Влияние династии Дуррани на государственное управление Афганистана

Аннотация

В данной статье рассматривается влияние династий Садозой и Баракзой племени Абдали (Дуррани) пуштунов на государственное управление Афганистана. Кроме того, анализируются факторы, препятствующие процессу национального единства в Афганистане.

Тип источника: Журналы
Годы охвата с 2020
inLibrary
Google Scholar
ВАК
elibrary
doi
 
Выпуск:
CC BY f
93-99
34

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Абдурахманов O. . (2024). Влияние династии Дуррани на государственное управление Афганистана. Общество и инновации, 5(6), 93–99. https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-iss6-pp93-99
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В данной статье рассматривается влияние династий Садозой и Баракзой племени Абдали (Дуррани) пуштунов на государственное управление Афганистана. Кроме того, анализируются факторы, препятствующие процессу национального единства в Афганистане.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Influence of Durrani dynasties on the state administration
of Afghanistan

Obidjon ABDURAKHMANOV

1


Tashkent State University of Oriental Studies

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received May 2024

Received in revised form

15 June 2024

Accepted 25 June 2024

Available online

15 July 2024

This article discusses the impact of the Sadozoi and Barakzoi

dynasties of the Abdali (Durrani) tribe of Pashtuns on the state

administration of Afghanistan. In addition, factors hindering the
process of national unity in Afghanistan are analyzed.

2181-

1415/©

2024 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-iss6/S-pp93-99

This is an open access article under the Attribution 4.0 International

(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

“Durranian Empire”,

“third group”,

“unified Afghan nation”,

“Pashtun Khanate”,

“Pathans”,

“Big Game”

Durroniy sulolalarining Afgʻoniston davlat boshqaruviga
ta’siri

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

“Durroniylar imperiyasi”,

“uchinchi guruh”,

“yagona Afgʻon millati”,

“Pushtun xonligi”,

“patanlar”,

“Katta oʻyin”

.

Ushbu maqolada pushtunlarning Abdali (Durroniy)

qabilasidan bo‘lgan Sadozoy va Barakzoy sulolalarining
Afgʻoniston davlat boshqaruviga ta’siri haqida so‘z boradi.

Bundan tashqari, Afg‘onistonda milliy birlik jarayoning
to‘sqinlik qiluvchi omillar tahlil qilingan.

1

Doctoral student, Tashkent State University of Oriental Studies.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

06 (2024) / ISSN 2181-1415

94

Влияние династии Дуррани на государственное
управление Афганистана

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

«Дурранская империя»,

«третья группа»,

«единая афганская нация»,

«Пуштунское ханство»,

«патаны»,

«Большая игра».

В данной статье рассматривается влияние династий

Садозой и Баракзой племени Абдали (Дуррани) пуштунов
на государственное управление Афганистана. Кроме того,

анализируются факторы, препятствующие процессу
национального единства в Афганистане.


KIRISH

Afgʻon davlatchiligining shakllanish tadrijida pushtun sulolalarining katta oʻringa

egaligi qariyb uch asrni oʻz ichiga qamrab oluvchi pushtunlar

tomonidan oliy hokimiyat

boshqarilib kelinganligi bilan chambarchas bogʻliq. Pushtun sulolalarining davlat
boshqaruviga ta’siri muqaddimasini Durroniy qabilasiga mansub sulolalar bilan bogʻlash

masalaning asl ildizlarini toʻliq tushunishga imkon bermaydi, deb aytish uchun yetarli

asoslar mavjud. Mazkur masalani chuqur tadqiq etish maqsadlariga erishishda tarixiylik

hamda qiyoslash metodlariga tayanish oʻrinli boʻladi. Chunki, zamonaviy Afgʻoniston
davlatchiligining bunyodkorlari aynan pushtun sulolalar boʻlib, ularning sa’y

-harakatlari

bilan mustaqillik qoʻlga kiritilgan. E’tibor qaratish lozim boʻlgan yana bir jihat shuki,
davlat boshqaruviga sulolalarning ta’siri deyilganda umumiy pushtunlarning

hokimiyatga ta’sirini tushunmaslik kerak. Zero, pushtun etnosini tuzilishi oʻta murakkab

va shu bilan birga qiziqarli jarayondir.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA MЕTODLAR.

