Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Increasing the professional responsibility of personnel in
the field of civil service and social responsibility
Khurshid IKRAMOV
Fergana State University
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received July 2024
Received in revised form
15 August 2024
Accepted 25 August 2024
Available online
15 September 2024
The article examines the issue of increasing social
responsibility and accountability of personnel in the field of civil
service as an important factor in contemporary administrative
reforms. It also explores the special place and role of the civil
service in societal development and state formation, supported
by scientific analysis. Additionally, the article discusses
methodological approaches and key trends in enhancing the
social responsibility of public servants, along with increasing the
political consciousness and culture of civil service personnel in
the new Uzbekistan. These discussions are supported by
empirical data related to accountability in the field.
2181-
1415/©
2024 in Science LLC.
DOI:
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-iss8/S-pp147-155
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
civil service,
public servant,
public administration,
social management,
personnel policy in the field
of civil service,
professional responsibility,
social responsibility,
political consciousness,
political culture,
ethics of public servant,
political image of public
servant.
Fuqarolik xizmati sohasidagi kadrlarning kasbiy
mas’uliyatini oshirish va ijtimoiy javobgarlik
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
fuqarolik xizmati,
davlat xizmatchisi,
davlat boshqaruvi,
ijtimoiy boshqaruv,
fuqarolik xizmati sohasida
kadrlar siyosati,
kasbiy mas’uliyat,
ijtimoiy javobgarlik,
siyosiy ong,
Maqolada fuqarolik xizmati sohasidagi kadrlarning ijtimoiy
mas’uliyatini oshirish va javobgarlik masalasi bugungi
ma’muriy islohotlarning muhim omili sifatida ko‘rib chiqiladi.
Shuningdek,
maqolada
jamiyat
taraqqiyotida
va
davlatchilikning shakllanishida fuqarolik xizmati sohasining
o‘ziga xos o‘rni, roli alohida ahamiyatga ega ekanligi ilmiy
asosda tadqiq etilgan. Yana shu bilan birga maqolada fuqarolik
xizmati
sohasidagi
davlat
xizmatchilarining
ijtimoiy
1
Researcher, Fergana State University.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
08 (2024) / ISSN 2181-1415
148
siyosiy madaniyat,
davlat xizmatchisi etikasi,
davlat xizmatchisi siyosiy
imiji.
mas’uliyatini oshirish va javobgarlik masalasiga doir
tadqiqotlardan olingan empirik ma’lumotlarga asoslanib, yangi
O‘zbekistonda fuqarolik xizmati sohasidagi kadrlarning siyosiy
ongi va madaniyati, ijtimoiy mas’uliyati, xususan ijtimoiy
javobgarligini oshirishning uslubiy yondashuvlari va asosiy
tendensiyalari muhokama qilinadi.
Повышение
профессиональной
ответственности
персонала в сфере государственной службы и
социальная ответственность
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
государственная служба,
государственный
служащий,
государственное
управление,
социальное управление,
кадровая политика на
государственной службе,
профессиональная
ответственность,
социальная
ответственность,
политическое сознание,
политическая культура,
этика государственного
служащего,
политический имидж
государственного
служащего.
В
статье
рассматривается
вопрос
повышения
социальной ответственности и подотчетности кадров в
сфере государственной службы как важного фактора
современных административных реформ. На научной
основе исследуются особое место и роль государственной
службы
в
развитии
общества
и
формировании
государственности. Внимание уделено методологическим
подходам и основным тенденциям повышения социальной
ответственности государственных служащих, а также
развитию политического сознания и культуры кадров в
условиях
новой
реальности
Узбекистана.
Анализ
проводится на основе эмпирических данных по вопросам
подотчетности.
Fuqarolik xizmati boshqaruv tizimining muhim elementi bo‘lib, uning samarali
faoliyat ko‘rsatishi fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga rioya etilishini,
mamlakatning izchil va barqaror rivojlanishini belgilab beradi. Shu sababli ushbu tizimni
doimiy ravishda isloh qilib borishga harakat qilinadi. Ana shu ma’noda, jamiyat
taraqqiyotida va davlatchilikning shakllanishida fuqarolik xizmati sohasining o‘ziga xos
o‘rni, roli alohida ahamiyatga egaligini qayd etish lozim. Shu bilan birga, jamiyatning
ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy, moddiy-
ma’naviy ehtiyojlarini qondirish uchun
amalga oshiradigan faoliyati insonlar va davlatning kelajagini belgilab beradi.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti ta’kidlab o‘tganidek, “...ko‘plab davlat
xizmatchilarining zimmasiga katta ma’suliyat yuklanganiga qaramasdan, ularning ish
kuni va ish haftasi aniq meyorga solinmagani hech kimga sir emas. Jahon tajribasi shuni
ko‘rsatadiki, davlat xizmatchilariga yuksak talablar qo‘yishdan oldin ularning huquqlarini
kafolatlash va himoya tizimini mustahkamlash darkor”. Ushbu so‘zlardan davlat
xizmatchilariga e’tibor qanchalik muhimligini bilish mumkin.
Ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda bozor munosabatlarini qaror toptirishga qaratilgan
islohotlarni amalga oshirish bilan bog‘liq keskin obyektiv o‘zgarishlar davlat va nodavlat
tashkilotlarining boshqaruv sohalarida ishlayotgan davlat xizmatchilarini tayyorlash,
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
08 (2024) / ISSN 2181-1415
149
tanlash, qayta tayyorlash yoki malakasini oshirishni zamonaviy usullarda doimiy
yangilab turishni taqozo etmoqda. Bu bejiz emas, albatta. Zero, davlat hokimiyati va
boshqaruv tizimi har qanday jamiyatda ichki barqarorlik, taraqqiyot va farovonlikni
ta’minlashga xizmat qiluvchi alohida organlar vazifasini bajaradi. Shuningdek, turli
obyektiv sabablarga ko‘ra ham ijtimoiy hayotda yuz beradigan inqirozli vaziyatlarda
davlat xizmatchilarining ijtimoiy javobgarligi va ijtimoiy tartibotni saqlashdagi o‘rni
oshib bormoqda.
Davlat xizmatchilarining faoliyatini baholashda bu ishda ijtimoiy javobgarlikning
o‘rni nihoyatda muhimligini nazardan qochirmaslik lozim. Zero, har bir davlat
xizmatchisi o‘z faoliyati orqali davlatchilik asoslari mustahkamlanishiga va jamiyatning
barqaror rivojlanishiga hissa qo‘shadi. Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, har bir shaxs kabi
davlat xizmatchilari ham o‘z faoliyatining natijasi uchun davlat va jamiyat oldida
javobgar. Davlat xizmatchisi davlat organlarining huquqlarini ro‘yobga chiqarish bo‘yicha
tashkiliy-boshqaruv funksiyalarini bajaradigan, fuqarolar uchun huquqiy oqibatlar
keltirib chiqaruvchi yuridik ahamiyatga ega harakatlarni amalga oshiradigan shaxs.
“Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining
4-
moddasiga ko‘ra, “davlat organining vakolatlarini amalga oshirish uchun Davlat
fuqarolik xizmati lavozimlarining davlat reyestriga kiritilgan lavozim”
dir.
Yangi O‘zbekistonni barpo etishda davlat xizmatchilarining faoliyatini tartibga
solish va ijtimoiy javobgarligini oshirishga doir ilmiy-
huquqiy asoslarni chuqur o‘rganish
alohida ahamiyatga ega. Shuningdek, davlat boshqaruvining erkinlashtirilishi, davlat
hokimiyati organlarini markazlashgan tizimdan markazlashmagan tizimga o‘tkazish
bo‘yicha islohotlarning tobora chuqurlashib borishi davlat xizmatchilarining faoliyatiga
bir qator yangi talablar qo‘yilishiga sabab bo‘lmoqda. Ayniqsa, yangi O‘zbekistonni barpo
etish sharoitida davlat boshqaruvi tizimida davlat xizmatchisi sifatida faoliyat yuritish
uchun boshqaruvning zamonaviy asoslarini o‘zlashtirish va amaliyot bilan bog‘lash
qobiliyatini o‘stirishni hayotning o‘zi talab etmoqda. Ammo bunday jiddiy talablarning
amalga oshirilishi davlat xizmatchilarining o‘zigagina bog‘liq emas. Bu jarayonning
murakkabligi shundaki, u bir toifa shaxslargagina emas, balki butun bir davlatning
asosini tashkil qiluvchi boshqaruv tizimi va uni amalga oshiruvchi bo‘g‘inlarga ham
bog‘liq. Bu jarayonni shunchaki emas, balki davlat xizmatchilari bilan jamiyatning asosi
hisoblangan turli darajalardagi insonlarning samarali hamkorligini yo‘lga qo‘yish orqali
amalga oshirish mumkin.
Tadqiqotchi M.A.
Katrichning quyidagi fikrlari yuqoridagi fikrimizga misol bo‘ladi:
“Mamlakatning hozirgi kuni va kelajagi bu kabi shakllarning to‘g‘ri tanlanishiga bog‘liq.
Chunki, jamiyat hayotidagi tangliklarni bartaraf etish resurslari, shuningdek uning
rivojlanishi uchun qo‘shimcha turtki berishga qodir imkoniyatlar, aynan muayyan hudud
uchun muhim muammolarni yechishda fuqarolarning faolligi va tashabbuskorligiga
tayanuvchi omillar mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish zamirida yashiringan”.
