Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Educational process in upbringing patriotic and military-
patriotic feelings among young people
Golib KORAKULOV
University of Public Security of the Republic of Uzbekistan
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received May 2024
Received in revised form
15 June 2024
Accepted 25 June 2024
Available online
15 July 2024
The article deeply and clearly outlines the stages and
directions of military-patriotic education of youth in the process
of globalization, as well as the education of patriotism as an
honorable and sacred duty, expressing a person’s love for his
Motherland and the desire to preserve it. In the minds of our
youth, the importance of strengthening the sense of patriotism,
studying the heritage of our ancestors, and obtaining education
and upbringing is emphasized.
2181-
1415/©
2024 in Science LLC.
DOI:
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-iss6/S-pp17-21
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
Homeland,
patriotism,
military-patriotism,
duty,
loyalty,
spirituality,
morality,
upbringing,
self-sacrifice,
perseverance,
pride,
oriyat,
Majesty,
heroism,
spiritual and moral heritage.
Yoshlarda vatanparvarlik va harbiy-vatanparvarlik
tuyg‘usini yuksalitirishda ta’lim
-tarbiya jarayoni
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
Vatan,
vatanparvarlik,
harbiy-vatanparvarlik,
burch,
sadoqat,
ma’naviyat,
axloq,
Maqolada globallashuv jarayonida yoshlarga vatanparvarlik
insonning o‘z Vataniga muhabbatini, uni asrab
-avaylashga
bo‘lgan ishtiyoqni anglatuvchi sharafli va muqaddas burch
ekanini chuqur singdirish, “Yoshlarning harbiy
-vatanparvarlik
tuyg‘usini yuksaltirish konsepsiyasi”da harbiy
-vatanparvarlik-
ning bosqichlari va yo‘nalishlari aniq va ravshan bayon etilgan.
1
Serviceman, University of Public Security of the Republic of Uzbekistan.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
06 (2024) / ISSN 2181-1415
18
tarbiya, fidoyilik,
matonat,
g‘urur,
oriyat,
ma’sulyat,
qahramonlik,
ma’naviy
-axloqiy meros.
Yoshlarimiz ongida vatan
parvarlik tuyg‘usini mustahkamlash, ajdodlar merosini
o‘rganish, ta’lim
-
tarbiya olish to‘g‘risida fikr yoritiladi.
Воспитательно
-
образовательный процесс в воспитании
патриотического и военно
-
патриотического чувства
у молодежи
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
Родина,
патриотизм,
военно
-
патриотизм,
долг,
верность,
духовность,
нравственность,
воспитание,
самоотверженность,
стойкость,
гордость, верность,
ответственность,
героизм,
духовно
-
нравственное
наследие.
В статье глубоко и наглядно излагаются этапы и
направления
военно
-
патриотического
воспитания
молодежи в процессе глобализации, а также воспитание
патриотизма как почетного и священного долга,
выражающего любовь человека к своей Родине и
стремление к её сохранению. В сознании нашей молодежи
подчеркивается
важность
укрепления
чувства
патриотизма, изучения наследия предков, получения
образования и воспитания.
Bugungi kunda globalaxborat makonidagi qarama-qarshilik, inson, ayniqsa yosh
avlodning ongi va qalbi uchun kurashning kuchayishi sharoitida harbiy-vatanparvarlik
tarbiyasining roli va ahamiyati ortib bormoqda. O
‘
z farzandlarida yuksak vatanparvarlik
ruhini kamol toptira olmagan davlat qanday qudratli qurolga ega bo
‘
lmasin, mudofaa
qobiliyatini mustahkamlay olmaydi.
Shavkat MIRZIYOYEV
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti,
Qurolli Kuchlar Oliy
Bosh Qo‘mondoni
Vatan
–
kishining tug‘ilib o‘sgan o‘lkasi, shahri yoki qishlog‘i, yurt, diyor yoxud
kishi tug‘ilib o‘sgan va o‘zini uning fuqarosi hisoblagan mamlakat, ona yurt, Vatan
–
ona
kabi yagona, muqaddas. Vatanimiz taqdiri yoshlarga ishonib topshirilar ekan, avvalo ular
zimmalariga yuklatilayotgan murakkab va mas’uliyatli vazifani butun mohiyati ila chuqur
anglashlari, unga o‘zlarini hissalarini qo‘shishlari lozim.