Maqolada afg‘onshunos olimlar va tadqiqotchilar xulosalariga, shuningdek, pushtu

tilidagi ma’lumotlar, davriy nashrlar va internet manbaalariga alohida e’tibor qaratildi.

Adabiyotlar tahlilida Durroniy sulolalarning mamlakat ichki siyosatiga, milliy birlikka

yerishish jarayoniga ta’siri o‘rganib chiqildi. Maqolada tarixiylik, event, kontent, qiyosiy

hamda SWOT tahlil usullaridan foydalanildi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR.

Afgʻonistondagi mavjud etnik birliklarning etnogenezi, tarixi, afgʻon davlatchiligida

tutgan oʻrni hamda bugungi kundagi ahvolini tadqiq etish davomida ularda boʻlinishga
moyillik nihoyatda kuchli ekanligi namoyon boʻldi. Xususan, pushtun millatini quyidagi

birliklarga ajratgan holda tasniflash mumkin:

1.

Qabila;

2.

Qabila urugʻi;

3.

Urugʻ

-aymoq;

4.

Urugʻlar oʻrtasidagi kichik urugʻlar;

5.

Kichik urugʻ boʻgʻini;

6.

Boʻgʻinning boshqa kichik boʻlaklari

[1].

Shuningdek, pushtun qabilalarini ular yashaydigan joylariga koʻra ham farqlash

mumkin. Jumladan,

Pushtunlarning Durroniy qabilalari asosan Afgʻonistonning janubida

Eron Islom Respublikasi bilan chegara hududlarda hamda janubi-sharqda Pokiston Islom

Respublikalari bilan chegara hududlarda istiqomat qilishadi. Gilzoy qabilalari esa
mamlakatning shimoliy tomonida, Kobul, Jalolobod, Qandahor kabi viloyatlarida


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

06 (2024) / ISSN 2181-1415

95

yashashadi. Bu ikki qabilaga mansub boʻlmagan “uchinchi guruh” qabilalari asosan

Poksiton bilan chegara hududlarda hamda mamlakatning janubiy hududlarida balujlarga

yaqin joylarda istiqomat qilishadi. Ta’kidlash joizki, aksar hollarda, har bir qabila yoki

urugʻga uning asoschisini nomi beriladi. Uning avlodlari ham qabila asoschisining nomiga

یوز

(

zay

pushtu tilida farzand ma’nosini bildiradi) soʻzining qoʻshilishidan hosil boʻlgan

atama bilan nomlanadi. Misol uchun, Abdali qabilasining Ahmadzoy urugʻining asoschisi
Ahmad ismli shaxs boʻlib, uning avlodlari Ahmadzoy ya’ni Ahmadning farzandi yoki oʻgʻli

degan nomni olgan. Yana bir mashhur pushtun urugʻlaridan biri Muhammadzaylar boʻlib
ularning asoschisi sobiq Afgʻoniston amirlaridan biri Doʻst Muhammadxon boʻlgan.

Darhqaiqat, pushtun qabilalarining nomlanishi qabila boshi yoki urugʻning eng obroʻli

azozi nomi bilan ataladi.

Pushtun etnik guruhi 60 dan ortiq katta qabilalardan tashkil topagan. Mazkur

qabilalar oʻz navbatida mayda urugʻlarga boʻlinib ketadi.

Antropolog Tomas Barfield

pushtunlarni toʻrt qismga ajratadi:

durroniylar, gilzoylar, gurgushtlar va karlanrilar.

Uning ta’kidlashicha, durroniylar (Abdaliy nomi bilan tanilgan) Qaysning birinchi oʻgʻli

avlodlari boʻlib, tarkibiga

Achakzoy, Alizoy, Nurzoy, Alikozoy, Barakzoy, Muhammadzoy,

Popolzoy, Isoqzoylar kiradi.