Fuqarolik xizmati sohasidagi davlat xizmatchilari davlat boshqaruvining o‘ta
muhim subyekti hisoblanadi. Shuning uchun ham prezident Sh.M. Mirziyoyev davlat
xizmatchilarining dunyoqarashini zamonaviylashtirish, ijtimoiy javobgarligini oshirish
maqsadida ular faoliyatining mezonlarini ishlab chiqish zarurligini ta’kidlaydi. Prezident
davlat xizmatiga kadrlarni tanlashda bu kabi xislatlarga e’tibor berishni vazifa qilib
qo‘yishga oid qarashlarini o‘z chiqishlarida ko‘p bora ta’kidlab o‘tgan. Ayni damda har bir
davlat xizmatchisining o‘z ishiga mas’uliyatini tubdan o‘zgartirish, ijtimoiy javobgarligini
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
08 (2024) / ISSN 2181-1415
150
oshirish hamda tegishli bilim va tajriba, yuqori malakaga ega bo‘lishi lozimligini
davlatimiz rahbari har bir chiqishida takrorlashdan charchamaydi. Negaki, bu masala
hozirgi vaqtda zamonaviy boshqaruvni tashkil etishda muhim o‘rin tutadi.
–
Kasb etikasida
“
kompetentlik
”
tushunchasi ko‘p ishlatiladi. Bu so‘z o‘z ishining ustasi
bo‘lish, sohasining sir
-asrorini chuqur bilish, ijtimoiy javobgarlikni teran his qilishni
anglatadi. Ya’ni insonning o‘z sohasida mohir, bilimdon bo‘lishi zamon talabidir. Har bir
davlat xizmatchisining faoliyatiga ana shu talabga qay darajada javob berishiga qarab baho
berishimiz mumkin. Shu o‘rinda O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimovning
quyidagi so‘zlarini ta’kidlash o‘rinli: “Men bu talablardan mas’uliyat va ijtimoiy javobgarlik
masalasiga ko‘proq e’tibor beraman. Mayli, rahbarning bilimi yetishmasin, uni o‘rgansa
bo‘ladi. Lekin u mas’uliyat va ijtimoiy javobgarlikni unutsa, ishda hech qanday siljish va
o‘zgarish bo‘lmaydi”. Shu ma’noda, keyingi yillarda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat
Mirziyoyev tomonidan davlat xizmatchilariga qo‘yilgan talablar negizida, nazarimizda,
ularning faoliyatini muvofiqlashtirib turuvchi huquqiy normalar, milliy-
ma’naviy
qadriyatlarimizda shakllangan milliy boshqaruv an’analariga asoslangan qoidalarni
amaliyotda qo‘llash orqali quyidagi talablar majmui shakllantirilishi lozim:
1) davlat xizmatiga munosib nomzodlarni tayyorlash va tanlash;
2) davlat xizmatiga ijtimoiy javobgarlikni chuqur his etadigan nomzodlarni
tanlash;
3) davlat xizmatchisining:
–
o‘z kasbiga doir bilim, tajriba va yuqori malakaga ega bo‘lishi;
–
milliy manfaatlarga, Vatanga sadoqatli, milliy mustaqillik mafkurasiga e’tiqodli
bo‘lishi;
–
sobiq totalitar tuzumga xos asoratlar
–
ijtimoiy boqimandalik, befarqlik,
yuqoridan topshiriqlar kutish, tashabbussizlik illatlaridan xoli ekanligi;
–
tashkilotchilik qobiliyatiga egaligi;
–
mustaqillikni mustahkamlashda sobitqadamlik bilan faoliyat yuritishi;
–
xalq manfaatlari va farovonligi yo‘lida faoliyat yuritishga moyilligi, qarorlar qabul
qilishda xalq fikri va talablarini e’tiborga olishi;
–
o‘z faoliyatida atrofiga sog‘lom kuchlarni birlashtira olishi, qaror qabul qilishda
jamoaga tayanishi, ijro faoliyatiga mas’uliyat bilan yondashishi;
–
ish jarayonida qog‘ozbozlik va rasmiyatchilikka, boshqaruvning ma’muriy
-
buyruqbozlik usullaridan foydalanishga moyil emasligi;
–
nazariy bilimi va amaliy malakasini muntazam ravishda oshirib borishga intilishi;
–
zamonaviy fikrlash qobiliyatiga egaligi, o‘zgacha fikrlarga toqatli (tolerant)
bo‘lishi, ish
-faoliyatida hurfikrlilikka sharoit yaratishi;
–
atrofidagilarning fikr va takliflarini e’tiborga olishi, o‘zidan boshqacha
fikrlaydiganlarni ham tinglashi va hurmat qilishi;
–
davlat va xalq manfaatlarini shaxsiy manfaatlaridan ustun qo‘yishi;
–
ijtimoiy javobgarlikni chuqur his qilishi, o‘z yurtiga fidoyi, vatanparvar bo‘lishi,
o‘z faoliyatining mazmunini Vatanga xizmat qilish deb bilishi.
