Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Influence of tolerance culture on the development of world
outlook and spirituality of the peoples of Central Asia
Sharof AGABAEV
Uzbekistan State World Languages University
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received August 2024
Received in revised form
15 September 2024
Accepted 15 October 2024
Available online
25 November 2024
This scientific article specializes on the role of a culture of
tolerance in developing the worldview and spirituality of the
ancient population of Central Asia. The article also scientifically
explores the influence of national and religious values on the
formation of the concept of tolerance in the Central Asian region.
Additionally, it highlights the role of the Great Silk Road in
fostering the development of a culture of tolerance among
different peoples, as well as the foundations of tolerance culture
in the views of Eastern scholars.
2181-
1415/© 2024 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
tolerance,
culture,
value,
religion,
worldview,
spirituality,
Central Asia,
international relations,
scientific views.
Tolerantlik madaniyatining markaziy osiyo xalqlari
dunyoqarashi va ma’naviyati rivojlanishiga ta’siri
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar:
tolerantlik,
madaniyat,
qadriyat,
din,
dunyoqarash,
ma’naviyat
,
Markaziy Osiyo,
xalqaro munosabatlar,
ilmiy qarashlar.
Ushbu ilmiy maqolada Markaziy Osiyo qadimiy aholisining
dunyoqarashi va ma’naviyati rivojlanishida tolerantlik
madaniyatining roli masalasiga alohida e’tibor berilgan.
Shuningdek, Markaziy Osiyoda mintaqasida tolerantlik
tushunchasining shakllanishida milliy va diniy qadriyatlarning
ta’siri, xalqlar o‘rtasida tolerantlik madaniyatining rivojlanishida
Buyuk ipak yo‘lining tutgan o‘rni hamda sharq allomalarining
qarashlarida tolerantlik madaniyati asoslari ilmiy jihatdan ochib
berilgan.
1
Associate Professor, PhD, Department of Political Science, Uzbekistan State World Languages University
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
5
№
5 (2024) / ISSN 2181-1415
129
Влияние культуры толерантности на развитие
мировоззрения и духовности народов Центральной
Азии
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
уголовно
-
исполнительное
законодательство,
рецидивная преступность,
наказание,
лишение свободы,
осужденный,
исправительное
учреждение,
пенитенциарное
учреждение,
права человека,
правовая база.
В данной научной статье особое внимание уделяется
роли
культуры
толерантности
в
формировании
мировоззрения и духовности древнего населения
Центральной Азии. Научно раскрывается влияние
национальных и религиозных ценностей на становление
понятия толерантности в регионе. Также рассматривается
роль Великого шелкового пути в развитии культуры
толерантности между народами и анализируются основы
этой культуры в трудах восточных учёных.
Har bir tarixiy jarayonda mamlakatimiz, xususan, Markaziy Osiyoning qadimiy
tarixini ilmiy va nazariy jihatdan tahlil qilsak, diniy va
milliy tolerantlik o‘ziga xos tarzda
taraqqiy etib borganini kuzatishimiz mumkin. Qadimdan o‘lkamizda diniy tolerantlik rivoj
topgan. Bu jarayon antik davrda ham namoyon bo‘lib, ilk o‘rta asrlarda xalqlarning o‘zaro
munosabatlarida muhim o‘rin egallagan. Buyuk ipak yo‘lining paydo bo‘lishi xalqaro
munosabatlar rivojida muhim ahamiyatga ega bo‘lib, uning tarmoqlari nafaqat savdo
-
iqtisodiy aloqalarga, shuningdek, madaniy muloqotga ham xizmat qilgan. Buyuk ipak yo‘li
orqali turli dinlar, falsafiy qarashlar, ma
’naviy qadriyatlar, yozuv va tasviriy san’at
namunalari tarqalgan. Mazkur mavzu adabiyotlarda yetarlicha tahlil etilgan [1]. Buyuk
ipak yo‘lining chorrahasida joylashgan O‘zbekistonga turli hududlardan turli dinlarning
tarqalishida (buddaviylik, zardushtiylik, moniylik, xristian) jamiyatda diniy
bag‘rikenglikni tabiiy zarurat sifatida qo‘ygan. Mazkur dinlar ma’naviyat va ilm
-fan
rivojida ham muhim ahamiyat kasb etgan.
