Авторы

  • Мастурахон Набихонова
    Студент, Наманганский государственный педагогический институт

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-iss8/S-pp202-205

Ключевые слова:

грамматический строй лексическая единица фонетические изменения начальное образование. инновация

Аннотация

В данной статье освещаются проблемы преподавания иностранных языков в начальных классах. В частности, рассматривается внедрение новых методов и учебных разработок в преподавании иностранных языков, а также использование педагогических технологий, нетрадиционных методов обучения и инновационных подходов к преподаванию английского языка в средней школе. Речь идет о современных методах, пропагандируемых учителями, которые способствуют развитию свободного мышления, глубины речи, отзывчивости, страсти к изучению языка и активного участия учеников в занятиях.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Peculiarities of pedagogical technologies in teaching

foreign languages in primary grades

Masturakhon NABIKHONOVA

1

Namangan State Pedagogical Institute

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received July 2024

Received in revised form

15 August 2024
Accepted 25 August 2024

Available online

15 September 2024

This article highlights the challenges of teaching foreign

languages in elementary grades. Specifically, it examines the

introduction of new methods and lesson plans in foreign language

instruction, along with the integration of pedagogical

technologies, non-traditional teaching methods, and innovative

approaches to teaching English in secondary schools. The

discussion focuses on modern methods advocated by teachers,

aimed at fostering free-thinking, depth of speech, responsiveness,

passion for language learning, and active participation in classes.

2181-

1415/© 2024 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-iss8/S-pp202-205

This is an open access article under the Attribution 4.0 International

(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

innovation,

grammatical structure,

lexical unit,

phonetic changes,

primary education.

Boshlang‘ich sinflarda xorijiy tillarni o‘qitishda pedagogik

texnologiyalarning o‘ziga xos xususiyatlari

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar:

innovatsiya,

grammatik struktura,

leksik birlik,

fonetik o‘zgarishlar,

boshlang‘ich ta’lim.

Ushbu maqolada boshlang‘ich sinflarda xorijiy tillarni o‘qitish

muammolari yoritib berilgan. Xususan, xorijiy tillarni o‘qitishda

yangi metodika va dars ishlanmalarini joriy etish va shu bilan

birga o‘quv jarayoniga pedagogik texnologiyalar, dars o‘tishning

noan’anaviy usullarini joriy etish, umumta’lim maktablarida

in

gliz tilini o‘qitishda innovatsion yondashuvlar o‘quvchilarning

erkin fikrlashi, nutqiy teranliklari, hozirjavobliklari, til

o‘rganishga bo‘lgan ishtiyoqi, darslarda faol qatnashishlari

uchun o‘qituvchi muallimlar tomonidan ilgari surilayotgan

zamonaviy us

ullar haqida so‘z yuritiladi.

1

Student, Namangan State Pedagogical Institute. E-mail: nabixonovamasturaxon@gmail.com


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

08 (2024) / ISSN 2181-1415

203

Особенности педагогических технологий в обучении

иностранным языкам в начальных классах

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

инновация,
грамматический строй,
лексическая единица,

фонетические изменения,
начальное образование.

В данной статье освещаются проблемы преподавания

иностранных языков в начальных классах. В частности,

рассматривается внедрение новых методов и учебных
разработок в преподавании иностранных языков, а также

использование

педагогических

технологий,

нетрадиционных методов обучения и инновационных

подходов к преподаванию английского языка в средней
школе.

Речь

идет

о

современных

методах,

пропагандируемых учителями, которые способствуют

развитию

свободного

мышления,

глубины

речи,

отзывчивости, страсти к изучению

языка и активного

участия учеников в занятиях.