Davlat xizmatchisiga qo‘yilgan mazkur talablarni, aslida, ularni ilmiy asosda ishlab
chiqish yo‘lidagi bir qadam deb baholash va bularning hammasini birlashtirib,
quyidagicha xulosaga kelish mumkin: davlat xizmatchisi o‘z faoliyatini uning ahamiyatini
to‘liq his qilgan holda ixtiyoriy ravishda amalga oshrishi kerak, chunki hech bir inson
majburiy ravishda bajargan ishida o‘z imkoniyatlaridan to‘liq foydalanmasligi va fidoyilik
ko‘rsatmasligini ko‘p kuzatganmiz.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
08 (2024) / ISSN 2181-1415
151
Davlat xizmatchilarining ijtimoiy javobgarligi masalasi ular faoliyatining asosiy
institutsional xususiyatini belgilaydi. Demak, davlat xizmatchisi o‘z faoliyatida mustaqil
va ijtimoiy javobgarlikni his qila oladigan davlat xizmatining asosiy substansiyasidir,
ya’ni u o‘z faoliyati bilan davlatning kelajagini belgilagani bois, ushbu faoliyati uchun
javobgarlik hissi asosida faoliyat yuritishi lozim.
Binobarin, davlat xizmatchisining faoliyatida ijtimoiy javobgarlikning o‘rnini
aniqlash, uning davlat va jamiyat tizimidagi rolini oshirish hamda ahamiyatini tushunish
taraqqiyot uchun juda muhim. Ayni paytda davlat xizmatchisining faoliyatida ijtimoiy
javobgarlikni oshirish borasida rivojlangan davlatlarda ham ko‘plab muhim chora
-
tadbirlar amalga oshirilmoqda, ilmiy tadqiqotlar o‘tkazilmoqda.
Davlat xizmatchilarining shaxs sifatida yuksak darajada rivojlanishi ularning
ijtimoiy javobgarlikka nisbatan ichki his-
tuyg‘ulari va tanlov erkinligi, siyosiy va huquqiy
madaniyati darajasining yuqori bo‘lishini ta’minlaydi. Aks holda davlat xizmatchisi o‘z
ijtimoiy mohiyatini to‘liq anglab yetish va tezkor qarorlar qabul qilishga qodir bo‘lmaydi.
Davlat xizmatchisining faoliyatida ijtimoiy javobgarlikning o‘rni ko‘p jihatdan turli
samarasiz faoliyat turlarining oldini olish, mamlakatning izchil va barqaror rivojlanishi
uchun zarur shart-
sharoit yaratishda muhim rol o‘ynaydi.
Zamonaviy davlatchilikning shakllanishi va davlatning rivojlanishi ko‘p jihatdan
ijtimoiy javobgarlikning davlat xizmatchisi faoliyatidagi o‘rniga bog‘liq. Siyosatshunos
M.
Qirg‘izboyevning fikricha, “rivojlangan mamlakatlarda inson erkinligi, davlatning
jamiyat uchun xizmat qilish mas’uliyatining yuksakligi, davlat xizmatchisining ijtimoiy
javobgarlikka bo‘lgan yuksak munosabati kabi ijtimoiy
-siyosiy qadriyatlarga amal
qilinadi”
. Xorijiy mamlakatlarda davlat va nodavlat tashkilotlari hamda fuqarolik jamiyati
institutlari o‘rtasidagi munosabatlarda davlat xizmatchilarining faoliyati davomida zarur
bo‘ladigan ijtimoiy javobgarlikning muhim xususiyatlarini ko‘rsatib o‘tishimiz mumkin.
Masalan, rivojlangan mamlakatlarda ijtimoiy javobgarlik davlat xizmatchilari
mehnatining samaradorligini aniqlashda muhim mezon hisoblanadi. Ammo siyosiy,
kasbiy va shaxsiy fazilatlar davlat xizmatchisining faoliyatida keyingi o‘rinlarda turadi.
Negaki, ijtimoiy javobgarlik masalasi davlat xizmatchisi faoliyatida shaxsiy fazilatlardan
ko‘ra yuksak qadrlanadi. Zero, davlat xizmatchisi yuksak fazilatlar egasi bo‘lishi, ammo
ijtimoiy mas’uliyat va javobgarlikni his qilmasligi davlat va jamiyat manfaatlariga ziyon
keltirishi mumkin.
Jamiyatda hamma insonlar ham yuksak fazilat sohibi emas, shuning uchun ijtimoiy
qonunlar amal qilishi lozim. Davlat xizmatchisi aynan shu qonunlarga amal qilib, ijtimoiy
javobgarlikni his qilishi uning faoliyat mezoniga aylanishi kerak. Bu yuqorida
ta’kidlaganimizdek, rivojlangan mamlakatlarda yuqori darajada yo‘lga qo‘yilib, qonun
bilan tartibga solingan. Davlat xizmatchisining faoliyatida zarur bo‘ladigan yuqoridagi
kabi fazilatlarning shakllanishida jamiyatning ijtimoiy-
ma’naviy tuzumi, ta’lim va tarbiya
tizimi alohida ahamiyat kasb etadi. F.