Qo‘shni o‘lkalarga yozuv (sug‘d, parfiya yozuvi) va yangi musiqa asboblarining kirib
borishi O‘rta Osiyo ta’sirida ro‘y berdi. Xitoyda VII
-VIII asrlarda buxorolik, samarqandlik,
chochlik musiqachilar mashhur bo‘lgan [2, b.32]. Mintaqaning o‘zida tolerantli
kning
rivojlanishi madaniyatning ko‘p xilligida va diniy bag‘rikengligida o‘z aksini topgan. Misol
tariqasida, Surxondaryo vohasida turli shakldagi yozuv namunalari aniqlangan.
Shuningdek, ko‘hna Termizda, Fayoztepa va Qoratepada Budda ibodatxonalari,
Dalvarzintepada Budda ibodatxonasi hamda qadimgi shahar tevaragida zardushtiylar
maqbaralari o‘rganilgan [3, b.77
-83].
Markaziy Osiyo qadimiy aholisining dunyoqarashi va ma’naviyati rivojlanishi
darajasi turlicha san’at namunalarida ifodalangan (haykaltaroshlik, devoriy rangtasvirlar,
ossuariylar tasvirlari). Ular ko‘p hollarda mintaqa xalqlari madaniyatining umumiyligidan
dalolat beradi. Qadimgi davr va ilk o‘rta asrlar O‘rta Osiyo xalqlari tarixida tolerantlikka
oid talaygina misollar keltirish mumkin. Bu borada turli din va e’tiqodlar tarafdorlarining
yashash joyini tanlash huquqi cheklanmagan. Ular shaharlarning umumiy hududiy
guzarlarida joylashib, turli kasb-
hunar sohalari bilan shug‘ullanish imkoniyatiga ega edi.
Odamlar o‘z diniy bayramlari va marosimlarini erkin amalga oshirishgan.
Zardushtiylarning otashgohlari, buddaviylik, xristian va yahudiylik ibodatxonalarining
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
5
№
5 (2024) / ISSN 2181-1415
130
yonma-
yon qurilishi man etilmagan. Boshqa e’tiqodlar va o‘z ma’budalariga sig‘ingan
kishilarga nisbatan dushmanlik kayfiyati hamda irqiy nafrat mavjud bo‘lmagan. Shu bois,
ilk o‘rta asrlarda Choch, Farg‘ona vodiysida va Yettisuv vohalarida buddaviylik dini
va
xristianlik ta’limoti tarqaladi. Sug‘diylarning Buyuk ipak yo‘li bo‘ylab Sharqiy Turkiston va
Uzoq Sharq hududlariga migratsiyalari tufayli, Xitoydagi Chanyan, Loyan va Kayfan
shaharlarida otashgohlar, ya’ni olov ibodatxonalari bunyod etilgan.
Qadimgi davr va ilk o‘rta asrlarda turli e’tiqod va diniy qarashlar doimo bir
-biriga
ta’sir qilgan va o‘zaro boyigan. Sug‘diylar, baqtriyaliklar, xorazmliklar, chochliklar va
farg‘onaliklar o‘zga qabilalar va elatlarga madaniy yutuqlarni yetkazishda muhim o‘rin
tutgan. Xalqaro madaniy muloqot dunyoqarashning yangi asoslarda rivojlanishiga zamin
yaratgan. Ma’naviy madaniyat taraqqiyoti darajasi betakror san’at namunalarida
ifodalangan. San’at obidalarida ezgulik, yaratuvchanlik va go‘zallikka intilish o‘z ak
sini
topgan [4, b.12-13].
