Авторы

  • Шокир Турсунов
    Доцент, кандидат сельскохозяйственных наук, Кафедры технологического образования, Термезский государственный университет

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-iss6-pp29-35

Ключевые слова:

труд трудовое право охрана труда права работника требования охраны труда работодатель травматизм

Аннотация

В данной статье проанализировано значение охраны труда, её правовые основы, порядок, характеристики и технологические процессы, а также изучены мнения учёных. Также были рассмотрены условия охраны труда и работы в зарубежных странах. Сделаны выводы о значении международных нормативных документов в системе охраны труда, в частности конвенций Международной организации труда, о факте присоединения Республики Узбекистан к ряду международных конвенций и об интеграции этих документов в национальное законодательство.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Legal basis of labor protection

Shakir TURSUNOV

1


Termez State University

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received May 2024

Received in revised form

15 June 2024

Accepted 25 June 2024

Available online

15 July 2024

This article analyzes the importance of labor protection, its

legal basis, order, characteristics and technological processes,

and also studies the opinions of scientists. The conditions of
labor protection and work in foreign countries were also

considered. Conclusions are drawn about the importance of
international regulatory documents in the labor protection
system, in particular the conventions of the International Labor

Organization, about the fact of the Republic of Uzbekistan
joining a number of international conventions and about the
integration of these documents into national legislation.

2181-

1415/©

2024 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-iss6/S-pp29-35

This is an open access article under the Attribution 4.0 International

(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

labor,

labor law,

labor protection,

employee rights,

labor protection

requirements,

employer,

injuries.

Mehnatni muhofaza qilishning huquqiy asoslari

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

mehnat qilish,

mehnat huquqi,

mehnatni muhofaza qilish,

xodimlar huquqlari,

mehnatni muhofaza qilish

talablari,

ish beruvchi,

shikastlanish.

Mazkur maqolada mehnatni muhofaza qilish, uning huquqiy

asoslari, tartibi, xususiyatlari, texnologik jarayonlardagi

ahamiyati tahlil qilinib, olimlarning qarashlari o‘rganildi.

Shuningdek, mehnatni muhofaza qilish shartlari, xorijiy

davlatlardagi ishlashi o‘rganib chiqildi. Mehnatni muhofaza

qilish tizimida xalqaro normativ hujjatlar, xususan, Xalqaro

mehnat tashkiloti konvensiyalari ahamiyati, O‘zbekiston
Respublikasi bir nechta xalqaro konvensiyalarga qo‘shilganligi,

hujjatlarning milliy qonunchilikka integratsiya qilinishi bo‘yicha

xulosalar berildi.

1

Associate Professor, Candidate of Agricultural Sciences, Department of Technological Education, Termez State

University. Termez, Uzbekistan. E-mail: tursunovsh@tersu.uz


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

06 (2024) / ISSN 2181-1415

30

Правовая основа охраны труда

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

труд,

трудовое право,

охрана труда,

права работника,

требования охраны труда,

работодатель,

травматизм.

В данной статье проанализировано значение охраны

труда, её правовые основы, порядок, характеристики и
технологические процессы, а также изучены мнения учёных.

Также были рассмотрены условия охраны труда и работы

в зарубежных странах. Сделаны выводы о значении
международных нормативных документов в системе охраны

труда, в частности конвенций Международной организации
труда, о факте присоединения Республики Узбекистан

к ряду международных конвенций и об интеграции этих

документов в национальное законодательство.

Mehnatni muhofaza qilish ishchilarni mehnat sharoitlarida sog‘liq va

xavfsizliklarini himoya qilishga qaratilgan davlat siyosatining muhim tarkibidir.

O

zbekiston Respublikasida mehnatni muhofaza qilishning huquqiy asoslari asosan

Mehnat Kodeksi

” (2023)

va

Mehnatni muhofaza qilish to

g

risida

gi Qonun (2016) bilan

tartibga solinadi. Ushbu hujjatlar mehnat sharoitlarini yaxshilash va ishchilarni jarohat
va kasalliklardan himoya qilish uchun zarur bo

lgan chora-tadbirlarni belgilaydi.

Masalan, Mehnat Kodeksining 211-moddasida ish beruvchining mehnatni muhofaza
qilish choralarini ko

rishi va xavfsizlik qoidalariga rioya qilishi majburiyati aniq bayon

etilgan.