Ravshanovning fikricha, “boshqaruv tizimi uchun
talab etiladigan davlat xizmatchilarini muntazam tayyorlash; ularning ijtimoiy
javobgarlikka munosabatini shakllantirish; ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy hayotdagi ilm-fan
va ishlab chiqarish, davlat boshqaruvi sohalaridagi dinamik jarayonlarga mos ravishda
davlat xizmatchilari tarkibini yoki ularning bilim va ko‘nikmalari yangilanib turishini
ta’minlash; ijtimoiy javobgarlikning davlat xizmatchisi faoliyatidagi o‘rni va rolini
oshirishda ilm-
fan, maorif, amaliy faoliyat sohalaridagi o‘zgarishlar, yutuqlarni e’tiborga
olib, o‘zaro integratsiyalanishiga yordam berishdan iboratdir”. Mazkur omillar davlat
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
08 (2024) / ISSN 2181-1415
152
xizmatchisi faoliyatida ijtimoiy javobgarlikning rolinigina emas, balki barcha davlat
xizmatchilari faoliyatida ijtimoiy javobgarlikning alohida ahamiyatga ega ekanligini ham
ko‘rsatadi.
Hozirgi vaqtda davlat xizmatchisining faoliyatida ijtimoiy javobgarlik masalasi qay
darajada ahamiyatga ega yoki davlat xizmatchisining iste’dodi va qobiliyatiga qarab
ularning salohiyatini belgilash kerakmi yo ulardagi ijtimoiy javobgarlik tuyg‘usi
yuqoriligiga qarab ularga biror-bir mezon belgilash kerakmi, degan savol atrofida olimlar
o‘rtasida bahs
-munozaralar davom etmoqda. Siyosiy va axloqiy tafakkur tarixida ham,
ayni zamonamiz mutaxassislari qarashlarida ham nafaqat har bir insonning, balki davlat
xizmatchisining ham faoliyatida ijtimoiy javobgarlik masalasi to‘g‘risida bir
-birini inkor
qiladigan yoki to‘ldiradigan fikr va qarashlarni uchratishimiz mumkin. Ammo, barcha
olimlarni bir nuqtada yakdil birlashtiradigan jihat shuki, javobgarlikning bir qancha
turlari mavjud bo‘lsa
-
da, davlat xizmatchisining faoliyatida ma’lum bir xatti
-harakatlarni
amalga oshirish jarayonidagi eng muhim narsa ijtimoiy javobgarlik masalasidir. Ushbu
munozaralarning bahsli jihati shuni ko‘rsatadiki, qo‘yilgan savolga falsafiy
-axloqiy
yondashish, uning mohiyatini ochishda beqiyos ahamiyatga ega. Mazkur bahsli masala
xususida faylasuf A.A. Guseynovning fikricha, barcha bahslar javobgarlikning sabab va
oqibat munosabatlari doirasida olib borilmoqda, qolaversa, bahs yuritayotganlar nafaqat
oddiy insonning, balki davlat xizmatchisining ham faoliyatida ijtimoiy javobgarlikning
sabablari va harakatlarini chegaralab qo‘yishmoqda. Shuningdek, ularni davlat
xizmatchisi faoliyatida ijtimoiy javobgarlikning o‘rniga emas, balki jamiyatdagi
javobgarlik va aybdorlikka oid savollar ko‘proq qiziqtirmoqda. Aslida insonlarning xatti
-
harakatlari ularning yutug‘i yoki aybi hisoblanishi mumkin, lekin davlat xizmatchisi
faoliyatidagi ijtimoiy javobgarlik
–
boshqa masala. Chunki inson funksional jihatdan
shaxs va davlat xizmatchisi sifatida boshqacha harakat qilishi mumkin. Har qanday
holatda ham insonlar o‘z harakatlarining oqibati uchun o‘zlari javobgar bo‘lishini
kuzatishimiz mumkin, ammo davlat xizmatchisining faoliyatida shaxsiy javobgarlikdan
ko‘ra ijtimoiy javobgarlik ustun turadi. Ayni damda insonlar harakatlarining manbai
ularning shaxsiy tanlovi va yo‘nalishiga bog‘liq. Davlat xizmatchisi faoliyatida esa bunday
bo‘lmaydi. Xulosa qilib aytganda, A.A.
Guseynov aytganidek, inson o‘zida o‘z
harakatlarining sababini mujassamlantiradi, davlat xizmatchisi faoliyatida esa ijtimoiy
javobgarlik ko‘proq rol o‘ynaydi.
