Авторы

  • Озод Насимов
    Исследователь, Узбекский государственный университет мировых языков

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-iss7/S-pp95-101

Ключевые слова:

политическая партия демократия Новый Узбекистан реформы гражданское общество научные теории политические тенденции

Аннотация

В данной научной статье проводится анализ сущности политических партий и многопартийной системы, их методов работы, а также роли в развитии общества. Одним из ключевых признаков демократических принципов выделяется ответственность партий за изучение проблем населения и их решение на государственном уровне. Также в статье представлено сравнительное исследование зарубежного опыта и отечественной практики, с раскрытием концептуальных аспектов этого вопроса.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Political parties as an important institution of democracy

Ozod NASIMOV

1


Uzbek State World Languages University

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received July 2024
Received in revised form
15 July 2024
Accepted 25 July 2024
Available online
15 August 2024

This scientific article analyzes the essence of political parties

and the multi-party system, their methods of work, and their

role in the development of society. One of the key features of
democratic principles is the responsibility of parties for

studying the problems of the population and solve them at the
state level. The article also presents a comparative study of
foreign experience and domestic practice, revealing the

conceptual aspects of this issue.

2181-

1415/©

2024 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-iss7/S-pp95-101

This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

political party,

democracy,

New Uzbekistan,

reforms,

civil society,

scientific theories,

political trends.

Siyosiy partiyalar

demokratiyaning muhim instituti

sifatida

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

siyosiy partiya,

demokratiya,

Yangi

О‘zbekiston,

islohotlar,

fuqarolik jamiyati, ilmiy

nazariyalar,

siyosiy tendensiyalar.

Ushbu ilmiy maqolada siyosiy partiyalar va k

о‘ppartiyaviylik

tizimining asosiy mohiyati, faoliyat uslublari hamda jamiyat
taraqqiyotidagi

о‘rni tahlil etilgan. Demokratik tamoyillarning

muhim belgisi sifatida partiyalar aholini qiynayotgan
muammolarni

о‘rganish va ularni davlat darajasida hal etishga

mas’uliyati qayd etilgan. Shuningdek, zamonaviy xorijiy tajriba

va milliy amaliyot qiyosiy tadqiq etilib, masalaning konseptual
jihatlari ochib berilgan.

1

Researcher, Uzbek State World Languages University


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

07 (2024) / ISSN 2181-1415

96

Политические

партии

как

важный

институт

демократии

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

политическая партия,

демократия,

Новый Узбекистан,

реформы,

гражданское общество,

научные теории,

политические тенденции.

В данной научной статье проводится анализ сущности

политических партий и многопартийной системы, их

методов работы, а также роли в развитии общества. Одним

из ключевых признаков демократических принципов

выделяется ответственность партий за изучение проблем

населения и их решение на государственном уровне. Также

в статье представлено сравнительное исследование

зарубежного опыта и отечественной практики, с
раскрытием концептуальных аспектов этого вопроса.

Demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati qurishda hamda mamlakatda

amalga oshirilayotgan ijtimoiy-

siyosiy islohotlar jarayonida kо‘ppartiyaviylikka

asoslangan siyosiy tizim muhim ahamiyatga ega. Kо‘ppartiyaviylik tizimi fuqarolik

jamiyati va davlat manfaatlarini ifoda etadigan kо‘p qirrali siyosiy va fuqarolik jamiyati

instituti, mamlakat siyosiy tuzilmasining demokratik me’yorlarga mos kelish

kо‘rsatkichlaridan biri, jamiyatning siyosiy tizimini mustahkamlash va takomillashtirish

mexanizmidir.

Milliy va xorijiy tajriba shuni kо‘rsatadiki, rivojlangan kо‘ppartiyaviylik tizimi,

siyosiy partiyalar hamda fuqarolik institutlarining yetukligi va faolligi, fuqarolarning

yuksak darajadagi siyosiy-huquqiy madaniyati jamiyatda amalga oshirilayotgan

demokratik islohotlar muvaffaqiyatining muhim sharti hisoblanadi [1].