Gilzoylar (Xalji yoki Gʻalji deb ham ataladi) Qaysning qiz

farzandi avlodlari boʻlib, tarkibiga Sulaymon Xel,

Ahmadzoy, Xarrutiy, Hotakiy, Tarakiylar

kiradi.

Gurgushtlar Qaysning uchinchi oʻgʻli avlodlari boʻlib, tarkibiga Musa Xel, Safi kabi

urugʻlar kiradi. Karlanrilar (inglizlar tomonidan “patanlar” deb nomlanadi) kelib chiqishi
noma’lum asrab olingan bolaning avlodlari boʻlib, takibiga

Tani, Mangal Vardak, Orakzoy,

Afridiy, Zadran, Maxsud va Xugianiylar kiradi [2]. Mazkur guruhlar orasida Abdali

(Durroniy) va Gilzoy qabilalari son jihatdan koʻpchilikni tashkil qiladi. Odatda

pushtunlarning aksari mazkur ikki yirik qabilaga mansub boʻladi.

Biroq, pushtun

etnogenezi kabi ularning etnik tarkibi toʻgʻrisida ham turlicha qarashlar mavjud.

Jumladan, ayrim manbalarda pushtunlarni Durroniy, Gilzoy hamda mazkur ikki guruhga

kirmaydigan boshqa “uchinchi guruh”lardan tashkil topganligi keltiriladi

[3]. Darhaqiqat,

pushtun etnik guruhlari shu kabi turli qabila va urugʻlardan tashkil topganligi ma’lum

manoda ularning bir millat sifatida birlashishiga monelik qiladi hamda davlat

boshqaruvida sulolalarning hokimiyatga egalik qilish uchun kurashlarni keltirib

chiqaradi. E’tiborga molik jihat shuki, Abdali va Gilzoy qabilalari oʻrtasidagi

munosabatning davlat boshqaruviga bevosita ta’siri salmoqlidir.

Sadozoylar sulolasi.

Qayd etish kerakki, mustaqil Afgʻoniston davlati tashkil

topgandan beri oʻtgan davr mobaynida oliy hukumat abdali qabilasining Popolzoy va

Barakzoy sulolalari tomonidan boshqarib kelindi. Bu haqida Olaf Kero quyidagicha

yozadi: “Mustaqil Afgʻonistonni yangi hukmdorini tayinlash maqsadida Jamolxon
Barakzoy boshchiligida Qandahorda dastlabki Loʻya Jirga chaqiriladi. Katta kengashda

mustaqil davlat rahbari etib yigirma toʻrt yoshda boʻlgan Ahmadni saylashadi. Buning
asosiy sababi esa Ahmad mansub boʻlgan Popolzoy urugʻining sadozoy sulolasi juda zaif

boʻlib, ushbu urugʻdan saylangan podshoh maslahatga muvofiq ish qilmasa, taxtdan
osongina agʻdarilishi mumkinligi edi”

[4]. Bilaks, Ahmadshoh tomonidan tashkil etilgan

davlat “urroniylar imperiyasi” sifatida nom qozondi. Aytib oʻtish oʻrinliki, sadozoylar
sulolasi mustaqil Afgʻoniston davlatining poydevorini yaratib mamlakatning uzoq yillik

tarixi yaratilishiga zamin yaratdi. Xususan, ushbu sulola davrida mamlakat tarixidagi
dastlabki muntazam armiya tashkil etildi va u eng yirik pushtu qabilalari yashagan

hududlarni oʻz ichiga oldi. Keyinchalik, uzoq muddatli bosqinchilik urushlari paytida


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

06 (2024) / ISSN 2181-1415

96

afgʻon boʻlmagan xalqlar yashaydigan keng hududlar ham boʻysundirildi. Jumladan,

1748

1751-

yillarda Ahmadshoh qoʻshinlari Panjobni, 1750

-yilda Balujiston va Hirotni,

1752-yilda Kashmir va Balxni, 1754-yilda Seyiston va Xurosonni, 1757-yilda Sindni bosib

oldi. Ahmadshoh asos solgan imperiyaning poytaxti etib Qandahor tanlandi. Ahmadshoh

Durroniy hukmronligining oxiriga kelib, Afgʻoniston Oʻrta Sharqdagi eng yirik davlat,

Buyuk Karl imperiyasidan ikki barobar katta hududlarni qamrab oldi.