Davlat xizmatchisining faoliyatida ijtimoiy javobgarlik masalasi bilan olimlar
XX asrdan ko‘proq shug‘ullangan desak, to‘g‘ri bo‘ladi. Avvalgi siyosatshunoslar,
faylasuflar javobgarlikni shaxsiy darajadagi fenomen sifatida baholashgan. Lekin bu ular
davlat xizmatchisining faoliyatida ijtimoiy javobgarlik masalasini ko‘rmaganligini
bildirmaydi. Ular davlat xizmatchisining faoliyatidagi ijtimoiy javobgarlik masalasini
shaxsiy-
axloqiy javobgarlik orqali hal qilishga e’tibor qaratishgan. Lekin xozirgi kunda
ham javobgarlik masalasi yuqori axamiyatga ega bo‘lib bormoqda. Ular biz tadqiq
etayotgan masalani boshqacha kontekstda o‘rganib chiqishgan. Masalan, nemis faylasufi
I.
Kant inson javobgarligining avtonom ratsionallikka asoslangan ko‘rinishini ochib
berishga harakat qilgan.
“Kant axloqshunosligida ratsional, umumiy irodaning o‘ziga xos
jihati ilmdir. Kantning fikricha, sen qila oladigan narsani qilishing emas, balki aql
qonuniga ko‘ra bajarishing kerak bo‘lgan narsalarni qila olishing kerak. Bu vazifalarni
bajara olmasang, aybni tashqi jihatlardan emas, balki iroda sustligidan izlash kerak
”
.
Bundan ko‘rinib turibdiki, I.
Kant o‘z axloqiy ta’limotining markazida tashqi emas, balki
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
08 (2024) / ISSN 2181-1415
153
ichki cheklovlarni joylashtiradi va shu tariqa javobgarlikni vijdon bilan chambarchas
bog‘laydi. Demak, bu nafaqat shaxsiy faoliyatda, balki davlat xizmatchisining kasbiy
faoliyatida ham muhim rol o‘ynaydi. Inson har bir xatti
-harakatining oqibati uchun
shaxsan javobgar bo‘lishi lozim bo‘lganidek, davlat xizmatchisi ham o‘z faoliyatida
ijtimoiy javobgarlikka ega bo‘ladi. Davlat va jamiyat taqdiriga befarq bo‘lmaslik uning
zimmasidagi asosiy majburiyat hisoblanadi. Chunki majburiyat jamiyatga xos hodisa
bo‘lib, u davlat va jamiyat tomonidan davlat xizmatchisiga berilgan vakolatdan kelib
chiqadi. Erkin harakat qilish va erkin qaror qabul qilish esa shaxsiy va axloqiy
javobgarlikni belgilashning eng muhim shartlaridan biri, xolos. Oddiy hayot oqimidagi
insonlar, davlat xizmatchisidan farqli ravishda, o‘z xatti
-harakatlari va qarorlarining
oqibatini o‘zlari his qiladilar. Ammo davlat xizmatchisi qarorlarining natijasini davlat va
jamiyat birdek his qiladi, chunki qarorlar ijtimoiy taraqqiyot yo‘nalishiga ta’sir ko‘rsatadi.
Davlat va jamiyat boshqaruvi va hayotida adolat, erkinlik muammolari bilan birga
javobgarlik, xususan, ijtimoiy javobgarlik masalasiga sharq va g‘arb mamlakatlarida
e’tiborning kuchayishi o‘rta asrlarga borib taqaladi. Qizig‘i shundaki, bular hozirgi
dunyoning ham asosiy muammosiga aylanib ulgurgan. Demak, bu muammo hozirga
qadar to‘liq yechimini topmagan. Zamonaviy ilm
-fan nuqtai nazaridan qaraganda ijtimoiy
javobgarlikning davlat xizmatchisi faoliyatidagi o‘rni masalasi ayni vaqtning o‘zida ham
amaliy ahamiyatga ega, ham jiddiy tadqiqot mavzui hisoblanadi.