KIRISH:

Bugungi rivojlanayotgan zamonda yosh avlodni bilim olishga qiziqtirish dolzarb

sanaladi. Bunga amaliy tayyorgarlik sifatida o‘quv jarayoniga pedagogik texnologiyalar,

dars

o‘tishning noan’anaviy usullari, xususan, interfaol usul keng joriy etilmoqda. Dars

o‘tishning zamonaviy pedagogik uslublariga doir ko‘plab qo‘llanmalar mavjud. Xususan,
“Chet tilidagi yangi so‘zlar qanday bayon qilinganda uning necha foizi o‘quvchi yodida

saqlanadi, u tomonidan o‘zlashtiriladi?” degan tabiiy savolga javob topish maqsadida
o‘tkazilgan tajribalar yakuni “xotirada saqlash” degan nomni oldi. Unga ko‘ra o‘quvchi
yangi so‘zlar sonini:

- faqat eshitganda uning 10-20 foizi;
-

eshitsa va so‘zlarga oid ko‘rsatmali materiallar bilan tanishsa, uning 30

-50 foizi;

-

eshitsa, yangi so‘zlar bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar bajarsa, so‘zlarni tarjimalari

bilan o‘rtoqlariga aytib bersa, tushuntirsa, ular bilan mazkur so‘zlardan foydalangan
holda muloqotda bo‘lsa, yangi so‘zlarning 60

-

90 foizi yodda qoladi, o‘zlashtiriladi[

1].

Binobarin, o‘qituvchi sinfga kirib o‘quvchiga faqat ma’ruza o‘qib chiqib ketishining

foydasi kam bo‘ladi. O‘quvchi har bir o‘rgangan mavzusi yuzasidan o‘rtoqlari, o‘qituvchisi

bilan muloqotga kirishishi, dars davomida olgan bilimlarni gapirib bera olishi kerak. Ana

shunda olingan bilim mustahkam bo‘ladi. Kichik yoshli bolalarda til o‘rganishga bo‘lgan

xohish-istak juda yuqori, ayniqsa hozirgi axborot kommunikatsiya vositalari bilan bu

holat yuqori ko‘rsatkichlarni ko‘rsatmoqda. Yosh avlod uyali aloqa vosita

lari orqali til

o‘rganishini mustahkamlamoqda. Televedeniyelarda, Youtube platformasida titulli,
tarjimali videolar orqali til o‘rganishning intensiv usullari kirib kelmoqda.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA:

Davlatimiz tomonidan maktablarda yaratilgan shart-

sharoitlar, o‘quv xonalarining

zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlanganligi, yosh bilimli kadrlar bilan

ta’minlanganligi, maktab darslaridan tashqari mustaqil shug‘ullanish uchun barcha

sinflar uchun onlayn telekanallardagi televizion online darslarning tashkil etilganligi
tahsinga sazovordir. 1 va 2-

sinf o‘quvchilari tildagi grammatik, leksik, fonetik, birliklarni

tushunmasliklari mumkin, ammo multfilmlar, o‘yinlar, rasmlar orqali tilni a’lo darajada
o‘z

lashtirishlari mumkin.[2]


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

08 (2024) / ISSN 2181-1415

204

Shunga ko‘ra, grammatikada asosan ikki xil usuldan unumli foydalaniladi:

- induktiv;
- deduktiv.
I

nduktiv usulda o‘quvchilarga avval grammatik qoidalar tushuntirilib so‘ngra,

misollar orqali mustahkamlanadi. Bu usul ko‘pincha yuqori sinf o‘quvchilari uchun
foydali. Masalan zamonlar, predloglar, artikllar yuqori sinf o‘quvchilari uchun ma’lum

terminlar

bo‘lib ular gaplarda ega, kesim aniqlovchi, to‘ldiruvchi, hol kabi gap bo‘laklarini

qo‘yib gap tuza olishadi.