Mehnatni muhofaza qilish tizimida xalqaro normativ hujjatlar, xususan, Xalqaro

mehnat tashkiloti (ILO) konvensiyalari ham katta ahamiyatga ega.

O‘zbekiston

Respublikasi bir nechta xalqaro konvensiyalarga qo‘shilgan bo‘lib, bu hujjatlar milliy

qonunchilikka ham integratsiya qilingan. Masalan, XMTning 155-konvensiyasi mehnatni

muhofaza qilish va xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha davlat majburiyatlarini belgilaydi

(ILO, 1981).

Mehnatni muhofaza qilishning o‘ziga xos xususiyatlari esa xavfsizlik talablari va

standartlariga qat’iy rioya qilish, mehnatni muhofaza qilish tizimlarini tashkil etish,
muntazam nazorat va monitoring hamda ishchilarni o‘qitish va malaka oshirish kabi

jarayonlarni o‘z ichiga oladi. Xususan, mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha ishlab chiqilgan

talablar va standartlar davlat tomonidan tasdiqlangan bo'lib, ular ish beruvchilar

tomonidan bajarilishi shart. Bu talablar o‘z ichiga xavfsizlik texnikasi va mehnat
gigiyenasi bo‘yicha talablarga rioya qilishni, shuningdek, himoya vositalaridan

foydalanishni qamrab oladi. Ish joylarida xavfsizlik texnikasi va mehnat gigiyenasi

talablari bajarilishini ta’minlash uchun har bir tashkilotda maxsus mehnatni muhofaza

qilish xizmatlari tashkil etiladi. Bu xizmatlar xavfsizlik va sog‘liqni saqlash qoidalariga
rioya etilishi, xavfsizlik vositalaridan foydalanish va xodimlar o‘qitilishi bilan

shug‘ullanadi.

Mehnat sharoitlarini muntazam ravishda nazorat qilish va monitoring qilish

mehnatni muhofaza etishning muhim qismlaridan biridir. Ushbu jarayonlar xavfsizlik
qoidalariga rioya etilishini va ishchilar uchun xavfsiz mehnat sharoitlari yaratilishini

ta’minlashga yordam beradi. Nazorat jarayonida mehnat sharoitlari me’yoriy hujjatlar va
xalqaro standartlarga mos kelishiga e’tibor qaratiladi. Shuningdek, mehnatni muhofaza

qilish bo‘yicha ishchilarga muntazam ravishda o‘qitish va malaka oshirish kurslari


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

06 (2024) / ISSN 2181-1415

31

o‘tkazilishi zarur. Bu ayniqsa yuqori xavfli ish joylarida ishlaydigan xodimlar uchun

muhimdir. O‘qitish jarayonida xodimlarga mehnatni muhofaza qilish qoidalari, xavfsizlik
texnikasi va shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish bo‘yicha ma’lumotlar beriladi.

Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha majburiyatlar va javobgarlik ish beruvchi va xodimlar
uchun ham birdek muhimdir. Ish beruvchilar mehnatni muhofaza qilish bilan bog‘liq

barcha talablarni bajarishga majburdirlar va ular buzilgan taqdirda javobgarlikka
tortilishi mumkin. Ishchilar esa mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya qilishlari

shart. Bu masalalar O‘zbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish
to‘g‘risida”gi Qonunida batafsil bayon etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, 2016).

Mehnatni muhofaza qilish mehnat jarayonida insonning xavfsizligini, hayoti va

sog‘lig‘i, ish qobiliyati saqlanishini ta’minlashga doir huquqiy, ijtimoiy

-iqtisodiy, tashkiliy,

texnikaviy, sanitariya-gigiyena, davolash-profilaktika, reabilitatsiya tadbirlari va
vositalari tizimidir. Ish beruvchilar xavfsizlik va gigiyena talablariga javob beradigan

mehnat sharoitlarini ta’minlashi shart. Mehnatni muhofaza qilishga doir talablar ushbu

Kodeksda, boshqa qonunchilik hujjatlarida, shuningdek mehnatni muhofaza qilish

masalalariga oid texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda (bundan
buyon matnda mehnatni muhofaza qilish qoidalari deb yuritiladi) belgilanadi. Mehnatni

muhofaza qilishga doir talablar mehnat faoliyati jarayonida xodimning hayoti va

sog‘lig‘ini saqlashga qaratilgan qoidalarni, tartib

-taomillarni va mezonlarni belgilaydi.