Mintaqamizga Islom dinining keng yoyilishi aholi orasida ma’naviy va ijtimoiy
muhitni yanada rang-
baranglashtirdi. «Yot dinlarga e’tiqod qiluvchi ko‘plab jamoalarning
mavjudligi,
–
deb yozgan edi A.Mes,
–
musulmonlar saltanatini butunlay xristian
aqidapara
stlari ta’sirida bo‘lgan Yevropadan ajratib turadi» [5, b.266].
Dunyo tan olgan Imom al-Buxoriy, Abu Mansur al-Moturudiy, Burhoniddin
Marg‘inoniy, Imom at
-Termiziy, Kaffol ash-Shoshiy, az-Zamaxshariy, Abu Bakr al-
Xorazmiy, Yusuf Hamadoniy, Abduholiq Gʻijduvoniy, Al
-Farobiy, Ibn Sino, al-Beruniy, Abu
Abdulloh al Xorazmiy, Yusuf Xos Xojib, Ismoil Jurjoniy, Ahmad Yassaviy, Ahmad Yugnakiy,
Alisher Navoiy kabi o‘nlab olimlarimiz diniy va ilmiy qarashlarida bag‘rikenglik asoslari
turli jihatdan ochib berilgan.
Shu o‘rinda Islom, xususan, uning ta’limoti sufiylikda diniy bag‘rikenglik din
arkonlarining asosiy mezonlari tizimiga singdirilganligini ta’kidlash mumkin. Islom
sivilizatsiyasida insoniy va diniy bag‘rikenglik aqidalari keng targ‘ib qilinib, unga rioya
q
ilish mezonlari ishlab chiqilgan. Unga ko‘ra inson kamoloti va uning zimmasiga
yuklatiladigan an’anaviy vazifalar shaxsning bag‘rikeng, sabr
-bardoshli, hurmatli va
o‘zgalarga e’zozli munosabatda bo‘lishga chorlaydi. Mazkur aqidalar asosida shakllangan
va ming yillardan beri saqlanib kelayotgan
–
«kattani hurmat qilish, kichikka izzat bilan
qarash» tamoyili o‘zbeklarning milliy axloqiy talablaridan hisoblangan.
Barcha millatlar va xalqlarning ulug‘ allomalari insonlarni o‘zaro mehribonlikka,
do‘stlikka chorlaganlar. Xususan, hazrat Alisher Navoiy odamlarni tavozeli, ya’ni mehribon
bo‘lishga chaqirgan. Tavozeli kishi boshqa millat vakillari bilan do‘st bo‘la oladi
. Shuning
uchun ham Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov aytganlaridek: «Alisher Navoiy bobomiz
bo‘ladimi, Rudakiy, Abay, Maxtumquli kabi ulug‘ zotlar bo‘ladimi, ularning barchasi o‘z
ijodi bilan nafaqat ikki daryo oralig‘idagi xalqlarni, balki butun bashari
yat farzandlarini
doimo mehr-
oqibatli, do‘st
-
birodar bo‘lib yashashga da’vat etgani bejiz emas, albatta» [6,
b.9-10].
Islom ta’limoti diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlikka chorlovchi, ilm va
bunyodkorlikka da’vat etuvchi ta’limot ekanligini targ‘ib etish bugungi davr uchun o‘ta
muhim va dolzarb masalalardan biriga aylanmoqda. O‘zbekiston Prezidenti Sh.M.Mirziyov
2017 yil 19 sentyabrda BMT Bosh Assambleyasining 72-
sessiyasida so‘zlagan ma’ruzasida
ham bu masalaga alohida e’tibor qaratib, «jahon jamoatchiligiga islom dinining asl
insonparvarlik mohiyatini yetkazishni eng muhim vazifa» sifatida qayd qilib o‘tganligi
muhim ahamiyatga ega bo‘ldi[7]. Zero, bugungi kunda diniy aqidaparastlik va uni keltirib
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
5
№
5 (2024) / ISSN 2181-1415
131
chiqarayotgan sabablarni o‘rganish, ekstremizm va fundamentalizmning vayronkor
qiyofasini fosh etish barcha mamlakatlar hukumatlari, ziyolilar, ta’lim dargohlari oldidagi
vazifadir. Bu vazifani bajarishda, diniy bag‘rikenglik g‘oyalarini yosh avlod ongiga
singdirishda tarixiy xotira, ajdodlarimiz qoldirgan ma’naviy meros muhim ahamiyatga ega.