Deduktiv usulda avval ma’lum o‘yinlar, mashqlar orqali mavzu tanishtirilib, so‘ngra

qoidaga bog‘lab tushuntiriladi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ega, kesim, fe’l va boshqa
birliklar haqida ma’lumotga ega bo‘lmaganliklari sababli ularga o‘yinlar qo‘shiqlar orqali
mavzu tushuntirish samaraliroq. O‘yin jarayonida o‘quvchi o‘zini erkin his qiladi, o‘ziga
bo‘lgan ishonchi va tilga qiziqishi ortadi.[3]

NATIJA:

Yuqorida bildirilgan fikr-mulohazalardan shunday xulosalarga kelish mumkin:

1. Taʼlim jarayoni samaradorligini oshirish, taʼlim oluvchilarning mustahkam

nazariy bilim, faoliyat, ko‘nikma va malakalarini shakllantirish, ularni kasbiy mahoratga
aylanishini ta‘minlash maqsadida o‘qitish jarayonida yangi pedagogik texnologiyadan

foydalanish davr taqozosi hamda ijtimoiy zaruriyat sifatida kun tartibiga quyilmoqda.

2. Taʼlim jarayoniga ilg‘or pedagogik texnologiyani tatbiq etish kadrlar

tayyorlashga yo‘naltirilgan umumiy jarayon mazmunining sifat jihatdan o‘zgarishini
taʼminlaydi.

3. Yangi pedagogik texnologiya nazariyasi g‘oyalaridan foydalanish asosida tashkil

etilgan taʼlim jarayoni barkamol shaxs va malakali mutaxassisni tarbiyalash borasidagi
ijtimoiy buyurtmaning bajarilish holatining sifat ko‘rsatkichiga ega bo‘lishiga olib k

eladi.

O‘qitish jarayonida bu texnologiyalardan foydalanib turlicha natijalarga erishish

mumkin.[4]

Demak, har bir texnologiya o‘qitish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Faqat

texnologiyalarni dars jarayonida qo‘llayotganda, ularni darsning qaysi qismida
foydalanish kerakligini va qaysi qismida foydalansa ko‘proq samara berishi mumkinligini

aniqlab olish mumkin.

XULOSA:

Xulosa o‘rnida ta’kidlash joizki, umumta’lim maktablarida ingliz tilini turli sinflar

doirasida o‘quvchilarni yosh va psixologik xususiyatlarini inobatga olgan holda, ulardagi
chet tilini o‘zlashtirishga bo‘lgan qiziqish va ehtiyojlarini to‘liq qondirishga

yordam

beruvchi pedagogik innovatsion texnologiyalarga asoslangan zamonaviy dars

ishlanmalar yordamida dars o‘tish o‘quvchilarda tilni o‘rganish uchun yuqori samara

beradi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

Abdullayeva Q., Nazarov K., Yo‘ldosheva Sh. Savod o‘rgatish. T. “O‘qituvchi” 1996

y

2.

Mardonova. Boshlang‘ich sinflarda ta`lim

-tarbiyani takomillashtirish.

“Sharq”

-

1998.

3.

Iriskulov A. T. va boshqalar Kids’ English pupil’s book 2

-sinf Toshkent

O‘zbekiston; 2014.

4.

Hoshimov O‘. H, Yakubov I.Y.A. Ingliz tili o‘qitish metodikasi

-Toshkent-2003


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

08 (2024) / ISSN 2181-1415

205

5.

Sh.B.Tilovova O‘rta maktablarda ingliz tilini o‘qitishda innovatsion yondashuv.

6.

www.ziyonet.uz

Кустова

Ю

.

Г

. 2018.

Детские игрушки из кости и

ритуалы с ними у Хакасов // Вещь и обряд: рациональное и иррациональное
в архаике, Междисциплинарный семинар Теория и методология архаики.
Вып. XI. –

CПб. –

С. 82

-91.

Библиографические ссылки

Abdullayeva Q., Nazarov K., Yo‘ldosheva Sh. Savod o‘rgatish. T. “O‘qituvchi” 1996 y

Mardonova. Boshlang‘ich sinflarda ta`lim-tarbiyani takomillashtirish. “Sharq”- 1998.

Iriskulov A. T. va boshqalar Kids’ English pupil’s book 2-sinf Toshkent O‘zbekiston; 2014.

Hoshimov O‘. H, Yakubov I.Y.A. Ingliz tili o‘qitish metodikasi-Toshkent-2003

Sh.B.Tilovova O‘rta maktablarda ingliz tilini o‘qitishda innovatsion yondashuv.

www.ziyonet.uz