Ma’lumki, kо‘ppartiyaviylik davlatning siyosiy tizimida ishtirok etadigan ikki va

undan ortiq partiyalarning mavjudligi va ular о‘rtasidagi hokimiyat uchun kurashlar

jarayoni hisoblanadi. Ayni shu tizimda jamiyat va davlat о‘rtasida ikki tomonni bog‘lovchi

va fuqarolik jamiyatining eng muhim institutlaridan biri bо‘lgan siyosiy partiyalarning

о‘rni о‘ziga xos hisoblanadi. Siyosiy partiyalar kо‘ppartiyaviy tizimning asosiy elementi

bо‘lib, ularning jamiyat rivojidagi о‘rnini kо‘rib chiqish kо‘ppartiyaviylikning fuqarolik

jamiyatining institutsional asosi sifatida

о‘rganish jarayonidagi asosiy nuqtalardan

hisoblanadi.

“Partiya” (lotincha pars, partio, fransuzcha parti, nemischa partei, inglizcha party

qism, guruh, bо‘lak, ajrataman)

[

2] atamasi siyosiy partiyalar paydo bо‘lishidan ancha

oldin aholining muayyan qismining manfaatlarini ifodalovchi fuqarolar guruhlarini

belgilashga va ushbu maqsadlar uchun hokimiyatga ta’sir kо‘rsatishga harakat qilishda

ishlatilgan.

XX asr boshlarida siyosiy partiyaga keng qamrovli ta’rifini bergan

M.Y.

Ostrogorskiyga kо‘ra: partiya bu “... siyosiy maqsadga erishish uchun birlashgan

individlar guruhidir”

[3].

T.Bersel esa, siyosiy partiyalar jamiyatda ijtimoiy aloqalarni mustahkamlashi

asnosida siyosiy tarmoqni shakllantiradi. Siyosiy tarmoq bu

siyosatda umumiy

manfaatlar asosida birlashgan va mazkur manfaatlarni ilgari surish uchun о‘zaro

resurslar almashadigan aktorlar yig‘indisi hisoblanadi. Bunda ijtimoiy va siyosiy

kooperatsiya umumiy maqsadlarga erishishning eng tо‘g‘ri va samarali yо‘li hisoblanadi

[

4], deya e’tirof etadi.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

07 (2024) / ISSN 2181-1415

97

1996-yil 26-

dekabrda qabul qilingan “Siyosiy partiyalar tо‘g‘risida”gi О‘zbekiston

Respublikasi Qonunining 1-

moddasiga kо‘ra, siyosiy partiya О‘zbekiston Respublikasi

fuqarolarining qarashlar, manfaatlar va maqsadlar mushtarakligi asosida tuzilgan, davlat

hokimiyati organlarini shakllantirishda jamiyat muayyan qismining siyosiy irodasini

rо‘yobga chiqarishga intiluvchi hamda о‘z vakillari orqali davlat va jamoat ishlarini idora

etishda qatnashuvchi kо‘ngilli birlashma hisoblanadi

[5].

Umuman olganda, siyosiy partiyalar demokratik institut sifatida turli xil ijtimoiy

guruhlar va jamiyat segmentlarining manfaatlarini umumlashtirish, uyg‘unlashtirish

vazifasini о‘taydi, shuningdek, fuqarolarning siyosiy ishtirokini rivojlantirishga yordam

beradi hamda jamoatchilik fikrini, siyosiy yо‘nalishlarni, mafkuralarni shakllantirishdagi

ahamiyati esa nihoyatda katta.

Shuning bilan birga, zamonaviy siyosiy tizimlarda siyosiy partiyalar davlat va

jamiyat hayotida bir qator muhim vazifalarni (funksiyalarni) bajaradilar. Jumladan:

Birinchidan,

bu artikulyatsiya va manfaatlar yig‘indisi funksiyalari. Agar turli xil

bosim guruhlari artikulyatsiya funksiyasini muvaffaqiyatli bajara olsa, siyosiy partiyalar

agregatsiya funksiyasini deyarli tо‘liq anglaydilar.

Ikkinchidan,

siyosiy ijtimoiylashuv funksiyalari. Partiyalar faoliyatida (ham faol,

ham passiv) ishtirok etish orqali fuqarolar tegishli siyosiy tajribaga ega bо‘ladilar hamda

kelajakdagi siyosiy amaliyotlari uchun zarur bо‘lgan bilim va kо‘nikmalarni о‘rganadilar.