Afgʻoniston

hukmdorlari Hindiston, Eron va Turkiston viloyatlarining bir qismiga ham ta’sir

oʻtkazdi.[5] Ta’kidlash oʻrinliki, Ahmadshoh hukmronligi davrida Abdali qabilalari
oʻrtasida nizolar kelib chiqishini oldini olish maqsadida har bir qabila sulolalariga katta

lavozimlar berish orqali hukmron rahbarlar oʻrtasida diplomatik muvozanat ta’minlagan
edi. Bu esa muvozanatli tizim orqali barcha qabila urugʻlari teng boʻlishini ta’minlash

natijasida mamlakat birdamligini va siyosiy barqarorlik erishdi. Masalan, ular harbiy va

mehnat majburiyatlaridan, soliqlardan, bojxona toʻlovlaridan va boshqalardan ozod

qilindi. Bundan tashqari, ushbu urugʻga mansub oilalar katta yerlarga egalik qiladi

[6].

Uzoq yillar davomida mazkur sulolaning oliy hokimiyatni oʻz qoʻlida saqlab kelishining

asosiy sababi sifatida mazkur urugʻdan boʻlgan Ahmadshoh Durroniyning mustaqil davlat

asoschisi ekanligi borasidagi qarashlar edi. Biroq, qabilalarga berilgan bunday imtiyozlar

ularning mamlakatdagi mavqeyini oshib ketishiga hamda rahbarlarning siyosiy qarorlar

qabul qilishiga ta’sirni sezirarli darajada kuchayishiga sabab boʻldi. Natijada, mamlakatni

boshqarishda qiyinchiliklar vujudga keladi. Shu sababli Zamonshoh davrida

sadozoylardan boshqa qabila va sulolalardan boʻlgan amaldorlarning oʻrniga oʻz

urugʻidan boʻlganlarni tayinlandi. Bu harakat boshqa qabilalarning keskin noroziligiga
sabab boʻldi.

Taassufki, tashqi va ichki mojarolar sabab 76 yil hokimiyat boshqaruvidan

soʻng sadozoylar sulolasining soʻnggi hukmdori Mahmudshohning 1818

-yil taxtdan

agʻdarilishi bilan ushbu sulolaning hukmronligi tugatildi. Garchi,

Sulton Ali (1818)

va

Ayubxon (1819

–1823) ham sadozoy suloalsiga mansub boʻlsa

-

da, ammo, ular qoʻgʻirchoq

hukmdor boʻlib, amalda hokimiyat barakzoylar qoʻliga oʻtib boʻlgan edi.

Sadozoylar sulolasining bu tarzda hokimiyatni qoʻldan boy berishiga sulola

hukmdorlari tomonidan mamlakatdagi tinchlik va barqarorlikni ta’minlovchi quyidagi

asosiy omillarga e’tibor qaratilmaganligi sabab boʻldi.

Birinchidan,

sulola davrida boʻlgan toʻqnashuvlar zamirida doimo etnik raqobat va

qavmlar oʻrtasidagi kuchlar nisbati asosiy rol oʻynab kelgan. Buning asosiy sababi,

pushtunlarda millatchilik ruhiyatining nisbatan kuchliligi, boshqa millat vakillarini

mensimasligi natijasida etnik ozchilik guruhlarning oʻz manfaatlarini siyosiy hokimiyatda

amalga oshirishga intilishi deb aytish mumkin. Shu sababli sulola hukmdorlar tomonidan

mustaqil davlatda istiqomat qiluvchi etnik guruh vakillarining manfaatlarini hisobga
olish, ularning bir-

biriga boʻlgan munosabatlarida oʻzaro tenglik, hurmat va ishonchni

mustahkamlash, ular oʻrtasida millatchilik tuygʻusini shakllantirishga undovchi har
qanday tashqi ta’sirlarga qarshi kurash va eng asosiysi mamlakat yaxlitligiga tahdid

soladigan etnoslararo mojarolarni oldini olish oʻrniga kelajakda davlatning hududiy
yaxlitligiga jiddiy tahdidni keltirib chiqarishga sabab boʻladigan notoʻgʻri siyosat olib

bordi. Jumladan, gilzoylarning yerlari tortib olinib, barakzoylarning ham huquqlari
cheklandi.

