ichiga oladi)ga yoʻnaltiriladi. Keyingi oʻrinda turuvchi sektor iqtisodiy infratuzilma sohasi

hisoblanib, asosan transport, energetika, kommunikatsiya va moliya va biznes sohalariga

koʻproq tashqi yordam mablagʻlari beriladi

[16].

O‘zbekiston va Janubiy Koreya bugungi kunda madaniy

-gumanitar sohalardagi

hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha koʻplab ishlarni amalga oshirib kelmoqda.

1999-

yildan buyon “O‘zbekiston –

Koreya Respublikasi” do‘stlik jamiyati faoliyat

ko‘rsatmoqda. Koreya xalqining ma’naviy

-madaniy merosini asrab-avaylash va

rivojlantirish maqsadida Koreya hukumati tomonidan Toshkent shahrida Koreys

madaniyati va san’ati uyi foydalanishga topshirilgan. Toshkent va Seul, Farg‘ona va

Yongin, Namangan va Songnam, Samarqand va Geongju, Toshkent viloyati va Geongsang-

pukto provinsiyasi o‘rtasida munitsipalitet darajasida yaqin aloqalar o‘rnatilgan.

Hozirgi kunda ta’lim sohasida hamkorlik rivojlanib bormoqda. Ayniqsa, bu

Markaziy Osiyo davlatlari orasida Oʻzbekiston bilan Janubiy Koreya ta’lim sohasi boʻyicha
koʻplab loyihalarni amalga oshirib kelmoqda. Ayni paytda O‘zbekistonda koreys
madaniyatining o‘nlab markazlari faoliyat ko‘rsatmoqda. Koreys tili o‘n ikkita oliy o‘quv
yurtida hamda qirq sakkizta maktab va litseyda o‘qitilmoqda.77 O‘zbekistondan Janubiy

Koreyaga kelgan xalqaro talabalar soni 2013-yildagi 600 nafardan 2019-yilda

7400 nafarga ko‘paydi

[17]

. Janubiy Koreya ta’lim diplomatiyasining eng e’tiborli

tomonlaridan biri O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini
o‘rnatish va O‘zbekistonda Koreya universitetlarining filiallarini ochishdir. Bunga misol
qilib quyidagilarni keltirib oʻtishimiz mumkin. Oʻzbekistonda Janubiy Koreya

universitetlaridan birining ilk filialiga 2014-yilda asos solingan Toshkentdagi Inha
universiteti (IUT) hisoblanadi [18]. 2019-yil aprel oyida Prezident Mun Chje In

Toshkentdagi kampusga tashrif buyurib, O‘zbekiston va Koreya tibbiyot jamoalari

hamkorlikda teletibbiyot namoyishida ishtirok etdi [19]

. O‘zbekiston Respublikasi

Prezidentining 2018-yil 2-

iyuldagi qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta

maxsus ta’lim vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirliklari tashabbusi bilan yana bir oliy
o‘quv yurti –

Toshkent shahridagi Pyuchon universiteti tashkil etildi. Yana bir misol,

Toshkentdagi Yodju texnika institutidir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat

Mirziyoyevning 2017-yil 22-24-noyabr kunlari Koreya Respublikasiga davlat tashrifiga

bag‘ishlangan Koreya

-

O‘zbekiston biznes forumi doirasida Toshkent shahrida Yodju

texnika institutini tashkil etish to‘g‘risida Memorandum imzolandi

[20]. Toshkent

shahridagi Adju universiteti O‘zbekistonning ijtimoiy

-iqtisodiy rivojlanishiga

ko‘maklashish maqsadida Adju universiteti akademik o‘quv dasturi rahbariyati,


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

04 (2024) / ISSN 2181-1415

217

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rtasidagi kelishuv asosida
Adju universiteti O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018

-yil 30-noyabrdagi

qaroriga asosan tashkil etilgan [21]. Universitetlar xalqarolashtirish faoliyati, chet ellik
talabalarni jalb qilish, talabalar va olimlarning transchegaraviy harakatchanligi orqali
xorijiy jamoatchilikka yetib borishi bilan xalq diplomatiyasining mukammal vositasi

bo‘lishi mumkin.