Uchinchidan,

siyosiy elita va siyosiy rahbarlarni yollash funksiyalari. Zamonaviy

sharoitda muvaffaqiyatli partiyaviy tajriba siyosiy hokimiyatga malakali kadrlarni

yetkazib beradi.

Tо‘rtinchidan,

fuqarolik jamiyati va davlat о‘rtasidagi munosabatlarni ta’minlash

funksiyasi. Ya’ni, siyosiy partiyalar jamiyatning siyosiy tizimidagi guruhlar va ijtimoiy

qatlamlarning manfaatlarini ifoda etuvchi tashkilot sifatida fuqarolik jamiyati uchun

zarur bо‘lgan aloqa instituti (jamiyat va davlat о‘rtasida) vazifasini ham bajaradi.

Agarda, fuqarolik jamiyatining tuzilishi oila, maktab, jamoat birlashmalari, siyosiy

partiyalar, kasaba uyushmalari, mustaqil matbuot, vakillik va tо‘g‘ridan

-

tо‘g‘ri

demokratiya institutlari, ta’lim va tarbiya tizimi, ijtimoiy guruhlar, qatlamlar, о‘rta sinflar

va barcha nodavlat tuzilmalar, muassasalar munosabatlarining garmoniyali harakatidan

iborat bо‘lsa, aynan shu tizimda siyosiy partiyalar о‘ziga xos ahamiyat kasb etadi. Negaki,

siyosiy partiyalar bugungi kunda demokratik davlatning asosiy vazifalaridan biri bо‘lgan

siyosiy xilma-

xillik va kо‘ppartiyaviylik tizimini shakllanishini ta’minlovchi fuqarolik

jamiyatining muhim elementi sifatida e’tirof etiladi.

Umumiy olib qaraganda, fuqarolik jamiyati uchta yо‘nalishni о‘z ichiga oladi:

huquqiy (qonun asosidagi tenglik), siyosiy (umumiy ovoz berish) va ijtimoiy-iqtisodiy. Bu

о‘rinda fuqarolik jamiyatining siyosiy yо‘nalishi aynan siyosiy partiyalar faoliyati bilan

uzviy bog‘liq. Chunki inson siyosiy iroda erkinligini his qiladigan jamiyat, ya’ni fuqarolik

jamiyati, о‘z mohiyatiga kо‘ra siyosiy prinsipning tashuvchisidir va uning normal

ishlashini siyosiy harakatlarsiz tasavvur qilib bо‘lmaydi. Shunday ekan, fuqarolik jamiyati

shakllanishi va rivoji siyosiy tizimning demokratik mazmunini yanada tо‘ldirishi, siyosiy

partiyalarning jamiyat va davlat hayotidagi rolining о‘sib borishi, siyosiy va ijtimoiy

xilma-

xillikning rivojlanishi bilan bog‘liqdir.

Siyosatshunos olim M.

Qirg‘izboyev,

fuqarolik jamiyatining muhim institutlaridan

biri sifatida siyosiy partiyalar fuqarolik jamiyatini siyosiy tizim bilan о‘zaro aloqalarining

doimiyligini ta’minlaydi, davlat hokimiyatining jamiyatga bog‘liqligi va uning jamiyat

tomonidan nazorat qilinishi kо‘p hollarda siyosiy partiyalar orqali amalga oshiriladi

[6],

deydi.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

07 (2024) / ISSN 2181-1415

98

Siyosiy partiyaning ikki tomonlama tabiati о‘zining normativ о‘lchoviga ega.

Bir

tomondan, partiyaning fuqarolik jamiyati instituti ekanligi unga barcha turdagi fuqarolik

jamiyati institutlariga xos bо‘lgan tashkil etish va faoliyat prinsiplarini joriy qilishni

anglatadi. Boshqa tomondan, partiyaning asosiy maqsadi, uning jamiyatning siyosiy

hayotidagi ishtiroki ekanligi va boshqa fuqarolik jamiyati institutlaridan ajratib turishida

namoyon bо‘ladi

[7].

V.V.