Mehnatni muhofaza qilishga doir talablar obyektlarni loyihalashtirish, qurish
(rekonstruksiya qilish), ulardan foydalanish, mashinalarni, mexanizmlarni va boshqa

jihozlarni konstruksiya qilish, texnologik jarayonlarni ishlab chiqish, ishlab chiqarishni

va mehnatni tashkil etish, shuningdek o‘zga turdagi faoliyatni amalga oshirish chog‘ida

yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi shart. Xodimlarning shaxsiy va
jamoaviy himoya vositalari mehnatni muhofaza qilishga doir talablarga mos kelishi

hamda muvofiqlik sertifikatiga ega bo‘lishi shart. Mehnatni muhofaza qilishga oid
tadbirlarni o‘tkazish uchun ish beruvchi tomonidan zarur mablag‘lar va materiallar

ajratiladi. Bu mablag‘lar va materiallarni boshqa maqsadlarga sarflash taqiqlanadi.
Mazkur mablag‘lar va materiallardan foydalanish tartibi jamoa shartnomasida, agar u

tuzilmagan bo‘lsa, kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishuvga ko‘ra ish beruvchi
tomonidan belgilanadi. Mehnatni muhofaza qilishga oid tadbirlarni o‘tkazish uchun ish

beruvchi mehnatni muhofaza qilish fondini tashkil etishga haqli. Xodimlar mehnatni

muhofaza qilishga oid tadbirlar o‘tkazilishi munosabati bilan chiqimdor bo‘lmaydi.

Mehnat jamoalari, kasaba uyushmasi qo‘mitalari mehnatni muhofaza qilishga oid
tadbirlarni o‘tkazish uchun ajratilgan mablag‘lar va materiallardan foydalanilishini

nazorat qiladi. Og‘ir ishlarda hamda zararli va xavfli mehnat sharoitlaridagi ishlarda o‘n
sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslarning, shuningdek mazkur ishlar sog‘lig‘iga to‘g‘ri

kelmaydigan shaxslarning mehnatidan foydalanish taqiqlanadi. O‘n sakkiz yoshga
to‘lmagan shaxslarning mehnatidan foydalanilishi taqiqlangan og‘ir ishlarning hamda

zararli yoki xavfli mehnat sharoitlaridagi ishlarning ro‘yxati Ijtimoiy

-mehnat masalalari

bo‘yicha respublika uch tomonlama komissiyasining taklifiga binoan O‘zbekiston

Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Ish joyida normativ-huquqiy
hujjatlarga va mehnatni muhofaza qilish qoidalariga amal qilish, shuningdek ish

beruvchidan mehnat sharoitlarim haqida ma’lumot olish va shaxsiy

-jamoaviy himoya

vositalarini to‘g‘ri qo‘llash imkoniyatiga ega bo‘lib, mehnatni muhofaza qilishning

belgilangan standartlari va talablariga rioya etiladi. Qonunchilikka muvofiq, ishlab


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

06 (2024) / ISSN 2181-1415

32

chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklardan davlat tomonidan majburiy

ijtimoiy sug‘urtalanadi. Ishning hayot va sog‘liq uchun xavfli bo‘lgan holatlarda, ishlarni
to‘xtatish va mehnatni muhofaza qilish talablari buzilganda, davlat nazorati va tekshiruvi

amalga oshiriladi. Ish beruvchining mablag‘lari hisobidan mehnatning xavfsiz uslublari
va usullari bo‘yicha o‘qish, qonunchilikda belgilangan imtiyozlar va kompensatsiyalarni

olish mumkin. O‘z mehnat majburiyatlarini bajarish bilan bog‘liq holda hayot va sog‘liq
uchun zarar yetkazilganida, ish beruvchi mablag‘lari hisobidan qoplanadi. Xavfsiz mehnat

sharoitlarini ta’minlash va masalalarni ko‘rib chiqish va tibbiy tavsiyalarga muvofiq har
xil tibbiy ko‘riklardan o‘tish vaqtida ish joyi va o‘rtacha ish haqi saqlab qolinadi.