XULOSA

Xulosa qilib aytgan, Oʻzbekiston va Janubiy Koreya oʻrtasidagi munosabatlar oʻzaro

doʻstlik, hurmat prinsiplariga asoslangan. Buni biz siyosiy, iqtisodiy, madaniy sohalardagi
hamkorlik natijalari orqali koʻrib chiqdik. Hozirgi munosabatlari ijobiy koʻrsatkichda
boʻlsa

-da, lekin munosabatlarni yanada yuqori bosqichga olib chiqish uchun bir nechta

muammolar mavjud. Ulardan biri sifatida savdo-sotiq aloqalrini kuchaytirish kiradi.
Buning yechimi transport-

logistika yoʻlaklarining Koreya va Oʻzbekiston bilan

bogʻlanishidir. Oʻz navbatida Janubiy Koreya Shimoliy Koreya bilan hamkorlikda ushbu
transport koridorlarini yoʻlga qoʻysa boʻladi. Lekin Koreya yarim yarim orolida uzoq
yillardan buyon davom etayotgan xavfsizlik bilan bogʻliq muammo mavjuddir. Ikkinchi
tomondan esa Oʻzbekiston dengizga chiqish yoʻlini topishi va shu orqali nafaqat Koreya

bilan balki boshqa mamlakatlar bilan savdo aloqalarini kuchaytirishi mumkin. Lekin bu

yerda ham mintaqa xavfsizligiga oid Afgʻoniston muammosi mavjud hisoblanadi. Koʻrinib

turibdiki, iqtisodiy, savdo munosabatlarini rivojlantirish uchun transport-logistika

koridorlarini ochish talab etiladi va bu oʻz navbatida ikki mamlakat uchun mintaqa
xavfsizligi muammosining hal etilishiga borib taqaladi. Xavfsizlikni ta’minlash yoʻlida
Oʻzbekiston ham Koreya ham oʻzaro hamkorlikni yoʻlga qoʻysa, bu borada tajriba
almashsa va turli loyihalarni yoʻlga qoʻysa maqsadga muvofiq boʻladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

“O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi,” [Onlayn].

Available:

https://mfa.uz/uz/pages/with-asia-pacific.

2.

“Ministry of Foreign Affairs Republic of Korea,” [Onlayn].

Available:

https://www.mofa.go.kr/eng/wpge/m_21618/contents.do.

3.

К. Д. Нам, “30 лет дипломатических отношений на высшем уровне между

Республикой Корея и Центральной Азией: оценка и задачи,” 29 07 2022. [Onlayn].

Available:

https://www.kf.or.kr/korcenRus/na/ntt/selectNttInfo.do?nttSn=112129&bbsId=1336.

4.

“O‘zbekiston delegatsiyasi «Markaziy Osiyo –

Koreya

Respublikasi»

15-

hamkorlik forumida ishtirok etdi,” 25 10 2022. [Onlayn].

Available:

https://yuz.uz/uz/news/ozbekiston-delegatsiyasi-markaziy-osiyo--koreya-respublikasi-
15-hamkorlik-forumida-ishtirok-etdi.

5.

“Секретариат Форума сотрудничества «Центральная Азия –

Республика Корея»,”

[Onlayn]. Available: https://www.kf.or.kr/korcenRus/cm/cntnts/cntntsView2.do?mi=1925.

6.

Y. J. Choi, “SOUTH KOREA'S REGIONAL STRATEGY AND MIDDLE POWER

ACTIVISM,” The Journal of East Asian Affairs, %1

-tom23, %1-son1, pp. 47-67,

Spring/Summer 2009.

7.

Y. S. Yeol, The Yoon Suk Yeol Administration’sNational Security Strategy: Global

Pivotal State for Freedom, Peace, and Prosperity, 2023.

8.

SH. Mirziyoyev, 2022

2026 YILLARGA MO‘LJALLANGAN YANGI

O‘ZBEKISTONNING TARAQQIYOT STRATEGIYASI, 2022.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

04 (2024) / ISSN 2181-1415

218

9.

Uzbekistan/South Korea.

10.

R. Mirzokhid, “Uzbekistan and South Korea relations in the contests of

transregional and global perspectives,” Journal of Eurasian Studies, %1

-tom13, %1-son2,

pp. 200-211, 2022.

11.

S. Peyrouse, “SOUTH KOREA’S ADVANCES INTO CENTRAL ASIA,” CACI Analyst,

01 09 2010.

12.

NATALYA STEANE, EUNJU HWANG, SALVATORE COLUCCELLO, “South Korea’s

Public Diplomacy Actors in Uzbekistan,” European Journal of Korean Studies, %1

-tom22,

%1-son1, pp. 95-124, 2022.