Lapayevaga kо‘ra, “bir tomondan, partiya fuqarolik jamiyati instituti, ya’ni

davlat hokimiyatidan mustaqil xususiy sektor munosabatlarining strukturaviy elementi

sifatida namoyon bо‘ladi, boshqa tomondan u davlat

siyosiy tizimning bir qismi sifatida

ishlaydi”

[8].

Yuqoridagilardan kelib chiqib aytish mumkinki, siyosiy partiyalar fuqarolik

jamiyatining siyosiy tarkibiy qismi sifatida “dualistik”(ikki kо‘lamli) tuzilishga ega

bо‘lgan murakkab tuzilmalardir.

Ularning bir qismi jamiyat darajasida, boshqasi esa

davlat darajasida (parlamentda, hukumatda) ishlaydi.

Rivojlangan davlatlar tajribasiga kо‘ra, siyosiy partiyalarning asosiy vazifalari

sifatida davlat boshqaruvida о‘zaro tiyib turish va manfaatlar muvozanatini ta’minlash;

о‘z elektorati hamda butun jamiyat manfaatlarini ilgari surish; davlat va jamiyat

taraqqiyotiga qaratilgan muqobil loyiha (dastur)lar ishlab chiqish kabi kо‘plab

funksiyalarni bajarib keladi [9].

Shuningdek, fuqarolik jamiyati tizimida siyosiy partiyalar quyidagi funksiyalarni

ham bajaradilar:

Birlashtirish.

Ushbu funksiyada siyosiy partiyalar fuqarolik jamiyatida

fuqarolarning ma’lum maqsadlar atrofida birlashishini ta’minlaydi.

Transformativ.

Ushbu funksiyani amalga oshirishda siyosiy partiyalar kо‘plab

xususiy manfaatlarni umumiy irodaga aylantiradi.

Qiymatni belgilash.

Ushbu funksiya doirasida siyosiy partiyalar fuqarolik jamiyati

subyektlarining qadr-qimmatini belgilab beradilar.

Siyosiy partiyalar, ommaviy harakatlar, kasaba uyushmalari, ayollar, yoshlar

tashkilotlari va boshqa umumiy manfaatga yо‘naltirilgan jamoat birlashmalari yordamida

jamiyat о‘zini о‘zi shakllantiradi, siyosiy va g‘oyaviy plyuralizm hamda kо‘ppartiyaviylik

fuqarolik jamiyatining siyosiy jihatdan institutsionallashuvida muhim asos hisoblanadi [10].

Bir guruh ijtimoiy-

gumanitar soha olimlarining umumiy fikriga kо‘ra, agarda

fuqarolik jamiyati mavjud bо‘lmasa, demokratik partiyaviy tizim bо‘lmaydi yoki aksincha.

Darhaqiqat, fuqarolik jamiyati rivojlangan davlatni partiyaviy tizimsiz tasavvur qilish

qiyin va demokratik ruhdagi partiyaviy tizim о‘z о‘rnida fuqarolik jamiyatining

taraqqiyotida muhim istitutsional omillardan biridir. Demokratik partiyaviy tizim esa

davlatning siyosiy tizimida bir nechta siyosiy partiyalarning hokimiyat uchun о‘zaro

raqobati asosida amalga oshadigan kо‘ppartiyaviylik bilan bog‘liq. Kо‘ppartiyaviylik

sharoitida hokimiyatga erishish va uni boshqarish uchun tabiiy kurashning ochiq va

oqilona shakli paydo bо‘ladi.

Kо‘pincha, ma’lum muddatlarda о‘tkaziladigan parlament va prezident

saylovlarida siyosiy partiyalarning faol ishtiroki asosida hokimiyatni taqsimlash, qayta

taqsimlash jarayonlari amalga oshirilib, bunda jamiyat uchun muhim ahamiyatga ega

bо‘lgan hukmron elita yangilanadi va о‘zgartiriladi, ijtimoiy о‘zgarishlar va islohotlar

strategiyasi ishlab chiqiladi va, eng muhimi, raqobatdosh siyosiy muhit vujudga kelib, bu

hokimiyatni monopollashtirish va haddan tashqari markazlashtirish tendensiyalarini, har

qanday suiiste’mollik holatlari, odamlarning siyosiy begonalashuvining oldini oladi.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