Xodimning zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi

mumkin. Mehnatni muhofaza qilishga doir talablar buzilganligi tufayli ish beruvchining

faoliyati to‘xtatilgan vaqtda xodimning ish joyi (lavozimi) va o‘rtacha ish haqi saqlab
qolinadi. Bu vaqtda xodim bajarayotgan ishi bo‘yicha mehnatiga haq to‘langan holda,

lekin avvalgi ish bo‘yicha o‘rtacha ish haqidan kam bo‘lmagan miqdorda haq to‘langan
holda o‘z roziligi bilan ish beruvchi tomonidan boshqa ishga o‘tkazilishi mumkin. Xodim

o‘z hayoti va sog‘lig‘i uchun xavf yuzaga kelganda ishni bajarishni rad etgan taqdirda, ish

beruvchi bunday xavf bartaraf etilguniga qadar xodimga boshqa ish berishi shart.

Xodimning mehnatni muhofaza qilish talablari buzilganligi oqibatida o‘z hayotiga va
sog‘lig‘iga xavf yuzaga kelgan taqdirda yoxud mehnat shartnomasida nazarda tutilmagan

zararli va (yoki) xavfli mehnat sharoitlarida ishlarni bajarishni rad etishi uni intizomiy

javobgarlikka tortishga sabab bo‘lmaydi. Xodimning o‘z mehnat majburiyatlarini

bajarishi munosabati bilan hayotiga va sog‘lig‘iga ziyon yetkazilgan taqdirda, ushbu
ziyonning o‘rnini qoplash qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi. Mehnatni muhofaza

qilishga doir talablar buzilishlarining oldini olish va ularni bartaraf etish maqsadida
davlat mazkur talablarga rioya etilishi ustidan davlat nazorati va tekshiruvi tashkil

etilishini hamda amalga oshirilishini ta’minlaydi va ish beruvchi hamda uning mansabdor

shaxslarining mazkur talablarni buzganlik uchun javobgarligini belgilaydi. Xodimni

sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra qarshi ko‘rsatmalar mavjud bo‘lgan ishga qabul qilish va
boshqa ishga o‘tkazish taqiqlanadi. Xodimni uning hayotiga va sog‘lig‘iga yuqori

darajadagi xavf ehtimoli oldindan ma’lum bo‘lgan ishga qabul qilayotganda hamda
o‘tkazayotganda ish beruvchi uni bu haqda ogohlantirishi shart. Xodim ish jarayonida o‘z

hayotiga va sog‘lig‘iga tahdid soladigan holatlar yuzaga kelganligi to‘g‘risida ish
beruvchini darhol xabardor qilib, o‘z hayotiga va sog‘lig‘iga tahdid soluvchi holatlar

bartaraf etilguniga qadar tegishli ishni bajarishni rad etishga haqli. Ana shu davr

mobaynida xodimning o‘rtacha ish haqi saqlanadi. Mehnat sharoitlari noqulay bo‘lgan

ishlarning hamda bajarilayotganda dastlabki va davriy majburiy tibbiy ko‘riklar
o‘tkaziladigan boshqa ishlarning ro‘yxati va ushbu ko‘riklarning o‘tkazilish tartibi

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi. Majburiy
tibbiy ko‘riklar tashkilotlarga tibbiy xizmatlar ko‘rsatuvchi davolash

-profilaktika

muassasalari tomonidan, ular bo‘lmagan taqdirda esa tashkilot joylashgan erdagi

davolash-

profilaktika muassasalari tomonidan o‘tkaziladi. Majburiy tibbiy ko‘riklarni

o‘tkazish majburiyati qonunchilikka muvofiq majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishi lozim
bo‘lgan shaxslar boshqa ishga o‘tkazilgan taqdirda ham ish beruvchining zimmasiga

yuklatiladi. Xodimlar majburiy tibbiy ko‘riklardan o‘tishi munosabati bilan chiqimdor
bo‘lmaydi. Xodimlar majburiy tibbiy ko‘riklardan o‘tishdan bo‘yin tovlashga haqli emas.