13.

K.-

s. Lee, “Korea, Uzbekistan Upgrade Bilateral Relations to a Special Strategic

Partnership”, 2019.

14.

“Meeting of Uzbekistan–South Korea Intergov ernmental Commission,”, 2019.

15.

“Prospects for Economic Cooperation with Japan, the Republic of Korea and the

UAE discussed”, 2020.

16.

Xamrakulova.

G.

Z.,

“KOREYA

RESPUBLIKASINING

OʻZBEKISTON

RESPUBLIKASI BILAN XALQARO TARAQQIYOTDAGI HAMKORLIGI,” INTERNATIONAL

SCIENTIFIC FORUM, pp. 865-867, 13 01 2023.

17.

Uzbek, South Korean Presidents open House of Korean Culture and Art in

Tashkent, 2019.

18.

Inha University in Tashkent (IUT).

19.

President Moon lauds e-health cooperation with Uzbekistan, 2019.

20.

Toshkent shahridagi Yеodju texnika instituti.

21.

Toshkent shahridagi Yеodju texnika instituti.

Библиографические ссылки

“O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi,” [Onlayn]. Available: https://mfa.uz/uz/pages/with-asia-pacific.

“Ministry of Foreign Affairs Republic of Korea,” [Onlayn]. Available: https://www.mofa.go.kr/eng/wpge/m_21618/contents.do.

К. Д. Нам, “30 лет дипломатических отношений на высшем уровне между Республикой Корея и Центральной Азией: оценка и задачи,” 29 07 2022. [Onlayn]. Available: https://www.kf.or.kr/korcenRus/na/ntt/selectNttInfo.do?nttSn=112129&bbsId=1336.

“O‘zbekiston delegatsiyasi «Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi» 15-hamkorlik forumida ishtirok etdi,” 25 10 2022. [Onlayn]. Available: https://yuz.uz/uz/news/ozbekiston-delegatsiyasi-markaziy-osiyo--koreya-respublikasi-15-hamkorlik-forumida-ishtirok-etdi.

“Секретариат Форума сотрудничества «Центральная Азия – Республика Корея»,” [Onlayn]. Available: https://www.kf.or.kr/korcenRus/cm/cntnts/cntntsView2.do?mi=1925.

Y. J. Choi, “SOUTH KOREA'S REGIONAL STRATEGY AND MIDDLE POWER ACTIVISM,” The Journal of East Asian Affairs, %1-tom23, %1-son1, pp. 47-67, Spring/Summer 2009.

Y. S. Yeol, The Yoon Suk Yeol Administration’sNational Security Strategy: Global Pivotal State for Freedom, Peace, and Prosperity, 2023.

SH. Mirziyoyev, 2022 — 2026 YILLARGA MO‘LJALLANGAN YANGI O‘ZBEKISTONNING TARAQQIYOT STRATEGIYASI, 2022.

Uzbekistan/South Korea.

R. Mirzokhid, “Uzbekistan and South Korea relations in the contests of transregional and global perspectives,” Journal of Eurasian Studies, %1-tom13, %1-son2, pp. 200-211, 2022.

S. Peyrouse, “SOUTH KOREA’S ADVANCES INTO CENTRAL ASIA,” CACI Analyst, 01 09 2010.

NATALYA STEANE, EUNJU HWANG, SALVATORE COLUCCELLO, “South Korea’s Public Diplomacy Actors in Uzbekistan,” European Journal of Korean Studies, %1-tom22, %1-son1, pp. 95-124, 2022.

K.-s. Lee, “Korea, Uzbekistan Upgrade Bilateral Relations to a Special Strategic Partnership”, 2019.

“Meeting of Uzbekistan–South Korea Intergov ernmental Commission,”, 2019.

“Prospects for Economic Cooperation with Japan, the Republic of Korea and the UAE discussed”, 2020.

Xamrakulova. G. Z., “KOREYA RESPUBLIKASINING OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI BILAN XALQARO TARAQQIYOTDAGI HAMKORLIGI,” INTERNATIONAL SCIENTIFIC FORUM, pp. 865-867, 13 01 2023.

Uzbek, South Korean Presidents open House of Korean Culture and Art in Tashkent, 2019.

Inha University in Tashkent (IUT).

President Moon lauds e-health cooperation with Uzbekistan, 2019.

Toshkent shahridagi Yеodju texnika instituti.

Toshkent shahridagi Adju Universiteti tarixi.