07 (2024) / ISSN 2181-1415

99

Kо‘ppartiyaviylik institutining vujudga kelishi –

mamlakatda fuqarolik jamiyati

shakllanishining eng muhim belgisi hisoblanadi. Siyosiy partiyalarning shakllanishi va

rivojlanishi jamiyatda siyosiy tizimning ma’lum ma’noda samaradorligi hamda davlatning

demokratik tabiatini mustahkamlaydi, fuqarolarning siyosiy huquqlarini ta’minlaydi.
Xususan, kо‘ppartiyaviylik mamlakat siyosiy hayotining barcha sohalarini, davlat va

jamiyat qurilishini erkinlashtirishda, fuqarolarning siyosiy, iqtisodiy faolligini

kuchaytirish va insonning о‘z qobiliyatini tо‘la rо‘yobga chiqarishi uchun tegishli shart

-

sharoit yaratishda, odamlarning о‘z xohish

-

irodasini erkin ifoda etish, о‘z manfaatlarini

rо‘yobga chiqarish va himoya qilish huquqini rivojlantirish va amalda namoyon qilishda,

jamiyatimizda mavjud bо‘lgan turli manfaatlar, qarama

-qarshi kuchlar va harakatlar

о‘rtasidagi muvozanatni ta’minlaydigan samarali mexanizmni shakllantirishda muhim rol

о‘ynaydi

[11].

Ma’lumki,

yangilangan

islohotlar

va

о‘zgarishlar

huquqiy

asoslarni

takomillashtirishdan boshlanadi. Taraqqiyot Strategiyasida belgilangan vazifalarni

amalga oshirishga yо‘naltirilgan mingdan ortiq normativ

- huquqiy hujjatlarning qabul

qilingani yuqoridagi fikrimizni tasdiqlaydi.

Shuningdek, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlar va

kо‘ppartiyaviylik tizimining rivoji fuqarolarning mazkur jarayonlardagi ishtiroki bilan

belgilanadi. Bunda davlat va jamiyat boshqaruvidagi fuqarolar ishtirokining asosiy shakli

bо‘lgan saylovlar hamda faoliyati asosan saylovlar bilan uzviy bog‘liq bо‘lgan partiyalar
asosiy о‘rinni egallaydi. Shuning uchun ham yangi islohotlar jarayonida kо‘ppartiyaviylik

tizimi hamda parlament faoliyatini tashkil etishning muhim mexanizmi bо‘lgan saylovga
oid qonunchilik tizimini takomillashtirishga alohida e’tibor berilmoqda.

Xususan, bunda davlat hokimiyatining demokratik asoslarini, vakillik

organlarining ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-

siyosiy о‘zgarishlarni amalga oshirishdagi roli

va ahamiyatini yanada mustahkamlash, shuningdek, mahalliy Kengashlarga saylovni

saylov tо‘g‘risidagi qonun hujjatlariga, saylovchilarning xohish

-

irodasiga tо‘la muvofiq

hamda xalqaro huquqning umum-

e’tirof etilgan prinsiplari va normalarini inobatga olgan

holda о‘tkazish maqsadida ishlab chiqilgan О‘zbekiston Respublikasining “

Toshkent

shahar xalq deputatlari tuman Kengashlariga saylov tо‘g‘risida”gi Qonuni, О‘zbekiston

Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-

oktyabrdagi “Saylov jarayoniga zamonaviy

axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish chora-

tadbirlari tо‘g‘risida”gi

PQ

3961-sonli, 2018-yil 6-

noyabrdagi “О‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov

komissiyasi faoliyatini takomillashtirish bо‘yicha tashkiliy chora

-

tadbirlar tо‘g‘risida”gi

PQ

4004-son qarorlari va boshqalarni keltirish mumkin.