Ish beruvchi majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tmagan yoxud majburiy tibbiy ko‘rik natijalariga


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

06 (2024) / ISSN 2181-1415

33

ko‘ra tibbiy komissiyalar tomonidan berilgan tavsiyalarni bajarishdan bo‘yin tovlagan

shaxslarni ishdan chetlashtirishi shart. Agar xodim sog‘lig‘ining yomonlashishi mehnat
sharoitlari bilan bog‘liq deb hisoblasa, u navbatdan tashqari majburiy tibbiy ko‘rikdan

o‘tishni talab qilish huquqiga ega. Majburiy tibbiy ko‘riklarni o‘tkazish vaqtida xodimning
ish joyi (lavozimi) va o‘rtacha ish haqi saqlanib qoladi. Ish joylari joylashtiriladigan

binolar (inshootlar) tuzilishiga ko‘ra ularning belgilangan funksional maqsadiga hamda
mehnat xavfsizligi va mehnatni muhofaza qilish talablariga mos bo‘lishi kerak. Ishlash

uchun mo‘ljallangan asbob

-uskunalar mazkur turdagi asbob-uskunalar uchun

belgilangan xavfsizlik normalariga mos bo‘lishi, tegishli texnik pasportlarga

(sertifikatga), ogohlantiruvchi belgilarga ega bo‘lishi va ish joylarida xodimlar
xavfsizligini ta’minlash uchun to‘siqlar yoki himoya vositalari bilan ta’minlangan bo‘lishi

kerak. Xodimlarning binodan chiqishi uchun avariya yo‘llari va chiqish joylari belgilangan
bo‘lishi, bo‘sh qolishi hamda ochiq havoga yoxud xavfsiz hududga olib chiqishi kerak.

Xavfli zonalar aniq belgilangan bo‘lishi kerak. Agar ish joylari ishning xususiyati tufayli
xodim uchun xavf mavjud bo‘lgan xavfli zonalarda joylashgan bo‘lsa, bunday joylar

begona kishilarning bu zonalarga kirishiga to‘siq bo‘ladigan qurilmalar bilan jihozlanishi

kerak. Tashkilot hududida piyodalar va texnologik transport vositalari xavfsiz

sharoitlarda harakatlanishi kerak. Ish vaqti davomida ish o‘rinlari joylashgan xonada
harorat, yorug‘lik, shuningdek ventilatsiya sanitariya normalari va qoidalariga mos

bo‘lishi kerak. Quyidagilar mehnat sharoitlari bo‘yicha ish o‘rinlari attestatsiyasidan
o‘tkaziladi:

qonunchilikda belgilangan tartibda xodimlarga mehnat sharoitlariga ko‘ra

imtiyozlar va kompensatsiyalar nazarda tutilgan ish o‘rinlari;

nogironligi bo‘lgan shaxslar band bo‘lgan ish o‘rinlari;

imtiyozli shartlarda pensiya olish huquqini beradigan ishlab chiqarishlar,

muassasalar, ishlar, kasblar, lavozimlar va ko‘rsatkichlar ro‘yxatlarida ko‘rsatilgan ish
o‘rinlari;

xavfli ishlab chiqarish obyektlaridagi ish o‘rinlari.

Qonunchilikda, shuningdek jamoa kelishuvlarida va jamoa shartnomasida mehnat

sharoitlariga ko‘ra boshqa ish o‘rinlarini ham attestatsiyadan o‘tkazish nazarda tutilishi

mumkin. Ishga yangi kirayotgan barcha xodimlar, shuningdek boshqa ishga

o‘tkazilayotgan xodimlar uchun ish beruvchi mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha yo‘l

-

yo‘riq berishni amalga oshirishi, ishlarni bajarishning xavfsiz uslublari va usullari hamda

ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalardan jabrlanganlarga yordam ko‘rsatishga oid
o‘quvni tashkil etishi shart. Yuqori xavfga ega bo‘lgan ishlab chiqarishga yoki kasbiy

tanlov talab etiladigan ishga kiruvchi xodimlar uchun ishni xavfsiz uslublar va usullar

bilan bajarish bo‘yicha dastlabki tayyorgarlik, kasb bo‘yicha bir oy davomida mehnatni

muhofaza qilishga doir o‘quv o‘tkazilib, imtihon topshiriladi va keyinchalik mehnatni
muhofaza qilish masalalari bo‘yicha majburiy davriy attestatsiya o‘tkaziladi.