Ikkinchidan,

faqat oʻz sulolasi manfaatlarini emas, balki etnik masalaning

siyosiylashuviga yoʻl qoʻymaslik maqsadida barcha etnoslarnining haq

-huquqlarini ham

hisobga olgan holda ichki siyosatda etnoslararo hamjihatlikni ta’minlash zaruriyati


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

06 (2024) / ISSN 2181-1415

97

inobatga olinmadi. Zero, koʻp millatli davlat sharoitida etnoslararo munosabatlarni

takomillashtirmay, turli millat va elat vakillarining ijtimoiy jarayonlardagi toʻlaqonli
ishtirokini ta’minlamay turib, jamiyat hayotining har tomonlama yangilanishiga,

modernizatsiya va demokratlashtirish jarayonlarining ildamlashishiga erishish mumkin
emas edi.

Uchinchidan,

ta’kidlash lozimki, global va mintaqaviy kuchlarning ta’sir doirasiga

tushib qolishga qarshi zaruriy choralar koʻrilmadi. Aksinchi, ichki nizolar avj olgan

vaziyatda hokimiyatni saqlab qolish yoki qoʻlga kiritish maqsadida sulolalar tashqi

kuchlardan yordam olish payiga tushishdi. Bu esa sadozoylar sulolasining ham ichki, ham

tashqi dushmanlari ta’siriga tushib qolishiga olib keldi.

Toʻrtinchidan,

sulolaning ichida hokimiyat uchun kurash uzuluksiz davom etishi

natijasida siyosiy vazaiyat izdan chiqdi.

Lekin,

Popolzoy qabilasidan boʻlgan sulolalar Afgʻoniston davlat boshqaruvida oʻz

oʻrnini saqlab qoladi. Buni yorqin misoli mazkur sulolaning vakillari uzoq davr
mobaynida Afgʻonistonni boshqarib kelganidir. Xususan, Afgʻoniston Islom

Respublikasining sobiq Prezidentlari Hamid Karzay va Ashraf Gʻani ham ushbu
sulolaning vakillari boʻlgan.

Barakzoylar sulolasi.

Afgʻoniston davlatchilik tarixida katta mavqega ega boʻlgan

durroniylar qabilasidan yana biri barakzoylar sulolasi 1826-yilda davlat boshqaruvini

sadozoylardan oʻz qoʻliga oladi. Qariyb ikki asr oliy hokimiyatni boshqargan sulolaning
yorqin namoyandasi Doʻst Muhammadxon boʻlib, manbalarda Muhammadzoylar

sulolasining asoschisi sifatida qayd etiladi.

Barakzoylar sulolasining davlat boshqaruviga ta’siri juda keng va koʻp qirrali

boʻlib, masalaning u yoki bu jihatlarini oʻzida namoyon etadi. Biroq, sulolaning
hokimiyatga ta’sirini tahlil qilishda ikkita eng muhim birlamchi omil mavjudki, bu omillar

masalaning mohiyati haqida yaxlit tasavvur va yaqindan tanishish imkonini beradi:

Ichki omil:

Qayd etish joizki, ushbu sulola davrida etnoslar va sulolalar oʻrtasidagi

raqobatda yutib chiqish, hokimiyatni saqlab qolish maqsadida sulola vakillariga davlat
boshqaruvida muhim lavozimlar berildi. Misol uchun, Muhammad Nodirxon davrida

konstitutsiyaning boshqaruvga tegishli ikkinchi moddasi quyidagicha bayon qilinadi.

“Afgʻoniston hukumatining ichki va tashqi ishlarini boshqarish amir hukumati tasarrufida

boʻladi. Amirga barcha boshqaruv vakolatlariga ega boʻlib, mamlakatning barcha
viloyatlari va qismlarini amir qoʻl ostiga oladi.