Shuningdek, Harakatlar Strategiyasi qabul qilingandan keyin ancha yillardan

buyon yetilib kelayotgan bir qator sohalarda bо‘lgani kabi saylovlarga oid yaxlit bir

hujjatni qabul qilish zarurati paydo bо‘ldi. Bu xususda

2017-yil 22-dekabrda

mamlakatimiz Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning Oliy Majlisga murojaatnomasida

“Shu о‘rinda siyosiy hayotimizda muhim ahamiyatga ega bо‘lgan saylov qonunchiligi
haqida ham tо‘xtalib о‘tmoqchiman. Bu borada qabul qilingan 6 ta qonun va bir qator

qonunosti hujjatlari, afsuski, haligacha yaxlit bir hujjat shakliga keltirilmagan. Shu sababli
xalqaro norma va standartlarga javob beradigan

yagona saylov kodeksini

ishlab chiqish

va qabul qilish lozim” deya saylovlarga oid qonunchilikni takomillashtirishni
tashabbusini kо‘taradi.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

07 (2024) / ISSN 2181-1415

100

EXHT ga kо‘ra, Saylov kodeksini ishlab chiqish va qabul qilish zamonaviy dunyoda

saylov tizimini takomillashtirishning muhim yо‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Hozirgi

vaqtda Saylov kodeksi dunyoning 200 ga yaqin mamlakatining 40 tasida (17 ta Yevropa

davlatlarida) qabul qilingan. Dastlabki saylov kodeksi Fransiyada (1964-yil), keyinchalik,
Braziliya (1965-yil), Meksika (1994-yil), Moldova (1997-yil), Armaniston (1999-yil),

Belorussiya (2000-yil), Ozarbayjon (2003-yil), Makedoniya (2006-yil), Albaniya
(2008-yil), Bolgariya (2008-yil), Gruziya (2011-yil), Polsha (2011-yil), Slovakiya

(2011-yilda), Turkmaniston (2013-yilda) Kanadaning ayrim viloyatlari (Ontario) va

AQShning ba’zi shtatlarida (Ayova, Alabama, Illinoys, Kaliforniya, Oklaxoma, Texas,

Florida, Yuta) qabul qilinib, saylovlarni о‘tkazish bilan bog‘liq bо‘lgan jarayonlarning
qonuniy vositasi hisoblanadi. Endilikda yuqoridagi davlatlar kabi О‘zbekistonda ham

saylovlarni о‘tkazish 2019

-yil 25-iyunda qabul qilingan 18 ta bob, 103 moddadan iborat

bо‘lgan Saylov kodeksi asosida tartibga solinadigan bо‘ldi. Mazkur Saylov kodeksi saylov

jarayoni hamda milliy, shuningdek, mahalliy darajada saylovlar о‘tkaziladigan me’yor va
tamoyillarni о‘z ichiga oladi. Saylov kodeksi bu –

saylovlar bilan bog‘liq bо‘lgan huquqiy

tartibga solish sohasini muvofiqlashtiruvchi barcha huquqiy normalarni birlashtirish

asosida shakllantirilgan, ya’ni nisbatan tizimli ravishda О‘zbekiston saylov

qonunchiligining barcha asosiy normalarini о‘z ichiga olgan maxsus qonun hujjatidir.

Ushbu hujjatda saylovlarni umum-

e’tirof etilgan xalqaro standartlar va prinsiplar

asosida demokratik, ochiq-

oshkora о‘tkazishga xizmat qiladigan о‘ttizdan ortiq yangi

norma va qoidalar ham joy olgan bо‘lib, ilgari amalda bо‘lgan kо‘plab cheklovlar chiqarib

tashlangan [12]. Shuningdek, Saylov kodeksiga partiyalar faoliyati va kо‘ppartiyaviylikni

rivojiga xizmat qiladigan bir qator yangi normalar kiritilgan. Xususan, saylovchilarning

yagona elektron rо‘yxatini shakllantirish, imzolarni tо‘plash, saylovlarni о‘tkazish
jarayoni bilan bog‘liq bо‘lgan tartibotlar, partiyalarning vakolatli vakillarining huquqlari,

teng saylov huquqini

ta’minlash mexanizmlarini kengaytirishga oid yangi normalar

shular jumlasidandir.