Tashkilotlarning xodimlari, shu jumladan rahbarlari mehnatni muhofaza qilishning
davlat boshqaruvini amalga oshiruvchi organlar tomonidan ushbu xodimlar va

rahbarlarning kasbi hamda ish turlari uchun belgilangan tartibda va muddatlarda

mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha o‘qitilishi, yo‘l

-

yo‘riq olishi, bilimlarining

tekshiruvidan o‘tkazilishi shart. Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha belgilangan tartibda
o‘quvdan o‘tmagan, yo‘l

-

yo‘riq olmagan va bilimlari tekshiruvdan o‘tkazilmagan

shaxslarni ish beruvchi ishdan chetlashtirishi shart. Mehnat sharoiti noqulay ishlarda


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

06 (2024) / ISSN 2181-1415

34

band bo‘lgan xodimlar belgilangan normalar bo‘yicha sut (shunga teng boshqa oziq

-ovqat

mahsulotlari), davolash-profilaktika oziq-

ovqati, gazlangan sho‘r suv (issiq sexlarda

ishlovchilar uchun), maxsus kiyim-bosh, sanitar kiyim-bosh, maxsus poyabzal va boshqa

shaxsiy himoya va gigiyena vositalari bilan bepul ta’minlanadi. Bunday ishlarning
ro‘yxati, beriladigan narsalarning normalari, ta’minot tartibi va shartlari jamoa

kelishuvlarida, jamoa shartnomasida, agar ular tuzilmagan bo‘lsa, ish beruvchi
tomonidan kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishuvga ko‘ra qonunchilikda belgilangan

normativlarga muvofiq belgilanadi. Xodimlarning shaxsiy himoya vositalarini olish,

saqlash, yuvish, tozalash, ta’mirlash, dezinfeksiya qilish va zararsizlantirish ish

beruvchining mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. Ish beruvchi sog‘lig‘i holatiga ko‘ra
yengilroq yoki noqulay ishlab chiqarish omillarining ta’siridan xoli bo‘lgan ishga

o‘tkazishga muhtoj xodimni uning roziligi bilan, tibbiy xulosaga muvofiq vaqtincha yoki
muddatini cheklamagan holda, shunday ishga o‘tkazishi shart. Xodim sog‘lig‘i holatiga

ko‘ra yengilroq yoki noqulay ishlab chiqarish omillarining ta’siridan xoli bo‘lgan, kamroq
haq to‘lanadigan ishga o‘tkazilganda shunday ishga o‘tkazilgan kundan e’tiboran ikki

hafta mobaynida uning avvalgi o‘rtacha ish haqi saqlanadi. Mehnatda mayib bo‘lganligi
yoki ish bilan bog‘liq holda sog‘lig‘iga boshqacha tarzda shikast yetkazilganligi

munosabati bilan vaqtincha kamroq haq to‘lanadigan ishga o‘tkazilgan xodimlarga
ularning sog‘lig‘i shikastlanganligi uchun javobgar bo‘lgan ish beruvchi avvalgi ish haqi

bilan yangi ishda oladigan ish haqi o‘rtasidagi farqni to‘laydi.

Raqamli iqtisodiyot uchta asosiy komponentsiz mavjud bo‘lolmaydi, ular orasida:

1) infratuzilma

apparat, dasturiy ta’minot, telekommunikatsiya va boshqalar;

2) elektron biznes operatsiyalarini amalga oshirish qobiliyati

virtual o‘zaro

aloqalar doirasida kompyuter tarmoqlari orqali amalga oshiriladigan biznes jarayonlari;

3) elektron tijorat

bugungi kunda raqamli iqtisodiyotning eng muhim segmentini

ifodalovchi global Internetdan foydalangan holda tovarlarni yetkazib berish.

Raqamli iqtisodiyotning asosiy xususiyatlari:

maxsus raqamli platformalar va ekotizimlar orqali iqtisodiy faoliyatni amalga

oshirish;

shaxsiylashtirilgan xizmat modellarini qo‘llash;

kompyuter tarmog‘ida ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilarning bevosita o‘zaro

ta’siri;

birgalikdagi iqtisodiyotning tarqalishi;

alohida ishtirokchilar hissasining muhim roli.