Avvalambor, shu jihatga e’tibor berish lozimki, faoliyatning xususiyatlaridan kelib
chiqib, ijtimoiy javobgarlik masalasini tahlil etish muammoning mohiyatini tushunishda
yordam beradi. Shu ma’noda, davlat xizmatchisi faoliyatining o‘ziga xosligi shundaki, u
o‘z faoliyati jarayonida boshqaruv faoliyatining siyosiy
-huquqiy jihatlari bilan birga,
ijtimoiy javobgarlik masalasiga ham jiddiy e’tibor berishi lozim. Bu esa, o‘z navbatida,
demokratik prinsiplar bilan ham belgilanadi. Bunday prinsiplar qatoriga ijtimoiy
javobgarlikni nazarda tutgan holda muhim qarorlar ishlab chiqish va qabul qilishning
jamoaviy xususiyati; qaytma aloqa tizimi mavjud sharoitda qabul qilingan qarorlar
bajarilishining hisobini yuritish va uni nazorat qilish, jumladan, davlat xizmatchisining
faoliyati bilan bog‘liq tarmoq tashkilotlari hamda tobe tuzilmalar faoliyatini
muvofiqlashtirish uchun shaxsan muloqot qilishini kiritish mumkin. Shu bilan birga,
rivojlanish yo‘lini tutgan har qanday davlat, xususan, mamlakatimiz davlat
xizmatchisining faoliyatida ijtimoiy javobgarlik namoyon bo‘lishining o‘ziga xos
jihatlariga asos sifatida bir qancha omillarni ko‘rsatib o‘tish lozim. Bunda davlat
xizmatchisi davlat mexanizmiga ko‘p jihatdan integratsiyalashgan bo‘lib, umumdavlat
ahamiyatiga molik ko‘pgina funksiyalarni bajaradi. Qolaversa, davlat xizmatchisi
pirovard natijada markaziy davlat hokimiyati nazoratida faoliyat yuritadi. Shuningdek,
ijro funksiyalari har doim sohaning egalari tomonidan boshqariladi. Shu nuqtai nazardan,
davlat xizmatchisi faoliyatida ijtimoiy javobgarlikning o‘rni masalasiga bir necha
jihatdan, ya’ni davlat xizmatchilari faoliyatida o‘z vazifalarining ijtimoiy mas’uliyatni his
qilgan holda bajarilishini ta’minlashga qaratilgan ijtimoiy institut sifatida yondashish
mumkin.
Ijtimoiy javobgarlikning davlat xizmatchisi faoliyatidagi o‘rni yana shu bilan
belgilanadiki, bu davlat xizmatchisining ijtimoiy muhit bilan faol aloqa shakli bo‘lib,
davlat xizmatchilarining vazifalariga muvofiq ravishda qo‘yilgan maqsadlarga erishishga
qaratiladi. Xalq va millat ko‘z o‘ngida davlat xizmatchisi, eng avvalo, rahbar xodimlar
qiyofasida namoyon bo‘ladi. Davlat xizmatchisi o‘z faoliyatida mas’uliyatsiz bo‘lsa,
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
08 (2024) / ISSN 2181-1415
154
ijtimoiy javobgarlikni his qilmasa, jamiyat tanazzulga yuz tutadi. Jamiyat oldidagi
mas’uliyat ijtimoiy javobgarlikning axloqiy kategoriyasi sifatida davlat xizmatchisining
faoliyatida namoyon bo‘lishi kerak. Zero, “mas’uliyatsizlikning eng salbiy ko‘rinishi
siyosiy mas’uliyatsizlikdir. Siyosiy mas’uliyatsizlik –
siyosiy kaltabinlik, safsatabozlik,
nayrangbozlik, qalloblik va boshqa xunuk illatlarning paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi.
Binobarin, rahbarlik lavozimidagi kishidan yuksak ong va tafakkur, hushyor idrok talab
etiladi. Tarixiy tafakkur va siyosiy ongning qay darajada shakllanishi esa, avvalo,
jamiyatning taraqqiyoti, undagi ichki va tashqi shart-
sharoitlarga bog‘liq holda kechadi”.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek, “xalq
davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak va bu haqiqatni,
avvalo, barcha bo‘g‘indagi rahbarlar yaxshi tushunib olishi zarur”.
Xulosa qilib aytganda, davlat xizmatchisi faoliyatidagi samaradorlik va uning
ijtimoiy javobgarlikni his qilish darajasi unga berilgan huquqlar, yuklangan majburiyatlar
hamda javobgarlikning aniq va to‘liq belgilanishi bilan bog‘liq. Tadqiqotlar doirasida
amalga oshirilgan jiddiy tahlillardan ko‘rinib turibdiki, boshqaruvda asosiy javobgarlik
davlat xizmatchisining burch va huquqlarini amalga oshirishi bilan uzviydir. Davlat
xizmatchisining faoliyatida bu ikki unsur doimo bir-birini taqozo etib turadi. Ijtimoiy
javobgarlik huquq va burchga amal qilishning majburiyligini ta’minlash jarayonidagi
asosiy omil sifatida namoyon bo‘ladi. Hozirgi boshqaruv tizimida davlat xizmatchilaridan
jamiyatdagi ijtimoiy ishonchning asosiy shakli sifatida ko‘proq faoliyat ko‘rsatish talab
etiladi. Shu bilan birga, ular o‘z faoliyatida davlat xizmatchilari tomonidan sodir
etiladigan g‘ayriqonuniy xatti
-harakatlar uchun ijtimoiy javobgarlik mavjudligini his
qilsagina, ularda o‘z faoliyatiga mas’uliyat bilan yondashish ko‘nikmasi shakllanib boradi.
Shu munosabat bilan davlat xizmatchisining faoliyatida ijtimoiy javobgarlik hissining
shakllanishi va yanada mustahkamlanishi, bir tomondan, davlat xizmatchisining
faoliyatida javobgarlikning oshib borishini rag‘batlantirib, boshqaruvni takomillashtirish
talablari bilan muvofiq holda kechish zaruratini keltirib chiqarsa, boshqa tomondan,
ularning xulq-
atvorini ma’naviy omillar va umuminsoniy qadriyatlar asosida yuksaltirib
turishni taqozo etadi.