Shunday qilib tolerantlik fenomeni uzoq tarixiy va tadrijiy rivojlanish davrlarini
bosib o‘tdi. Insoniyat sivilizatsiyasining ma’lum bosqichida u yangi omillar va
komponentlar bilan boyib bordi. Turli dinlarning shakllanishi va rivoji, milliy qadriyatlar
v
a an’analarning kengayishi asosida tolerantlik madaniyati ham sayqallashib, o‘zida
nafaqat milliy yoki diniy omillarni, balki umuminsoniy qadriyatlarni ham singdirdi.
Bugungi kunga kelib tolerantlik bu, eng avvalo, umuminsoniy qadriyat hisoblanib, huquqiy
demokratik davlat, erkin fuqarolik jamiyati va ochiq bozor iqtisodiyotini shakllantirishda
bosh omillardan biriga aylandi.
Zamonaviy ilmiy-
nazariy ta’limotlar va konsepsiyalar ijtimoiy munosabatlarni,
xalqaro va davlatlararo aloqalarni, insonning haq-
huquqlari bilan bog‘liq tizimlarni
modernizatsiyalashni XXI asrda insoniyat oldida turgan global imperativ voqelik sifatida
qayd etadi. Insoniyat bozor iqtisodiyoti va demokratik tamoyillarga asoslangan
umumjamiyatni yaratishga intilayotgan ekan, unda S.Xantington ta’kidlaganidek,
«madaniyatlar tо‘qnashuvi» emas, balki madaniyatlarning baynalminallashuvi zaruriy
holdir. Bunda jamiy
atlar industrial taraqqiyot yо‘lini tanlaydimi yoki fuqarolik jamiyati
barpo etishnimi ahamiyati yо‘q, eng muhimi, ular о‘rtasidagi integratsiya, munosabatlar
umumdemokratik, gumanistik prinsiplarga, insonning ijtimoiy-
madaniy va ma’naviy
taraqqiyotiga xizmat qilishi lozim. Barcha konsepsiyalar, ilmiy-texnik kashfiyotlar nafaqat
jamiyatdagi ishlab chiqarish sohasini, shuning barobarida, kishilar turmush tarzida ham
chuqur о‘zgarishlarni yuzaga chiqaradi. Shu bois kishilik tarixining turfa madaniy
davrlarini
о‘z ichiga olgan diaxronik (tarixiy tadrijiy) rivojlanishi nihoyasiga yetib,
uchinchi ming yillikda insoniyat umumiy ijtimoiy
–
madaniy birlikka birlashadi[8]. Bu
jarayonlar bag‘rikenglik madaniyati orqali tezlashishi va yanada samarali kechishi
mumkin.
Madaniy tolerantlikni hududiy nuqtai nazardan
–
global, mintaqalararo, mintaqaviy
(davlatlararo), ichki (bir davlat ichida), hududlar (qо‘shni respublikalar bilan chegaradosh
hududlarda), mahalla, qishloqlar va oilaviy qismlarga; hayot sohalarida namoyon b
о‘lishi
nuqtai nazaridan
–
ijtimoiy, siyosiy, hukuqiy, milliy-madaniy jihatlarga; tolerantlik
subyektlariga kо‘ra –
shaxslar, sotsial guruhlar, davlatlar (xalqlar, millatlar), transmilliy
uyushmalar, nodavlat jamoat tashkilotlari, siyosiy partiyalar, fuqarolik jamiyati
institutlari, ijtimoiy-tarbiyaviy va madaniy birlashmalar, ommaviy axborot vositalari,
mahalla qо‘mitalari va b.; tolerantlik obyektlariga kо‘ra –
ijtimoiy-madaniy faoliyatda
qatnashuvchi xalqlar, millatlar, guruhlar va kishilarga; sotsial-demografik xususiyatlariga
kо‘ra –
keksalar, yoshlar, ayollar va erkaklarga; faoliyat yо‘nalishlariga kо‘ra –
muloqot,
ijod, hamkorlik, integratsiya, oila qurish, madaniy meros va yangiliklardan bahramand
bо‘lish, ularni о‘rganish va о‘zlashtirish, ahillik v
a totuvlikni qaror toptirish, madaniy
plyuralizm, о‘zining qobiliyati, talanti va uni namoyon qilish; sifat darajalariga kо‘ra –
madaniy intilishlarni va plyuralizmni qо‘llab
-quvvatlash kabi darajalarga ajratish mumkin.