Yoshlar
zamon talablari darajasida ta’lim
-
tarbiya olishi, vatanparvar bo‘lishi,
shu aziz Vatanga daxldorlik hissini kuchaytirishi, salomatligini mustahkamlashi lozim.
O‘z kuchi, bilim va salohiyatini yuqori, dunyoqarashi keng, mustaqil fikirlaydigan avlodni
voyaga yetkazish va tarbiyalash davlatimiz siyosatining ustivor yo‘nalishlaridandir.
Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash dastlab oila o‘chog‘ida boshlanadi, so‘ng
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
06 (2024) / ISSN 2181-1415
19
bog‘cha, maktab kabi ta’lim bosqichlarida davom ettiriladi. Aynan oilada bola
vatanparvarlikning balandparvoz chaqiriq emasligini, uni tuyish ma’lum ma’naviy
tayyorgarlikdan so‘nggina mumkin bo‘lishini, Vatanni “
pul
”
yoki biror manfaat manbai
tarzida ko‘rmaslik kerakligini o‘rganadi. Aks holda ta’limning turli bosqichlarida
berilayotgan bilim o‘quvchini nafs girdobiga tushub qolishdan, ma’naviy qadriyatlarni
suiiste’mol qilishdan asray olmaydi. Adabiyotni ta’limning turli tizimlarida o‘qitish
metodikasini modernizatsiyalash, milliy pedagogikamizning bor imkoniyatlarini
vatanparvarlikka yo‘naltirish zarur.
Hozirgi kunda yoshlarimizda vatanparvarlik tuyg‘usini yuksaltirish nihoyatda
serqirra, murakkab va mas’ulyatli vazifalardan biridir. Shu bilan birga, Vatanni sevish,
vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirish va rivojlantirishda har bir o‘zbek xalqining
qalbida, xoh u yosh bo‘lsin, hoh o‘rta yosh yoki keksa, ma’naviy merosimizga nisbatan
yuksak hurmat tuyg‘ularini uyg‘ota olish masalasi har birimizning oldimizda turgan
asosiy vazifalardan biri hosoblanadi.
Ushbu vazifalar yechimini topish uchun quydagi taklif va tavsiyalar berish
maqsadga muvofiq:
birinchidan
, yoshlarimiz qalbida ma’naviy merosimiz va tariximizga bo‘lgan
hurmat tuyg‘usini kuchaytirish;
ikkinchdan,
viloyat-tuman sektorlariga yoshlarni keng jalb etgan holda Ikkinchi
jahon urushi va frontorti qatnashchilari tomonidan harbiy an’analarni o‘rganishga oid
turli xil tadbirlar, keksa avlod vakillari bilan uchrashuvlarni muntazam o‘tkazib borish;
uchinchidan,
maktab, akademik litsey va kollej o‘quvchilari ongida ma’naviy
merosimiz va buyuk sarkardalarimizga bo‘lgan ehtiromni shakllantirishga bag‘ishlangan
turli ko‘rinishdagi badiiy ijodiy kechalar tashkil etish;
to‘rtinchidan,
oliy ta’lim yurti talabalari ongida ma’naviy merosimiz Amir Temur,
Alisher Navoiy, Zahriddin Muhammad Bobur va boshqa buyuk ajdodlarimizning boy
me’rosini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishni orttirish maqsadida dars mashg‘ulotlari joriy
etish va ularni samaradorligini yanada oshirish;
beshinchidan,
globallashuv jarayonida OAVda, ayniqsa, televidiniye va internet
tarmoqlarida ma’naviy merosimiz va tariximizga nisbatan bo‘lgan ma’naviy tahdid va
axborot xurujlarining sabablari hamda omillarini o‘rganisha doir turli xildagi
ko‘rsatuvlar, videoroliklar va maqolalar ko‘rik tanlovlarini e’lon qilish;
oltinchidan,
Vatan tarixini bilish va u bilan faxrlanish barcha vatandoshlarni
qadrlash va ular bilan birga Vatan manfaatlari yo‘lida birlashishda ijobiy natijalarga
erishishga xizmat qiladi.
Mana shu yurt-seniki!
Yangi O‘zbekistonni sen yaratasan!
Uning zarra to‘prog‘iga ko‘z olaytirganlar,
bilki, senga do‘st emas!
sening bobolaring dunyolarga dars bergan,
tomirlaringda esa ularning qoni borligini unutma!