Bu davrda markaziy boshqaruv butun

hokimiyat amir hokimiyati ostida edi. Shuningdek, konstitutsiyaning yettinchi moddasida
amirning vakolatlari quyidagilardan iborat etib belgilangan: mansablarga tayinlash,

unvonlar berish, bosh vazirni tayinlash, vazirlarni tasdiqlash, ularning vazifasini bajarish

va oʻzgartirish, kengash tomonidan tasdiqlangan shartnomalarni tasdiqlash; milliy

deklaratsiya, shariat qonunlariga rioya qilish, himoya qilish va amalga oshirish hamda

Afgʻoniston harbiy kuchlarining umumiy qoʻmondonligi, urush e’lon qilish, tinchlik bitimi

va umumiy kelishuvlar Shariat qonunlariga muvofiq avf etish va jazoni kamaytirish”

[7]

kabi juda katta vakolatlar berildi. Shu bois, ushbu sulola vakillariga an’anaviy imtiyozlar

bilan bir qatorda, jinoiy javobgarlikdan ozod qilinib, ular faqat qabila sudi tomonidan
jazolanishi mumkin edi. Shuningdek, soliq imtiyozlaridan tashqari, erkak aholiga yillik

nafaqa berilar, ayollar esa turmush qurganlarida gʻaznadan katta miqdorda mahr puli

olar edilar. Mamlakatning eng muhim hududlaridagi oliy harbiy yoki fuqarolik

lavozimlari amir nomidan feodal ierarxiyasining eng yuqori pogʻonasida turgan uning


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

06 (2024) / ISSN 2181-1415

98

oilasi vakillaridan boʻlgan sardorlarga berildi.[8] Bu esa, jamiyatda pushtunlarning

mavqeyini yanada oshirishga sabab boʻldi. Bundan tashqari, ularning davlat
boshqaruviga ham sezirarli darajada ta’sir oʻtkaza boshlaydi. Darhaqiqat, pushtunlarning

asosiy qabila guruhlari va ittifoqlari Afgʻoniston davlatining shakllanishi va
rivojlanishining asosiy tayanchi boʻlgan. Qabilalarning jangovar kuchi va ularning harbiy

mahorati amir hokimiyatini va davlat qurolli kuchlarining asosiy elementlarini
mustahkamlashning asosiy omillariga aylandi.

Muhammad Dovudxonning soʻlchilik

muhitidan ozod boʻlganidan soʻng, harakatlari uning pushtun kelib chiqishi va pushtun
kimligini koʻrsata boshladi. 1975

-yil mart oyida Qandahor aholisiga murojaat qilib,

“Afgʻonistonning mavjud tuzumi milliy negiz va millatchilikka asoslangan edi va shunday
boʻladi” deb taʼkidladi. Shu bilan birga, “millatchilik” davrida avvalgidek, yaʼni qirol

davrida ular pushtunlarning eksklyuzivligi gʻoyalari va Afgʻoniston ruhini haqiqiy va oliy
milliy

qadriyatlar

deb

tushundilar.

Keyinchalik

Afgʻoniston

Respublikasi

Konstitutsiyasida yagona “Afgʻon millati”ni taʼminlash qonun bilan mustahkamlab
qoʻyildi. U 1964

-

yilgi monarxiya konstitutsiyasi singari Afgʻoniston davlatining koʻp

millatliligi haqida birir jumla gapirmadi, bu esa tabiiyki, boshqa millatlar orasida

pushtunlarga qarshi kayfiyatni qoʻzgʻatish sabab boʻdi

[9].

Tashqi omil:

Ushbu sulola davrida pushtunlarning davlat boshqaruvidagi oʻrni

bunday yuqori boʻlishiga tashqi kuchlarning Afgʻonistonga ta’siri bilan bogʻliq edi.