Davlat xizmatchisining faoliyatida ijtimoiy javobgarlikni oshirish borasidagi
muammolarning yechimi uning xizmat doirasidagi xulq-atvorini namoyon qilishi hamda
o‘z faoliyatining natijalari bo‘yicha vijdoni, fuqarolar, davlat va jamiyat oldida birday
javobgarlik hissini tuyishini rag‘batlantirish uchun shart
-sharoit va imkoniyatlar
yaratilishiga ham bog‘liqdir
. Ammo davlat xizmatchisida ijtimoiy javobgarlikni his qilish
fazilatini yuksaltirishga uning qabul qilgan qarorlari va faoliyatining salbiy oqibatlari
uchun jazoga tortish, ularga nisbatan doimo turli majburlov choralarini qo‘llash bilan
erishilmaydi. Bu kabi holatlar davlat xizmatchisining individual xususiyatlarini,
o‘z xizmat burchini anglashi, ijtimoiy javobgarlikni o‘z xizmat vazifasi doirasida chuqur
his qilishi va majburiyatlarini nechog‘lik teran anglashini ham ifoda etadi.
Davlat xizmatchisining o‘z faoliyatida ijtimoiy javobgarlikni his qilish qobiliyati
murakkab va ko‘p darajali hodisa bo‘lib, ayni avqtda, shaxs xulq
-atvori ustidan ijtimoiy
nazorat hamda o‘z
-
o‘zini nazorat qilishning eng ko‘p sinalgan shaklidir. Ana shu ma’noda,
ijtimoiy javobgarlik davlat xizmatchisining faoliyatida pirovard natijaning ko‘zlangan
maqsad bilan o‘zaro nisbati, shuningdek faoliyat subyektining obyekt oldidagi
majburiyati va burchi bilan ham uzviydir. Shu bilan birga, ijtimoiy javobgarlik davlat
xizmatchisining faoliyatidagi kasbiy, shaxsiy va ishchanlik fazilatlari, faoliyat uslubining
xususiyati, foliyatining rag‘batlantiruvchi va samaradorlik omili hamdir.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
08 (2024) / ISSN 2181-1415
155
Hozirgi vaqtda ko‘plab mutaxassislar davlat xizmatchilarining kasbiy mahoratga
intilishini doimiy rag‘batlantirib borish orqaligina ularda ijtimoiy javobgarlik hissini
rivojlantirish mumkinligini ta’kidlashmoqda. Davlat xizmatchisining ijtimoiy javobgarligi
undan nafaqat o‘zining, balki butun jamiyatning maqsad
-vazifalari hamda
imkoniyatlarini chuqur anglash va hisobga olishni talab etadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
:
1.
Mirziyoyev Sh.M. Milliy taraqiyot
yo‘limizni qati’yat bilan davom ettirib, yangi
bosqichga ko‘taramiz.
–
T.: O‘zbekiston, 2017. –
B. 58. (591)
2.
Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi
qabul qilinganining 24
yilligiga bag‘ishlangan tantanali
marosimdagi ma’ruzasi.
3.
Karimov I.A. O‘zbek xalqi hech qachon, hech kimga qaram bo‘lmaydi. T. 13.
–
T.:
O‘zbekiston, 2005.
–
B. 229.
4.
O‘zbekiston Respublikasi “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risidagi” Qonuni qonuni
4-moddasi
5.
Muhammadjonova L. A. Davlat xizmatchisi etikasi va imiji: O‘quv qo‘llanma.
–
T.:
Universitet, 2017.
–
B. 3.
6.
Mirboboyev B., Husanov O., Begmatov A. O‘zbekistonda davlat xizmati tashkil
etishning tashkiliy huquqiy masalalari.
–
T.: Akademiya, 2005.
–
B. 114.
7.
Ravshanov F. Milliy rahbarshunoslik: tarix va tajriba.
–
T.: Akademiya, 2007.
–
B. 205.
8.
Qirg‘izboyev M. Fuqarolik jamiyati institutlari.
–
T.: Akademiya, 2006.
–
B. 31.
9.
Ismoilova G. Mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish tizimi // Jamiyat va boshqaruv.
–
2003.
–
№1.
–
B. 42.
10.
Katrich M.A. Pravovoye gosudarstvo i grajdanskoye obshestvo kak
neotyemlemiye atributi vzaimodeystviya vlasti i naseleniya // Gosudarstvennoye i
munitsipalnoye upravleniye. Ucheniye zapiski SKAGS.
–
№ 1.
–
2003.
–
S. 102.
11.
Guseynov A.A. Antichnaya etika.
–
M., 2003.
–
S. 85.
12.
Guseynov A. A., Irrlits G. Kratkaya istoriya etiki.
–
М., 1987.
–
С.
335.