Ajdodlaring muqaddas bilgan mana shu
tuproqni aziz tut va bir umr himoya qil!
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
06 (2024) / ISSN 2181-1415
20
O‘zingni, o‘zligingni, o‘zbekligingni aslo unitma.
O‘tmishga nazar solasak, Vatan dardi bilan yongan ajdodlarimiz (Shiroq, To‘maris,
Spitamen, Muqanna, Najmiddin Kubro, Amir Temir, Jaloliddin Manguberdi) kabi
bobokalonlarimizning harbiy vatanparvarlik hissi axloqiy ideal sifatida ulug‘lanishiga
guvoh bo‘lamim. Ularning vatanparvarlik fazilatlari bilan bog‘liq axloqiy qarashlari va
hayotiy faoliyatlari aks etgan manbalarni chuqurroq tahlil qilish yoshlarda harbiy
vatanparvarlikni yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.
Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda o‘zbek ma’rifatparvarlarining o‘rni
beqiyosdir Abdulla Avloniy, Cho‘lpon, Abdurauf Fitrat, Abdulla Qodiriy, Mahmidxo‘ja
Behbudiy va boshqa jadidchlarimiz vatan ozodligi yo‘lida jonlarini fido qilishgan.
Ma’rufatparvar bobolarimiz biz yoshlarga qanchadan
-
qancha vatanparvarlik, ta’lim
-
tarbiyaga oid keng ma’noli hozirgi kunning dalzarb masalalarini yozib qoldirishgan.
Masalan, Abdulla Avloniyning “Tarbiya biz uchun yo hayot, yo mamot, yo najot, yo
halokat, yo saodat, yo falokat masalasidir”, degan chuqur ma’noli so‘zlarini biz yoshlar
har doim yodimizda saqlashimiz kerak. Bu so‘zlari o‘tgan asr boshida millatimiz uchun
qanchalik muhim va dolzarb bo‘lgan bo‘lsa, hozirgi vaqtda ham biz uchun shunchalik,
balki undan ham ko‘ra muhim va muhim ahamiyat kasb etadi.
Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash
–
bu millati, tili va
kasbidan qat’i nazar, yoshlarda Vatanga sadoqat tuyg‘usini shakllantirish ularni o‘z
fuqarolik burchi va konstitutsion majburiyatlarini bajarishga, jamiyat va davlat
manfatlarini himoya qilishga qodir organlar, jamoat birlashmalari va boshqa
tashkilotlarning ko‘p bosqichli, tizimli, maqsadli va muvofiqlashtirilgan faoliyatidir.
Yoshlarni mlliy g‘oya ruhida tarbiyalashda harbiy vatanparvarlikning o‘rni va
ahamiyatini ijtimoiy-falsafiy jihatdan tahlil qilishda harbiy vatanparvarlik tarbiyasi
nafaqat mavkuraviy asoslarga, balki ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, axloqiy asoslarga ham
bog‘liq ekanligiga e’tibor berish zarur. Bu borada harbiy vatanparvarlikning ilmiy
-nazariy
asoslarini o‘rganish bilan bog‘liq ma’rifiy ishlar ko‘lamini kengaytirish maqsadga
muvofiq. Bunday tadbirlar kursant va bulajak ofitserlarni haqiqiy vatanparvar qilib
tayyorlashda muhim o‘rin tutadi. Bugungi kunda yosh avlodning Vatan va uning kelajagi
haqida o‘y
-
fikrlar, vatanparvarlik tuyg‘usini his qilishi, avvalo;
–
shaxsiy manfaatlarini Vatan manfaatlari bilan bog‘lashda;
–
miliy g‘urur va milliy iftixor tuyg‘usini mustahkamlashda;
–
Vatan ravnaqi yo‘lida fidoyilik ko‘rsatishda;
–
yurt tinchligini asrash, himoya qilish uchun kurashda yaqqol namoyon bo‘ladi.
Harbiy vatanparvarlik o‘zi nima degan savol tug‘iladi: insonning o‘z mamlakatidan
faxrlanish tuyg‘usini uning taqdiriga daxldorlik hissini mustaqil Vatanini himoya qilish
hamda xavfsizligi uchun fuqarolik burchi va ma’suliyatini anglab yetishidir. Harbiy
qomusiy lug‘atda vatanparvarlikning mazmuni “
yurtga sodiqlik, Vatanga muhabbat,
el manfaatlariga xizmat va mamlakatni dushmandan himoya qilish
”
, deb talqin etiladi.