Chunki, Afgʻoniston davlatchilik tarixida tashqi kuchlarning mamlakat mustaqilligiga
ta’siri shu davrga kelib keskin oshdi. Dastlab, Buyuk Britaniya imperiyasi, soʻngra SSSR,

keyichalik Amerika Qoʻshma Shtatlari bevosita Afgʻonistondagi ijtimoiy

-siyosiy

jarayonlarga ta’sir koʻrsatdi. Misol uchun, sadozoy sulolasi vakillari oʻrtasida taxt uchun

kurashlarda inglizlar katta ta’sir koʻrsatdi. Ma’lumki, XIX va XX asrga kelib mamlakat
Rossiya va Britaniya Imperiyasi oʻrtasida manfaatlar toʻqnashgan hududga aylanib

qoladi. “Katta oʻyin” nomi bilan ataladigan ushbu raqobat natijasida sulolalar oʻrtasida
hokimiyatni qoʻlda saqlab qolish uchun raqobat ham keskinlashadi. Afgʻonshunos olim

Suhrob Boʻronov oʻz asarida ushbu nazariya qudratli salohiyatga ega davlatlarning
Afgʻoniston, Markaziy va Janubiy Osiyo hududlarini nazorat qilishga qaratilgan geosiyosiy

oʻyinlarni anglatuvchi tushuncha ekanligini keltirib oʻtadi

[10].

Ta’kidlash joizki, afgʻon davlatchiligida barakzoylar sulolasi mamlakat sarhadlarini

kengaytirish bilan bir qatorda amalga oshirgan islohotlari bilan shuhrat qozonadi.
Boshqacha aytganda, ushbu sulola akillaridan Amir Abdurahmon, Amir Omonullaxon,

Amir Muhammad Nodirxon va Zohishoh davrida mamlakat tashqi siyosatida ochiqlik,

dunyoviy davlat barpo etish borasida bir qator e’tiborga molik ishlar amalga oshriladi.

Tadiqotchi Alfred Jasinsning pushtun sulolalarining davlat boshqaruvidagi roli xususida

quyidagi fikrlari e’tiborga molikdir: “Zamonaviy Afgʻoniston tarixidagi markaziy

hukumatlar doimiy ravishda ijtimoiy va iqtisodiy modernizatsiya islohotlarini amalga

oshirishga urinib koʻrdilar, ammo ma’lum darajada qabilalarning yordami bilan

muvaffaqiyatga erishdilar. Hukumatlar qabila madaniyatiga (masalan, Sovet istilosiga
olib kelgan kommunistik mafkura) mafkura yoki islohotlarni amalga oshirganda, pushtun

qabilaviy va diniy jamoalari qoʻzgʻolon koʻtaradilar, natijada hukumatlar agʻdariladi yoki
ochiq tartibsizlik paydo boʻladi. Bu mamlakatni boshqarayotgan pushtunlar bilan qabila

jamoalaridagi pushtunlar oʻrtasida farq borligini koʻrsatadi [11]. Qayd etish oʻrinliki,

qariyb uch asrdan buyon pushtun sulolalarining boshqaruvi davrida tashqi va ichki

muammolarga qaramasdan mamlakat mustaqilligini saqlab qolindi. Biroq, shuni ham


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

06 (2024) / ISSN 2181-1415

99

qayd etish lozimki, etnoslar va sulolalar oʻrtasida davom etib kelayotgan hokimiyat

uchun kurash, etnik ozchiliklarning huquq va erkiliklari yoʻlidagi qarshilik harakatlari
natijasida Afgʻoniston ulkan muammolar girdobida qoldi.

XULOSA.

Yuqorida keltirilgan tahlillar shundan dalolat bermoqdaki, uzoq yillardan beri

Afg‘onistonda Sadozoy va Barakzoylar sulolalasi oliy hokimiyatga egalik qilib keldi.
Mazkur sulolalar o‘rtasida kelib chiqish tarixi hamda oliy hokimiyatga egalik qilish

istagiga ko‘ra doimiy raqobat mavjud. Sulolalar o‘rtasidagi hokimiyat uchun keskin
raqobat ma’lum manoda ularning bir millat sifatida birlashishiga monelik qiladi.

Shuningdek, Afgʻonistonni tanazzulga yuz tutishida va siyosiy rivojiga salbiy taʼsir
koʻrsatgan asosiy omil tashqi kuchlar ta’siri bilan bir qatorda bir xil etnik guruhlar

oʻrtasidagi sulolalararo qarama

-qarshiliklar ekanligiga tarix guvoh.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

:

1.

