Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Subjects of parliamentary control
Niyozjon SULTANOVA
Karakalpak State University
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received March 2024
Received in revised form
15 April 2024
Accepted 25 April 2023
Available online
25 May 2024
This article provides information about the subjects of
parliamentary control, their obligations, as well as the
obligations of the officials of the state bodies when the subjects
of parliamentary control perform parliamentary control.
2181-
1415/©
2023 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-iss4/S-pp274-277
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
Parliamentary control,
special commission,
subjects of parliamentary
control,
objects of parliamentary
control,
results of parliamentary
control.
Parlament nazorati subyektlari
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
Parlament nazorati,
maxsus komissiya,
parlament nazorati
subyektlari,
parlament nazorati
obyektlari,
parlament nazorati
natijalari.
Ushbu maqolada parlament nazorati subyektlari, ularning
majburiyatlari, shuningdek parlament nazorati subyektlari
parlament nazoratini amalga oshirayotganda davlat organlari
mansabdor shaxslarining majburiyatlari xususida ma’lumot
berilgan.
Субъекты парламентского контроля
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
Парламентский контроль,
специальная комиссия,
субъекты парламентского
контроля,
В данной статье представлена информация о субъектах
парламентского контроля, их обязанностях, а также
обязанностях должностных лиц государственных органов
при осуществлении субъектами парламентского контроля.
1
Master’s degree student, Faculty of Law, Karakalpak State University
.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
04 (2024) / ISSN 2181-1415
275
объекты парламентского
контроля,
результаты
парламентского контроля.
Mamlakatimizda olib borilayotgan keng qamrovli islohotlar jarayonida
parlamentning, xususan parlament nazoratining davlat va jamiyat hayotidagi
o‘
rni va
ahamiyati juda muhim. Shu boisdan, xorijiy tajriba va xalqaro standartlar asosida
parlament nazoratining tashkiliy-huquqiy asoslari yanada takomillashtirib borilmoqda.
Konstitutsiyamizning 103-moddasiga muvofiq, mamlakatning xavfsizligi, barqaror
rivojlanishi asoslariga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan, inson huquqlari va
erkinliklariga, jamiyat va davlat manfaatlariga tahdid soladigan faktlar va voqealarni
o‘rganish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va
Senatining qo‘shma qarori bilan parlament tekshiruvi o‘tkazilishi mumkin ekanligi
belgilangan bo‘lib, parlament tekshiruvini o‘tkazish uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a’zolari orasidan tenglik asosida maxsus
komissiya tuzilib, u o‘z faoliyatini qonunga muvofiq amalga oshirishi qayd etilgan.
Maxsus komissiya parlament tekshiruvini o‘tkazishda quyidagilarga haqli:
–
davlat
organlarining,
xo‘jalik
boshqaruvi
organlarining
vakillarini,
mutaxassislarni, ekspertlarni va olimlarni komissiya ishiga jalb etishga;
–
davlat organlaridan, xo‘jalik boshqaruvi organlaridan, boshqa tashkilotlardan,
shuningdek fuqarolardan zarur ma’lumotlarni so‘rab olishga;
–
davlat organlarining, xo‘jalik boshqaruvi organlarining, boshqa tashkilotlarning
mansabdor shaxslarini, shuningdek fuqarolarni tushuntirishlar berish uchun taklif qilishga.
Maxsus komissiya Qonunchilik palatasi va Senatning qo‘shma qaroriga muvofiq
boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin. Maxsus komissiya bajarilgan ishlar
to‘g‘risida Qonunchilik palatasi va Senat tomonidan belgilangan muddatda ularni
xabardor qiladi.
Parlament nazorati subyektlari quyidagilardan iborat:
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qonunchilik palatasi :
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati;
Qonunchilik palatasining, Senatning qo‘mitalari, komissiyalari;
Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalari ;
Qonunchilik palatasi deputatlari;
Senat a’zolari;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili
(ombudsman).
Davlat organlarining hamda ular mansabdor shaxslarining O‘zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasi
va qonunlarini, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
palatalarining va ular organlarining qarorlarini, davlat dasturlarini ijro etish, shuningdek
o‘z zimmalariga yuklatilgan vazifalar hamda funksiyalarni amalga oshirish bo‘yicha
faoliyati parlament nazorati obyektidir.
“Parlament nazorati to‘g‘risida”gi qonunga ko‘
ra, tezkor-qidiruv faoliyatini amalga
oshiruvchi organlarning, surishtiruv va tergov organlarining, sudlarning ish yurituvidagi
muayyan ishlar va materiallarni, shuningdek ijro ishi yuritish hamda notarial ish
yuritishning muayyan materiallarini ko‘rib chiqish bilan bog‘liq faoliyat parlament
nazoratining obyekti bo‘lishi mumkin emas.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
04 (2024) / ISSN 2181-1415
276
“Parlament nazorati to‘g‘risida”gi Qonunning 23
-moddasiga muvofiq parlament
nazoratini amalga oshirishda parlament nazorati subyektlari:
–
davlat organlarini hamda ularning mansabdor shaxslarini parlament nazoratini
o‘tkazish bilan bog‘liq zarur hujjatlar bilan tanishtirishi;
–
davlat organlarining, boshqa tashkilotlarning va ular mansabdor shaxslarining
o‘z vakolatlari doirasida amalga oshirayotgan faoliyatiga aralashmasligi;
–
davlat organlarining, boshqa tashkilotlarning faoliyat ko‘rsatishi uchun
to‘siqlarni yuzaga keltirmasligi;
–
davlat sirlarini yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi
ma’lumotlarni himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga rioya etishi shart.