Ma’naviyat, ¬madaniyat, din, ¬xalqlar tarixi, ¬milliylik, milliy til va urf
-
odatlar,¬
bularning barchasi xalqning xalq ekanligini belgilaydigan asosiy omillardandir. ¬Insoniyat
tarixi¬ «sof»¬ milliy an’anani hali bilmaydi.¬ Zero, hech bir xalq,¬ hech bir m
illat yakka
holda mavjud bо‘la olmaydi. U, eng avvalo, о‘zaro aloqada va ta’sir muhitiga uchrabgina о‘z
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
5
№
5 (2024) / ISSN 2181-1415
132
rivojlanishini ta’minlay oladi.¬ Millatlararo munosabatlar odamlarning turmush tarzi,¬
dunyoqarashi, ongi, fikrlashi va tafakkuri bilan bog‘liq bо‘lgan murakkab voqelikdir.¬
Bunda millatlar о‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlashda muhim omil hisoblangan
totuvlik
–
jamiyatda turli xil ijtimoiy qatlam va guruhlarning turli millat, irq va dinga
mansub kishilarning о‘zaro aloqalarida, ¬ularning muayyan davlat siyosatiga bо‘lgan
munosabatlarida
hamfikrlilik
tamoyili
asosidagi
umumiylikni
anglatuvchi
tushunchadir[9]. Jamiyat shunday tuzilganki, undagi buyuk kuch-
qudratning rо‘yobga
chiqishi¬, uning moddiylikka aylanishi uchun bunyodkor g‘oya va ta’limotlar zarur. Shu
о‘rinda, butun jahonda, shu jumladan, Markaziy Osiyo xalqlari о‘rtasida о‘zaro ishonch,¬
tinchli
k va osoyishtalik о‘rnatilishga, eng avvalo, tolerantlik madaniyati muhim ahamiyat
kasb etadi.
Diniy va dunyoviy bag‘rikenglik g‘oyasi xilma
-
xil tafakkurga¬¬ ega bо‘lgan
kishilarning¬¬ bir zaminda, ¬bir Vatanda yaxshi niyatlar yо‘lida hamkor va hamjihat bо‘lib
yashashini anglatadi.¬ Asrlar mobaynida din aksariyat ma’naviy qadriyatlarni о‘zida
mujass
am etib kelmoqda. ¬Islom barcha jahon dinlari singari¬ «yо‘ldan chiqqan
insoniyatni zalolatdan xalos etishning batamom yangi yо‘lini targ‘ib qilgan, ¬xalqlar
о‘rtasiga nifoq solish g‘oyasidan umuman yiroq bо‘lgan»[10]. Markaziy Osiyo¬, xususan,
О‘zbekistonda chuqur ildiz otib¬, ¬kо‘p jihatdan ushbu hududdagi xalqlarning ijtimoiy
ideallari, xulq-atvori, xatti-
harakatiga muvofiq bо‘lgan qat’iy mezon va meyor darajasiga
kо‘tarilgan mohiyat yо‘nalishini yuqoridagi fikrga hamohangligini tarixdagi juda kо‘p
misol
lar yordamida asoslash mumkin. ¬Demak, ¬¬¬¬inson ma’naviyatining ajralmas qismi
bо‘lgan din va dunyoviylik millat va milliylik bilan murakkab о‘zaro bog‘liqlikni tashkil
etadi.¬ Bu turli xil shakldagi toqatsizlik va murosasizlik kabi nosog‘lom ijtimoiy
munosabatlarni oldini olish kabi funksiyalarni bajarib keladi.