Bunday farq mehnat qobiliyati tiklanguniga qadar yoki nogironlik belgilanguniga

qadar to‘lanadi. Qonunchilikda sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra yengilroq yoki noqulay ishlab
chiqarish omillarining ta’siridan xoli bo‘lgan, kamroq haq to‘lanadigan ishga

o‘tkazilganda avvalgi o‘rtacha ish haqini saqlab qolishning yoki davlat ijtimoiy sug‘urtasi
bo‘yicha nafaqa to‘lashning boshqa hollari ham nazarda tutilishi mumkin. Ish beruvchi

ish joyida kasal bo‘lib qolgan xodimlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishga qaratilgan
choralar ko‘rishi shart.Ish joyida kasal bo‘lib qolgan xodimlarni davolash

-profilaktika

muassasalariga olib borish, zarur hollarda, ish beruvchining hisobidan amalga oshiriladi.
Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklari majburiy ravishda tekshirilishi

va hisobga olib borilishi lozim. Ish beruvchi ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va

kasb kasalliklarini o‘z vaqtida tekshirishi hamda hisobga olishi shart.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

06 (2024) / ISSN 2181-1415

35

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, mehnatni muhofaza qilish qonunchiligini

kengaytirish va ma’lumotlar bazasini rivojlantirish maqsadida mehnat sohasida yuzaga
kelgan yangi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklar haqida statistik ma’lumotlarni to‘plab,

o‘rganib chiqish va analiz qilish uchun davlat tomonidan ma’lumotlar bazasini

kuchaytirish, ishlab chiqarish sohasida yangi texnologiyalardan foydalanish uchun

mutaxassis kadrlarni tayyorlash uchun davlat dasturiy ta’minotlarini rivojlantirish

maqsadga muvofiq.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksi, 2023. https://lex.uz/ru/docs/

-

6257288

2.

https://normlex.ilo.org/dyn/normlex/en/f?p=NORMLEXPUB:12100:0::NO::P12

100_ILO_CODE:C155

3.

Yuldoshev O.R., Djabbarova Sh.G., Hasanova O.T. Hayot faoliyat xavfsizligi

(Darslik)

Т.: Iqtisodiyot, 2014.

-268 b

4.

Mehnat muhofazasi. Maxsus kursi. Darslik. Yuldashev O.R.

Т.: «Tafakkur

qanoti». 2015. 336 b

5.

Тимофеев С. С., Тимофеева С. С. Цифровое будущее охраны труда //

XXI

век.

Техносферная

безопасность.

2022.

Т.

7.

1.

С.

51–

62.

https://doi.org/10.21285/2500-1582-2022-1-51-62.

6.

O

‘.

R.Yo

ldosh

е

v

, О.

D.Rahimov

, К.Т.Хо‘

jaqulov

, О.

T.Hasanova. Mehnat muhofazasi

va texnika xavfsizligi.

Т.: «

Fan va texnologiya

»

nashriyoti, 2012, 200 bet.

7.

Цифровая

трансформация

охраны

труда.

URL:https://journal

costandard.ru/ot/tech/tsifrovaya-transformatsiya-okhrany-truda/

8.

Киселев Ю.Н. Электронная коммерция: практическое руководство.

М.:

ДиаСофтЮП, 2013.

224 с.

9.

Городнова Н.В. Применение искусственного интеллекта в цифровой

экономике. / монография.

Москва: Первое экономическое издательство, 2021.

154 с.

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksi, 2023. https://lex.uz/ru/docs/-6257288

Yuldoshev O.R., Djabbarova Sh.G., Hasanova O.T. Hayot faoliyat xavfsizligi (Darslik) - Т.: Iqtisodiyot, 2014.-268 b

Mehnat muhofazasi. Maxsus kursi. Darslik. Yuldashev O.R. - Т.: «Tafakkur qanoti». 2015. 336 b

Тимофеев С. С., Тимофеева С. С. Цифровое будущее охраны труда // XXI век. Техносферная безопасность. 2022. Т. 7. № 1. С. 51–62. https://doi.org/10.21285/2500-1582-2022-1-51-62.

O‘.R.Yo‘ldoshеv, О.D.Rahimov, К.Т.Хо‘jaqulov, О.T.Hasanova. Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi. – Т.: «Fan va texnologiya» nashriyoti, 2012, 200 bet.

Цифровая трансформация охраны труда. URL:https://journal.эcostandard.ru/ot/tech/tsifrovaya-transformatsiya-okhrany-truda/

Киселев Ю.Н. Электронная коммерция: практическое руководство. - М.: ДиаСофтЮП, 2013. - 224 с.

Городнова Н.В. Применение искусственного интеллекта в цифровой экономике. / монография. - Москва: Первое экономическое издательство, 2021. - 154 с.