A Dictionary of the Patlian Tribes on the North-West Frontier of India / General Staff

Army Headquarters, India -Calcutta: Superintendent Government Printing, 1910.

P. 1-2.

2.

Alfred Jasins. The Afghan Government’s Relationship with the Pashtun

Community and its effect on Stability; a Comparative Approach. 2012.

P. 7.

3.

Cultural Intelligence for Military Operations. Pashtuns in Afghanistan.

P. 4.

4.

Meredith L. Runion The History of Afghanistan. “Greenwood Press”. London.

2007.

P. 73.

5.

Olaf Caroe. The Pathans 550 B.C.

A.D. 1957. Macmillan. London. 1958.

P. 255.

6.

Thomas Barfield. Afghanistan a cultural and political history. Oxford. United

Kingdom. 2010.

P. 25.

7.

Абдуллоев Р. Пуштуны в политической жизни Афганистана. Центральная

Азия и Кавказ. Том 16.

Выпуск 3.

2013

C. 88.

8.

Бўронов С.М. Афғонистонда тинчлик ва барқарорлик ўрнатиш

жараёнларида Ўзбекистон геосиёсати. –

Т.: “EFFECT

-

D”. 2021. –

C. 11.

9.

Мирзоев С.T. Афганский кризис и его влияние на региональную

безопасность в Центральной Азии: Геополитический аспект. Душанбе. 2019. –

C. 86.

10.

Шумов С., Андреев А. История Афганистана. «Крафт». Москва. 2002. –

С. 46.

11.

دادح الله ظیفح لاونربخ

.

هنومتسیس وغه د وا ټنمجنم هرادا ېک هرود هرصاعم هپ داوېه د

.

ناتسناغفا د

تیروهمج یملاسا

یمداکا ومولع د

.

:لاک

۱۳۹۷

.

۱۲۱

هنوخم

.

12.

(Hafizulloh Haddod. Mamlakatning hozirgi davrdagi boshqaruv va uning

tizimlari. Afg'oniston Islom Respublikasi Fanlar akademiyasi. Yili: 1397. 121 bet.)

Библиографические ссылки

A Dictionary of the Patlian Tribes on the North-West Frontier of India / General Staff Army Headquarters, India -Calcutta: Superintendent Government Printing, 1910. –P. 1-2.

Alfred Jasins. The Afghan Government’s Relationship with the Pashtun Community and its effect on Stability; a Comparative Approach. 2012. – P. 7.

Cultural Intelligence for Military Operations. Pashtuns in Afghanistan. – P. 4.

Meredith L. Runion The History of Afghanistan. “Greenwood Press”. London. 2007. –P. 73.

Olaf Caroe. The Pathans 550 B.C. – A.D. 1957. Macmillan. London. 1958. – P. 255.

Thomas Barfield. Afghanistan a cultural and political history. Oxford. United Kingdom. 2010. – P. 25.

Абдуллоев Р. Пуштуны в политической жизни Афганистана. Центральная Азия и Кавказ. Том 16. Выпуск 3. 2013 – C. 88.

Бўронов С.М. Афғонистонда тинчлик ва барқарорлик ўрнатиш жараёнларида Ўзбекистон геосиёсати. – Т.: “EFFECT-D”. 2021. – C. 11.

Мирзоев С.T. Афганский кризис и его влияние на региональную безопасность в Центральной Азии: Геополитический аспект. Душанбе. 2019. – C. 86.

Шумов С., Андреев А. История Афганистана. «Крафт». Москва. 2002. – С. 46.

خبرنوال حفیظ الله حداد. د هېواد په معاصره دوره کې اداره منجمنټ او د هغو سیستمونه. د افغانستان اسلامی جمهوریت د علومو اکادمی. کال: ۱۳۹۷. ۱۲۱ مخونه.

(Hafizulloh Haddod. Mamlakatning hozirgi davrdagi boshqaruv va uning tizimlari. Afg'oniston Islom Respublikasi Fanlar akademiyasi. Yili: 1397. 121 bet.)