Kodeksdagi eng katta yangiliklardan biri bu

siyosiy maydonning tо‘liq siyosiy

partiyalarga berilishi, Ekologik harakatga qо‘yilgan kvota chiqarib tashlanishi, xalq

deputatlari tuman va shahar Kengashlariga fuqarolarning о‘zini о‘zi boshqarish
organlaridan nomzod kо‘rsatish huquqining chiqarib yuborilganida namoyon bо‘ladi.

Endilikda siyosiy partiyalar Qonunchilik palatasiga bо‘lib о‘tadigan saylovda 135 emas,
balki tо‘liq 150 ta saylov okrugida nomzodlarini kо‘rsatish huquqiga ega bо‘ladilar

[13].

Saylov kodeksi qabul qilingunga qadar

bо‘lgan

davrdagi saylovlarda Qonunchilik palatasi

va viloyat kengashlariga nomzod

kо‘rsatish

faqat siyosiy partiyalardan

kо‘rsatilgani

holda, tuman va shahar kengashlariga partiyalar bilan birgalikda

о‘zini

-

о‘zi

boshqarish

organlaridan ham nomzodlar

kо‘rsatilar

edi. Bu esa,

kо‘ppartiyaviylikning

asosiy sharti

bо‘lgan

siyosiy partiyalarni quyi darajalarda hokimiyat uchun

о‘zaro

kurashlarida teng

imkoniyat bilan

ta’minlash

masalasiga bir oz zidroq edi. Rivojlangan davlatlar tajribasiga

murojaat qilinsa, ularda vakillik organlariga nomzod

kо‘rsatish

huquqi bevosita siyosiy

partiyalarga berilganini kuzatish mumkin. AQSh, Kanada, Polsha, Portugaliya, Irlandiya,

Braziliya, Yangi Zelandiya kabi davlatlarda siyosiy partiyalar saylov jarayonlarining
asosiy subyekti hisoblanadi. Masalan, 1993-yildan boshlab Yangi Zelandiyada parlament

saylovlarida nomzodlar

kо‘rsatish

partiyalar

rо‘yxatiga

va rasmiylashtirilgan partiyalar

asosida

о‘tkazish

taklif qilindi. Irlandiyada saylovlarda nomzodlar

kо‘rsatish

ba’zi

imtiyozlar bilan 2001-yilda, Kanadada 2003-yilda partiyalarga berildi.

О‘zbekistonda


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

07 (2024) / ISSN 2181-1415

101

ham ekologik harakatga beriladigan kvota hamda tuman, shahar kengashlariga

saylovlarda

о‘zini

-

о‘zi

boshqarish organlaridan nomzodlar

kо‘rsatish

huquqining bekor

qilinishi bilan siyosiy partiyalar saylovlarda asosiy va yagona subyektga aylandi.

Bugungi kunda jamiyatimizda kechayotgan islohotlar jarayonida siyosiy

partiyalarning roli va о‘rni yanada kuchayib bormoqda. Mamlakatimizda faoliyat olib

borayotgan О‘zbekiston Liberal demokratik partiyasi, “Milliy tiklanish”

demokratik

partiyasi, Xalq demokratik partiyasi, “Adolat” sotsial demokratik partiyasi, “Ekologik

partiya”lari о‘z oldiga qо‘ygan dasturiy maqsadlarni amalga oshirish, elektorat bilan
ishlash tizimini takomillashtirish, о‘zlarining saylab qо‘yilgan vakillari –

deputatlik

korpusi orqali qonun ijodkorligini yanada takomillashtirishga e’tibor berishmoqda.

Shuningdek, bugun zamonning о‘zi jamiyatimizning har bir a’zosidan, birinchi

navbatda, siyosiy partiyalar, ularning vakillari, deputat va senatorlardan mamlakatimizda

amalga oshirilayotgan keng kо‘lamli islohotlarning oddiy ishtirokchisi emas, balki

tashabbuskori va asosiy ijrochisi bо‘lishi, о‘sib kelayotgan yoshlarimizga namuna
kо‘rsatishini talab qilib qо‘ymoqda.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

Мамадалиев Ш, Джавакова Қ. Кўппартиявийлик тизимини изчил

ривожлантириш –

давлат ҳокимиятини демократлаштиришнинг муҳим шарти

[Электрон манба]: http://old.xs.uz/index.php/homepage/sijosat/item/767

-koppartiyaviylik

2.