shuningdek, parlament nazorati subyektlarining zimmasida qonunga muvofiq boshqa
majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
Parlament nazorati subyektlari parlament nazoratini amalga oshirayotganda
davlat organlarining mansabdor shaxslari:
–
parlament nazorati amalga oshirilishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratishi;
–
parlament nazorati subyektlarining qonuniy talablarini bajarishi, shuningdek
ularning faoliyatiga to‘sqinlik qilmasligi;
–
parlament nazorati subyektlariga parlament nazoratini amalga oshirish uchun
zarur bo‘lgan hujjatlar va ma’lumotlarni taqdim etishi, shuningdek ularning ishonchliligi
va xolisligini ta’minlashi shart.
Davlat organlarining mansabdor shaxslari parlament nazorati subyektlarining
parlament nazorati natijalari bo‘yicha qabul qilingan qarorlarini ko‘rib chiqishi va ko‘rib
chiqish natijalari hamda ko‘rilgan chora
-
tadbirlar to‘g‘risida ularni belgilangan muddatda
xabardor qilishi shart. Davlat organlari mansabdor shaxslarining zimmasida qonunga
muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisidagi vakolatli vakili parlament nazorati subyektlariga Vazirlar Mahkamasining
ko‘maklashishini ta’minlaydi, xususan:
–
Davlat budjeti loyihasining Oliy Majlis palatalari ko‘rib chiqishi uchun taqdim
etilishini ta’minlaydi;
–
Davlat budjetining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotning Qonunchilik palatasiga taqdim
etilishini ta’minlaydi;
–
Vazirlar Mahkamasining o‘tgan yilgi ijtimoiy
-iqtisodiy rivojlanish yakunlari va
navbatdagi yil uchun nazarda tutilgan asosiy ustuvorliklar to‘g‘risidagi har yilgi ma’ruzasi
Qonunchilik palatasiga taqdim etilishini ta’minlaydi;
–
zarur bo‘lganda Bosh vazirning mamlakatni ijtimoiy
-iqtisodiy jihatdan
rivojlantirishning dolzarb masalalari yuzasidan hisobotlarini Qonunchilik palatasi
tomonidan eshitishni tashkil etish choralarini ko‘radi;
–
Vazirlar Mahkamasi a’zolarining o‘z faoliyati masalalari yuzasidan hisobotlarini
eshitishni tashkil etish choralarini ko‘radi;
–
Vazirlar Mahkamasining a’zolariga, respublika ijro etuvchi hokimiyat
organlarining, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining mansabdor shaxslariga
yuborilgan parlament so‘roviga, shuningdek Qonunchilik palatasi deputatining yoki Senat
a’zosining so‘roviga o‘z vaqtida javob yuborilishini ta’minlashga ko‘maklashadi;
–
O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining, Oliy Majlis palatalari qarorlarining ijro
etilishi holatini, huquqning qo‘llanilish amaliyotini Oliy Majlis palatalarining qo‘mitalari
tomonidan o‘rganish uchun zarur shart
-
sharoitlar yaratish bo‘yicha choralar ko‘radi,
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
04 (2024) / ISSN 2181-1415
277
shuningdek respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining, mahalliy ijro etuvchi
hokimiyat organlarining, mazkur yo‘nalishdagi boshqa tashkilotlarning ishini
muvofiqlashtirib boradi;
–
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat
organlari, boshqa tashkilotlar rahbarlarining ular tomonidan O‘zbekiston Respublikasi
qonunlariga rioya etilishi, Oliy Majlis palatalarining, ular kengashlarining qarorlari,
qo‘mitalari va komissiyalarining qarorlari bajarilishi to‘g‘risidagi axborotini eshitishda
ishtirok etadi.
Ta’kidlash joizki, davlat boshqaruvida keng vakolatga ega bo‘
lgan parlament
b
o‘
lsagina mamlakatda t
o‘
laqonli demokratiya b
o‘
ladi. Bunda parlament xalq
manfaatlaridan kelib chiqqan holda, qonunlarning ijro hokimiyati organlari tomonidan
t
o‘
liq bajarilishini nazorat qilib borishi mamlakat taraqqiyotida muhim omildir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
RO‘YXATI
:
1.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. “O‘zbekiston”. Toshkent
-2023
2.
“Parlament nazorati to‘g‘risida”gi O‘
zbekiston Respublikasining Qonuni.
O‘
RQ-403-son. 11.04.2016
3.
Insonhuquqlari.uz