Umuman olganda, harbiy vatanparvarlikning mazmun-
mohiyati shu ta’rifda mujassam
bo‘lganga o‘xshaydi .Yoshlarda Vatanga daxldorlik hissini kuchaytirish, Vatanni sevish va
asrash tuyg‘ularini shakllantirish axloqiy ehtiyojga aylandi. Bugungi kunda bu davlat
siyosati markazida turadi. Bu ehtiyojni esa ma’naviy
-axloqiy meros vositasida qondirish
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
06 (2024) / ISSN 2181-1415
21
samarali natija berishi yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Prezdentimiz Sh.M.Mirziyoyev ta’biri
bilan aytganda, vatanparvarlik xalqimizning azaliy qadriyatlaridan hisoblanadi. U mehr-
oqibat, Vatan taqdiri uchun qayg‘urish, tashvish va falokatlarga hamdardlik kabi axloqiy
fazilatlar sirasiga kiradi. Ayniqsa harbiy vatanparvarlik umumxalq, umummilliy
vatanparvarlikning alohida turi va ajralmas bo‘g‘inidir. Harbiy vatanparvarlik g‘oyalarini
yoshlar qalbiga singdirish O‘zbekiston Respublikasining davlat siyosatida yana ham
muhim ahamiyat kasb etadi.
Harbiy vatanparvarlik tarbiyasining asosiy maqsadi quyidagilar hisobladadi:
–
Vatan taqdiri uchun shaxsiy mas’uliyat tuyg‘usini yuksak siyosiy ong va sezgirlik,
ularga zarur bo‘lgan axloqiy
-jangovor sifatlarni, mardlik, birdamlik, intizomlilikni
shakllantirish.
–
Qurolli Kuchlarning shavkatli jangovar an’analari va hozirgi kunda bajarayotgan
vazifalarini targ‘ib qilish.
Hozirgi davrda harbiy vatanparvarlikning asosini
–
yurt tinchligi belgilab beradi.
Bugungi tahlikali zamonda Qurolli Kuchlarimiz qudratini oshirish, milliy armiyamizni
modernizatsiya qilish jarayonlarini yanada chuqurlashtirish, mamlakatimizning mudofaa
qobiliyatini mustahkamlash Vatanimiz sarhadlari daxlsizligini ko‘z qorachig‘iday asrash
ushbu metodologiyaning asosiy sharti va kafolati hisoblanadi. Bu shartning axloqiy
mohiyati quyidagi jihatlarni taqozo etadi:
1. Harbiy xizmatchilarning axloqiy ongi
. Bu
–
xizmat jamoalarining manfaatlariga
mos keluvchi axloqiy tushuncha, g‘oya, qarash, ishonch, tuyg‘u kabi hissiyotlar tizimidan
iborat bo‘lib, ularning jamiyatdagi, kundalik turmush, xizmat faoliyatidagi xatti
-
harakatlarlarida namoyon bo‘ladi. Bu Vatanga bo‘lgan muhabbat, burch va sadoqat,
jamiyat oldida mas’uliyat, milliy g‘urur va iftixor hissiyotlaridir.
2. Harbiy xizmatchilar axloqi. Bu
–
vatanparvarlik, mardlik, eng zamonaviy jang
qurollari va vositalarini bilish, ularni har qanday sharoitda qo‘llay olish, jangovar
o‘rtoqlik qoidalariga sodiq bo‘lib, jang maydonlarini tashlab
ketmaslik, harbiy
qasamyodga sodiq qolib, harbiy burchni hayotining so‘ngi daqiqalariga qadar bajarish
kabi xususiyat bilan ajralib turadi.
Xulosa qilib aytganda hozirgi davrda yoshlarni vatanparvar qilib tarbiyalashda
oila, mahalla, nuroniylarning o‘rni juda katta.Yoshlarga yoshligidan Vatan, vatanparvarlik
tuyg‘ularini chuqur singdirsak, kelajakda O‘zbekiston manfaati uchun jonini berishga
tayyor yoshlar safi minglab, millionlab ko‘payshiga xizmat qilgan bo‘lamiz.