Қаранг

:

Словарь юридических терминов и выражений [Текст] М.

: 1999.

С. 86.

3.

Вагина

Л.

С.

Теоретические основы исследования деятельности

политических партий как субъекта политики

в современной России

.

http://vestnik.osu.ru/2011_5/8.pdf

4.

Tanja A. Borzel. Organizing Babylon

On the Different Conceptions of Policy

Networks//Public Administration. 1998, p. 253

273.

5.

[

Электрон манба]: Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси,

19.04.2018 й., 03/18/476/1087

-

сон http://lex.uz/docs/54191.

6.

Саидов С.Ш. Тенденции гражданского общества в Узбекистане: некоторые

взгляды на создание общественной палаты // Alma Mater (Вестник высшей
школы). 2021. –

№02. –

C. 119.

7.

Қирғизбоев

М. Фуқаролик жамияти: назария ва хорижий тажриба.

Тошкент:

Янги аср авлоди,

2006.

Б. 104.

8.

Лапаева В.В. Право и многопартийность в современной России. М.:

Норма,1999.–

C 182.

9.

Саидов С.Ш. Роль гражданского общества в контексте интеграции

Центральной Азии // International journal of “Consensus”, 2021. –

№1. –

С.

36.

10.

Жалилов А, Муҳаммадиев У, Жўраев Қ ва бошқ

.

Фуқаролик жамияти

асослари: ўқув қўлланма.. Тошкент. 2015.–

Б.28.

11.

Сайловда ҳаққонийлик қандай таъминланади? ЎзА мухбири Норгул

Абдураимова ва

Ўзбекистон Республикаси Марказий сайлов комиссияси раисининг

ўринбосари

Маҳмуд

Истамов

билан

суҳбати

[

Электрон

манба]:

http://uza.uz/oz/society/ma-mud-istamov- 25-09-2019.

12.

М.Миракулов,

Сайлов кодекси –

демократия ифодаси

[

Электрон манба]:

http://huquq.uz/saylov-kodeksi-demokratiya-ifodasi/

Библиографические ссылки

Мамадалиев Ш, Джавакова Қ. Кўппартиявийлик тизимини изчил ривожлантириш — давлат ҳокимиятини демократлаштиришнинг муҳим шарти [Электрон манба]: http://old.xs.uz/index.php/homepage/sijosat/item/767-koppartiyaviylik

Қаранг: Словарь юридических терминов и выражений [Текст] М.: 1999.– С. 86.

Вагина Л. С. Теоретические основы исследования деятельности политических партий как субъекта политики в современной России. http://vestnik.osu.ru/2011_5/8.pdf

Tanja A. Borzel. Organizing Babylon – On the Different Conceptions of Policy Networks//Public Administration. 1998, p. 253–273.

[Электрон манба]: Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 19.04.2018 й., 03/18/476/1087-сон http://lex.uz/docs/54191.

Саидов С.Ш. Тенденции гражданского общества в Узбекистане: некоторые взгляды на создание общественной палаты // Alma Mater (Вестник высшей школы). 2021. – №02. – C. 119.

Қирғизбоев М. Фуқаролик жамияти: назария ва хорижий тажриба. Тошкент: Янги аср авлоди,

– Б. 104.

Лапаева В.В. Право и многопартийность в современной России. М.: Норма,1999.– C 182.

Саидов С.Ш. Роль гражданского общества в контексте интеграции Центральной Азии // International journal of “Consensus”, 2021. – №1. – С. 36.

Жалилов А, Муҳаммадиев У, Жўраев Қ ва бошқ. Фуқаролик жамияти асослари: ўқув қўлланма.. Тошкент. 2015.– Б.28.

Сайловда ҳаққонийлик қандай таъминланади? ЎзА мухбири Норгул Абдураимова ва Ўзбекистон Республикаси Марказий сайлов комиссияси раисининг ўринбосари Маҳмуд Истамов билан суҳбати [Электрон манба]: http://uza.uz/oz/society/ma-mud-istamov- 25-09-2019.

М.Миракулов, Сайлов кодекси – демократия ифодаси [Электрон манба]: http://huquq.uz/saylov-kodeksi-demokratiya-ifodasi/