Mutafakkir Abdulla Avloniy ta’kidlaganidek, insonni ulug‘laydigan,¬ bezaydigan
yaxshi xulqlardan hisoblangan odamgarchilik,¬ insonparvarlik tufayli olamga madaniyat,¬
ma’rifat,¬ adolat urug‘lari yoyiladi. «Odamgarchilikka,¬ insoniylikka putur yetsa¬,¬ deyd
i
A.Avloniy,
–musulmonlarning diliga ittifoq о‘rniga nifoq, ¬adolat о‘rniga zulm,¬ muhabbat
о‘rniga adovat,¬ g‘ayrat о‘rniga atolat (murtadlik), muruvvat о‘rniga g‘azab,
-sahovat
о‘rniga buxl (baxillik), ¬tavoze’ о‘rniga kibr, sadoqat о‘rniga iftiro¬ (bо‘h
ton), shafqat
о‘rniga hasad, ¬hurmat о‘rniga husumat, qanoat о‘rniga tama’, ¬sabr о‘rniga g‘urur,
¬iqtisod о‘rniga isrof, ¬avf о‘rniga dahshat,¬ say о‘rniga safohat (nodonlik),¬ g‘ayrat
о‘rniga xurofot (bid’at) aralashadi»[11]. Shunday ekan, insonlar jamiyatda bag‘rikeng
bо‘lishi, о‘ziga va о‘zgaga nisbatan ijtimoiy adolat tarozisini qat’iy о‘rnatishi lozim. Jamiyat
taraqqiyoti aynan shu
–
tolerantlik (bag‘rikenglik) madaniyati orqali taraqqiy etadi. Bu, о‘z
navbatida, ijtimoiy-siyosiy jarayonlarda davlat v
a fuqaro о‘rtasidagi konsensusga, о‘zaro
ishonchning oshishiga yetarli asoslarni yaratib beradi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Ртвеладзе Э.В. Великий шелковый путь. –Т.: Шарқ,
2000.
2.
Mavlonov O‘., Mahkamova D. Madaniy aloqalar va savdo yo‘llari. –
T.:
Akademiya, 2004.
–
B. 32.
3.
Сагдуллаев А., Ртвеладзе Э.B. В стране золотого огня. –
Т.: Узбекистан,
1983.
–
С. 77
- 83.
4.
Sagdullayev A. Antik va ilk o‘rta asrlar davrida O‘rta Osiyoda tolerantlikning
xususiyatlari // O‘zbekistonda millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
5
№
5 (2024) / ISSN 2181-1415
133
borasida rahbar kadrlar oldida turgan vazifalar: mavjud holat, muammolar va yechimlar
Respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari. T., 2019. - B.12-13.
5.
Мец А. Мусульманский Ренессанс // Перевод с немецкого, предисловие
и указатель Д.Е. Бертельса. –
М.: Изд
-
во ВиМ, 1996.
-
С. 266.
6.
Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat –
yengilmas kuch.
–
T.: Ma’naviyat, 2008.
- B.
9-10.
7.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 19
sentyabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 72-sessiyasidagi
nutqi. (Elektron manba): http://uza.uz/oz/politics/zbekiston-prezidenti-shavkat-
mirziyeev-bmt-bosh-assambleyasi-20-09-2017
8.
Айтматов Ч. Национальное и глобальное в культуре. Единство и
разнообразие культур // Центральная Азия и культура, 1997. № 2
-
3. Бишкек.
-
С. 20.
9.
Falsafa qomusiy lug‘at. T
-1. 2004. - B. 402.
10.
Кандаланцев В. ¬Параллели христианства и буддизма. ¬Вопроси
философии. –
¬№3. 2001. –
С. 168.
11.
Abdulla Avloniy. Turkiy guliston yoxud axloq¬. –
T.: 1967.
–
B. 31.
